uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 22-27-yanvar kunlari Koreya Respublikasida o‘tkaziladigan “Global almashinuv” nomli forumda ishtirok etish uchun jo‘nab ketayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda rektor talabalarga forumda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun omad tilab, safar oldidan zarur maslahat va tavsiyalar berdi. Shuningdek, safar davomida xavfsizlik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuvda universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Abdurahim Nosirov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Shahnoza Ismatova, hamda O‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Yusuf Azzamov ham ishtirok etib, talabalarga forumdagi ishtirok borasida o‘z maslahat va takliflarini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

OʻzDJTUda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazilgani haqida
xabar bergan edik.

Shaffoflik, ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida oʻtgan tanlov davomida talabalar oʻz bilim-koʻnikmalarini mustahkamlashdi.

Tanlov natijalariga koʻra, quyidagi talabalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

🥇o‘rin – Qadamboyeva Dilafruz Zafarbek qizi (Ingliz filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi);
🥈o‘rin – Usmonova Ozoda Sobirjon qizi (Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi);
🥉o‘rin – Norqulova Umida Erkin qizi (Ingliz tili birinchi fakulteti 1-bosqich talabasi).

Eslatib oʻtamiz, tanlovda 1,-2,-3-o‘rin gʻoliblari universitet rektorining 2024-yil 20-noyabrdagi 477-son buyrug‘i 4-bandiga ko‘ra, universitet tomonidan faxriy yorliq hamda budjetdan tashqari toʻlov-kontrakt mablagʻlaridan shakllantirilgan talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan mehnatga haq toʻlashning 1 barobari miqdorida (daromad soligʻi bilan qoʻshib hisoblangan) bir martalik moddiy ragʻbatlantiriladi.


ℹ️Ma’lumot uchun: 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi mintaqalarda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichlarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-167-son Qarorining 11(3)-bandida Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida volontyorlik guruhlari tomonidan parvarishga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarning holidan xabar olib, ham ma’naviy-ruhiy, ham moddiy yordam koʻrsatib kelinmoqda. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ullari, qolaversa, tyutorlar ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.


Jumladan, 18-yanvar kuni OʻzDJTU mas’ullari Uchtepa tumani Uchtepa mahallasiga tashrif buyurdi.

Mahallaning Sharof ko'chasi 5-uyda yashovchi 92 yoshni qarshi olgan Zebiniso ona G'ayratova hamda Ko'rkam ko'chasi 2-uyda yashovchi 74 yoshli G'ayratova Shohidaxon onaxon holidan xabar olindi.

Dastur davomida keksalar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning ruhiy-psixologik holati oʻrganildi. Yakunda keksa onaxonlar bunday e’tibordan mamnun ekanini bildirib, tadbir qatnashchilarini duo qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

18-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muhim bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektori I.M. Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, “TRAVEL TOGETHER” turistik agentligi rahbari va Xitoy turizm agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.


Yig‘ilishda ta’lim va turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvi, gid-tarjimonlarni o‘qitish, shuningdek, qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘tarildi.

Ushbu uchrashuvning yakuni sifatida tomonlar ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib oldilar. Bu, albatta, ta’lim va turizm sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, yangi imkoniyatlarni yaratish va ikkala mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim bir qadam bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko‘chasi 4-A uyda joylashgan manzilidagi talabalar turar joyida yashovchi talabalarga ham xalqimizning sevib, iste’mol qilinadigan taomlaridan bo’lgan osh tarqatildi.

Mazkur xayriya tadbirida ham universitet rektori I.Tuxtasinov ishtirok etib, barcha talabalarni o‘qish va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Osh tarqatish jarayonida universitet rahbariyati vakillari qatnashdi.

Mahoratli oshpazlar tomonidan tayyorlangan mazali osh barcha talabalar tomonidan e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

18-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Nippon Travel Agency Co Ltd. kompaniyasi direktor o‘rinbosari Baba Naoki janoblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, jumladan Yaponiya elchixonasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Yaponiya OTMlari bilan hamkorlik hamda yapon tilini o‘qitish holati haqida batafsil ma’lumot berdi.  


Baba Naoki qabul uchun minnatdorchilik bildirib, xorijiy oliygohlar orasida yapon tilini o‘rganuvchi eng ko‘p talabalar va Yaponiyalik til sohiblari bo‘lgan universitet bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini ma’lum qildi.

Muhokamalar natijasida yapon tomoni talabalar uchun intensiv yapon tili hamda kasbiy tayyorlov kurslari (onlayn va offlayn)ni tashkil qilish, O‘zDJTU talabalari amaliyotini O‘zbekiston va Yaponiyadagi korxona va kompaniyalarda tashkil qilish, talabalar uchun Yaponyai OTMlarida 1 semestr yoki 1 o‘quv yilida davomida tahsil olish uchun grant olishlarida amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.


Shu bilan birga, Baba Naoki O‘zDJTUda tarjimon-gidlik va turizm sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, jumladan moddiy-texnik bazasini takomillashtirishda ko‘maklashishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv so‘nggida O‘zDJTU va Nippon Travel Agency Co Ltd. kompaniyasi o‘rtasidagi sheriklik shartnomasi imzolandi.    

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📋 18- yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professori J. Yakubov tomonidan “ROMAN-GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” yo‘nalishida tashkil etiladigan “O'zbek, nemis va fransuz tillarida imperativ (buyruq-istak) mayli qo'llanishining badiiy va sotsiolingvistik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy seminari tashkil etildi.Ilmiy-amaliy seminarni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov ochib berdi.

📌 Seminarda quyidagi masalalar yoritildi:
🔹 Buyruq-istak mayli shaklining asosiy xususiyatilari;
🔹 Nutq aktining buyruq shakli og'zaki nutq muloqot jarayonidagi muhim o'rni;
🔹 Turli tizimli tillarda buyruq maylini og'zaki nutqda keng qo'llanishining semantik xususiyati va boshqa mavzular yoritildi.


📚Ilmiy seminar so’ngida professor-o’qituvchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etishdi va yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

17-yanvar kuni OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakultetida “Oiladagi shaxslararo munosabatni muvofiqlashtirishning psixoterapevtik vositalari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.


Fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova, universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda tyutor N.Islomova tashabbusi bilan tashkillashtirilgan dasturda 3-bosqichda tahsil olayotgan oilali talaba-qizlar ishtirokida boʻlib oʻtdi.


Treningni oʻtkazishdan maqsad – talaba-qizlarda oilada sogʻlom ma’naviy muhitni yaratish, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda muomala madaniyatini tarbiyalash, ularni oilaviy hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, ushbu masalalar psixologik asoslarga ega bo‘lgan bilimlar orqali talaba-qizlarga yetkazildi.

📍 Ingliz tili birinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣 “Xavfsiz va sog'lom poytaxt” oyligiga start berildi! 🌟

🪐Joriy yilning 16-yanvar kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammolarni bartaraf etish maqsadida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 🎓

Tadbirda universitetimiz profilaktika inspektori kapitan Sh.Bekmetov va Uchtepa tumani IIOFMB 1-IIB XKMB katta inspektori kapitan M.Nurmuxamedova ishtirok etdilar. Ular talabalarga xavfsizlik, giyohvandlikka qarshi kurash va axloqiy tarbiya masalalarida tushunchalar, maslahatlar berishdi.


Yoshlarni huquqbuzarliklardan saqlash, ularni to'g'ri tarbiyalash va ma’naviyatini yuksaltirish barchamizning vazifamizdir!

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣 “Talant Shou” oʻtkazilmoqda

🎩 💃 Xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analarini va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, universitetda o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant Shou” tanlovi oʻtkazilmoqda.

Tanlov ushbu turlar boʻyicha oʻtkaziladi:

🎶 Milliy musiqa cholgʻulari;

✍️ Nominatsiyalar boʻyicha:
Eng yaxshi sozanda nominatsiyasi;
Eng yaxshi milliy cholg‘u asbobi ijrochisi nominatsiyasi;
Eng yaxshi jamoaviy ijro nominatsiyasi.

🎶 Milliy qoʻshiqlar;

✍️ Nominatsiyalar boʻyicha:
“Eng yaxshi kuy ijrochisi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrochisi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi jamoaviy ijro”
nominatsiyasi.

💃 Milliy raqs.

✍️ Nominatsiyalar boʻyicha:
“Eng yaxshi raqs ijrochisi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi milliy raqs” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi jamoaviy ijro” nominatsiyasi.

💰 Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

👤 Yakkaxon ishtirokchi uchun:
🥇-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 3 barobari;
🥈-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 barobari;
🥉-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida taqdirlanadi.

👥 Jamoaviy ishtiroki uchun:
🥇-o‘rin — jamoaning har bir a’zosi uchun bazaviy stipendiyaning 3 barobari;
🥈-o‘rin — jamoaning har bir a’zosi uchun bazaviy stipendiyaning 2 barobari;
🥉-o‘rin — jamoaning har bir a’zosi uchun bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida
mukofotlanadi.


🤔 Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
— fakultet bosqichi (20-22-yanvar);
— universitet bosqichi (27-29-yanvar).

📄 Tanlovlar nizomlari bilan tanishing:
Milliy musiqa cholgʻulari🎶
Milliy qoʻshiqlar🎶
Milliy raqs💃

✉️ Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan iste’dodli talabalar 19-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlariga murojaat qilishlari mumkin.

#talant_shou #milliy_raqs #milliy_qoʻshiq #milliy_cholgʻu_asboblari #uzdjtu #uzswlu #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇯🇵 15-yanvar OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida Yaponiya madaniyatini O‘zbekistonda yapon tili o’rganayotgan talabalariga tanishtirish maqsadida Yaponiya Shizuoka prefekturasi Hamamatsu shahridan Mr.Ishizuya Shinichi, Mr.Muramatsu Haruto, Mr.Nakashima Takuya, Ms.Maeda Yuri tashrif buyurdi va ular tomonidan "Yaponiya choyi taqdimoti" tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida talabalar Yaponiya choyi haqida qiziqarli ma’lumotlar, choy an’analarining tarixi va ularning ahamiyati haqida batafsil ma'lumotga ega boʻldilar.

✔️ Taqdimot davomida Yaponiya choyi tayyorlanishi va uning turli usullari ko’rsatildi. Bu tadbir ikki madaniyatni o’zaro bog’lab, ularni yaqinlashtirishga xizmat qildi.

🔹 Talabalar Yaponiya madaniyatining turli jihatlari bilan tanishish bilan birga, o'zbek va yapon madaniyatlari o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

🌐 Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

16:00  16.01.2025

YAPONIYA BILAN OLIY TAʼLIM SOHASIDAGI HAMKORLIK

#Toshkent

muxbir: Sohiba Akromova

/channel/zamon_lavhalar

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zDJTU va KOICA o‘rtasida “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

16-yanvar kuni Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi. Tashrif dasturida O‘zDJTU va KOICA o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik, koreys tili va madaniyatini o‘qitishga doir yangi loyihalar muhokama qilindi.

KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop, Vakolatxona direktor o‘rinbosari So Wansu, Vakolatxona volontyorlar bo‘limi koordinatori Lee Yoobin xonim, Vakolatxona volontyorlar bo‘limi koordinatori Rojiboev Ilkhomjon,  Vakolatxona volontyorlar bo‘limi stajyori Park Jun Hyung, Loyihalar menejeri Noh Yunmi, Loyihalar mahalliy menejeri Anvar Shomirzaevlardan iborat mehmonlarni kutib olish marosimidan so‘ng ikki tomon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan rektor I.M. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Moliya-iqtisod ishlar bo‘yicha prorektor M. Xamraev,  Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev  hamda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraevlar ishtirok etdi.

Unda “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni amalga oshirish masalasi va boshqa ikki tomon uchun manfaatli bo‘ladigan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zDJTU va KOICA o‘rtasida “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning loyihasi haqida qisqacha ma’lumot
Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha KOIKA volontyorlari loyihasi.
Loyihani amalga oshirish muddati:  2,5 yil, 2025-2027 yillar
Loyiha qiymati: 1 116 000 AQSH dollari
Bundan 300 000 AQSH dollari O‘zDJTUga xonalarni jihozlash, interyer dizaynini o‘zgartirish va volontyorlar faoliyati uchun kerak bo‘ladigan ayrim xarajatlar uchun ajratiladi.
Qolgan qismi, volontyorlarni jalb qilish, ularning aviachipta va ichki transport, mehmonxona, kundalik xarajatlari, oylik maoshi kabi xarajatlarni qoplash uchun KOICA tomonidan to‘lanadi. 
Loyiha doirasida 2,5 yil davomida 70 nafar volontyor O‘zDJTUga yuboriladi.
Volontyorlar koreys tilidan dars berish, madaniy va badiiy tadbirlarni tashkil qilish, taekvondo, K-ror (milliy raqs), xattotlik, musiqa to‘garaklar ishini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

15-yanvar kuni O‘zDJTUda “Parij-2024” Paralimpiyadasi kumush medali sovrindori Ro‘za Qo‘zieva va Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Abdulla Tangriev ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, yoshlarni sportga rag‘batlantirish, Vatanparvarlikni rivojlantirish va milliy g‘ururni oshirish, shuningdek, O‘zbekiston sportidagi yuksak yutuqlarni davom ettirish, yoshlarni ilmiy va ma’naviy rivojlantirish borasidagi maqsadlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar sport va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va rag‘batlar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun:

Ro‘za Qo‘zieva Parij-2024 Paralimpiyadasida -73 kg vazn toifasida 147 kg toshni ko‘tarib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. U Tokioda ham kumush medali sohibi bo‘lgan. Ro‘zaning yutuqlari O‘zbekiston Paralimpiyasining tarixida yangi sahifa ochdi.

Abdulla Tangriev 2008-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori va 2011-yilgi jahon chempioni sifatida yosh avlodga ilhom manbai bo‘lmoqda. Shuningdek, u uch karra jahon chempionati bronza medali va Osiyo chempionatlarining besh karra g‘olibidir.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

15-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov universitet magistrantlari va doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda ilmiy maqola yozish va chop etish borasidagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov ilmiy tadqiqotlar jarayonini samarali tashkil etish uchun talabalar uchun qulay imkoniyatlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, kutubxona resurslaridan to‘liq foydalanish, mamlakatimizdagi kutubxonalardan ilmiy izlanishlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ma’lum qildi. Universitet barcha zarur vositalarni taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi.


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Valijon Sa’diyev ham uchrashuvda ishtirok etdi.

Ular ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish va yoshlar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish borasida o‘z tavsiyalarini berishdi. Shuningdek, ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro jurnallarda ishtirok etish va talabalar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan fikr bildirdilar.

Uchrashuv davomida, yig‘ilganlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi va ilmiy ishlarni yanada samarali tashkil etish yo‘llarini muhokama qildilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Moskva davlat lingvistik universiteti (MDLU) bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturida ishtirok etish uchun jo’nab ketayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda rektor talabalarning o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ikkinchi semestrga tayyorgarlik ko‘rish borasida zarur tavsiyalar berdi. Unda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib talabalarga o’z tavsiyalarini berib o’tdi. Shuningdek, xorijiy universitetning ichki qoidalariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

OʻzDJTUda Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU) bilan hamkorlikdagi Qo‘shma ta’lim dasturida ishtirok etayotgan talabalar bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Mazkur uchrashuvda MDLU vakillari ishtirok etib, talabalarga ikkinchi semestrda o‘qish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berishdi. Uchrashuv davomida o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari, yashash sharoitlari, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va Moskva shahridagi hayotning boshqa jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi va bu ularga yangi o‘quv bosqichiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi ko‘zda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:

Kosmik faoliyat to‘g‘risida.


Davlat sirlari
to‘g‘risida.


Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida.


Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha talablar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Organik mahsulotlar va xom ashyolar hamda organik­mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish haqida.



🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

18-yanvar kuni O‘zDJTUda 310 kilogrammlik osh tayyorlanib, talabalarga ehson sifatida tarqatilish jarayonidan video lavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Bugun O‘zDJTUda 310 kilogrammlik osh tarqatildi.

Yangi 2025-yil boshlanishi, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan talabalar turar joylarida yashayotgan 3 ming 300 talaba uchun jami 7 ta qozonda osh tarqatildi.

Osh dasturxonida O‘zDJTU xorijiy professor-o‘qituvchilari, xalqaro talabalari ham ishtirok etib milliy qadriyatlarimizning o‘ziga xosliklaridan bahramand bo‘lishdi.

Ehsondan ko‘zlangan maqsad talabalarni bir dasturxon ustida jamlash, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishdir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣
Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasidagi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Shu munosabat sabab yoshlar bilan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari tashkil etilib, ularga giyohvandlik illatining salbiy jihatlari, sog‘liq va ruhiyatga zararli ta’sirlari, giyohvandlik bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan tuman IIO FMB boshlig‘i polkovnik Dilmurod Mirsadikov o‘z nutqida jamiyatning global muammolaridan biri giyohvandlik ekanligi, butun dunyoda bo‘lgani kabi poytaxtda ham huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvandlik, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi tinimsiz kurash olib borayotganligini ta’kidladi. Bu illatga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri - giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishdir. Bu yo‘nalishda ayniqsa yoshlar o‘rtasida profilaktika tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuvda internet makonlarida giyohvandlik vositalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh va kanallarga a’zo bo‘lmaslik, ular haqida biror ma’lumot bo‘lsa IIO ga xabar berish kerakligi ta’kidlandi. Qizg‘in o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.


250 nafar talaba 27 nafar professor-o‘qituvchilar qatnashgan tadbirda jami 200 ta flayer va bukletlar tarqatildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

18-yanvar kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi tomonidan ilmiy seminar tashkil etildi.


"Ispan tilini o‘rganayotgan talabalarning tinglab-tushunish ko‘nikmasini takomillashtirish metodlari" mavzusida o‘tkazilgan seminarni Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashpulatova Feruza Sultanovna olib bordi.

Ispan tili nazariy fanlar hamda Ispan tili amaliy fanlar kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan mazkur dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad – ispan tilini o‘rganayotgan talabalarning “Tinglab tushunish” ko‘nikmasini takomillashtirish va bu boradagi metodik yondashuvlarni tahlil qilishdan iborat.


Seminar “Tinglab tushunish” ko‘nikmasini rivojlantirishga oid ilmiy va amaliy yondashuvlarni yanada boyitishga xizmat qilgani, shuningdek, ispan tilini o‘rganuvchilar uchun yangi metodik imkoniyatlar ochgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Roman-german filologiyasi fakultetida “O‘zini anglash” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

18-yanvar kuni Roman-german filologiyasi fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova, Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi M.Saidxodjayeva hamda O‘zDJTU psixologi Sh. Bo‘stonova tashabbusi bilan 4-bosqichda tahsil olayotgan oilali talaba qizlar uchun “O‘zini anglash” mavzusida taqdimot tashkil etildi.

Tadbir davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va psixologik ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim maslahatlar oldilar. Ushbu taqdimot talaba qizlarning shaxsiy rivoji va oilaviy muvozanatini saqlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo’ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🪐Joriy yilning 16-yanvar kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida tadbir tashkil etildi.

📌 Tadbirda universitet profilaktika inspektori kapitan Sh. Bekmetov hamda Uchtepa tumani IIOFMB 1-IIB XKMB katta inspektori kapitan M. Nurmuxamedova ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida ma’rifatning ahamiyati, ilm va ongning jaholatga qarshi kuch ekanligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.


♻️Tadbir davomida ta’lim va tarbiya orqali jamiyatni yanada rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom hayotga undash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Xorijiy_hamkorlik
#Malaka_oshirish

Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” yo‘nalishida qo‘shma malaka oshirish kursli tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

24 nafar professor-o‘qituvchiga Finlandiya ta’lim tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish kursi sertifikatlari topshirildi

16-yanvar kuni sertifikatlarni topshirish tadbirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov, Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33150

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

16-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi Azizov Davron Abduganiyevich hamda fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va universitet talabalari ishtirok etdi. Uchrashuvni rektor Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir mehmoni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Azizov Davron Abduganiyevich talabalarga huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va uning ayanchli oqibatlari haqida so‘zlab o‘tdi. Bunday vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalarini berib o‘tdi. Shuningdek, 15-yanvardan 15-fevralga qadar “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi etib belgilanganligi munosabati bilan davra suhbatida giyohvandlik va terrorizmga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida ham suhbat olib borildi.


Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar berdi hamda vaziyatga munosabatlarini bildirdi. Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, universitet rahbariyati vakillari va universitet profilaktika inspektori ham ishtirok etdi. Ishtirokchilar ham mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.


Uchrashuv so‘ngida rektor Ilxomjon Tuxtasinov Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Davron Azizovga minnatdorchilik bildirdi hamda tashakkurnoma taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli talabalar!
Ayni kunlarda O‘zDJTU talabalari uchun yakuniy imtihon jarayonlari davom etmoqda.


Agar siz imtihon jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki imtihon jarayonlaridan norozi bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi yo‘llar orqali anonim tarzda biz bilan bog‘laning:

📩 Telegram bot: @Uzswlu_help_bot

📞 Telefon: +9989078801 77

Sizning fikrlaringiz va takliflaringiz biz uchun juda muhim. Har bir talabaga adolatli va shaffof imtihon jarayonini ta’minlashni maqsad qilganmiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zDJTUda tashkil etilgan tadbirdan videovlavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

🇺🇿 14-yanvarVatan himoyachilari kuni munosabati bilan OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti talabalari va ustozlari nuroniylar holidan xabar olishdi.

Dastur davomida ular yurtimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, tajriba va donolik ramzi bo‘lgan nuroniylar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazib, ularning hayotiy saboqlaridan ilhomlandi. Nuroniylarimiz o‘zlari kechirgan sinovlar va yutuqlardan kelib chiqib, yoshlarga kerakli maslahatlar berishdi. Ular yosh avlodni Vatanimizga fidoiylik, milliy qadriyatlarni qadrlash va ulug‘lash ruhida tarbiyalash kerakligini alohida ta’kidladilar.


Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlab, yoshlarda Vatanimizga mehr va sadoqatni yanada oshiradi. Ular o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yib, kelajakda ham yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida faol ishtirok etishlariga ishonch bildirildi.
__

🇺🇿 O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

🇷🇺 Факультет русской филологии

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel