uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️ Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi

📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga koʻra ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yoʻl qoʻyiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi.

‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❤️ День матери!

Никто не может любить и ценить человека больше, чем его мать.

Этот человек – причина самых сладких детских воспоминаний и самых прекрасных времен.

Пока рядом с нами мама, мы радостны, спокойны, счастливы!

Если бы существовала статуя, посвященная любви, она непременно была бы в образе матери!

Мы вас любим. Будьте счастливы, будьте всегда здоровы, дорогие мамы!

Profi School - Даём путевку в жизнь.

📞 1277

—-
❤️ Onalar kuni!

Insonni hech kim o'z onasidan ortiqroq sevolmaydi, qadrlayolmaydi.

Bolalikdagi eng shirin xotiralar, eng ajoyib damlarimiz sababchisi shu insondir.

Yonimizda onamiz bor ekan, biz xursandmiz, xotirjammiz, baxtlimiz!

Agar mehrga atab haykal qo'yilsa, albatta, u ona qiyofasida bo'lardi!

Biz sizni yaxshi ko'ramiz. Baxtimizga doimo sog'-salomat bo'ling, aziz onajonlar!

Profi School - Hayotga tarbiyalaymiz

📞 1277

@profischooluz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Soʻragan_edingiz

SAVOL:
Talaba akademik ta’til davrida o‘qishini onlayn tarzda davom ettirsa bo‘ladimi?

JAVOB:
Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasida murojaatchi o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga ushbu ta’lim shakliga o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi?

✅ Dars soatlari o‘qituvchilarning ko‘rsatkichlariga qarab taqsimlanadi:

🔹 xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
🔹 xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
🔹 TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o‘qituvchilar;
🔹 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
🔹 respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
🔹 oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
🔹 ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
🔹 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 o‘z fanidan o‘tkazilgan sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
🔹 oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
🔹 qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
🔹 OTMning pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
🔹 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
🔹 umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

❗️ Dars soatlari umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan qayta taqsimlanishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Endilikda 11-sinfda o‘qib, universitetga ham hujjat topshirsa boʻladi

IDU Xalqaro IT universiteti bu imkoniyatni barcha 11-sinf o‘quvchilariga va litseyda, texnikumda oʻqiyotganlarga taklif qiladi.

Yaʼni maktabni tugatmay turib TALABAsiz, aqlbovar qilmaydi🔥

Maʼlumot uchun, hujjatlar 9-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Qabul imtihonlari esa 11-mart kuni boʻlib oʻtadi.

Shoshiling, juda oz vaqt qoldi!

👊Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havola ustiga bosing!

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ilk marotaba tarix va geografiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari va test spetsifikatsiyasi e‘lon qilindi

➡️ Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi

➡️ Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari

➡️ Tarix fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi

➡️ Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari

✅ Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari

Ilk marotaba tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu fan bo`yicha milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari e‘lon qilindi.

✔️Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

👉Tarix fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Tarix fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi e‘lon qilindi

Ilk marotaba tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu fan bo`yicha milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi e‘lon qilindi.

👉 tarix fani bo‘yicha
ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
🔹 test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

✔️Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

👉Geografiyadan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Nodavlat oliy taʼlim tashkiloti filiali manzili litsenziyada koʻrsatilishi shart!

Telegam botimiz(@uztdibot)ga “Assalom alaykum. Qoraqalpogʻistonda yangi ochilgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotining Samarqandda filiali ochilgani haqidagi eʼlonni koʻrib qoldim. Men koʻrgan litsenziyada Qoraqalpogʻistondagi manzil yozilgan. Nodavlat universitetlar boshqa viloyatda filial ochadigan boʻlsa, oʻsha manzil uchun ham litsenziya olishi kerakmi?”, degan savol kelib tushdi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari tasdiqlangan.

Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq koʻrsatilgan boʻladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

Litsenziyada faoliyat manzili aniq koʻrsatib oʻtilishining sababi litsenziya berishdan avval aynan ushbu manzildagi bino va hududning qarorda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi. Qonuniy filiali mavjud universitetlarning litsenziyasida filial manzili ham koʻrsatib oʻtilgan boʻladi.

Ayrim nodavlat oliygohlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida boshqa viloyatda ham qabul ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyishi mumkin. Biroq bu holat universitet oʻsha viloyatda ham oʻqitadi, degan maʼnoni anglatmaydi.

Agar qaysidir nodavlat universitetning vakillari Sizga boshqa manzilda filiali borligini maʼlum qilsa, litsenziyadagi faoliyat manzili qismida oʻsha manzil ham koʻrsatib oʻtilganligini tekshirib koʻring.

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha savollaringizni Telegram (@uztdibot) botimizga yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Avtomaktab oʻqituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

Haydovchilar tayyorlovchi taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3421, 02.03.2023-y.)

🔰 Nizomga koʻra, taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda oʻqitiladi.

🔢 Oʻquv jarayoni 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.

❕ Mazkur kurslarda oʻqish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.

🗓 Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor oʻrtasida shartnoma tuziladi.

💰 Toʻlov miqdorlari:

▫️haydovchi-yoʻriqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming soʻm);

▫️oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln soʻm), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln soʻm).

✅ Tinglovchilarga ularning oʻquv jarayonida ishtirokini taʼminlash hamda oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda tyutor (oʻqituvchi-konsultant) yordamlashadi.

📝 Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

📆 2023-yil 30-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

🖥 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 3-apreldan 16-aprelga qadar my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📋 Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

✅ Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov).
3️⃣ “Qorako‘z majnun” hikoyasi (Said Ahmad).
4️⃣ “Hayotga muhabbat” hikoyasi (Jek London).
5️⃣ “Hellados” hikoyasi (Nodar Dumbadze).

👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Педагог ходимларнинг фаолиятига тўсқинлик қилганлар жиноий жавобгарликка тортилиши мумкин

Обуна бўлинг 👉 @yuz_official

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hurmatli umumta’lim maktablarining Informatika fani o‘qituvchilari!

GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati
bekor qilinganligi va unga to‘lanadigan ustama pullari to‘lab berilmasligi yuzasidan sizlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarga javoban, to‘lovlar to‘xtatilmagani, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilariga ustamalar mazkur sertifikat olingan davrdan boshlab belgilangan tartibda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.

Ushbu sertifikat uchun to‘lovlar faqat Informatika fani o‘qituvchilariga tatbiq etilib, GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati uchun boshqa fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarga ustama to‘lanmasligi bo‘yicha qonuniy ko‘rsatma berilgan.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

Dunyodagi eng yaxshi universitetlar TOP reytingidagi 80-90 % oʻrinlarni nodavlat universitetlar egallab kelmoqda. Misol uchun, AQShdagi Garvard va Stenford universitetlari ham nodavlat hisoblanadi.

🟧 Kanalga ulanish: @nodavlat_otm

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagog xodimlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Senatorlar tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi.

Mazkur Qonunga muvofiq Jinoyat kodeksiga pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin huddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda.

Unga ko‘ra ta’lim tashkilotining pedagog xodimini mehnatga ma’muriy tarzda qayta majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish yoki qonunga xilof ravishda aralashish, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Bunda Kodeksdagi sanksiyalar fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Moliyaviy savodxonlik fani yuqori sinf o'quvchilari uchun ham qo'yiladimi? Iqtisodiy bilim asoslari fanidan oshirilgan toifa tadbirkorlik asoslari fani uchun ham amal qiladimi? Moliyaviy savodxonlik fani uchun-chi?

Ushbu savolga o‘quv ishlarini boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega ekspert, telegramdagi O‘TIBD o‘rinbosarlari va "ЗАВУЧЛАР" guruhlari administratori Sanobar Ummataliyeva javob berdi.

Onlayn muloqotda berilgan shu kabi savollarga javoblar Ta’lim nazorati (@uztdi) kanali orqali e‘lon qilib boriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni ortib bormoqda
 
🏢 Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etgan.

✅ Ushbu koʻrsatkich 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan 136 taga koʻpaygan. 
 
✅ Yillar kesimida  faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni: 
  
— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 58 ta 
— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 91 ta 
— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 102 ta 
— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 135 ta 
— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 194 ta

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlanmoqda: manzil va sanalar bilan tanishing

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash mezonlari maʼlum bo‘ldi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p bosqichli tanlov asosida bevosita Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Birinchi bosqichda qatnashgan hamda dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Ushbu havola orqali kasbiy mahoratni baholash uchun suhbatni baholash Nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilgan saralash sinovlarining birinchi bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Suhbat jarayonlari joriy yilning 13-18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#yangiliklar

DUSHANBA kunidan navbatdagi fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslariga start beriladi

🗓 6-mart soat 14:00 dan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 6 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanadi:

➡️ Ingliz tili
➡️ Ona tili
➡️ Davlat tili (o'zbek)
➡️ Rus tili
➡️ Tojik tili
➡️ Geografiya

🖊 Shuningdek, fizika, matematika, kimyo, biologiya fanlaridan rus tilida tayyorlangan malaka oshirish kurslariga ham start berildi.

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari

Ilk marotaba geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu fan bo`yicha milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari e‘lon qilindi.

✔️Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

👉Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Birozdan so’ng kanalimiz(@uztdi) da geografiya va tarix fanlari bo’yicha namuna testlarni ham e’lon qilamiz!

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi e‘lon qilindi

Ilk marotaba geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu fan bo`yicha milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi e‘lon qilindi.

👉 geografiya fani bo‘yicha
ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
🔹 test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

✔️Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Soʻragan_edingiz

@eduuzuniversalbot hamda vazirlik ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifa izohlarida qoldirilgan savolga javob

SAVOL:
Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:
➖harbiy xizmatni oʻtash uchun;
➖salomatligini tiklash uchun;
➖homiladorlik va tugʻish uchun;
➖bolalarni parvarish qilish uchun;
➖oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

❌ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

❌ Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

❌ Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Vazirga_murojaat

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIDA “VAZIRGA MUROJAAT” PORTALI ISHGA TUSHIRILDI!

❗️Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar!

Endi siz:
▶️ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
▶️ korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
▶️ tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.

⚡️Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.

❕TA’LIM VA TARBIYAGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!

Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qiziqarli

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, oʻqituvchilik havodagi harakatni boshqaruvchi dispetcher, uchuvchi yoki oʻt oʻchiruvchilik kabi qiyin kasb. Ularning stress darajasi taxminan bir xil.

Oʻqituvchilarning soʻzlariga koʻra, zamonaviy bolalar ularning oldiga har yili koʻproq muammo bilan kelmoqda. Bu esa oʻqituvchilarning qo'shimcha psixologiya bilan ham "qiziqish"lariga sabab bo'lmoqda.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toshkent shahri markazidagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETIda 2022/2023-yil qabuli yakunlanmoqda!

Kunduzgi hamda sirtqi ta'lim

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va informatika
— Ona tili va adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari
— Xorijiy til va adabiyoti    
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va audit
— Bank ishi va auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr

Sirtqi ta’lim: Yiliga 12,8 mln so‘mdan.

Qo'shimcha qulayliklar:
👉 Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
👉 2-mutaxassislikda o'qish imkoni!

📲 Onlayn hujjat topshirish

Oson ro'yxatdan o'ting va vaqtingizni tejang!

Call Center
:
☎️ +998880097751 | Onlayn murojaat
☎️ +998917896005 | Onlayn murojaat
☎️ +998880097723 | Onlayn murojaat
☎️ +998900462989 | Onlayn murojaat

📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE

Instagram | Telegram | Sayt |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#statistika

Toshkent shahri maktablarida necha nafar oʻquvchi tahsil olmoqda?

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Toshkent shahridagi maktablarda 499 417 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

✅ Tumanlar kesimida maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:

— Yunusobod – 64 411 nafar
— Mirzo Ulugʻbek – 58 107 nafar
— Olmazor – 57 335 nafar
—Uchtepa – 54 856 nafar
— Chilonzor – 50 799 nafar
— Shayxontohur – 46 512 nafar
— Yashnobod – 46 192 nafar
— Sirgʻali – 36 751 nafar
— Mirobod – 30 043 nafar
— Yangihayot – 22 845 nafar
— Yakkasaroy – 19 579 nafar
— Bektemir – 11 987 nafar

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Britaniya standartlari bo’yicha Oliy ta’lim endi O’zbekistonda 🇬🇧

ITga qiziqasizmi? Biznes yoʻnalishlariga-chi?

IDU (Xalqaro Raqamli Universiteti) dunyoning eng talabgir IT-yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxasislar tayyorlab ularga rivojlangan davlatlarda ishlash imkoniyatini yaratib beradi.

👍 Shuningdek, IDU o’z talabalariga:

- Yuqori talabga ega IT va biznes yo‘nalishlari
Britaniya standartlari asosida oliy taʼlim
Faol talabalik hayoti, master-klassʼlar, ko‘ngilochar tadbirlarni taklif etmoqda.

Xa aytgancha, 11-sinfda o‘qib turib universitetga hujjat topshirsa ham boʻladi.

🅱️ Universitet kirish imtihoni 11-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, imtihonda ishtirok etganlar 90% gacha GRANT yutishlari ham mumkin.

🔰(Litsenziya №038673, 13.09.2022y.)

Imtihon, yo’nalishlar va qolgan batafsil maʼlumot uchun 👉Shu yerga bosing

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bahorgi qabul jarayonlari davom etmoqda!

📚 Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida o'z faoliyatini boshlagan.
(Litsenziya №056369)

📌 Siz ushbu institutda quyidagi yo'nalishlardan birini tanlab kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida o'qishingiz mumkin:
- Xalqaro munosabatlar
- Iqtisodiyot
- Menejment
- Pedagogika va psixologiya
- Filologiya va tillarni o'qitish (Fransuz, Ingliz, Arab va Rus tillari filologiyasi)


🔥 E'tiborli jihati shundaki, bahorgi mavsum uchun qabul qilingan sirtqi ta'lim shakli talabalari, joriy yilning oktyabr oyidan 2-kurs talabasi sifatida o'qishni davom ettirishlari mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, institutga qabul imtihonlari onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Shuningdek, hujjatlaringizni ham quyidagi havola orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Bahorgi qabulga hujjat topshirish uchun havola: http://bit.ly/3ZnrxxE

Telegram kanal: @isfi_uz

Administrator bilan bog'lanish

📞: 78 113-13-73

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel