uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📖 Buyuk alloma va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ezgu tashabbus!

🎗2021-yil 24-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar belgilangan edi. Shu maqsadda joriy yilning 5-fevral kuni O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti va Nazariy va amaliy fanlar kafedrasi hamkorligida 22-sonli mehribonlik uyida Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida:
✨ Fakultet dekani X. Xakimov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.
🎭 Iqtidorli talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🎶 Alisher Navoiy g‘azallari, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.
🎁 Mehribonlik uyiga va uning tarbiyalanuvchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.


❇️Bu tadbir ezgulik va mehr-muruvvatga yo‘g‘rilgan bo‘lib, yosh avlodga milliy merosimizni chuqur anglash va ulug‘ ajdodlarimiz ijodini qadrlash imkonini berdi.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Fransiya elchixonasi va Puate universiteti vakillari O‘zDJTUda


5-fevral kuni O‘zDJTUda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Serj Bellini, Fransiyaning Puate universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti va Fransuz universitetlari konsorsiumi rahbari Stefan Motte hamda Puate universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Karolin Belan-Menade xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Fransiya universiteti Lingvistika (fransuz tili) magistratura mutaxassisligi o‘quv reja dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish, Puate universiteti bilan turli sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Stefan Motte 2025-yil mart oyida O‘zbekiston Respublika Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston-Fransiya universiteti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi, 2025/2026 o‘quv yili sentyabr oyidan fransiyalik mutaxassislar tomonidan tanlab olinadigan O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda tayyorlov kurslari tashkil etilishi, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab esa magistraturaga  qabul boshlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, mazkur universitet magistratura bosqichi bitiruvchilari orasidan Fransiya OTMlari doktoranturasiga talabalarni saralab olish va yuborish rejalashtirilganini aytib o‘tdi.


6 fevral kuni delegatsiya a’zolari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi, tashkil etiladigan universitetning tashkiliy va moliyaviy jihatlari muhokama qilinishi, natijalari bo‘yicha Fransiya elchixonasi va Stefan Motte janoblari ishtirokida brifing o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov universitet faoliyati, fransuz tili o‘qitilish holati haqida mehmonlarga ma’lumot berdi va Puate universiteti bilan almashinuv dasturlarini amalga oshirish, O‘zDJTU fransuz tili o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun Fransiya OTMlarida malaka oshirish kurslari, stajirovka dasturlarini tashkil qilish, xalqaro loyihalar, jumladan Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi loyihalarida ishtirok etish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.


Motte janoblarining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston-Fransiya universiteti faoliyatini takomillashtirish va professor-o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha Puate universiteti tomonidan O‘zbekiston va Fransiya universitetlari ishtirokidagi Erasmus dasturi loyihasi ishlab chiqilayotganligini aytib, O‘zDJTU ushbu loyihani qo‘llab quvvatlashi, shartnomani ko‘rib chiqib imzolashini iltimos qildi.    

X. Yuldashev O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransiya universitetlari, xususan Puate universiteti bilan aloqalarni kengaytirishga doim tayyorligini ta’kidlab, hozirgi kunda Puate universiteti bilan Erasmus dasturi doirasidagi Xalqaro kredit mobillik loyihasi ma’qullanganligi ma’lum qildi. Shuningdek, mavjud loyihalar bilan cheklanib qolmasdan Jean Monnet va Capacity Building loyihalarini hamkorlikda ishlab chiqish va taqdim etish maqsadga muvofiqligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Serj Bellinining O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi va Fransuz Alyansi tashkilotining o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda ko‘maklashishiga ishonch bildirdi.


Har ikkala tomon hamkorlikka ochiqligi va birgalikda yaxshi natijalarga erishish mumkinligini e’tirof etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi aʼzolari va talaba-yoshlar!

 
Shu kunlarda universitetimiz professor-oʻqituvchilarining Telegram tarmogʻidagi akkauntlari noma‘lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda klonlash usuli hamda telefon raqamlaridan foydalangan holda professor-o‘qituvchilar nomidan korrupsiyaviy holatlarni tashkillashtirish, axloqsiz va g‘ayriaxloqiy ravishda obrosizlantiruvchi ma‘lumotlarni Telegram-guruh va chatlarda uyushtirilgan holatlar tarqatilmoqda.

Ushbu holatlarni e‘tiborga olgan holda, OʻzDJTU jamoasi va talaba-yoshlar diqqatiga:
Shaxsiy ma‘lumotlaringizni iloji boricha himoya qilishga harakat qiling.
❗️ Shubhali xabar va ma‘lumotlarga e‘tibor bermang, javob qaytarmang.
Rasmiy manbalarga tayaning!
 
Hozirda Huquqni muhofaza qilish organlari ushbu masalani oʻrganmoqda. Aybdorlar aniqlanib, qonuniyjavobgarlikka tortiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasida shaxsni obroʻsizlantirish va tuhmat qilish uchun qonuniy javobgarlik mavjud. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasida tuhmat qilish, ya‘ni bilib turib yolgʻon, gʻarazgoʻylik yoki boshqa g‘ayriaxloqiy niyatlarda boshqa shaxsni obroʻsizlantiruvchi uydirmalarni tarqatish uchun javobgarlik belgilangan.


📣 Sizni ogohlikka chaqiramiz! Asossiz ma‘lumotlarga ishonmang!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Erkayev Akrom Normuxammadovich 2025-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tallari universiteti Registrator ofisi maʼlumotlar bazasi boʻlimi (Back Office) boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
——————————————————
Эркаев Акром Нормухаммадович назначен на должность начальника отдела базы данных (Back Office) регистрационного офиса Узбекского государственного университета мировых языков c 1 февраля 2025 года
——————————————————
Erkayev Akrom Normukhammadovich has been appointed as the Head of the Data Management Department (Back Office) at the Registrar's Office of the Uzbekistan State World Languages University on February 1, 2025.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Urinov Shokir Erkayevich 2025-yil 1-fevraldan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Уринов Шокир Эркаевич был назначен начальником отдела гражданской и трудовой защиты Узбекского государственного университета мировых языков с 1 февраля 2025 года.
—————————
Urinov
Shokir Erkayevich was appointed as the Head of the Civil and Labor Protection Department of the Uzbekistan State World Languages University on February 1, 2025.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Sultonov Boburjon Xamitxon o‘g‘li 2025-yil 1-fevraldan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti reja-moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Султонов Бобуржон Хамитхонович был назначен начальником отдела планирования и финансов Узбекского государственного университета мировых языков с 1 февраля 2025 года.
—————————
Sultonov Boburjon Khamitxonovich was appointed as the Head of the Planning and Finance Department of the Uzbekistan State World Languages University on February 1, 2025.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#jarayon

⚡️ OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev universitetga biriktirilgan maktablar faoliyati bilan tanishish maqsadida Yunusobod tumanida joylashgan bir nechta maktablarga tashrif buyurdi.

🔹 Yoshlarning til o‘rganishlariga ko‘maklashish, ularning ma'naviy va intellektual rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida Sharq tillariga qiziqish bildirgan oʻquvchilar fikr mulohazalari oʻrganilib, ularga til toʻgaraklari haqida maʼlumot berildi.

✔️ Tashrif davomida maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning qiziqishlari va istaklarini tinglandi. Oʻquvchilarning chet tillarini o‘rganishlariga qulay sharoit yaratish va ularning bilim doiralarini kengaytirish maqsadida Yapon, Koreys va Turk tillari bo‘yicha to‘garaklar ochilishi maʼlum qilindi.

🌐 Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻📺📺

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Prezident, nomli davlat stipendiyalari va rektor stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalari haqida videorolik

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Malayziyadagi birinchi Oʻzbekiston oliy taʼlim forumi


2025-yilning 4-fevral kuni Malayziyaning Sulton Idris Pendidikan universitetida 1-Malayziya — Oʻzbekiston oliy taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Mazkur forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga oliy darajadagi tashrifi doirasida amalga oshirilmoqda.


Globallashuv jarayonlari jadallashayotgan hozirgi davrda oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik strategik ahamiyat kasb etmoqda. Oliy taʼlim tizimidagi integratsiya Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi hamkorlikning muhim jihatlaridan biri sifatida ilgari surilmoqda. Ikki davlat oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi munosabatlar soʻnggi yillarda sezilarli darajada rivojlanib, yangi bosqichga koʻtarildi. Bu hamkorlik ikki mamlakat taʼlim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro maydonda integratsiyalashuvini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Forum “Oʻzbekiston-Malayziya: oliy taʼlimda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish imkoniyatlari va tashabbuslari” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Malayziya oliy taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etildi. Forumni Sulton Idris Pendidikan universiteti rektori professor Datoʻ Dr Md Amin Md Taff ochib berib mehmonlarga xush kelibsiz dedi va universitet toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirot Avazimbetovich hamda Malayziya oliy taʼlim vaziri Seri Diraja Dr.Zambry Abdu Kadirlar ikki davlat oliy taʼlim tizimi, Malayziya Oʻzbekiston hamkorliklari va oʻtayotgan forumdan ulkan amaliy natijalar kutilayotganligi toʻgʻrisida fikr yuritildi.

Yalpi yigʻilish maʼruzalarida Prezident Administratsiya Oliy taʼlim loyiha ofisi rahbari Adham Xudoyqulov Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining bugungi holati, strategik vazifalar va ikki tomonlama hamkorliklar xususida maʼruza qildi.
Forumda Oʻzbekiston tomonidan 130 nafarga yaqin universitetlar rektor, prorektor, dekan, kafedra mudirlari va taʼlim tashkilotlari rahbar, shuningdek Malayziya tomonidan ham 200 nafarga yaqin rektor, prorektor va masʼullar ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ham forumda ishtirok etishdi. Shu bilan birga Malayziya OTMlari bilan memorandumlar imzolash imkoniyatiga ega boʻlindi.

Jumladan, OʻzDJTU rektori professor Ilxom Tuxtasinov va Sulton Idris Pendidikan universiteti rektori professor Datoʻ Dr Md Amin Md Taff oʻrtasida hamkorlik shartnomasi, Malayziya (University science of Malaysiya – USM) fanlar universiteti rektori professor Dato Seri Dr.Abdul Rahmon Bin Mohd bilan hamkorlik shartnomasi hamda va INTI – Xalqaro universiteti rektori professor Joseph Lee bilan ham hamkorlik shartnomasi imzolandi va kelajakdagi hamkorliklar yuzasidan kelishib olindi.
Yuqoridagi shartnomalar OʻzDJTU va Malayziya OTMlari oʻrtasida tajribalarni oʻrtoqlashish, talaba almashish, grantlar ajratish, oʻqituvchilar malaka oshirishi, oʻquv metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, ilm-fan sohasida hamkorlik qilish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi yoʻnalishlarni oʻziga qamrab olgan. Har bir amalga oshiriladigan kelishuvlar oʻz navbatida Oʻzbekistonga taʼlim sohasidagi investitsiya vazifasini bajarishi va sifatli taʼlimni amalga oshirishga xizmat qilishi koʻzda tutilgan.
Tadbir davomida OʻzDJTU tashkilotchiligida barcha Forum ishtirokchilariga oʻzbek Milliy taomi boʻlgan osh tarqatildi. Oʻzbekiston madaniyati, urf odatlari, qadriyatlarini koʻrsatishga qaratilgan koʻrgazmalar bilan bir qatorda tayyorlangan palov barcha ishtirokchilar tomonidan juda koʻtaringki ruhda qabul qilindi.
Forum tadbirlari davom etmoqda.

Malayziya universitetlari bilan hamkorlik, ilmiy aloqalarni rivojlantirish va talabalarga xalqaro bilimlar olish imkonini taqdim etmoqda. Malayziya universitetlari xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallaydi. Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik soʻnggi yillarda universitetlararo darajada jadal rivojlanmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘zDJTU delegatsiyasi Malayziyaning Til va adabiyot institutiga tashrif buyurdi

“O‘zbekiston-Malayziya: oliy ta’limda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish imkoniyatlari va tashabbuslari” mavzusida o‘tkazilayotgan “1-Malayziya-O‘zbekiston Oliy ta’lim forumi va ko‘rgazmasi”da ishtirok etish uchun tashrif buyurgan rektor I.Tuxtasinov boshchiligidagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi 2025-yil 3-fevral kuni Malayziyaning Devon Baxasa dan Pustaka Til va adabiyot institutiga tashrif buyurdi.

Ushbu forum ikki davlat o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada rivojlantirish, ta’lim sohasida yangi vazifalarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Malayziya Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

Devon Baxasa dan Pustaka tashkiloti 1956-yildan buyon tillar o‘qitilishi, xususan malay tili va adabiyotining o‘qitilishi, Malayziya madaniyati bilan bog‘liq masalalar, metodika va texnologiyalar, tarjima masalalari kabi ushbu tilning barcha qirralarini yoritib keladi, ilmiy tadqiqot ishlari, darslik va o‘quv adabiyotlari yaratish va takomillashtirish kabi faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuv davomida tashkilot rahbari doktor Hazami bin Jahari va bir qator mas’ullar tomonidan ikki tomonlama hamkorliklar imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zDJTU rahbariyati tomonidan universitet to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Malayziyada tashrif va forumga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etib kelinmoqda.


Ushbu Ma’rifat darslarida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ham faol ishtirok etmoqda.

Bu hafta davomida fakultetlararo o'tgan dasturlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyatini talaba-yoshlarga yetkazish, har bir talabani vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ekanligi ta'kidlanib, yurtimizda kuzatilayotgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklari haqida ma’lumot berildi, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lgan videoroliklar taqdim etildi.

Shuningdek, professor-o’qituvchilar tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati muhokama qilindi.

📍 OʻzDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-167-son Qarorining 11(3)-bandida Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida volontyorlik guruhlari tomonidan parvarishga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarning holidan xabar olib, ham ma’naviy-ruhiy, ham moddiy yordam koʻrsatib kelinmoqda. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ullari, qolaversa, tyutorlar ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.


Jumladan, 31-yanvar kuni OʻzDJTU mas’ullari Uchtepa tumani 14-mavze Bog'iston mahallasiga tashrif buyurdi.


Tashrif doirasida 29-uy 1-xonadonda yashovchi, farzandlarining vafotidan so'ng 2 nogiron nabiralarini o'z qaramog'iga olgan Dolgolechinko Marina Anatoliyevnani  holidan xabar olindi.

Dastur yakunida xonadon egasi bunday e’tibor va g'amxo'rlikdan mamnun ekanini bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2025-yil yanvar oyidagi faoliyati hisoboti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Milliy libos – millat ko‘zgusi!

Milliy liboslarimiz xalqimizning ming asrlik tarixi, urf-odat va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Aynan shu boy madaniy merosni targ‘ib qilish va milliy an’analarimizni yanada boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida universitetimizda qator tadbirlar tashkil etildi.

Roman-german filologiyasi fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P. Achilova tashabbusi bilan fakultetning barcha kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etayotgan mazkur tadbir talaba-qizlar o‘rtasida turli to‘garak mashg‘ulotlarida, litsey va kollejlarga tashriflar doirasida, talabalar turar joylarida o‘tkazilib, milliy liboslarimizning ahamiyati targ‘ib qilinmoqda.

Ushbu tadbir milliy qadriyatlarimizni yanada keng targ‘ib etish va yoshlarimiz orasida an’analarimizga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qiladi.

📍Roman-german filologiyasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili birinchi fakultetiga Ergasheva Guli Ismoil qizi dekan etib tayinlandi.
—————————
Сегодня Гули Эргашева Исмоиловна назначена деканом Первого факультета английского языка Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Today, Guli Ergasheva was appointed as the dean of the First Faculty of English at the Uzbekistan State World Languages University.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

28-yanvar – Xalqaro internetsiz kun!

🪐O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi Xalqaro internetsiz kunini nishonladi. 3-bosqich talabasi Sevara Pirnazarova kursdoshlariga ushbu kun haqida savollar berdi.

Adambayeva Gulbadanbegim internetsiz kunni tasavvur qilolmasligini aytsa, Jumabayeva Mahliyo ijtimoiy tarmoqlarsiz ham kunni maroqli o'tkazish mumkinligini ta'kidladi.


❇️Xalqaro Internetsiz kun har yili yanvar oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi. Internetdan voz kechish g‘oyasi 21-asr boshidan mashhurlikka erishib, an’anaviy dam olish usullarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🪐Bugun O'zDJTU Axborot-resurs markazida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori M. Abdurahmonova, kutubxona hodimi M. Mustaqimova hamda 24-04-guruh talabalari ishtirok etdi.

