uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Azzamov Yusufjon Radjaboyevich 1- fevraldan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
—————————
Аззамов Юсуфджон Раджабоевич назначен деканом факультета английской филологии Узбекского государственного университета мировых языков с 1 февраля.
—————————
Azzamov Yusufjon Radjaboyevich was appointed as the dean of the Faculty of English Philology at the Uzbekistan State World Languages University, starting from February 1st.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🇺🇿Toshkent shahrining ijtimoiy-madaniy rivojlanishini ta’minlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda o‘zbek xalqining boy madaniy merosini targ‘ib qilish maqsadida yangi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror asosida “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida milliy liboslar, san’at va hunarmandchilikni targ‘ib qilish bo‘yicha turli madaniy tadbirlar rejalashtirilgan. Shu bilan birga, har juma “Milliy liboslar kuni” deb belgilandi.

🎉Mazkur tashabbusga qo‘shilgan holda, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili uchinchi fakulteti dekan muovinlari,xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi va barcha kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan birgalikda “Milliy liboslar kuni” ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

✔️Bu tadbir milliy qadriyatlarimizni yanada keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.


@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

31-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi.

Unda Nazarov Vahobjon Shamshidinovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Multimedia ta’lim vositalari asosida o‘quvchilarning fransuz tili bo‘yicha nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish (umumiy o‘rta ta’lim tizimi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdi. Muhokama davomida dissertatsiya ishi atroflicha tahlil qilinib, ilmiy va amaliy ahamiyati haqida so‘z bordi.

ZOOM onlayn dasturi orqali bo‘lib o‘tgan seminar davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berib o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” va “Yilning eng faol talabasi-2024” keng tarmoqli Respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bo‘lgan talabalarini taqdirlash jarayonidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024/2025 o‘quv yilida Rektor stipendiyasi sohiblari bo‘lgan talabalarning taqdirlanish jarayonidan jarayonidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Qozog‘iston Respublikasi Astana shahrida “National Academy of Scientific and Innovative Research” (NASSIR)  tashkiloti tomonidan 2024-yil 18-dekabrda “ЛУЧШИЙ СТУДЕНТ ГОДА – 2024” nomli xalqaro tanlov o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti 2303-guruh talabasi Azamjonova Sarvinoz Shuxratovna “Использование коммуникативного метода обучения грамматики французского языка в высшем учебном заведении”  nomli maqolasi bilan ishtirok etib g‘olib deb topildi va  medal bilan taqdirlandi.

Bugungi Kengash yig‘ilishida ushbu talabalar ham e’tirof etilda va taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugungi Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishida 2024/2025 o‘quv yili uchun Navoiyning nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan O‘zDJTU talabalari taqdirlandi.

Navoiyning nomli davlat stipendiyasi sohiblari:

1. Abdumalikova Sevinch
2. Sobirova Asilabonu
3. Normatova Solihabonu
4. Ne’matulloyeva Muslima
5. Abdurahmonova Muslima
6. Mirqodirova Zilola
7. Ibrohimova Marhabo
8. Abdushukurova Umida
9. Turg‘unboyeva Su’diyona
10. Uzoqova Marjona
11. Izatilloeva Ozodaxon

Taqdirlash marosimida talabalarga universitet tomonidan Guvohnoma va planshetlar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29-yanvar kuni OʻzDJTUda Hindiston madaniyat markazi bilan hamkorlikda badiiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Badiiy tadbirda Hindiston madaniyat markazi direktori Shrinavasan, Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchisi Kirti Singh Rawat, hindistonlik koʻngilli oʻqituvchi Manish Mishra mehmon sifatida ishtirok etdi.

Universitet rahbariyati vakillari tomonidan kutib olingan mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtgan badiiy tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. OʻzDJTU rektori oʻz nutqida universitet va Hindiston madaniyat markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining rivoji hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.


Shundan soʻng, Hindiston madaniyat markazi direktori
Shrinavasan janoblari
soʻzga chiqib, madaniy va ilmiy almashinuv hamda ikki davlat oʻrtasidagi til va sanʼat yoʻnalishidagi hamkorlikning ahamiyati haqida gapirdi.


Badiiy qismda hind milliy raqslari, hind tilida sheʼrlar hamda Hindiston bilan bogʻliq tezkor savol-javoblar namoyish etildi. Shuningdek, hindcha va oʻzbekcha raqslar ijro etilib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida insholar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi. Shuningdek, mehmonlarga universitet nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Yakunda mehmonlar Hind tili markazi bilan tanishtirildi va universitet vakillari tomonidan kuzatib qoʻyildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

29-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant shou” tadbiri doirasida “An’anaviy ijro” nominatsiyasi bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazildi.


Talabalar o‘zlarining noyob qobiliyatlari mahorat bilan ijro etib namoyish etdilar.

Tadbirning bosh maqsadi – yoshlarning iste’dodini keng ommaga tanitish va ularni yangi marralarga ilhomlantirish bo‘ldi. Ishtirokchilar orasidan eng yorqin va zukko iqtidor egalari tanlab olindi.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar iqtidorli yoshlarga ko‘maklashish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shu bilan birga, talabalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yangi loyihalar boshlanganligi haqida xabar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zDJTUda Lion universiteti professori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

29-yanvar kuni, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov Lion universiteti professori Jan-Kristof Mareshalni qabul qildi. Uchrashuvda Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H. Hakimov va Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri P. Nishonovlar ham ishtirok etdi.

Hamkorlik doirasida quyidagi rejalarga erishildi:
Fransuz tili yo‘nalishining 1 va 2 bosqich talabalariga o‘quv yilining oxirigacha Og‘zaki nutq amaliyoti va O‘qish va yozish amaliyoti fanlaridan amaliy darslar olib boriladi.
Iqtidorli talabalar uchun til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar tashkil etiladi.
O‘qituvchilar uchun DALF xalqaro imtixonlariga tayyorlash maqsadida o‘quv kurslari tashkil etiladi.


Professor Jan-Kristof Mareshalning tajribasi dunyoning bir qator mamlakatlarida ortgan va u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga o‘zining hissa qo‘shishga tayyor ekanligini bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU o‘qituvchilari “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” viktorinasida hakamlik qilishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti, Ingliz tili o‘qitish metodikasi 1-kafedrasi o‘qituvchilari Tursunova Feruza hamda Babayeva Irodalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy boshqarmalari, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, harbiy qism va ta’lim muassasalari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” ingliz tili viktorinasida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etishdi.

Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
🔹 Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi
🔹 Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari
🔹 Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi
🔹 Harbiy musiqa akademik litseylari


Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan hakam sifatida faol ishtirok etgan O‘zDJTU o‘qituvchilari ham taqdirlandi.

Bunday tadbirlar yoshlar orasida ingliz tilini o‘rganishga qiziqishni oshirish va bilim almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

📍Ingliz tili birinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha seminar-trening

O‘zDJTU universitet psixologi Sh. Bo‘stonova tashabbusi bilan Qalqon jamoatchilik guruhi ishtirokida “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida shaxslararo muloqotning nizolarsiz va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixologik maslahatlar, qiziqarli treninglar hamda ro‘lli o‘yinlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

28-yanvar kuni O‘zDJTUga “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’lim masalalari bo‘yicha koordinatori Suljina Irina Vladimirovna Toshkent davlat agrar universiteti prorektori M. Saidov bilan birgalikda tasrif buyurdi.

Mehmonlarni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda kutib oldi. Uchrashuv avvalida universitet rahbari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidlab, O‘zDJTUda xorijiy hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilayotgan xalqaro imkoniyatlar haqida qisqacha ma’lumot berdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, xalqaro dasturlar va ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M. Xamrayev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev va bo‘lim uslubchisi M. Ogay hamda Toshkent davlat agrar universiteti prorektori M. Saidovlar ishtirok etdi.

Tomonlar Rossiya va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqishdi. I. Suljina “Rossiyada ta’lim olish” elektron platformasi orqali hamkor universitetlarni topish, grant dasturlarida qatnashish va professor-o‘qituvchilar uchun bepul malaka oshirish kurslari tashkil etilganini ta’kidladi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
• Rossiya tomonidan rus tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash;
Metodik laboratoriya doirasida rossiyalik mutaxassislar bilan master-klasslar tashkil etish;
• O‘zDJTU va Rossiya OTMlari olimlarini ilmiy jurnallar tahririy hay’atiga jalb etish.

Uchrashuv yakunida fevral oyining birinchi dekadasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi va unga “Yo‘l xaritasi” ilova sifatida ishlab chiqilishi belgilandi. I. Suljina O‘zDJTU rahbariyatidan ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar sifatini oshirish borasidagi faoliyatga oid asoslangan takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishini so‘radi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📸👩‍🏫👨‍🏫

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇫🇷 2025 yil 27 yanvar kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Belgiyaning Mons universiteti o'rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomaga ko'ra, ushbu universitetning Tarjimonlik fakulteti talabalari Degavre-Haube Samuel va Odile Flament talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha 1 semestr davomida tahsil olish uchun O'zDJTU ga yetib kelishdi.


🪩 Universitet Xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha prorektori A. Nasirov, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i X. Yo'ldashev talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Tarjimonlik fakulteti o'qituvchilari M.Dadamirzayeva va N. Xamidovalar ishtirok etdilar.

🔰 Uchrashuv davomida O‘zDJTU prorektori A. Nasirov xorijlik talabalarga universitetdagi o‘quv jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.


📝 Shundan so'ng Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasida suhbat o'tkazildi va xorijlik talabalarga semestr davomida o'tiladigan fanlar to'g'risida ma'lumot berildi.

📍/channel/RGTT_TF

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi tayinlovlar!

Bugun O‘zDJTU 5 ta yangi tayinlov amalga oshirildi. Shu munosabat bilan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov yangi rahbarlarni tabriklab, ularni professor-o‘qituvchilar bilan tanishtirdi.

Rektor o‘z chiqishida ularga yangi mas’uliyatli yo‘lda kuch-quvvat va ulkan yutuqlar tilab, kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ishonch bildirdi.

Ingliz filologiyasi, Ingliz tili birinchi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti hamda universitet asosiy binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda jamoa ham bu tayinlovlarni iliq kutib oldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-yanvardagi 20-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlarining devonxona mudirlari, ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil qilindi.

Mazkur o‘quv kursida Oliy ta’lim tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlardan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari doktori, dotsent S. Raxmonov hamda Devonxona va arxiv bo‘limi mudiri F. Turayeva ishtirok etib, ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mazkur buyruqqa muvofiq, ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlashda tajribasi katta bo‘lgan Oliy ta’lim tashkiloti sifatida, respublikadagi Oliy ta’lim muassasalaridan kelgan tinglovchilarga ish yuritish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishtirish hamda tajriba almashish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash uchun mas’ul Oliy ta’lim muassasasi sifatida biriktirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 474-sonli buyrug‘iga muvofiq, ushbu markazda 2025-yil davomida “Filologiya va tillarni o‘qitish” (ingliz, fransuz, nemis, rus, italyan, ispan tillari) hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishlari bo‘yicha jami 897 nafar tinglovchi malaka oshirishi belgilangan.

2025-yil 6-yanvardan 30-yanvargacha mazkur markazda “Filologiya va tillarni o‘qitish” (ingliz tili yo‘nalishi) bo‘yicha 26 nafar tinglovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda kursga qabul qilindi va malakasini oshirdi. Chiqish testlari natijasiga ko‘ra, 7 nafar tinglovchi testdan o‘ta olmadi, 1 nafar tinglovchi esa chiqish testida ishtirok etmadi.


30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida bo‘lib o‘tgan himoyada viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan 6 nafar, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan 12 nafar, jami 18 nafar tinglovchi malakaviy bitiruv ishini himoya qildi.

Himoya jarayonlarida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, tarmoq markazi direktori Jamila Abduganiyeva va boshqa mas’ullar ishtirok etib, himoyani baholadilar.

Ma’lumot uchun: Chiqish testidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-avgustdagi 278-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan Attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruv loyihasini himoya qiladi. Komissiya xulosasiga ko‘ra, tinglovchilarga malaka sertifikati beriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” va “Yilning eng faol talabasi-2024” keng tarmoqli Respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bo‘lgan talabalarga ham bugungi Kengashda minnatdorchilik bildirildi va rahbariyat tomonidan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining quyidagi talabalari 2024/2025 o‘quv yilida Rektor stipendiyasi sohiblari bo‘ldi va bugungi Kengashda taqdirlandi.

1. Xaldurdieva Oguljeren Abajan qizi
2. Qaraeva Aziza Husnidinovna
3. Karimova Ughiloy Rahmatulla qizi
4. Turgunboeva Shahnoza Bakhtiyor qizi
5. Fayzullaeva Madinabonu Oybek qizi
6. Jumaniyazova Lobor Sirojiddin qizi
7. Ismatullaeva Madinabonu Davronbek qizi
8. Karimova Amaliya Bahramovna
9. Yusufjonov Bahrom Yuldoshevich
10. Sharifjonov Jalilbek Anvarovich
11. Perdebaeva Durdona Rauaj qizi
12. Eshqobilova Dilsuz Ermat qizi
13. Holboboeva Eyzosa Turgun qizi
14. Otakhonova Munishxon Janibek qizi
15. Ikramova Munira Ma’rufjanovna
16. Achilova Madina Sherzod qizi
17. Umarova Marjona Usmonovna
18. Shuhratova Shahina Bahriiddin qizi
19. Solikhova Safiya Azamatgovna
20. Bakhtiyorova Nozima Otabek qizi
21. Kalaeva Sogdiana Saydullaevna
22. Matyokubov Ansor Usmon o‘gli
23. Mukhammadova Muqaddaskhon Rustamovna
24. Khalim-zoda Jasmina Vokhidjon qizi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugungi Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishida Navoiy nomli davlat stipendiyasiga loyiq topilgan talabalarning ilmiy rahbarlariga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi va taqdirlandi:

Tashakkurnoma bilan taqdirlangan ilmiy rahbarlar:

Bannopova Zulhumor Xatamovna
Shukurova Shoxsanam Qahramon qizi
Muxammedova Nilufar Eliboyevna
Usmonova Shahodat Abdurahmanovna
Abduganiyeva Jamila Rustamovna
Mamatqulova Nilufar Fayzullaqulovna
Abdusamadov Zafar Nurmatovich
Bazarov Ixtiyor Raxmatullayevich


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎭 30-yanvar kuni O‘zDJTUda “Ko‘zmunchoq” talabalar teatri studiyasi tomonidan “Giyohvandlikka qarshimiz” nomli teatr namoyishi o‘tkazildi.

Ushbu spektakl giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ogohlik yaratish maqsadida tashkil etildi. Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham namoyishda ishtirok etib, teatrni rahbariyat vakillari bilan birgalikda tomosha qildi.

Teatr so‘ngida ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirilgan bo‘lib, bunday tadbirlar yoshlarni tarbiyalashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫2️⃣2️⃣2️⃣

O‘zDJTU va Milliy estrada san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti o‘rtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolandi.

Tadbir mehmonlarni kutib olish bilan boshlandi. So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochilish so‘zida ushbu memorandumning ahamiyati, ta’lim va madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi. Shundan so‘ng, Milliy estrada san’ati instituti rektori Avaz Mansurov so‘zga chiqib, memorandumning ijodiy ta’lim jarayonlariga qo‘shadigan hissasi haqida gapirdi.


Shundan so‘ng, hamkorlik memorandumi imzolandi va tomonlar kelgusidagi rejalari haqida fikr almashdi.

Tadbir san’atshunoslik yo‘nalishidagi talabalar ishtirokidagi badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Milliy estrada san’ati instituti talabalari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar hamda O‘zDJTU talabalarining milliy raqsi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Ushbu memorandum ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va madaniy almashinuvni kengaytirishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

"Kitobxon qiz tanlovi"

🪐Joriy yilning 26-yanvar kuni OʻzDJTU Roman german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar bo'yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova tashabbusi bilan fakultet Axborot resurs markazida "Kitobxon qiz ko'rik tanlovi" bo'lib o'tdi.

⭐️Koʻrik tanlov ishtirokchilariga Axborot resurs markazi xodimi M.Irnazarova savollar bilan murojaat qilib, ishtirokchilarning topqirligini sinab koʻrdilar.

Tanlovda Roman german filologiyasi fakulteti 4- bosqich FISP guruh talabasi Umirova Husnora gʼolib bo'ldi, hamda universitet bosqichiga yo'llanmani qoʼlga kiritdi.

G'olib ishtirokchini fakultet xotin qizlar masalalari boyicha dekan maslaxatchisi Z..P.Achilova tabriklab, yanada katta muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishlarini tilab qoldilar.
Gʻolibimizga sertifikat hamda esdalik uchun kitob sovg'a qilindi.


/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠

📌28-yanvar kuni 2-son Talabalar turar joyiga ingliz tili №3 fakulteti dekan muovini Sh. Zokirov hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Nishonova, tarbiyachi-pedagog M. Saburovalar talabalar xonalarni tartibli tutish holatini ko‘rdi.

  ✔️O'rganish davomida besh tashabbus xonalarida bo‘lib, talabalar bilan suhbatlashildi, ularning ehtiyojlari va mavjud shart-sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek,talabalar bilan odob-axloq,oilada qizlarning o'rni mavzulari hamda kiyinish madaniyati, TTJ ichki tartib qoidalari bo‘yicha suhbat olib borilib va zarur tavsiyalar berildi.


@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🏆OʻzDJTU UNIVERSIADA-2024 musobaqalarida gʻolib!

27-28-yanvar kunlari “Sagʻbon” sport majmuasida kurash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida “UNIVERSIADA-2024” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Ushbu musobaqada O‘zDJTU jamoasi 2 ta oltin, 7 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va RESPUBLIKA final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Gʻolib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlandi.

🔥 O‘zDJTU – sportda ham yetakchi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🧠💡📚

📣Endi kitob o‘qish juda qulay!

😊 Buning uchun “Mutolaa” mobil ilovasini yuklab, minglab roman, qissa, hikoya va she’rlarni elektron shaklda o‘qish yoki audio shaklda tinglashingiz mumkin.

Ushbu asarlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan ovozlashtirilgan. Eng muhimi, audiokitoblar istalgan vaqt, istalgan joyda hamrohingiz bo‘ladi.

Yuklab olish uchun ilovalar bu yerda:

📱Play Market / App Store

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

28-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant shou” tanlovi doirasida “Milliy raqs” nominatsiyasi bo‘yicha ijodiy bellashuv o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning iste’dodlarini keng ommaga tanitish va ijodiy rivojlanishiga ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.

Tanlov ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mahoratni sinovdan o‘tkazishdi:

“Eng yaxshi raqs ijrochisi”
“Eng yaxshi milliy raqs”
“Eng yaxshi jamoaviy ijro”

Ishtirokchilar o‘zlarining mahorati va sahnaviy chiqishlari bilan tomoshabinlarga yorqin taassurot qoldirishdi. Har bir raqs o‘ziga xos ifoda, harakat va milliy urf-odatlarni aks ettirish bilan ajralib turdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📸👩‍🏫👨‍🏫

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌍📚 Xalqaro Ta'lim Kuni - 24-yanvar!

🏛O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 24-yanvar kuni Xalqaro ta'lim kunini nishonladi. Ushbu kunda 3-bosqich talabasi Shomuradova Gulhayo universitet talabalariga ta'lim haqida savollar bilan murojaat etdi.

💬 Shuningdek, kafedraning o'qituvchisi Karimov Jamshid hamrohligida 4-bosqich talabalari ta'limning yoshlar hayotidagi o'rni va kelajagi haqidagi fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar. Ularning mulohazalari ta'limning nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatdagi o'zgarishlar uchun ham qanchalik muhimligini ko'rsatdi.


🔰Xalqaro taʼlim kuni har yili 24-yanvarda nishonlanadi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2018-yil 3-dekabrda eʼlon qilingan rezolyutsiya asosida global tinchlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashda taʼlimning rolini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…
Subscribe to a channel