Joriy yilning, 3-may kuni, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘lim dekani o‘rinbosari Sh.Tursunova talabalar bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbatning asosiy maqsadi: talabalarda o‘qish davomida muammolarga duch kelganda, ularga to‘g‘ri yechim berish va ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishdir.
0️⃣0️⃣0️⃣
2-3 –may kunlari Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, yildan-yilga yaxshi anʼanaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qitʼalaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlar jam boʻlayotganini taʼkidladi. Tadbirda 93 ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Ilmiy- innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi bilan hamkorlikda OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti qoshida tashkil etilgan ʼʼInterpreters unionʼʼ aʼzolari oʻzlarining tarjimonlik faoliyatlarini boshladilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🤝🌏👨🏫👩🏫
OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy va amaliy fanlar kafedrasi oʻqituvchilarining Jazoir davlatidagi Eshahid Hamma Lakhdar El-Oued universitetiga malaka oshirish maqsadida ketgan edi.
Roman-german filologiyasi fakulteti oʻqituvchilaridan N.Nuritdinova, G.Sabirova, I.Bagautdinovalar Jazoir davlatidagi Eshahid Hamma Lakhdar Al-Vadiy universitetida malaka oshirish jarayonida Fransuz tili mutaxassislari Dr Mounir Miloudi, Dr. Asma Thelhig, Dr. Asma Khelef, Dr. Hanane Khelef, Dr. Asma Beyat, Dr. Ouassila Chihani, Pr. Dalal Mesghounilarning darslarida ishtirok etishmoqda.
#kino_haftaligi
📣Talabalar uchun ajoyib yangilik!
Ingliz filologiyasi fakulteti 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan KINO HAFTALIGIni e'lon qiladi!
⏺6-may "O'zbek qizi"
Harbiy qurol yarogʻ maktabi bitiruvchisi, 18 yoshli snayperchi Jamila Belorussiyadagi Kalinin frontida koʻngilli jangchi boʻlib xizmat qiladi, chunki uning sevgilisi urush frontlarining birida jang qilayotgan edi.
O‘zbekiston hamda AQShning bir qancha nuqtalarida suratga olingan ushbu film O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.
Moʻgʻullar bosqini davrida yashagan oʻspirin yigitning buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi va boshqa jasur yurtdoshlarimiz jasoratidan vatanparvarlik tuygʻularining uygʻonishi haqida.
Qoʻqon xonligida XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida hukm surgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat haqida hikoya qilinadi.
Turob Toʻlaning “Yetti zogʻora” qissasi asosida suratga olingan boʻlib, oʻzbek-qozoq xalqlarining
azaliy doʻstlik rishtalari aks ettirilgan.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Аxborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi dotsenti Beruniy Аlimov Mugʼuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 23-24-aprel kunlari boʼlib oʼtgan “Mavjud raqamli axborot muhiti buzilishining muammosini hal etish: Terrorchi va zo'ravon ekstremistlar tomonidan Internetdan foydalanishga qarshi kurash” mavzusidagi mintaqaviy anjumanda ishtirok etdi va “Aholining media va axborot savodxonligini oshirish orqali ekstremizm va radikalizmning oldini olish: O'zbekistondagi media NNT tajribasi” maruza qildi.
2-may kuni “Аxborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi”da shu mavzuda davra suhbati tashkil qilindi.
Anjuman doirasida sunʼiy intellekt, xususan, jurnalistikada yuzaga kelayotgan fake xabarlar, kiberhujumlar haqida xorij mutaxassislarining fikr-mulohazalari, maʼlumotlari haqida gapirib oʻtildi.
Suhbat yakunida, Fakultet dekani Amrullo Karimov bu kabi xalqaro doiradagi konferensiyalar taʼlim sifatini oshirishda alohida ahamiyat kasb etishi, fakultet professor-oʻqituvchilarining xalqaro maydonda orttirayotgan tajribalari haqida toʻxtalib oʻtdi.
Joriy yilning 30-aprel kuni Chirchiq Oliy Tank Qo'mondonlik-Muhandislik bilim yurti hamda "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
"Oliy harbiy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'qitishda kommunikativ kompetensiyasi tendensiyalari"
🗓Joriy yilning 2-may sanasida Tarjimonlik fakulteti tyutorlari G.Gayirova va M.Hamidova oʻziga biriktirilgan GID-2225 va2228 guruh talabalarini xalqimizning Buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiradigan, otalarimiz va bobolarimizning fashizmga qarshi kurashdagi qahramonligini abadiylashtirgan, ularning ibratli jasorati va matonatiga bo‘lgan katta hurmatimizdan dalolat beradigan "G'alaba bog'i''ga sayohat tashkil qilishdi.
🏛 Sayohat mobaynida talabalar juda ham mamnun boʻlishdi va oʻzlariga kerakli boʻlgan ma’lumotlarni olishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti roman-german tillari tarjimashunosligi va Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalari Germaniyaning DAAD tashkiloti stipendiyasi gʻolibi boʻldi. Bu grant orqali bitta oʻqituvchi, ikkita doktorant va oʻn ikkita talaba tanlov asosida tanlab olindi.
Bugun OʻzDJTUda Germaniyaning DAAD tashkiloti stipendiyasi gʻolibi boʻlgan professor-oʻqituvchilar, doktorantlari va talabalarni kuzatish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Xusan Yoʻldoshev, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo'ldashev va safarga otlangan gʻoliblar ishtirok etdi. Yigʻilishda safar chogʻida amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ular 2024-yil 4-maydan 11-maygacha Germaniyaning Maynsdagi Yoxannes Gutenberg universiteti va 12-maydan 16-maygacha Haydelberg Pedagogika oliy oʻquv yurtining oʻqitish tizimi va talaba-yoshlar hayoti bilan tanishadilar.
Germaniyalik oʻqituvchi va talabalarga Oʻzbekiston va universitetimiz faoliyati, taʼlim tizimidagi islohotlar toʻgʻrisida taqdimotlar qiladi. Bundan tashqari, stipendiant talabalarimiz ishtirokida Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan, jumladan, milliy anʼana va qadriyatlarimiz bilan tanishtirish maqsadida koʻrgazmalar tashkil etiladi, badiiy sahnalar, sheʼr, milliy ashula va raqslar ijro etiladi.
⚡️Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti talabalari ishtirokida psixologik trening tashkil qilindi.
Psixologik trening “Jamoaga psixologik moslashuv mexanizmlari va shaxs xususiyatlari” mavzusida boʼlib unda universitet psixologi Z.Xayrullaeva, fakultet tyutori S.Muxitdinova hamda 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Joriy yilning 1-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan uchrashuv tashkil qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 13-maydagi 6/18-1994-son xatini ijrosini ta’minlash maqsadida fakultet tyutor sardorlariga "Sung soʻrovnomasi" Depressiyani baholash bo'yicha tushuntirish ishlari tashkil qilindi.
Bugun O'zDJTU Sharq,Ingliz,Rus filologiyasi fakultetlarida bitiruvchi bosqich talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Unda Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i B.Odilovlar rahbarligida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilib, universitetda qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini targ‘ib etish lozimligi ta'kidlandi.
#Favvoralar_kuni
Har yili O'zbekistonimizda 1-may "Favvoralar kuni " sifatida nishonlanib kelinadi.
⛲️ Shu sana munosabati bilan joriy yilning 1-may sanasida O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti tyutorlari hamda talabalari tomonidan "Favvoralar kuni" ga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
🇺🇿 Tadbir davomida talabalar tomonidan favvoralar to’g’risida ma'lumotlar berilib hamda yurtimizni madh etuvchi she'rlar o'qildi.
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori Rustamova Surayyo hamkorligida 1-bosqich tаlabalari uchun "O'quv mativlari" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida mavzu haqidagi kerakli psixologik ma'lumotlarga to'xtalib, talabalarga foydali va kerakli psixologik manbalar yetkazildi.
Ushbu trening so'ngida talabalar o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga mutaxassis tomonidan javob olishdi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⚖️👨💻👩💻💬
1-may kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakultetida “Jahon madaniyatida slavyan va turkiy tillar” – “Slavyanskiye i tyurkskiye yazыki v mirovoy kulture” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
Konferensiyada OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha prorektor, dotsent Otabek Yusupov, Rus filologiyasi fakulteti dekani Aziz Raxmonov bir nechta mutaxassislar, Professor-oʻqituvchi va talabalar ishtirok etdi.
🟥🟥🟥
Bugun 4-may — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tavallud topgan kun.
Ushbu sana munosabati bilan universitet jamoasi Ilxomjon Madaminovichni chin dildan tabriklab, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va soha rivojida amalga oshirayotgan salmoqli ishlarida ulkan zafarlar tilaydi!
Yurtimiz taraqqiyotida Sizning ham ulkan hissangiz bor. Buni har kungi tigʻiz va samarali ish faoliyatingiz, Vatan ravnaqi yoʻlidagi saʼy-harakatlaringiz, fidokorona mehnatingiz orqali yaqqol sezib, guvohi boʻlib turibmiz.
Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy tinchlik va xotirjamlik, farzandlar baxt-u kamolini koʻrish, el-yurt manfaati, xalqimizga xizmat qilishdek sharafli, lekin oʻta masʼuliyatli ishlaringizda yutuqlar doimiy hamrohingiz boʻlishini tilaymiz. Mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilishdan aslo charchamang!
Yoshlarga ziyo ulashish va ularga taʼlim-tarbiya berishdek ulkan baxtdan Sizni aslo ayirmasin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
3-may kuni “Coursera” taʼlim kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha xududiy direktori Kan Eduard OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida OʻzDJT rektor I. Tuxtasinov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorector M. Chutpulatov, OTM pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A. Abidjanov, OTM pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi mutaxassisi A. Kayumov, 2-ingliz tili fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi №2” kafedrasi tili katta oʻqituvchisi Y. Abduraimova hamda mehmonlar ishtirokida uchrashuv tashlik etildi.
Uchrashuv avvalida I. Tuxtasinovning OʻzDJTU faoliyati haqidagi maʼlumoti, shuningdek, Kan Eduardning kompaniya faoliyati va “Coursera” taʼlim platformasi haqidagi maʼlumoti taqdim etildi.
Erkin matbuotni qanday rivojlantirishimiz mumkin?
Bizga obuna bo'lishni unutmang
/channel/kutilgan_fursat
kutilgan_fursat">youtube || instagram || facebook
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
2-may kuni Xalqaro jurnalistika fakultetida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda OTM pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Alisher Abidjanov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Baxodir Odilovlar tomonidan talabalarga Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma haqida tushuntirishlar berib oʻtildi.
Tadbir talabalar uchun qiziqarli va foydali tarzda oʻtib sohaga qiziquvchi yoshlar oʻz savollariga javob oldi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
O’zDJTU Tarjimonlik fakultetida fidoyi olima va tarjimon Yanglish Egamovaning yorqin xotirasiga bag'ishlab davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, yosh tarjimon Dilfuza Latipova olib bordi.
“Yanglish Egamova — mohir tarjimon va gyoteshunos olima” mavzusida tashkil etilgan dasturda ma’ruzachi tomonidan fidoyi olima hayotidagi muhim sanalar, uning ilmiy va publitsistik faoliyati, Gyote bog’idagi unga atalgan chinor haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Dilfuza Latipova talabalarga tarjimonlikdan ham saboq berib, tarjimon mas’uliyati, sharq va g’arb tarjimonligi va tarjimonlik faoliyati alohida bir san’at ekani haqida so’zlab o’tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan “Ommaviy axborot vositalari global davrida o’zlikni, qulay muhit va barqaror axborot makonini qanday saqlash kerak?” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov ishtirok etib, “Sifatli tadqiqotlar orqali media ta’lim loyihalarini amalga oshirish” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, dekan bugungi kunda universitetda madiata’limni o’qitish bo’yicha qo’llanib kelinayotgan metodikalar, tajribalar haqida gapirib o’tdi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar agentligi, O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi, YUNESCOning O’zbekistondagi vakolatxonasi, “Yuksalish” umummilliy harakati mas’ullari, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston Respublikasidagi jurnalist kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, NNTlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalari tyutorlar bilan birgalikda “Gʻalaba bogʻi hamda ushbu bogʻda joylashgan “Shon-Sharaf” muzeyiga sayohat qilishdi.
Talabalar ushbu bogʻda tashkil etilgan urush davriga oid harbiy buyumlar bilan tanishdi, ular haqida maʼlumotga ega boʻldilar.
0️⃣0️⃣0️⃣
2-may kuni O’zDJTU Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan ARM oʻquv zalida hamda Ingliz tili 1-2-3 fakultetlarida yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning audio kitobi targ’ib qilindi.
Mazkur targ’ibot tadbiri yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Yangi_loyiha
"Olimaning bir kuni" — O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida yangi loyiha.
Loyihamizning ilk soni mehmoni — Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Axmedova Laylo Tolibjonovna.
🟥 Haftalik dayjest
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
Joriy yilning 30-aprel kuni Farg‘ona shahrida respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tomonidan “Askiya san’ati tarixini o‘rganish va uni amaliyotga joriy qilishning innovatsion omillari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Anjumanda O‘zDJTU 3-bosqich tayanch doktoranti Qulmamatov Oybek Amonovich o‘z tadqiqot ishi doirasida ilmiy maqola bilan ishtirok etib, kelgusida ushbu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tdi.
#Favvoralarkuni
Bugun 1-may "Favvoralar kuni" bayrami Sharq filologiyasi fakultetida ham o‘zgacha bir iftixor bilan o‘tkazildi.
Bayram munosabati bilan Sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari hamda fakultet yetakchisi Z.Tolliboyev boshchiligida talabalar Mustaqillik maydonida joylashgan favvoraga tashrif buyurdilar.
Bizni kuzating
🔔 “Ma’rifat ulashib” g’oyasi asosida Uchtepa tumani hokimi F.Abdullayev, O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov bilan Ma’naviyat va ma’rifat saroyida “Yoshlar bilan ochiq muloqot” uchrashuvi tashkil etildi.
📌Muloqat davomida yoshlar tomonidan savollar va takliflar bildirildi.
🖌Tuman hokimi va O‘zDJTU rektori o‘rtasida “Mahalla yoshlari uchun xorijiy tillar (rus, ingliz, nemis, fransuz, xitoy va koreys) o‘quv kurslarini bepul tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi va 60 ta mahallalarga 60 ta valontyorlar biriktirildi.
📚Hokim va sektor rahbarlari tomonidan talabalar turar-joy kutubxonasiga kitoblar to`plami sovg'a qilindi.
👉/channel/uchtepahokimligi
Web-site |facebook | instagram | youtube
🤝🌏👨🏫👩🏫
#Inson uchun
Toshkentda nogironligi boʻlgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlarning savdo koʻrgazmasi bugun oʻz ishini boshladi.
1−may kuni “Oʻzekspomarkaz”da nogironligi boʻlgan shaxslar ishlayotgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladigan “Inson uchun” savdo koʻrgazmasida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, universitet uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni xarid qilish maqsadida jami 669 million soʻmlik shartnoma imzolashga erishdi.
Koʻrgazmada 200 ga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar ishtirok etdi. Unda OʻzDJTU rahbariyati vakillari talabalar turar joyi uchun zarur mebel, toʻqimachilik, sport, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🤝🌏👨🏫👩🏫
Jazoir xalq demokratik respublikasi Al-Vadiy universitetida 2024 yil 30-aprel kuni, 1 may – mexnatkashlarning xalqaro birdamlik kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetidan malaka oshirishga kelgan o‘qituvchilar va Tunis, Rossiya kabi bir qator davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar sharafiga tantanali bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir davomida universitet faxriy professor-o‘qituvchilari bilan Tarjimonlik fakultetidan malaka oshirishga tashrif buyurgan o‘qituvchilar ham Al-Vadiy universiteti rektori Omar Farxati tomonidan faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
➡️ Eslatib o`tamiz: