2022 йилда ўтказилган педагог кадрлар аттестацияси якунларига кўра:
✅ 33 999 (иштирок этганларнинг 6,6%) нафар педагогларга олий малака тоифаси,
✅ 107 435 (21%) нафар педагогларга биринчи малака тоифаси,
✅ 167 314 (32,6%) нафар педагогларга иккинчи малака тоифаси,
✅ 32 780 (6,4%) нафар педагогларга мутахассис малака тоифасини бериш тўғрисида,
✅ 26 534 (5,2%) нафар педагогларга нисбатан эса "мутахассис лавозимига мувофиқ эмас"лиги тўғрисида қарор қабул қилинди.
✅ 144 522 (28,2%) нафар педагоглар навбатдан ташқари аттестацияда иштирок этиб паст балл олганлиги сабабли уларга нисбатан салбий қарор қабул қилинмади (Қарорсиз қолдирилди).
‼️Аттестация натижаларига кўра Олий, биринчи ва иккинчи малака тоифалари берилган 308 748 (иштирок этганларнинг 60,2%) нафар педагогларнинг шахсий кабинетларига "Педагог кадрнинг аттестациядан ўтганлиги тўғрисида электрон рақамли Сертификат" лар юборилди.
❗️Сертификатлар шахсий кабинетларда доимий равишда сақланиб туради ва сертификатларни исталган вақтда юклаб олиш мумкин бўлади.
Барча педагогларга 2023 йилги аттестацияларда омадлар тилаб қоламиз!
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️ Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida qabul muddati uzaytirildi
☑️ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hujjatlar qabulining 20-yanvardan 25-yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi.
📚 Endi universitetda bakalavr va magistratura bosqichiga 9 ta yo‘nalish bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida ta’lim olish uchun imkoniyatlar yanada kengaydi.
🖋 Shuningdek, magistratura bosqichida o‘qish istagini bildirgan talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab qilinmaydi.
📈 Bundan tashqari, 1 yillik toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlashi imkoniyati ham mumkin
🌟 1 yillik kontraktni 10-fevralgacha 100 foiz toʻlaganlarga 10 foiz chegirma beriladi.
🤳 Kontrakt narxlari: /channel/AIFU2022/13
☎️ Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun call markazimizga boʻglanib aniqlik kiritib olishingiz mumkin:
+99895 150 22 22
+99899 150 22 28
💻 Onlayn hujjat topshirish: https://uess.uz/Admission
(Litsenziya №055982, 28.12.2022y.)
📍 Universitet manzili: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent xalqa yo‘li ko‘chasi
🖥 Lokatsiya – https://goo.gl/maps/WSDfP3ugJBN6Jcmx9
📌 Mo‘ljal: AUTOGRAPH saloni
Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook
RASMIY MUNOSABAT
Angrendagi maktabga borgan va Angren shahar prokurori deya ta’kidlanilayotgan shaxsning o‘qituvchilarga munosabati internet tarmoqlarida keng salbiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ma’lumki, pedagog xodimlarni xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlangan. Ushbu videolavha Bosh prokuraturaga yuborilgan va holat hozirda o‘rganilmoqda.
Jamiyatda o‘qituvchining obro‘sini oshirishni har birimiz o‘zimizdan boshlashimiz lozim. Bu borada kattalar yoshlarga o‘rnak bo‘lishi va har doim barchamizga bilim bergan ustozlarga hurmat bilan muomalada bo‘lishimiz shart.
O‘rni kelganda, Prezidentimiz tomonidan o‘qituvchilarning nufuzini oshirish borasida qator topshiriqlar berilganini va “O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman” deganlarini alohida ta’kidlash lozim.
Shuningdek, “Zo'rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risida”gi Konvensiyaning (Jeneva, 28.06.1930) 6-moddasiga asosan ma’muriyat amaldorlari, hatto ularning vazifasi ularga ishonib topshirilgan aholini qandaydir mehnat shakli bilan band qilishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lsa-da, ushbu aholi yoki alohida shaxslarni xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki tashkilotlar uchun ishlashga majbur qilishi mumkin emasligi belgilangan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qaroriga muvofiq Bosh prokuraturaga O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash tavsiya etilganligini eslatib o‘tamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Kanalga ulanish: @uztdi
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
👨🏻💻 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 27-yanvarga qadar davom etadi.
🖥 Imtihonlar esa 31-yanvar kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
👩🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- (95) 507-70-72
Kanalga ulanish: @uztdi
Hurmatli o'qituvchilar!
Biz bugungi kun o'qituvchilari kitobga qanchalik darajada yaqinligini, qay darajada ko'p kitob o'qishini bilish maqsadida so'rovnoma tashkil qildik. Sizdan pastdagi "So'rovnomada qatnashish" yozuvini ustiga bosgan holda ushbu so'rovnomada ishtirok etishingizni, undagi savollarga faqat rost va aniq javoblarni belgilashingizni iltimos qilgan bo'lar edik. So'rovnomaning yakuniy natijalari keyinchalik "Ma'rifat" gazetasida e'lon qilinadi.
↪️ So'rovnomada qatnashish
🔵So'rovnomani boshqa o'qituvchi yaqinlaringizga ham ulashing. Ushbu xabarni ularga yuboring!
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
2022-yilda oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida 330 ming 470 nafar (ishtirok etganlarning 65,8%) pedagoglar ijobiy natija qayd etishgan.
Ijobiy natija qayd etganlardan:
223 ming 745 nafar (44,5%) pedagoglar malaka toifalarini oshirishgan.
106 ming 725 nafar (21,3%) pedagoglar amaldagi malaka toifasini saqlab qolishgan.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#Soʻragan_edingiz
📢 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifa izohlarida qoldirilgan savollarga javoblar
❔SAVOL:
Magistratura qishki qabul natijalari qachon eʼlon qilinadi?
✅JAVOB:
Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tekshirish maʼlum vaqt talab etishini inobatga olib, natijalar fevral oyining birinchi 10 kunligida eʼlon qilish rejalashtirilgan.
❔SAVOL:
Kontrakt-shartnomalarini qayerdan olsam boʻladi?
✅JAVOB:
Toʻlov-shartnomalarini kontrakt.edu.uz sayti orqali olish mumkin. Saytdan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bu yerda.
❔SAVOL:
Oʻqishimni Tojikistondagi universitetdan perevod qilmoqchiman. Hozir hujjatlarimni topshirsam boʻladimi?
✅JAVOB:
Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan mamlakatimiz davlat OTMga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.
Qishki davrda esa 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi.
Maʼlumot oʻrnida, uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan 20-yanvarga qadar qabul qilinadi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
😀 Xalqaro Nordik universitetida
QISHKI QABUL boshlandi!
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (Sirtqi ta’lim shakli): ⬇️
➖Boshlang‘ich ta’lim;
➖ Maktabgacha ta’lim;
➖ Musiqa ta’limi;
➖ Psixologiya (amaliy psixologiya);
➖ Iqtisodiyot;
➖ Moliya;
➖ Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
Magistratura mutaxassisliklari:
⭕️Pedagogika va psixologiya;
⭕️ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
⭕️ Jahon iqtisodiyoti;
⭕️ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim);
⭕️ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)
⭕️ Ta’lim muassasalarining boshqaruvi.
💸 Kontrakt narxlari bu yerda.
📎Qishki qabul shartlari:
✔️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘rta maxsus ma'lumotga ega va kasbiy mehnat faoliyatini olib borayotgan (kamida 3 yillik mehnat stajiga ega), mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ish beruvchining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshirishlari mumkin.
✔️Magistratura mutaxassisligiga turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshirishlari mumkin. Kirish imtihonlari og‘zaki / yozma shaklida tashkil etiladi. Belgilangan chet tili sertifikatiga ega bo'lganlar imtihonsiz qabul qilinadilar.
💻Onlayn hujjat topshirish: https://admission.nordicuniversity.org
☎️ Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
📞 +998955053300| @nordikedu
📞 +998955054400| @nordikedu
📌 Lokatsiya:https://goo.gl/maps/y71wnCd64nhvnepr8
🌐 Web-site | 🕊Telegram |📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook
Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo’ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi. 2023-yil 18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.
******
Uzbekistan Airways продлевает период действия 50% скидки для студентов на тарифы по внутриреспубликанским направлениям до 23 января 2023 года. По авиабилетам, приобретенным на основании скидки на рейсы до 18.01.2023 года, разрешается бесплатное переоформление на рейсы, запланированные до 23 января 2023 года.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talaba bo'lish istagida bo'lgan yoshlar uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif qiladi:
🎓Bakalavr (kunduzgi/sirtqi):
• Tarix
• Filologiya va tillarni oʻqitish
• O'zbek tili va adabiyoti
• (B.A.) Koreys tili
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Turizm
• Matematika
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• OUS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya
• Bank ishi va auditi
• Xalqaro munosabatlar
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Geodeziya, kartografiya va kadastr
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
• Arxitektura
• Jismoniy madaniyat
👨🏻🎓Magistratura:
▪️Iqtisodiyot
▪️Xorijiy til va adabiyoti
▪️Pedagogika va psixologiya
☎️ Murojaat uchun:
+998781132999
📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html
📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy
Telegram | Instagram | Facebook | Web
Rasmiy xabar
⚡️Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta'til kunlari 2023-yilning 23-yanvar kuniga qadar uzaytirildi.
Bu borada Farg‘ona viloyat hokimligining tegishli yig‘ilish bayonida qaror qilingan.
Viloyatdagi MTTlarida o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi”, – deb bayonot berdi.
Hokimliklarning hozirgacha (17.01.2023 soat 17:30) bergan eʼlonlariga koʻra quyidagi hududlardagi oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻqish 23-yanvar dushanba kuni boshlanadi:
✅Toshkent shahri
✅Buxoro viloyati
✅Surxondaryo viloyati
✅Qoraqalpogʻiston Respublikasi
✅Toshkent viloyati
✅Namangan viloyati
✅Qashqadaryo viloyati
✅Sirdaryo viloyati
✅Xorazm viloyati
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida 18-yanvar sanasidan darslar boshlanadi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Сирдарё вилоятидаги мактабгача, мактаб ва Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар қишки таътил 22 январга қадар узайтирилди.
Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.
Манба: Сирдарё вилояти ҳокимлиги
📌Ҳокимлик ушбу қарор ОТМлар ва ўрта махсус таълим муассасаларига ҳам таалуқли эканлиги маълум қилди.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Наманган вилоятидаги мактабгача, мактаб ва профессионал таълим муассасалари, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар, олий ўқув юртларида қишки таътил 22 январга қадар узайтирилди.
Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.
Манба: Наманган вилояти ҳокимлиги
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Тошкент вилоят прокуратураси ҳаракатлари ижтимоий тармоқда кенг муҳокамаларга сабаб бўлган Ангрен шаҳар прокурори У.Хабилжоновга фаолиятда йўл қўйган хато ва камчиликлар учун интизомий жазо чораси қўлланилганлигини маълум қилди.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan vaziyat yuzasidan Bosh Prokuratura rahbariyati bilan gaplashdim, holat ayni damda nazoratga olingan va o‘rganilmoqda.
Prezidentimizning tegishli Qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘taman.
O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, bu borada eng avvalo o‘zimiz o‘rnak ko‘rsatishimizni so‘rab qolaman.
Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.
✅ Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.
✅Ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.
✅ Ishchi guruhi 7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib, yo‘llanmani (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.
✅ Natijani ariza beruvchi o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
🟢Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.
Kanalga ulanish: @uztdi
👏Аттестация натижаларига кўра Хоразм, Бухоро ва Навоий вилоятлари устозлари етакчи!
2022 йилнинг биринчи ярмида 280 минг нафар педагог аттестацияда иштирок этиш учун ариза юборган бўлса, уларнинг 215 минг нафари навбатдан ташқари ўз ихтиёри билан аттестацияда иштирок этиш учун мурожаат қилган.
Иккинчи ярим йилликда ўтказиладиган аттестация жараёнига 228 минг нафар педагог қамраб олинган бўлиб, уларнинг 212 минг нафари, яъни 90 фоизи навбатдан ташқари ўз ихтиёри билан аттестацияда қатнашди. Якуний натижаларга кўра, ўтган йилда аттестацияда иштирок этган ўқитувчиларнинг 66 фоизи ижобий натижа қайд этган.
🚀Аттестацияда иштирок этганлар сони бўйича ўтган йили рекорд кузатилган.
🇺🇿Ҳудудлар кесимида таҳлил қилганда Хоразм, Бухоро ва Навоий вилояти ўқитувчилари юқорироқ натижа қайд этишган.
📁Таъкидлаш жоизки, ўтган йилнинг октябрь ойида эълон қилинган мактаблар рейтингида ҳам айнан ушбу учта вилоят юқори учликни банд қилишган эди.
📈Халқаро тадқиқотлар талаблари асосида мактаблар рейтингини аниқлаш учун физика ва математика фанлари бўйича бевосита жойига чиққан ҳолда ўтказилган назорат ишларида ҳам мазкур вилоятлардаги мактаб ўқувчилари энг юқори натижа қайд этишган эди.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️ IELTS o‘qish uchun yoshlarga 500 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 900 million so‘m!
— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 500 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.
✅ Ushbu tanlovda Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.
🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus ta'lim Granti, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.
👉 Batafsil ma'lumot
📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
👨🏻💻 Ro'yxatdan o'tish:
▪️ @Registan_grant_bot
▪️ @Registan_grant_bot
⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar bo‘yicha navbatdagi ro‘yxat tasdiqlandi
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
➡️Yaqin kunlarda navbatdagi ro‘yxat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
👉Ro‘yxatni yuklab olish
💾 Avvalgi ro‘yxat bu yerda
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
✅ Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.
☑️Quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘i ushlanmaydi:
🗄 fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
🗄 ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
🗄 er yoki xotin 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.
📂 Bu imtiyoz quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llanadi:
🗄 professional ta’lim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) o‘quvchilariga;
🗄 oliy ta’lim talabalariga.
📁 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
🗄 o‘z mablag‘lari;
🗄 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
🗄 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
📁 To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.
❗️Yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❔ O‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan ko‘pchilik yoshlar telegam botimiz (@nodavlattalim_bot)ga "Qaysi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun hujjatlar qabul qilinmoqda?" degan mazmunda murojaatlar yuborishmoqda.
☑️ Ayni kunlarda quyidagi nodavlat OTMlarda o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda:
🔴 Alfraganus University:
🗄 ikkinchi va to‘rtinchi semestrdan;
Onlayn hujjat topshirish: http://transfer.alfraganusuniversity.uz/site/login
❇️ TIFT University:
🗄 1-kurs 2-semestrga
🗄 2-kurs 1-semestrga
🗄 2-kurs 2-semestrga
Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html
🟦 University of Business and Science (UBS)
🗄 1-kurs 2-semestriga
🗄 2-kurs 1-va 2-semestrlariga
Onlayn murojaat: @ubsperevod @ubsuzbekistan_bot
🎓 Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy ta’lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun kanalimizga obuna bo‘ling!👇
/channel/+nHtXwoqjF6o0N2Vi
Лицензия олмасдан нодавлат университет очиб, ўқишга киритиш ва ўқишни кўчириб беришни ваъда қилган фирибгарлар аниқланди
Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Жарқўрғон туман бўлими томонидан вилоят ДХХ ходимлари билан ҳамкорликда ўтказилган терговга қадар текширувда, фуқаролар А.А. (фирибгарлик жинояти учун сиртдан айб эълон қилиниб, қидирув эълон қилинган) ва Ш.А. ўзаро тил бириктириб, 2022 йилда МЧЖ шаклидаги нодавлат университетини ташкил этишиб, ушбу муассасада ўқиш истагини билдирган 18 нафар фуқаронинг жами 152,9 млн сўмини қўлга киритишиб, ўз эҳтиёжлари учун ишлатиб юборганликлари аниқланган.
Шу каби, Департаментнинг Денов туман бўлими томонидан фуқароларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш юзасидан ўтказилган терговга қадар текширувда, фуқаро Х.М. қўшни Тожикистон Республикасида таҳсил олаётган 21 нафар талабанинг ўқишини юқори лавозимда ишловчи танишлари ёрдамида Ўзбекистон Республикасидаги олий ўқув юртларига кўчириб бериш эвазига жами 15 300 АҚШ долларини фирибгарлик йўли билан қўлга киритганлиги аниқланган.
Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг 168-моддаси (фирибгарлик) ва 28, 211-моддаси (пора бериш) билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
Манба: Бош прокуратураси ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Фарғона вилоятидаги барча мактаб ва боғчаларда қишки таътил 22 январга қадар узайтирилди.
Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.
Манба: Фарғона вилояти ҳокимлиги
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Navoiy viloyati maktablarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi
Manba: Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Talabalar diqqatiga!
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga o‘quv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishgi ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.
Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Жиззах вилоятидаги мактабларда қишки таътил 22 январга қадар узайтирилди.
Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.
Манба: Жиззах вилояти халқ таълими бошқармаси
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Қашқадарё вилоятидаги мактабгача, мактаб ва профессионал таълим муассасалари, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар, олий ўқув юртларида қишки таътил 22 январга қадар узайтирилди.
Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.
Манба: Қашқадарё вилояти ҳокимлиги
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Тошкент вилоятидаги мактабгача, мактаб ва профессионал таълим муассасалари, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар, олий ўқув юртларида қишки таътил 22 январга қадар узайтирилди.
Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.
Манба: Тошкент вилояти ҳокимлиги
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi