O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
🎯 Rethink VC: AI va EdTech’da Investitsiyalar Kelajagi
📅 30-iyul | 🕕 18:00 (CET) | 💻 Onlayn | 💸 Bepul
🚀 Sun’iy intellekt va ta’lim texnologiyalari startapingiz bormi? Investor qidiryapsizmi?
Unda aynan siz uchun!
🌍 Rethink VC — xalqaro onlayn konferensiyada 7 nafar yetakchi venchur investor eng so‘nggi trendlar, startaplarni moliyalashtirish va o‘stirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi.
🎙 Spikerlar orasida:
🔹 Denis Kalyshkin – I2BF Global Ventures
🔹 Dmitriy Firsin – AltaIR Capital (500+ bitim, 11 unicorn)
🔹 Sergey Toporov – Leta Capital
🔹 Sergey Negodyaev – PT Ventures
🔹 Sergey Bogdanov – Yellow Rocks
🔹 Anton Fedorov – Flashpoint
🔹 Denis Efremov – R136 Ventures (Forbes 30 under 30)
...va EdTech sohasining yirik vakillari: Skillbox, SkillFactory, Skyeng asoschilari
#dolzarb90kun
🚀2025-yil 25-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva tomonidan “Mening startap loyiham” 💰 nomli navbatdagi to‘garak o‘tkazildi.
Mazkur to’garak mashg’ulotida “Startap strategiyasi:g‘oyadan tijoratgacha” mavzusi asosida innovatsion fikrlash, kreativ yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish orqali muvaffaqiyatli startaplarni yaratish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.
To‘garak mashg‘uloti davomida ishtirokchilar startap strategiyasining maxsus formulasi — “S = (I + V) × (P + T) + (M × G) + C” asosida quyidagi bosqichlarni o‘rgandilar:
• I – Innovatsion g‘oya: bozor muammosiga kreativ yechim;
• V – Qiymat taklifi: mijoz uchun noyob qiymat;
• P – Minimal mahsulot (MVP): sinovdan o‘tkaziladigan ilk mahsulot;
• T – Texnologik yechim: texnologik platforma yoki infratuzilma;
• M – Marketing strategiyasi: bozorga chiqish va mijozni jalb etish;
• G – Maqsadli auditoriya: aniq foydalanuvchilar guruhi;
• C – Tijoratlashtirish: daromad olish va kengayish modeli.
0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨🏫👩🏫
OʻzDJTU vakillari xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi
Joriy yilning 6-19 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan respublikamizdagi sinolog mutaxassislar - Xitoy tili, madaniyati va siyosatini o‘rganuvchi olim va o‘qituvchilar uchun maxsus malaka oshirish dasturi tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida O‘zbekistonning turli hududlaridan 17 nafar sinolog Tyanszin shahrida joylashgan 天津师范大学 – Tyanszin pedagogika universitetida o‘quv kurslarida qatnashdi. Shuningdek, ishtirokchilar XXR poytaxti Pekin shahrida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅🎓Xorijiy diplomni o‘z yurtingizda qo‘lga kiriting!
O‘zDJTU ning Qo‘shma ta’lim dasturi orqali siz:
✅ Xalqaro tan olingan diplom egasiga aylanasiz
✅ Xorijdan kelgan malakali ustozlardan ham ta’lim olasiz
✅ Til, madaniyat va 21-asr ko‘nikmalarini birga o‘rganasiz
✅Qabul muddati: 20-avgustgacha
🗓Imtihon: 26-avgust
Dastur haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Videoni tomosha qiling va savollaringizni izohlarda yozib qoldiring! ✏️
😀 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
✈️Telegram | 🗳Facebook
😀Rasmiy sayt | 😀 Instagram
#OzDJTU #QoshmaTalim #XorijiyDiplom #TalabaHayoti #Talim #edu #education #uzswlu #doubledegree #chinastudy #studyinrussia #studyinbelarus #chineselanguage #russian
#dolzarb90kun
🎓 PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
📍 "DOLZARB 90" LOYIHASI DOIRASIDA
📚 ILMIY-AMALIY TO'GARAK
🟢 Mavzu:
🔸 Temperamentning inson faoliyati va muloqot uslubiga ta’siri hamda uning umumiy xususiyatlari
👥 Ishtirokchilar:
🔹 Kafedra professor-o‘qituvchilari
🔹 Iqtidorli va faol talabalar
🧩 Tadbir doirasida:
✔️ Temperament turlari yuzasidan nazariy ma’ruzalar
✔️ Psixologik test va diagnostika ishlari
✔️ Guruhli tahlil va muhokamalar
✔️ Amaliy kuzatuvlar va chiqishlar
🎯 Maqsad:
Talabalarda o‘zini anglash, shaxsiy rivojlanish vapsixologik barqarorlik va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirish.
🗓 Tashkilotchi:
Pedagogika va Psixologiya kafedrasi
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTU rahbariyati talabalar turar joyidagi ishlar bilan tanishdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov hamda mas’ul xodimlar tomonidan universitet tasarrufidagi 6-sonli Talabalar turar joyida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, xavfsizlik talablari va belgilangan muddatlarga rioya qilinishi alohida e’tiborga olindi.
Jumladan, talabalar yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish va infratuzilmalarni zamon talablariga mos holga keltirish yuzasidan taklif va topshiriqlar bildirildi.
#Rasmiy_bayonot
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.
Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.
Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:
🟢xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;
🟢gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;
🟢boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.
Bizni kuzating
🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zDJTUda TEPS tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
23-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreyaning Seul universitetlari kengashi huzuridagi Koreys tili bo‘yicha test tashkiloti — TEPS vakillarining rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida TEPS tashkilotining marketing bo‘yicha direktori Sungwon Lee universitet rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Jo‘rayev ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar koreys tilini universitetda o‘qitish sifatini oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, koreys tili bo‘yicha xalqaro tan olingan TOPIK testlarini tashkil etish, ularni universitet negizida o‘tkazish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
#TA'ZIYA
23-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Ismailov Turgʻun Salaxiddinovich vafot etdi.
Turgʻun Ismailov 1987-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2009-yil Samarqand davlat chet tillar institutini tamomlagan.
Filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) T. Ismailov chet tillarini o‘qitish va universitet boshqaruvi sohalarida samarali faoliyat yuritib, bilim va tajribasi orqali taʼlim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Turgʻun Ismailovning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Janoza 24-iyul kuni tonggi soat 8:00da Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📚📚📚📚📚📚📚
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektor, professor Ilxomjon Tuxtasinovning “Innovatsiya va tashabbuslar maskani” nomli maqolasi “Hurriyat” gazetasining 2025-yil 23-iyuldagi 29-sonida nashr etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Oʻzbekistonda yashovchi arab jurnalisti, OʻzDJTU oʻqituvchisi Ahmad Jasim az-Zubaydining “Oʻzbekiston oʻz mustaqilligining 34 yilligida: ta’lim sohasidagi islohotlar — kelajakni shakllantiruvchi kuch” mavzusidagi maqolasi “El-Djadeed” gazetasida chop etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔔🎓O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma taʼlim dasturi haqida barcha maʼlumotlar shu postda
Hujjatlarni online tarzda yuboring
⤵️⤵️⤵️
https://forms.gle/VYTVncVfnsXqD9yn9
🌐Universitet rasmiy sahifalarini kuzatib boring
🚀Telegram | ✅Facebook
✅Rasmiy sayt | 📱Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari uniersitetida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Face ID tizimi joriy etilayotgani haqida xabar bergan edik.
ℹ️
Ma’lumot uchun:
Face ID innovatsion tizimi orqali universitet binolariga kirish faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar yuzini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bu esa, nafaqat xavfsizlikni oshirish, balki tashriflar statistikasi, kechikishlar monitoringi kabi ko‘plab ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish imkonini beradi.
💻💻💻
OʻzDJTUda koʻzi ojiz talabalar uchun imtihon boʻlib oʻtdi.
22-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida koʻzi ojiz talabalar uchun ijodiy imtihonlar tashkil etildi.
Imtihon oluvchi sifatida mas’ul mutaxassislar ishtirok etib, imtihon topshiruvchi abituriyentlarning ijodiy koʻnikmalari, bilim darajasi va kasbiy qobiliyatlarini baholadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTUda diplom berish marosimi tashkil etildi
21-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-2025 oʻquv yili bitiruvchilariga fakultet dekani A.Matyakubov tomonidan diplomlar topshirildi.
Dasturda fakultet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari D.Xoshimova, Oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha dekan muovini E.Shermatov, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri S.Yuldashbekova, oʻqituvchilar va bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
2025-yil 24-iyul kuni OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 2-kafedrasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ZOOM orqali navbatdagi taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Dasturda kafedra o‘qituvchilari Sohiba Begmatova va Go'zalxon Xaydarova tomonidan “Bir talabaga- bir loyiha” mavzusida interaktiv ma’ruzali suhbat tashkil etildi.
Taqdimotdan koʻzlangan maqsad — talabalarda ijodkorlik, tadbirkorlik va innovatsion fikrlashni shakllantirish, startap loyihalarda ishtirok etishga undash va turli xil grantlar haqida ma'lumot almashishni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
4️⃣4️⃣4️⃣
🎓 DIQQAT, IJODKOR VA ILHOMLI YOSHLAR!
📣 Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talabalariga mo‘ljallangan “Yosh gidlar maktabi” dasturiga qabul boshlandi!
❓ Turizm va tarjimonlik sohasiga qiziqasizmi? Chet tilini bilasizmi? Muloqot qilishni yoqtirasizmi?
Unda aynan siz kelajakda professional gid bo‘lishingiz mumkin!
➡️Nega bu dasturni tanlash kerak?
✅ 80 soatlik bepul qisqa muddatli kurs – nazariya, trening va amaliyot!
✅ “Ustoz-shogird” tamoyili asosida tajribali gidlardan saboq olish imkoniyati!
✅ Turizm sohasida amaliy ko‘nikmalar, real ekskursiyalar va master-klasslar!
✅ Kurs yakunida “Gid yordamchisi” maxsus beydji va sertifikat!
✅ Keyingi bosqichlarda o‘qish uchun 30% chegirma!
✅ Stajirovka uchun moddiy qo‘llab-quvvatlash (yo‘l puli va turar joy uchun)!
🗓 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 21-iyuldan 26-iyulgacha
📝 Ariza va motivatsiya xati (200-300 so‘z) taqdim etiladi
🎯 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
• Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talabalari;
• Turizm, tarjimonlik, filologiya va ijtimoiy sohalarga qiziqqan yoshlar;
• Kamida bitta chet tilini biladiganlar.
📌 Qabul mezonlari:
Motivatsiya xati – 40 ball
Ariza mazmuni – 30 ball
Ijtimoiy faollik – 20 ball
Ilgari olingan tajriba – 10 ball
(100 ballik tizim asosida baholanadi)
📨 Arizalarni quyidagi pochta manzillariga yuboring:
feyakahharova@gmail.com
🔤 [O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti] – @Faridakamolqizi
+998995400209]
📌 Manzil: Toshkent shahri. Kichik halqa yo`li ko`chasi G9-A 21-uy
🌍 Kelajakdagi ekskursiya yetakchisi aynan siz bo‘lishingiz mumkin!
🎤 Nutqingiz, bilim va fidoyiligingiz orqali O‘zbekiston tarixi va madaniyatini butun dunyoga taniting!
📢 “Yosh gidlar maktabi” – bu faqat kurs emas, bu sizning yangi imkoniyatlaringiz sari eshik!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻💻💻
Imtihonlar davom etmoqda
24-25 iyul kunlari akademik litseylarga kirish imtihonlari tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati vakillari, xususan, rektor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, jarayonlarni shaxsan nazorat qilib bordi.
Ma’lumot uchun: OʻzDJTU xodimlari navbatchilik asosida tonggi soat 5:00dan imtihon tugagunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida abituriyentlarga elektron ruxsatnomalar chiqarib berish, abituriyent test sinovlari olinadigan binoga olib kirishi ta’qiqlangan qoʻshimcha buyumlarni u imtihondan chiqqunga qadar saqlab turish, nazoratchilik kabi vazifalarni amalga oshirmoqda.
#dolzarb90kun
📌 “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA IQTIDORLI TALABA
🎓Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan bo'limning iqtidorli talabalati “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan ilmiy to‘garaklarda muntazam va faol ishtirok etishmoqda.
📚 Ayni paytda Bo'limning eng faol talabasi Jumaniyazova Lobar ushbu to‘garak mashg‘ulotlarini maktab o‘quvchilari orasida samarali davom ettirmoqda.
✅ Yozgi ta’tilni mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida tilga yo‘naltirilgan to‘garaklar tashkil etilib, xorijiy tillar bo‘yicha chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
🌍 Bunday tashabbuslar:
🔹 Maktab o‘quvchilarida til ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi
🔹 Talabaning pedagogik mahoratini oshiradi
🔹 Uni xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga zamin yaratadi
👏 Jumaniyazova Lobar kabi faol va izlanuvchan yoshlar – ertangi kunning yetuk mutaxassislari!
🟦🟦🟦
O‘zDJTU rektori yangi qurilayotgan talabalar turar joyi bilan tanishdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitetning mas’ul xodimlari Toshkent shahri, Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida qurilayotgan yangi talabalar turar joyi (TTJ) ob’ekti bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida ular qurilish jarayonining joriy holati, loyiha asosidagi ishlar ketma-ketligi va texnik me’yorlarga amal qilinishi bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar.
Mazkur TTJ ob’ekti zamonaviy talablarga mos tarzda barpo etilmoqda. Rektor tomonidan qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar sifati, muhandislik kommunikatsiyalari, ichki infratuzilma, energiya samaradorligi hamda xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, rektor quruvchilar bilan suhbatlashib, talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar — xona sig‘imi, yotoqxona, o‘quv xonalari, dam olish hududlari, sanitar-gigiyena shart-sharoitlari haqida savollar berdi va tegishli tavsiyalarni berdiTashrif yakunida Ilxomjon Tuxtasinov qurilish ishlarini sifatli, belgilangan muddatlarda va talab darajasida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Rektor yangi TTJ universitet talabalari uchun nafaqat yashash joyi, balki ularning to‘laqonli bilim olishi, dam olishi va ijodiy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berishi lozimligini ta’kidladi. Mazkur loyiha universitetning infratuzilmasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
0️⃣0️⃣0️⃣ #Dolzarb90kun
2025-yil 24-iyul kuni Zoom platformasi orqali OʻzDJTU talabalari va Zamonaviy rus tili kafedrasi o‘qituvchilari ishtirokida kafedraning katta o‘qituvchisi, PhD T.S. Uzbekov tomonidan seminar tashkil etildi.
Dastur mavzusi “Startap biznes-modelini ishlab chiqish” bo‘lib, bu g‘oyani ishlovchi va daromad keltiruvchi loyihaga aylantirishning asosi sifatida ko‘rib chiqildi.
Ma’ruzada quyidagilar batafsil tahlil qilindi:
✅ biznes-model nima ekanligi,
✅ uning qanday turlari mavjudligi,
✅ biznes modelning zamonaviy raqamli startaplarga qanday tatbiq etilishi.
🔎
Shuningdek, quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
✅
g‘oya va barqaror loyiha o‘rtasidagi farq,
✅
boshlovchi startaperlar yo‘l qo‘yadigan odatiy xatolar,
✅
zamonaviy biznes-g‘oyalarni amalga oshirishda IT ko‘nikmalarining ahamiyati.
🎓 2️⃣2️⃣2️⃣ #Dolzarb90kun
OʻzDJTUda diplom topshirish marosimi oʻtkazildi
23-iyul kuni Ingliz filologiyasi fakultetida 2024-2025 oʻquv yili bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi tashkil qilindi. Dasturni OʻzDJTU Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori V.Sa’diyev ochib berdi.
Tadbirda fakultet rahbariyati vakillari, oʻqituvchilar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Dastur avvalida fakultet dekani Y.Azzamov tomonidan bitiruvchi talabalarga samimiy tilaklar bildirilib, oʻquv yili davomida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar e’tirof etildi.
Soʻng taqdirlash marosimi oʻtkazilib, barcha talabalarga diplomlar topshirildi.
OʻzDJTU jamoasi bitiruvchi talabalarga kelgusidagi faoliyatida omad va zafarlar yor boʻlishini tilaydi!
📍 Ingliz filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Saytm
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
KOICA vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
23-iyul kuni O‘zDJTU rektor I. Tuxtasinov KOICA volontyorlar loyihasi rahbari Hong Song Jin, volontyorlar loyihasi menejeri Lee EunGyongni qabul qildi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✔️O‘zbekistonda volontyorlik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirish;
✔️Koreya universitetlari talabalari uchun o‘zbek va rus tillari hamda madaniyatiga oid yozgi lagerlarni tashkil etish;
✔️Koreyadagi maktab, kollej bitiruvchilari hamda universitet talabalari orasida O‘zDJTUda bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olishga qiziqishni oshirish
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
👨🏫👩🏫
Navbatdagi dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi
23-iyul kuni OʻzDJTUda Kabilova Sayyora Abdukarimovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha «Ingliz va o‘zbek tillaridagi publitsistik diskursda evfemizmning lisoniy voqelanishi» mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi tashkil etildi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Otabek Yusupovning “Ta’limda muhim davr: Yozni imkoniyatga aylantirish fursati” nomli maqolasi “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2025-yil 23-iyuldagi 149-sonida chop etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ #Dolzarb90kun
Chim ustida hokkey mashg‘ulotlari davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta'minlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida chim ustida hokkey bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Ushbu sport mashg‘ulotlari haftaning seshanba va payshanba kunlari universitet sport maydonida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlar orqali talabalar nafaqat jismoniy faollik bilan shug‘ullanmoqdalar, balki jamoaviy harakat va sport madaniyatini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Chim ustida hokkey mashg‘ulotlari barcha qiziquvchi talabalar uchun ochiq bo‘lib, bu yo‘nalishda o‘z salohiyatini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦💻💻💻
Test sinovlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida oʻtayotgan davlat OTMlariga qabul imtihonlariga mas’ul sifatida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti belgilangan.
ℹ️
Ma’lumot uchun:
“Yoshlik” sport majmuasi OʻzDJTUga biriktirilgan boʻlib, 14-iyul kunidan boshlab universitet xodimlari navbatchilik asosida tonggi soat 5:00dan imtihon tugagunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida abituriyentlarga elektron ruxsatnomalar chiqarib berish, abituriyent test sinovlari olinadigan binoga olib kirishi ta’qiqlangan qoʻshimcha buyumlarni u imtihondan chiqqunga qadar saqlab turish, nazoratchilik kabi vazifalarni amalga oshirmoqda.
0️⃣0️⃣0️⃣1️⃣1️⃣1️⃣ #dolzarb90kun
Sport mashgʻuloti tashkil etildi
22-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi A.Qodiriy mahallasi bilan hamkorlikda ping pong (stol tennisi) sport turi boʻyicha qoʻshimcha mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.
Dasturda A.Qodiriy mahallasi yoshlari, OʻzDJTU talabalari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Mashgʻulotlar qiziqarli va zarur bilim-koʻnikmaga boy boʻldi. Ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro bellashuvlar tashkil etilib, oʻrganilgan koʻnikmalar amaliyotda ham sinab koʻrildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦💻💻💻
Davlat OTMlariga qabul imtihonlari davom etmoqda
OʻzDJTUga biriktirilgan Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida boʻlib oʻtayotgan test sinovlari rektor Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.
📸 22-iyul kunidagi imtihon jarayonlari bilan yuqoridagi suratlar orqali tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: “Yoshlik” sport majmuasi OʻzDJTUga biriktirilgan boʻlib, 14-iyul kunidan boshlab universitet xodimlari navbatchilik asosida tonggi soat 5:00dan imtihon tugagunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida abituriyentlarga elektron ruxsatnomalar chiqarib berish, abituriyent test sinovlari olinadigan binoga olib kirishi ta’qiqlangan qoʻshimcha buyumlarni u imtihondan chiqqunga qadar saqlab turish, nazoratchilik kabi vazifalarni amalga oshirmoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi tashabbus!
🎓Yozgi ta’til davrida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturining ijrosi Xalqaro jurnalistika fakulteti “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
🎙 Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:
🔹“Mobil journalist”
🔹 “Yosh reportyor”
to‘garaklarida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, yangi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
😀Mavsumga mos tarzda tashkil etilgan:
🌟“Talabalar ekologik ongini oshirish”
🌟“Suv – hayot manbai”
onlayn to‘garaklarining ijobiy natijalari ham muhokama qilindi.
🖋️Bo‘lajak jurnalistlar uchun ta’til mavsumi ijodiy yondashuv asosida o‘tishi, har bir talabaga individual yondashuv va onlayn nazorat muhim ekani ta’kidlandi. Zarur hollarda o‘qituvchilar tomonidan tavsiya va yordamlar ko‘rsatib borilishi belgilandi.
💭Onlayn muloqot kafedra mudiri Saida Yuldashbekova tomonidan tashkil etildi va bu kabi uchrashuvlar talabalarni jalb etgan holda doimiy ravishda o‘tkazilishi rejalashtirildi.
🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram |📸Instagram |📺YouTube