⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda
Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.
👨⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!
✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.
✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.
Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/
🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.
💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨🎓Magistratura: masters.kiut.uz
☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).
Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube
Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi?
Vazirlar Mahkamasining tegishli (03.04.2018 yildagi 261-son) qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilangan.
❌ Unga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
🔸 test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
🔸 test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
🔸test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
🔸test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;
🔸 test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
🔸 test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
⚡️Turizm sohasida oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta’lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi. Talabalarga bir vaqtning o‘zida ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#brifing
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova shu mavzuda kelayotgan savollarga javob berdi:
00:27 O‘qishimni viloyatimga ko‘chirayotgan edim. Qaysi elektron tizim orqali o‘qishni ko‘chirish uchun ariza bersam bo‘ladi?
01:07 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?
01:57 Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?
02:55 2 yildan beri Qozog‘istonda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?
04:02 Grantda o‘qiyman o‘qishni ko‘chirganimdan keyin "kontrakt" bo‘lib ko‘chmaymanmi?
04:52 Talaba xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishida 1-kursni tamomladi. Shu yo‘nalishda sirtqi ta’lim mavjud bo‘lmagani sababli u o‘qishini boshqa universitetning ingliz filologiyasi yoki tarjima nazariyasi yo‘nalishining sirtqi ta’limiga ko‘chirmoqchi. Buning imkoni bormi?
05:33 Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirsa bo‘ladimi?
Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: /channel/uztdi/8636
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Birinchi kun DTM natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot
Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.
⚡️Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.
Yig‘ilish haqidagi xabarda ma’lum qilinishicha Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.
Uning faoliyati 2024/25-o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.
🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: /channel/uztdi/8636
O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.
✔ @mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.
❌ Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🇺🇿 Sizlarni “Yangi O‘zbekistonda yosh olimlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida qisqa muddatli o'quv kurslariga taklif etamiz!
⏰ Kurs 2024-yil 15-20-iyul kunlari "ZOOM" platformasi orqali yetakchi mutaxassislar ishtirokida masofaviy (online) tarzda olib boriladi.
📕Kurs yakunida tinglovchilar maxsus Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
🔹Mazkur o'quv kursi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17.05.2024-yildagi №278118-sonli Tasdiqnomasiga asosan o'tkazilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
👉 Batafsil I Ro'yxatdan o'tish
Siz ham KIU talabasi boʻling!
Shoshiling, hali ulgurasiz. Kelajagingizga befarq boʻlmang.
📲 55-500-99-44
@kiu_uz
Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
❕Abituriyentlar uchun foydali eslatmalar
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Imtihonga qachon va nimalar bilan borish kerak?
Imtihonlar 2 smenada, ertalab 8:00 dan 11:00 gacha va 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.
1-smenadagilar 6:30 da, 2- smenadagilar 13:30 da kelishi tavsiya qilinadi. Abituriyentlar 3 bosqichli tekshiruvdan o‘tishadi va bunga ko‘p vaqt ketadi.
Imtihonga suv, ruchka, qog‘oz va boshqa buyumlar bilan kirishga ruxsat berilmaydi. Shaxsiningizni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi yetarli.
Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga yangilangan haydovchilik guvohnomasi bilan ham imtihonga kirish mumkin.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari va 1-3 mln so'mlik vaucher yutib olishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓Sertifikati mavjud bo‘lgan abituriyentlar uchun vaqt qanday taqsimlanadi?
Abituriyent bajaradigan har bir test uchun unga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Agar unda fanlardan sertifikat yoki imtiyoz mavjud bo‘lsa, ishlanmagan har bir savol uchun vaqt 2 daqiqadan qisqaradi.
Ya’ni, abituriyentda asosiy blogning 1 ta fanidan sertifikat bo‘lsa, 30 ta savol uchun unga boshqalardan 60 daqiqa kam vaqt beriladi.
Sertifikat majburiy bloglar uchun bo‘lsa, har bir fan uchun 20 daqiqadan qisqaradi va abituriyentdan qolgan vaqt davomida testni yakunlash talab etiladi.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari va 1-3 mln so'mlik vaucher yutib olishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#o‘qishni_ko‘chirish
#o‘tish_ballari⚡️O‘qishni
ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
⚡️Abituriyent ruxsatnomasini endi telegram orqali yuklab olishingiz mumkin
Abituriyentlar ruxsatnomasida:
👉 Тest sinovi topshirish hududi va hududga kelish vaqti
👉 Test topshirish joyi nomi
👉 Test topshirish manzili
👉 Test topshirish alifbosi
👉 Тalim shakli va Talim til koʻrsatilgan boʻladi.
❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.
👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot
👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot
📌 Test materiallaridan foydalanish (o‘zbek tilida)
❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 3-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!
📆 2024-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!
1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.
3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.
4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.
Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot
"Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!
Hujjatlar shu yilning 25-iyuliga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.
❗️66.5 balldan past ball toʻplagan abituriyentlar ham talaba boʻlishlari mumkin!
Yaʼni, abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida davlat OTMlariga o'qishga qabul qilinadi.
Lekin Super kontrak toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, bizda yaxshiroq taklif bor.
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
Universitetda:
— GRANT uchun kvotalar ajratilgan;
— BEPUL ingliz va arab til kurslari bor;
— Yotoqxona bilan taminlangan;
— BEPUL wi-fi kovorking markazi bor;
— 10 dan ortiq taʼlim yoʻnalishlari;
— Kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin.
⚡️ Ikkinchi kun DTM natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 15-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot
Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.
⚠️ UMFT ga onlayn imtihon topshiring va talaba bo'ling!
Nega bizni tanlashingiz kerak? Chunki bizda:
🔸 Davlat granti
🔸 Universitet grantlari
🔸 Qo'shma diplom
🔸 Xalqaro diplom
🔸 Xalqaro tan olinadigan mutaxassislik sertifikatlari
🔸 Talabalar almashinuvi
🔸 Kibersport
🔸 Shartnomadan vaucherli chegirma
🔸Monza avtomobili yutish imkoniyati
💻 UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor.
☎️ +998940119889 | +998948999333 +998948830030 | +998940558448
⚡️Muhandislik, qurilish, tabiiy fanlar, matematika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga kvotalar soni oshirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.
Shu kunlarda oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil unda 805 ming nafar abituriyent ishtirok etmoqda.
Mutasaddilar 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi rejasi bo‘yicha axborot berdi. Qayd etilganidek, bu yil bakalavriatda ham, magistraturada ham muhandislik, qurilish, tabiiy fanlar, matematika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga kvotalar soni oshirilmoqda.
❗️ To‘lov-kontrakt asosida qabul davlat va nodavlat muassasalarga bir xil shartlar asosida, oliygohning ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan jadval 👉 /channel/uztdi/8513
✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Maktabgacha ta'lim xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari tasdiqlandi
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o'rta ta'lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bаzаviу tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi.
✔️ Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq to'lashda qo'llaniladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bugun test topshirganlarning natijalari ertaga e’lon qilinadi
Hukumat qarori (20.06.2017 №393) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentning test sinovidan toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilinadi.
Yaʼni bugun testda ishtirok etganlar oʻzlari toʻplagan ballni ertaga bila oladi.
Barcha uchun test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng abituriyentlarga yoʻnalish tanlash imkoniyati ochiladi.
To'plagan ballidan kelib chiqib yo'nalish tanlashdan avval abituriyentlarga ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o'tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishishni tavsiya etamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#hafta_dayjesti
⚡️Imtihonlar boshlandi! Kirish imtihonlari bilan bog‘liq eng muhim xabarlar
🔷 Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi. Imtihon oldidan muhim eslatmalar
🔷 2024-2025-o‘quv yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati (to‘liq)
🔷 Abituriyentlar imtihon topshiriladigan binolar bilan oldindan tanishishlari mumkin – Bilimni baholash agentligi
🔷 Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi?
🔷 Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
🔷 Abituriyentlar imtihonga nimalarni olib borishi kerak?
🔷 Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
🔷 Pasportini yo‘qotib qo‘ygan abituriyentlar nima qiladi?
🔷 Test sinovi o‘tkaziladigan binolar (to‘liq ro‘yxat + lokatsiya)
🔷 Tanlov ustuvorigi: Davlat granti va to’lov-kontrakt o’rtasida farq nimada?
🔷 Sertifikati mavjud bo‘lgan abituriyentlar uchun vaqt qanday taqsimlanadi?
🔷 Abituriyent familiyasi o’zgarsa imtihonlarga kiritiladimi?
🔷 Bu yil 490 ming nafarga yaqin abituriyent to‘lovdan ozod etilgan
🔷 Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?
🔷 Abituriyentlar imtihonlarga qancha vaqtgacha kechikib kelishi mumkin?
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Test jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin
Ayni paytda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.
📹 Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2024.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
🔰 Ta’kidlash lozim, 2024-2025-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yoki @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📌Eslatma
2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bilan tanishing
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://talimxabarlari.uz/5620/
👨🏻💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Testbor.uz - imtihondan oldin bilimingizni BEPUL tekshirib ko'ring!
📚Matematika fanidan Majburiy va asosiy testlar yechimlari bilan tayyorlaning!
⚡️ Diqqat! Sizda kirish imtihonlaridan oldin nufuzli universitet talabasi bo‘lish imkoniyati bor!
13-iyuldan boshlab 👍 "University of Business and Science", ✅ Taʼlim nazorati, Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 3-ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start beradi.
🎓 Ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va ular "University of Business and Science"ning 20 ta bakalavr yo‘nalishlaridan biriga imtihonsiz qabul qilinadi.
✅ Testda ishtirok etish MUTLAQO BEPUL!
📚Yo‘nalish tanlang va test yechishni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash
📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!
Chirchiq shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining filiali tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasi qarori (10.07.2024 №406) bilan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetining Chirchiq shahridagi filiali tashkil etildi.
Filial kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda tan olinadigan universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi.
❌(Ya'ni litsenziya olinmaguncha o‘qishga qabul qilishi mumkin emas)
Mazkur oliygohda har yilgi qabul parametrlarining 5 foizdan kam boʻlmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) oʻqishga qabul qilish uchun ajratiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hozirgi yoshlar qayerda ta’lim olsin?
Xususiygami yo davlatnikiga?
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar
📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://talimxabarlari.uz/5620/
👨🏻💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.
📱 @sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar diagnositika testlarini bepul bajarib ko‘rishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali