uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️ May-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari may-iyun oylari davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🗓 5-aprel – Xalqaro vijdon kuni

Ushbu kunni nishonlash tashabbusi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2019-yilda o‘tkazilgan Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Bahrayn Qirolligi Bosh vaziri Shayx Xalifa ibn Salmon tomonidan ilgari surilgan.

2020-yildan boshlab, bu kun xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.

Unga ko‘ra, tinchlik faqat zo‘ravonlik va mojarolarning yo‘qligi emas, u adolat, taraqqiyot va yaxshi boshqaruv tamoyillarini o‘z ichiga olgan uzluksiz evolyutsiya holatidir.

Vijdon esa buni odamlarga tushunishga yordam beradi. Shuningdek, u adolat tuyg‘usini yaratishi va xalqlar o‘rtasida yaxshiroq aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan.

📆 Shu sababli 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari 14-may kuniga ko‘chirildi.

👨🏻‍💻 Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

🖥 Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

✅ Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ona (o‘zbek va qoraqalpoq) tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

✅ “Ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 14-apreldan boshlanadi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 14-25-aprel kunlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

⏳ Unda tinglovchilarga ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida ona tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 12-aprel kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni 13-aprelga qadar (300 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon:
- (95) 515-68-68

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

4-aprel – Butunjahon internet kuni

🗓 Har yilning 4-aprel sanasi turli mamlakatlarda Butunjahon internet kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kun munosabati bilan internet haqida eng qiziqarli beshta faktni havola etamiz:

1️⃣ Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan ikki qismi internetdan foydalanadi, 2,7 milliard odamda esa bunday imkoniyat yo'q.

2️⃣ Internet foydalanuvchilarining 22,8 foizini 18-24 yoshdagilar tashkil qiladi.

3️⃣ Internet tarmog‘idagi eng mashhur va foydalanuvchisi ko‘p ilova "TikTok" hisoblanadi.

4️⃣ Internet orqali yuborilgan birinchi xabar 1969-yilda Kaliforniyaning turli joylarida joylashgan ikkita kompyuter o'rtasida amalga oshirilgan.

5️⃣ Hozirgi kunda O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan ortgan.

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun muhim yangilik: ushbu fan bo'yicha o'zbek tilidagi malaka oshirish kontentlari faollashtirilmoqda

🗓 3-aprel soat 16:00 dan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanadi:

👉 Turkman tili va adabiyoti
👉 Iqtisodiy bilim asoslari
👉 Boshlang'ich ta'lim (o'zbek tilida)

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Joriy yilda uchta hududda “Mehrli maktab”ning hududiy filiallari ochiladi

2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Fargʻona viloyatlarida “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasining hududiy filiallari ochilishi belgilangan. Kelgusi yildan boshlab, mamlakatimiz qolgan hududlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etib boriladi.

Filiallarda
umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish uchun — pedagog xodim (matematika, ona tili va adabiyot hamda boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari) psixolog, tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi kabi lavozimlarda faoliyat olib borish mumkin.

Ushbu lavozimlarga nomzodlar maʼlumoti, ish staji, malaka toifasi va til bilish borasida maʼlum talablarga javob berishi lozim. Belgilangan malaka toifasiga javob bergan nomzodlar suhbat natijasiga koʻra ishga qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 27-fevral kuni “Mehrli maktab”ning hududlarida tashkil etiladigan filiallariga ishga taklif qilib eʼlon berilgan va nomzodlarning hujjatlari 20-martga qadar qabul qilingan.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Vazirga_murojaat
#Bayonot_4

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ Vazirlik tasarrufidagi “Mehrli maktab”ning joylardagi filiallari qaysi tuman va shaharlarda ochiladi? Unda ishlash uchun qanday talablar mavjud?
▶️ Ayrim hududlardagi maktablarda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan ayol o‘qituvchilarga ma’lum ustama to‘lanayotgan ekan. Bu kabi ustamalar kimlarga beriladi, uning berilish va bekor bo‘lish shartlari qanday?
▶️ “Tarbiya” va “Huquq” fanlaridan ham kelgusida milliy sertifikat joriy qilish nazarda tutilganmi?

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yangi o‘quv yilidan magistratura va doktorantura uchun B2 va C1 sertifikatlari talab qilinadi

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etilgan edi.

Endilikda Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) ga asosan 2023/2024-oʻquv yili uchun magistratura va doktoranturaga qabul Prezidentning tegishli qarori (PQ-5117-son 19.05.2021)da belgilangan talablarga asosan amalga oshiriladi.

Ya`ni filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, vazir buyrug‘i ayrim sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi.

Yuqorida vazir buyrug‘i bilan tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar (ularning darajalari) RO‘YXATI bilan tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ Ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi

O’
rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar 2023-yil 17-fevraldan boshlab Bilimni baholash agentligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq 2 ish kunida (ayrim hollarda 10 ish kunigacha) ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qarorda apostil qo‘yish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (2023-yil 1-aprel holatiga 60 ming so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan bo‘lib, undirilgan yig‘im tegishliligi bo‘yicha 4 ta tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi. Talabgorlardan bundan boshqa hech qanday to‘lov talab etilmaydi.

Lekin bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra turli firmalar tomonidan jarayonni tezlashtirib beramiz deb fuqarolardan pul so‘rash holatlari kuzatilmoqda ekan.

Hurmatli fuqarolar!

❗️ Agar kimdir sizdan hujjatlarga apostil qo‘yish uchun qo‘shimcha to‘lov so‘raydigan bo‘lsa, ularga ishonmang. Hujjatlarga apostil qo‘yish uchun BHMning 20 foizidan ortiq to‘lov talab etilmaydi. Jarayonni tazlashtirib beramiz deb pul so‘rayotganlar sizga hech narsa qilib bermaydi, shunchaki pulingizni oladi xolos.

✅ Shu sababli, apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilmasdan, o‘zingiz 3 xil usulda ariza berishingiz mumkin:

1️⃣ Bilimni baholash agentligiga kelib.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga borib.
3️⃣ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🗓 Kun dayjesti

👉 Magistratura va doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun chet tilini bilish sertifikatlarining yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi

👉 Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi

👉 9-11-sinf o'quvchilarini davlat yakuniy attestatsiyasidan oʻtkazish uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e'lon qilindi.

👉 “Mehrli maktab” filiallarida yangi lavozimlar joriy etiladi

👉 Andijonlik oʻquvchilar uchun 52 million soʻmlik taʼlim granti eʼlon qilindi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

'WESTER" ta'lim markazi 52 million so'mlik grant e'lon qiladi!

WESTER KIDS prezident maktabiga tayyorlov markazi iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida va 5-filiallimiz ochilishi munosabati bilan "Imkon" nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

Bu yilgi 52 million so'mlik ta'lim granti orqali 50 nafar o'quvchilarga ingliz tili hamda tanqidiy fikrlash, muammoli masalalar yo'nalishlarida 4 oy davomida to'liq va qisman bepul ta'lim berish reja qilingan.

"Imkon 2023" grantida Andijon viloyatining istalgan hududidagi 4-sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

💡Talabgor test va suhbat orqali saralab olinadi.

🤩 Test bosqichida eng yuqori natijaga erishgan o'quvchining ustoziga 1.000.000 so'm naqd pul mukofoti topshiriladi.

👉 "Imkon 2023" grantiga ro'yxatdan o'ting

❗️Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 5-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi.

P.S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni yaqinlarga yetkazing.

☎️ 93-260-90-10
📞 93-215-90-10

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi

Iqtidorli talaba yoshlarni aniqlash va ularni moliyaviy ragʻbatlantirish orqali orqali mamlakatimiz taʼlim sohasini yanada rivojlantirishdan maqsadida 2023-yil uchun 50 oʻringa moʻljallangan “Registon stipendiyasi” joriy etildi.

Stipendiya tanlovida respublikamizda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan barcha bakalavr bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.

“Registon stipendiyasi” tanlovida ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar @Registon_stipendiya_bot orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

Birinchi bosqich – ingliz tili boʻyicha onlayn test imtihoni (30.04.2023)

Ikkinchi bosqich – onlayn yozma imtihon (4-7.05.2023)

Uchinchi bosqich – hujjatlar topshirish (19-21.05.2023)

Barcha bosqichlar oliygoh.uz platformasida ochilgan “shaxsiy kabinet" orqali oʻtkaziladi.

Stipendiya gʻoliblari “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovgʻalar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Stipendiyaning umumiy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarida (660 ming so‘m) boʻlib, stipendiya 1-martalik toʻlov miqdorini oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

👉 Stipendiya tanlov boʻyicha batafsil maʼlumot

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#kun_dayjesti

➡️ Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi

➡️ Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ROʻYXATI e’lon qilindi

➡️ Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim? degan savolga javob berildi

➡️ Abituriyentlar va universitetlar uchun mentalaba.uz platformasi ishga tushirildi

➡️ “Mehrli maktab” filiallari tashkil etiladi

➡️ Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ham vazir jamgʻarmasidan oylik ustama olishi mumkinmi? degan savol javob qaytarildi.

➡️ Prezident o’qituvchi xonadonida iftorlik qildi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar
amal qiladi.

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.

Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

✅ Qonunchilikka koʻra, abituriyent OTM bakalavriatiga kirishda chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi.

❗️Shuningdek, abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi ham mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ Ota-onalar diqqatiga!

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan my.maktab.uz platformasida yana bir davlat xizmati joriy etildi!

📚 Endilikda ota-onalar yurtimizning istalgan hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan farzandlarini Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn tarzda o'tkazish bo'yicha ariza berishlari mumkin.

☎️ Batafsil maʼlumotlarni ushbu video yo'riqnoma orqali yoki +99871 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazir jamgʻarmasidan ustama olish malaka toifasi talabi mavjud emas

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama oladigan 1697 nafar oʻqituvchilar ro‘yxati e‘lon qilinganidan soʻng:

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga faqat oliy toifali oʻqituvchilar nomzod boʻladi oladimi?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qarori (№425, 02.08.2022) bilan tasdiqlangan nizomda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlikka talablar ko‘rsatib o‘tilgan.

Nomzod bo‘lish uchun pedagoglarga malaka toifasi bo‘yicha talab belgilanmagan.

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozimligi haqida👉 Batafsil: /channel/uztdi/6464

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Imtihon boshlandi!

Odatda universitetlar uchun kirish imtihonlari yoz oylarida bo‘lib o‘tadi.
Ammo endi imtihon topshirish uchun avgustni kutish shart emas.

Chunki "Profi University" 2023-2024-o‘quv yili uchun ilk imtihon sanasi e'lon qildi.

20-aprel kuni universitetning Toshkent filialida yangi o‘quv yili uchun ilk imtihon bo‘lib o‘tadi.

Toshkent filiali:
📍41.2488876,69.3662239,409m/data=!3m2!1e3!4b1!4m5!3m4!1s0x38ae5f26e3d0b78d:0x5c45704bbbe2a442!8m2!3d41.2489326!4d69.3670745?shorturl=1">Toshkent shahar, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko'chasi, 117 uy.

Imtihonda ishtirok etish mutlaqo bepul! Sizdan faqatgina rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish: profiuniversity.uz

Ma'lumot uchun: 1277

@profiuniversity

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#taqdimot

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovi uchun hujjatlar 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinayotgani e‘lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Quyida e‘tiboringizga “El-yurt umidi” jamgʻarmasining faoliyati hamda 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi toʻgʻrisida TAQDIMOTni havola qilmoqdamiz.

Tez fursatda onlayn muloqot videosi ham kanalimizda e‘lon qilinadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Onlayn muloqot boshlanishiga 1 soatdan kam vaqt qoldi

🎙 Bugun soat 15:30 da Ta’lim nazorati (@uztdi) kanalida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot boshlanadi.

Ushbu jarayonda jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob beriladi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.

📌 Eslatib o‘tamiz, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

🗓 Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📥 Onlayn hujjat topshirish: http://admission.eyuf.uz

✅ Tanlovda gʻolib boʻlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Boshqa fanlar boʻyicha ham milliy sertifikatlashni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan

Maʼlumki, hozirgi paytgacha Hukumat qarori(646-son, 12.10.2020)ga asosan matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix hamda ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlari boʻyicha milliy sertifikatlar joriy etilgan. Milliy sertifikatlar joriy etilmagan boshqa umumtaʼlim fanlari boʻyicha ham sertifikatlashni joriy etishga doir hozirda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Diqqat onlayn muloqot

Kanalimiz (@uztdi) orqali “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qilgani haqida avval xabar bergan edik.

🎙 Ushbu jarayonda jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob olish uchun 3-aprel kuni soat 15:30 da “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot tashkil qilinadi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.

📌 Eslatib o‘tamiz, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qashqadaryoda "Viloyat hokimi olimpiadasi” gʻolibligini qoʻlga kiritgan oʻquvchi oliy taʼlimga imtihonsiz qabul qilinadi.

💬 “Yaqinda qaror qabul qildik, joriy yilning aprel-may oylarida 10 ta umumtaʼlim fanlari boʻyicha 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Viloyat hokimi olimpiadasi” oʻtkaziladi.

Unda aniq va tabiiy fanlar boʻyicha gʻolib oʻquvchilar Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz toʻgʻridan-toʻgʻri talabalikka qabul qilinadi”
, — dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Savol: Magistratura qishki qabulida tarix yoʻnalishiga oʻqishga topshirib, kirolmadim. Ammo qoʻshimcha qabul boʻlishi mumkin, degan gap-soʻzlar tarqalgandi. Magistratura qishki qabuli boʻyicha qoʻshimcha qabulga ruxsat beriladimi?

Javob: Yo‘q.

Magistraturaga qishki qabul boʻyicha qoʻshimcha qabul amalga oshirilmaydi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2022-2023-oʻquv yillarda 9-11-sinf o'quvchilarini davlat yakuniy attestatsiyasidan oʻtkazish uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e'lon qilindi.

Namunaviy nazorat materiallarini quyida yuklab olishingiz mumkin:

📘 9 - sinf Kimyo
📘 9 - sinf Biologiya
📘 9 - sinf Fizika
📘 9 - sinf Geografiya
📘 9 - sinf Informatika
📘 9 - sinf Matematika
📘 9 - sinf Tarix
📘 9 - sinf Jismoniy tarbiya
📘 9 - sinf Ona tili va adabiyot
📘 9 - sinf Ingliz tili
📘 9 - sinf Nemis tili
📘 9 - sinf Rus tili (milliy)
📘 9 - sinf Rus tili (rus va qardosh)
______________________

📘 11 - sinf Kimyo
📘 11 - sinf Biologiya
📘 11 - sinf Fizika
📘 11 - sinf Geografiya
📘 11 - sinf Informatika
📘 11 - sinf Matematika
📘 11 - sinf Jahon tarixi
📘 11 - sinf O'zbekiston tarixi
📘 11 - sinf Ona tili va adabiyot
📘 11 - sinf Ingliz tili
📘 11 - sinf Nemis tili
📘 11 - sinf rus tili (rus va qardosh)
__________________

📘 Maxsus ta'lim yo'nalishida namunaviy nazorat materiallari
📘 Qoraqalpoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Qirg'iz tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Qozoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Tojik tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Turkman tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari

📌 Eslatib o‘tamiz, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Magistratura va doktoranturaga topshiruvchilar diqqatiga

TÖMER (
turk tili) va AIL (italyan tili) sertifikatlari bekor qilindi. Ingliz tili bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxatida ham o‘zgarish bor

Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab turk tilini bilish boʻyicha TÖMER va italyan tilini bilish boʻyicha Accademia Italiana di Lingua (AIL) sertifikatlari magistraturaga kirish imtihonlarida topshirish mumkin boʻlgan hujjatlar roʻyxatidan chiqarildi.

Endi talabgorlar magistraturaga hujjat topshirganda italyan tili boʻyicha Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) va Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) sertifikatlari, turk tili boʻyicha esa faqat Türkçe Yeterlik Sinavi (TYS) sertifikatini topshirishlari mumkin.

Bundan tashqari, buyruq bilan ingliz tilini bilish boʻyicha mazkur roʻyxatga Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati oʻrniga International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus sertifikati kiritilgan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Mehrli maktab” filiallarida quyidagi lavozimlar joriy etiladi

“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (134–son, 29.03.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, “Mehrli maktab”ning filiallari 2023-2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.

🏥 Filiallar tegishli tibbiyot muassasalarida ajratilgan xonalarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

💵 Filiallar xodimlariga Mehrli maktab xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;

🖊Filiallar xodimlari Mehrli maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Har bir filialda quyidagi lavozimlar joriy etiladi:

➡️ maktabgacha taʼlim va tarbiyani tashkil etish uchun — har bir guruh uchun tarbiyachi (1 ta shtat birligi) va tarbiyachi yordamchisi (1 ta shtat birligi);

➡️ umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish uchun — pedagog xodimlar (3 ta shtat birligi);

➡️ psixolog (1 ta shtat birligi);

📍Mehrli maktab direktoriga, zaruratga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda, filiallar xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida ularga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.

✔️ Maʼlumot uchun, Hukumat qaroriga (234-son, 05.05.2022) asosan, moliya yili davomida Mehrli maktab xodimlariga Davlat byudjeti hisobidan bir oylik ish haqi fondini yoʻnaltirgan holda moddiy yordam va ikki oylik ish haqi fondini yoʻnaltirgan holda moddiy ragʻbatlantirish koʻrsatiladi.

👉 Кирил ёзувида ўқиш

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Президент Шавкат Мирзиёев Нукусдаги Алтин жағис маҳалласига ташрифи чоғида ўқитувчи Куанишбай Сеитназаров хонадонида меҳмон бўлиб, оила аъзолари билан ифторлик қилди

В ходе посещения махалли Алтын-жагыс в Нукусе Президент Шавкат Мирзиёев побывал в гостях у  преподавателя Куанышбая Сеитназарова и провел вместе с членами семьи ифтар

@uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ham vazir jamgʻarmasidan oylik ustama olishi mumkinmi?

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha nomzod sifatida oʻquvchilari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni koʻrsatgan boshlangʻich sinf pedagog kadrlari taqdim etilishi mumkin.

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozimligi haqida👉 Batafsil: /channel/uztdi/6464

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…
Subscribe to a channel