⚡️Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha yangi qaror ishlab chiqish taklif etilmoqda
Davlat dasturi loyihasida 2023-yil sentabriga qadar nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyatiga oid quyidagilar nazarda tutiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda:
➖nodavlat OTTlarni litsenziyalash talabalarini takomillashtirish;
➖nodavlat OTTlarda davlat buyurtmasini shakllantirishda natijadorlikka asoslangan moliyalashtirish tizimini joriy etish;
➖oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingida nodavlat OTTlar ishtiroki uchun imkoniyat yaratish;
➖nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlariga qoʻyiladigan malaka talablarini kuchaytirish;
➖xorij tajribasi asosida nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini, shu jumladan, talabalarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlashtirish tartibini muvofiqlashtirish.
👉 Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Ma’lumot uchun, nodavlat universitetlarga litsenziya berish talablari va shartlari Vazirlar Mahkamasining 80-son qarori (21.02.2022) bilan tasdiqlangan.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Yotoqxonaga DXM yoki YAIDXP orqali joylashish tizimi yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Davlat dasturi loyihasiga koʻra talabalarga yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etish taklif etilmoqda.
Bunda:
yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❗️Matematika fani o‘qituvchilari diqqatiga!
Attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish endi muammo emas.
🥇 Qorako'l maktabi bitiruvchisi, bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi;
🥇 2019-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi oltin medal sohibi Abbosxon Sayliev bu borada yordam beradi!
Guruhda 2 oy davomida 9-11-sinf mavzulari ketma-ketligi bo'yicha chuqurlashtirilgan darslar bo'lib o'tadi.
Shuningdek, kurs davomida ustozlarda test yechish ko'nikmasini shakllantirish va amaliy matematika darslarida o‘quvchilarga qanday qilib mavzularni oson usullarda tushuntirish bo‘yicha maslahatlar berib boriladi.
Kurs davomida quyidagi mavzular chuqurlashtirilgan holda ko'rib chiqiladi:
🗄 Logarifmlar va ularning xossalari;
🗄 Trigonometriya asoslari;
🗄 Hosila va integral, ularning qo'llanishi;
🗄 Kombinatorika va ehtimollar nazariyasi;
🗄 Planimetriya (to‘liq mavzular o'tiladi);
🗄 Stereometriya (to‘liq mavzular o'tiladi).
📚 Darslar haftasiga 6 marta, ZOOM ilovasi orqali olib boriladi.
📱 Har bir dars kechki vaqtda soat 20:00 da boshlanadi va o'rtacha 2-3 soat davom etadi.
🛡 Darsga qatnasha olmagan ustozlar uchun har bir darsning yozib olingan video fayli ham tashlab beriladi.
✅ Kursga qatnashish uchun to‘lov oyiga 200 ming so‘m.
📥 Murojaat uchun: @abboskhan_sayliev
🌐 Telegram kanal: @ATTESTATSIYA_ONLINE
⚡️Давлат дастури лойиҳасидаги таълим соҳасига оид асосий янгиликлар
✅ "2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида"ги Президент фармони лойиҳасида таклиф этилаётган таълим соҳасига оид янгиликлар:
📈 Профессионал таълим муассасаси педагогларининг ойлик маоши ошади;
🍜 Республиканинг барча ҳудудларида ўқувчиларни бепул овқатлантириш тизими йўлга қўйилади;
⚒ Ҳар бир туман (шаҳар)нинг биттадан мактабида ўқувчиларни иккита хорижий тил ва битта касб-ҳунарга ўргатиш йўлга қўйилади;
🏘 Кўп квартирали уйлар ва якка тартибдаги уй-жойларда ҳам давлат боғчалари ташкил этилади;
📔 Мактабларда янги ўқув дастурлари амалиётга киритилади;
💵 Коллеж ва техникумларнинг дуал таълим шакли бўйича ҳам давлат грантлари ажратилиши мумкин;
🖋 Нодавлат таълим ташкилотларига лицензия талаблари енгиллаштирилиши мумкин.
Азиз устозлар!
Сиз ҳам ушбу Фармон лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этинг ҳамда соҳага доир муҳим таклифларингизни қолдиринг.
👉 Лойиҳа бўйича таклиф қолдириш: https://2023.strategy.uz/83-2/
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️Коллеж ва техникумларнинг дуал таълим шакли бўйича ҳам давлат грантлари ажратилиши мумкин
Давлат дастури лойиҳасига кўра 2023/2024 ўқув йилидан бошлаб давлат грантлари коллеж ва техникумларнинг дуал таълим шакли бўйича ҳам ажратилиш таклиф этилмоқда.
Натижада, жорий йилда дуал таълим шакли бўйича давлат гранти асосида камида 5,7 минг нафар ўқувчи қабул қилинади.
Дуал таълим шаклида ўқувчи профессионал таълим муассасасида назарий билимларни олади ва бир вақтнинг ўзида ишлаб чиқариш корхонасида меҳнат фаолиятини амалга ошириб, амалий кўникмаларини мустаҳкамлайди (Германия, Швейцария, Австрия тажрибаси).
Шунингдек, 2023 йил 1 сентябрга қадар Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида малакали хорижий экспертларни жалб қилган ҳолда Европа касбий таълим ва касбга ўқитиш сифатини таъминлаш тизими талабларига тўлиқ жавоб берадиган 1 тадан намунавий профессионал таълим муассасалари фаолияти йўлга қўйилиш назарда тутилган.
Натижада, намунавий профтаълим муассасалари Европа Иттифоқи Комиссияси, Германиянинг Халқаро ҳамкорлик жамияти (ГИЗ), КФВ банки, Швейцариянинг Ўзбекистондаги элчихонасини, Кореянинг “ЕДЦФ” фонди билан биргаликда ташкил этилади.
Ушбу муассасалар фаолиятига замонавий стандартларни жорий қилиш учун уларга ўқув режа ва дастурларни, таълим шакли ва муддатини мустақил белгилашга рухсат этилади. Шунингдек, ҳар битта муассасага 4 нафардан хорижий экспертлар жалб этилади.
Лойиҳа бўйича таклиф қолдириш мумкин: https://2023.strategy.uz/83-2/
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida qishki qabul davom etmoqda
Universitet talaba bo'lish istagida bo'lgan yoshlar uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif qiladi:
🎓Bakalavr (kunduzgi/sirtqi):
• Tarix
• Filologiya va tillarni oʻqitish
• O'zbek tili va adabiyoti
• (B.A.) Koreys tili
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Turizm
• Matematika
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• OUS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya
• Bank ishi va auditi
• Xalqaro munosabatlar
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Geodeziya, kartografiya va kadastr
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
• Arxitektura
• Jismoniy madaniyat
👨🏻🎓Magistratura:
▪️Iqtisodiyot
▪️Xorijiy til va adabiyoti
▪️Pedagogika va psixologiya
(Litsenziya №056223, 29.12.2022 y.)
☑️ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirish (perevod) mumkin.
👉Kontrakt narxlari
👉Universitet haqida batafsil ma’lumot
☎️ Murojaat uchun:
+998781132999
📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html
📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy
Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 tiftuniversity">Youtube
⚡️Кўп квартирали уйлар ва якка тартибдаги уй-жойларда ҳам давлат боғчалари ташкил этилиши мумкин
2023 йил 1 апрелдан бошлаб янги давлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини кўп квартирали уйларнинг нотурар қаватларида ёки якка тартибда қурилган уй-жойларни сотиб олиш ва кейинчалик уларни реконструкция қилиш, таъмирлаш ҳамда жиҳозлаш орқали ташкил этишга рухсат этилсин;
Натижада, мактабгача таълим муассасаларини ташкил этишда бино ва иншоотлар танқислигини бартараф этиш имкони яратилади.
Масалан, битта 150 ўринли давлат боғчасини қуриш учун ўртача 6 млрд сўм маблағ талаб этилади. Бундан ташқари, янги боғчани қуриш учун ер масаласи оғирлигича қолмоқда. Шу билан бирга, битта 3 хонали квартирада 25 нафар бола учун боғча ташкил қилиш мумкин.
150 нафар бола учун 6 та квартирани харид қилиш ва жиҳозлашга ўртача 4 млрд сўм талаб этилади.
Давлат-хусусий шериклик лойиҳаси доирасида ижарага берилган ер участкасида нодавлат мактабгача таълим ташкилоти биносини
қурган хусусий шерикка ушбу бинони мазкур лойиҳа учун банк кредитлари бўйича
гаровга қўйишга оид чекловлар бекор қилинсин;
Натижада, мактабгача таълим билан қамровни оширишда хизмат қилаётган ва зарур молиявий ресурсларга муҳтож бўлган 594 та тадбиркорга қўшимча имконият яратилади. - фармон лойиҳаси.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Республиканинг барча ҳудудларида ўқувчиларни бепул овқатлантириш тизими йўлга қўйилади
2023/2024 ўқув йилидан бошлаб республиканинг барча вилоятлари ва Тошкент шаҳрида бошланғич синф ўқувчиларини бепул овқат билан таъминлаш йўлга қўйилсин;
Натижада, жорий йилда бепул овқат бериш тизими билан 2,5 млн нафар ўқувчини қамраб олиш ва ушбу мақсадларга 2,7 трлн сўмга яқин маблағ ажратиш таъминланади.
2022 йилда Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятларида ушбу
тизим билан 273 минг нафар ўқувчи қамраб олинди. - фармон лойиҳаси.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-06
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❗️ Litsenziyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim muassasalaridan ogoh boʻling!
📩 Soʻnggi paytlarda telegram botimizga (@uztdibot) ayrim fuqarolar “Medical and pedagogy University" tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.
❌ Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, yuqorida nomi keltirilgan taʼlim tashkilotiga Oʻzbekistonda oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emas.
🔰Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir.
📘 Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori asosida amalga oshiriladi.
❗️ Shuni yodda tutish muhimki, tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtmagan taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar nafaqat Oʻzbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.
☑️ Bu borada eng ishonchli ma’lumotlarni "Ta’lim nazorati" va "Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari" kanallaridan olishingiz mumkin.
🌀 Shuningdek, ushbu mavzu bilan bog‘liq savollaringizni muloqot botimiz (@uztdibot) ga yuborishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❓ Telegram botimiz (@uztdibot)ga va Taʼlim nazorati kanali muhokama guruhiga “Nodavlat oliy taֹʼlim tashkilotining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan talabalar nechanchi kursdan boshlab maktab yoki bogʻchada ishlashi mumkin?” degan savol bilan murojaat qilishgan.
Javob: Hukumat qarori (646-sonli 15.10.2021-y)ga ko‘ra oliy taʼlim tashkilotlari (davlat yoki nodavlat farqi yoʻq) ning pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida oʻqiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qoʻyilishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Xuddi shunday, oliy taʼlim muassasalari (davlat yoki nodavlat farqi yoʻq)ning pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslarga davlat maktabgacha taʼlim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha savollaringizni Telegram (@uztdibot) botimizga yuborishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❓ Telegram botimiz (@uztdibot)ga "2018-yilda olingan birinchi toifaning amal qilish muddati tugadi, lekin navbatdagi-majburiy attestatsiyaga hali hujjat topshirilmadi. 2023-yilgi attestatsiya oʻz vaqtida oʻtkazilmasa, oʻqituvchiga oylik maoshi qaysi toifa boʻyicha toʻlanadi?" degan savol bilan murojaat qilishgan.
Javob: Hukumat qarori (572-son, 17.09.2021-y.) bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 49-50-bandlariga ko‘ra: Attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugagan va navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etilmagan pedagog kadrlarga mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi boʻyicha haq toʻlanadi.
Attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugab, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi boʻyicha haq toʻlanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga oxirgi olgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha jalb qilinadi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
“Йилнинг энг яхши тарбиячиси-2022” республика касбий кўрик-танловида қатор номинацияларда ғолиблар аниқланди. Энг яхши методист, креатив тарбиячилар номи маълум бўлди.
Халқаро Нордик университети ва Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги (Собиқ Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлиги) билан ўзаро келишувга мувофиқ 11 нафар йил тарбиячиси совриндорлари Халқаро Нордик университетига грант асосида талабаликка тавсия этилдилар.
Сизда ҳам ушбу университет талабаси бўлиш имконияти бор.
Батафсил: @nordikedu га мурожаат қилинг!
Кириш талаблари: камида 3 йил иш стажига эга ва иш берувчи томонидан тавсиянома бўлиши шарт!
Контракт нархи: 11 млн сўм
💻 Онлайн ҳужжат топшириш: http://bit.ly/3JbptE6
Магистратура мутахассисликлари ҳам бор!
📞 +998955053300| @nordikedu
📞 +998955054400| @nordikedu
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
#сўраган_эдингиз
Нопeдагог кадрлар қайта тайёрлаш курсларида таҳсил олишлари мумкинлиги ҳақида эълон берганимиздан сўнг, айрим фойдаланувчиларимиз Телеграм (@Uztdibot) ботимизга қайта тайёрлов жараёнлари ҳақида турли саволлар билан мурожаат қилишди.
Қуйида ушбу жараёнлар ҳақида асосий маълумотларни келтириб ўтамиз.
Қайта тайёрлашнинг асосий турлари:
⏱педагогик қайта тайёрлаш;
⏱ касбий қайта тайёрлаш.
Педагогик маълумотга эга бўлмаган бошқа соҳа мутахассисларига педагогик фаолият олиб бориши учун соҳасига мос фандан касбий ҳамда педагогик қайта тайёрлашдан ўтиши талаб қилинади.
Вақтинча ишламайдиган педагоглар ҳам ўз хоҳишига кўра қайта тайёрлаш курсларида ўқиши мумкин.
Қайта тайёрлашга иккинчи олий таълимни олиш сифатида қаралмайди, қайта тайёрлаш натижасида бериладиган ҳужжат (диплом) фақат муайян лавозимда фаолият кўрсатиш ёки муайян фанлар бўйича ўқув машғулотлари олиб бориш ҳуқуқини беради.
Қайта тайёрлаш дастурларини ўзлаштириш муддати ўқув режасига киритилган фанлар сони ҳамда уларнинг юкламалари ҳажмидан келиб чиқиб белгиланади ва у камида 576 соатни ташкил қилади.
Аудитория машғулотлари ҳафталик юкламасининг энг юқори ҳажми ҳафтасига 36 соат этиб белгиланади.
Қайта тайёрлаш курслари ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда таълим олиш, масофавий таълим ёки дуал таълим шакллари орқали амалга оширилиши мумкин.
Бунда, курсларнинг камида бир ойи, яъни 144 соати бевосита ихтисослаштирилган таълим ташкилотида ўтказилиши шарт.
Каналга уланиш: 👇
/channel/uztdi
⚡️ IELTS o‘qish uchun yoshlarga 500 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 900 million so‘m!
— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 500 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.
✅ Ushbu tanlovda Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.
🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus ta'lim Granti, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.
👉 Batafsil ma'lumot
📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
👨🏻💻 Ro'yxatdan o'tish:
▪️ @Registan_grant_bot
▪️ @Registan_grant_bot
⚡️527 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish rejalashtirilgan
Davlat dasturi loyihasiga koʻra:
🏗 “Namunaviy maktab” loyihalari asosida 527 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish orqali 196 ming oʻquvchi oʻrnini yaratish va maktablarni toʻliq zamonaviy mebel, uskunalar bilan jihozlash;
🖥 Umumtaʼlim maktablaridagi 1200 ta maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash;
⚒ Respublikadagi 4860 ta (shundan 2509 ta oʻgʻil va 2351 tasi qiz bolalar xonasi) umumtaʼlim maktablaridagi texnologiya xonalarini jihozlash;
🏫 Nodavlat taʼlim muassasalari sonini 400 taga yetkazish kabi chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Жаҳон банкининг Ўзбекистондаги ваколатхонаси раҳбари Мантованелли Марко илмий тадқиқотчи, докторант ва олимларнинг фаолиятини ривожлантириш ҳамда консультатив ёрдам кўрсатиш мақсадида халқаро илмий базаларга Ўзбекистон миллий обунасининг йўлга қўйилгани ва молиялаштирилганини маълум қилди. Натижада мамлакатимиз олимлари 2023 йилнинг 1 январидан бошлаб «Web of Science» жаҳон илмий ресурсларидан 3 йил давомида бепул фойдаланиш имкониятига эга бўлди.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️Мактаб ўқитувчиларининг аттестацияси бекор қилинмаган
Ўзбекистонда ижро ҳокимиятининг ташкилий тузилмасини янгилашга оид президент фармони билан Таълим сифатини назорат қилиш инспекцияси тугатилиб, унинг функциялари қисман Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига ўтказилди.
