uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

“Меҳрли мактаб“ филиаллари ташкил этилади

“Гематология, онкология, клиник иммунология, бошқа стационар ва узоқ муддатли амбулатор даволанишда бўлган болаларга таълим ва тарбия бериш тизимини янада кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (134–сон, 29.03.2023 й.) қабул қилинди

🏢 “Меҳрли мактаб” давлат таълим муассасаси Ҳукумат қарори билан huquqiy_axborot/QubbDI9nh-P">ташкил этилган.

✅ Қарорга кўра, гематология, онкология, клиник иммунология, бошқа стационар ва узоқ муддатли амбулатор даволанишда бўлган болалар даволанаётган давлат тиббиёт муассасаларида “Меҳрли мактаб”нинг филиаллари 2023-2028 йилларда босқичма-босқич, бироқ ҳар йили камида 3 та ҳудудда ташкил этилади.

📌 Филиалларнинг асосий мақсади даволанишда бўлган болаларнинг ҳаётга ижтимоий мослашувини, уларнинг мактабгача таълим ҳамда умумий ўрта таълим ташкилотларида таълимни давом эттиришга тайёрлигини таъминлаш хисобланади.

Эслатиб ўтамиз, «Меҳрли мактаб» ҳудудларда ташкил этиладиган филиалларига малакали педагогларни ишга таклиф қилиб эълон берилган эди.

Каналга уланиш:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama oladigan 1697 nafar oʻqituvchilar ro‘yxati e‘lon qilinganidan soʻng:

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga nomzodlar qanday saralangan? Keyinchalik ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun nima qilish kerak ?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlangan.

🔰 Davlat test markazi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2023-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 2000 nafar etib belgilangan va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlangan.

Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.

🤵 Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

2️⃣-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

🏅 Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 Кирил ёзувида ўқиш

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʼquvchilarni dars vaqtida pul yigʼishga yuborilishiga yoʼl qoʼygan maktab direktori vazifasidan ozod etildi

Toshkent viloyati, Oqqoʼrgʼon tumanida joylashgan 17-maktab oʼquvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelishi uchun joʼnatilgan aks etgan videodagi holat tezkor tarzda oʼrganish boʼyicha vazir tomonidan topshiriq berildi.

Oʼrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham "Tashabbusli byudjet" bilan bogʼliqligi oʼz tasdigʼini topdi. Maktabi yaqinda ta'mirdan chiqqan bo'lishiga hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay hech qanday soʼz bilan oqlab boʼlmaydigan holatga yoʼl qoʼyganligi uchun maktab direktorini lavozimidan ozod etish boʼyicha qaror qabul qilindi, oʼqituvchiga esa ogohlantirish berildi.

Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʼqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʼrab qolamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan matematika fanidan GMAT hamda informatika fanidan “Google for education” sertifikatlariga ega o‘qituvchilarga ham har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlanishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 UMFT universitetida 180 nafar talaba uchun grant o'rinlari.

University of Management and Future Technologies oliy ta'lim muassasasi iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2023-2024-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakliga 180 ta grant o'rinlari uchun tanlovni e'lon qiladi.

👨‍🎓 Talabalar 3 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi. Yakuniy natijalarga ko'ra eng yuqori ball to'plagan:
🥇birinchi 30 nafar qatnashchiga 75%;
🥈keyingi 60 nafar qatnashchiga 50%;
🥉navbatdagi 90 nafar qatnashchiga 25% lik grantlardan biri taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi bakalavriat yo'nalishlaridan birida ta'lim olish uchun 2023-yil 27-martdan 5-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
▫️ Dasturiy injiniring
▫️ Infokommunikatsiya injiniringi
▫️ Raqamli iqtisodiyot
▫️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar

✔️ Tanlovda ishtirok etish uchun UMFT Grant Bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet vebsayti orqali tanishishingiz mumkin.
➡️ www.umft.uz/grant

☎️ Telefon +998555068888
📩 Murojaat uchun : @umft_support
🌐 Veb-sayt: www.umft.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori, 1-maydan byudjet tashkilotlar oylik maoshlari 7 foizga oshirilmoqda. Shuningdek, narx-navo oshib ketishining oldini olish maqsadida bojxona bojlarini kamaytirish bo‘yicha Prezident Farmoni qabul qilingani ta`kidlandi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Kundalik”da baho qo‘yish va to‘g‘rilash cheklovi haqida

Tarmoqda “Kundalik”da baholarni tahrirlashning iloji yo‘qligi haqida ma’lumot tarqaldi. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Xalq taʼlimi vazirining “Umumta’lim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash toʻgʻrisida”da 2022-yil 24-iyundagi 205-son buyrugʻi asosida o‘tgan yili ham “Kundalik” tizimida baholarni tahrirlash cheklovlari qayd etilgan edi.

Kundalik” elektron sinf jurnalida baholar onlayn va oflayn rejimda kiritiladi. Onlayn kiritilgan baholarni “Oʻzgarishlar tarixi” boʻlimida kuzatish hamda ularni 72 soat ichida oʻzgartirish (toʻldirish) mumkin. Boshqa hollarda esa tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga rasmiy xat bilan murojaat qilishingiz lozim”, - deyiladi 2022-yil 24-iyundagi 205-son buyrug‘iga 1-ilovaning 12-bandida.

Texnik tomondan, “Kundalik” platformasida baholarni hisobga olish o‘zgarmadi: monitoring tizimi, agar darsdan so‘ng “Jurnallar” bo‘limida o‘qituvchi belgilangan muddatlarda darsda qatnashgan o‘quvchilar umumiy sonining 30 foizini baholasa, va dars sahifasiga “Dars o‘tkazildi” belgisini qo‘ygan bo‘lsa, dars o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

❗️Dars o‘tilgan kundan boshlab 72 soatdan keyin baholarni tahrirlashni taqiqlash MMTV so‘roviga binoan ishlab chiqilmoqda. Foydalanuvchilar yangilik haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Kundalik.com bayonoti

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma

📆
2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💬 "Yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha test savollariga o‘zgartirishlar kiritiladi"

🎙 Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev

📌
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e’lon qilingandi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Педагоглар фаолиятига ноқонуний аралашган мансабдор шахслар маъмурий қамоққа олиниши мумкин

Педагог ходимларнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилганлик учун жавобгарлик кучайтирилиши муносабати билан Президент томонидан имзоланган Қонунга (ЎРҚ–826, 27.03.2023 й.) асосан Жиноят ҳамда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексларга қўшимча ва ўзгартишлар киритилди

🔰 Жиноят кодексига киритилган кўшимчага кўра:

🔹 Меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш таълим ташкилоти педагог ходимига нисбатан худди шундай қилмиш учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилса, қуйидаги жазо чораларидан бири қўлланилишига сабаб бўлади:

▫️БҲМнинг 150 бараваридан 200 бараваригача (45 млн сўмдан 60 млн сўмгача) миқдорда жарима;
▫️3 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш;
▫️3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари.

Илгари бундай норма мавжуд эмас эди.

☑️ Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга кўра, меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш БҲМнинг 50 бараваридан 100 бараваригача (15 млн сўмдан 30 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

❗️Эндиликда мазкур Кодексга киритилган ўзгартиш ва қўшимчага кўра, худди шундай ҳуқуқбузарлик таълим ташкилоти педагог ходимига нисбатан содир этилса, БҲМнинг 100 бараваридан 150 бараваригача (30 млн сўмдан 45 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Илгари бундай норма мавжуд эмас эди.

📝 Шунингдек, педагог ходимнинг касбий фаолиятига таълим олувчиларнинг билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш билан ифодаланган тарзда қонунга хилоф равишда аралашиш ёки унинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:

➖фуқароларга БҲМнинг 7 бараваридан 10 бараваригача (илгари 5 баравардан 7 бараваргача), мансабдор шахсларга эса 10 бараваридан 15 бараваригача (илгари 7 баравардан 10 бараваргача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

📌 Бундан ташқари, худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилса:

➖фуқароларга БҲМнинг 10 бараваридан 15 бараваригача (илгари 7 баравардан 10 бараваргача), мансабдор шахсларга эса 15 бараваридан 20 бараваригача (илгари 10 баравардан 15 бараваргача) миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача маъмурий қамоққа олишга (илгари ушбу жазо чораси қўлланилмаган) сабаб бўлади.

Каналга уланиш:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qiziqarli

O'qituvchilar suratlari kupyuralarga tushirilgan(mi)?

Buni qarangki, o'qituvchilar turli mamlakatlarning pul belgilarida keng aks ettirilgan ekan.

Qanday qilib? – deysizmi?

Quyidagi havola orqali bu haqida batafsil va qiziqarli ma'lumotga ega bo'ling:

🔗 Maqolani o'qish

❗️Postni ulashishni unutmang!

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💬 "Imtihon jarayonida qoida buzgan abituriyentlarni 5-7 yilga chetlatish taklifi Adliya vazirligi tomonidan rad etilgan."

🎙 Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Magistraturaga kirish imtihonlariga bu yil o'zgartirishlar kiritiladimi?

📌 Mazkur savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov javob bergan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy sertifikat imtihonida testlar yangi darsliklar bo'yicha tushadimi yoki eski?

📌 Mazkur savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov va boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev javob bergan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Biologiya fanidan milliy sertifikat testi talablarni inobatga olib, avgustgacha bo'lishi mumkinmi?

📌 Mazkur savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev javob bergan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Abituriyentlar va universitetlar uchun mentalaba.uz platformasi ishga tushirildi

Yurtimizdagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy universitetlar filiallari soni kundan kunga oshib bormoqda.

O‘z navbatida abituriyentlarni ko‘proq jalb qilish orqali ular orasidan eng iqtidorlilarini saralash olish bo‘yicha raqobat yuzaga kelmoqda.

📊 Ushbu tendensiyani inobatga olgan holda, yoshlarga o‘zlariga qulay universistet tanlashga va xususiy universitetlarga ko‘proq abituriyentlarni jalb qilishga ko‘maklashish uchun mentalaba.uz platformasi ishga tushirildi.

✅ Ushbu platforma abituriyent yoshlar va universitetlarni bog’lash uchun ko‘pkir vazifasini bajarib kelmoqda.


🎓 Mentalaba.uz platformasiga qo'shilish orqali xususiy universitetlar marketing va targ'ibot ishlariga pulni tejashlari mumkin.

Mentalaba.uz ishga tushganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, xususiy universitetlar uchun yuzlab potentsial talabalarni jalb qilishga erishdi.

❗️ Xususiy universitetlar vakillari quyidagi raqamga bog‘lanish orqali o‘z universitetlarini ushbu platformaga tekin joylashtirishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998 99 638 99 00

Ta’kidlash joizki, ushbu platforma abituriyentlarni universitet bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab beradi va buning uchun hech qanday pul undirmaydi.

Turli konsalting tashkilotlariga mablag‘ sarflagandan ko‘ra Mentalaba.uz platformasidan foydalanishni tavsiya qilib qolamiz.

🌐 Mentalaba.uz | Instagram| Facebook| Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun oʻtkazilgan ikki bosqichli tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan malakali pedagog kadrlar ROʻYXATI

G‘oliblarga
9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yoʻnalishlarida oʻqiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti tumanlarda tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda turizm salohiyatini oshirish boʻyicha yangi tizim joriy qilinishi taʼkidlandi. Viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliygoh bilan hamkorlikda ishlab, turizm obyektlari toʻgʻrisidagi kontentni boyitishi lozim boʻladi. Ular:

- 31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va turistik obyektlari kontentini yaratadi;

- ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi;

- turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yoʻnalishlarida oʻqiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi;

- turizm va servis obyektlari ishchilarini oʻqitadi.

Natijaga qarab oliygoh oʻqituvchilari va talabalari ragʻbatlantiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#DIQQAT_EʼLON

📣“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!

🔰Tanlov 500 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 oʻrin, magistratura uchun 275 oʻrin, doktorantura uchun 150 oʻrin stipendiyalar ajratiladi.

Shu jumladan, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

❗️Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📎Onlayn hujjat topshirish: http://admission.eyuf.uz

Tanlovda gʻolib boʻlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.

🎙Joriy yilning 3-aprel kuni kanalimiz orqali (@uztdi) “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot tashkil qilinadi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishing.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

TAYINLOV

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Bektemirov Xamro Solayevich Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Xamro Bektemirov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdorini, 1-maydan boshlab esa byudjet tashkilotlar oylik maoshlarini oshirish toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#kun_tarixi

🗓 28–MART - BUTUNJAHON TARIXCHILAR KUNI

Ushbu sana munosabati bilan tarixchi ustozlar, tadqiqotchilar va shu sohadagi barchani samimiy qutlaymiz!

Faoliyatingizda omad va zafarlar yor bo‘lsin!

📷 Suratda o‘quvchilarni qiziqtirish uchun darsni ritsar zirhida olib borgan, o‘z kasbini sevuvchi tarix fani o‘qituvchisi (internetdan olindi).

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Chet tili imtihonlarining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi

✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash imtihonining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

📌 Mazkur o‘zgarishlar agentlik Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 16-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlangan va 2023-yil mart oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

▶️ Unga ko‘ra test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball har bir bo‘lim bo‘yicha 75 ballni tashkil etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar faqat eng yuqori ballarni qamrab oladi hamda aksariyat talabgorlarning natijalariga ta’sir qilmaydi.

🖥 Kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot uzbmb.uz saytining “Chet tili boshqarmasi” bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, yuqoridagi pdf faylda ham o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#yangiliklar

Yana 3 ta yo'nalish bo'yicha malaka oshirish kurslariga start berildi

🗓 28-martdan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlandi:

➡️ Tasviriy san'at va chizmachilik
➡️ O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2023-yil 4-5-, 9-11- va 13-17-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (28-30-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi

Bugun Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda.

Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Ya’ni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun ham ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha jarima belgilanmoqda.

❗️E’tiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar boyicha matbuot anjumanida berilgan eng muhim savollarga javoblar

👉 Milliy sertifikat imtihonida testlar yangi darsliklar bo'yicha tushadimi yoki eski?
Javob

👉 Biologiya fanidan milliy sertifikat testi talablarni inobatga olib, avgustgacha bo'lishi mumkinmi?
Javob

👉 Avgust oyida bo'ladigan imtihonlarning bir yo'nalishdagi fanlari o'zgarmaydimi?
Javob

👉 Ingliz tili fani bo'yicha Milliy sertifikat imtihoni natijalari qachon eʼlon qilinadi?
Javob

👉 Magistraturaga kirish imtihonlariga bu yil o'zgartirishlar kiritiladimi?
Javob

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ingliz tili fani bo'yicha Milliy sertifikat imtihoni natijalari qachon eʼlon qilinadi?

📌 Mazkur savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Javlonbek Nurmatov javob bergan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Avgust oyida bo'ladigan imtihonlarning bir yo'nalishdagi fanlari o'zgarmaydimi?

📌 Mazkur savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev javob bergan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💬 "2023-yilda 2,5 mingga yaqin xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash ishlari amalga oshiriladi.

Taʼlim sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan 10 mingdan ortiq rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyiladi.
"

🎙 Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…
Subscribe to a channel