uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

"IPAK YOʻLI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI" ga qabul jarayonlari davom etmoqda

Onlayn ariza topshiring! Onlayn shartnoma oling!

📚Fakultetlar:
● Iqtisodiyot
● Boshlangʻich taʼlim
● Pedagogika va psixologiya

⚖️Ta’lim turi:
Sirtqi - 5 yil
Kunduzgi - 4 yil

💰 Kontrakt narxlari:
Sirtqi - 12.000.000 soʻm
Kunduzgi - 15.000.000 soʻm

Ta'lim jarayonlari 1-kursdan boshlanadi.

Shuningdek, xorijda o'qiydiganlar uchun 2 va 3-kurslarga o'qishni ko'chirish (перевод) imkoniyati mavjud.

☎️ Murojaat uchun:
+998949452056 | Online murojaat
+998917888248 | Online murojaat
+998931187612 | Online murojaat
+998949442056 | Online murojaat
+998943626047 | Online murojaat

📄 Litsenziya raqami: №056010, 28.12.2022-y.

📍 Qabul komissiya manzili: Toshkent viloyati Olmaliq shahri Oydin MFY Ehtirom ko' chasi 4/2 17 B-uy

Telegram | Sayt | Instagram | iyiuuz">Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📩 Telegram botimizga (@uztdibot) “Assalomu alaykum men Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisiman! Savolim shundan iboratki, men oʻz fanim boʻyicha “Milliy sertifikat” topshirib, 80 foizdan yuqori toʻplasam, mening oyligimga 20 % ustama qoʻshiladimi? Yoki bu qonun hali joriy qilinmadimi? Iltimos, savolimga aniq javob bersangiz! Chunki oʻqituvchilar orasida koʻpchilik shu savolga qiziqmoqda!! Direktor oʻrinbosari hali joriy qilinmadi deyishmoqda. Agar joriy qilinmagan boʻlsa, qachondan kuchga kiradi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Prezidentning 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmoniga asosan 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi (hozirgi nomi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi) tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Davlat test markazining (hozirgi nomi Bilim va malakalarni baholash agentligi) milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili boʻyicha sertifikatlar bundan mustasno) ustamalar toʻlanishi lozim.

Taʼlim nazorati kanali (@uztdi) orqali milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish muddatlari va imtihon sanalari haqida eʼlonlar berib borilmoqda.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.

↪️Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

🌎2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

☝️Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talabalar soni bir milliondan oshgan

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan.

Shundan:

🧑‍🎓Talaba yigitlar – 544,8 ming nafar

👩🏻‍🎓Talaba qizlar – 495,6 ming nafar

✅ 2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma

📆
2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ўзбекистон Республикаси "Таълим тўғрисида"ги Қонунининг 38-моддасига кўра нодавлат таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш тартиби ушбу таълим ташкилотлари томонидан белгиланади.

Каналга уланиш:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka koʻra, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlarda boʻlishi belgilangan:

▫️til boʻyicha oʻqituvchi — 18 soat;
▫️oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog — 24 soat;
▫️koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat;
▫️tarbiyachi, tarbiyachi-metodist — 36 soat;
▫️koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi — 36 soat;
▫️jismoniy tarbiya yoʻriqchisi — 30 soat;
▫️musiqa xodimi, xoreograf — 24 soat.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

✅ Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan “Temir daftar” va “Ayollar daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning oʻquvchi farzandlari uchun 1 kalendar yilida bir marotaba maktab formasi hamda oʻquv qurollari uchun xarajatlarini qoplab berish belgilangan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xalq taʼlimi vazirining (hozirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi) 2021-yil 24-dekabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2022-2023-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 414-son buyrugʻining 3-ilovasi 9-bandiga asosan 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Биласизми

🔰 Ишлаб чиқариш ёки педагогик фаолиятни илмий иш билан бирга муваффақиятли олиб борувчи шахслар учун асосий иш жойларидаги ўртача ойлик иш ҳақлари ва лавозимлари сақланган ҳолда:

➖ номзодлик диссертациясини ва дарсликлар ҳамда ўқув-услубий қўлланмаларни тугаллашлари учун муаллифларга 3 ойгача;

➖ докторлик диссертациясини тугаллаш учун 6 ойгача бўлган муддатга ижодий таътиллар берилади.

Каналга уланиш👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

📆
Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.

🖥 Talabgorlarga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma 14-fevral kunidan boshlab my.dtm.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali beriladi.

✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

⏳ Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi.

📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Endilikda eksternat tartibida imtihon topshirishda ariza berish uchun maktabga borishning hojati yo‘q

👨🏻‍💻Arizalar 2023-yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) o‘z uyidan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn topshiriladi, natija 2 kunda fuqaroga ma’lum qilinadi. Eng muhimi, davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek:

📱 fuqaro faqat baholar tabeli va ma'lumotnomani elektron shaklda topshiradi (avval hujjatlar soni 5 ta bo‘lgan);

📲 arizalar 2 kunda ko‘rib chiqilib, natijasi fuqaroga onlayn yuboriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

☝️Eslatib o‘tamiz:
ushbu davlat xizmati joriy yilning 1-martidan ishga tushiriladi va 1-mayga qadar davom etadi.

Joriy o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🔰Ma’lumot uchun: hozirda maktab ta’limiga oid quyidagi davlat xizmatlari mavjud:

🔹 dublikat shahodatnoma olish;

🔹chet elda umumiy o‘rta ta’lim ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish (nostrifikatsiya) uchun ariza berish;

🔹 chet el va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga joylashtirish uchun ariza berish.

Kanalga ulanish👇
@uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda

Davlat dasturi loyihasida Taʼlim vazirliklari tomonidan 2023-yil aprelga qadar “Pedagog xodimining maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda.

Qonun loyihasida shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish taklif etilmoqda:

➖pedagoglarni oʻz kasbiy faoliyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilishni taqiqlash hamda ularning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash;

➖pedagog xodim faoliyatining kafolatlari va ularni ijtimoiy himoya qilish choralarini mustahkamlash, shu jumladan ularni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash;

➖pedagoglardan hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni talab qilish, ularning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, turli tadbirlarda qatnashishga majburlashga yoʻl qoʻymaslik.

📌 Adliya vazirligi 2020-yil noyabr oyida “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan edi.

👉 Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Namangandagi "University of Business and science"da 2022-2023 yil uchun qabul davom etmoqda!

Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud:

➖ Buxgalteriya hisobi va moliya;
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➖ Boshlang'ich ta'lim;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Maktabgacha ta'lim;
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Filologiya va tillarni o'qitish;
➖ Tarix;
➖ O'zbek tili va adabiyoti;
➖ Soliqlar va soliqqa tortish;
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
➖ Bank ishi va auditi;
➖ Menejment;
➖ Turizm.

Magistratura:
➖ Ingliz tili
➖ Iqtisodiyot
➖ Pedagogika va psixologiya.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni mavjud.

💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m
;
Magistratura – 20 mln so'm
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)

Qabulga hujjat topshirish uchun:
☎️ +998884791916 | Onlayn murojaat
☎️ +998887031916 | Onlayn murojaat

Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarga yetgan

🏢
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarni tashkil etgan.

✅ Shundan, 1–4-sinf oʻquvchilari soni 2,5 mln. nafarni yoki jamiga nisbatan 39,4 % tashkil etgan.

Hududlar boʻyicha 1–4- sinf oʻquvchilari soni:

➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 144,2 ming nafar
➖Andijon viloyati - 234,7 ming nafar
➖Buxoro viloyati - 127,9 ming nafar
➖Jizzax viloyati - 105,6 ming nafar
➖Qashqadaryo viloyati - 262,2 ming nafar
➖Navoiy viloyati - 74,3 ming nafar
➖Namangan viloyati - 211,9 ming nafar
➖Samarqand viloyati - 306,8 ming nafar
➖Surxondaryo viloyati - 216,7 ming nafar
➖Sirdaryo viloyati - 60,5 ming nafar
➖Toshkent viloyati - 201,9 ming nafar
➖Farg‘ona viloyati - 273,2 ming nafar
➖Xorazm viloyati - 138,8 ming nafar
➖Toshkent shahri - 185,3 ming nafar

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bizda magistraturaga qabul davom etmoqda

🎓 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti magistratura bosqichida tahsil olish istagida bo‘lgan barcha hamyurtlarimizni chorlaydi!

🗂 Universitemizda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul davom etmoqda:

Iqtisodiyot - 22.5 mln so'm

Xorijiy til va adabiyoti - 24 mln so'm

Pedagogika va psixologiya - 22.5 mln so'm

📚 Ta’lim shakli: kunduzgi
🇺🇿 Ta’lim tili: o‘zbek
🖊 Dastur davomiyligi: 2 yil

❗️Eng muhimi bizda chet tilini bilish sertifikati talab qilinmaydi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazimizga bog‘lanishingiz mumkin.

☎️ +998 78 113 29-99

🌐 Vebsayt: tift.uz

👉Universitet haqida batafsil ma’lumot

📩 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html

📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 tiftuniversity">Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilmoqda

Hukumat qaroriga ko‘ra (№209, 13.04.2021) iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida - IELTS, TOEFL, IBT, GMAT, GRE va SAT xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berish tizimini joriy etilgan.

Hozirgacha 12 mingdan ortiq yoshlar ushbu yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishgan va 20 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar davlat tomonidan ajratib berilgan.

www.my.gov.uz platformasida imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir elektron davlat xizmati joriy etilgan bo’lib, batafsil ma'lumot quyidagi videoda - https://youtu.be/sZMLiSLnk8g

Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ОСИЁ ХАЛҚАРО УНИВЕРСИТЕТИ қишки қабули
Таълим йўналишлари:
- Даволаш иши
- Стоматология
- Фармацевтика
- Иқтисодиёт
- Молия
- Педагогика ва психология
- Бошланғич таълим
- Мактабгача таълим
- Инглиз тили ва адабиёти
- Тарих
- Жисмоний маданият
- Компьютер технологияси
- Кончилик иши

🎓Сиртқи таълим: 12 млн сўмдан бошланади (йилига)

Таълим тури: Сиртқи ва кундузги
✅ Магистратура ҳам мавжуд!

Сайт: www.oxu.uz
Телеграм: @oxu_uz
☎️ +998553050009

Манзил: Бухоро шаҳри, Ғиждувон кўчаси, 74- уй.
(Мўлжал: Автовокзал)

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️2023-yilda 225 ta maktab matematika va tabiiy fanlardan savodxonlikni baholovchi TIMSS dasturida ishtirok etadi

Davlat dasturi loyihasiga koʻra, joriy yilda 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida Oʻzbekiston ishtirokini taʼminlash rejalashtirilgan.

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi maktablar 225 ta maktab 14 ta hudud kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olinadi. Ushbu tadqiqot 1995-yildan buyon har toʻrt yilda bir marta oʻtkazilmoqda. Tadqiqot 2019-yilga qadar qogʻoz va raqamli shakllarda tashkil etib kelingan boʻlsa, 2023-yildan toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Tadqiqot natijalari 2024-yilda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning 16-martidan 1-apreliga qadar 29 ta maktabda TIMSS tadqiqotlarining tajriba sinovlari jarayonlari oʻtkazilgan edi.

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi Axborotnomasining 4-soni TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

TIMSS tadqiqoti haqida batafsil maʼlumot: http://bit.ly/3RVLysi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Abituriyentlar uchun eng muhim kitoblar e'lon qilindi!

— Respublika bo'ylab eng yirik kitob nashriyoti hisoblangan, yuz minglab abituriyentlar uchun 200 turdan ziyod kitoblar chiqaradigan — REGBOOKS nashriyoti tomonidan abituriyentlar uchun eng muhim kitoblar e'lon qilindi.

Ushbu kitoblardan har yiliga Respublikaning turli nuqtalarida 6 mingdan ziyod repetitorlar, yuzminglab abituriyentlar foydalanib keladi.

❗️Eng muhim kitoblardan namunalar ko'rish uchun, marhamat, quyida mutaxasisligingiz bo’yicha fanni tanlang. Tanlangan fan ustiga bossangiz, o’sha fandan kitoblarimiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin:

👉 Tarix yo'nalishi
👉 Ona tili va adabiyoti
👉 Ingliz tili yo'nalishi
👉 Matematika yo'nalishi
👉 Fizika yo'nalishi
👉 Geografiya yo'nalishi
👉 Ingliz tili yo'nalishi
👉 Biologiya yo'nalishi
👉 Kimyo yo'nalishi
👉 Иcтория
👉 Русский язык и Литература
👉 Majburiy fanlar uchun
👉 Для обязательных предметов
👉 Imtihon testlari
👉 Avgust imtihoni
👉 Huquq yo'nalishi

🇺🇿 Ushbu kitoblarni butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.

Murojaat uchun:

☎️+998930082700 | Тelegramdan yozish
☎️+998974042700 |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI 2022/2023 yil qabuli davom etadi!

Kunduzgi / Sirtqi / Kechki

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va Informatika
— Ona Tili va Adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy g'oya manaviyat asoslari
— Xorijiy til va adabiyoti     
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va Audit
— Bank ishi va Auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro Munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr

Sirtqi ta’lim: 12.8 mln so‘mdan.
📚 Ta’lim turi: Sirtqi va kunduzgi.

Qo'shimcha qulayliklar:
👉 Xorijdagi o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
👉 2-mutaxassislikda o'qish imkoni!

📲 Onlayn hujjat topshirish

Oson elektron ro'yxatdan o'ting va vaqtingizni tejang!

Call Center
☎️ +998880097723
☎️ +998880097752

📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE

Instagram | Telegram | Sayt | Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Namangandagi "University of Business and science"da 2022-2023 yil uchun qabul davom etmoqda!

Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud:

➖ Buxgalteriya hisobi va moliya;
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➖ Boshlang'ich ta'lim;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Maktabgacha ta'lim;
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Filologiya va tillarni o'qitish;
➖ Tarix;
➖ O'zbek tili va adabiyoti;
➖ Soliqlar va soliqqa tortish;
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
➖ Bank ishi va auditi;
➖ Menejment;
➖ Turizm.

Magistratura:
➖ Ingliz tili
➖ Iqtisodiyot
➖ Pedagogika va psixologiya.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni mavjud.

💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m
;
Magistratura – 20 mln so'm
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)

Qabulga hujjat topshirish uchun:
☎️ +998884791916 | Onlayn murojaat
☎️ +998887031916 | Onlayn murojaat

Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Test sinovlari nazoratchisi haqida asosiy ma’lumotlar! Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2023-yilda test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilgan edi.

❇️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi.

📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2023-yil 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

✅Ushbu foaliyat bilan shug‘ullanmaydigan maktab o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun qancha miqdorda va muddatda ish haqi to‘lanadi?
➖Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun to‘lov miqdori davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Guruh nazoratchilariga ish haqi har bir test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng ikki oy ichida to‘lanadi.

Guruh nazoratchisining test sinovlarida ishtirok etgan davrida doimiy ish joyidagi maoshi saqlanib qolinadimi?
➖Talabgorlar asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida guruh nazoratchiligiga jalb etiladi.

Guruh nazoratchilari bilan qancha muddatga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi?
➖Guruh nazoratchilari bilan xizmat ko‘rsatish shartomasi imzolangan kundan boshlab kalendar yili oxirigacha tuziladi.

Guruh nazoratchisida yashash joyiga yaqinroq bo‘lgan test sinovi o‘tkaziladigan hudud (bino)larni tanlash imkoniyati bormi?
➖Vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi. (Tanlash imkoniyati berilmaydi)

Yil davomida o‘tkaziladigan barcha test sinovlarida ishtirok etish majburiymi?
➖Majburiy emas

Oliy ma’lumotga ega, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslar guruh nazoratchisi sifatida tanlovda qatnashishi mumkinmi?
➖Mumkin

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Namangandagi "University of Business and science"da 2022-2023 yil uchun qabul davom etmoqda!

Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud:

➖ Buxgalteriya hisobi va moliya;
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➖ Boshlang'ich ta'lim;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Maktabgacha ta'lim;
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Filologiya va tillarni o'qitish;
➖ Tarix;
➖ O'zbek tili va adabiyoti;
➖ Soliqlar va soliqqa tortish;
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
➖ Bank ishi va auditi;
➖ Menejment;
➖ Turizm.

Magistratura:
➖ Ingliz tili
➖ Iqtisodiyot
➖ Pedagogika va psixologiya.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni mavjud.

💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m
;
Magistratura – 20 mln so'm
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)

Qabulga hujjat topshirish uchun:
☎️ +998887031916 | Onlayn murojaat
☎️ +998884791916 | Onlayn murojaat

Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

Taʼlim nazorati kanali (@uztdi)ning muhokamalar guruhida va botimiz(@uztdibot)ga nodavlat universitetlarda o‘qiyotgan talabalar yoki ularning ota-onalari tomonidan

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

Xorij tajribasida bunday holatlar bo‘lganda qanday yo‘l tutilgan?
"
kabi savollar bilan ko‘p murojaat qilishadi.

O‘zbekiston telekanali orqali 31-yanvar kuni efirga uzatilgan "Munozara maydoni" ko‘rsatuvida Ta‘lim inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov ushbu savolga javob bergan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta tashkil etiladi, davlat granti ulushi oshiriladi

Davlat dasturi loyihasida 2023-yilning avgust oyiga qadar professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra:

🗄 kollej va texnikumlarga oʻquvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etiladi;

🗄 texnikumlarda mutaxassislik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkaziladi;

🗄 xususiy sektorning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yoʻlga qoʻyiladi.

📌 Ma’lumot uchun professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.

👉 Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Rasmiy_bayonot

So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga etkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.

Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrardik.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga ulanish👇
@uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Yangi qarorlar nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida sifatni yaxshilashga qaratiladi

Taʼlim nazorati kanali (@uztdi) orqali davlat dasturi loyihasida nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha yangi qaror ishlab chiqish taklif etilayotgani haqidagi xabarimizdan soʻng telegram botimiz(@uztdibot)ga va kanalning muhokamalar guruhida foydalanuvchilar tomonidan turli savollar qoldirildi.

Xususan:

Yangi qaror chiqqanidan keyin nodavlat universitetlar diplom tan olinmasligi mumkinmi?

Men oʻqiyotgan nodavlat universitet yopilib ketmaydimi?
va shunga oʻxshash savollar bilan murojaat yuborilgan.

Avvalo taʼkidlash lozimki, davlat dasturi lohiyasida ushbu yangi normativ-huquqiy hujjat nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlashda raqobatbardoshlikni oshirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilishi belgilangan.

Yaʼni nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari mavqeni yanada mustahkamlash va sharoit yaratish nazarda tutilgan. Hozirgi paytda nodavlat universitetlar yurtimizda oliy taʼlim qamrovini oshirish va yoshlarning taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Shunday ekan litsenziyalangan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlar xavotir olmasa ham boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

🌀 Shuningdek, nodavlat OTTlar bilan bog‘liq savollaringizni muloqot botimiz (@uztdibot) ga yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…
Subscribe to a channel