Таълим инспекциясининг тугатилиши ва педагоглар аттестацияси муддатлари яқинлашгани, бироқ ҳали аттестация учун аризалар қабули бошланмагани ўқитувчилар ўртасида тушунмовчиликларга сабаб бўлмоқда.
Масалан, ўтган йили айни шу пайтда март-июн ойида ўтадиган аттестация учун қабул бошланган эди. Лекин инспекция тугатилгани ва таълим вазирликларида ҳам қисқаришлар бўлгани учун аттестация ҳақида расмий хабар берилмади. Шунинг учун ҳам таълимга оид турли норасмий каналлар педагоглар аттестацияси бекор бўлиши кутиляпти деган мазмунда хабарлар беришни бошлади. Йилда икки марта бўладиган аттестация ўқитувчиларнинг тоифасини ошириб олишлари ва шунинг билан ойлик маошлари кўтарилишига ҳам ёрдам беради. Шунинг учун ўқитувчилар ўртасида унга қизиқиш баланд. Масалан, ўтган йили баҳорги аттестация учун 280 минг ўқитувчи ариза топширган.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг Kun.uz'га маълум қилишича, аттестация жараёнларига масъул бўлган ташкилот – Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси ёпилгани сабаб ҳозир вазифалар тақсимоти ишлари амалга ошириляпти. Ишлар тўлиқ йўлга қўйилгач, барчаси ўрнатилган тартибда давом эттирилади. Аттестация бекор қилингани ҳақидаги хабарлар эса асоссиз.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️Нодавлат таълим ташкилотларига лицензия талаблари енгиллаштирилиши мумкин
Давлат дастури лойиҳасига кўра нодавлат таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш, соҳада лицензиялаш ва рухсат бериш тартиб-таомилларини соддалаштириш мақсадида 2023 йил 1 августга қадар:
нодавлат таълим ташкилотлари фаолиятини ташкил қилишда уларнинг электрон кутубхонаси, ахборот-ресурс марказлари, ўқитувчиларнинг тоифалари, бир синфда таълим олувчиларнинг максимал сонига қўйилган талаблар енгиллаштириш;
нодавлат таълим ташкилотларига спорт зали ва талабалар дам олиш жойларини уларга ижара ва бепул фойдаланиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган биноларда ҳам ташкил этишга рухсат этиш таклиф этилмоқда.
Натижада, ортиқча ва асоссиз чекловларнинг бекор қилинишига эришилади ва хусусий мактаблар сони ҳозирги 334 тадан (умумий улушнинг 3 фоизидан) сезиларли оширилади.
Масалан, лицензия талабларига мувофиқ хусусий мактабларни ташкил қилиш учун:
битта синфдаги таълим олувчиларнинг максимал сони 1–4-синфларда – 20 нафардан, 5–9-синфларда – 24 нафардан,
10–11-синфларда – 20 нафардан ошмаслиги лозим. Давлат мактаблари учун бу талаб 30 нафарни ташкил қилади;
камида 30 та компьютер техникаси билан жиҳозланган электрон кутубхонаси, камида 5 та компьютер техникаси, сканер ва нусха кўчириш аппарати билан жиҳозланган ахборот-ресурс маркази, ўз стадиони (ўйин майдони) ва дам олиш жойлари бўлиши керак;
ўқитувчиларнинг 30 фоизи – мутахассислар, 30 фоизи – иккинчи, 30 фоизи – биринчи ва 20 фоизи – олий малака тоифали бўлиши лозим.
Лойиҳа бўйича таклиф қолдириш мумкин: https://2023.strategy.uz/83-2/
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️Янги ўқув дастурлари амалиётга киритилади
Давлат дастури лойиҳасига кўра 2023/2024 ўқув йилидан бошлаб босқичма-босқич умумий ўрта таълим муассасаларида ўқувчиларни умуминсоний ва миллий қадриятлар, ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, шунингдек, уларда коммуникатив кўникмалар, танқидий ва креатив фикрлаш, ҳамкорликда ишлаш, тадқиқотчилик каби кўникмаларни шакллантиришга йўналтирилган янги ўқув дастурларини амалиётга киритилиш таклиф этилмоқда.
Бунда:
умумий ўрта таълим муассасаларининг 1–4 синфларида ўқувчиларни илғор хорижий тажриба асосида ишлаб чиқилган дарсликлар бўйича ўқитиш;
5–9-синфларда ўқувчиларга умумтаълим фанларидан таянч билимлар бериш;
10–11-синф ўқувчиларининг қизиқиш ва қобилиятига мос бўлган ихтисослашган дастурлар асосида билим бериш амалиёти жорий қилинсин;
Натижада, бошланғич синф ўқувчиларини жамоа бўлиб ишлаш, мулоқот қилиш, креатив ва танқидий фикрлаш кўникмалари асосида ўқувчини мантиқий фикрлашга, ўз фикрини ифода эта олишига ва дарсларда эркин муҳитни шакллантиришга эътибор берилади.
10–11-синфларда 14 та мажбурий фанлардан ҳафталик юкламаси 31 соатни ташкил этади. Такомиллаштирилган ўқув режа асосида 8 та мажбурий фан ва 2 та танлов фан (кимё-биология, математика физика, тарих-ҳуқуқ, она тили ва адабиёт, чет тили) танлаш имконияти яратилади.
Лойиҳа бўйича таклиф қолдириш мумкин: https://2023.strategy.uz/83-2/
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️Фармон лойиҳаси: Профессионал таълим муассасаси педагогларининг ойлик маоши ошиши мумкин
2023 йил 1 апрелдан бошлаб:
профессионал таълим муассасаси педагогларининг базавий тариф ставкалари мос равишда умумий ўрта таълим муассасаси педагогларининг базавий тариф ставкаларига;
профессионал таълим муассасаси биринчи ва иккинчи малака тоифасига эга бўлган, малака тоифасига эга бўлмаган олий маълумотли ҳамда олий маълумотга эга бўлмаган ишлаб чиқариш таълими усталарининг базавий тариф ставкалари тегишинча умумий ўрта таълим муассасаси биринчи ва иккинчи малака тоифали ўқитувчиси, олий маълумотли ўқитувчиси ҳамда ўрта махсус маълумотли ўқитувчисининг базавий тариф ставкаларига тенглаштирилсин;
Натижада, 27 нафар профессионал таълим муассасалари ўқитувчиларининг ойлик маошлари 20 фоизга оширилиб, ўртача 3 млн сўмга тенг бўлади.
Ушбу мақсадларга жорий йилда 139 млрд сўм йўналтирилади. - фармон лойиҳаси.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
2023 йил 1 сентябрдан бошлаб ҳар бир туман (шаҳар)нинг биттадан умумий ўрта таълим муассасасида ўқувчиларни иккита хорижий тил ва битта касб-ҳунарга ўргатиш амалиёти босқичма-босқич йўлга қўйилади.
Натижада, 76 та мактабда француз тили, 76 тасида немис, 37 тасида инглиз, 10 тасида корейс, 6 тасида хитой ва 3 тасида япон тиллари иккинчи хорижий тил сифатида ўқитилади.
Шунингдек, ўқувчилар 10-синфдан бошлаб 64 та ишчи касблар, 21 та соҳада тадбиркорликка, 10 та IT ва “креатив индустрия” йўналишидаги касбларга ўргатилади.
Ушбу жараёнга ёшлар етакчилари ва ҳудуддаги таниқли тадбиркорлар жалб қилинади.- фармон лойиҳаси
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida qishki qabul jarayonlari davom etmoqda!
📚 Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida o'z faoliyatini boshlagan.
(Litsenziya №056369)
📌 Siz ushbu institutda quyidagi yo'nalishlardan birini tanlab kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida o'qishingiz mumkin:
- Xalqaro munosabatlar
- Iqtisodiyot
- Menejment
- Tarix
- Pedagogika va psixologiya
- Filologiya va tillarni o'qitish (Fransuz, Ingliz, Arab va Rus tillari filologiyasi)
🔥 E'tiborli jihati shundaki siz qishki semestrdan o'qishni boshlasangiz, sentyabr oyidan ikkinchi bosqich talabasi sifatida o'qishni davom ettirishingiz mumkin. Bu aynan vaqt borasida sizning manfaatingizga xizmat qiladi.
P.S.: Institutga hujjat topshirishingiz uchun attestat yoki shahodatnoma bo'lishi kerak, shuning uchun 11-sinfni tugatmagan o'quvchilar hujjat topshira olishmaydi.
Qishki semestrga hujjat topshirish uchun havola: https://bit.ly/3vt7uRr
Telegram kanal: @isfi_uz
Administrator bilan bog'lanish
Biz bilan bog'lanish uchun:
+998 99 841-60-06
+998 99 842-60-06
Instagram | Facebook | Twitter| Sayt
⚡️ Attestatsiyada maktab tomonidan beriladigan ball haqida o‘qituvchilar fikri
Joriy yilning 26-yanvaridan boshlab Ta’lim nazorati (@uztdi) va Pedkadr.tdi.uz kanallarida "O‘qituvchilarga malaka toifalarini berishda ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlik to‘g‘risidagi (20 ballik) ma’lumotnoma bo‘lishi kerakmi?" mazmunidagi anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.
Unda 35 ming nafarga yaqin pedagoglar ishtirok etdi (06.02.2023 holatiga). So‘rovnoma natijasiga ko‘ra,
🗄 Respondentlarning 47 foizi (16 302 nafar) "Faqat test orqali o‘qituvchi faoliyatiga baho berib bo‘lmaydi, ish beruvchilar fikri ham kerak", deb hisoblaydi.
🗄 Shuningdek, kuzatuvchilarning 39 foizi (13 381 nafar) ning fikricha, "Kerak emas, ma’lumotnoma berish xolis tashkil etilmasdan, tanish-bilishchilik, ta’magirlik kuchayib ketdi."
🗄 Ishtirokchilarning 10 foizi (3 439 nafar) ushbu masalaga befarqligini bildirgan.
🗄 4 foiz (1 482 nafar) kuzatuvchi esa so‘rovnomada "Kerak, faqat ma’lumotnomani tuman (shahar) yoki viloyat boshqaruv organlari berishlari kerak" javobini tanlagan.
So‘rovnoma hali ham kanalimizda faol ko‘rinishda, kirib ovoz berishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️Toshkent Menejment va Iqtisodiyot institutida 2022-2023 yil uchun qishki qabul boshlandi.
Ta'lim jarayonlari 1-kursdan boshlanadi, shuningdek, xorijda o'qiydiganlar uchun o'qishni ko'chirish (perevod) imkoniyati mavjud.
Yo'nalishlar:
➖ Iqtisod (tarmoqlar va sohalar bo'yicha )
➖ Buxgalteriya va audit
💰Kontrakt: 11 mln so'mdan boshlanadi
▪️Shahar: Toshkent
▪️Ta'lim tili: O'zbek, Rus
▪️Ta'lim shakli: Sirtqi, Kunduzgi
▪️Bakalavr Diplomi
▪️Litsenziyaga ega
▪️O'zbekistonda tan olingan diplom
Qimmatli vaqtingizni yana bir yilga yo'qotmang, biz bilan bugunoq talaba bo'ling!
✅ (Litsenziya №043969, 19.10.2022y.)
☎️ 975381916 | Onlayn murojaat
☎️ 971551916 | Onlayn murojaat
☎️ 908154447 | Onlayn murojaat
☎️ 958102428 | Onlayn murojaat
Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, 313-uy.
🗄 Xalqaro Nordik universiteti magistraturasida o‘qish qanday afzalliklar beradi?
🗄 Universitetga hujjat topshirishda chet tilini bilish sertifikati talab qilinadimi?
🗄 Universitetning doktorantura bosqichi qanday ustunliklarga ega?
🗄 Ilmiy ishlarni e’lon qilish uchun tadqiqotchilarga qanday imkoniyatlar yaratilgan?
😀 Universitet rektori Sherzod Mustafakulov va Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, universitet ilmiy kengashi a’zosi Odil Qo‘ysinov ishtirokida tayyorlangan ushbu intervyuni tomosha qilib, yuqoridagi kabi savollarga javob olishingiz mumkin.
📤Onlayn hujjat topshirish: ⬇️ https://admission.nordicuniversity.org
☎️ Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
📞 +998955053300| @nordikedu
📞 +998955054400| @nordikedu
🌐 Web-site | 🕊Telegram |📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook
❓ Telegram botimiz (@uztdibot)ga "Rossiyadagi oliy taʼlim muassasalaridan birida oʻqiymoqchiman. Diplomi Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nimalarga eʼtibor qaratishim lozim?" degan savol bilan murojaat qilishgan.
2019-yil 30-mayda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati oʻrtasida taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim imzolangan.
Unga koʻra davlat akkreditatsiyasiga ega boʻlgan taʼlim dasturlari, oʻqish muddati toʻrt yildan kam boʻlmagan, kunduzgi bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy taʼlim ikkala davlatda ham mos ravishda tan olinadi hamda mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi. Shuningdek, ularning egalariga har ikkala davlatda magistratura boʻyicha oʻqishni davom ettirish huquqini beradi.
Rossiyaning Fan va taʼlim sohasi nazorati boʻyicha federal xizmati (Рособрнадзор) veb-sayti orqali oliy taʼlim muassasasining litsenziyasi mavjudligini yoki davlat akkreditatsiyasidan oʻtganini tekshirib koʻrish mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI QISHKI QABULI DAVOM ETADI:
➖Boshlangʻich taʼlim
➖Maktabgacha taʼlim
➖Pedagogika va psixologiya
➖Iqtisodiyot
➖Moliya
➖Tarix
➖Jismoniy Madaniyat
➖Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
➖Konchilik ishi
➖Ingliz tili va Adabiyoti
Tibbiyotning:
➖Davolash ishi
➖Stomatologiya
➖Farmatsevtika
Magistraturada o’qish uchun:
➖Pedagogika va Psixologiya
➖Iqtisodiyot
➖Boshlang’ich ta’lim
Kunduzgi va Sirtqi taʼlim shakllari mavjud.
☎️ Batafsil ma'lumot uchun: +998553050009
Ro’yxatdan o’tish uchun:
Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram: @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74. (Mo’ljal: Avtovokzal)
⚡️ Bizda magistraturaga qabul davom etmoqda
🎓 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti magistratura bosqichida tahsil olish istagida bo‘lgan barcha hamyurtlarimizni chorlaydi!
🗂 Universitemizda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul davom etmoqda:
🗄 Iqtisodiyot - 22.5 mln so'm
🗄 Xorijiy til va adabiyoti - 24 mln so'm
🗄 Pedagogika va psixologiya - 22.5 mln so'm
📚 Ta’lim shakli: kunduzgi
📱 Ta’lim tili: o‘zbek
🖊 Dastur davomiyligi: 2 yil
❗️Eng muhimi bizda chet tilini bilish sertifikati talab qilinmaydi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazimizga bog‘lanishingiz mumkin.
☎️ +998 78 113 29-99
🌐 Vebsayt: tift.uz
📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html
📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 tiftuniversity">Youtube
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
👨🏻💻 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish https://my.dtm.uz/ilmiy/service havola (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 13-fevralga (to‘lovni amalga oshirish 14-fevral soat 10:00) ga qadar davom etadi.
🖥 Imtihonlar esa 15-fevral kuni soat 14:00 Toshkent shahrida Davlat test markazi binosi (Bog'ishamolko'chasi 12-uy) da kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
👩🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi