O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
11-fevral O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turkianing Marmara Universiteti professor Nuri Tinaz bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu uchrashuv Marmara Universiteti Sosyologiya kafedrasi mudiri va professor Nuri Tinazning O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari bilan xalqaro hamkorlik, ilmiy-tarbiya va ta’lim sohasidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Unda O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, pedagogik kadrlani qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi A. Kenjaeva, shuningdek, Ingliz tili uchinchi fakulteti Ingliz tilini o`qitish metodikasi №3 kafedrasi mudiri M. Daliyeva va katta o‘qituvchisi G. Rajabovalar ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida, Marmara Universiteti bilan ishlab chiqilgan Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida hamkorlik masalalari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti chet tillari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Marmara Universiteti chet tillari o‘qituvchilarini daras berish, ma’ruzalar o‘qish va seminarlar tashkil etish takliflari, shuningdek, ilmiy sohada hamkorlik, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlari, xalqaro loyihalar va talabalar stajirovkasi hamda amaliyoti, rus/uzbek tili va madaniyat bo‘yicha yozgi maktablarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔰Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!
✅Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
🇺🇿Shu munosabat bilan Xalqaro jurnalistika fakultetida ham profilaktik targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir davomida universitet profilaktik inspektori – Sherzod Begmetov, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor – Madina Nurmuxamedova Xasanovna, 1-IIB XPB XQMB katta inspektori, kapitan – Mursalimova Radmila Fargatovna ishtirokchilarga giyohvandlikning inson salomatligi va ruhiyatiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri, ushbu jinoyat bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, yoshlarni bu illatdan himoya qilish yo‘llari muhokama qilinib, profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.
@xalqarojurnalistika_fakulteti
0️⃣0️⃣0️⃣
11-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Diniy bag‘rikenglik va Islom dinining mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev ochib berib, diniy bag‘rikenglikning jamiyatdagi o‘rni va yoshlarning ma’naviy tarbiyasida uning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassislari Zulhaydar Sultonov va Jamshid Aliyev ishtirok etib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun diniy bag‘rikenglik, Islom dinining asl mohiyati, diniy qadriyatlarning jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir davomida turli diniy oqimlar, ularning jamiyatga ta’siri, ekstremizm va radikalizm xavflari hamda diniy madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
Tadbir so‘ngida mehmonlarga ishtiroki va bergan qimmatli ma’lumotlari uchun universitet tomonidan minnatdorchilik bildirildi hamda tashakkurnomalar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Xalqaro Jurnalistika Fakultetida "Navoiyni Yod Etib" nomli tadbir o‘tkazildi.
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Xalqaro jurnalistika fakultetining 1-kurs talabalari tomonidan "Navoiyni yod etib" nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir fakultet tyutori Sh. Xo‘janiyozova tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Tadbir davomida talabalar buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar taqdim etib, uning g‘azallaridan namunalar o‘qishdi. Shuningdek, Navoiyning adabiy merosi va uning hozirgi davr uchun dolzarbligi haqida fikr almashildi.
Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish, uni yosh avlodga yetkazish muhimligi haqida ta’kidlab, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning davomli bo‘lishi lozimligini qayd etishdi.
@xalqarojurnalistika_fakulteti
0️⃣0️⃣0️⃣🤝🌏👨🏫👩🏫
10-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Prezident Administratsiyasi huzuridagi “Interforum” tashkiloti rahbarlari – Konstantin Galota va Nozima Asqarova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun BMT tillari, shuningdek nemis va turk tillari bo‘yicha sinxron tarjimonlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitetning tarjimonlar tayyorlash borasidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi va Interforum tashkiloti bilan yaqin hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Muhokamalar chog‘ida quyidagi masalalar kelishib olindi:
✅ BMT va boshqa xorijiy tillar bo‘yicha sinxron tarjimonlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
✅ Tarjimonlik fakulteti talabalari uchun maxsus kurslar va seminarlar tashkil etish;
✅ Talabalarni xalqaro anjuman va sammitlarda amaliyot o‘tash imkoniyati bilan ta’minlash;
✅ Jarayonga xorijiy oliy ta’lim muassasalari va mutaxassislarini jalb qilish.
🟩🟩🟩🟩
Xalillayev Adilbek Kurambayevich 2025-yil 10-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Registrator ofisi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
____
Халиллаев Адильбек Курамбаевич с 10 февраля 2025 года назначен начальником Регистраторского офиса Узбекского государственного университета мировых языков.
____
Khalillayev Adilbek Kurambayevich was appointed as the Head of the Registrar's Office at the Uzbekistan State World Languages University on February 10, 2025.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTUda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
10-fevral kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh Ingliz tili 1-fakulteti kafedralari faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zDJTU vakillari Indoneziya Oliy ta’lim muassasalarida
2025-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro ishlari bo‘yicha prorektor Abdurahim Nasirov va kafedra mudiri Azimjon Yuldashev Indoneziya davlat universitetining Gumanitar fanlar fakultetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, grantlardan foydalanish imkoniyatlari va xalqaro ilmiy hamkorlik masalalari bo‘yicha keng muhokamalar o‘tkazildi.
Indoneziya tomoni tomonidan fakultet dekani Dr. Bondan Kanumoyasa, M.Hum, dekanning o‘rinbosari Dr. Untung Yuwono, S.S, rus tili kafedrasi mudiri Dr. Thera Widyastuti, xalqaro bo‘lim mas’ul xodimi Eva Latifah, S.S., PhD va Dr. Ahmad Fahrurodji ishtirok etdilar. Muzokaralar davomida Indoneziya vakillari O‘zDJTU vakillariga rus tilini o‘rganayotgan talabalarni O‘zDJTUga yoki yozgi lager dasturlariga yuborish, shuningdek, O‘zDJTU talabalarining bir semestr davomida Indoneziya universitetida tahsil olish imkoniyatlari bilan bog‘liq takliflar bildirdilar. Bundan tashqari, universitetning chet tillarini o‘rganish bo‘yicha platformalaridan foydalanish va Scopus bazasida indekslangan Wacana jurnalida maqolalar chop etish masalalari ham muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun:
Indoneziya davlat universiteti 1950-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jakarta shahrida 40 gektardan ortiq hududda joylashgan talabalar shaharchasiga ega. Hozirgi kunda universitetda 15 ta fakultet, 12 ta institut va 8 ta markaz faoliyat yuritmoqda. Universitet QS reytingida 206-o‘rinda turib, taxminan 40 ming talabaga ega bo‘lib, ulardan 5000 nafari xalqaro talabalardir.
Gumanitar fanlar fakultetida bakalavriat darajasida quyidagi yo‘nalishlar mavjud: arab, xitoy, ingliz, fransuz, nemis, indonez, yapon, koreys, rus, golland tillari; shuningdek, tarix, arxeologiya, kutubxona ishi kabi mutaxassisliklar o‘qitiladi. Magistratura bosqichida lingvistika, adabiyotshunoslik, arxeologiya, tarix va falsafa yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi; doktorantura darajasida esa lingvistika, adabiyotshunoslik, tarix, arxeologiya, falsafa va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Gumanitar fanlar fakulteti har yili 200 ta turli xil grantlar e’lon qilinadi, O‘zDJTUning bakalavr, magistr va doktorantlari 2025 va undan keyingi yillar uchun shu kabi grantlardan foydalanish imkoniyatlari ma’lum qilindi.
🔺Biz "Kitoblarim 100 (yuzi)" marafoniga start berdik
🔺Siz bu marafonda 100 ta eng sara asarlarni mutolaa qilasiz va har bitta asar oʻqib boʻlingach muhokamaga tashrif buyurasiz
⌛Har bir asarni oʻqish uchun hajmiga qarab vaqt belgilanadi
Muhokama Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtadi.
🔻Bu muhokamaga Toshkent shahardagi barcha universitet talabalari ishtirok etishi mumkin
📌Marafonga qoʻyilgan asarlar roʻyxatini va marafon haqida toʻliq maʼlumotni batafsil
@kitoblarim_yuzi_UzSWLU
kanalidan bilib olishingiz mumkin
🔔Muhokamada barchangizni kutib qolamiz!
✅Rasmiy kanalimizga qoʻshiling:
@kitoblarim_yuzi_UzSWLU
#video_lavha
⚡️ 9-fevral buyuk shoir va mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni munosabati bilan Sharq filologiyasi fakulteti tyutori B.Mirzayeva boshchiligida FKOR-2312 guruh talabalari tomonidan “O’zDJTU talabalari Alisher Navoiy haqida biladimi?” nomli ijtimoiy videolavha tayyorlandi.
✨ Xo’sh Siz Alisher Navoiy haqida bilasizmi?
🌐 Bizni kuzating
🏆🏆🏆 ⚽️⚽️⚽️⚽️ 🏐🏐🏐🏐
🏁 Sport haftaligi yakunlandi
🇺🇿 🇺🇿 Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasidagi sport haftaligi oʻz nihoyasiga yetdi.
🏆 Natijalar bilan tanishing:
♟Shaxmat boʻyicha:
🥇-oʻrin — Oblaqulova Ozodaxon (Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti);
🥈-oʻrin — Qurbonov Akobir (Ingliz tili uchinchi fakulteti);
🥉-oʻrin — Amirqulov Ulugʻmurod (Ingliz filologiyasi fakulteti).
⚽️ Futbol boʻyicha:
🥇-oʻrin — Xalqaro jurnalistika fakulteti;
🥈-oʻrin — Ingliz tili birinchi fakulteti;
🥉-oʻrin — Roman-german filologiyasi fakulteti.
🏖 Voleybol boʻyicha:
🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti;
🥈-oʻrin — Ingliz tili birinchi fakulteti;
🥉-oʻrin — Roman-german filologiyasi fakulteti.
📸
Rasmlar sifatli formatda:
📱
@ittifoq_HD
Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi v.b. dotsenti G. X. Raximova tashabbusi bilan 4-bosqich talabalari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlab “Alisher Navoiy – soʻz mulkining sultoni” mavzusida ijodiy videorolik tayyorladilar.
✅ Videorolikda talabalar Navoiy hayoti va ijodi haqida soʻz yuritib, uning eng mashhur gʻazallarini nemis tilidagi tarjimalari bilan ifodali tarzda oʻqib berdilar. Ushbu tarjimalar universitetimiz professori, Doʻstlik ordeni sohibi, mohir tarjimon Xurram Raximov tomonidan Germaniyada nashr etilgan “Meine Schwarzäugige” kitobidan olindi.
📖 Alisher Navoiy ijodi yoshlar ta’limida katta ahamiyatga ega. Uning she’riyati ezgulik, adolat, ma’rifat va insoniylik gʻoyalarini targʻib etib, yosh avlodning ma’naviy kamolotida muhim rol oʻynaydi. Ushbu videorolik ham talabalarni buyuk shoirning asarlariga yanada chuqurroq qiziqtirish, ularning badiiy va lingvistik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
/channel/rgffaculty
🟩🟩🟩🟩
Adinayev Odiljon Jumanazarovich O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i o'rinbosari - o'quv-metodik ta'minoti bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
——————
Batafsil...
——————
Адинаев Одилжон Джуманазарович назначен на должность заместителя начальника управления учебно-методического отдела – начальника отдела учебно-методического обеспечения Узбекского государственного университета мировых языков.
———————
Подробнее...
———————
Adinayev Odiljon Jumanazarovich has been appointed as the Deputy Head of the Educational and Methodological Department – Head of the Educational and Methodological Support Division at the Uzbekistan State World Languages University.
——————
More...
——————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Zaripov Lochin Rustamovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
——————
Batafsil...
——————
Доктор педагогических наук (DSc), профессор Зарипов Лочин Рустамович назначен на должность начальника отдела контроля качества образования Узбекского государственного университета мировых языков.
————————
Подробнее...
————————
Doctor of Pedagogical Sciences- (DSc), Professor Zaripov Lochin Rustamovich has been appointed as the Head of the Department for Monitoring Education Quality at the Uzbekistan State World Languages University.
——————
More...
——————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔵 YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
11 fevral kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ta’lim jarayoniga oid fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Unda nafaqat ilmiy va ta’lim masalalari, balki talabalar o‘rtasidagi ijodiy va madaniy salohiyatni namoyon etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
📎Shuningdek, TTJ ichki-tartib qoidalariga, sanitariya-gigienaga rioya qilish, binoda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv yakunida, fakultet dekani X.Xakimov talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olishga tayyorligini ta’kidladi.
/channel/rgffaculty
0️⃣0️⃣0️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida ulugʻ mutafakkir shoir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiyning betakror hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli tarjimon, Doʻstlik ordeni sohibi Begoyim Xolbekova hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira va jurnalist, Yashnobod tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ozoda Bekmurodovalar ishtirok etdilar.
Ular yurtimizning turli hududlaridan kelib, malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilarga gʻazal mulkining sultoni ulugʻ Navoiyning eng sara gʻazallaridan oʻqib, gʻazallarning teran maʼnolarini sharhlab berdilar, shuningdek, gʻazallarning inglizcha tarjimalarini ham oʻrtoqlashdilar.
Tadbirda malaka oshirish kursi tinglovchilari Navoiy ijodi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ular ham Hazrat Navoiy ijodidan gʻazallar oʻqib berishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦 #Talabaga_qulaylik
O‘zDJTU rahbariyati talabalar yashash sharoitlarini o‘rgandi
10-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov va rahbariyat vakillari Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi Ingliz tili uchinchi va Tarjimonlik fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning turar joy shart-sharoitlari ko‘rib chiqildi. Elektr va gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha foydali maslahatlar berildi.
Shuningdek, talabalar duch kelayotgan muammolar tinglanib, ularga yechim takliflari taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10-fevral kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyihasi doirasida O‘zDJTUga tashrif buyurgan 14 nafar volontyorni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida, I. Tuxtasinov volontyorlarga ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ularning faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Koreyalik mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda universitetda koreys tilini o‘qitishga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.
Universitet rahbariyati tomonidan volontyorlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan joriy yilda KOICA tashkilotining 1 116 000 AQSh dollari miqdoridagi grant loyihasi yutib olingan. Mazkur loyiha 3-yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu davrda 70 nafar volontyor universitetga tashrif buyurib, talabalar uchun koreys tili bo‘yicha mashg‘ulotlar, shuningdek koreys milliy musiqa va raqslari hamda Taekvondo sport to‘garaklari tashkil qiladi. Shu bilan birga, Sharq filologiyasi fakultetida ajratiladigan xonalarni jihozlash, texnik vositalar va sport anjomlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi tayinlov amalga oshirildi.
Xalillayev Adilbek Kurambayevich 2025-yil 10-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Registrator ofisi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov yangi tayinlovni tabriklab, Adilbek Kurambayevichni professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan tanishtirdi.
Rektor o‘z chiqishida yangi rahbarga katta mas’uliyat yuklanishini, shuningdek, kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ishonch bildirdi. Bu tayinlov universitet jamoasi tomonidan iliq kutib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
7- fevral kuni O‘zDJTU vakillari Indoneziyaga tashrifi Gunadarma Universitetida davom etdi.
2025-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Indoneziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Gunadarma Universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, grant ajratish, talabalar almashinuvi va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari masalalari keng muhokama qilindi.
Tashrif davomida Gunadarma Universitetining muassisi va rektori, doktor, professor I.S. Margianti xonim universitetning imkoniyatlari va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi hamda videoroliklar namoyish etildi. Rektor xonim O‘zbekistonning do‘sti sifatida, ko‘p yillik tajribasi va O‘zbekistondagi saylovlarda faol ishtirok etish tajribasi, shuningdek, bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.
Ma’lumot uchun:
Gunadarma Universitetida 9 ta fakultet faoliyat yuritib, 40 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Universitet Jakarta shahrida joylashgan bo‘lib, 60 dan ortiq binoga ega. Shuningdek, 63 gektar maydonda joylashgan orolda o‘z texnopark laboratoriyasiga ega bo‘lishi zamonaviy ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini ta’minlaydi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bugun, 9-fevral kuni, buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning 584 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati vakillari, talabalar, san’at va madaniyat arboblari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning boy adabiy merosi haqida iliq fikrlar bildirishdi. Tadbir davomida Navoiyni xotirlab, uning g‘azal va baytlaridan namunalar o‘qildi. Shoirning teran fikrlari va ezgu g‘oyalari yana bir bor qalblarda yangradi.
Tadbir so‘ngida universitetimiz rahbariyati vakillari hamda talabalari taniqli rus shoiri Aleksandr Faynberg haykali yonida to‘planib, uning hayoti va ijodi haqida suhbatlashishdi. Faynbergni yod etuvchi she’rlar o‘qilib, adabiyot va ijodiy merosning ahamiyati yana bir bor yodga olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Navoiyga_ehtirom
⚡️ 9-fevral — buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan Adiblar xiyobonida tadbir tashkil qilindi.
🔸 Tadbir davomida talabalar Alisher Navoiy ijodini yod etib, uning asarlaridan parchalar o‘qishdi va shoirning hayoti va ijodiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishishdi.
🔹 Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan ushbu tadbir, talabalar orasida Alisher Navoiyga bo‘lgan hurmat va ehtiromni oshirish, uning asarlarini yanada chuqurroq o‘rganishga turtki berdi.
🔸 Tadbir nihoyasida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va qo‘shiqlar ijro etildi, bu esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🌐 Bizni kuzating
21:00 08.02.2025
O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA HAMKORLIGI
#Toshkent
muxbir: Sohiba Akromova
/channel/zamon_lavhalar
🟩🟩🟩🟩
Norboyev Zafar Abdumoʻminovich O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti O'quv-uslubiy boshqarmasi Ta'lim jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
——————
Batafsil...
——————
Норбоев Зафар Абдумуминович назначен на должность начальника отдела организации учебного процесса управления учебно-методического отдела Узбекского государственного университета мировых языков
———————
Подробнее...
———————
Norboyev Zafar Abdumo‘minovich has been appointed as the Head of the Department for Organizing the Educational Process at the Educational and Methodological Administration of the Uzbekistan State World Languages University
——————
More...
——————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Axmedov Xasan Isoqjon oʻgʻli Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
—————
Batafsil...
—————
Ахмедов Хасан Исокжонович назначен на должность начальника отдела координации деятельности тьюторов Узбекского государственного университета мировых языков.
———————
Подробнее...
———————
Akhmedov Khasan Isoqjonovich has been appointed as the Head of the Department for Coordinating Tutors' Activities at the Uzbekistan State World Languages University.
————
More...
————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTUda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
2025-yil 8-fevral kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh Xalqaro jurnalistika fakulteti kafedralarining faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#bizning_faxrimiz
🏆Turg’unova Hilolaxon Ajvarjon qizi - 2024-2025-o'quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezident granti sovrindori bo'ldi.
🔹Ingliz tili 2-fakulteti 2-bosqich talabasi.
📚Talabamizning kelajakdagi o'qish va ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!
⭐️/channel/iqtidorli_talabalar_uzdjtu