uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

12-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti 2316-guruh talabasi Keldiyorova Sevinch tashabbusi bilan buyuk shoir va tarjimon Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rustam Musurmon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Boris Bobayev, shoir Muhammad Siddiq kabi nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, bo‘lajak tarjimonlar uchun foydali maslahatlar va tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan fakultetimiz uchun yangi kitoblar to‘plami taqdim etildi. Bunday tadbirlar talabalarning ijodiy dunyoqarashini kengaytirish va tarjimonlik sohasidagi bilimlarini boyitish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

📍 Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTUda BMI va MD mavzulari bazasini raqamlashtirish platformasi taqdim etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi.
Kengash raisi M. Chutpulatov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va magistrlik dissertatsiyalarining (MD) mavzular bazasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan platforma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur platformaning imkoniyatlari va afzalliklari haqida O‘zDJTU Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i S. A. Tuychiyev kengash a’zolariga – bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlariga batafsil tushuntirish berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook |

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

13-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Yuldoshova Shaxnoza Azimboyevnaning “Fantastik nasrda badiiy motivning adabiy-estetik funksiyasi (Rey Bredberi va Isajon Sulton ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy ishi doirasida kengaytirilgan  kafedra  muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
 
Offline va ZOOM onlayn platforma orqali bo’lgan muhokamani Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.d., prof. G.Xalliyeva olib bordi.
 
Muhokamada kafedraning barcha  professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Kafedra muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣📺📺

2025-yil 14-fevral kuni “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 6-sonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning “Ta’lim jarayonining yangicha rivojlanish modeli” nomli maqolasi chop etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

ЎзДЖТУда Алишер Навоий ва Заҳириддин Муҳаммад Бобур ижодига бағишланган тадбир ташкил этилди.

@yangidavr_rasmiy

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫


Avval xabar qilganimizdek Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazida qisqa muddatli o‘quv kursi tashqil qilingan edi.


Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mazkur buyruqqa muvofiq ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlashda tajribasi katta bo‘lgan oliy ta’lim tashkilot sifatida respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan tinglovchilarga ish yuritish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishtirish hamda tajriba almashinish borasidagi amaliy mashulotlarni o‘tash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida biriktirilgan edi.

Shu munosabat bilan respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan tinglovchilarga ish yuritish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishtirish hamda tajriba almashinish borasida amaliyot darslari tashkil qilinib, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i f.f.d. dos. S.Raxmonov hamda Devonxona va arxiv bo‘limi mudiri F.Turayevalar amaliyot darslarini puxta tayyorgarlik bilan o‘tkazishdi.

Mashg‘ulotlar so‘ngida fikrlar almashinib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
 
Ma’lumot uchun, mazkur amaliyot darslari 28- fevralga qadar davom etadi.

 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirdan videolavha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Ikki buyuk allomaning tavallud kunlari nishonlanmoqda

muxbir: Gulbahor Abdulhayeva

#Toshkent shahri

12:00 13.02.2025

@hududtv

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

🇺🇿 🇬🇧 12-fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi "Marmara" Universitetining Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori, professor Nuri Tinaz tomonidan Yevropa Ittifoqining Credit Almashinuv dasturi “Erasmus+ KA-171" loyihasiga asoslangan “Methodology of research works:Introductory steps” mavzusida Ingliz tili 3-fakulteti 4-bosqich talabalari uchun seminar tashkil etildi.

Seminar doirasida hozirgi kundagi ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha ma'lumotlar, tadqiqot metodlari va ularni amalga oshirish usullari, tadqiqot natijalariga erishishda e'tibor beriladigan asosiy jihatlarga to'xtalib o'tildi. Professor Nuri Tinaz bitiruvchi kurs talabalarga kelajakda to’g’ri ilmiy yo’nalish tanlash uchun maslahatlar va muhim tavsiyalar berdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga ham nazariy ham amaliy jihatda javob berildi.


———————————————

🇺🇿 🇬🇧 12 Şubat'ta, Marmara Üniversitesi Uluslararası İlişkilerden Sorumlu Rektör Yardımcısı Prof. Nuri Tınaz tarafından, Avrupa Birliği'nin Kredi Değişim Programı "Erasmus+ KA-171" kapsamında, İngiliz Dili Eğitimi 3. Fakültesi 4. sınıf öğrencilerine yönelik "Araştırma Çalışmalarının Metodolojisi: Giriş Adımları" konulu bir seminer düzenlendi.

Seminerde bilimsel araştırmanın yürütülmesine ilişkin güncel bilgiler, araştırma yöntemleri ve bunların uygulama yöntemleri ile araştırma sonuçlarına ulaşmada dikkat edilmesi gereken hususlar ele alındı. Nuri Tınaz, mezun olan öğrencilere gelecekte doğru akademik alanı seçmeleri için önemli tavsiyelerde bulundu. Öğrencilerin sorduğu sorulara hem teorik hem de uygulamalı olarak cevap verildi.


📱@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTUda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

2025-yil 12-fevral kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov  boshchiligidagi ishchi guruh Ingliz filologiyasi va Sharq filologiyasi fakulteti kafedralari faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

12-fevral kuni Argentinaning Mar de Plata milliy universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.


Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi “2025-yilda YUNYESSO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-128-son qarori ijrosini ta’minlash, xususan, Argentinaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish, “O‘zbekiston kunlari” tadbirini tashkil qilish orqali mamlakatimizning boy madaniy merosini namoyish etish uchun ushbu davlatga xizmat safarini tashkil etish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.


Uchrashuvda Argentina tomonidan mazkur universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Natilia Polejio va Gumanitar fanlar fakulteti dekani Enriko Andriotti Romanin hamda OʻzDJTU rektori boshchiligida mas’ullar ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida rektor Ilxomjon Tuxtasinov mehmonlarga universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari va ispan tilining o‘qitilishi haqida ma’lumot berdi, ularni Argentinaga tashrif maqsadlari bilan tanishtirdi. Polejio xonim universitet delegatsiyaning Mar del Plata milliy universitetiga tashrifidan mamnunligi va Braziliyaga safar bo‘yicha xabardor ekannini ma’lum qilib, oliygoh tomonidan barcha tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berishga tayyorligini aytib o‘tdi.


Yakunda 2025-yil aprel oyida Argentina universitetlariga tashrif, hamkorlik masalalari boʻyicha muhokama olib borilib, “Oʻzbekiston: bebaho madaniy meros” nomi ostida “Oʻzbekiston kunlari”ni tashkil qilish boʻyicha rejalar tuzildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

“Mutolaa” OʻzDJTU’da!


“Mutolaa” – o’zbek tilidagi eng sara elektron va audiokitoblar jamlagan ilovadir. Loyiha kitobxon yoshlarga nafaqat ilm manbayi, balki keng yutuqli imkoniyatlarni ham tuhfa etadi:

• ”BYD” avtomobili, turli davlatlarga sayohat, so’nggi rusumdagi qurilmalar, yutuqli marafonlar, kasbiy rivojlanish, va ”Mutolaa Premium” orqali daromad qilish imkoni ham mavjud.

Bizning “Mutolaa” targ‘ibotchilarimizning yuqori daromadlari bunga misol bo‘lmoqda:
•Xudoyberdiyev Shahzodjon: 15 million dan ortiq!
•Abdurahimov O’lmasbek: 4 million dan ortiq!
•Sharofiddinov Nasibjon: 4 million dan ortiq!


Loyiha va undagi imkoniyatlar haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lmoqchimisiz?

Suhbatga marhamat:
“Edinburg” universiteti magistranti, “Mutolaa” loyihasi rahbariSirojiddin Olimov va “Mutolaa” tashkilotchilari bilan bo’ladigan eksklyuziv suhbatda ishtirok eting!

Ro’yxatdan o’tish:
https://forms.gle/jGUEmEYeRxswNrnJ6

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

✍️✍️✍️

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi.


Dasturda mehmon sifatida el ardogʻidagi san’atkor Malika Egamberdiyeva, Muqumiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyor-aktrisalari ishtirok etib, oʻz chiqishlari bilan tadbir qatnashchilarida oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Qolaversa, universitetning iqtidorli talabalari ham oʻz iste’dodlarini turli sahna koʻrinishlari, raqslar va kuy-qoʻshiqlar koʻrinishida namoyish etishdi.

Yakunda dastur ishtirokchilari rektor tomonidan taqdirlandi. Jumladan, Malika Egamberdiyeva hamda OʻzDJTU Amaliy fanlar 3-kafedrasida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan angliyalik Richard Gudalga tashakkurnomalar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

12-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda universitet rahbariyati vakillari, professor-oʻqituvchilar va talabalar faol ishtirok etdi. Dasturni kirish soʻzi bilan ochib bergan universitet rektori I. Tuxtasinov ikki buyuk shaxs ijodining dolzarblik va ahamiyati haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumot berdi.

Tadbir mehmoni sifatida ishtirok etga talantli estrada yulduzi Malika Egamberdiyeva Navoiy va Bobur ijodidan yaralgan qoʻshiqlardan ijro etib, tadbirga bayramona kayfiyat ulashdi.
Iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari va gʻazallar ijro etilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurot qoldirdi.

Universitetning Ingliz tili uchinchi fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda talabalar ikki buyuk sanʼat arboblarining gʻazallarini chiroyli va ifodali ijro etganligi eʼtirof etildi. Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur tadbirda gʻazallarni eng chiroyli ijro etgan talabalarni Malayziyada taʼlim olish uchun yuborishini taʼkidladi. Bu esa talabalar uchun kutilmagan yangilik boʻldi va hammani xursand qildi.


Ushbu tadbir yigʻilganlar tomonidan milliy madaniyat va anʼanalarimizni targʻib qilishda, yosh avlodga ilhom manbai boʻlishda muhim qadam sifatida eʼtirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

11-fevral kuni Britaniya Kengashi, Britaniyalik ekspert Kim Ansel hamda respublika OTMlari vakillari ishtirokida "Universitet boshqaruvi" loyihasi doirasida Zoom ilovasi orqali vebinar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Kuzatuv kengashi kotibi P. Nishonovlar ishtirok etdi. Muloqot chog‘ida Universitet boshqaruvida Kuzatuv kengashi rahbari va kotibining vazifalari, mas’uliyati, Kengash faoliyati samaradorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. Britaniyalik ekspert tomonidan bir qator takliflar ilgari surildi. Vebinar yakunida navbatdagi uchrashuvni joriy yil 11-mart kuni tashkil qilinishini ma’lum qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi 4-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida ko'rik-tanlov o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

💚Tanlovning maqsadi - olima ayollar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi xotin-qizlar, talaba va o'quvchi qizlar orasida ilmiy-tadqiqot faoliyatga qiziqishni oshirish, ularning ilm-fanga qo'shayotgan hissalarini rag'batlantirish hamda yosh avlod uchun namuna yaratish.

💚Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ishtirok etish mumkin:
💚 olima xotin-qizlar (yosh chegaralanmagan);
💚talabalar, magistrlar va doktorantlar;
💚Professional ta'lim muassasalari o'quvchilari va o'qituvchilari;

Ushbu tanlovga hujjatlar quyidagi 3 ta yo'nalish doirasida qabul qilinadi:
💚Innovatsion ilmiy tadqiqotlar;
💚Ijtimoiy-gumanitar va amaliy fanlar va texnologiyalar;
💚 Gender tadqiqotlar.

📄 Tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlar:
- Talabgorning ma'lumotnomasi;
- Asosnoma;
- Loyiha yoki ilmiy ish taqdimoti.

🗓 Ushbu tanlovga hujjatlarni qabul qilish 18-fevral kuniga qadar davom etadi.

👤 Talabalar va magistrlar o'z hujjatlarini Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limiga    @ITITFTB ;
Doktorantlar va o'qituvchilar o'z hujjatlarini Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limiga topshirishlari tavsiya etiladi 
@IIITB714 .

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

12-fevral O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Registrator ofisi xodimlari uchun navbatdan tashqari yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Registrator ofisi boshlig’i A.Xalillayev, Back Office boshlig’i A.Erkayev, Front Office boshlig’i M.Sulaymanov va bo’lim xodimlari ishtirok etdilar.

Yig’ilish quyidagi mavzular bo’yicha bo’lib o’tdi:

- Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb masalasi;
- Registrator ofisi nizomida keltirilgan vazifalar taqsimoti;
- Registr ofisi xodimlari uchun kunlik seminar trening tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda Registrator ofisi boshlig'i A.Xalillayev korrupsiya – millat taraqqiyoti kushandasi ekani haqida nutq soʻzladi. Nutq davomida Ofis xodimlarini ushbu illatga aralashib qolmaslikka va shaffof xizmat ko'rsatishni tashkil qilishga chaqirdi.

Bo’lim boshlig’i M.Sulaymonov Registrator ofisi Nizomida keltirilgan vazifalarni o’z vaqtida aniq va puxta bajarish kerakligi va talabalarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish kerakligini aytib o’tdi.

Shuningdek, Ofis faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida haftaning har shanba kuni xodimlar uchun seminar trening tashkil qilinishini ta'kidlab o'tildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

13-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Tkachenko Alla Viktorovnaning “Oybekning “Navoiy” romani va L. G. Batning “Hayot bogʻi” qissasida Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqini” mavzusidagi filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy ishi doirasida kengaytirilgan  kafedra  muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
 
Offline va ZOOM onlayn platforma orqali bo’lgan muhokamani Jahon adabiyoti kafedrasi professori, f.f.f.d., F.D. Sapayeva olib bordi.
 
Muhokamada kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Kafedra muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

13-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Tarjimonlik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi "Interforum" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "Interforum" tashkiloti bosh tarjimoni Konstantin Golota va bosh tarjimon o‘rinbosari Nozima Asqarova ishtirok etishdi. Uchrashuvni Tarjimonlik fakulteti dekani Ulug‘bek Yo‘ldoshev ochib berdi.

Mazkur uchrashuv tarjimonlik sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro standartlarga mos tarjima amaliyotini rivojlantirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratildi. Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassislardan tarjimonlik kasbining zamonaviy talablari, sinxron tarjimaning o‘ziga xos jihatlari va ushbu sohadagi texnologik innovatsiyalar haqida batafsil ma’lumot olishdi.


Tadbir yakunida "Interforum" tashkiloti vakillari O‘zDJTU bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, talabalar uchun maxsus seminar va treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

📍 Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida

2025-yilning 10-12-fevral kunlari xalqaro reytinglarga kirgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining tajribali professor-o‘qituvchilari ishtirokida sayyor ma’ruzalar tashkil etildi.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna “Inklyuziv ta’lim” mavzusida, Pedagogika fanlari doktori, dotsent Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna “Inklyuziv ta’limning me’yoriy hujjatlari” mavzusida, Psixologiya fanlari doktori, dotsent Shamshetova Anjim Karamiddinovna esa “Psixologik-pedagogik korreksiya” mavzusida 20 soatlik sayyor ma’ruzalar o‘tib, tinglovchilarga inklyuziv ta’lim yo‘nalishida yangi bilim va tajriba almashish imkoniyatini yaratishdi.

Mazkur ilmiy tashrif davomida professor-o‘qituvchilar pedagogik-psixologik yondashuvlar, inklyuziv ta’lim tamoyillari va ularning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati borasida qimmatli bilim va tajribalar bilan o‘rtoqlashishdi.

 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

13-fevral kuni OʻzDJTUda “Mutolaa” loyihasi targʻibotchilari bilan eksklyuziv uchrashuv boʻlib oʻtdi! Tadbir davomida loyihaning imkoniyatlari, foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan ilmiy va kasbiy yutuqlar haqida soʻz bordi.


Uchrashuvda “Edinburg” universiteti magistranti, “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov, loyiha muxarriri Sadullo Qoronov, loyiha menejeri Hurliman Polatovna, marketing bo‘limi rahbari Muhammad Umbetov, OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi. U oʻz nutqida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatiga qaratilayotgan eʼtibor va universitetda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.


Taqdimot chogʻda mehmonlar “Mutolaa” loyihasi elektron va audiokitoblar, “BYD” avtomobili, xorijga sayohatlar va zamonaviy qurilmalar yutugʻi, marafonlar, kasbiy rivojlanish va “Mutolaa Premium” orqali daromad qilish imkoniyati haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Tadbir soʻngida eng faol talabalar va savollarga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilarga mehmonlar tomonidan turli loyihalarning Premium aʼzoliklari taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

13-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy koʻp madaniyatli makonda mutaxassislik taʼlimi va kasbiy taʼlim” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi.


Mazkur anjuman AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo va Osaka universitetlari, Xitoyning Pekin chet tillar universiteti, Italiyadagi L.Bokkoni nomidagi tijorat universiteti va Milan davlat universiteti, Turkiyaning Ankara, Istanbul va Gazi universitetlari, Hindistonning Kalikut universiteti, Rossiya davlat gumanitar universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Povoljsk davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti, Qozon federal universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti va boshqa nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamkorligida tashkil etildi.


Anjumanning ochilish marosimida Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Abdurahim Nosirov, Rossiya Federatsiyasi Prezident huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi Chelyabinsk filiali lingvistika va kasbiy kommunikatsiyalar kafedrasi mudiri Viktoriya Borisovna Sharonova hamda OʻzDJTU ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Yakubovich Yusupov kirish soʻzi bilan ishtirok etdi.

Anjumanning asosiy yoʻnalishlari:

• Mutaxassis kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda zamonaviy metodlar va texnologiyalar.
• Raqamli taʼlim va taʼlimning dolzarb masalalari.
• Koʻp madaniyatli makonda zamonaviy tilshunoslik.
• Til, madaniyat va adabiyotning zamonaviy tendensiyalari.
• Madaniyatlararo muloqot va uning zamonaviy ahamiyati.
Anjuman ishini toʻrtta shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettirdi.


Shoʻbalar boʻyicha taqdimotlar:

I Shoʻba: Tilshunoslikning dolzarb masalalari
II Shoʻba: Madaniyatlararo muloqot konstruktiv muloqot sifatida
III Shoʻba: Til, madaniyat, adabiyot: zamonaviy tendensiyalar va muammolar
VI Shoʻba: Madaniyatlararo muloqot konstruktiv muloqot sifatida


Ushbu xalqaro anjuman ilmiy-amaliy fikr almashish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish va yangi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim platforma boʻldi. Ishtirokchilar tajriba almashish jarayonida dolzarb masalalarni tahlil qilishdi va taʼlim jarayoniga oid ilgʻor metodlar bilan tanishishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun “Mutolaa” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan suhbat haqida xabar bergan edik.


🖥 Mazkur dasturda targʻibotchi boʻlish istagidagi talabalar quyidagi guruhga a’zo boʻlishingiz mumkin: /channel/+yjm-otQ5wsE1ZjYy

Loyiha va suhbat boʻyicha batafsil ma’lumot aynan shu guruhda taqdim etiladi.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

🇺🇿 Bugun 12-fevral kuni O’zbekiston davlat Jahon tillari Universiteti, Ingliz tili birinchi fakulteti dekani Ergasheva Guli Ismoilovna, fakultet Tyutorlari hamda Guruh sardorlari bilan uchrashdi.

O’tkazilgan uchrashuv mobaynida:

Guruh sardorlarining tashabbuskorligi va fidoiyligi kabi fazilatlarining keng imkoniyatlari samarasi borasida fikr va mulohazalar bilan o'rtoqlashdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📩Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

12-fevral kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Denis Wadingham va Testlarni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i Amirsaid Sadikovni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zDJTUda IELTS registratsiya markazini tashkil qilish masalalarini muhokama qilishdi.


Ta’kidlanishicha, markaz IELTS testini topshirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun maxsus tayyorgarlik kurslarini tashkil qilish, ularni ro‘yxatga olish hamda testlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ushbu faoliyatni tashkillashtirganligi uchun bepul o‘rinlar oladi hamda O‘zDJTU ulushi sifatida to‘lanadigan mablag‘ hisobidan Britaniya Kengashi malakali mutaxassislarni jalb qiladi, seminar-treninglar tashkil etadi, universitet professor-o‘qituvchilari uchun Britaniya oliygohlarida malaka oshirish imkoniyatini yaratadi.

I. Tuxtasinov hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan masala – O‘zDJTU o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun Angliyada malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil qilish muhim ekanligini ta’kidlab, hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish taklifini berdi.

Uchrashuv so‘nggida O‘zDJTUda IELTS registratsiya markazini tashkil qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🚪🙋‍♂️🙋‍♀️0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣

📆 Joriy yilning 12-fevral kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani tashabbusi bilan yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish maqsadida 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti uchun “Ittifoq markazi” tashkil etildi.

➡️ Ittifoq markazini fakultet dekani X.Xakimov va fakultet yoshlar yetakchisi R. Qalandarova ochib berdi. Tadbir davomida yetakchi hisoboti tinglandi va yillik hisobot topshirildi. Fakultet dekani hamda Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi tomonidan markazga esdalik sovg'alari taqdim etildi.


Tashkil etilgan ushbu markazda turli xil to'garaklar va intellektual o'yinlar yo'lga qo'yilgan.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirdan fotolavha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Prezidentimiz aytganlaridek, “oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi”.


Как отмечал наш Президент, «великое будущее нации создают образованные матери».

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O‘zDJTUda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda!

📌 11-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh Roman-german filologiyasi fakulteti kafedralari faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi.

🔍 Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.


📚 Universitetda ilmiy faoliyatni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.


/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠

11-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening “Erasmus+ KA-171” loyihasi doirasidagi Credit Almashinuv dasturiga asoslangan “Methodology of Research Works” mavzusida o‘tkazildi. Tadbirda Marmara Universiteti Sosyologiya kafedrasi mudiri va professor Nuri Tinaz o‘zining boy tajribasi va ilmiy yondashuvini ishtirokchilarga namoyish etdi. Seminar-trening Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3 kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etildi.

Seminar-treningda hozirgi kundagi ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha ma’lumotlar, tadqiqot metodlari va ularni amalga oshirish usullari, tadqiqot natijalariga erishishda e’tibor beriladigan asosiy jihatlarga to‘xtab o‘tildi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan berilgan savollariga ham nazariy ham amaliy jihatda javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel