🟦🟦🟦
OʻzDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Dastur davomida Maksudova Hilola Ferdinantovnaning 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) “Nofilologik ta'lim yo‘nalishlarida sohaviy fanlarni xorijiy tilda o‘qitishning nazariy-metodik asoslari (tibbiyot yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasining ilmiy seminar muhokamasi tashkil etildi.
💡#BayramKayfiyati
🎄Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili uchinchi fakultetida Yangi yil shukuhi hukm surmoqda.
🏡 Ingliz tili uchinchi fakulteti
🎄 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-dekabr kuni O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova tashabbusi bilan “Baxt yulduzi” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Fakultetning birinchi bosqich talaba-qizlari ishtirokida oʻtgan ushbu trening universitet psixologi Z.Xayrullaeva tomonidan tanishuv, psixogimnastika mashg‘ulotlari asosida olib borildi. Shuningdek, psixologik treningda universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Z.Mo‘minxo‘jaeva ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini talabalar bilan boʻlishdi.
💘💘💘💘💘 💘💘💘🔴
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bayram shukuhi
🎄 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Namanganda rahbar kadrlar uchun o‘tkazilgan 4 kunlik o‘quv-amaliy seminar 19-dekabr kuni yakuniga yetdi.
Shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminari samarali bo‘ldi.
To‘rt kun davomida 38 soatlik o‘quv dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va tajribali murabbiylar tomonidan davlat boshqaruvi sohasida ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalar ham o‘rgatildi. Seminar yakunida tinglovchilar test sinovlaridan o‘tkazilib, ularning bilim darajasi baholandi.
#Qishki_ta’til
Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.
Bizni kuzating
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 275-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 19-dekabr kuni O‘zDJTUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU Adabiyotshunoslik yo’nalishida ta’lim olayotgan 1-2- bosqich magistratura talabalari o’rtasida oʻtkazilgan tanlov g’oliblari aniqlandi.
Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dosenti, f.f.f.d. (PhD) Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna tashabbusi bilan magistraturada ta’lim olayotgan Adabiyotshunoslik yo’nalishi talabalari o’rtasida Erix Maria Remarkning “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q”, Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” va Murtazo Mushfiq Kozimiyning “Qo’rginchli Tehron” asarlari bo’yicha 10-13 -dekabr kunlari tanlov bo’lib o’tdi. Har bir asar talabalar tomonidan adabiy-tanqidiy tahlillarga tayangan holda taqdimot koʻrinishida uzatildi. Taqdimotlar so’ngida “Eng yaxshi guruh” va “Eng yaxshi taqdimotchi” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar ochiq ovoz berish asosida aniqlandi.
➖
Erix Maria Remark va uning “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” romani bo’yicha “Whispers of War” guruhi g’olib deb topilib, Sevara Karimova “Eng yaxshi taqdimotchi” deb topildi;
➖
Mixail Bulgakov va uning “Usta va Margarita” asarini “Stalin”, “Bulgakov’s Retinue” va Mysteria” guruhlari taqdimot qildi va “Mysteria” jamoasi “Eng yaxshi guruh” va Qo’chqorxo’jayeva Muxlisaxon va To’rabekova Gulira’no “Eng yaxshi taqdimotchilar” deb e’lon qildi;
➖
Murtazo Mushfiq Kozimiy va uning “Qo’rqinchli Tehron” romanini tahlil qilib, “Victims of Tehran” guruhi ishtirokchilari “Eng yaxshi guruh” deb topildi hamda Sharipova Zuxra va Hakimov Abbosjon “Eng yaxshi taqdimotchilar” deb tan olindi.
🟦🟦🟦
16- dekabrdan boshlab Namangan viloyatida tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
To‘rt kun davomida bo‘lib o‘tadigan seminarda ishtirokchilarga mahallabay ishlash tizimining zamonaviy va samarali usullarini joriy qilish orqali iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, joylardagi muammolarni hal etishda mahallalardagi vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini mazmun mohiyatini tushuntirish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibni saqlash, mahalla va ko‘chalarning xavfsiz bo‘lishini ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalardagi aholini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir zarur bilimlar beril borilmoqda.
#MasʻullardanJavob
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi turish dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olgan. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 9-dekabr — Xalqaro korrupsiya kuni deb belgilangani ham alohida ahamiyat kasb etadi.
#PhD
OʻzDJTU huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi
PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02 raqamli Ilmiy kengash
8-son majlisi oʻtkazildi.
Unda Cherginskaya Irina Aleksandrovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “8-9-sinflardagi bilingvli o‘quvchilarni rus tilida shartli munosabatlarni ifoda etishga o’rgatish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi muhokama qilindi.
16-dekabr kuni Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari Quvandiqova Sarvinoz, O‘taganova Roza va Iskandarova Dilfuza tashabbusi bilan "TED ed students talk" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet talabalaridan:Tadbir davomida kafedra mudiri Muxtorov Muxiddin va kafedra o‘qituvchilari Babanov Baxadir hamda Jabbarov Izzat "TEDEd students talk" da hay'at a'zolari sifatida qatnashishdi va g‘oliblarini aniqlashdi.
🥇 1-o'rin Muxtorova Zarina
🥈 2-o'rin Nurullayeva Mohira
🥉 3-o'rin Achilbayeva Sevinch va Tursunov Shaxboz egallashdi.
Tadbir 2 bosqichda o‘tkazildi:
Dastlab, nomzodlar o‘rtasida kasting olib borildi. Talabalardan ma'lum mezonlar bo‘yicha nomzodlar saralanib olindi. Ikkinchi bosqichda, ishtirokchilar o'zlari qiziqqan mavzularda nutq so‘zlashdi va tengdoshlariga ham ta'lim ham kundalik hayot yuzasidan motivatsiya berdilar.
🟦🟦🟦🟦🟦
17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba yoshlar uchun davra suhbati tashkil etildi.
Unda OʻzDJTU Xotin-qizlar va bolalar huquqlari kafolatlari bo‘yicha Uchtepa tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsultlari Aziza Qahramonova va Manzura Achilova yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida nutq soʻzladi. Tadbirda mutaxassislar yoshlarning mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va mehnatga oid huquqlari haqida atroflicha to‘xtalib, zo‘ravonlik va ularga belgilangan jazo turlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
👨🏫👩🏫
17-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 39-son majlisi o'tkazildi.
Dastur davomida Kambarova Marjan Adil qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Odam” tayanch leksemali maqollarning semantik va lingvostatistik xususiyatlari (ingliz, rus, oʻzbek, qozoq tillari materiallari boʻyicha)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo'lib o'tdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 269-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti” bilan hamkorlikda Gid-tarjimonlar tayyorlash oʻquv kursini tashkillashtirishning oʻquv kursi dasturi va oʻquv rejasi ishlab chiqildi va uch tomonlama tasdiqlandi. Mazkur kurslarga Respublikaning yuqori malakali professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari jalb qilingan. Oʻquv mashgʻulotlari davomida kurs qatnashchilari ikkita diplom bilan biritib, mutaxassis boʻlib chiqishadi.
#bellashuv
18-dekabr kuni “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” kafedra professor-oʻqituvchilari, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Normurotova Valentina Ivanovna, Kurbanova Dilafruz va Madina Tuxtaxujaeva tomonidan «Best -Beginning English school Teachers 2024-2025» fanidan guruhlar orasida musobaqa uyushtirildi.
Musobaqada 3 guruh “The Best”, “Enlighters”, “Eduglobe” ishtirok etishdi va toʻrt xil bosqichlarda bellashdilar.
0️⃣0️⃣0️⃣
Raqamlashtirish bo‘yicha “Unicon soft” tomonidan edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimini takomillashtirish seminari o‘tkazildi.
Seminarda “Unicon soft” M.CH.J mutaxassislari Sharifjon Botirov va Mirzakarimov Shahzod, universitetning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, devonxona xodimlari, https://edo.ijro.uz/ sayti bilan ishlaydigan mas’ullar hamda raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur seminarda edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimiga barcha ijroga qaratilgan rasmiy hujjatlar devonxona tomonidan kiritilishi va rektor tomonidan tasdiqlanib mas’ul ijrochiga yo‘naltirishi hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash va ijro intizomi monitoringi bo‘limi tomonidan nazorat qilib borilishi ta’kidlab o‘tildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#to‘garak_faoliyati
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasining “Badiiy savodxonlikni rivojlantirish” to‘garagi a'zolari navbatdagi mashg‘ulotda
“The key to success” mavzusida to‘garak rahbari Abdalimov Suhrob Islom o'g'li tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Natijada 3 nafar talaba ilmiy to‘garakdan olgan bilimlarini qo‘llagan holda, til bilish sertifikatlari darajasini yangilab ,,education center''da dars berib kelmoqda.
#bilasizmi
⚡️Qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilib, vagonlar soni ko‘paytiriladi
🚆Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:
✓ Qo‘shimcha qatnovlar:
“Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov;
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.
✓ Qo‘shimcha vagonlar:
“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
❓Talabalar chiptalarni qo‘shimcha qayerdan xarid qilishi mumkin?
◀️O‘zbekiston milliy universiteti sayyor kassasi;
▶️Toshkent davlat agrar universiteti sayyor kassasi;
◀️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sayyor kassasi.
Bizni kuzating
18-dekabr kuni universitet o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov raisligida o‘tkazilgan majlisda kun tartibidagi o‘quv jarayoniga oid bo‘lgan dolzarb masalalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 451-son va 452-son buyruqlarining mazmun va mohiyati kengash a’zolariga yetkazildi. Majlisda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar kelishib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
16-dekabr kuni Namangan viloyatida shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun tashkil etilayotgan o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari "Turan Xalqaro Universiteti"da davom ettirildi.
Seminarning asosiy maqsadi — davlatimiz rahbarining 2024 yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlarida belgilangan tashabbuslar, shuningdek, “2025 yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida ijro hokimiyati rahbar kadrlari oldida turgan muhim vazifalarni o‘rganish va ularning bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
To‘rt kun davom etadigan mazkur seminarda respublika oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar ishtirok etmoqda. Seminar davomida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, mahallabay ishlash, yoshlar siyosati, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish kabi muhim mavzularda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
👨💻👩💻🧠
19-dekabr kuni Rus filologiyasi fakultetida xotin-qizlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish va ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish mavzularida trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur treningni universitet psixologi Z. Xayrullayeva olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilarga muhim tavsiyalar berildi, turli amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi va qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.
Treningda ishtirokchilar o‘zlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#AvtomobilsizKun
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tez-tez Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.
🟦🟦🟦 🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ogohlantiradi!
So‘nggi vaqtlarda firibgarlar tomonidan huquq-tartibot idoralari, xususan ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan telegramda soxta akkaunt ochgan holda fuqarolarga turli murojaatlar yuborilmoqda.
Ogoh bo‘ling! Tizimdagi biror bir rahbar sizga telegram orqali murojaat qilmaydi hamda sizdan o‘z hisobingizdan pulni boshqa hisobga qo‘yishingizni, naqd ko‘rinishida kimgadir taqdim etishingizni so‘ramaydi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
17-dekabr kuni Xalqaro jurnalistika fakultetida R.B. Suleymenov (Qozog'iston) nomidagi Sharqshunoslik instituti Osh ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Baydarov Erkin Ulanovich tomonidan o‘tkaziladigan “Qozog‘istonda Xitoyshunoslik qozoq-xitoy munosabatlari kontekstida” mavzusidagi ma’ruza tashkil etildi.
Davra suhbati davomida, Qozog‘iston — Xitoy munosabatlarining eng muhim jihatlari va xitoyshunoslik rivoji haqida ko’plab ma’lumotlar berib o’tildi.
Ma’ruza Siyosiy fanlar kafedrasi mudiri Sh.Saidov, dotsent Z.K.Usmanov, stajyor-o‘qituvchisi A.K.Temirbayeva tomonidan tashkil etildi.
2️⃣2️⃣2️⃣
16-dekabr kuni OʻzDJTU ning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Orol ijodkorlari: kichik tomchidan katta dengiz sari” loyihasining taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida “Orol ijodkorlari” klubi rahbari R.Qalandarova tomonidan loyihaning maqsadi va vazifalari tushuntirib berildi. Iqtidorli talabalar tomonidan milliy raqslar, jonli qoʻshiqlar mahorat bilan ijro etildi. Shuningdek, har bir ishtirokchi oʻzining taqdimotini namoyish etdi. Tadbir soʻngida loyihada faol ishtirok etgan bitiruvchilarga sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
👨🏫👩🏫
16-dekabr kuni OʻzDJTUda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig’ilishida Samdchti tadqiqotchisi Latipov Aziz Akbaraliyevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan "ZAMONAVIY INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FAZAVIY SEMANTIKANI IFODALOVCHI VOSITALAR” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi. Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.