uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

#kun_tarixi

Bugun Boychechaklar kuni va Xalqaro yaproqlardagi moʻjiza bayrami kuni

🗓 19-aprel sanasi bilan bogʻliq bayramlar va muhim hodisalar:

Har yili 19-aprel kunida koʻplab mamlakatlarda Boychechaklar kuni (The Day of Snowdrop) nishonlanadi. Ushbu bayram 1984-yildan boshlab Angliyadan nishonlana boshlangan.

BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1988-yil 19-aprel Xalqaro Yaproqlardagi moʻjiza bayrami kuni deya eʼlon qilgan, tabiatshunos olimlar ushbu bayramni keng nishonlaydilar.

1996-yil 19-aprel kuni — Oʻzbekiston Yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi taʼsis etilgan.

1918-yil Oʻzbekiston Sanʼat muzeyi tashkil etilgan.

Prezidentning 1995-yil 19-aprel farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi) tashkil etilgan

Shoir va tarjimon Shuhrat (Gʻulom Alimov) 1918-yilning 19-aprelda tavallud topgan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazirning munosabati

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi maktabda oʻqituvchilar doʻpposlangani holati Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan nazoratga olindi

Ayni damda zo’ravon o’qituvchi hibsga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda. Ayol o’qituvchilar esa shifoxonada vazir ularning holatini o’z nazoratiga oldi.

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Akademik litseylarga hujjat topshirish 1-iyundan 30-iyungacha davom etadi – Qaror loyihasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan Nizomga ko‘ra:

▶️ Akademik litseylarga abituriyentlarni о‘qishga qabul qilish uchun rо‘yxatdan о‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.

▶️ Abituriyent о‘zi tо‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30-iyundan sо‘ng о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.

Shuningdek:

imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (о‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) о‘tkaziladi;

imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;

dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan о‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;

abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda tо‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Jamoatchilik_muhokamasi

Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi

🔰Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

➡️Unga koʻra:

➡️abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

➡️abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

✔️Bundan tashqari, akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.

➡️ Shuningdek, qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:

◾️akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish tartibi;

◾️akademik litseylarda maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarni eʼlon qilish tartibi;

◾️fan olimpiadalari, tanlovlar gʻoliblari va umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlarni qoʻllash;

◾️akademik litsey oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlandi

✅ Joriy yilning 15-aprelidan 2023 yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri bo‘lgan mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjat topshirishga start berildi.

💻 Hujjatlar 15-mayga qadar yagona elektron tizim – phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

👉 Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

☝️Ma’lumot uchun, hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Tug‘ruq ta’tiliga ketgan bir o‘qituvchining dars soatlari mazkur fandan dars beruvchi boshqa o‘qituvchilar orasida qay tartibda taqsimlanadi? Kimlarga ko‘proq ustuvorlik beriladi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, homiladorlik va tugʻish taʼtillariga ketgan oʻqituvchilarning dars soatlari maktab pedagogik kengashi tomonidan tegishli fan oʻqituvchilar oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.

Bunda quyidagi koʻrsatkichlar hisobga olinadi:

👉 xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

👉 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;

👉 chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

👉 TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

👉 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;

👉 respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;

👉 oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

👉 birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;

👉 ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;

👉 belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;

👉 qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;

👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

💬 “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda
”, – deyiladi bayonotda.

📌 Ma’lumot uchun Prezidentining tegishli Farmoni (11.05.2022 yil, PF-134-son) bilan maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Professional taʼlim tashkilotlarining bir qator sohalar bo‘yicha oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya berish tartibi joriy etiladi

“2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–51-son, 13.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra,2023-yil 1-maydan quyidagi oʻzgartirishlar kiritiladi:

🔹professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;

🔹uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;

🔹2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi;

🗓 Farmonga koʻra, 2023-yilda:

🔸 kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun respublika boʻyicha jami 44 690 ta ipoteka kreditlari ajratiladi.

Mazkur kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratilishi belgilangan.

🔸ipoteka kreditlari boʻyicha 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratiladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🇺🇿 PDP UNIVERSITY Respublika bo'ylab 12 ta viloyatda kuzgi qabul uchun KIRISH IMTIHONLARINI o'tkazadi!

‼️Imtihon sanasi: 23-APREL 9:00

– Xorijga chiqmasdan xalqaro universitet talabasi bo'lish
– Chet elning 300 ga yaqin universitetlarida tan olinuvchi XALQARO DIPLOM va O'zbekistonda tan olinuvchi MILLIY DIPLOM
Kontraktni oyma-oy 3 mln so'mdan bo'lib to'lash
– O'zbek + ingliz tilida ta'lim (2+2)
– IT'ning TOP yo'nalishlari

Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish

👇👇👇

➡️ Viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda
‼️ 23-aprel // 9:00

➡️ Toshkent shahrida
‼️ 15-aprel // 10:00

📞 78-777-77-47

Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Muvaffaqiyatli karyera nimadan boshlanadi? 🔥

Sifatli ta'lim olib, yaxshi joyda ishlash uchun munosib universitet tanlashingiz kerak. Toshkent amaliy fanlar universiteti bilan orzuingizdagi kasb sari qadam qo'ying! 🎓

Bizni kuzatib boring: @utasuz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talaba bo'lish imkoniyatlarini oshiruvchi platforma ishga tushirildi!

MenTalaba.uz platformasi maktab o'quvchilariga birgina saytning o'zida O'zbekistondagi o'nlab oliygohlarga hujjat topshirish va bir vaqting o'zida o'nlab oliygohlarga muddatidan oldin talaba bo'lishlari mumkin.

Buning uchun:
1️⃣ MenTalaba.uz saytidan ro'yxatdan o'tasiz
2️⃣ Shaxsiy profilni to'ldirasiz
3️⃣ Tahsil olmoqchi bo'lgan oliygohlarga ariza topshirasiz

👉 MenTalaba.uz - platformasidan hoziroq ro'yxatdan o'ting va muddatidan avval o'nlab oliygohlar talabasi bo'ling!

Yangiliklardan boxabar bo'lish va sovg'alar yutib olish uchun telegram sahifamizga obuna bo’ling.

👇👇👇
/channel/mentalaba_uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

6479 та мактаб ва 4 031 та боғчалардаги иситиш тизимлари модернизация қилинади

“Ижтимоий соҳа объектларининг иситиш тизимларини давлат-хусусий шериклик асосида модернизация қилиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–118-сон, 10.04.2023 й.) қабул қилинди.

🔰 Қарорга кўра:

☑️ 2023 йилда республика бўйича 6479 та мактаб ва 4031 та мактабгача таълим ташкилотларининг иссиқлик таъминоти тизимларини хусусий сектор иштирокида модернизация қилиш ишлари бошланади.

Хусусий шериклар томонидан:

иссиқлик ҳароратини лозим даражада таъминлаш;

иситиш учун меъёр бўйича талаб этиладиган кўмир ва электр энергияси харажатларини камида 20 фоизга ва иссиқлик энергияси йўқотишларини 30 фоизга камайтириш;

Ўзбекистонда камида 1 йил синовдан муваффақиятли ўтган ва хизмат қилиш кафолати камида 15 йилни ташкил қиладиган қозонларни ўрнатиш;

ўрнатиладиган иситиш қозонларининг сифатини кафолатлаш ва муддатидан олдин яроқсиз ҳолатга келган иситиш қозонларини ўз маблағлари ҳисобидан янгилаш;

Объектларни иситиш билан боғлиқ барча масалаларни ўз зиммасига олиш каби вазифа ва мажбуриятлар бажарилиши таъминланади.

Каналга уланиш:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🏛 Namangan Xalqaro Universiteti O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan hamkorlik o'rnatdi

28-mart kuni Namangan Xalqaro Universiteti muhim hamkorlik yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Yoshlar jamg'armasi rais o‘rinbosari va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Otabek Shavkatov, rais o‘rinbosari Dilfuza Yulliyeva, Xorijda ta'lim olayotgan o'zbekistonlik yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Komilov Akbarshoh hamda universitetimiz bosh direktori Jahongir Mamatxanov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig'i Boburmirzo Abdusamadov, Marketing bo'limi boshlig'i Axmadjanov Axmadjon ishtirok etishdi.

Hamkorlik doirasida xorijiy professor-o‘qituvchilarni oliygohimizga jalb etish, Work And Travel, Nufuzli oliygohlar bilan qo‘shma ta‘lim dasturlar doirasida talabalarni xorijga yuborish va boshqa bir qator masalalar kelishib olindi.

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐Telegram | 📷Instagram | 🌎web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplab qoʻshimcha tarzda gʻolib deb topilgan 1309 ta loyihalar roʻyxati e‘lon qilindi

Prezidenti qarori (PQ-117, 10.04.2023)ga koʻra, 2023-yil 1-mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.

Natijada, qoʻshimcha ravishda 1 182 ta mahalla boʻyicha 4,3 mln nafar fuqaro ovoz bergan loyihalarni amalga oshirilishiga erishiladi.

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfatdor vazirlik va idoralar “Ochiq byudjet” axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bogʻliq loyihalarda koʻzda tutilgan tovar (xizmat)larni xarid qilish xarajatlarini 2024-yil uchun byudjet soʻrovida koʻzda tutish boʻyicha ishlarni tashkil etish vazifasi topshirildi.

Natijada, 164 ta maktab, 30 ta bogʻcha va 32 ta tibbiyot muassasalarida taʼmirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

Kanalga ulanish:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Imtihon boshlandi!

Odatda universitetlar uchun kirish imtihonlari yoz oylarida bo‘lib o‘tadi.
Ammo endi imtihon topshirish uchun avgustni kutish shart emas.

Chunki "Profi University" 2023-2024-o‘quv yili uchun ilk imtihon sanasi e'lon qildi.

20-aprel kuni universitetning Toshkent filialida yangi o‘quv yili uchun ilk imtihon bo‘lib o‘tadi.

Toshkent filiali:
📍41.2488876,69.3662239,409m/data=!3m2!1e3!4b1!4m5!3m4!1s0x38ae5f26e3d0b78d:0x5c45704bbbe2a442!8m2!3d41.2489326!4d69.3670745?shorturl=1">Toshkent shahar, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko'chasi, 117 uy.

Imtihonda ishtirok etish mutlaqo bepul! Sizdan faqatgina rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish: profiuniversity.uz

Ma'lumot uchun: 1277

@profiuniversity

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Dunyo mamlakatlarida oʻqituvchilarga nisbatan zoʻravonliklar qanday jazolanadi?

👉 Kanadada Alberta Oʻqituvchilari Assotsiatsiyasi (ATA) oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, oʻqituvchilarning 70 foizi oʻquvchilar, ularning ota-onalari hamda hamkasblari tomonidan jismoniy, ogʻzaki yoki ruhiy zarar koʻrgan.

👉 Buyuk Britaniyada Maktab oʻqituvchilari milliy assotsiatsiyasining Ayollar oʻqituvchilari uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, oʻqituvchilarning 44 foizi jismoniy, 72 foizi esa ogʻzaki tahqirlangan.

👉 Hindistonda Milliy Taʼlim Tadqiqotlari va Taʼlim Kengashi (NCERT) tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, oʻqituvchilarning 53 foizi jismoniy tajovuzlardan tashqari ogʻzaki haqorat va qoʻrqitish kabi psixologik zoʻravonliklarga uchragan.

Xoʻsh, ushbu mamlakatlarda oʻqituvchilarga nisbatan zoʻravonliklarga qanday chora koʻriladi?

🇺🇸 AQSHda zoʻravonlik darajasi va oʻqituvchiga yetkazilgan zararga qarab, jarima, sinov muddati, jamoat ishlari yoki qamoqqa olish kabi bir qator jazolar qoʻllanilishi mumkin.

🇬🇧 Buyuk Britaniyada bir muddat ozodlikdan mahrum qilish yoki katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

🇦🇺 Avstraliyada jarima, shartli jazo, jamoat ishlari yoki ozodlikdan mahrum qilish kabi bir qator jazolar qoʻllanilishi mumkin.

🇮🇳 Hindistonda oʻqituvchiga nisbatan jismoniy tajovuz qilish intizomsizlik hisoblanadi va jinoyatchiga nisbatan maktabdan haydalish, hibsga olinish yoki jamoat ishlari kabi jazolar qoʻllanilishi mumkin.

➡️ Eslatib o‘tamiz, Davlat dasturida 2023-aprel oyida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasi belgilangan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Internetda 14-aprel kuni Surxondaryo, Uzun tumani 31-maktabda oʻqituvchilar ommaviy doʻpposlangani haqida video tarqaldi.

Bosh prokuratura tomonidan ushbu videoyozuvdagi holat oʻrganildi.

Aniqlanshicha, 2023-yil 14-aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli oʻrta taʼlim maktabining direktor xonasida oʻtkazilayotgan yigʻilishda 34 yoshli erkak (oʻqituvchi) ikki nafar ayol oʻqituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 18-aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan kimyo va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Sunʼiy intellekt oʻqituvchilar oʻrnini egallaydimi?!

Business Insider nashri ChatGPT (sunʼiy intellekt) sabab yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan 10 ta kasbni eʼlon qildi, ular orasida oʻqituvchilik ham bor.

Rivojlangan mamlakatlarining barcha oʻqituvchilari o‘quvchi va talabalarning uy vazifalarini tayyorlashda ChatGPT dan foydalanib, belgilangan qoidalarni buzishlaridan xavotirda.

❗️Rochester texnologiya institutining Hisoblash texnikasi va axborot fanlari fakulteti dekani o‘rinbosari Pengcheng Shining fikricha, o‘qituvchilar sunʼiy intellekt ularning ish o‘rniga xavf solishi haqida ham o‘ylashlari kerak.

“ChatGPT endilikda darslarni osonlikcha oʻrgatishi mumkin”, – deydi Shi New York Post nashriga bergan intervyusida — Bilim nuqtayi nazaridan xato va noaniqliklar mavjud boʻlsa-da, buni osongina yaxshilash mumkin, buning uchun tizimda tegishli koʻnikmani shakllantirish kerak”.

Ammo oʻrta maktabning matematika va tabiiy fanlar oʻqituvchisi Shannon Ahern ChatGPT uning oʻrnini egallashidan xavotirda emas. U dars jarayonlarini rejalashtirishda ayni tizimdan foydalanadi.

“Biz insonlar yuzma-yuz mashgʻulotlarda yuzaga keladigan, oʻzaro shaxsiy muloqotlarga doim muhtojmiz”, – deydi u, Insider nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, roʻyxatdan oʻqituvchilikdan tashqari quyidagi kasblar ham oʻrin olgan:

1. Texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy taʼminot muhandislari, maʼlumotlar tahlilchilari);
2. Media ishlari (reklama, kontent yaratish, kopirayting , jurnalistika);
3. Yuridik sohadagi ish oʻrinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
4. Marketologlar;
5. Moliyaviy ish oʻrinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
6. Treyderlar, grafik dizaynerlar;
7. Buxgalterlar, qoʻllab-quvvatlash xizmati xodimlari.

ChatGPT nima o‘zi? 👉 https://kun.uz/uz/42292599

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#tadqiqot

"O‘quvchilarning o‘zlashtirishi ularning ijtimoiy qatlamiga ham bog‘liq" – Britaniyalik olimlar

Bolalar oilasining ijtimoiy toifasi ota-onalari ular bilan o'tkazadigan vaqtdan ko'ra ularning maktabda o'qishlariga ko'proq ta'sir qiladi.

Bu haqda Britaniya sotsiologiya assotsiatsiyasining Manchesterdagi konferensiyasida taqdim etiladigan tadqiqot natijalarida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, ota-onalarning oliy ma'lumotli yoki yaxshi ta'minlangan yoki yuqori ijtimoiy-iqtisodiy sinfga mansub bo'lishi bolalarning o'qituvchilari tomonidan "o'rtachadan yuqori" deb baholanishi ehtimolini taxminan ikki baravar oshiradi.

Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy sinfga mansub oilalaridagi yetti yoshli bolalarning deyarli har beshtadan ikkitasi (39 foizi) o'qituvchilar tomonidan matematika bo'yicha "o'rtachadan yuqori" deb hisoblangan.

Shuningdek, ota-onasi qo'l mehnati bilan shug'ullanganlarda ushbu ko‘rsatkich atigi 21 foizni tashkil etgan. Bu esa tahlilda foydalanilgan beshta sinf orasida eng past ko‘rsatkich degani.

Ijodiy fanlar yo‘nalishida yuqori ijtimoiy qatlamga tegishli oilalar farzandlarining 28 foizi "o‘rtachadan yuqori" natija qayd etgan. O‘z navbatida qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchi oila farzandlarida ushbu raqam 14 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, bolalar tomonidan qayd etilgan ko'rsatkichlar eng badavlat va kambag'al sinfdagi hamda diplomli va malakasiz ota-onalari bilan solishtirilganda, o'xshash ekanligi ko‘zga tashlandi.

📌 Yana qaysi mavzulardagi xalqaro tadqiqotlarni tarjima qilib e‘lon qilishimizni xohlasangiz Telegram boti(@uztdibot)mizga yozib yuboring.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat qilayotgan tarbiyachilarning sohaga doir ilmiy yoki ijodiy faoliyati uchun qo‘shimcha ustamalar belgilanganmi?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qarori bilan ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashga oid har bir ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan ilmiy-metodik qo‘llanma, ilmiy-tahliliy uslub (yondashuv)lar uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;

ta’lim va tarbiya sohasida tegishli tashkilot bilan bog‘liq ilmiy maqola (monografiya) nashr qilganligi uchun:

jurnalning darajasi va muhimligidan kelib chiqqan holda milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;

xalqaro jurnallarda e’lon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha har oylik qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#kun_tarixi

🍀 Bugun, 15-aprel "Ekologik bilimlar kuni"

Har yili 15-aprel dunyoning koʻplab mamlakatlarida "Ekologik bilimlar kuni" sifatida nishonlanadi. Aynan shu kuni 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan atrof muhit muammolari muhokamasiga bagʻishlangan konferensiyasida dunyoning barcha mamlakatlarida insoniyatning hayot tarzi va barqaror rivojlanishi strategiyasini amalga oshirishda ekologik taʼlimning ulkan ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlangan edi.

🌎 Bugungi bayramning asosiy maqsadi ekologik bilimlarni targʼib qilish va aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holati va atrof-muhit holati toʼgʼrisida jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, ekologik fikrlaydigan fuqaroni oʼqitish va tarbiyalashdan iborat.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti ochish tartibi qanday hamda ular amal qilishi lozim bo‘lgan asosiy talablar va shartlar nimalardan iborat?

✅ Bugungi kunda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tartibga solinadi.

Batafsil: https://telegra.ph/NODAVLAT-TALIM-TASHKILOTLARINI-OCHISH-TARTIBI-YENGILLASHDI-04-14

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qonunchilik

⚡️ Jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi

Kuni kecha Prezident tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim Qonun imzolandi.

▶️ Qonunga ko‘ra, jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining ayrim moddalariga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi: 👇

👉 Jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek, jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan

128-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish – sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan,

129-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish – uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oʻqituvchilarga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi

Adliya vazirligidan 2013-yil 5-martda 2435-son bilan ro‘yxatdan oʻtgan Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi” Nizomga koʻra:

maktab oʻqituvchilariga – maktabdan oʻqitilayotgan oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa boʻlganda uyda oʻqitilayotgan bir nafar oʻquvchi uchun eng kam oylik ish haqi(EKOIH)ning 100 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

Bir nafar uyda oʻqitilayotganga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.

Bunda, har bir maktab oʻqituvchisi uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori EKOIHning 100 foizidan oshmasligi lozim.

Kompensatsiyani toʻlash oʻtgan oy uchun oyning ikkinchi yarmi oylik ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda, alohida toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.

Maktab oʻqituvchilari taʼtilda, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan davr uchun kompensatsiya toʻlanmaydi.

Ushbu kompensatsiya (EKOIH 100 %) maktab oʻqituvchilarining daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolar sugʻurta badallari solinmaydi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra mazkur qaror qabul qilinsa:

➡️ oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;

➡️ haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;

➡️ talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ikki oy muddatda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:

sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;

sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi kursdan boshlab berilishi;

sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.

➡️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qish davrida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashini inobatga olib, 2024 yilga qadar Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rishi taklif etilmoqda.

👉Кириллда ўқиш

Muhokamada ishtirok etish: http://regulation.gov.uz/oz/d/78449

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ro‘yxatdan chiqarilgan chet tili sertifikatlari vazirning yangi buyrug‘i qabul qilingunga qadar olingan bo‘lsa, inobatga olinadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrugʻiga qadar olingan, 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan roʻyxatda koʻrsatilgan, amal qilish muddati tugamagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024-oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari tanlovlarida ham inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan quyidagi sertifikatlar magistraturaga kirish imtihonlarida topshirish mumkin boʻlgan hujjatlar roʻyxatidan chiqarilgan edi:

➡️ turk tilini bilish boʻyicha TÖMER

➡️ italyan tilini bilish boʻyicha Accademia Italiana di Lingua (AIL)

➡️ Cambridge Assessment English Linguaskill

Ushbu sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarilguniga qadar (2023-yil 23-martgacha) olganlar amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, 2023/2024-oʻquv yili qabulida magistraturaga hujjat topshirishlari mumkin.

👉
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun chet tilini bilish sertifikatlarining yangilangan roʻyxati

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilidan magistratura va doktorantura uchun B2 va C1 sertifikatlari talab qilinadi.

Kanalga ulanish:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplab qoʻshimcha tarzda gʻolib deb topilgan ta‘lim muassasalari ro‘yxati

2023-yil 1-mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetda 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyiha uchun 1,3 trln soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori (PQ-117, 10.04.2023)da ma’lum qilindi.

🏅Gʻolib tashabbuslarning yangilangan roʻyxati:

➡️ Umumtaʼlim maktablari
➡️ Maktabgacha taʼlim muassasalari
➡️ Oliy taʼlim muassasalari
➡️ Musiqa va maktabdan tashqari ta‘lim
➡️ Sport muassasalari

Saytda hududni tanlab filtrlash orqali oʻzingiz izlayotgan muassasani osonroq topa olasiz.

Kanalga ulanish:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#kun_tarixi

🗓 12-aprel Xalqaro kosmonavtlar kuni

Insoniyat tarixida ilk bor 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin kosmosga parvoz qilgan.

🚀 1962-yildan boshlab bu sana kosmonavtlar kuni sifatida keng nishonlanadigan bo‘lgan.

Ammo bu taklifni Gagarin emas, uning dublyori, ikkinchi kosmonavt German Titov bergan.

➡️ Yuriy Gagarin kosmosga qadami yetgan birinchi odam bo‘lib tarixda qolgan bo‘lsa, Valentina Tereshkova tarixdagi birinchi ayol kosmanavt sifatida qolgan.

U – dunyoning birinchi ayol fazogiri, dunyoning birinchi kosmonavtlar juftligi hamda Sovet armiyasining birinchi ayol generali bo‘lgan.

▶️ Bundan tashqari, fazoni o‘zlashtirish borasida yana bir o‘ta muhim loyiha bo‘lgan AQShning Space Shuttle shatllar parvozi loyihasi ham aynan 12-aprel sanasidan boshlangan.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Bog’chaga qabul qilishda pedagoglarning bolalari uchun ustunlik mavjudmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son Qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq pedagoglarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli navbatga qo'yish huquqiga ega. 

Buning uchun pedagog ota-onalar o‘z bolalarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirishda yo‘llanmalar olish uchun ustunlik huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ko‘rsatgan holda davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar.

Kanalga ulanish:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…
Subscribe to a channel