uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun eksklyuziv davra suhbati!

🎓 Hurmatli talabalar!
Siz Prezident davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari haqida to‘liq ma’lumot olishni xohlaysizmi? Ushbu stipendiyalarning imkoniyatlari, talablari va muvaffaqiyatli topshirish yo‘llarini o‘rganishni istaysizmi?

🔹Davlat stipendiyalarining qanday turlari mavjud?
🔹 Qanday imtiyozlar taqdim etiladi?
🔹Tanlovlarda g‘olib bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

💚Ushbu savollarga javob olish va tajribali stipendiatlar bilan suhbatlashish uchun sizni maxsus davra suhbatiga taklif qilamiz!

🗓Tadbir sanasi: 19-fevral
📍 Joy: Universitet asosiy binosi, Faollar zali
Vaqt: 11:00

🏆 Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! O‘z kelajagingizni rejalashtirish va katta yutuqlarga erishish uchun birinchi qadamingizni qo‘ying!

Barchangizni kutib qolamiz!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda!

🕒 Musobaqa 20-fevral kuni – soat 14:00 da universitetda bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa shartlari:

⚽ Erkak professor-o‘qituvchilar Futbol sport turi bo‘yicha belashishadi;

🏐 Ayol professor-o‘qituvchilar Voleybol sport turi bo‘yicha belashishadi.

❗️Har bir jamoada 7 nafar ishtirokchi bo‘lishi shart.

📌Talabnoma topshirish muddati: 18-fevral, soat 17:00 gacha.

📞 Mas’ul shaxs: E. Ochilov (+998 93 591 13 74)

Maqsadimiz SPORT bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Say

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

❗️Фирибгарлар Ўзбекистонлик талабаларнинг маълумотларини қўлга киритган кўринади. Энди улар университет талабаларини контракт қарзи билан қўрқитиб, телеграм аккаунтларни бузишмоқда.

Фирибгарлар Телеграмда университет талабаларига қарз ҳақида сохта файлларни юборишмоқда.

Хар қандай ҳолатда ҳам ушбу файлни очманг, акс ҳолда сизнинг телеграм аккаунтингизни бузиб киришади.

Хабарни барча талабаларга юбориб қўйинг!

@Militsiya_Uzb👈🏽

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

17-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida tashkil etilgan Birinchi Malayziya-O‘zbekiston ta’lim forumi natijalari hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor tomonidan ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mas’ullar ishtirok etdi. I. Tuxtasinov forum doirasida erishilgan salmoqli natijalar hamda ularni amaliyotga tatbiq etish xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, grant dasturlaridan samarali foydalanish va Malayziya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, belgilangan vazifalarni bajarish samaradorligi bo‘yicha har bir mas’ul rag‘batlantirilishi qayd etildi.


Shundan kelib chiqib, Yo‘l xaritasining har bir bandi bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi yuzasidan muntazam ravishda hisobot taqdim etib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

“Yosh tilshunos” to‘garagi a’zolari va tilshunoslikka qiziquvchilar diqqatiga!

🇺🇿 Sizni ilm-fan olamining qiziqarli va chuqur sohasi – psixolingvistikaga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishimizga taklif qilamiz.

Ushbu ilmiy to‘garakda:

Psixolingvistika konsepsiyasi, uning shakllanish tarixi hamda asosiy nazariy muammolari atroflicha muhokama etiladi.

Agar siz inson tafakkuri va til o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni chuqurroq anglashni istasangiz, psixolingvistikaning zamonaviy yo‘nalishlari bilan tanishish va fikr almashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

To’garak vaqti va joyi:

19.02.2025 10:00
Axborot resurs markazi
(Rektorat binosi)


Barchangizni to’garakda kutib qolamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📩Telegram | 🌐Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 11-15 fevralda o‘tkazilgan psixodiagnostika ishlari oʻtkazildi.


Psixodiognostika ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 396-sonli buyrug‘i asosida universitet psixologi Z.T.Xayrullayeva tomonidan tashkil etilgan. Bunda 3-4-bosqich talabalarining ijtimoiy-ruhiy holatini o‘rganish maqsadida psixodiagnostika ishlari amalga oshirildi.


Psixologik diagnostika Google Docs orqali tashkil etilib, natijalar tahlil qilinib, talabalar uchun korreksion ishlar olib borilmoqda. Bunday tadbirlar talabalar ruhiy sog‘lomligini ta’minlash va ularning psixologik holatini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xabar #teatr #madaniyat

🎭 Talabalarning dam olish kunlari mazmunli tashkil etilmoqda.

15-fevral kuni Ingliz filologiyasi fakulteti Kechki ta’lim tyutori Sadoqat Nurullayeva hamda Adabiyotshunoslik kafedrasi ustozi Yashnar Avlakulov 2401-2402-guruh talabalari bilan birgalikda "O‘zbekiston davlat drama teatri"ga tashrif buyurishdi.

Teatrda repertuardan joy olgan klassik asar, sevgi, qismat va ijtimoiy to‘siqlar haqida hikoya qilinuvchi "Romeo va Julietta" spektaklini maroq bilan tomosha qilishdi. Spektakl davomida, sahnada har bir voqealarning mahorat bilan jonlangan jonli ijrosi talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.


Tashrif orqali talabalar o‘zaro fikr almashdilar, teatr san’atiga qiziqishlarini oshirdilar va ijodiy ruhdan ilhomlandilar.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

15-fevral kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi N.Nazarova rahbarligida "Chevar qizlar" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.


To‘garakda talaba-qizlarning ijodiy va amaliy qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularga o‘z kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, milliy hunarmandchilik va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratish maqsad tashkil qilingan.

Navbatdagi to‘garak mashg‘ulotida talaba qizlar turli uslublarda chiroyli gullar yasashni o‘rganishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

15-fevral kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Kitoblarim 100 (yuzi)" marafonining ilk soni boʻlib oʻtdi.

📖Marafonga qoʻyilgan ilk kitob Yu Xuaning "Yashamoq" asari boʻldi.

Muhokamada marafon sardori Xayrullayeva Shahzoda, Axborot -resurs markazi bo'lim mudiri M.Muxamedjonova va barcha fakultet talabalari asarning g‘oyaviy mazmuni, tarixiy konteksti va badiiy uslubi haqida fikr almashishdi.

Asar bosh qahramoni Fuguinining hayot sinovlari, qashshoqlik va oilaviy yo‘qotishlarga qaramay, yashashga bo‘lgan irodasi insoniy bardoshlilik timsoli sifatida baholandi.


Dastur yakunida marafonning 1-kunida faol talabalar ishtirok etgan talabalar mukofotlandi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Keyingi muhokama uchun Ulugʻbek Hamdamning "Ota" asari tanlangan boʻlib, u 22-fevral kuni 14:00 da tahlil qilinadi.

📍 Batafsil info

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 🧠🧠🧠🧠

🤔 Intellektual haftalik doirasida Zakovat musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Xabaringiz bor, “Yoshlar oyligi” doirasida Intellektual haftalikka start berildi.

📚 Bugun barcha fakultetlardan yig‘ilgan 27 ta jamoa o‘rtasida musobaqaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🏆Natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar universitet bosiqchiga yo‘l oldi:

1️⃣”Boylarga mazza”;
2️⃣”Mon-Blan”;
3️⃣”O‘zbekiya”;
4️⃣”MantIQ”;
5️⃣”Tuz”;
6️⃣”Acer”;
7️⃣”Qirollik”;
8️⃣”134ever”;
9️⃣”Turon”;
1️⃣0️⃣”Fintastic”;
1️⃣1️⃣”Cognitives”;
1️⃣2️⃣”Zakiyalar”;
1️⃣3️⃣”Paradoks”;
1️⃣4️⃣”Cosmos”;
1️⃣5️⃣”Sunshine”;
1️⃣6️⃣”Fenomen”;
1️⃣7️⃣”Ideal”;
1️⃣8️⃣”Alyans”;
1️⃣9️⃣”Genius”;
2️⃣0️⃣”Saydana”.


⚡️ Ushbu jamoalarga universitet bosqichida omad tilab qolamiz.

🤝 Barcha ishtirok etgan talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz.

#zakovat #intellektual_haftalik #yoshlar_oyligi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu #uzdjtu_yoshlari

📱@zakovat_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy koʻp madaniyatli makonda mutaxassislik taʼlimi va kasbiy taʼlim” mavzusidagi xalqaro anjumandan videolavha.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

09:00  15.02.2025

BADIY TARJIMA MADANIYATLARARO KO'PRIK

#Toshkent

muxbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova

/channel/zamon_lavhalar

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤔,,Navoiy va Boburxonlik’’ tadbiridan video lavhalar ✈️

Bizni kuzatib boring
📱Telegram | 📱 Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

14-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir fakultet dekan maslahatchisi Z.P. Achilova hamda Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri M. Muxamedjonova tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda talabalar Bobur ijodiga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Boburning ilm-fan, adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritilib, uning merosi yoshlar uchun muhim ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi. Bobur asarlari – milliy g‘ururimiz, adabiy meros va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, Bobur g‘azallarining badiiy yuksakligi haqida qiziqarli fikrlar bildirildi.

📍Roman-german filologiyasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

14-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yun Jun, elchixona 2-kotibi Wu Meng Ning xonim,  ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchilari Li Li xonim va Syu Lian xonimlar O‘zDJTUga tashrif buyurdi.

Tadbir avvalida mehmonlar uchun universitetning faollar zalida xitoy tili guruhi talabalari tomonidan tayyorlangan xitoy va o‘zbek milliy raqslari, qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan badiiy dastur namoyish etildi.

Tadbirni Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida XXR bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy munosabatlar, ta’lim sohasidagi hamkorlik, universitetimizda xitoy tilini o‘qitishga berilayotgan e’tibor haqida so‘zladi.

So‘ng Yun Jun janoblari taklif uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zDJTU tomonidan xitoy tili bo‘yicha kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan mamnunligi haqida gapirib, bu ikki mamlakat orasidagi gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Talabalar ishtirokida tayyorlangan tadbir mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari tomonidan xitoy tili va madaniyatini o‘qitishda samarali natijalarga erishganligini aytib o‘tishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Eslatma

☄️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qilgan.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

ТЎҲТАНГ, БУНДАЙ ФАЙЛНИ ОЧА КЎРМАНГ!

Фирибгарларга алданманг. Телефондаги барча шахсий маълумотларни қўш-қўллаб топшириб юборманг.

@Militsiya_Uzb👈🏽

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠

17-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixolog Z.T. Xayrullayeva tashabbusi bilan “Qalqon” jamoasi a’zolari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir “Boshqaruv psixologiyasi” va “Shaxslar pozitsiyasi” mavzulariga bag‘ishlandi.

Seminar davomida ishtirokchilarga jamiyatdagi belgilangan me’yorlar va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonlari, shuningdek, shaxslararo munosabatlarni boshqarishda boshqaruv psixologiyasining o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Seminar psixologik bilimlar asosida boshqaruv psixologiyasi sohasidagi nazariy va amaliy tajribalarning ahamiyatini ochib berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Say

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Yig‘ilishda yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida yuqoridagi ustuvor vazifalar belgilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

Xalqaro jurnalistika fakultetida Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi tashabbusi bilan seminar-trening tashkil etildi.

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida nufuzli jurnalist, Qozog‘iston telekanalining shef muxbiri va xalqaro tahlilchi Indira Begaydarovna Asanova mehmon bo‘ldi.

Mutaxassis, MPA MDH “Parlamentaro hamkorlikni mustahkamlash uchun” medali sohibasi va “Nur Sunkar” davlat mukofoti g‘olibi, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, xalqaro jurnalistika, media sohasi va zamonaviy ommaviy axborot vositalarining rivojlanish tendensiyalari haqida fikr almashdi.

Seminar-treningda fakultetning Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Trening quyidagi mavzular yuzasidan o‘tkazildi:

🔹 Zamonaviy xalqaro jurnalistikada axborot ishonchliligi va shaffoflik;
🔹 Media sohasida axborot xizmati va PRning o‘rni;
🔹 Jurnalistning xalqaro maydondagi roli va kasbiy etikasi.


Seminar davomida talabalar va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda xalqaro jurnalistikada muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha qimmatli tavsiyalarni eshitdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Yosh tadqiqotchilar to‘garagi faoliyatini xalqaro maydonda
davom ettirmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Minsk davlat lingvistika universiteti talabalari “Yosh tadqiqotchilar” klubi doirasida o‘z faoliyatini yanada rivojlantirib, navbatdagi bosqichga qadam qo‘ydi.

Ingliz tili integrallashgan kursi-3 kafedrasi mudiri P.Omanov hamda katta o‘qituvchilari Y.Sharipova, Y.Zemlyankina rahbarligida ikki davlat talabalari Minsk Lingvistika Universitetida bo‘lib o‘tgan “СТУДЕНЧЕСКИЕ НАУЧНЫЕ ЧТЕНИЯ ” (Talabaning ilmiy mutolaasi) nomli 2-ilmiy-amaliy konferensiyada talabalarimiz turli sho‘balarda faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda talabalar o‘zlarining ilmiy maqola va taqdimotlari bilan chiqish qilib, bilim va tajribalarini almashishdi.


Bu tadbir nafaqat ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, balki ikki davlat talabalari o‘rtasida madaniy va akademik almashinuvni rivojlantirish uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Yosh tadqiqotchilar to‘garagi tashabbuskor o‘qituvchilari va talabalari kelajakda ham shunday loyihalar orqali hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

To‘garakning faoliyati talabalarning xalqaro arenada ilmiy qiziqishlarini namoyish etish va qolaversa, ingliz tilidagi nutq mahoratini takomillashtirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.


Kafedrada mavjud imkoniyatlarda samarali foydalangan holda boshqa xorij oliy ta’lim muassasalari bilan ham xalqaro aloqalarni o‘rnatish, mavjudlarini yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#boburday

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Joriy yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida pedagogika fanlari doktori, professor Axmedova Layloxon Tolibjonovna hamda "Filologiya va tillarni o‘qitish" (rus tili) yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan buyuk shoir, davlat arbobi va boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab #Boburday chellendjini o‘tkazishdi!
Tinglovchilar Bobur ijodidan she’rlar o‘qib, uning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishish orqali boburiylar davlati va madaniyatini yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bu tadbir nafaqat Bobur merosini yod etish, balki milliy g‘ururimizni mustahkamlash va tarixiy shaxslarimizni o‘rganishga rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Joriy yilning 15-fevral kuni OʻzDJTU 4-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar holidan xabar olindi.


Dastur Roman-german filologiyasi  fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova tomonidan amalga oshirildi.

Tashrif chog‘ida TTJ pedagogi Z.Karimova bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holati tekshirildi.

Shuningdek, talaba-qizlarga yana bir bor yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyatini saqlagan holda ahil-inoq bo‘lish kabilar haqida tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

#seminar #trening

🖤Xotin-qizlar masalalari boʻyicha universitet psixologi Sh.Boʻstonova tomonidan tyutorlar ishtirokida “Talabalarda distruktiv xulq-atvorning salbiy oqibatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

📎 Maqsad: Distruktiv xulq-atvor – bu shaxsga, jamiyatga va atrof-muhitga zarar yetkazadigan xatti-harakatlar bo‘lib, u talabalarning ta’lim jarayoni, kelajakdagi kasbiy rivojlanishi va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida tushunchalar berish.

🔺 Trening davomda nazariy bilimlar bilan birga proyektiv metodikalar va roʻlli oʻyinlardan foydalanildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

♻️ 2025 yil 14 fevral kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "Yoshlik" jurnali tahririyatida malakaviy amaliyot bo'yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri Lutfulla Xoliyarov, kafedra o‘qituvchilari Nargiza Xamidova, Erkin Jurayev hamda "Yoshlik" jurnali tahririyati mas'ul kotibi G'iyosiddin O'narov va tahririyatda amaliyot o‘tayotgan Tarjimonlik fakulteti fransuz tili yo‘nalishi TFRA-2211, TFRA-2212 guruh talabalari ishtirok etdilar.


🔰 Davra suhbati davomida "Yoshlik" jurnalida chop etilgan asarlar va ularning tarjimalari, shuningdek taniqli tarjimonlar va yozuvchilar xususida so'z bordi.

📚 Talabalar o'zlari o'qigan va tarjima qilgan hikoyalari va ulardan olgan taassurotlari haqida gapirib berdilar hamda tarjima jarayonida yuzaga kelgan savollarga javob oldilar.


📰 Suhbat so'ngida tahririyat tomonidan talabalarga "Yoshlik" jurnalining bir nechta sonlari sovg'a qilindi.

📍/channel/RGTT_TF

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦

13-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi tomonidan “Zamonaviy ko‘p madaniyatli makonda mutaxassislik ta’limi va kasbiy ta’lim” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etildi.

Mazkur xalqaro anjumanda AQShning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo va Osaka universitetlari, Pekin chet tillar universiteti, Italiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ko‘p madaniyatli muhitda mutaxassislik va kasbiy ta’limni rivojlantirish, xorijiy tajribalar almashinuvi, zamonaviy ta’lim tendensiyalari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

13-fevral kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va Ingliz tili amaliy aspektlar kafedrasi tomonidan tadbir tashkil etildi.


Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavalludining 542 yilligi munosabati bilan oʻtgan “Navoiy va Boburxonlik” nomli tadbir kechasi ko’tarinki ruh va zavqga boy boʻldi.

Dastur davomida Navoiy va Bobur bobomizning hayoti, ijodi va asarlari qadr-qimmatining buyukligiga yana bir karra guvoh bo’ldik.

#AlisherNavoiy #BoburDay #Navoiy584 #Bobur542 #uzdjtu #uzdjtu_yoshlari

📍 Ingliz filologiyasi Yoshlar ittifoqi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish va yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga undash maqsadida 14-fevral kuni Roman-german filologiyasi fakultetida Milliy liboslar kuni tadbiri tashkil etildi.

Tadbir fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P. Achilova boshchiligida kafedralar tomonidan milliylikka targ‘ib tadbirlari doirasida o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek milliy kiyimlarining go‘zalligi va qadriyatlarimizdagi o‘rnini namoyish etdilar. Tadbir davomida milliy urf-odatlar, an’anaviy kiyimlar va ularning tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

📍Roman-german filologiyasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Madaniy tadbirdan so‘ng XXR elchisi va maslahatchilar bilan rektoratda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev hamda Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Xakimova ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida A. Nasirov O‘zDJTU faoliyati, Xitoy OTMlari bilan hamkorlik haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berdi va qo‘yidagi takliflarni ilgari surdi:

1) Chet tillari, asosan xitoy tili o‘qituvchilari malakasini oshirish, Xitoy Hukumati va OTMlari grantlari asosida malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.

2) Talabalar uchun ajratiladigan grantlar sonini oshirish.

3) O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mingdan ortiq Xitoy kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun rus va o‘zbek tili kurslarini tashkil qilish, bunga Til markazini keng jalb qilish.

4) Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagida yurgan Xitoylik abituriyentlar va talabalar uchun rus yoki o‘zbek tili onlayn va offlayn kurslarini tashkil qilish.

5) Xitoylik 9-sinf maktab bitiruvchilarini universitetimiz qoshidagi akademik litseyga qabul qilish, parallel ravishda rus yoki o‘zbek tilini o‘qitish.

6) O‘zDJTU talabalarini O‘zbekistondagi Xitoy kompaniya va korxonalariga amaliyot o‘tash uchun yuborish. Bunda ular ham xitoy tili bo‘yicha amaliyot o‘taydi, ham kasb o‘rganadi, kelajakda shu kompaniyalarda ishlashadi.

7) Xitoydagi o‘zbek tili o‘qitiladigan OTMlarda o‘zbek tili kafedrasini ochish.

8) O‘zbek asarlarini Xitoy tiliga tarjima qilish va Xitoy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha qo‘shma loyiha yoki grantlar ajratish.


Elchi janoblari O‘zDJTUning xitoy tili o‘qitiladigan respublikadagi yetakchi universitet ekanligini e’tirof etib, takliflar uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ularni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Uning fikricha, bu ishlar ikki mamlakat yoshlari va xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi, O‘zbekistonda xitoy tilini o‘qitishga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari berildi va kuzatib qo‘yildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

14-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida yoshlarni kiberjinoyatlardan himoya qilish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirnifakultet dekani Baxrom Qulmatov ochib berdi.
Tadbir mehmoni Toshkent shahar IIBB AXSJQKXB XPB katta inspektori, katta leytenant S.A. Xudoyqulov ishtirokchilarga kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar berib, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish usullari haqida tushuntirdi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha mutasaddi xodimlari – leytenant B. Karimov, J. Panjiyev hamda universitet profilaktika inspektori kapitan Sh.N. Bekmetov tyutor-o‘qituvchilarga talabalar hayotidan xabardor bo‘lish, ularni kiberjinoyatlardan asrash bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel