⚖️👨💻👩💻💬
7-may kuni OʻzDJTU da "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Xalqaro anjuman doirasida Jahon adabiyotining durdona asarlari tadqiqi, Sharq va Gʼarb adabiy jarayoni, Oʻzbek va jahon adabiyotining qiyosiy talqini, tarjimashunoslik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy anjumanga boshqa davlat hamkor universitetlaridan vakillar tashrif buyurdi. Xalqaro anjumandan koʻzlangan maqsad, oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, turkiy xalqlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iborat.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
🟩🟩🟩🟩
7-may kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan “Aql va qalb ustunligi" mavzusida seminar trening tashkil etildi.
Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalari ishtirokida bo’lib o’tgan seminar-treningda Pedagogika fanlari doktori, dotsent Aripova Matluba Lutfullayevna, tyutor Maftuna Utbosarova, 3-bosqich talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Dastur davomida "Art-terapiya" dan keng foydalanilgan holda, talabalar holati diagnostika qilinib, kerakli mashg'ulotlar orqali profilaktik jarayonlar amalga oshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🏆🏆🏆 🏆
O‘zDJTU Times Higher Education “Asia University Rankings — 2024” xalqaro reytingida e’tirof etildi
⭐️Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti — Times Higher Education “Asia University Rankings — 2024” (“Osiyo universitetlar reytingi — 2024”) natijalarini e’lon qildi.
Har yili Osiyo davlatlaridagi universitetlarni tadqiqot, ta’lim sifati, xalqaro xilma xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) bo‘yicha baholaydigan ushbu reytingda 1127 ta universitet qayd etilib, ular orasida 739 tasi o‘ringa va 300 dan ortiq universitet “reporter”, ya’ni “da’vogar” universitetlar maqomiga ega bo‘ldi.
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham mazkur ro‘yxatdan O‘zbekistondan birinchilardan bo‘lib “Reporter” sifatida e’tirof etildi.
✅Bu universitet jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir!
📢🎉🎓
6-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida ilk marotaba “Sharq tillar festivali” boʻlib oʻtdi.
Festivalda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni kirish so’zi bilan ochib berdi.
Festival erta tongdan ustoz-murabbiylar va talabalar tomonidan koʻtarinki kayfiyatda tashkil qilinib, tadbir dasturlari davomida barcha mehmonlar Sharq mamlakatlariga sayr qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Festivalda fakuktetning yapon, koreys, xitoy, arab, turk yoʻnalishlari oʻqituvchilari va talabalari, qolaversa, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Jazoir kabi Sharq davlatlaridan tashrif buyurgan ustozlar ham faol ishtirok etdi.
Festival 3 qismdan iborat bo’ldi:
1. Tadbir avvalida har bir millatning ajoyib an’analari va milliy taomlaridan iborat koʻrgazmalar namoyish etildi.
2. So’ng tili oʻrganilayotgan har bir mamalakatning sport oʻyinlaridan lavhalar taqdim etildi.
3. Tadbirning soʻngi qismida talabalar tomonidan goʻzal qoʻshiqlar va betakror raqslar, turli sahna koʻrinishlari namoyishi orqali oʻrganilayotgan til mamalakatining madaniyati va sanʼati koʻrsatib oʻtildi.
🟩🟩🟩🟩
6-may kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakultetida Butayeva Muqaddas Sirojiddinovna tomonidan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun stipendiya tartibi boʻyicha seminar oʻtkazildi.
Mazkur seminarda Tarjimonlik fakultetining proffesor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Dastur davomida seminar ishtirokchilariga mutaxassis tomonidan stipendiya uchun ajratilgan kvotalar, ustuvor yoʻnalishlar va hujjatlarni topshirish tartibi boʻyicha kerakli maʼlumotlar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
6-may kuni OʻzDJTUda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab talaba yigitlari oʻrtasidagi oʻtkazilayotgan futbol musobaqalarining final bosqichi nihoyasiga yetdi.
Musobaqada universitet boʻyicha 20 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
Qizgʻin bahslar natijasiga koʻra, quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
🥇oʻrin — Tarjimonlik fakulteti;
🥈oʻrin — Ingliz filologiyasi fakulteti;
🥉oʻrin — Roman-german filologiyasi fakulteti.
