Test sinovlarini yil davomida o‘tkazish uchun katta sig‘imli binolar qurilishi
📌 2022-yilda Buxoro viloyatida test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan 1 200 o‘rinli bino qurilib, foydalanishga topshirilgan.
✅ Hozirda quyidagi hududlarda qurilish ishlari davom etmoqda:
🔹 Namangan viloyati — 93 foiz (bajarilgan);
🔹 Xorazm viloyati — 90 foiz;
🔹 Samarqand viloyati — 84 foiz;
🔹 Sirdaryo viloyati — 63 foiz;
🔹 Andijon viloyati — 60 foiz;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 60 foiz;
🔹 Surxondaryo viloyati — 37 foiz.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
2022-yil davomida agentlik tomonidan 52 turdagi test sinovlari tashkil etilib, unda 2 mln. nafardan ortiq talabgorning bilimi sinovdan o‘tkazildi.
✅ Jumladan:
🔹 Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 21 ming nafardan ziyod;
🔸 Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 1,1 ming nafardan ziyod;
🔹 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari – 63 ming nafardan ziyod;
🔸 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari – 11 ming nafardan ziyod;
🔹 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish test sinovlari – 269 ming nafardan ziyod;
🔸 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari – 1 mln. 146 ming nafardan ziyod;
🔹 Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari – 23 ming nafardan ziyod;
🔸 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari – 80 ming nafardan ziyod;
🔹 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylariga kirish test sinovlari – 11 ming nafardan ziyod;
🔸 Professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari – 172 ming nafardan ziyod;
🔹 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari – 22 ming nafardan ziyod;
🔸 Boshqa imtihonlar – 230 ming nafardan ziyod.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❓Umumta'lim maktablari o'qituvchilarining sinf rahbarlari uchun qanday ustama va imtiyozlar berilgan?
✅ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida Umumta'lim muassasalari o'qituvchining sinf rahbarligi uchun qo'shimcha haq to'lovlari nazarda tutilgan.
Unga ko'ra mazkur to'lovlar sinfdagi o'quvchilar soniga qarab, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi. Ya'ni
🔹 15 nafar o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 26,4 % (hozirgi vaqtda 242 ming 880 so'm),
🔹 16 nafardan 20 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 31,6 % (hozirgi vaqtda 290 ming 220 so'm),
🔹 21 nafardan 25 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 36,9 % (hozirgi vaqtda 339 ming 480 so'm),
🔹 26 nafardan 30 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 42,1 % (hozirgi vaqtda 387 ming 320 so'm),
🔹 31 nafar va undan ko'p o'quvchiga ega bo'lgan sinf rahbarligi uchun 52,8 % (hozirgi vaqtda 485 ming 760 so'm).
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
“Kundalik” elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga muvofiq 2023-yilning 15-aprelidan tizimda cheklov (muzlatish) o‘rnatiladi hamda kiritilgan chorak va yillik baholarga maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalariga rasmiy xatsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyati bo‘lmaydi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Quyidagi holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.
Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.
👉Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️ Agentlikning interaktiv xizmatlar portali my.uzbmb.uz domeniga o‘tkazildi
📌 2023-yil 28-fevral kuni Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-sayti dtm.uz domenidan uzbmb.uz domeniga o‘tkazilgan edi.
🖥 Bugun agentlikning interaktiv xizmatlar portali ham yangi domenga o‘tkazildi. Ya’ni my.dtm.uz domeni my.uzbmb.uz domeniga o‘zgartirildi.
✅ Endilikda test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish, ruxsatnomalarni tarqatish, natijalarni e’lon qilish kabi xizmatlar my.uzbmb.uz sayti orqali ko‘rsatiladi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
DIQQAT! E’LON!
📣 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!
👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz
Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.
Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Shoshiling!
📆 Ro'yxatdan o'tish 6-aprelgacha davom etadi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
📩 Telegram botimizga (@uztdibot) "25 yillik pedagogik stajga ega oʻqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi haqidagi qarorni koʻrib xursand boʻldim. Mening uch nafar farzandim bor va tugʻruq taʼtillari (dekret) ham staj sifatida inobatga olinadimi?" degan savol bilan murojaat qilishgan.
Amaldagi “Mehnat kodeksi”ning 234-moddasiga asosan homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil beriladi va nafaqa toʻlanadi. Shuningdek, bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda, koʻpi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Oʼqituvchilarga ovoz yigʼish uchun majburiy topshiriq berilayotgani toʼgʼrisidagi xabarlar vazirlik tomonidan jiddiy oʼrganilmoqda
Maʼlumki, 2021-yilda tajriba tariqasida boshlangan “Tashabbusli byudjet” loyihasi oʼtgan 2 yil davomida xalqimiz tomonidan iliq qabul qilindi. Bugungi kunda yurtdoshlarimiz oʼz hududidagi hal etilishi lozim boʼlgan qator masalalarni “Open budget” portaliga joylab, ovoz yigʼish orqali ushbu tashabbusda gʼolib boʼlish uchun harakat qilishmoqda.
Ushbu portalga joylanayotgan ijtimoiy loyihalar orasida maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini taʼmirlash ishlari ham yetakchilik qiladi. Аlbatta, ushbu jarayonda oʼqituvchilar, oʼquvchilar hatto ota-onalar ham tashabbus koʼrsatib, oʼzlari mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan yoki farzandlari tahsil olayotgan taʼlim dargohini obod qilish uchun ovoz berishda shaxsiy tashabbus koʼrsatmoqda.
Biroq ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda baʼzi oʼqituvchilarga ushbu loyihada ovoz yigʼish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga beeʼtibor qarayotgan oʼqituvchilarga kerakli chora koʼrish bilan tahdid qilinayotganligi toʼgʼrisida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jiddiy oʼrganilmoqda.
Ayni vaqtda “Vazirga murojaat” portaliga oʼqituvchilardan ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi tegishli qaroriga koʼra, pedagoglarni xizmat majburiyati bilan bogʼliq boʼlmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
Hurmatli oʼqituvchilar, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari xodimlari!
Аgar sizning taʼlim maskaningizda oʼqituvchilarni ushbu loyiha doirasida majburiy ovoz yigʼishga jalb etish holatlari kuzatilsa, vazirlikning Ishonch telefoni 71-202-09-09 ga qoʼngʼiroq qilishingizni soʼraymiz. Sizning murojaatingiz asosida ushbu yoʼnalishda qonun buzilish holati aniqlansa, tegishli masʼul xodimlarga zarur taʼsir choralari koʼriladi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi faqat tashabbusga asoslanadi, bunda hech kimni majburlashga yoʼl qoʼyilmaydi!
Maʼlumot uchun shuni ham qo'shimcha qilishni joiz deb topdim, yaqinda Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun maʼqullandi.
Unda oʼqituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha boʼlgan jazo nazarda tutilmoqda. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.
Shunday ekan, oʼqituvchilarimizning kasbiy huquqlari Davlatimiz nazoratida ekanligini, ularni majburiy mehnatga jalb qilishga yo'l qo'yilmasligini unutmasligingizni so'raymiz.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❗️Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi
"Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi:
▫️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;
▫️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
QSning “Fan sohalari reytingi” bo‘yicha reytingidan qanday foydalanish mumkin?
Quacquarelli Symonds xalqaro reyting kompaniyasi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) 54 ta fan bo‘yicha natijalarini eʼlon qildi. Ushbu QSning eng yirik reytingidan 1 594 ta oliygohning 15 700 dan ortiq turli o‘quv dasturlari o‘rin olgan bo‘lib, ulardan 103 tasi yangi hisoblanadi.
Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti ham ushbu reytingdan o‘rin olgani haqida xabar bergan edik.
✅ Nufuzli reyting agentliklari tomonidan e’lon qilinadigan shu kabi reytinglar yoshlarga ularning qiziqishi va imkoniyatiga qarab oliygoh tanlashlariga yordam beradi.
❓Ushbu reytingdan qanday foydalanish mumkin?
Reytinglar sizga tanlayotgan universitetingiz bilan yaqindan tanishish va boshqa muassasalar bilan solishtirish imkonini beradi. Bunda har bir universitetning TopUniversities.com saytidagi profil sahifasiga tashrif buyurib, ularning dasturlari, jihozlari va o‘qish to‘lovlari haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin. Ammo ba’zi universitetlarning reytingda ko‘rsatilmaganligi uning “yomon” ekanini anglatmaydi.
Sizga mos oliygohni topishning bir necha usullari mavjud:
👉 Batafsil
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarning 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
“STEM” inglizcha “Science, Technology, Engineering, Maths” so‘zlarining qisqartmasi. O‘zbekchasiga qisqacha qilib aytganda, STeM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini o‘z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o‘qitishni anglatadi.
STEMga aloqador kasblar qaysilar?
STeM kasblari 4 ta fan doirasidagi barcha kasblarni o‘z ichiga oladi.
Bular orasida hisobchi, texnik yozuvchi, kompyuter dasturchisi, kimyogar, moliyaviy tahlilchi, veb-dasturchi, biolog, atrof-muhit muhandisi, tizim tahlilchisi, muhandis-quruvchi, mexanik muhandis, statistik, psixolog, ma’lumotlar bazasi muhandisi, ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi, IT-menejyer, shifokor, "data scientist" kabi kasblar bor.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
🔰 Qonunchilikka koʻra, bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi.
❇️ Shuningdek, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashgʻulotlari oʻtkazilmaydi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog lavozimida ishlayotgan mutaxassisning ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar mavjudmi?
👉 Javob
❓ Oliy ta’lim muassasalarining “Maktab menejmenti” bitiruvchilari maktabda qanday lavozimlarda ishlashlari va qaysi fandan dars berishlari mumkin?
👉 Javob
❓ Maktab direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻz xizmat vazifasiga qoʻshimcha ravishda yagona elektron tizimi (ERP), kundalik.com va boshqa AKT bazalar bilan doimiy ishlash vazifasi yuklatilgan. Ushbu yuklamalar uchun qoʻshimcha ustamalar belgilanishi mumkinmi?
👉 Javob
❓Hozirda oliy taʼlim muassasasida boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida oʻqiyapman. Ushbu diplom bilan maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlashim mumkinmi?
👉 Javob
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❓Hozirda oliy taʼlim muassasasida boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida oʻqiyapman. Ushbu diplom bilan maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlashim mumkinmi?
✅ Oliy taʼlim muassasalari tomonidan berilgan boshlagʻich taʼlim yoʻnalishiga doir diplom maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlash uchun asos boʻla olmaydi.
Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining tavsiflarini belgilashga asos boʻluvchi amaldagi meʼyoriy hujjatga asosan, maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kamida oʻrta maxsus pedagogik maʼlumot yoki boshqa yoʻnalish boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotlilar maktabgacha tʼlim yoʻnalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini oʻtaganlaridan soʻng maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlashlari mumkin.
📌 “Vazirga murojaat” rukni ostida berilgan savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova javob qaytardi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertizadan o‘tkazish
✅ 2022-yilda Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlari uchun:
🔹12 ta umumta’lim fanidan 42 mingdan ortiq;
🔹 54 ta maxsus fandan 37 mingga yaqin test topshirig‘i shakllantirilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan.
❇️ Bundan tashqari
🔸 milliy sertifikat imtihonlari uchun 7 ta umumta’lim fanidan 1,5 mingdan ziyod;
🔸 fan olimpiadasining respublika bosqichi uchun 16 ta umumta’lim fanidan 1,4 mingdan ziyod test topshirig‘i shakllantirilib, ekspertizadan o‘tkazilgan.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.
Tadbir tafsilotlari bilan Ta’lim nazorati (@uztdi) orqali tanishib borishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
🎬 Oʻqituvchilar haqida yaratilgan dunyodagi TOP-12 film
Qiyinchiliklarga qaramay xor tashkil qilgan – ustoz Matyo, aslida, o'qituvchi bo'lmagan, ammo bolalar uchun eng yaxshi ustoz bo'lishga erishgan – Janob Lazar, doimo o'quvchilarini o'qishga undagan – skripkachi ayol Roberta, 8 yashar bolaning hayotiga mazmun kiritgan – ustoz Ram – biz e'tiboringizga havola etayotgan filmlarning barchasi oʻqituvchilarning fidoyiligi va ularning qahramonliklari haqida hikoya qiladi.
Avvalroq kanalimizda ushbu filmlarning nomlarini bergan edik, bugun ular haqida qisqa ma'lumotlar va tomosha qilish uchun havolalarini taqdim etamiz:
👉 Bu yerni bosing
❗️ Postni ulashishni unutmang
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
RASMIY MUNOSABAT
Bugungi kunda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Hozirda jami 33 ming 600 loyiha uchun 10 milliondan ortiq ovoz berildi.
Shu bilan birgalikda, ijtimoiy tarmoqlarda budjet tashkiloti xodimlarini maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi loyihalarga ovoz berishga majburlash holatlari yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.
▫️Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘rganishlar natijalari shuni ko‘rsatmoqda-ki, yirik mahallalar aholi soni yuqori bo'lganligi sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlari aniqlandi.
▫️Ovoz berishda tengsizlikka yo'l qo'ymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida vazirlik tomonidan bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan:
🔹Face ID yordamida identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish. Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga teng keladigan variant ko'rib chiqiladi;
🔹kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti joriy etiladi.
Bu kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkonini beradi.
Bundan tashqari, tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini ta'minlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️ Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra:
➖Farrux Axmedjonovich Boboyev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib;
➖Oyatillo Zikrillayevich Raxmatillayev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari etib;
➖Nodir Xojiyevich Muslitdinov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#Bilasizmi
🏢 Qonunchilikka koʻra, quyidagi sportchilar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazning 5-sinfiga, shuningdek, paralimpiya sport turlari boʻyicha 10-sinfiga imtihon sinovlarisiz imtiyozli ravishda qabul qilinish belgilangan:
🔹 Sportning olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib va sovrindorlari (1 — 3-oʻrinlar),
🔹 Olimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalari aʼzoligiga hamda ularning zaxirasiga kirgan sportchilar.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Maktablarda va mahallalarda sport maydonchalari qurish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Unga koʻra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Yoshlar siyosati va sport vazirligining taklifiga muvofiq belgilangan mahallalarda joylashgan, shuningdek sport infratuzilmasi yetarli boʻlmagan umumtaʼlim maktablari tasarrufida boʻlgan hududlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi balansida qoldirish sharti bilan sport maydonchalari qurilishi uchun zarur yer maydonlarini ajratilishini tashkil etadi;
umumtaʼlim maktablari hududida qurilgan sport maydonchalaridan oʻquvchilar, shuningdek, darsdan tashqari hamda qatʼiy tarzda oʻquv jarayoniga xalaqit bermaydigan vaqtlarda mahalla aholisining bepul shugʻullanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi.
2023-yil 1-maydan boshlab:
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan sport maydonchalari barpo etiladigan mahalla hududlari roʻyxati hududiy hokimliklarga taqdim etiladi.
Mahalla fuqarolar yigʻini hududida barpo etilgan sport maydonchalari tozaligini saqlash atrofini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bitta shtat birligi ajratiladi.
Muhokama ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/77658
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Rossiya universitetlarining Oʻzbekistondagi filiallari ham litsenziya olishi kerak
Rossiya Taʼlim va fan sohasida federal nazorat xizmati (Rosobrnadzor) rahbari oʻrinbosari Svetlana Kochetova Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Rossiya universitetlari filiallari direktorlarining ishchi yigʻilishida ishtirok etdi. Toshkentdagi ishchi uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi, Rossiya taʼlim va fan vazirligi, Maorif vazirligi, Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov, Rossiya taʼlim Akademiyasi (RAO) Prezidenti Olga Vasileva va akademiklari ham qatnashdi.
Muhokama davomida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Rossiya universitetlarining filiallarida taʼlim sifatini oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, Rossiya va Oʻzbekistondagi oʻquv jarayonini baholashning umumiy mezonlarini ishlab chiqish muhokama qilindi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tashkilotlari, taʼsis universitetlari va hamkor tuzilmalar filiallari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Bugungi kunda Rossiyaning 11 ta taʼlim tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallarda taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega.
Svetlana Kochetova taʼlim faoliyatini litsenziyalash va davlat akkreditatsiyasi bevosita tashkilotning murojaatiga asosan amalga oshirilishini eslatib, filiallarini ochayotgan Rossiya universitetlarini ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda kechiktirmaslikka chaqirdi.
Manba
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️Hukumat qarori bilan majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi, bu nimani anglatadi?
Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) ga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagoglar hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi.
Endi ushbu pedagoglarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qolinib, ularga taʼlim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandiga ko‘ra, ular faqat oʻz xohishlariga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishlari mumkin.
Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqa murojaat qilinganligidan qat’iy nazar tayinlanadi
Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023 y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi
🔰 Nizom bilan quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:
▫️nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga;
▫️o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
▫️davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga.
✅ Shunga ko‘ra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:
🔹 nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
🔹 parvarishlash nafaqasi;
🔹 nogironlik nafaqasi;
🔹 boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
🔹 yoshga doir nafaqa.
📄 Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
📝 Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.
📝 DXM ma’lumot olingandan so‘ng 5 daqiqa ichida:
➖nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
🔘 Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan bank filiali orqali to‘lanadi.
🗓 Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay to‘lanadi.
➡️ Nafaqa oluvchi O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda, nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa to‘lash avvalgi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Biz - bir oilamiz!
Atrofga qarang: insonlarning barchasi bir xil ko‘rinishdami?
Yo‘q! Kimningdir ko‘zi, sochi, terisining rangi biznikidan, albatta, farq qiladi.
Har birimizning fikrlashimizda, qadriyatlarimizda, tilimizda o‘zgachalik bor. Orzu-umidlarimiz, kelajakdagi rejalarimiz ham boshqalarnikiga o‘xshamaydi.
Ammo barchamizning tomirimizda oqayotgan qon qizil rangda, bir-birimizga doimo yaxshilik tilaymiz va O‘zbekistonda yashayapmiz.
O‘rtamizdagi farq, ajralib turuvchi har qanday jihatga qaramasdan biz bir jamoamiz, yaqin do‘stlarmiz.
Profi School - Biz bir oilamiz!
@profischooluz
📞1277
---
Мы одна семья!
Оглянитесь вокруг: все ли люди выглядят одинаково?
Нет! Цвет чьих-то глаз, волос и кожи определенно отличается от нашего.
У каждого из нас есть различия в нашем мышлении, ценностях и языке. Наши мечты и планы на будущее не такие, как у других.
Но у всех нас в жилах течет красная кровь, мы всегда желаем друг другу добра, и мы живем в Узбекистане.
Несмотря на различия между нами, мы близкие друзья.
Profi School - Мы одна семья!
📞1277
@profischooluz
#XUSHXABAR
2 ta universitetimiz “Fan sohalari” reytingida TOP-500 talikdan oʻrin oldi
Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.
👉Batafsil
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
"1-apreldan boshlanadigan o‘quv yili, 28 ming sig‘imli maktab, oyiga 1 mlrd so‘mlik ta’lim" – dunyo ta’limi haqida qiziqarli faktlar
🇯🇵 Yaponiyada oʻquv yili 1-apreldan boshlanadi. Chunki yaponlar bu oyni hayotning yangi bosqichi boshlanishi uchun eng qulay deb hisoblashadi.
🇨🇳 Xitoyda yozgi taʻtil faqat bir oy davom etadi. Shuningdek ushbu mamlakatda darslar soat 16:00 ga qadar davom etadi. Oʻquvchilar esa soat 21:00 ga qadar yana qoʻshimcha mashgʻulotlarda qatnashishlari mumkin.
🇮🇳 2003-2004-oʻquv yilida Hindistondagi Montessori maktabida 28 ming bola tahsil olgan. Bu bir maktabda taʼlim oluvchi oʻquvchilar soni boʻyicha jahon rekordi hisoblanadi.
🏴 Dunyodagi eng qimmat maktab Angliyada joylashgan. Ushbu mamlakatdagi aristokratlar uchun moʻljallangan maktabda oʻqish oyiga taxminan 80,000 funt sterling (qariyb 1 mlrd so‘m)ni tashkil qiladi.
🇲🇦 Dunyodagi eng qadimgi universitet Marokashda joylashgan. Ushbu mamlakatdagi Karauin universitetiga 859-yilda asos solingan.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️ ЭРТАГА ОНЛАЙН ТЕСТ! ЮТУҚ: 700 МИНГ СЎМ!
📆 Эртага, 19-март куни Oliygoh.uz платформасида барча фанлардан Республика миқёсидаги 33-ДИАГНОСТИК ИМТИҲОН бўлиб ўтади.
➖ Онлайн имтиҳон Давлат имтиҳон стандартлари асосида ташкил этилиб, барча фанлардан кириш имтиҳонлари андозасида 5 БЛОКЛИ тест саволлари тақдим этилади.
❗️Иштирок этиш бепул!
👉 Имтиҳонда иштирок этиш
🤩 Соврин: 700 минг сўм
📊 Ғолиблар сони: 14 нафар
📚 БЛОК ТЕСТ барча фанлардан бўлиб ўтади. Ўзингизга мос йўналишни танланг:
👉 Ҳуқуқ + Инглиз тили
👉 Инглиз тили + Математика
👉 Инглиз тили + Она тили
👉 Кимё + Биология
👉 Математика + Инглиз тили
👉 Математика + Она тили
👉 Математика + Физика
👉 Она тили + Инглиз тили
👉 Она тили + Математика
👉 Она тили + Тарих
👉 Тарих + География
👉 Тарих + Инглиз тили
👉 Тарих + Она тили
👉 Биология + Она тили
👉 Биология + Кимё
👉 Кимё + Математика
👉 География + Математика
👉 Бошқа йўналишни танлаш
— Имтиҳон афзалликлари:
✅ Пул ютиб олиш имконияти;
✅ Давлат стандартидаги саволлар;
✅ Барча фанлардан блок тест
✅ Асосий фан + мажбурий фанни танлаш
✅ Тест якунида махсус сертификат
✅ Тўғри жавоблар таҳлили каби имкониятлардан фойдаланиш мумкин.
❗️Энг муҳими, имтиҳон якунлангандан кейин натижалар ҳамда жавоблар платформада умумий мандат шаклида э‘лон қилинади. Шунингдек, абитуриентлар қайси олийгоҳга кириши мумкинлиги ҳақида таҳлилий ма’лумотларга эга бўлишади.
👨🏻💻 Тестда иштирок этиш:
👉 @OLIYGOH_TEST_BOT
👉 @OLIYGOH_TEST_BOT
❓ Maktab direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻz xizmat vazifasiga qoʻshimcha ravishda yagona elektron tizimi (ERP), kundalik.com va boshqa AKT bazalar bilan doimiy ishlash vazifasi yuklatilgan. Ushbu yuklamalar uchun qoʻshimcha ustamalar belgilanishi mumkinmi?
✅ Umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻqituvchilar va oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kundalik.com sayti hamda maʼlumotlarning yagona elektron tizimiga kiritish vazifasi yuklatilishi mumkin.
Amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlarda mazkur qoʻshimcha vazifa uchun ustama va toʻlovlar koʻzda tutilmagan.
📌 “Vazirga murojaat” rukni ostida berilgan savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova javob qaytardi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi