#tabrik
O'zDJTU va Toshkentdagi Göte instituti bilan hamkorlik doirasida o'tkazilgan "DLL (Nemis tilini o'qitishni o'rgatish)" tanlovida Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2101-guruh talabasi Erkaeva Parizoda 1-o'rinni egallab, asosiy yutuq - zamonaviy noutbuk sohibiga aylandi.
Ilmiy rahbari: Mavjuda Madazimova.
🎉 Erkaeva Parizodani fakultetimiz rahbariyati nomidan tabriklaymiz, oʻqish va faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
5️⃣5️⃣5️⃣ | 5️⃣5️⃣5️⃣ | 5️⃣5️⃣5️⃣
5-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tomonidan taraqqiyotning huquqiy asoslarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik tanlovining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
——————————————————
🖥 Batafsil | Подробнее | More
——————————————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi istiqbolli taʼlimning mukammal rejasi
Bizni Instagram 📱| Facebook 📱| YouTube 📱| manzillarda ham topishingiz mumkin!
📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
Parana Federal universitetining Youtube tarmogʻidagi sahifasida UFPR va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik haqida videolavha yoritildi.
⬇️ Videoni koʻrish uchun
#rasmiy #qishki_taʼtil
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
—
⚡️Зимние каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря
В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций зимние каникулы, предоставляемые студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлены с 25 декабря 2024 года по 7 января 2025 года (включительно).
Bizni kuzating
📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
Universidad Federal de Paraná (UFPR) universiteti rasmiy sayti sahifalarida UFPR va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilmiy almashuvlar, hamkorlik aloqalari, O‘zDJTU delegatsiyasining tashrifini keng yoritib bormoqda.
Batafsil: ➡️ https://ufpr.br/?p=285200
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Talabalar yoshlarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida 3-4-5- dekabr kunlari O‘zDJTUda kitob yarmarkasi tashkil etilmoqda.
#xayriya #yaxshilik_ulashaylik
🎗 3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Ingliz tili 1-fakultetida xayriya tashkil etildi.
✅ Yurtimizda har bir insonning o‘z qadr-qimmati bor. Jumladan, imkoniyati cheklangan yoshlar, bolalar ham doimiy e’tiborda. Ularga g'amxo'rlik qilish, iqtidorlarini yuzaga chiqarishda ko'maklashish, orzu-umidlarini amalga oshirish yoshlar siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sanaladi.
🔸 Ushbu kun munosabati bilan Ingliz tili 1-fakultetida xayriya o'tkazilib, 3-dekabr kuni fakultet tyutori N.Islomova va bir guruh iste'dodli talabalar bilan birgalikda Uchtepa tumanidagi 199-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab internatiga borib, unda turli bayram dasturlari va ko'plab ezgulik tuhfalari orqali bolalarga quvonch ulashishdi.
Biz barchamiz har xil bo'lishimiz mumkin, lekin yaxshilik yo'lida bir xilmiz. ☺❤
@first_faculty_official
✍️ 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ✍️
UFPR va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilmiy almashuvlarni yanada rivojlantiradi, ikki universitetning xalqaro miqyosdagi obro‘yini yanada oshiradi hamda nafaqat ta’lim sohasida, balki ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalarni rivojlantirishda ham yangi ufqlarni ochadi. Ushbu hamkorlik Braziliya va O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda, o‘zaro diplomatik aloqalarni rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi.
🔰 Shu yilning 3-dekabr kuni O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti, Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingivistik ta'minoti kafedrasi tomonidan fakultetning 4-bosqich talabalari uchun Hindistonning nomdor Dehli universiteti professori Dr. Ujjwal Jana ishtirokida seminar- trening tashkillashtirildi.
⚡️"The History of Translation" ("Tarjima tarixi") mavzusida bo'lib o'tgan seminar-treningda hind professori Ujjwal Jana hamda kafedra professor-o'qituvchilari tarjima turlari, jumladan intralingual, interlingual , intersemiotik tarjima haqida talabalarga ma'lumotlar berishdi hamda mavzuni misollar yordamida tahlil qilishdi.
Shuningdek, seminarda tarjima sohasidagi tarixiy yutuqlar, o'zgarishlar va rivojlanish bosqichlari, qadimiy asarlarning tarjima tarixi haqidagi bilimlar ulashildi.
🎥 Видео с нашего визита в интернат теперь доступно! 🙌
Ваше доброе дело и доброе сердце достойны реакции — такие встречи не могут оставить равнодушными! ❤️
______
Факультет русской филологии 💙
🟦🟦
3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy seminar yig‘ilishida tadqiqotchi Gaybullayeva Dildora Fayzulla qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli frazeologizmlarning semantik-stilistik va lingvostatistik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 3-dekabr ,,Xalqaro Nogironlar kuniga bagʻishlangan" ,,Biz o‘zgachamiz, barchamiz birgamiz" shiori ostida tadbir oʻtkazildi.
Bu kun 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e'lon qilingan bo‘lib, uning maqsadi nogironlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasini ta'minlash va nogironlarga nisbatan e'tiborni oshirishdir.
Tadbirni yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor V.Sadiyev ochib berdi va rektor I.Tuxtasinov tomonidan yoʻllangan murojaatinii oʻqib eshittirdi.
Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan qo'shiqlar, raqslar, vatanni madh etuvchi sheʼrlar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
2-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Iqtidorli talabalar bilan ishlash va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Ushbu tanlovda universitet fakultetlaridan jami 50 dan ortiq talabalar huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tashkil etilgan olimpiada natijalariga ko‘ra g‘oliblik quyidagi talabalarga nasib qildi:
1-o‘rin – Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi – Ingliz tili 3-fakulteti talabasi,
2-o‘rin – Uzoqova Marjona Sherali qizi – Ingliz tili 3-fakulteti talabasi,
3-o‘rin – Rajabboyeva Ozoda Mahmudjon qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚡️ Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun navbatdagi uchrashuv.
🌐 Xalqaro jurnalist, “Amerika ovozi” teleradiosining o’zbek jurnalisti Navbahor Imomova bilan bo’lib o’tadigan uchrashuvni o’tkazib yubormang.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
#targ‘ibot #ta’lim #turizm
Braziliya universitetlarida O‘zbekiston ta’lim va madaniyati kunlari o‘tkazildi
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Braziliyaning Sao Paulo va Kampinas universitetlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirlar davomida yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” deb nomlangan taqdimot, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi.
Tashrif davomida, ushbu universitetlar bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandumlar imzolandi.
Ushbu hujjatlarga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilar mazkur oliygohlarda o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil qilish va talabalar esa borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Ma’lumot o‘rnida: Sao Paulo universiteti QS xalqaro reytingida Top-100, Kampinas universiteti esa, Top-250 universitetlar ro‘yxatidan joy egallagan.
Bizni kuzating
📺📺 #XorijiyOAVBizHaqimizda
Braziliyaning Kampinas universiteti oʻz rasmiy sayti sahifalarida Unicamp va O‘zDJTU ning hamkorlik aloqalari, ikki mamlakat oʻrtasidagi ta’lim va ilmiy almashuvlar, shuningdek, O‘zDJTU delegatsiyasining tashrifini keng yoritdi.
ℹ️ BATAFSIL…
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Jahon tillari universiteti rektori: Dunyoning top-500 talik reytingiga yaqinlashayotgan O‘zbekiston oliygohlari haqida
Bizni Instagram 📱| Facebook 📱| YouTube 📱| manzillarda ham topishingiz mumkin!
0️⃣0️⃣0️⃣
4-dekabr kuni O‘zDJTUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov hamda Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyalarining nomzodlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov tomonidan nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, komissiya tomonidan qo‘yilgan ballar, apellyatsiyaga topshirgan talabalarga komissiya tomonidan taqdim etilgan xulosalar haqida tushuntirishlar berildi. Yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" shiori ostida Sahna ko‘rinishlari tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor V.Sadiyev ochib berdi. Sahna ko‘rinishlari tanlovida ishtirokchilar 10-15 daqiqalik qisqa chiqishlar asosida korrupsiyaga qarshi mavzular yuzasidan sahna chiqishlarini namoyish etdi. Tanlovda har bir fakultet o‘z jamoasi bilan qatnashdi. Jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Natijalarga ko‘ra g‘oliblik quyidagi jamoalarga nasib qildi.
🥇 1-o‘rin Roman-german filologiyasi fakultet,
🥈 2-o‘rin 1-ingliz, ingliz filologiyasi fakulteti,
🥉 3-o‘rin Sharq filologiyasi Tarjimonlik fakulteti
Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 5 million so‘m
2-o‘rin — 4 million so‘m
3-o‘rin — 3 million so‘m
0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣
OʻzDJTU Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Study” o‘quv markazi bilan hamkorlikda ispan tilini o‘qitish kursi “Curso intensivo de espanõl” 2024-oʻquv yilining oktabr oyidan buyon o’z faoliyatini davom etirib kelmoqda.
🔰 Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun navbatdagi ijodiy uchrashuv o’tkazildi.
Har bir o’quv yilida “Amerika ovozi” teleradiosining jurnalisti Navbahor Imomova tomonidan fakultet talabalari uchun munozara, tahlil va savol-javonlarga boy bo’lgan uchrashuv o’tkazilishi an’anaga aylangan.
Tadbir so’nggida, yigit-qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
1985-yildan buyon Fransiyada o‘tkazilib kelinayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining ilk bor Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 43-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida xorijdagi eng nufuzli OTMlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida
Ma’lumki, xalqaro miqyosdagi tilshunoslik, tarjima, lingvistika va xalqaro muloqotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha yetakchi o‘quv maskanlardan biri hisoblanadi. UFPR va O‘zDJTU o‘rtasida ilmiy va ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish ikki tomon uchun ham katta ahamiyatga ega.
4️⃣4️⃣4️⃣
📣Hurmatli talabalar va o'qituvchilar!
UNICEF va OʻzDJTU Siyosiy fanlar kafedrasi sizni 10-dekabr kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan U-Report loyihasi bo'yicha ma'ruzaga taklif qiladi.
📍 O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 127, 312 xonalar.
U-Report – yoshlarni ijtimoiy o‘zgarishlarga jalb etish va jamiyatning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion loyiha. Ma'ruzada siz loyihaning maqsad va vazifalari, shuningdek, har biringiz qanday qilib ushbu muhim harakatning bir qismi bo'lishingiz mumkinligi haqida bilib olasiz.
U-Report — это проект, направленный на вовлечение молодежи в социальные изменения и решение актуальных проблем общества. На лекции вы сможете узнать о целях и задачах проекта, а также о том, как каждый из вас может стать частью этого важного движения.
#ДеньЛюдейСОграниченнымиВозможностями #ЗаботаИВнимание #СилаДобра #ПоддержкаДетей
📅 3 декабря — День людей с ограниченными возможностями был отмечен визитом студентов Факультета русской филологии в Специальную школу-интернат для детей с ограниченными возможностями № 25 в Яксарайском районе г.Ташкента. Визит был организован при поддержке декана факультета, заместителей декана, тьюторов, молодежного лидера факультета и студентов-активистов факультета.
В рамках мероприятия студенты поздравили учеников с праздником, подготовив для них развлекательную программу, включающую песни, танцы и поздравления. Этот день стал ярким моментом для всех присутствующих, ведь дети получили не только положительные эмоции, но и подарки, которые приподняли их настроение.
🟦🟦🟦
Joriy yilning 2-dekabrdan 5-dekabrga qadar Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.
Farg‘onada shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarining maqsadi hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat.
Unga oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Chutpulatov Muxammad Chariyevich mazkur seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayonlarini tashkil etishda mas’ul vakil sifatida ishtirok etdi.
🔰Bugun OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti 8-dekabar konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻquv binosini bezatish tadbirini tashkil qilishdi.
📌Ushbu tadbirda fakultet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini M.Jakbarov, tyutorlar hamda talabalr ishtirok etishdi.
🇺🇿Ushbu tadbir Konstitutsiya bayramini yuqori kayfiyat va saviyada nishonlash maqsadida boʻldi. Shuningdek, har bir talaba yoshlarda vatan tuygʻusini, mustaqillikni yanada chuqurroq his qilishga yordam berdi.
#Konstitutsiya_bayrami
@second_faculty_official
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetida "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
🏆 Natijalarga ko‘ra, g‘oliblik quyidagi ishtirokchilarga nasib qildi.
🥇 1-o‘rin Rajabboyeva Marjona —Ingliz filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi.
🥈 2-o‘rin To‘xtaboyeva Munisa —Ingliz filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi.
🥉 3-o‘rin Baxtiyorova Lola —Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2- kurs talabasi.
Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:Читать полностью…
1-o‘rin — 2 million so‘m
2-o‘rin — 1,5 million so‘m
3-o‘rin — 1 million so‘m
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
2-dekabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti mas’ullari "Jonajon maktabimga kitob sovg'a qilaman" loyihasi doirasida Shayhontohur tumanidagi 102-IDUM maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida boshlang'ich sinf o'quvchilariga Oʻzbekisyon davlat jahon tillari universiteti nomidan turli qiziqarli va bolajonlar uchun zarur bilimlarga boy kitoblar sovg’a qilindi.
Maktab oʻquvchilari kitoblar uchun minnatdorchilik bildirishdi va a’lo baholarga oʻqib, kelajakda ilmi yetuk inson boʻlib yetishishga va’da berishdi.
📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt