uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bizning_faxrimiz

🏆Baxtiyorova Lola Otabekovna - 2024-2025-o'quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezident granti sovrindori bo'ldi.

🔹Ingliz tili 2-fakulteti 2-bosqich talabasi.

📚Talabamizning kelajakdagi o'qish va ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!

⭐️/channel/iqtidorli_talabalar_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bizning_faxrimiz

🏆Ismoilova Sabina Utkir qizi - 2024-2025-o'quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezident granti sovrindori bo'ldi.

🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi.

📚Talabamizning kelajakdagi o'qish va ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!

⭐️/channel/iqtidorli_talabalar_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🏆🏆🏆

2024-2025 o’quv yili uchun o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti” natijalari e'lon qilindi.

⚡️ O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavriat bosqichida tahsil oluvchi 6 nafar talabalarimiz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun o’tkazilgan tanlovda ishtirok etdi.

🏆Ulardan 5 nafari “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti sovrindorlari deb topildi.

🎆 Talabalarni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

📍 OʻzDJTU Iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

"Milliy liboslar" kunidan fotolavhalar

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣1️⃣1️⃣

#musobaqa⚽️

🇺🇿Bugun Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida talabalar oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.

💥 Turnir yuqori darajadagi raqobat va keskin bahslarga boy boʻlib, jamoalar gʻalaba uchun bor kuchlarini ishga solishdi.

Final oʻyin natijalariga koʻra🏆:

🥇1-oʻrin - “SIYOSATCHILAR”
🥈2-oʻrin - “REAL MADRID”
🥉3-oʻrin - “DEMOKRATLAR” jamoalariga nasib etdi.


📍Gʻolib boʻlgan jamoa musobaqaning universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

@YoshlarIttifoqi_XJF | 📱

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#milliy_liboslar_kuni

💫Roman-german filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish va o‘zbekona kiyinish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha qator targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

📌Tadbirlar zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga rioya qilishni, milliy urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olishni maqsad qiladi.Mazkur tashabbus doirasida milliylikni ommalashtirish, yosh avlodni o‘z milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim muassasalarida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

🎗 Milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish va avlodlar o‘rtasida ulug‘lashga xizmat qiladigan bunday tadbirlar muntazam ravishda o'tkazilmoqda.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oqqo‘rg‘on tumani maktab o‘quvchilari O‘zDJTUga tashrif buyurdi

7-fevral kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-maktabining 10-sinf o‘quvchilari o‘z pedagoglari hamrohligida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari kutib olib, ularga universitet kampusi, yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari hamda Axborot-resurs markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar universitet hayoti bilan yaqindan tanishish, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlar haqida bilish imkoniga ega bo‘lishdi. Universitetda ta’lim olish uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif so‘ngida o‘quvchilar O‘zDJTU talabasi bo‘lish istagini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Say

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan
“ Adiblar hiyoboni” da tadbir o’tkazdi.

Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida talabalarga ma’lumotlar berildi . Navoiy ijodiga alohida to’htalib , talabalar tomonidan g’azal va ruboiylari ijro qilindi!


📌Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo’yildi. Adiblar hiyobonida
“Navoiyxonlik” ham o’tkazilib, talabalar o’zlari yozgan she’rlaridan ham namunalar ijro qildilar.


📩Telegram. 🌐Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

“Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

7-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Tarjimonlik fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Xabiyeva hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar qalbida milliylik, vatanparvarlik, sog‘lom dunyoqarash va Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot orqali milliy qadriyatlarimizning ahamiyati, ularni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish masalalari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Say

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦
🇺🇿Joriy yilning 4- fevral sanasida O‘zDJTU psixologi Z.T.Xayrullayeva Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari hamkorligida 1-kurs talabalariga seminar trening tashkil qildi.
Seminarda Stressning psixofiziologik jihatlariga, IJOBIY VA SALBIY STRESS turlariga keng to‘xtalib, kerakli ma'lumotlar berildi.

Stress — qiyin va xavfli vaziyatlarga tayyor turishingizga yordam beradigan tabiiy reaksiya. Stress holatida paydo bo‘ladigan reaksiya miyangizda boshlanadi. Ijobiy stress tez harakat qilishingizga yoki javob qaytarishingizga imkon beradi.

Uchrashuvda psixologik mashg‘ulotlar ham o‘rin egalladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦
#futbol

🇺🇿Ingliz tili birinchi fakulteti rahbariyati hamda 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan fakultetimiz talabalari oʻrtasida Futbol boʼyicha o'yinlar oʻtkazildi.

Qizg'in davom etgan o'yin natijalariga ko'ra :

🥇-o'rin "United"
🥈-o'rin "Bojalar"
🥉-o'rin "Strangers” jamoalari egallashdi.


🤝 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz hamda yaqindan yordam bergani uchun ingliz tili birinchi fakultet rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram 🌐Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚽️ Futbol musobaqasining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi

🇺🇿 🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.

🏆 Fakultet bosqichi gʻoliblari:

🥇-oʻrin — “Madrid” jamoasi;
🥈-oʻrin — “Kaster” jamoasi;
🥉-oʻrin — “Fing City” jamoasi.

🎉 Gʻoliblarimizni tabriklaymiz.
🤝 Barcha ishtirok etgan jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz.

#yoshlar_oyligi #futbol #sport #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu #uzdjtu_yoshlari

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti italyan tili yo‘nalishida tahsil oluvchi 10 nafar talaba qizlar Italiyaning Insubria universitetiga 6 oy davomida grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi hamda Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Baxora Ergashova hamrohligida Italiyaga yetib borishdi.

Talabalar 3-fevral sanasidan mazkur oliygohda o‘qishni boshlashdi. Ular o‘qishning ilk kunlaridanoq o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyish eta boshlashdi.

Qolaversa, Italiya shaharlari bo‘ylab milliy liboslarimizni ham namoyish etishdi.

📍Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

5-fevral kuni OʻzDJTU delagatsiyasi aʼzolari hamda INTI Xalqaro universiteti rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etildi.


Dastur davomida INTI universitet rektori professor Joseph Lee va OʼzDJTU rektori I.Tuxtasinov oʼrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi ijrosi boʼyicha amalga oshiriladigan hamkorlik yoʼnalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida OʼzDJTU haqida videorolik qoʼyildi va universitet faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi. INTI Xalqaro universiteti faoliyati boʼyicha ham taqdimotlar namoyish etildi. Soʼng faoliyatlar yoʼnalishidan kelib chiqqan holda, talabalar almashinuvi dasturi masalasi muhokama qilindi va shu yilning oʼzida 100 nafarga yaqin OʼzDJTU talabalarini INTI Xalqaro universitetiga bir semestr uchun oʼqishga yuborish boʼyicha kelishib olindi.


Bir qator yoʼnalishlarda bakalavr 2+2 shaklida va magistratura 1+1 shaklida qoʼshma taʼlim dasturlarini yoʼlga qoʼyish masalalari boʼyicha birlamchi kelishuvlarga erishildi. Bu borada narxlar yuzasidan qoʼshimcha muzokaralar olib boriladi.

Shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʼyicha magistraturada 4 ta mutaxassislik va doktoranturada 1 ta ixtisoslik boʼyicha Malayziyada ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari toʼgʼrisida fikr almashildi va natijada INTI Xalqaro universiteti rektori professor Joseph Lee OʼzDJTU uchun imtiyozlar berishga rozilik bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Ўзини ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходими дея таништираётган фирибгарлардан огоҳ бўлинг!


💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 📹 JSagdullayev">YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bizning_faxrimiz

🏆Bahriddinova Shahlo Kamoliddin qizi - 2024-2025-o'quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezident granti sovrindori bo'ldi.

🔹Ingliz tili 2-fakulteti 2-bosqich talabasi.

📚Talabamizning kelajakdagi o'qish va ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!

⭐️/channel/iqtidorli_talabalar_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bizning_faxrimiz

🏆Azamatova Muxlisa Ilyos qizi - 2024-2025-o'quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezident granti sovrindori bo'ldi.

🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi.

📚Talabamizning kelajakdagi o'qish va ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!

⭐️/channel/iqtidorli_talabalar_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Toshkent shahrining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va milliy qadriyatlarni saqlash hamda targ’ib qilish maqsadida yangi qaror qabul qilindi. Bu qaror asosida “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida milliy liboslar, san’at va hunarmandchilikni targ’ib qiluvchi madaniy tadbirlar rejalashtirildi. Har juma esa “Milliy liboslar kuni” deb belgilandi.

Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili uchinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, professor-o‘qituvchilar va tyutor, talabalar bilan birgalikda “Milliy liboslar kuni” ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Bu tadbir milliy qadriyatlarni kengroq targ’ib qilishga xizmat qiladi.

@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Talabalar turar joylarini o’rganish ishlari olib borildi.

7-fevral kuni O‘zDJTUga qarashli  1-2-TTJlarda Xalqaro jurnalistika fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini D. Xoshimova, tyutorlar M. Kenjayeva hamda K. Asqarova tomonidan talaba-qizlarning yashash sharoitlari o’rganildi.


Qizlar bilan  bo'lib o‘tgan suhbatda  yotoqxona ichki tartib qoidalari, ozodalik, xonadosh qizlar bilan yaxshi munosabatda bo'lish hamda texnika xavfsizligi haqida muloqotlar olib borildi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 7-fevral sanasida Toshkent shahar Uchtepa tumani 355-ayrim fanlar chuqur o’qitiluvchi sinflarga ega Umumiy o’rta ta’lim maktabida,

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasi katta o’qituvchisi, O’rinboyeva Xayotxon Maxamadinovana boshchiligida, yuqori sinflar uchun “Teaching integrated skills” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Seminar davomida:

✅O’quvchilar bilan birgalikda samarali ishlandi hamda seminar so’ngida esdalik sovg’alari taqdim etildi.

@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

"Mehr Ulashaylik" Xayriya Loyihasi Ertaga Bizda!

📖 Yuridik Volontyorlar, "Mehr Ulashaylik" volontyorlari va Book.uz nashriyoti hamkorligida xayriya kitob yarmarkasi tashabbusi ertaga O'zDJTU da tashkil qilinmoqda!

Sotilgan kitoblardan tushgan mablag‘ qariyalar, nogironlar, bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar uchun ehson qilinadi. 

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari: 
✅ Kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish 
✅ Qariyalar va ehtiyojmandlarga mehr ulashish 
✅ Chekka hududlarda kutubxonalar tashkil qilish 
✅ Talabalar va yoshlarni xayriya ishlariga jalb etish 

📍Manzil:
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz filologiyasi fakulteti, "Literaturniy" binosi
https://yandex.com/maps/org/201405260323

⏳ Vaqt: 10:00-17:00   

📚 Kitob sotib olib ham ilm oling, ham ehson qiling! Zero insondan yaxshilik qoladi!

👋 Sizni xayriya kitob yarmarkamizda kutamiz

🔹 Siz ham ushbu xayrli ishga qo‘shilmoqchimisiz?
Hamkorlik va ishtirok uchun biz bilan bog‘laning!

📩 Murojaat uchun:
📞 [@jasurbek_official77]
📍 [/channel/yuridik_Volunteers]

Birgalikda yaxshilik yo‘lida harakat qilaylik! ❤️📖

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Say

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTUda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

2025-yil 6-7-fevral kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov va Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig'i S.Raxmonov boshchiligidagi ishchi guruh Ingliz tili 3-fakulteti va Rus filologiyasi fakulteti kafedralari faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Ushbu monitoring universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyatini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Say

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ijtimoiy tarmoqlarida har juma kuni “Badiiy kun” tashkil etiladi.


📣 Hurmatli universitetimiz talabalari!

☄️ Mazkur kunda faol boʻlib, oʻz badiiy chiqishlaringiz, she’rlar, monologlar, raqslar namoyishlarini bizga videorolik koʻrinishida joʻnatishingiz mumkin.

🖥 Bu kabi ijodiy ishlaringizni har juma kuni OʻzDJTUning barcha ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boramiz.

⭐️ Barchangizni faollikka chaqiramiz!

📩 Murojaat uchun: @umidovna_pr

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yilning 5-fevral sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.Xayrullayeva hamda Ingliz tili 2-fakulteti tyutori M.Ilxomjonova hamkoriligida psixologik trening tashkil etildi.

📌Trening Assosial xulq-atvor (giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik va oiladagi zo‘ravonlik) mavzusiga bagʻishlanib, psixoprofilaktik tadbir sifatida tashkil etildi.

Bunday psixologik treninglarni tashkil etishdan maqsad talaba qizlarda "Assotsial xulq-atvor" haqida koʻnikma hosil qilish boʻldi. Insonning jamiyatdan chekinishi, odamlardan yakkalanishi yoki ijtimoiy munosabatlardan qochishi bilan tavsiflanadigan xulq-atvor turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkinligi haqida psixolog Z.Xayrullayeva tomonidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, agar assotsial xulq-atvor talabaning kundalik hayotiga salbiy ta’sir qilsa, psixolog yoki mutaxassis yordami zarur bo‘lishi, bunda universitet psixologi oʻz yordamini ayamasligi aytib oʻtildi

@second_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🥋 “UNIVERSIADA-2024” sport musobaqalarida OʻzDJTU jamoasi gʻalaba qozondi!

📅 5-6 fevral kunlari “Dzyudo federatsiyasi” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “UNIVERSIADA-2024” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔥O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi musobaqada ajoyib natijalarga erishib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

🥇 Umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egallagan “O‘zDJTU” terma jamoasi Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Say

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Universitet rahbariyati va yoshlar uchrashuvi

Bugun Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Yusuf Azzamov hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M. Jakbarov fakultet talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rahbariyat talabalarning fikr va takliflarini tinglab, o‘quv jarayoniga oid muhim jihatlar haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, har bir talaba o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha bevosita murojaat qilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Talabalar uchun ochiqlik va fikr almashish muhiti yaratilishi aytib o’tildi.

📍Ingliz filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU maktab o‘quvchilari uchun xorijiy tillar bo‘yicha tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 18-buyrug‘i asosida xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda.


5-fevral kuni O‘zDJTU Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi mudiri, dotsent P.Omanov hamda kafedra katta o‘qituvchilari M.Xakimova, F.Mannonova va G.Xushnazarova Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari uchun B2 sertifikati darajasida ingliz tilini o‘rgatish va ularga zarur ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi.

O‘quvchilarga
individual yondashuv asosida yordam berish
maqsadida O‘zDJTU talabalariga quyidagi maktab o‘quvchilari
biriktirildi
:

9-IDUM, 9-B sinf o‘quvchisi
Atabayeva Guljahan Saparbay qizi
talaba Norquvatova Sevinch Shuhrat qiziga;

220-maktab, 11-G sinf o‘quvchisi
Abdumo‘minov Asadbek Anvar o‘g‘li
talaba Rahmonqulova Feruza Akmalovnaga;

220-maktab, 11-V sinf o‘quvchisi
Abdullayev Ravshan Nuimat o‘g‘li
talaba Ikromova Mumtozbegim Akmaljon qiziga;

21-maktab, 11-A sinf o‘quvchisi
Nazarov Shoxjahon Navruz o‘g‘li
talaba Mirzayeva Gulasal Ahmadjon qiziga.


Kafedra mudiri P.Omanov o‘quvchilarga tayyorlov kurslari yakunida B2 sertifikatiga ega bo‘lish imkoniyati mavjudligini ta’kidlab, bunda barcha qulay shart-sharoitlar yaratilganligini qayd etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

5-fevral kunining ikkinchi yarmida Malayziya taʼlim sifati akkreditatsiya agentligiga tashrif buyurildi.


Agentlik direktori Shatar Sabran va OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida oliy ta’lim muassalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha muzokara boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: Mazkur agentlik Malayziyadagi barcha davlat va nodavlat OTMlarini akkreditatsiyadan oʼtkazadi va 5 yil muddatga taʼlim sifatini kafolatlash sertifikatini beradi. Agentlik nafaqat Malayziya, balki boshqa davlat OTMlarini ham akkreditatsiyadan oʻtkazib kelmoqda.


Uchrashuv davomida OʼzDJTU rektori va delegatsiya aʼzolarining savollariga javoban agentlik rahbari xalqaro akkreditatsiyadan oʼtish shartlarini batafsil tushuntirib berdi. Unga koʼra, taʼlim sifatiga qoʼyiladigan talablar, oʼquv dasturlari mazmuni, oʼquv jaryonining xalqaro talablar darajasida yoʼlga qoʼyilganligi, mahalliy akkreditatsiyadan oʼtganligi, oʼqituvchilar ilmiy salohiyati, universitetning xalqarolashuv talablariga javob berishi, talabalarning mobillik, chet ellik talabalar kabi yoʼnalishlarga eʼtibor qaratilishi bayon etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Malayziya-Oʼzbekiston taʼlim hamkorligi OʼzDJTU ishtirokida davom etmoqda


Аvval xabar berganimizdek, OʼzDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada boʼlib turibdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Malayziyaga rasmiy tashrifi, Oʼzbekiston-Malayziya Taʼlim forumi doirasida amalga oshirilayotgan ikki davlat OTMlari uchrashuvlari 5-fevral kuni ham davom etdi.

Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik ikki davlatning strategik manfaatlariga xizmat qilmoqda. Malayziyaning innovatsion taʼlim metodlari va xalqaro tajribasi oʼzbekistonlik talabalar va oʼqituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.


Xususan, OʼzDJTU delegatsiyasi Malayziyaning Devan Baxasa dan Pustaka taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi va OʼzDJTU rektori I.M.Tuxtasinov hamda Devon Baxasa dan Pustaka tashkiloti rahbari doktor Hasami bin Jahari oʼrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Unga koʼra, malay tilining universitetda oʼqitilish jarayonini qoʼllab quvvatlash, oʼqituvchilar malakasini maqsadli oshirish, oʼquv metodik adabiyotlarni birgalikda tayyorlash, test sinovlarini tashkil etish, Oʼzbekistonga talalabalar yuborish kabi masalalar kelishuv hujjatarida oʼz aksini topdi.


Uchrashuv soʼngida ikki tomonlama manfaatlar borasida imzolangan hujjatlar bir necha yil davomida OʼzDJTU va Devan Baxasa tashkiloti oʼrtasidagi mustahkam hamkorlikka xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan universitetimiz talaba-yoshlari o‘rtasida futbol, voleybol va shaxmat sport turlari boʻyicha “Ittifoq kubogi” sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Bugun Ingliz tili 2-fakultetida sportning futbol turi boʻyicha "Ittifoq kubogi" saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqada jamoalar gʻoliblik uchun oʻzaro bahslashdi.
Natijalarga koʻra:
🥇1-oʻrin "Madrid"
🥈2-oʻrin "Turkiston"
🥉3-oʻrin "Qaldirgʻochlar"
"Madrid" jamoasi universitet bosqichiga chiqdi. Jamoaga keyingi oʻyinlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

#sport_musobaqasi
@second_faculty_official

Читать полностью…
Subscribe to a channel