O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
14-yanvar kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari S. Ibragimov, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Xabiyeva, tyutorlar N. Masadikova, Sh. Tursunova 1-talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif asnosida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan talabalarni tabriklab, davra suhbati tashkil qilindi.
Talabalar bilan universitet ichki odob-axloq qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
14-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kuzatuv kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet faoliyati, ilmiy ishlar va ta’lim jarayonini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Kengash a’zolari universitetning ilmiy va akademik salohiyatini oshirish, yangi tashabbuslar va strategiyalarni amalga oshirishga doir bir qator muhim qarorlarni qabul qilishdi.
Kuzatuv kengashida ishtirok etgan O‘zDJTU rahbariyati vakillari universitetning joriy yili uchun amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etdilar.
0️⃣0️⃣0️⃣
14-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Akademik litseyida Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida litseyning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan harbiy sport turlari bo‘yicha sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Ularning mahorati va vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari barcha ishtirokchilarni ilhomlantirdi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik uchun ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
14-yanvar kuni O‘zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Undan Isanova Zebuniso Shavkatovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi o’rin oldi.
Seminar muhokamasida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU va Malayziya Fanlar Universiteti akademik hamkorlikni muhokama qildi
13-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Malayziya Fanlar Universiteti (USM) Til, savodxonlik va tarjima maktabi (SoLLaT) o‘rtasida akademik hamkorlik masalalarini muhokama qilish bo‘yicha onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomon vakillari ishtirok etib, hamkorlikning bir qator muhim yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Muhokama jarayonlaridan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
1. Qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish.
2. Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
3. Tilshunoslik, ta’lim va madaniyat tadqiqotlari sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish.
4. Masofaviy ta’limni rivojlantirish uchun qo‘shma onlayn kurslar va veb-seminarlar tashkil etish.
🏆🏆🏆
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-2025-o'quv yilida magistratura bosqichida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi tanlovi g'oliblari e'lon qilindi.
0️⃣0️⃣0️⃣
13- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda universitet qoshidagi harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbar-xodimlari, tegishli mas’ullar va harbiylar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan harbiy tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Qalqon” jamoasi ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir parad bilan boshlandi. Unda harbiy xizmatchilar ishtirok etib, turli xil tryuklar va ko‘rgazmali qurollar bilan tomoshabinlarga ajoyib chiqishlarni taqdim etdilar. Tadbirga tashrif buyurgan san’atkorlar ham o‘z chiqishlari bilan barchani tabrikladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
OʻzDJTU da 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” nomli tadbirdan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda.
2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestrining yakuniy nazorat imtihonlari universitetda belgilangan grafik asosida o‘tkazilmoqda. Talabalar maxsus testlarga mo‘ljallangan kompyuterlarda, shaffof va adolatli sharoitlarda imtihon topshirishmoqda.
Talabalarga mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlangan bo‘lib, jarayonlar kameralar va nazoratchilar orqali kuzatib borilmoqda.
Bu tizim universitetda bilimlarni baholash jarayonining yanada shaffof va adolatli amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha talabalarga muvaffaqiyat tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
11-yanvar kuni O‘zDJTUda Insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
“Jadidlar jasorati - millatimiz faxri“ mavzusida bo‘lib o‘tgan tanlovda 100 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tanlov jarayoni shaffof ravishda pedagog o‘qituvchilar va kamera kuzatuvi nazoratida bo‘lib o‘tdi.
Talabalar o‘z bilimlarini sayqalladi va belgilangan vaqtda insholarini topshirishdi.
Tanlov natijalari tez orada e’lon qilinadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Islomova Sevinch Botirjon qizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi etib saylandi.
Islomova Sevinch Botirjon qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida tahsil oladi.
Universitet jamoasi Sevinch Islomovaning yoshlarga yetakchilik qilishdek mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining"Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariningqishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlartashkil etish to‘g‘risida" 2024-yil 6-dekabrdagi 457-sonli buyrug‘ining tegishli bandiga ko'ra 2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestri yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlarini ma’lum grafik asosida tashkil etish belgilangan.
2024-yilning 9-12-dekabr sanalarida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Global Peace Summit dunyoning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilarni insoniyat oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun birlashtirdi. Sammit davomida ayollarning siyosatdagi o‘rni, global iqlim o‘zgarishi va sun’iy intellektning xalqaro jarayonlarga ta’siri kabi mavzular ko‘tarildi.
Tadbirning asosiy qismi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohiga tashrif uyushtirildi. Ishtirokchilar tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro mexanizmlarning ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu muhim voqeada O‘zDJTU 2-bosqich tayanch doktoranti Muzaffarova Farangiz ham ishtirok etdi va global muammolarni hal qilishga qaratilgan muloqotning bir qismi bo‘ldi. Sammit barcha uchun barqaror va uyg‘un kelajakni qurishga xizmat qiluvchi g‘oyalar almashinuvi va yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ўзбекистон Давлат жаҳон тиллари университетида инглиз тили ўқитувчилари учун хорижлик мутахассислар иштирокида семинар ўтказилди.
@yangidavr_rasmiy
🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 45 - son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengashning bugungi sonida Saidova Nozima Axrorovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari til va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “XX XXI asr ingliz bolalar adabiyotida fentezi janrining mifopoetik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining himoyasi tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🗓 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti tyutorlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy, targ’ibot tadbiri tashkil qilindi.
⚡️ Bu kabi tadbirlar yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlar va Vatan himoyachilari ishiga hurmat bilan qarashga chaqiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tadbir
📸 Ingliz filologiyasi fakultetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” nomli tadbirdan lavha.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
#mening_armiyam_yurt_tayanchi
Ingliz filologiyasi fakultetida 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet dekani G.Ergasheva, polkovnik Komil Nasirov, Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqomchilar ko‘rik tanlovi sovrindori xonanda B.Nurmuxamedov, Sh.Xayrullaev hamda Respublika musiqa va san’at texnikumi ijodkor o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zDJTUda tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugun O‘zDJTUda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rektor Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, harbiy xizmatni o‘tagan talabalar va “Qalqon” guruhi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov so‘zga chiqib, barcha universitet a’zolarini bayram bilan tabrikladi va Vatan himoyachilarining shonli xizmatlarini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, universitet bayrog‘ini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘ngra harbiy parad va ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarining harbiy ruhlarini namoyish etib, yurt tinchligi va harbiy xizmatning ahamiyati haqida nutqlar so‘zlashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Aziz professor-o‘qituvchilar, talabalar, universitetimiz jamoasi!
14 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilarimizni hamda vatanimiz ravnaqiga o‘z xizmatini bag‘ishlagan fidoyi insonlarni samimiy tabriklayman.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham, o‘z o‘rnida, xalqimizga xizmat qilishdek mas’uliyatli vazifasini ado etib kelmoqda. Bugun bizning har birimiz bilim olish va yosh avlodni tarbiyalash orqali Vatan himoyasiga qo‘shayotgan hissamizni sezib yashaymiz. Har bir kadr, har bir ilm, har bir sa’y-harakat — bu Vatanni himoya qilishga qo‘shilgan ulkan kuch.
Alohida e’tibor bilan ta’kidlamoqchimanki, hozirgi davrda talaba yigitlarimizning Vatan oldidagi burchi ham juda muhim. O‘zbekistonning kelajagi, uning tinchligi va xavfsizligi, siz kabi kabi mard o‘g‘lonlarning bilimi va sadoqatiga bog‘liq. Sizlarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz, Vatan oldidagi mas’uliyatni anglab, o‘z o‘rningizni to‘g‘ri tanlashingiz – kelajakda Vatan himoyachisi sifatida yuksak yutuqlarga erishishingizni ta’minlaydi.
Aziz vatandoshlar, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, yurtimizni yanada ravnaq toptirish yo‘lida yangi yutuqlar va omad tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
13-yanvar kuni OʻzDJTU Jahon adabiyoti kafedrasida kafedra doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi “Kafedra qoshidagi kengaytirilgan seminar muhokamasida dissertatsiya himoya qilish tartibi” mavzusida ilmiy-nazariy seminar tashkillashtirildi.
Ilmiy-nazariy seminar doktorantlarga qulaylik yaratish maqsadida Zoom platformasida olib borildi.
Seminarni Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri prof. G.I.Xalliyeva ochib berdi.
Ilmiy seminarda kafedra professori F.D.Sapaeva “Kafedra qoshidagi kengaytirilgan seminar muhokamasida dissertatsiya himoya qilish tartibi” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, u o‘z so‘zida kafedra muhokamasidan o‘tish Nizomi, OAK talabi asosida dissertatsiya va avtoreferatni shakllantirish tartiblari bilan tanishtirdi.
👨💻👩💻🧠
9-yanvar kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida boshlangan “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish tamoyillari” (Accelerating English Language Learning in Central Asia) mavzusidagi intensiv trening 11-yanvar kuni o‘z yakuniga yetdi.
Dastur davomida xorijiy mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirish maqsadida tashkil etilgan trening ishtirokchilarga yangi pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodikalar va tajribalari bilan bo‘lishdi. Treningda 160 nafar ingliz tili o‘qituvchisi faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Loyiha, Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetining hamkorligi bilan amalga oshirildi. Ushbu trening O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirishda muhim qadam bo‘ldi.
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇰🇷 Sharq filologiyasi fakultetining Koreys filologiyasi kafedrasi oʻqituvchilari Janubiy Koreyaning “Korea Foundation’s 2024 Support Program for Korean Studies Resources” loyihasida qatnashib, koreys tiliga oid qo’llanma materiallari va o’quv adabiyotlariga ega bo’ldilar.
🔹 Ushbu loyihadan kelgan kitoblar Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev tomonidan qabul qilindi, shuningdek Koreys filologiyasi kafedrasi o’qituvchi-professorlari Ko Eun Hee, Paek Kumnan, Elbek Sobirov, Husnida Arslonova va Dilfuza Amanovalarga ushbu qoʻllanmalar qaysi fanlarda oʻtilishi haqida koʻrsatmalar berildi.
✔️ Qo’shimcha adabiyotlar koreys tilini yanada rivojlantirishda va talabalarning bilim salohiyatini oshirishda katta yordam beradi. Bu kitoblar talabalarga koreys tilini chuqurroq o’rganish va ilmiy izlanishlar olib borishda qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
🌐 Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10-yanvar kuni O‘zDJTUga Italiya – O‘zbekiston Savdo palatasi kengashi a’zosi Marko Farchi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nosirov va boshqalar ishtirok etdi.
Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti italyan tili o‘qituvchilari uchun Italiyada qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish, til sohiblarini o‘quv jarayonlariga jalb qilish hamda Italiyaning Ka-Foskari universiteti hamda O‘zDJTU o‘rtasida turizm yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Erasmus Capacity Bulding loyihasi ustida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎓 BAKALAVR DIPLOMI VA MAGISTRATURA KALITLARINI HOZIRDAN SHAY QILING!
❗️Hurmatli bakalavr bitiruvchilari va fransuz tili ixlosmandlari. Bakalavr diplomini olish va magistratura bosqichini o'z sevgan sohangizda davom ettirish o'z qo'lingizda.
🫴 Shu sababli, sizlar uchun O'zDJTU RGF Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Andre-Marsel LIbay hamda Prof académie tomonidan milliy va xalqaro (CECR/DALF C1) sertifikatlari uchun tayorlov kursi tashkil etildi.
📆 Kunlar: Chorshanba, Payshanba
⏰ Soat: 16:00 - 17:30
📝 Murojaat u-n: @javoxirtursunovv
Bitiruvchilar! shoshiling, axir o'quv yili yakuniga qadar C1 sertifikat olishingiz va chet el yoki o'zimizda magistraturaga kirish deysizmi, nufuzli ishga joylashish deysizmi, qaysi yo'ldan borishingizdan qat'iy nazar sizga bu kafolatni beruvchi imkoniyatdan unumli foydalaning!Читать полностью…
1️⃣1️⃣1️⃣
Xabaringiz bor, O‘zDJTU da besh muhim tashabbus doirasida har xil to‘garak-darslar tashkil etilgan.
Jumladan, universitetlar o‘rtasida bo‘ladigan musobaqalarda ishtirok etadigan O‘zDJTU futbol va gandbol jamoalari qishki mashg‘ulotlarni boshladi. To‘garak talabalarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, universitet terma jamoasini shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘qituvchisi X.Zikriyayev tomonidan tashkil etilgan.
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU da 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
“Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” nomli mazkur bayram dasturini OʻzDJTU rektori oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, yurtimizning barcha jasur oʻgʻlonlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.
0️⃣0️⃣0️⃣👨💻👩💻🧠
9-yanvar kuni O‘zDJTUda “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish tamoyillari” (Accelerating English Language Learning in Central Asia) mavzusidagi intensiv trening o‘z ishini boshladi.
Treningda O‘zDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Dastur doirasida xorijiy mutaxassislar Thom Kiddle, Emma -Jayne Robinson, Lisa Mann, Jamilya Gulyamova va Saida Irgashevalar o‘z mahoratlari va tajribalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.
Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihada 160 nafar ingliz tili o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida ishtirok etdi.
Hurmatli ilmiy jamoa va izlanishlarga qiziquvchilar! 🌟
Ajoyib yangilik! "Lingvospektr" ilmiy-elektron jurnali maqolalar qabulini boshladi! 📖✍️
"Lingvospektr" jurnali Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) tomonidan 2025-yil 4-yanvar kuni 366/5-sonli qaror bilan tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan. Jurnalda pedagogika, filologiya va tarix yo'nalishlari bo'yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi. Bu esa, sizning ilmiy izlanishlaringiz natijalari nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham e'tirof etilishini ta'minlaydi! 🌍
Maqolalar qabul qilinadi:
🔶o'zbek, rus va ingliz tillarida;
🔶kamida 70% original bo'lishi talab etiladi (antiplag.uz orqali tekshiriladi);
🔶ilmiy jihatdan dolzarb va asoslangan bo'lishi zarur;
🔶Barcha maqolalar Google Scholar akademik bazasida indekslanadi.
🔗 Batafsil ma'lumot va maqolalar qabul qilish shartlari bo'yicha murojaat qiling:
🛜Telegram: @Alphatozulu11
🌐 Sayt: https://lingvospektr.uz/
Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) рўйхати
Читать полностью…