🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 10-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Xalqaro arab tili kuni” deb e’lon qilingan sanaga bag‘ishlangan “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Mazkur nufuzli anjumanda respublikamiz hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari olimlari va professor-o‘qituvchilari, O‘zbekistondagi diplomatik missiya va vakolatxonalar rahbar va vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida, Arab davlatlari elchixonalari hamda O‘zDJTU talabalarining kalligrafiya ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi elchisi Saeed Matar al-Qemze, Daniya arab akademiyasi axborot markazi direktori Salam Ishaq, Jazoyir Xalq Demokratik Respublikasining Oliy ta’lim vaziri maslahatchisi va Arab tili Oliy Kengashi a’zosi Milud Halfallah va boshqa mehmonlar ishtirok etib, barcha yig‘ilganlarni ushbu sana munosabati bilan tabrikladi.
Sho‘balar 6 qismdan iborat bo‘lib, “Globallashuv davrida arab tili: muammolar va yechimlar”, “Raqamlashtirish davrida filologiya masalalari”, “Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari”, “Matnshunoslik. Manbashunoslik”, “O‘zbekiston va jahon adabiyotida tarjima muammolari” hamda “Chet tilini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar va jahon tajribasi” mavzulariga bag‘ishlandi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📣 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi “Eng yaxshi videoroliklar” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qilgan edi.
#yengillik #chegirma
⚡️O‘quvchi-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.
❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
Batafsil: www.uzairways.com.
___
Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся
В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2024 года по 7 января 2025 года.
Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.
❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.
Подробно: www.uzairways.com.
Bizni kuzating
O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari va talabalari O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining 32 yilligi munosabati bilan barchani qutlaydi.
#talabalar_ijodi
@first_faculty_official
Konstitutsiyadagi o'zgarishlar va davlat taraqqiyotiga ta'siri
Efir: 09.12.2024 | 12:00
#Toshkent
Muxbir: Dovudxon G'ulomjonov
🚀 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
🔵 FACEBOOK | 🎬 RENESSANSTV-RTV">YOUTUBE
🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil noyabr oyidagi faoliyati hisoboti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#targ'ibot #zo'ravonlikga_qarshi_kurash
Ingliz filologiyasi fakultetida Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova tomonidan tashkil etilib, mavzuga doir hujjatli filmlar, talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, universitet xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova tomonidan psixologik mashg‘ulotlar va ruhiyatni ko‘taradigan psixologik trening o‘yinlari amalga oshirildi.
Ushbu targ‘ibot tadbirlari orqali jamiyatimizda ayollar, qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikka qarshi keskin choralar ko‘rish va tinch hayot barpo etishga bo‘lgan qat’iy intilish yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦
Qadrli yoshlar, aziz hamkasblar!
Avvalo, siz, azizlarga, qutlug‘ ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32-yilligi bayrami muborak bo‘lsin.
Asosiy qonunimiz o‘zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakat taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashda muhim hujjat hisoblanadi.
Darhaqiqat, xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish Konstitutsiyamizning asosiy maqsadidir.
Aytish joizki, ta’lim sohasidagi dasturlarimiz doirasida yaqin yillarda oliygohlarda qamrov 50 foizga yetkazilishi, 2025-yilda bog‘cha va maktablarni ta’mirlash va yangilarini qurish uchun davlat byudjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ta’lim olish huquqlari kafolatlanganligining yana bir dalilidir.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yoshlarning yorug‘ kelajagini kafolatlaydi
Jahon tillari universiteti rektori Ilhom To‘xtasinov "O'zbekiston-2030" strategiyasining 7-maqsadi haqida
Batafsil youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!
Bizni Instagram 📱| Facebook 📱| YouTube 📱| manzillarda ham topishingiz mumkin!
👨💻👩💻🧠
BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga koʻra, 25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" faol harakatlari doirasida turli tadbirlar o'tkaziladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
6-dekabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 2-kafedrasi tomonidan "Siz qonunni bilasizmi" koʼrik tanlovi tashkillashtirishdi.
3-bosqich 2203, 2214, 2222-guruh talabalari ishtirokida oʻtgan tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻzida jamlagan ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
📍 Ingliz tili ikkinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 🟦🟦🟦
Bugun O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlanib, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov 8-dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yoqubov, Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy-huquqiy axborot markazi maslahatchisi Ahmadjon Odilov, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimovlar tomonidan konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha huquqiy ma’lumotlar berib o‘tildi.Tadbirning badiiy qismida fakultet talabalari tomonidan harbiy chiqishlar, raqslar, sahna ko‘rinishi va she’rlar ijro etildi. Tadbir yakunida, mehmonlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2023-yilda tashkil etilgan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari tanlovida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna Angliyaning Aston universitetida ilmiy-pedagogik malaka oshirdi.
Tadqiqotchi Ruzmatova Dilnoza Aston universiteti professori doktor Chloe Harrison ilmiy rahbarligida “Cultural, Historical and Religious Aspects of Abdulrazak Gurnah’s Works” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borib, nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “English Dissertation”, “Post-apocalyptic Fiction”, “Reading Poetry”, “Language and Style”, “Reading and Society”, “English across time and space”, “TESOL for MA”, “Language and Literature in Education” fanlari bo‘yicha ma’ruza va seminarlarda ham faol ishtirok etdi.
Loyiha so‘ngida tadqiqotni muvaffaqiyatli amalga oshirganligi sababli Aston universiteti tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#targ‘ibot #ta’lim #turizm
Braziliya universitetlarida O‘zbekiston ta’lim va madaniyati kunlari o‘tkazildi
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Braziliyaning Sao Paulo, Parana va Kampinas universitetlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirlar davomida yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” deb nomlangan taqdimot, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi.
Tashrif davomida, ushbu universitetlar bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandumlar imzolandi.
Ushbu hujjatlarga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilar mazkur oliygohlarda o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil qilish va talabalar esa borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Ma’lumot o‘rnida: Sao Paulo universiteti QS xalqaro reytingida Top-100, Kampinas universiteti esa, Top-250 universitetlar ro‘yxatidan joy egallagan.
Bizni kuzating
#Jarayon
⚡️Ta’limda hamkorlik
1985-yildan buyon Fransiyada o‘tkazilib kelinayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
Batafsil👈
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🟦🟦🟦
10-dekabr kunidan Andijon davlat universitetida viloyatdagi tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari boshlandi.
Andijon viloyati va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarining maqsadi hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar avvalida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, kirish nutqi bilan seminarni ochib berdi.
Seminarga oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayonlarini tashkil etishda mas’ul vakil sifatida ishtirok etdi.
#eʼlon
Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.
___
Объявлена 50-процентная скидка на железнодорожные билеты для студентов
Для студентов, обучающихся в высших образовательных учреждениях республики, объявлены скидки на местные поезда во время зимних каникул.
Скидка предоставляется в размере 50% от полной стоимости билета на все пассажирские поезда внутреннего сообщения (кроме вагонов класса СВ/VIP и высокоскоростного электропоезда «Afrosiyob») действует с 23 декабря 2024 года по 10 января 2025 года.
Для приобретения билетов студенты могут посетить железнодорожные кассы со своими документами удостоверяющие личности или воспользоваться сайтом eticket.railway.uz для покупки билетов в электронном виде.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
Bugun 10-dekabr kuni O‘zDJTUda O‘zbekiston Davlat Respublikasining madhiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir odatga ko‘ra, Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbirda, universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev ochib berdi hamda barcha yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi. Tarix fanlari bo‘yicha fan doktori, professor Dilorom Bobojonova yig‘ilganlarga madhiyaning qabul qilish jarayonlari va tarixi haqida so‘zlab berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#БАЙРАМ_МУБОРАК 🇺🇿
Har bir yangi kun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlanadi. Har tong Vatanimiz uzra ushbu muazzam tarona yangraydi.
10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun! 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan madhiyamiz Mutal Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov she’ri asosida yaratilgan.
#TA'ZIYA
9-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi professori Muxamadavas Iriskulov vafot etdi.
Muxamadavas Iriskulov 1938-yilda tug‘ilgan. 1962-yili Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, professor M. Iriskulov hayoti davomida bir qator oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib, mamlakatimiz ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Olim o‘nlab kitoblar, yuzlab maqolalar muallifi.
Ilmiy faoliyati uchun 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, 2006-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Muxamadavas Iriskulovning yaqinlari, shogirdlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#konstitutsiya_32_yilligi
🇺🇿 Sharq filologiyasi fakultetida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya asosiy - Qomusimiz" mavzusida soʻrovnoma tashkil qilindi.
✨ Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi aziz yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklaydi. Har bir kuningiz xursandchilik va ertangi kunga ishonch olib kelsin. Osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!
🌐 Bizni kuzating
📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
https://uza.uz/uz/posts/braziliya-bilan-talim-sohasidagi-hamkorlik-boyicha-qoyilgan-ilk-qadam_665103
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 6-dekabr Rus filologiyasi fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. 🇺🇿📜
🇺🇿 Tadbir doirasida talabalar Konstitutsiyaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritgan ma’ruzalar tayyorladilar. Shuningdek, milliy raqslar, she’rlar va boshqa ijodiy chiqishlar bilan o‘zlarining bilim va talantlarini namoyish etdilar. 🎙
🇺🇿 Tadbirda shuningdek, Konstitutsiya haqida qiziqarli viktorina o‘tkazildi, unda ishtirokchilar huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazib, asosiy huquqiy hujjatimizga nisbatan bilimlarini oshirdilar. 🏆
Mazkur tadbir Konstitutsiyaning ahamiyatini tushunishga, fuqarolik mas’uliyatini yanada kuchaytirishga, shuningdek, yosh avlodni o‘z Vataniga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. 🌟
______
O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti 🇺🇿
Факультет русской филологии 🇷🇺
📢 Jadidlar Klubi: Ilm va Maʼrifatga Chorlov!
Siz ham o‘z bilimingizni oshirib, innovatsion fikrlashni o‘rganishni xohlaysizmi? Jadidlar Klubi bunga eng yaxshi imkoniyatni taqdim etadi!
📌 Bu klubda siz:
— O‘zbekiston jadidlarining boy merosini chuqurroq o‘rganasiz;
— Fikrdosh yoshlar bilan muloqot qilasiz;
— Innovatsion va ilg‘or g‘oyalardan ilhomlanasiz.
🚀 Qo‘shilish uchun imkoniyatni boy bermang!
👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/eZerLLAbeogW1Jg1A
⏳ Deadline: 07.12.2024
📽️ Videoni tomosha qiling va biz bilan boshlang!
Telegram
Fakt 24 | Braziliyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik
#6dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🟦🟦🟦
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiridan fotolavhalar.
📍 @xalqarojurnalistika_fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦 🟦🟦
🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.
📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
O‘zbekiston — Braziliya: oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Braziliyaga qilgan tashrifi "Xalq so‘zi" gazetasining rasmiy sayti orqali batafsil yoritildi.
Batafsil: ➡️ https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-braziliya-olij-talim-muassasalari-ortasidagi-hamkorlikning-yangi-bosqichi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Braziliyaga qilgan tashrifi hamda mamlakatdagi nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qilish jarayonlari "Yoshlar ovozi" gazetasining rasmiy sayti orqali batafsil yoritildi.
Batafsil: ➡️ https://yoshlarovozi.uz/oz/news/braziliya-universitetlari-bilan-hamkorlik
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Бразилиянинг Сао Пауло университети билан ҳамкорлик қилмоқда
ЎзДЖТУ ректори Илҳомжон Тўхтасинов бошчилигидаги делегацияни Сао Пауло университети Халқаро ҳамкорлик бўйича директори ўринбосари Профессор Ларисса Дриэмеиэр кутиб олди.
Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/112714
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/112714
Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram | Hamkorlik materiali