O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
⏺"Yashil Tafakkur" loyihasining 1-mavsumi yakunlandi! ⏺
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan "Yashil tafakkur" loyihasi o‘zining 1-mavsumini muvaffaqiyatli yakunladi!
🌱Ekologik tafakkur, innovatsion g‘oyalar va jamoaviy birdamlik – loyiha davomida yoshlar ushbu qadriyatlarni o‘zida mujassam etdi.
🗓5 kunlik ekologik marafon davomida ishtirokchilar atrof-muhit muhofazasi, barqaror rivojlanish va ekologik innovatsiyalar bo‘yicha bilimlarini oshirishdi.
🎉 Faol ishtirokchilar Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov tomonidan esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlandi! Bizning jamoamiz tabiatni asrash, ekologik muammolar yechimini izlash va yashil tafakkurni rivojlantirish yo‘lida birgalikda harakat qilishda davom etadi.
🟦🟦🟦
25-fevral kuni OʻzDJTU Jahon adabiyoti kafedrasida kafedra doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi.
Ilmiy-nazariy seminar doktorantlarga qulaylik yaratish maqsadida Zoom platformasida olib borildi. Seminarni Jahon adabiyoti kafedrasi professori F.D.Sapaeva ochib berdi.
Ilmiy seminarda kafedraning oʻrindosh oʻqituvchisi, dotsent Begoyim Holbekova “She’riy tarjimada shakl, mazmun, va ohangni qayta yaratish masalalari” mavzusida ma’ruza qildi. B.Holbekova seminar davomida Navoiy gʻazallarining ingliz tiliga qilgan tarjimalaridan namunalar oʻqib berdi.
Shuningdek, kafedraning 2-kurs tayanch doktoranti Ibodullayeva Zilola Slovakiyadagi “National Scholarship Programme” almashinuv dasturi, shuningdek Slovakiyadagi stajirovka jarayoni haqida qiziqarli ma’lumotlar (mahorat dars) tartib-qoidalari, ushbu dasturda ishtirok etish talablari bilan tanishtirdi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro trening dasturining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida ishtirokchilar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, amaliyot jarayonida aks ettirish, dastur tamoyillari hamda kelajak rejalari haqida fikr almashdilar.
Dastur quyidagi sessiyalar bilan yakunlandi:
• “1-kunning muhim jihatlari” va “Maktablarda kasbiy rivojlanish” mavzulari muhokama qilindi.
• “O‘qituvchilik amaliyotida aks ettirish” mavzusida Kamola Alimova va Gulnora Nosirova tomonidan seminar o‘tkazildi.
• “Trening dasturining istiqbollari” sessiyasida Yayra Abduraimova, Dina Mamirbayeva, Zamira Abdujabbarova va Durdona Saydazimova ishtirok etdi.
• “O‘zimga maktub”, “Harakat rejasini tuzish” hamda “Sertifikat topshirish marosimi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyalar Nodira Isamuxammedova va Rozaliya Ziryanova tomonidan olib borildi.
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yashil madaniyatni rivojlantirish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va barqaror rivojlanish tamoyillarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan tadbir Tarjimonlik fakulteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
Unda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda kelajak avlod uchun toza muhitni saqlab qolish masalalari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Joriy yilning 24-25-fevral kunlari “Gubkin” nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti Toshkent shahar filiali mezbonlik qilgan “UNIVERSIADA-2024” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.
👨💻👩💻🧠
24-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida PRESSETT treningi o‘z ishini boshladi.
Treningning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonini mustahkamlash, reflektiv amaliyotlarni chuqur o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
Mazkur treningda Respublika OTMlarining 160 dan ortiq professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Denise Waddingham kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Trening davomida quyidagi mavzular muhokama qilinmoqda:
✅ CPD va reflektiv amaliyotlar tushunchasi
✅ Metodologik dars namunasi va tahlili
✅ Til o‘rganish darslarida refleksiya
✅ O‘qitish amaliyotida refleksiya va rejalashtirish
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha suhbatdan o'tgan talabgorlarning natijalari
13.00.02-Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha suhbatdan o'tgan talabgorlarning natijalari
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha suhbatda o'tgan talabgorlarning natijalari
10.00.01- Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo'yicha suhbatdan o'tgan talabgorlarning natijalari
10.00.04-Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo'yicha suhbatdan o'tgan talabgorlarning natijalari
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha suhbatdan o'tgan talabgorlarning natijalari
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#milliy_qadriyatlar
🔸 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti tomonidan talabalar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni rivojlantirish maqsadida “Milliy qadriyatlar san’ati” mavzusida ijodiy esselar tanlovi, “Milliy she’riyat kechasi” va “Milliy naqshlar dizayni” tanlovlari o‘tkazildi.
➖ Tanlov davomida talabalar milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Uzoq tarixiy jarayonda shakllangan qadriyatlarimizning inson hayotidagi o‘rni, ona yurtga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat kabi muhim fazilatlar haqida tushuntirishlar berildi.
➖Milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovlar talabalar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐Instagram
A seminar-training on PRESETT, CPD and AELLCA was conducted at UzSWLU in 3 rd English faculty by Akhmadalieva Khosiyatposhsho, Acting Associate Professor of Theoretical Aspects of the English Language department.
🔹 Participants shared experiences on modern teaching methods, interactive learning, and reflection practices—key in teacher development.
🔹 The seminar provided insights into CPD (Continuing Professional Development), PRESETT, and AELLCA, emphasizing their role in enhancing teaching methodologies.
🔹 Professors received recommendations on implementing innovative strategies and integrating reflective practices for better learning outcomes.
Such initiatives are crucial for advancing English language teaching and fostering professional growth!
#xalqaro_hamkorlik
🎎 Yaponiya an'analariga ko‘ra, imperator Naruhito tug‘ilgan kuni – "Tug‘ilgan kun" (Tanjōbi) – davlat bayrami hisoblanib Yaponiya va boshqa joylarda har yili nishonlanadi.
🇺🇿🇯🇵 Shu munosabat bilan 21-fevral kuni Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan Hyatt Regency mehmonxonasida shunday tadbir tashkil etildi.
✔️ Tadbirga O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev va Yapon filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari taklif etildi.
✔️ Tadbir davomida Yaponiya va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalar mustahkamlanib, ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik rishtalari yana bir karra yodga olindi. Ishtirokchilar Yaponiya madaniyati, an'analari va urf-odatlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
🌐 Bizni kuzating
#ogohlik
🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
➡️nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;
➡️isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;
➡️gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
➡️xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;
➡️isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
➡️gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;
➡️tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
➡️isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.
2️⃣2️⃣2️⃣
21-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida “Ayol qismati” badiiy filmi namoyish etildi.
Film ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning hayotda duch keladigan qiyinchiliklari va ularga qarshi kurashish motivlariga bag‘ishlangan.
Tadbirda 400 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Film davomida ayollarning kuchli irodasi, dunyoqarashidagi o‘zgarishlar va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida muhokamalar olib borildi. Tomoshabinlar har bir sahnadan chuqur ta’sirlanib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir yakunida milliy qadriyatlarning bugungi kundagi ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ularni asrab-avaylash va targ‘ib qilish zarurligi ta’kidlandi. Talabalarda milliylik, vatanparvarlik va Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Bugun “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi 4-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” tanlovi o‘z yakuniga yetdi!
🔍 Tanlov innovatsion ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy-gumanitar va amaliy fanlar hamda gender tadqiqotlari yo‘nalishlarida o‘tkazilib, unda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etish imkoniyati berildi:
✅ Olima xotin-qizlar (yosh chegaralanmagan);
✅ Talabalar, magistrlar va doktorantlar;
✅ Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilari.
🟦🟦🟦🟦
📌Ijtimoiy-gumanitar va amaliy fanlar hamda texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafar g‘olib:
1-o‘rin Xudoyberdiyeva Nigora Sherali qizi- Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi;
2-o‘rin Matmuratova Sarvinoz Azatovna- 1bosqich magistr Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi
3-o‘rin Axmedova Malika Muxammadovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi dotsent v.b
📌 Gender tadqiqotlar yo‘nalishi bo‘yicha 2 nafar g‘olib aniqlandi!
2-o‘rin Jo‘raxolova Bahora Qurbonboyeva - O‘zbekiston davlat jahon tillari Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
3-o‘rin Keldiyorova Sevinch Jasur qizi – Tarjimonlik fakulteti 2-bosqich talabasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU 1-sonli talabalar turar joyida milliy taomimiz – osh tayyorlandi.
Tyutor M.Allamova boshchiligidagi birinchi bosqich talabalari ishtirokida oʻtgan mazkur dastur davomida talabalar osh tayyorlash jarayonini o‘rganib, milliy taomlarni tayyorlash san’ati va uning tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishdi.
Talabalarning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va milliy madaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu tadbir talaba-qizlarning pazandalik sirlarini ham oʻrganishiga asos boʻlib xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Xalqaro jurnalistika fakulteti va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda.
🇺🇿O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Xalqaro jurnalistika fakulteti va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda RUDN filologiya fakulteti dekanining xalqaro aloqalar bo‘yicha muovini, jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi dotsenti N.V. Poplavskaya ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida jurnalistika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mahorat darslari tashkil etish, xalqaro konferensiyalar va amaliy treninglarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
@xalqarojurnalistika_fakulteti
Sen aziz va muqaddassan, muqaddas ayol!
Tadbirda siz talabalarimizning chiqishlaridan, turli kuy-qo'shiqlar va ijodiy ko'rinishlardan hamda mehmonlarimiz tashrifidan bahramand bo'lishingiz mumkin!
🟦🟦🟦🟦🟦
25-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga o‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaslik va OITSga qarshi kurashishda qanday choralar zarurligi haqida tushuntirishdan iborat bo'ldi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Karimov O‘ktam Abdurahmonovich ishtirok etdi va talabalarga sog‘liqni saqlash, profilaktika hamda xavfsizlik bo‘yicha muhim ma’lumotlar berdi.
4️⃣4️⃣4️⃣
Hurmatli talabalar!
Sizlarni 27-fevral kuni soat 12:00 da
📍O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, asosiy bino, faollar zali
bo‘lib o‘tadigan eksklyuziv uchrashuvga taklif etamiz!
🇺🇿 Tadbir mehmoni – O‘zbekiston faxri!
✨Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni
⭐️Ikki karra Jahon chempioni
✨Uch karra Osiyo chempioni
🥇 Professional bokschi –
Bahodir Jalolov!
🗣️Uchrashuv davomida sizni nimalar kutmoqda?
✅ Bahodir Jalolovning shaxsiy tajribalari va sportdagi yo‘li
✅ Professional boks olamidagi sirlar
✅ Sportchining kelajak rejalari va motivatsion tavsiyalar
✅ Bevosita muloqot va qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati
❗️Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚡️ Sharq filologiyasi fakultetida kunduzgi va kechki ta'lim talabalari uchun malakaviy amaliyot konferensiyasi tashkil qilindi
✔️ Ushbu konferensiya talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatlarini ko'rib chiqishga bag'ishlangan boʻlib, konferensiya davomida talabalarga amaliyotning maqsadi, mazmuni va usullari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
☑️ Talabalar o'z amaliyot jarayonida qanday vazifalarni bajarishlari, qanday ko'nikmalarni rivojlantirishlari va qanday natijalarga erishishlari kerakligi haqida ma'lumot oldilar.
✔️ Konferensiya davomida fakultetning professor-o'qituvchilari va mutaxassislar tomonidan talabalarning savollariga javoblar berildi va amaliyot jarayonidagi tajribalar bilan bo'lishildi.
🌐 Bizni kuzating
🟦🟦🟦
Bugun erta tongda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan barcha talabalar odatga ko‘ra kunni badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Mashg‘ulotlar yotoqxona pedagog xodimlari va talabalar kengashi raisining ishtirokida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
3-TTJ va 4-5-6- TTJda ertalabki mashg‘ulotlar yuqori darajada tashkil etilib, talabalar jismoniy faolliklarini oshirishga qaratilgan qiziqarli va samarali dasturlar bilan shug‘ullanishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU talabalari O‘zLiDePda malakaviy amaliyotini yakunladi
2025-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Siyosiy Kengashi binosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining malakaviy amaliyot yakuni bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Talabalar amaliyot davomida o‘rgangan bilim va tajribalarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.
Tadbirni O‘zLiDeP Siyosiy ta’lim markazi rahbari Alimov Nasimjon Hoshimovich ochib, talabalarning faolligi va tirishqoqligini yuqori baholadi hamda ularga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.
“Siyosiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham tadbirda ishtirok etib, siyosiy partiyalarning jamiyat rivojidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar:
✅ Siyosiy fanlar doktori, dotsent Sanjar Saidov O‘zbekistonda siyosiy jarayonlarning shakllanishida siyosiy partiyalar muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
✅ PhD, dotsent Sharof Agabayev amaliyot rahbari sifatida, bu tajribaning talabalar kasbiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#talabalar #amaliyot #jarayon
📌 Ingliz filologiyasi fakultetida 2-bosqich talabalarining amaliyot oldi uchrashuvi tashkil etildi.
Unda fakultet dekani Yusuf Azzamov talabalarga amaliyot o‘tash tartibi haqida ma’lumotlar berdi, bu jarayondagi ularning mas’uliyati haqida to‘xtalib o‘tdi va kerakli tavsiyalarini ham bildirdi.
Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan taqdimot ham namoyish etildi. Unda ushbu jarayon bilan bog‘liq bir qator vazifalar va masalalar ham ta’kidlab o‘tildi.
✅ Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🇺🇿 Milliy libos – nafaqat kiyim, balki millat ruhi va g‘ururi timsolidir!
#sharq_filologiyasi
✅ ⚡️⚡️⚡️
QIZLARGA yotoqxona
.📍📍📍Manzil: Chilonzor tumani
10 mavze
📌Mo'ljal: Jahon tillari Universiteti ro'parasi
🚇 Chilonzor metro 🔤
🚌 Avtobuslar qatnovi
🛍🛒 Bozor va marketlar
🏃♂➡️💪 Sport zallar
👨💻IT kurslar
📙📚 chet til kurslari ga yaqin
Shovqindan xoli joyda joylashgan
✅SHAROITLAR
🛜 WI-FI
✅KIRMOSHINA
🚰 ISIQ SUV SOVUQ SUV
🔥GAZPLITA
✅ MUZLATGICH
🔥ATAPLENA TOPLI POL
🛁🚽 Sanuzelari alohida 2+2ta
Hamma sharoitlari bor
KAMUNAL ICHIDA
📄 ❗️IJARA SHARTNOMA QILINADI
💵 Narxi: 1 000 000 so'm
Qolgan malumotlar lichkada
. ❌👨💼 MAKLERLAR BEZOVTA QIlMASIN❗️❗️
✅@Dilshod4041
Tel: 📞 90 024 42 44
🟦🟦🟦🟦🟦
Universitet xotin-qizlar psixologi Sh.X. Boʻstonova va Sharq filologiyasi fakulteti tyutori Fozilova Sadoqat hamkorligida, fakultetning 1-kurs talabalari ishtirokida “Oʻzingni angla” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir yosh ayollar orasida o‘zini anglash va turli sharoitlarga moslashish borasida ochiq fikr almashish imkoniyatini yaratdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar nevrotik holatlarni bartaraf etish, atrofdagi insonlar bilan munosabat madaniyatini chiroyli tashkil etish va muammoli vaziyatlarda psixologik to‘g‘ri xulosalar chiqarish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Interaktiv muhokama orqali talabalar amaliy tavsiyalar va psixologik yondashuvlarni o‘zlashtirishga intildilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangi farmoni doirasida yigʻilish oʻtkazildi.
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirishga oid” farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universitetining Ingliz tili ikkinchi fakultetida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
🔹Tadbirda fakultet dekani Kulmatov Baxram Gulyamovich kafedra mudirlari, tyutorlar va talabalarni farmon mazmuni bilan tanishtirdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat talabalarga ham taqdim etilib, uning ahamiyati, ijrosi hamda ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar haqida muhim ma’lumotlar yetkazildi.
🔹Yigʻilish davomida farmonning ta’lim jarayoniga ta’siri va uning samarali ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Fakultet rahbariyati va o‘qituvchilar talabalarni huquqiy savodxonligini oshirish hamda farmonning amaliyotga tatbiq etilishiga alohida e’tibor qaratishdi.
#muhim
@second_faculty_official