📌Tadbir davomida tyutorlar M. Abdurahmonova, B. Ahmedov, K. Mamadaliyeva, S. Elmurodova va Z. Xojiyeva Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, uning o‘zbek va jahon adabiyotidagi beqiyos o‘rni, asarlarining ma’naviy ahamiyati haqida fikr bildirishdi. Talabalar esa buyuk shoirning g‘azal va ruboiylarini yoddan o‘qib, o‘zlari o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashishdi.


📚Alisher Navoiy ijodi o‘zbek adabiyotining tamal toshlaridan biri bo‘lib, uning falsafiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadbir talabalarga Navoiy merosini yanada chuqur o‘rganish, targ‘ib qilish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Sulaymonov Murodxon Maxamadxoʻjayevich 2025-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tallari universiteti Registrator ofisi xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front Office) boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
——————————————————
Сулаймонов Муродхон Махамадхужаевич назначен на должность начальника отдела обслуживания (Front Office) регистрационного офиса Узбекского государственного университета мировых языков c 1 февраля 2025 года.
——————————————————
Sulaymonov Murodxon Maxamadxo‘jayevich has been appointed as the Head of the Service Department (Front Office) at the Registrar's Office of the Uzbekistan State World Languages University on February 1, 2025.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 “Audiovizual jurnalistika global o’zgarishlar davrida” mavzusidagi konferensiya bo’lib o’tmoqda.

Bugun O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazilyapti. Unda O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani bevosita ishtirok etmoqda.


✅ Alisher Matyakubov mavzu doirasida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tib, jurnalist kadrlash yetishtirishda amalga oshirilayotgan bir qator chora-tadbirlarga to’xtalib o’tdi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Xolmuradov Raxmatilla Neʼmatillayevich 2025-yil 5-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xaridlar bilan ishlash va taʼminot boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
—————————
Холмурадов Рахматилла Нематиллаевич был назначен начальником отдела работы с закупками и снабжением Узбекского государственного университета мировых языков с 5 февраля 2025 года.
—————————
Xolmuradov Rakhmatilla Ne'matillayevich was appointed as the Head of the Procurement and Supply Department of the Uzbekistan State World Languages University on February 5, 2025.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️ 4-fevral kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Alisher Matyakubov, fakultetning yoshlar bilan ishlash masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari D. Xoshimova hamda tyutorlar tomonidan talabalar turar joylari oʻrganildi.

🔰 Tashrif jarayonida talabalarga TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari, tozalik va ozodalikka eʼtiborli boʻlish va TTJda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtildi.

✅ Talabalar uchun yotoqxonada yaratilgan shart-sharoitlar koʻzda kechirilib talab va takliflar oʻrganildi.

#fakultethayoti
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦
#rasmiy #uchrashuv

🇺🇿🇬🇧 Joriy yilning 4-fevral sanasida Ingliz filologiyasi fakultetida guruh sardorlar , fakultet yoshlar ittifoqi hamda “Qalqon” jamoasi ishtirokida fakultetdagi yangi rahbariyat bilan tanishuv tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultet yangi dekani Yusuf Radjaboyevich Azzamov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Musoxon Pulotovich Jakbarov talabalar bilan yaqindan tanishib, o’quv jarayoni hamda talabalar faoliyati haqida suhbatlashdilar

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
😎 Telegram | 😎 Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺 🟦🟦🟦

Sizlarga 1-Malayziya – Oʻzbekiston oliy taʼlim forumi haqida maʼlumot taqdim etib bormoqdamiz. Forumning turli sessiyalarini tomosha qilish uchun quyidagi YouTube havolalarini taqdim etamiz:


1. Ochilish marosimi: Forumning ochilish marosimini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: 👉 https://youtube.com/live/nCzKasxvwoU?si=WSpaIS86iHHcFR_i

2. Plenar sessiya: Plenar sessiyani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: 👉 https://youtube.com/live/uq18DQMeMMo?si=R4xtXNGXYq2avsT8

3. Forum sessiyasi: Forumning boshqa sessiyalarini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: 👉 https://youtube.com/live/iha5HGGHMWs?si=9AP808T2BewZgmWd

Ushbu havolalar orqali forumning turli qismlarini to‘liq tomosha qilishingiz mumkin!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.

✅ 3-fevral kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Matyakubov Alisher Djumanazarovich fakultetning 1-bosqich talabalari bilan uchrashib fakultetdagi ta’lim muhitini yana-da yaxshilash borasidagi takliflari bilan tanishdi. Shuningdek, talabalarga o’qish va ishlari davomida muvaffaqiyatlar tilab o’z tajriba va maslahatlari bilan bo’lishdi.

Uchrashuv erkin muloqot va savol -javob tarzida olib borildi.


⚡️ Shu bilan birga, har bir talaba o’z takliflari bilan Alisher Matyakubovga +998 99 536 50 80 bevosita murojaat qilishi mumkin ekanligini ma’lum qildi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori O.Yusupov va O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Y.Azzamovning Janubiy Koreyaning “Global Students International Exchange” Xalqaro Forum doirasida Jeju Milliy Universiteti, Jeju Halla Universiteti, Jeju Turizm Universitetlariga tashrifi haqida xabar bergan edik.


Mazkur tashrif va u doirasida amalga oshirilgan hamkorlik masalalari bo'yicha Koreya gazetalarida maqolalar chop etildi.

Maqolalar uchun havola:
https://n.news.naver.com/article/661/0000050133;
https://www.cjknews.com/news/article.html?no=31587.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#rasmiy_uchrashuv

Bugun Ingliz filologiyasi fakultetida professor-o'qituvchlar va tyutorlar ishtirokida fakultetdagi yangi rahbariyat bilan tanishuv tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultet yangi dekani Yusuf Radjaboyevich Azzamov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Musoxon Pulatovich Jakbarov jamoa bilan yaqindan tanishib, kelgusi ish rejalari yuzasidan suhbatlashib olindi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Minsk davlat lingvistika universiteti talabalari “Yosh tadqiqotchilar” klubi doirasida navbatdagi virtual uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuvda Integratsiyalashgan ingliz tili kursi 3-kafedrasu o‘qituvchilari Y.Sharipova, B.Umarov, Y.Zemlyankina va P.Omanov rahbarligida ikki davlat talabalari bir-birlarining milliy kinolarini tomosha qilib, madaniy va milliy xarakter borasida muhokama olib borildi.


Bu uchrashuv nafaqat madaniy almashinuv, balki ingliz tilida nutq mahoratini oshirish uchun ham ajoyib platforma bo‘ldi. Kelajakda ham shunday loyihalar orqali hamkorlikni kengaytirish reja qilingan.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Xalqaro_hamkorlik

📚Ispaniyada ta’lim imkoniyatlari 🇪🇸

Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Castilya-La Mancha universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida 🎓 Roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Shahnoza Jalolova 2025-yil 27-yanvar kuni Ispaniyaga jo‘nab ketdi. U bir semestr davomida xorijiy universitetda tahsil olib, bilim va malakalarini oshirmoqda.

📌 Mazkur loyiha Ispan tili amaliy fanlar kafedrasida xalqaro loyiha sifatida amalga oshirilmoqda. Loyiha koordinatori – Narbaeva Gulnoza.

📽 Quyidagi videorolikda Shahnoza Jalolova Castilya-La Mancha universiteti va o‘zining talabalik hayoti haqida qisqacha ma’lumot beradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Ibragimov Nuriddin Talibovich 1-fevraldan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Ибрагимов Нуриддин Талибович назначен начальником учебно-методического отдела Узбекского государственного университета мировых языков с 1 февраля.
—————————
Ibragimov Nuriddin Talibovich was appointed as the Head of the Educational and Methodological Department at the Uzbekistan State World Languages Universityve, starting February 1st.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Matyakubov Alisher Djumanazarovich 1-fevraldan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
—————————
Матякубов Алишер Джуманазарович назначен деканом факультета международной журналистики Узбекского государственного университета мировых языков с 1 февраля.
—————————
Matyakubov Alisher Djumanazarovich was appointed as the dean of the Faculty of International Journalism at the Uzbekistan State World Languages University, starting February 1st.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel