O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
⭐Diqqat, tanlov!
Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markaziga stajyorlikka qabul e’lon qiladi!
🖥 4 ta yo‘nalish bo‘yicha guruh shakllantirilmoqda:
🗣Veb dasturchilar – Frontend, Backend, Fullstack
🗣Mobil ilova dasturchilari – Android/iOS yoki krossplatform (Flutter, React Native)
🗣Sun’iy intellekt – AI dasturchilar, Data Scientist, ML mutaxassislari
🗣Veb dizaynerlar – UI/UX, veb-dizayn, prototiplash
❓ Tanlov shartlari:
➡O‘z sohasida yetarli bilimga ega bo‘lish;
➡Jamoada ishlash qobiliyati;
➡Kuchli qiziqish va tez o‘rganish qobiliyati.
➡Nimalar taklif qilinadi?
✅ Real loyihalar: HEMIS, kontrakt, diplom va boshqa millionlab foydalanuvchilarga ega ta’lim tizimlari bilan ishlash;
✅ Shaxsiy portfel (portfolio) shakllantirish imkoniyati;
✅ Bilim va amaliy tajriba orttirish.
🔗 Ariza topshirish
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
27-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Koreys tili va madaniyati to‘garaklarini yurituvchi KOICA loyiha volontyorlarining 2025-2027-yillar davomida faoliyat olib borishi rejalashtirilgan loyiha doirasida Koreya Madaniyat markazining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov ochib berdi.
Loyiha davomida Sharq filologiyasi fakulteti binosining birinchi qavatida Koreya Madaniyat markazini yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ochilish tadbirida 14 nafar volontyor va KOICA’dan kelgan xodimlar ishtirok etishdi.
Talabalar uchun bu markazda koreys tili va madaniyatini chuqurroq o‘rganish imkoniyati yaratiladi, shuningdek, turli madaniy tadbirlar va mahorat darslari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu markaz ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, talabalar orasida koreys tili va madaniyatiga qiziqishni oshirishda katta rol o‘ynashi kutilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetida 25-yanvar kuni Italyan tili yo‘nalishida tahsil oluvchi 10 nafar iqtidorli, Italiyaning Insubria universiteti tomonidan ajratilgan ta’lim grantini qo‘lga kiritgan talabalar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Ular 6 oy davomida mazkur universitetda tahsil olib qaytadilar. Safar, o‘qish xarajatlarining barchasi ajratilgan grantlar universitet tomonidan qoplanadi.
Universitet uchun ajratilgan grantlarni yutgan 10 nafar talabaga “Italiyada bo‘lganingizda o‘zbeklik ruhini e’tirof eting! Do‘ppi, adras kiyib, milliyligimizni ularga ham taniting, u yerdagi talaba-do‘stlaringizga milliy taomimiz bo‘lgan oshni tayyorlab ko‘rsating”,– deya, milliy shukuhni aks ettirilishi kerakligi ta’kidlandi.
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #xizmat_safari #ishchi_guruh
🟦🟦🟦
Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda kompleks rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini joyiga chiqqan holda aniqlash, har bir faoliyat yo‘nalishini tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni maqsad qilgan ishchi guruh a’zolari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan yig‘ilishdan so‘ng, universitetning infratuzilmasi va faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida rahbariyat vakillari bilan birgalikda universitet hududini ko‘zdan kechirdilar.
Universitetda o‘tkazilayotgan tanlov va talabalarning yakuniy imtihon topshirish jarayonlarida ishtirok etib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, 2024-yilda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, eng zamonaviy uskunalarga ega bo‘lgan “Edu Smart” studiyasi, “University Mall” markazi, Kulolman spin-off markazi, universitet bosmaxonasi hamda universitetning kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori O.Yusupov va O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Y.Azzamov Janubiy Koreyaning “Global Students International Exchange” Xalqaro Forum doirasida Jeju Milliy Universiteti, Jeju Halla Universiteti, Jeju Turizm Universitetlariga tashrif buyurdi.
Forumda universitet vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqida, shuningdek, “O’zbekiston oliy ta’lim tizimidagi islohotlar” mavzusida taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Dastur doirasida Koreya universitetlari bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil qilish hamda xalqaro miqyosdagi seminar-treninglar, ilmiy-anjumanlar tashkil qilish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Ispaniyada ta’lim imkoniyatlari
Maftuna Farmonkulova Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Xayen universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida xorijda o‘qishni davom ettirmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi va Ispaniyaning Xayen universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lgan 4-bosqich talabasi Maftuna Farmonkulova 2024-yil 8-sentabr kuni Ispaniyaning Xayen universitetiga bir semestr davomida o‘qish uchun ikki tomonlama hamkorlik asosida jo‘nab ketdi.
Hozirda Farmonkulova M. nufuzli xorijiy universitetda o‘qishni davom ettirib, o‘z bilim va malakalarini oshirmoqda. Talaba tomonidan tayyorlangan quyidagi videorolikda Xayen universiteti va o‘zining talabalik hayoti haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#milliy_liboslar_
💫Roman-german filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish va o‘zbekona kiyinish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha qator targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
📌Tadbirlar zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga rioya qilishni, milliy urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olishni maqsad qiladi.Mazkur tashabbus doirasida milliylikni ommalashtirish, yosh avlodni o‘z milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim muassasalarida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTUda “Qaynonam onam - kelinim bolam” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
23-yanvar kuni universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari N. Djurayeva, M. Aripova, F. Ashurova va H. Nishanova tashabbusi bilan, Ingliz tili 2-fakulteti katta o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva ishtirokida 13-25 yanvar “Oila, talaba-qizlar bilan ishlash haftaligi” doirasida “Qaynonam onam - kelinim bolam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar qaynonalari bilan birgalikda ishtirok etdi va oilaviy qadriyatlar mustahkamligini ta’minlashda ayol ma’naviyatining o‘rni xususida suhbatlashdi. Davra suhbati davomida qaynonalar o‘zlarining hayotiy tajribalari va o‘git-nasihatlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✍️ Imtihonlarga tayyorgarlik: Muvaffaqiyat sari qadamlar
#Psixolog tavsiyasi
🔶 Qishki imtihon mavsumi – bu talabalar hayotidagi muhim va mas’uliyatli davr. Ko‘pchilik talabalar bu davrda vaqtni to‘g‘ri boshqarish, katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish va stressni yengish kabi qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ammo to‘g‘ri yondashuv muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.
❗️ Asosiy qiyinchiliklar:
🟢 Vaqtni samarali taqsimlay olmaslik
🟢 Imtihon oldidan xavotir va stress
🟢 Diqqatni jamlash qiyinligi
🟢 Uyqu tartibining buzilishi
📑 Samarali tavsiyalar:
🟢 Rejalashtirish.
🟢 Har bir fan uchun alohida o‘quv reja tuzing.
🟢 Kunlik maqsadlar qo‘ying va ularga rioya qiling.
🟢 Mavzularni muhimlik darajasiga qarab tartiblashni unutmang.
🎓 O‘qish samaradorligini oshirish
🟢 Konspektlar tuzing va muhim joylarni belgilab boring.
🟢 Guruh bo‘lib tayyorlaning – mavzularni tushuntirish eng yaxshi takrorlash usuli.
🟢 Testlar yechib, bilimlaringizni mustahkamlang.
👤 O‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling
🟢 Yetarli uyqu oling (7-8 soat).
🟢 Sog‘lom ovqatlanish va jismoniy mashqlarni unutmang.
🟢 Chuqur nafas olish mashqlarini bajaring – bu stressni kamaytiradi.
✍️ Imtihon kuni uchun:
🟢 Hujjatlaringizni oldindan tayyorlang.
🟢 Imtihonga vaqtliroq boring va tinchlikni saqlang.
🟢 Chuqur nafas olib, o‘z bilimingizga ishonch hosil qiling.
Esda tuting! Imtihon natijalari faqat bir bosqichdir. Eng asosiysi – bilim olish va rivojlanish jarayonidir. Tayyorgarlikni erta boshlang, izchil va ishonchli harakat qiling.
Universitet psixologi
Xayrullayeva Zebiniso Tohirovna
#sardorlar_uchrashuvi
Ingliz filologiyasi fakultetida guruh sardorlari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv ochiq muloqotda shaklida tashkil etilib, fakultet dekani G.Ergasheva boshchiligida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovinlari B.Ibragimov hamda Sh.Eshto'xtarov, o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini T.Omonov va ta'limning kredit tizimi bo'yicha yetakchi mutaxassisi S.Bozorov ishtirok etishdi.
Fakultet dekani tomonidan 2024-2025 o'quv yili birinchi yarimida talabalarning erishgan yutuqlari e'tirof etilib, yakuniy nazorat haftaligidagi jarayonlar, yangi semestrda o'quv jarayoni tashkil etilishi, belgilangan rejalar, fakultetdagi ma'naviy-ma'rifiy muhitni yanada yaxshilash hamda talabalar tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi kabi masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.Talabalarning takliflari, ular duch kelayotgan muammolar tingladi hamda fakultet ma'sullari tomonidan savollarga javob berildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Fransiyada ta’lim imkoniyatlari: Ikromov Lochinbek va Otabekova Asal Erasmus+ KA171 dasturi doirasida xorijda o‘qishlarini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi va Fransiyaning Puatye universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lgan 3-bosqich talabalari Ikromov Lochinbek va Otabekova Asal joriy yilning 7-yanvarida Fransiyaning Puatye universitetiga bir semestr davomida o‘qish uchun ikki tomonlama hamkorlik asosida jo‘nab ketishdi.
Hozirda ular nufuzli xorijiy universitetda o‘qishini davom ettirib, o‘z bilim va malakalarini oshirmoqdalar. Ular tomonidan tayyorlangan quyidagi videorolikda Puatye universiteti va o‘zlarining talabalik hayoti haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦 🟦🟦
🗓Sana: 2025-yil 1-fevral
📍Joy: Rus filologiyasi fakulteti
(Muqumiy ko‘chasi, 104)
✅Mavzu: Rus tili chet tili sifatida test sinovi (TRKI)
______________________________________
🔍 Hurmatli talabalar va rus tili ixlosmandlari!
Sizlarni 2025-yil 1-fevral kuni Rus filologiyasi fakultetida Sankt-Peterburg Davlat Universiteti (SPbDU) bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan Rus tili chet tili sifatida test sinovida (TRKI) ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish va rus tilini bilish darajasi bo‘yicha rasmiy sertifikat olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
📌 Imtihon narxi:
Test sinov darajasiga (A1-C2) bog‘liq ravishda belgilanadi.
🔗 Для регистрации пройдите по ссылке https://forms.gle/HL2mvq24hBkjPHqw6
Rus tilini bilish darajangizni sinab ko‘rish va xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
______________________________________
🟦🟦🟦
Qo‘shimcha savollar yoki batafsil ma’lumot uchun @trkiruslit guruhiga murojaat qiling.
0️⃣0️⃣0️⃣
Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!
Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasidagi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Shu munosabat sabab yoshlar bilan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari tashkil etilib, ularga giyohvandlik illatining salbiy jihatlari, sog‘liq va ruhiyatga zararli ta’sirlari, giyohvandlik bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Shunday uchrashuvlardan biri Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan tashkil etildi. Unda yotoqxona pedagog xodimlari, talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan tuman IIO FMB rahbariyati xodimlari o‘z nutqida jamiyatning global muammolaridan biri giyohvandlik ekanligi, butun dunyoda bo‘lgani kabi poytaxtda ham huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvandlik, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi tinimsiz kurash olib borayotganligini ta’kidladi. Bu illatga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri - giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishdir. Bu yo‘nalishda ayniqsa yoshlar o‘rtasida profilaktika tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuvda internet makonlarida giyohvandlik vositalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh va kanallarga a’zo bo‘lmaslik, ular haqida biror ma’lumot bo‘lsa IIO ga xabar berish kerakligi ta’kidlandi. Qizg‘in o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
🔵 REKTOR VA YOSHLAR
21-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ta’lim jarayoniga oid fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Unda nafaqat ilmiy va ta’lim masalalari, balki talabalar o‘rtasidagi ijodiy va madaniy salohiyatni namoyon etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Tadbirda fakultetning ijodkor yoshlar ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, auditoriyaga o‘z san’at asarlarini taqdim etdi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan ijodkor va sportchi talabalar o‘z chiqishlari bilan jamiyatda san’at va madaniyatning muhim o‘rni haqida so‘z yuritib, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning nafaqat ilmiy, balki ijodiy faoliyatlarini ham qo‘llab-quvvatlash uchun juda muhim ekanligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida, rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olishga tayyorligini ta’kidladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Xavfsiz_va_soglom_poytaxt
👉 “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Dilmurod Mirsadikov tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan tashkil etildi.
👉 “Хавфсиз ва соғлом пойтахт” ойлиги доирасида Учтепа тумани ИИО ФМБ бошлиғи полковник Дилмурод Мирсадиков томонидан Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети талабалари билан ташкил этилди.
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads
2️⃣2️⃣2️⃣
27-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant shou” tadbiri doirasida “Milliy musiqa cholg‘ulari” nominatsiyasi bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazildi.
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev ochib berdi. Unda talabalar o‘zlarining noyob qobiliyatlari va mahoratlarini milliy musiqa asboblarida ijro etib namoyish etdilar.
Tadbirning bosh maqsadi – yoshlarning iste’dodini keng ommaga tanitish va ularni yangi marralarga ilhomlantirish bo‘ldi. Ishtirokchilar orasidan eng yorqin va zukko iqtidor egalari tanlab olindi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zDJTUda Cambridge Assessment International Education vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
25-yanvar kuni kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti Shimoliy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Ta’lim xizmati boshlig‘i janob Steve King hamda O‘zDJTU vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O‘zDJTU prorektori A. Nasirov universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv jarayoni va xalqaro hamkorlik bo‘yicha mehmonlarga batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, oliy ta’lim tizimida, xususan, O‘zDJTUda ingliz tilini o‘qitish jarayonlarini Cambridge tashkiloti ko‘magi bilan takomillashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar yuzasidan takliflar ilgari surildi:
• O‘qituvchilar malakasini oshirish;
• Dars jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish;
• O‘quv dasturlarini Cambridge Assessment talablari asosida modernizatsiya qilish;
• Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
• Xorijiy tajribalar asosida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.
Ma’lumot uchun:
Cambridge Assessment International Education maktab o‘quvchilarini hayotga tayyorlash, ularda bilim va o‘rganishga doimiy ishtiyoqni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu tashkilot Kembrij universitetining bo‘limi hisoblanadi. O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish Cambridge darsliklari asosida olib boriladi. Prezident maktablariga qabul Cambridge testlari orqali amalga oshiriladi.
💻 📺📺
Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda kompleks rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, har bir faoliyat yo‘nalishini tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni maqsad qilgan ishchi guruh a’zolarining O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrifidan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #xizmat_safari #ishchi_guruh
🟦🟦🟦
Prezidentimiz oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishib, 2025-yilda tizimda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab berganidan so‘ng, mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan joylarda vazirlikning ishchi guruhlari faoliyat yurita boshladi.
27-yanvar kuni Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda kompleks rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini joyiga chiqqan holda aniqlash, oliy ta’lim tashkilotining har bir faoliyat yo‘nalishini tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni maqsad qilgan ishchi guruh a’zolari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini tahlil qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh a’zolarining O‘zDJTUga tashrifi universitet rahbariyati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish bilan boshlandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini 2025-yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ko‘rib chiqildi va tahlil etildi.
Shuningdek, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan bugungi kunda universitetda ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar ulushi 26,5 foizni tashkil etayotgani, 2024-yilda 54 ta dissertatsiya himoya qilinganligi, professor-o‘qituvchilar tomonidan “Scopus” va “Web of Science” bazalarida 33 ta maqola nashr etilganligi, universitetda 52 ta monografiya nashr etilganligi, o‘tgan yili 153 ta nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumlari hamda shartnomalar imzolanganligi, xorijga yuborilgan professor-o‘qituvchilar soni 271 nafarga yetkazilgani, 20 dan ortiq xorijiy til o‘qitilayotganligi, universitet “GreenMetric” xalqaro reytingida ilk marotaba TOP-500 ro‘yxatiga kirganligi haqida axborot berildi.
Yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarini har tomonlama rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi hamda universitetda amalga oshirilishi kutilayotgan quyidagi masalalar tahlil etildi:
– o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish;
– ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish;
– ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, talaba yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
– moddiy-texnik ta’minot, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
– xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari xalqaro hamkorlik doirasida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Global Students International Exchange” forumida faol ishtirok etib, mamlakatimizning milliy madaniyati va ta’lim tizimini targ‘ib qilishdi.
Forum doirasida talabalar Jeju Milliy Universiteti, Jeju Halla Universiteti hamda Jeju Turizm Universitetlariga tashrif buyurib, tajriba almashishdi. Janubiy Koreya, Tojikiston va Qirg‘iziston talabalari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda o‘zbek milliy taomlari, kuy-qo‘shiqlari va raqslari namoyish etildi. Shuningdek, O‘zbekiston burchagi tashkil qilinib, O‘zDJTU talabalari tomonidan universitetda yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida taqdimot qilindi.
Forum davomida talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari, seminar-treninglar o‘tkazilib, ko‘ngilochar tadbirlar va Jeju shahrining diqqatga sazovor joylariga tashriflar uyushtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Ispaniyada ta’lim imkoniyatlari: Kamron Erkinov Erasmus+ KA171 dasturi doirasida va Adxam Abduxakimov Xayen Universiteti va O‘zbekiston davlar jahon tillari universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum asosida xorijda o‘qishini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi va Ispaniyaning Xayen universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lgan 3-bosqich talabasi Kamron Erkinov joriy yilning 17-yanvarida Ispaniyaning Xayen universitetiga bir semestr davomida o‘qish uchun ikki tomonlama hamkorlik asosida jo‘nab ketishdi.
Hozirda ular nufuzli xorijiy universitetda o‘qishini davom ettirib, o‘z bilim va malakalarini oshirmoqdalar. Ular tomonidan tayyorlangan quyidagi videorolikda Xayen universiteti va o‘zlarining talabalik hayoti haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etib kelinmoqda.
Ingliz tili ikkinchi fakultetida oʻtkazilgan “Ma’rifat soati”da fakultet dekani B.Kulmatov alohida nutq soʻzlab, “Siyosiy ma’rifat soati” bo’yicha berilgan boshqa materiallar yuzasidan ham atroflicha tushuntirish berdi.
Dastur yakunida berilgan ma’lumot va materiallar bo’yicha auditoriyadagi tyutorlar va professor o’qituvchilar bilan savol-javob va muhokamalar ham tashkil etildi.
Joriy yilning 24-yanvar kuni
"Nuroniylarni har tomonlama qo’llab quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora -tadbirlar to’grisidagi" PQ-167-sonli qarorningOʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Toshkent shahri Uchtepa tumanining "Jurjoniy" mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar holidan xabar olishdi.
ijrosini taʼminlash maqsadida
👨💻👩💻🧠
23-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining "Lider" qizlar, "Qizlarjon" klubi koordinatorlari ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.
Psixologik treningni universitet psixologi Z.T.Xayrullayeva olib bordi. "Jamoada me’yorlar, qoidalarni yaratish" mavzusida tashkil etilgan psixologik treningda Tanishuv, «Yaxshi yangiliklar to‘plami», «Guruh nima degani?», «Guruh qoidalari, me’yorlari, rollari» hamda Psixogimnastika mashg‘ulotlaridan keng foydalanildi.
Bunday psixologik ishlarni tashkil etishdan maqsad talaba qizlar o‘rtasidagi sog‘lom psixologik muhitni barqarorlashtirishdan iboratdir. Lider qizlarimiz bilan tashkil etilgan uchrashuv katta ta’sirotlarga boy bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
22-yanvar kuni OʻzDJTU 6-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar holidan xabar olindi.
Dastur Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova tomonidan amalga oshirildi.
Tashrif chog‘ida TTJ pedagogi Z.Ibodullayeva bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirildi. Shuningdek, talaba-qizlarga yana bir bor yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyatini saqlagan holda ahil-inoq bo‘lish kabilar haqida tavsiyalar berildi.
📍 Roman-german filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
22-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir Tarjimonlik fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Universitet psixologi Z.Xayrullayeva , O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsentlari N.Bobojonova, N, Toliboyeva, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti B.Xolbekova hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.
"Sevimli qizim" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda qaynona-kelin munosabatlarining o‘ziga xos qirralari haqida ishtirok etgan mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari to‘g‘risida psixolog tomonidan qiziqarli ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi jamoasi tomonidan "Giyohvandlik - umr zavoli!" mavzusida ishlangan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
20-yanvar kuni OʻzDJTU 4-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar holidan xabar olindi.
Dastur Ingliz tili birinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova tomonidan amalga oshirildi.
Tashrif chog‘ida TTJ pedagogi Z.Karimova bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirildi. Shuningdek, talaba-qizlarga yana bir bor yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyatini saqlagan holda ahil-inoq bo‘lish kabilar haqida tavsiyalar berildi.
📍 Ingliz tili birinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📌 Qanday xodim kerak: Call Operatori
● Ish beruvchi: RIKS Education
● Oylik/maosh: Suhbatda kelishiladi, bonuslar bor.
● Ish tajribasi: 1 yillik tajriba boʻlishi
● Ish tartibi: Toʻliq stavkada ishlashi kerak.
● Manzil: Oybek metro, Atrium Biznes Markazi, RIKS Education
● Qo'shimcha talab/takliflar:👇
✅ Ish beruvchi / kompaniya talablari:
— toʻliq stavkada ishlashi;
— rus tilida ravon gapira olishi;
— ingliz tilini eng kamida Intermediate darajada bilishi;
— sotuv operatorligi boʻyicha 1 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak.
— 30 yoshgacha boʻlishi.
✅ Ish beruvchi / kompaniya sizga taqdim etadi:
— shinam office
— oylikdan tashqari bonuslar
— samimiy jamoa
✅ ish beruvchi / kompaniya haqida:
— 17 yillik tajribaga ega RIKS Education oʻquv markazi
● Bog‘lanish uchun: @inforiks (Rezyumelar uchun)
0️⃣0️⃣0️⃣
20- yanvar kuni O‘ZDJTU rektori I.Tuxtasinov va universitet xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori A.Nasirovlar Buyuk Britaniyadan Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga qabul qilingan Richard Gudal bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida rektor xorijlik mutaxassisga universitetda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, xususan universitetning ko‘plab nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha va dasturlar bilan tanishtirdi.
O‘z o‘rnida xorijlik mutaxassis O‘zbekistonda, xususan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni yuqori baholadi.
Universitet rektori mutaxassisning ko‘p yillik IELTS eksperti ekanligini hisobga olib unga o‘z faoliyati davomida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan o‘zining xorijiy tajribasi bilan bo‘lishishi haqida tavsiya berib faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt