uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

O‘qituvchilarga ustama va abituriyentlarga imtiyoz beradigan sertifikatlar haqida

Kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

✔️Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

💵 Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida (450 ming so‘m) to‘lov undiriladi.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

📚 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlaydi.

📍 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

❇️ Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

👉2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

В филиале Беруни открыт набор учащихся в...

- нулевой класс(14:00-18:00),
- 1 класс,
- 5-9 классы

Дорогие родители, мы расширились, и теперь у нас НОВОЕ ЗДАНИЕ.

🫶 Почему родители выбирают Profi School?

- неделя бесплатных занятий;
- 4-х разовое питание;
- обучение с 9.00 до 17.00.

😎 Кружковые занятия: информатика, каратэ/хореография, шахматы, английский язык, арабский язык.

❗️ Запишитесь на экскурсию по школе прямо сейчас!

Для записи достаточно оставить ➕ в комментариях

📲 1277 | +998787771111

—————-

Beruniy filialimizda quyidagi sinflarga QABUL OCHIQ...

- 0-sinf(14:00 dan 18:00 gacha),
- 1-sinf;
- 5-9-sinflar

Aziz ota-onalar, biz kengaydik, endi bizda YANGI BINO.

🫶 Nima uchun ota-onalar Profi Schoolni tanlashadi?

- bir hafta bepul mashg‘ulotlar;
- 4 mahal ovqatlanish;
- ertalab soat 9:00 dan 17.00 gacha mashg‘ulotlar.

😎 Qo‘shimcha to‘garaklar: karate, informatika, xoreografiya, shaxmat, ingliz va arab tili.

❗️Maktabga ekskursiya uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun izohlarda "➕" qoldiring

📲 1277 | +998787771111

@profischooluz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

BARCHA TURAR JOY IZLAB YURGAN TALABALAR DIQQATIGA💋

STARS International University Toshkentda o‘zining PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyini (TTJ) barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi Talabalarga taklif qiladi 😎

😍TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud:

🏖Dam olish hududi + PlayStation 5
📺 Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar
(quloqchinlari bilan)
📶500 mb/s tezlikdagi bepul WI-FI
🗄Shaxsiy javonlar - 2 tadan
💳Shaxsiy elektron kalit - 2 tadan
🚾Zamonaviy hojatxonalar
🛁Zamonaviy alohida yuvinish xonalari
💦24/7 issiq va sovuq suv
❄️Muzlatgichlar
🔥Mikroto'lqinli pechlar
🧺Kir yuvish mashinalari
🤲🏻 Ibodat uchun xona
⚡️24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator)

🧺Bundan tashqari, talabalarning kiyimlari va choyshablari TTJ xodimlari tomonidan BEPUL yuviladi va dazmol qilib beriladi!

📹🧯Talabalarning shaxsiy mulklari xavfsizliklari uchun video kuzatuv hamda yong'inga qarshi tizim o'rnatilgan.

😍STARS TTJ📍Toshkent shahrida eng qulay lokatsiyada ya'ni, Buyuk Ipak Yo'li metrosining 🚇 chorrahasidan 250metr masofada joylashgan! 🛣️

Boshqa davlat, nodavlat
va xorijiy OTM-larida tahsil oluvchi talabalar uchun 1 oylik Talabalar Turar Joy to’lovi:

Kunduzgi / Kechki : 1 mln so‘m
Sirtqi : 1 mln 100 ming so‘m

Bu to’lovlar yuqorida sanab o’tilgan barcha qulayliklarni o’z ichiga oladi👆🏻

Shoshiling!

Joylar soni cheklangan!

📨
Ro’yxatdan o’tish uchun havola

📍 Manzil

📞 Qo‘shimcha savollar uchun
+998942590080

Telegram 📷 Instagram | 📒Facebook | 🖤YouTube | 😍stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

❗️Bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

👉Ro‘yxatni yuklab olish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⭕️⭕️⭕️ Fermerlar maktabida o'qish istagida bo‘lganlar diqqatiga

🗣10-mavsum o'quv kurslariga qabul 5-mart kuni yakunlanadi.

✏️Ariza topshirishga shoshiling va o'z omadingizni sinab ko'ring.

Eslatib o'tamiz bu o'quv kurslarida siz qishloq xo'jaligi sohasida eng kerakli quyidagi yo'nalishlarda bilim egallaysiz:

🐄 Chorvachilik
🐓 Parrandachilik
🥕 Sabzavot va polizchilik
🏠 Issiqxona xo‘jaligi
🍇 Uzumchilik
🌳 Bog‘dorchilik
💰 Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik

Shoshiling, bu shaxsiy biznesingizni yo'lga qo'yish uchun yaxshi imkoniyatlar eshigidir.

‼️ Fursat oz qoldi

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun:
🚀 Telegram-bot: @fermerlar_maktabi_bot
🌐 Sayt: fermermaktab.uz

📞 Telefon:
+99895-500-80-10
+99895-500-80-01
1216

Web-site| Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Matematika fani o‘qituvchisiman. Ushbu fan bo‘yicha 72 ball bilan milliy sertifikat oldim. Bu menga qanday imtiyozlar berishi mumkin?

Ushbu savolga o‘quv ishlarini boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega ekspert, telegramdagi O‘TIBD o‘rinbosarlari va "ЗАВУЧЛАР" guruhlari administratori Sanobar Ummataliyeva javob berdi.

Onlayn muloqotda berilgan shu kabi savollarga javoblar Ta’lim nazorati (@uztdi) kanali orqali e‘lon qilib boriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oʻquv markazlarida IT sohasini oʻrganish uchun ham taʼlim krediti beriladi

Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, taʼlim krediti:

— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming soʻm) miqdorda;
— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.

Manba: O‘zA

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida (onlinedu.uz) malaka oshirish kurslarini faollashtirish haqida

Onlayn shaklda malaka oshiruvchi tinglovchilarning sertifikat olishlari uchun platformada belgilangan kredit ballari:

➡️ Rahbar xodim uchun - 15 kredit ball (direktor, direktor o'rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar, maktab kutubxonachilari);
➡️ Barcha fan o'qituvchilari va metodistlar uchun - 18 kredit ball.

Hozirda kimyo, biologiya, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, matematika, nemis tili, fransuz tili, davlat huquq asoslar, tarix, tarbiya va musiqa fanlari to'liq faollashtirilgan.

Fevral - aprel oylarida oralig'ida tizim imkoniyatidan kelib chiqqan holda barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha kontent materiallari faolashtiriladi.

Agarda sizning faningiz hali faollashtirilmagan bo'lsa-yu, ammo umumiy ochilgan kompetentsiyalardan qanchadir miqdorda kredit ball to'plagan bo'lsangiz, faningiz to'liq ochilgandan keyin bu ballar o'chib ketmaydi. Qaysi qismda to'xtab qolgan bo'lsangiz, shu joyidan davom ettirasiz.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

RASMIY MUNOSABAT

EKSTERNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLAR MAKTABDA TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARGA TADBIQ ETILMAYDI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin”
degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega bo'lmagan yolg'on xabarligini ma'lum qiladi.

Bu xabarlar maktabni o'z vaqtida tugata olmagan, ya'ni maktab yoshidan o'tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtixon topshirish uchun arizalar berish bilan bog'liq xabarning noto'g'ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda,

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.

Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo'q va ularga tadbiq etilmaydi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 29-yanvar kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Davlat dasturi loyihasidagi taʼlim sohasiga oid asosiy yangiliklar

✅ “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasida taklif etilayotgan taʼlim sohasiga oid yangiliklar:

📈 Professional taʼlim muassasasi pedagoglarining oylik maoshi oshadi

🍜 Respublikaning barcha hududlarida oʻquvchilarni bepul ovqatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Har bir tuman (shahar)ning bittadan maktabida oʻquvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi

🏘 Koʻp kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylarda ham davlat bogʻchalari tashkil etiladi

📔 Maktablarda yangi oʻquv dasturlari amaliyotga kiritiladi

💵 Kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham davlat grantlari ajratilishi mumkin

🖋 Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya talablari yengillashtirilishi mumkin

🛏 Yotoqxonaga DXM yoki YAIDXP orqali joylashish tizimi yoʻlga qoʻyilishi mumkin

🏫 527 ta maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish rejalashtirilgan

🏢 Nodavlat oliy taʻlim tashkilotlari boʻyicha yangi qaror ishlab chiqish taklif etilmoqda

📑“Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda

🏬 Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta tashkil etiladi, davlat granti ulushi oshiriladi

🪩 2023-yilda O‘zbekiston maktablari matematika va tabiiy fanlardan savodxonlikni baholovchi TIMSS dasturida ishtirok etadi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi, boshqa yo‘nalishlar uchun 5 yillik pedstaj talab qilinadi. lekin siz hoziroq bizga telefon qilib talaba bo’lishingiz mumkin.

Namangandagi "University of Business and science" universitetida 2022-2023 yil uchun qabul yakunlanmoqda!

Kunduzgi
/Sirtqi /Magistratura

Universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo'lib, diplomi butun O'zbekiston bo'ylab tan olinadi!

Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud:
Bakalavriat / Magistratura

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni mavjud.

💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m
;
Magistratura – 20 mln so'm
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)

Qabulga hujjat topshirish uchun:
☎️ +998887031916
☎️ +998900111526
☎️ +998900170291

Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ta’limni raqamlashtirish uchun ishonchli hamkor qidiryapsizmi?

💡Support kompaniyasi bilan bu jarayon yanada oson va ishonchli!

💻 Ushbu kompaniya bir necha yillardan beri dasturiy taʼminot boʻyicha ish olib bormoqda.

✅ Shu kungacha taʼlim, avtomobil sanoati, logistika, elektron kommersiya yo'nalishlarida muvaffaqiyatli dasturlar ishlab chiqqan.

🗂 Kompaniyaning bugungi kundagi xizmatlari:

👉 veb-saytlar
👉 mobil ilovalar
👉 katta ma'lumotlar bilan ishlaydigan dasturlar
👉 Telegram botlar
👉 sunʼiy intellekt yordamida amalga oshiriladigan dasturiy yechimlarni o'z ichiga oladi.

❇️ Taʼlim muassasalarining o‘ziga xos ehtiyojlarini tushunadigan Support kompaniyasi bilan raqamlashtirishni keyingi bosqichga olib chiqing.

🔰 Xizmatlarimiz bo‘yicha ma’lumotni bu ilova orqali olishingiz mumkin!

BEPUL konsultatsiya uchun:

📞 Telefon raqam: +998 99 638 99 00
✈️ Telegram orqali: @itsolutionuz

Veb-sayt orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pul evaziga chiqarilayotgan maqolalar va tadbirlarda g‘oliblik oʻqituvchiga ustama uchun imtiyoz beradimi?

degan savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova quyidagicha javob berdi:

“Ilgari oʻqituvchi ustama olish uchun, albatta, biror jurnal yoki gazetada maqolasi chiqqan boʻlishi kerak edi.

Chunki Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori boʻyicha pedagogdan baholanayotgan oʻquv yilida ommaviy axborot vositalari, taʼlimga oid veb-saytlardagi chiqishlari, ilmiy-metodik jurnallar va turli anjumanlarda maqola, tezis, konsepsiya hamda istiqbolli rejalari bilan qatnashish orqali taʼlim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga oid ishlari boʻlishi talab etilardi. Endilikda qarorga oʻzgartirish kiritilgan va bu talab bekor boʻlgan.

Oʻqituvchilarga xizmat safari xarajatlarini qoplab berish esa belgilangan tartiblarga koʻra amalga oshiriladi. Nodavlat tashkilotlarning turli tadbirlarida qatnashish xarajatlarini davlat mablagʻlari hisobidan qoplash holati qonunga zid hisoblanadi”.

Manba: oyina.uz

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yana 6 ta fan yo'nalishida onlayn malaka oshirish kurslari faollashtiriladi

13-fevral
sanasidan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun 5 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanganligi haqida xabar bergan edik.

🗓 23-fevraldan soat 14:00 dan boshlab navbatdagi 6 ta fan yo'nalishida:

➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya uchun onlayn malaka oshirish kurslari faollashtiriladi.

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 4-5-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi imzolandi.

Unga koʻra 2023-yil 1-apreldan boshlab:

professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;

professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi

📌 2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

✅ Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

👉 Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

🔹 ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
🔹 test sinovlari — 2-aprel kuni;

👉 ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

🔹 ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
🔹 test sinovlari — 30-aprel kuni;

👉 tarix va geografiya fanlaridan:

🔹 ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
🔹 test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekistonda necha nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda?

🏢 Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.

✅ Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:

— 2017/2018-oʻquv yili – 1,3 ming nafar
— 2018/2019-oʻquv yili – 2,7 ming nafar
— 2019/2020-oʻquv yili – 3,6 ming nafar
— 2020/2021-oʻquv yili – 4,2 ming nafar
— 2021/2022-oʻquv yili – 5,1 ming nafar
— 2022/2023-oʻquv yili – 5,0 ming nafar

✅ 2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ustama olish uchun milliy sertifikatda eng kamida 80% natija qayd etish lozim!

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida sertifikat olish uchun maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plash lozim. Lekin ustama olish uchun minimal talab tegishli vazirliklar tomonidan belgilanadi. 2022-yil 11-mayda qabul qilingan Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga 20% (xalqaro tan olingan sertifikatlarga 50%) miqdorida ustama berilishi belgilangan.

Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili sertifikalar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini va har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini tasdiqlaydi hamda o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. 2022-yilda ustama olish uchun sertifikatning eng kam darajasi milliy sertifikat uchun 80% etib belgilangan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent shahri markazidagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETIda 2022/2023-yili qabuli yakunlanmoqda!

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari: 31 ta

Universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo'lib, diplomi butun O'zbekiston bo'ylab tan olinadi!

Sirtqi ta’lim: yiliga 12,8 mln so‘mdan.

Qo'shimcha qulayliklar:
➖ Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
➖ 2-mutaxassislikda o'qish imkoni

(Litsenziya №049194, 18.11.2022 y.)

📲 Onlayn hujjat topshirish

📝 Oson ro'yxatdan o'ting va vaqtingizni tejang!

Call Center
:
☎️ +998917896005
☎️ +998880097751

📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE

Instagram | Telegram | Sayt |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“Mehrli maktab” hududlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglarni ishga taklif qiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi
Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasining mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglar ishga taklif qilinadi.

Bunda viloyatlardagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining gematologiya va onkologiya bo‘limlarida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish uchun quyidagi mutaxassislik yo‘nalishlari talab etiladi:

Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish uchun pedagog xodim (ona tili va adabiyot, matematika hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari);
Psixolog;
Tarbiyachi;
Tarbiyachi yordamchisi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

✅Pedagog xodim lavozimiga:
oliy (pedagogik) ma’lumotli, dars berayotgan fani bo‘yicha kamida birinchi toifali, 5 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan pedagoglar;

✅psixolog lavozimiga:
oliy ma’lumotli, bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega, kamida 5 yil psixolog faoliyati bilan shug‘ullangan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan mutaxassislar;

✅tarbiyachi lavozimiga:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar;

✅tarbiyachi yordamchisi lavozimiga:
o‘rta ma’lumot va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash ishlari xususiyatlari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega, kamida 3 yillik stajga ega xodimlar.

📌Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mehrli.maktab@xtv.uz elektron pochta manziliga 2023-yilning 20-martiga qadar (shu kun ham) quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim:

ma’lumotnoma-obyektivka;
pasport (ID-karta);
oliy o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom nusxalari.

Yuqoridagi malaka talablariga mos kelgan nomzodlar suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

❗️Ma’lumot uchun: belgilangan qonunchilik talablariga ko‘ra, “Mehrli maktab” pedagog xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun 100 foizlik ustama beriladi va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi, faqat qo‘shimcha imtiyozdan foydalanishi mumkin

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Ushbu notoʻgʻri talqin qilinayotgan xabarlar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha tartib mavjud emas.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur tartib 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan boʻlib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratildi.

Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Soʻng tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.

Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini toʻplab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlovda qatnashadi.

2023/2024-oʻquv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga koʻra tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Onlayn muloqot boshlanishiga 2 soatdan kam vaqt qoldi!

Savollarga 29 yillik pedagogik va o‘quv ishlarini boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega ekspert, telegramdagi O‘TIBD o‘rinbosarlari va "ЗАВУЧЛАР" guruhlari administratori Sanobar Ummataliyeva javob beradi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz ham mumkin.

✅ Eslatib o‘tamiz, savol egalari tasodifiy usulda ("Randomus" randomayzeri yordamida) tanlab olinib, botga savol yuborgan eng omadli obunachi 500 ming so‘m mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2023-yil 9-16-fevral kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (24-26-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Shavkat Mirziyoyev: O‘qituvchilarning oylik maoshlari ham oshirildi. Albatta, bularni yana davom ettiramiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif davomida Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasidagi yangi maktab qurib bitkazilgan maktabni kirib ko‘rdi.

Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

- Shunday sharoit yaratayapmizki, o‘quvchilar maktabdan chet tillarini va hunar o‘rganib chiqadi. 11-sinf hayot yo‘li sinfi bo‘ladi. Agar har bir yosh shunday o‘qib, jamiyatda o‘z o‘rnini topsa, O‘zbekistonimizga mustahkam zamin bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shu yerda qashqadaryolik o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

- Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi, - dedi davlat rahbari. - Sir emas, ilgari bolalar uch oylab paxtaga chiqarilardi. Birgina Qashqadaryoda 155 ming o‘quvchi o‘rni yetishmasdi. Buning uchun viloyatga 1 trillion mablag‘ ajratildi. 215 ta maktab qurildi. Bugun Qashqadaryo maktablar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ham oshirildi. Albatta, bularni yana davom ettiramiz. Lekin asosiysi - sifat bo‘lishi kerak. Bu avvalo o‘qituvchilarning bilimiga, dunyoqarashiga, fidoyiligiga bog‘liq.

Uchrashuvda pedagoglar o‘z faoliyati haqida so‘zlab, fikr va takliflarini bildirdi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

Maktabni tekshirishga kelganlar xizmat guvohnomasi va tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarni koʻrsatishi lozim

Hukumat qaroriga asosan (352-son, 25.04.2019-y) umumtaʼlim muassasalari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:

➖faoliyati rejali tekshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotga ega boʻlish;

➖tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarni talab qilish;

➖tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;

➖tekshirishga vakolatli organlar masʼul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallarni taqdim etmaslik;

➖tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish;

➖tekshirishga asos boʻladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador boʻlmagan har qanday qoʻshimcha koʻrsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish.

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Dolzarb savollar bo‘yicha onlayn muloqot tashkil etiladi!

👉 Pedagogik va psixologik mahorat uchun ball qanday beriladi?

👉 Dars taqsimotida qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari kerak?

👉 O‘qituvchilarga ustama ajratishda nimalar hisobga olinadi?

🎙 Shu kabi savollarga 25-fevral soat 20:00 dan boshlab, 29 yillik pedagogik va o‘quv ishlarini boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega ekspert, telegramdagi O‘TIBD o‘rinbosarlari va "ЗАВУЧЛАР" guruhlari administratori Sanobar Ummataliyeva bilan Ta’lim nazorati (@uztdi) da o‘tkaziladigan onlayn muloqot davomida javob olishingiz mumkin.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz ham mumkin.

✅ Savol egalari tasodifiy usulda ("Randomus" randomayzeri yordamida) tanlab olinib, botga savol yuborgan eng omadli obunachi 500 ming so‘m mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#talaba

🎓 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti sirtqi ta'lim talabari universitetdagi o'qishlari borasida o'z fikrlarini bildirdilar;

👉 "O'qishimni boshqa universitetdan tez, oson va muvaffaqiyatli ko'chirdim"

👉 "O'qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan"

👉 "Universitetdagi sifatli ta'lim orqali, oliy ma'lumotli yetuk mutaxassis bo'lmoqchiman"

👉 " Sirtqi ta'lim orqali o'qishimni ham ishimni ham uddalamoqdaman"

"TIFT bilan yangi g'oyalar, yangi marralar"

📢 Sizda ham sifatli ta'lim olib, oliy ma'lumotli yetuk kadr bo'lish imkoniyati bor

❇️ Ayni vaqtda universitetimizda bakalavr va magistratura yo'nalishlari bo'yicha qishki qabul davom etmoqda

✔️ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirish (perevod) mumkin

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazimizga bog‘lanishingiz mumkin.

☎️ +998 78 113 29-99

🌐 Vebsayt: tift.uz

📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html

📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 tiftuniversity">Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kompyuter xarid qilish uchun imtiyozli kredit ajratiladi

Prezident raisiligida oʻtkazilgan yigʻilishda IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamgʻarmasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga oʻtkazib berish vazifasi belgilandi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…
Subscribe to a channel