Final bahslarida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, gʻoliblarga sertifikat va esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 | 🟥🟥🟥
📣 30-may kuni O'zDJTU Ijtimoiy fanlar kafedrasi va oliygoh qoshidagi Ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Ijtimoiy davlat zarurati va uning qadriyatiy belgilari” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi oʻtkaziladi.
✅ Ilmiy anjuman doirasida quyidagi yoʻnalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
1. O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurishning muhim omillari;
2. Ijtimoiy davlat barpo etishda xorijiy mamlakatlar tajribasi;
3. Ijtimoiy davlatda inson va jamiyat manfaatlari mushtarakligi masalalari;
4. Ijtimoiy davlatda inklyuziv jamiyat barpo etish kafolatlari.
🔵 Konferensiyaning ishchi tillari: oʻzbek, rus, ingliz.
Qatnashish shartlari: Konferensiyada yetakchi olimlar, ilmiy tadqiqot va
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari,
doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda mavzu doirasida tadqiqot olib
boruvchilar ishtirok etishi mumkin. Maqolaning hajmi 4-6 bet atrofida boʻlishi talab etiladi. Tanlovdan oʻtgan ilmiy maqola va tezislar ISBN raqamli to‘plam shaklida
chop etish rejalashtirilgan.
Maqola va tesiz matni boʻyicha talablar:
Matn A4 formatdagi qogʻozga, barcha tomonlardan 2 sm dan qoldirib
yoziladi. Maʼruza materiallari Microsoft Word 97-2007 redaktorida Times New
Roman shriftida 14 oʻlchamda (interval 1,5) rtf, doc formatlarda rasmiylashtiriladi.
Maqola nomi bosh (katta) harflarda, boʻgʻin koʻchirmasdan, markazga yoziladi.
Yangi qatordan kichik harflarda muallif haqidagi maʼlumotlar (F.I.Sh. ish joyi va
lavozimi, telefon). Iqtiboslar matn ichida raqamda yozilib [1, 1-2] maqola soʻngida
foydalanilgan adabiyotlarning roʻyxati keltirilishi kerak. Ilmiy maqolalar elektron
shaklda (telegram orqali), yoki qo‘lyozma shaklida taqdim etilishi mumkin.
Maqolalar ilmiy asoslangan, manba va adabiyotlarga, xulosa, muhim taklif va
tavsiyalarga ega boʻlishi lozim.
2️⃣2️⃣2️⃣
👨💻👩💻🧠
6 may kuni Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 15-may Xalqaro oila kuniga bagʻishlagan “Ayol maʼnaviyati oila mustahkamligini taʼminlashda muhim omil ” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, Falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi spiker, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova ishtirok etdi.
Tadbir mehmoni oilada ayol kishining oʻrni, uning mustahkamligini taʼminlashda asosiy omil ekanligi haqida gapirib, hayotiy voqealar bilan tushuntirib berdi. Tadbirda universitetning faol tyutorlari ham ishtirok etdi.
Tadbir yakunida talaba-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis javobini oldilar. Tadbir koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori D.Berdibekova tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Kumushkon” ziyorat maskaniga sayohat uyushtirildi.
Dastur talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, unda SOT va XM yo'nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Ziyorat va sayohat maroqli va mazmunli o’tdi hamda talabalarda o’zgacha ajoyib taassurot qoldirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Joriy yilning 4-may kuni universitet talaba yigitlari o'rtasida futbol bo'yicha "9-may - Xotira va qadrlash kuni" ga bagʻishlab universitet birinchiligi musobaqasi start oldi.
Bugun asosiy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritgan jamoalar 6-may kuni sovrinli o'rinlar uchun bahslarni davom ettirishadi.Musobaqada universitet bo'yicha 20 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
#YUTUQ
🏆 Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Frankafoniya bayrami munosabati bilan tashkil etilgan 2024-yilgi Frankafon ashula festivalida O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Tarjimonlik fakulteti TFRA-2015 guruh talabasi Toshpo'latova So'gʻdiyona ishtirok etib, 7 ta universitet, 14 nafar ishtirokchi orasidan faxrli 1-oʻrinni egalladi.
🛫 G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabamiz 2024-yil oktyabr oyida Polsha davlatida bo'lib o'tadigan mashhur fransuz qo'shiqchisi Iris Munos tomonidan tashkil etiladidan musiqa festivalida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
⚖️👨💻👩💻💬
4-mayda O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan «Fan. Madaniyat. Til: Nazariya va amaliyotning dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Dasturni O’zDJTU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ochib berdi.
Konferensiyada yurtimizdagi nufuzli oliygohlardan kelgan professor- ustozlar, fakultet talabalari o’zlari tanlagan mavzularda nutq soʻzladi.
Anjuman zamonaviy tarjimashunoslik, qiyosiy va chogʻishtirma tilshunoslik, chet tili ta'limining dolzarb mummolari, chet tilini o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, fanda yaratilgan innovatsiyalar, tajriba va yutuq, roman-german tilshunoslikning dolzarb masalalari, mutaxasislik fanlarini o'qtishda xorijiy til va tarjimaning o'rni masalalari, kompyuter va korpus lingvistikasi, xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy uslublar, raqamli texnologiyalar kabi dolzarb mavzularga bagʻishlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
🟨🟨🟨
4-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “O’zbekiston” telekanalining “Assalom O’zbekiston” tonggi dasturi mehmoni bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida
📢🎉🎓
6-may kuni O’zDJTU da Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Talaba yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali” tashkil etildi.
Festivalda universitetdagi pazandachilikka qiziqadigan barcha talaba-qizlar ishtirok etib, o’z mahoratlarini ko’rsatishdi.
Dastur davomida turli millat taomlari tayyorlandi, karvin san’atidan xabardor bo’lgan talabalar tomonidan nafis ijod namunalari taqdim etildi, shuningdek, quvnoq kuy-qo’shiqlar aytilib, raqslar namoyish qilindi.
Tadbir yakunida festivalda faol ishtirok etgan talaba-qizlar maxsus sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🪩 Germaniyaning DAAD tashkiloti stipendiyasi gʻolibi boʻlgan OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari,, doktorantlari va talabalari joriy yilning 6 may kuni Maynsdagi Johannes Gutenberg Universitetiga tashrif buyurdilar.
🔰 OʻzDJTU vakillarini universitet professori, nemis tili ikkinchi til sifatida o"qitish magistratura yo'nalishi boshlig"i Marion Grein boshchiligida bir necha professor-ustozlar kutib oldilar. Kun avvalida o’zaro tanishish va belgilangan seminarlar dasturini tanishtirish maqsadida davra suhbati bo’lib o’tdi.
🌐 Marion Greyn boshchiligida universitet xalqaro bo‘limiga tashrif buyurildi. Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Markus Hefner universitet va talabalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
📢🎉🎓
O’zDJTU Sharq filologiyasi fakultetida tashkil etilgan “Sharq tillar festivali” dan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
6-may kuni “Milliy maqom va nazm-nasr kechalari” doirasida Adiblar xiyobonida tadbir tashkil etildi.
“Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi ostida bo’lib o’tgan dasturda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, oliygoh tyurotlari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida buyuk shoh va shoir — Bobur ijodiga mansub she’rlar, g’azallar o’qildi, kuy-qo’shiqlar aytildi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab talaba qizlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan voleybol musobaqalarining final bosqichi 6-may kuni nihoyasiga yetdi.
Musobaqalarda O’zDJTU fakultetlaridan tuzilgan jamoalarning barchasi faol ishtirok etdi.
Natijalar quyidagicha:
🥇oʻrin — Ingliz filologiyasi fakulteti;
🥈oʻrin — Tarjimonlik fakulteti;
🥉oʻrin — Roman-german filologiyasi fakulteti.
Final bahslarda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, gʻoliblarga sertifikat va esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.
G’olib jamoalarni tabriklaymiz va ularga bundan-da katta zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
6-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida jurnalist, uzdiplomat.uz sayti bosh muhariri Anora Sodiqova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida fakultet dekani Amrullo Karimov Anora Sodiqovaning tahliliy materiallari bugungi kun jurnalistikasida alohida o’rin egallashi, uning “tug’ma” jurnalistlik mahorati haqida gapirib o’tib, talabalar o’rganishi mumkin bo’lgan ko’plab jihatlar borligini ta’kidladi.
⚖️👨💻👩💻💬
🏆🏆🏆
Joriy yilning 25-aprelida, Adigey Davlat universitetida «Язык, текст и культура: проблемы лингвистики и изучения русского языка как иностранного» mavzusida IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilganligi munosabati bilan O’zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Abdullayeva hamda 3 nafar faol talabalar ushbu konferensiyada o‘zining ilmiy ishlari bilan qatnashganliklari uchun sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
📍 QTD bo’limi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan 164-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 6-may kuni maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda bir nechta taʼlim maskanlari vakillari qatorida OʻzDJTU Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi B.Odilov ham ishtirok etdi.
Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi B.Odilov maktab bitiruvchilariga universitetda oʻqish istagida boʻlgan bitiruvchilarga hujjat topshirish va qabul jarayonlari hamda universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumot berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
5-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida "BA ASSOCIATION" Uyushmasi tomonidan tanlov o’tkazildi.
O’zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Filologiya tillarni o'qitish (xitoy tili) yo'nalishi 4-bosqich bitiruvchilari ishtirokida o’tgan uchrashuv vakant ish o’rinlarini butlash maqsadida tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 10-martda ro’yxatga olingan "BA ASSOCIATION" Uyushmasining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlikni va investitsion loyihalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
📣 SIZ KUTGAN UCHRASHUV!
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti sizni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, "Ma’rifat" targ’ibotchilar jamiyati a’zosi, Falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi spiker, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova bilan “Ayol ma’naviyati oila mustahkamligini ta’minlashda muhim omil” mavzusida bo’lib o’tadigan uchrashuvga taklif etadi!
🔜 Sana: 6-may
⏱ Soat: 12:30 da
📌 Manzil: O’zDJTU Faollar zali
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📕Joriy yilning 4-may kunida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida ''5-may Xalqaro Sayg'oqlarni asrash kuni'' munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy, targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
📒Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari Sh. Nazarov , S.Ibragimov fakultet tyutorlari va talabalar tadbirda ishtirok etishdi. Tadbir qiziqarli savol-javob tarzida tashkil qilindi.
2️⃣2️⃣2️⃣
4-may kuni OʻzDJTUda “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida “Rektor va talaba-yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov qatnashdi va tadbirni ochib berdi.
Shuningdek, tadbirda Uchtepa tuman Bandlikka koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish markazi xodimlari, maktab direktorlari ish beruvchi tashkilot sifatida ishtirok etdi.
Dastur davomida tadbir mehmoni Uchtepa tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Raxmonberdiyev soʻzga chiqib, yoshlarga eʼtibor va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻzlab oʻtdi. Shuningdek, talabalarning taklif va mulohazalari bilan qiziqdi. Talabalar tomonidan taklif hamda muammolarga qisqa fursatda yechim beriladigan boʻldi.
Tadbir davomida universitetning Marketing va talabalar amaliyoti bоʼlimi boshligʻi Boxodir Odilov 8-may kuni universitetda Ish beruvchi tashkilotlar bilan “Mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtishi haqida xabar berib, yarmarkaga barcha bitiruvchi yoshlarni taklif etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🚪🙋♂️🙋♀️
Kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi, mamalakatning ravnaqi bardavom ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlarning chek-chegarasi yo’qligi insonni quvontiradi. Ana shunday amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni yaqindan tanishtirib borish, ularni ham kelajakda yurtimiz ravnaqi, mamlakatimiz rivoji yo’lida o’z hissasini qo’sha oladigan kadr bo’lib yetishishlari uchun ko’prik vazifasini barajib beradi.
🎞️ "Kino va yoshlar"
Renessans kino uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Ayol qismati" badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berga edik.
Unda Agentlik hamda Uchtepa tuman hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi bilan film ijodkorlari, OAV xodimlari, tuman yoshlari, jumladan, O’zDJTU talabalari ishtirok etdi.
🎞“Kino va yoshlar”
Uchtepa tumani hokimligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uchtepa tuman boʻlimi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oʻzbekiston kinematografiya agentligi hamda tuman Yoshlar ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda “Kino va yoshlar” loyihasi tashkil etildi. Loyiha asosida talaba-yoshlar va otaliqqa olingan yoshlar “Renessans kino uyi”ga tashrif buyurib “Ayol qismati” nomli kinofilm namoyishida ishtirok etdi. Film soʻngida, kino rejissyori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur kinokartinada Suriya, Arabiston, Turkiya, Moskvada ishlab koʻp pul topasan deb yolgʻon vaʼdalarga ishonib qolgan ayollar va yigitlarning azobli qismati hikoya qilingan. Kino juda taʼsirli, yetarlicha xulosa chiqaradigan va shukrona keltiradigan qilib ishlangan.