👨💻👩💻🧠
20-may kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida psixologik-trening o'tkazildi.
Universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva va tyutor D.Matyakubova tashabbusi bilan tashkil etilgan trening davomida 3-4 bosqich talabalarining kasbiy yaroqliligini tahlil qilish, talabalarning shaxsiy xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini tekshirish bo'yicha psixodiognostik ishlar tolib borildi.
Trening so'ngida talabalar psixologik mashg'ulotlardan olgan taasasurotlari bilan bo'lishib, dasturning manfaatli, kerakli ma'lumotlarga boy bo'lganini ta'kidlab o'tishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo'lida davra suhbati
muxbir: Mirzaolim Rustambekov
#Toshkent shahri
@hududtv
2️⃣2️⃣2️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
18-may kuni Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “汉语桥” — Xitoy tili ko’prigi” tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun janoblari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talabalar va boshqa mehmonlar qatnashdi.
#ochiq_eshiklar_kuni
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
0️⃣0️⃣0️⃣
18-may kuni Toshent Botanika bog’ida Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan Yevropa Ittifoqi festivali bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edik.
0️⃣0️⃣0️⃣ | 🏆🏆🏆
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari “Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida 2024-yil 18-may kuni INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etildi.
📺📺
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbir Toshkent telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturi orqali keng yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
18-may kuni Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida 汉语桥 “ Xitoy tili koʻprigi” tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yu Jun janoblari, Respublika Oliy Ta’lim muassasalari rektorlari, universiter professor-o'qituvchilari, talabalar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Unda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov soʻzga chiqib, universitetning Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari aloqasi, OʻzDJTU da xitoy tili oʻqitilishi holati haqida maʼlumot berdi va musobaqada qatnashuvchilarga omad tiladi.
Navbatdagi musobaqaning respublika bosqichida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Abenova Balnur, Mashanlo Zaynab va Yunusov Muxammadtoxir 3 ta shart boʻyicha qatnashib, mahoratini sinovdan oʻtkazdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
“KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKASI
2024-yil 17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talabalar bahori — 2024” an’anaviy festivali doirasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Mehnat yarmarkasida universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari 4 mingdan ortiq bo‘sh ish o’rinlari bilan ishtirok va tashkiloti haqida ko‘rgazmali, tarqatma materiallari orqali ma’lumot berishdi.
Mehnat yarmarkasining ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hamkor tashkilotlar vakillari hamda universitet rahbariyati va bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#KITOBXON_YOSHLAR_LIGASI #ФакультетРусскойФилологии #УспехиСтудентов #Награждение #УниверситетМировыхЯзыков
🏆 17 мая прошла церемония награждения победителей и призеров 3-го сезона Республиканского конкурса 📚📚 "KITOBXON YOSHLAR LIGASI", организованного Министерством высшего образования, науки и инноваций.
🌟 Среди победителей конкурса была отмечена и наша студентка группы FRUSK 23-09 факультета русской филологии Университета мировых языков Абдужалилова Фотимахон. За свою победу Фотимахон была награждена сертификатом и памятными подарками от Министерства высшего образования, науки и инноваций.
👏 Мы гордимся успехами наших студентов и желаем Фотимахон дальнейших успехов и новых достижений! Пусть её пример вдохновит всех студентов на усердную работу и стремление к знаниям.
_________
Факультет русской филологии💙
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!
Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul qilinganlar oʻz sohasiga oid tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi (ingliz tilida).
Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin
Arizalar 2024-yil 3-oktabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/
@grantlar
👨💻👩💻🧠
17-may kunu O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Tarjimonlik fakultetida psixoprofilaktik ishlar amalga oshirildi.
Tarjimonlik fakulteti tyutorlari G.Gayirova hamda Sh.Tursunova bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 2-3 bosqich talabalari ishtirok etdi.
Dastur davomida talabalarning aqliy va hissiy holatlari proyektiv metodikalar bilan tahlil qilinib, ular bilan ko‘tarinki ruhdagi trening mashg‘ulotlari olib borildi.
Trening so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga psixolog o’z tavsiyalarini berib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning mashhur “Rumah angklung” guruhi ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i X.Yuldashev, bir qator mas’ullar, tyutorlar va talabalar qatnashdi.
Dastur davomida tadbir ishtirokchilariga Indoneziya xalqi madaniyati, san’ati haqida ma’lumot berildi, mutaxassislar tomonidan Indoneziyaning milliy musiqa asboblarida kuy ijro etish mashqlari bajarildi.
Tadbir juda qiziqarli va sermazmun o'tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📸| 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining ochilish marosimidan fotoreportaj.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ | 🟦🟦🟦
17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv avvalida O’zDJTU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori V.Sadiyev so'zga chiqib, bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Tanlovda, shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi teatr arboblari boʻlib boshligʻi, taeatrshunos Tohirjon Doʻstmuhammedov va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh mutaxasisi, rejissyor Shorustam Obidov hakam sifatida ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada quyidagi fakultetlar o'z sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi:
• Ingliz filologiyasi fakulteti — "Qor qo'ynidagi lolalar" spektakli;
• Roman-german filologiyasi fakulteti — "Usmon Nosir" spektakli;
• Rus filologiyasi fakulteti — "Chimildiq" spektakli;
• Ingliz tili 2-fakulteti — "Nodirabegim" spektakli.
5️⃣5️⃣5️⃣ 🏆🏆🏆
Joriy yilning 18-19-may kunlari Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “Xitoy tili koʻprigi-23” butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtganligi haqida xabar bergan edik.
Ushbu musobaqaning respublika bosqichida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Mashanlo Zaynab oliy oʻrin Gran-pri, Abenova Balnur 2-oʻrin va Yunusov Muxammadtoxir 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
3 bosqichdan iborat boʻlgan tanlovda ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
1. Tanishtiruv sharti;
2. Xitoy haqidagi test savollariga javob berish;
3. Talantlar shousi;
5️⃣5️⃣5️⃣ | 🏆🏆🏆
18-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O’zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham qatnashib, bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Musobaqada quyidagi fakultetlar jamoalari o’z iqtidorini namoyish etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi:
1-o’rin — Roman-german filologiyasi fakultetining “Ko’zmunchoq” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan “Usmon nosir” spektakli uchun;
2-o’rin — Rus filologiyasi fakultetining “Chimildiq” spektakli uchun;
3-o’rin — Ingliz tili birinchi fakultetining “Qatag’on” spektakli va Sharq filologiyasi fakultetining “Sharqona” teatr studiyasi taqdim etgan spektakl uchun.
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” axborot dasturida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🚪🙋♂️🙋♀️
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo’ldi.
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashkil etilgan tashrif davomida O’zDJTU o'qituvchilari F.Davronova, Sh.Jo'raeva va tyutor B.Mirsagatov boshchiligidagi Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik yo'nalishi hamda Sotsiologiya yo'nalishi 1-bosqich talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Talabalarga mas’ullar tomonidan qonun ijodkorligi, Qonunchilik palatasi muzeyi, katta majlislar zali hamda kutubxona haqida ma’lumot taqdim etildi va tanishtirildi, qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
18-may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan festival Botanika bog'ida bo‘lib o'tdi.
Rus filologiyasi fakulteti talabalari tyutori N. Tanatarova bilan birgalikda mazmunli va qiziqarli kun o'tkazishdi. Ular Botanik bog'i festivaliga tashrif buyurishdi va turli hil madaniy ko'rgazmalar, master-klasslar va artistlar chiqishidan zavq olishga bahramand bo'lishdi. Bog'ning ajoyib tabiati alohida muhit yaratdi va yanada ko'proq taasurot qo'shdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida rektor va professor-o’qituvchilar uchrashuvi o’tkazildi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To’xtasinov professor-o’qituvchilarga universitetda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar, xususan, 6 muhim masalani sanab o’tdi: ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo’lga qo’yish, moddiy texnik bazani mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash.
Professor-o’qituvchilarning ta’lim berish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan, yangicha metodikalardan foydalanishi, talabalar bilimini baholash jarayonida haqqoniy bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida, fakultet dekani Amrullo Karimov Xalqaro jurnalistika fakultetida talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtaldi. Professor-o’qituvchilarning sohada erishayotgan yutuqlarini e’tirof etdi.
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida 2024-yil 18-mayda INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida boʻlib oʻtgan “Made in Univer” innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasida OʻzDJTU Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi F. Abdullayeva, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Sh.Ismatova, Tarjimonlik fakulteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovini M. Musabekova va tarjimonlik fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida “Eng yaxshi ishlanmalar” saralab olinib, diplomlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.
“Made in Univer” innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasida Tarjimonlik fakulteti 3-kurs Gid2147 talabasi Xushnudbekov Sardorbek esa, shu koʻrgazmada StudUb loyihasi bilan faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi va 800 000 soʻm pul mukofotiga ega buldi.Shuningdek, 3-kurs talabasi Xolmurodova Nargiza, hamda 2-kurs talabasi Rustamova Asem oʻz innovatsion ishlanmalar bilan koʻrgazmada ishtirok etishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-may kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻldi.
Fakultetning siyosatshunoslik hamda sotsiologiya yoʻnalishi 1-bosqich talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi vakillari bilan suhbatda boʻlib palata faoliyati, Parlament boshqaruvi toʻgʻrisidagi savollariga javob oldi.
Shu bilan birga, doimiy ravishda Qonunchilik palatasi bilan hamkorlik qilib turish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishdi. Davra suhbati fakultet oʻqituvchilari F. Davronova, Sh. Joʻraeva hamda tyutor B. Mirsagatovlar tashabbusi bilan tashkil etildi.
📍Xalqarojurnalistika_fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati “Zo’r” telekanalining “Bu kun” axborot dasturida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
17-may sanasida O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetiga Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova tashabbusi bilan ASIE Xalqaro birdamlik va ta’lim tashkiloti Xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi asoschisi va markaziy ko‘mak administratori Alen Payen hamda Xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi hamkor asoschisi Emmanuyel Dyufur tashrif buyurdi.
Mehmonlarni fakultet dekani X. Xakimov kutib oldi va ularni samimiy qutladi.
Mehmonlar fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalariga Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4, 6 va 14-maqsadlari bo'yicha seminar-trening tashkil qilishdi.
Tashrif davomida mehmonlar fakultet iqtidorli talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda talabalar tomonidan o'zbek va fransuz kuy-qo'shiqlar, hamda milliy raqs ijro etildi. Shuningdek, talabalar taqdimotlar orqali turli mavzularni fransuz tilida keng yoritib berdi.
The CineSpace Film Competition: NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha!
Tanlovga istalgan mavzu va janrdagi, 10 daqiqadan oshmaydigan qisqa video, qisqa film va raqamli media ishlari qabul qilinadi.
Filmlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi subtitr bilan birga topshirilishi kerak.
Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 10 000 dollar
– 2-oʻrin: 5000 dollar
– 3-oʻrin: 3000 dollar
Arizalar 2024-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-cinespace-film-competition-qisqa-metrajli-filmlar-uchun-10-000-aqsh-dollari-mukofot/
@grantlar
2️⃣2️⃣2️⃣
17-may kuni O’zDJTU Roman-German filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Maxmudova boshchiligida Ingliz tili 2-fakulteti 2214-guruh talabalari bilan "El aprendizaje de las vacaciones en España" mavzusi doirasida maʼnaviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Mazkur tadbirga Roman-German filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudirasi D.Bakhronova, kafedra XQM kengashi raisasi Sh.Xodjayeva, shuningdek, Ingliz tili 2-fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov va O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Z.Abdusamatov tashrif buyurdi.
💻 | 📺📺
17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan bitiruvchilar uchun “Mehnat yarmarkasi” va “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbatidan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📊
🤝🌏👨🏫👩🏫 🏆🏆🏆
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Tarjimonlik fakulteti
Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi
Joriy yilning 16-17 may sanasida Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan maktab o‘quvchilari va universitet talabalari o‘rtasida Frankofoniya festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Yosh tomoshabinlar teatrida tashkil etildi. Frankofoniya festivalida respublikamizning turli viloyati maktab va universitetlaridan kelgan talabalar teatr jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Shu munosabat bilan, Roman-german tillari kafedrasi fransuz tili yo'nalishi talabalaridan tuzilgan teatr jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, «Eng yaxshi saxna ko‘rinishi» nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Tarjimonlik fakultetiga qarashli teatr jamoasi yutuqlarida asosan kafedra o‘qituvchilari Orexin–Rijina V.A., Dadamirzaeva M.V., Akromova F.N. va fransuz yo‘nalishi talabalarining xissasi alohida o‘rin tutadi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
17- may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent viloyati Chinoz tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 26- 17- 21-41 sonli maktablar oʻrtasida universitet talabalarini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida MEMORANDUM imzolandi.
Unga koʻra, universitet talabalar bandligini taʼminlash maqsadida tashkilotning vakant oʻrinlari haqidagi eʼloniga muvofiq talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ishga yuborish, tashkilot esa ularni mehnat shartnomasi asosida toʻliqsiz ish kuni rejimi bilan ishga qabul qilishga kelishib olindi.
Mazkur memorandum asosida talabalarning mehnatini tashkil etish boʻyicha tashkilotning vakant oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni talabalarga yetkaziladigan boʻldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt