uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

🔵 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 2023-2024 o'quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda

Universitetda
yuqori malakali va ilmiy darajaga ega akademiklar va professor-o‘qituvchilardan ta‘lim olish imkoniyati mavjud. Ilmiy salohiyat 100 % ni tashkil etadi!

💵 Bakalavr(kunduzgi,sirtqi) va magistratura yo'nalishlari bilan batafsil tanishing

📈 Shartnoma toʻlovini 4️⃣ ga boʻlib toʻlash mumkin!

💻 Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi

⚡️Litsenziya

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🏛 STARS International University SAP Universitetlar Ittifoqiga qoʻshildi, bu universitetga oʻquv jarayonida SAP dasturiy yechimlaridan foydalanish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beradi.

📚 Hamkorlik doirasida SAP S/4HANA modullarini oʻrganish “52309000 – Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha oʻquv dasturiga kiritilgan. Talabalar SAP Universitetlar Ittifoqi o‘quv materiallari asosida ta’lim oladilar, shuningdek, SAP dan xalqaro sertifikat olgan holda professional attestatsiyadan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Bu bizning bitiruvchilarimizga nafaqat ilg‘or va butun dunyoda talabgir bo‘lgan IT yechimlari bilan ishlash qobiliyatini kafolatlaydi, balki kelajakda dunyoning yetakchi kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyatini ham yaratadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, SAP Universitetlar Ittifoqi Cardiff University, University College London, Sheffield University, Queen Mary University of London, University of Exeter, University of Warwick, University of Melbourne, University of Sydney, University of Pennsylvania, University of Michigan va boshqalar singari dunyoning Top 100 taligiga kiruvchi yetakchi va nufuzli universitetlarni o'z ichiga oladi.

🌏 SAP korporativ ilovalar bozorida jahon yetakchisi hisoblanadi. Bozor kapitallashuviga ko'ra, SAP dunyodagi uchinchi yirik dasturiy ta'minot kompaniyasidir. SAP dasturiy yechimlari va xizmatlaridan dunyoning 180 ta davlatidagi 440 000 dan ortiq mijozlar foydalanadi.

Agar siz Markaziy Osiyodagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan universitet talabasi boʻlishni istasangiz, ariza topshirish uchun quyidagi havolaga oʻting
⤵️

https://stars.university/uz/admission

🇷🇺RU 🇬🇧ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi.

▶️ Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

🖥 Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🟩🟩🟩🟩🟩

🌐 Japan Digital University - sifatli ta'lim uchun ideal oliygohdir!

Bugun ko'plab abituriyentlarga JDU oliygohining qabul shartlari haqida ushbu post orqali eng muhim savollariga javob beramiz.

🔺Bo'lajak talabalar 11 yillik maktab, litsey yoki kollej bitiruvchilari bo'lishi lozim;

🔺2023-yil 1-oktabr sanasidan boshlab yoshi 17 dan 23 gacha bo'lgan o'quvchilar;

🔺JDU oliy o'quv yurtini bitirib, Yaponiyada ishlamoqchi bo'lgan ihlosmandlar.

Tanlovda adashmang! Japan Digital University'ni tanlab, orzularingiz sari dadil qadam tashlang!

HUJJAT topshirish 👈

☎️ Murojaat uchun telefon:
+998712000595

🟦Telegram 🟦Instagram 🟦JapanDigitalUniversity">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Admission2023

1. Litsenziya
2.
Xalqaro akkreditatsiya
3.
Bitiruvchilar
4.
Fakultetlar, imtihon fanlari va shartnoma narxlari
5.
Taʼlim granti

🖇 www.kiut.uz rasmiy sahifasining DASTURLAR qismida barcha yoʻnalishlar, jumladan oʻtiladigan fanlari haqida toʻliq maʼlumot bor.

❗️Online hujjat topshirish uchun: https://admission.kiut.uz/

☎️ +998 78 129 40 40 (ichki r. 1)

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kimyo fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari e’lon qilindi

Navbatdagi qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Kimyo fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻

❇️ Oliy ma’lumotli quyidagi mutaxassislar:

🔠Ekologiya

➡️ Bakalavr va magistrlar:

✔️ Ekologiya va tabiatdan foydalanish
✔️ Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
✔️ Farmatsiya
✔️ Davolash ishi
✔️ Agronomiya
✔️ Metallurgiya
✔️ Agrokimyo va tuproqshunoslik (agrotuproqshunoslik)
✔️ Oziq-ovqat texnologiyasi
✔️ Noorganik moddalar va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
📞 Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

➡️ Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi e’lonlarimizda.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Umumta’lim muassasalarida yuqori tezlikka ega internet tarif rejasi joriy qilinadi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida “New Education” tarif rejasi joriy etiladi;

Bunda:

👉 taʼlim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, “ New Education” tarif rejasi internet tezligi hajmlari belgilanadi;

👉 taʼlim muassasalarida 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan koʻp boʻlganlarda – kamida 100 Mbit/s boʻladi;

📌
“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent toʻlovi miqdorlarini belgilash va bunda taʼlim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining asosiy faoliyat uchun sarflanadigan vaqt me’yorlari ishlab chiqildi

◼️Tegishli qaror loyihasiga ko‘ra, umumta’lim fan o‘qituvchilari:

✔️ o‘quv ishlari uchun 1 020 soat;
✔️o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar uchun 320 soat;
✔️tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar uchun 120 soat;
✔️maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun 80 soat sarflaydi.

Shuningdek, loyihada umumkasbiy va maxsus fan o‘vituvchilari hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari ham belgilangan.

👉 Qaror loyihasi bilan batafsil tanishish va loyiha muhokamasida qatnashish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

◼️Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatilmoqda

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara toʻlovi toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash hamda oʻquvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatiladi.

Bunda, Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazilib, Davlat byudjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

❗️Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Tanlovda adashmang!

Kundalik hayotimizda har kuni turli xil tanlovlarga duch kelamiz. Ammo, ba’zida shunday damlar bo‘ladi-ki, birgina tanlov kelajagingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

👨‍💻 O‘z kasbingizda muvaffaqiyatga erishish uchun chuqur bilim va to‘g‘ri amaliyot zarur.

💡 Bu yo‘lda esa Sizga Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT) yordam beradi.

📥 Hozirda universitetimizda 18 ta bakalavr yo‘nalishlari hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlangan.

👉 Ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishing

Litsenziya (03.11.2022-yil)

Xorijiy, davlat va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish mumkin.

⚡️ Birinchi imtihon 25-iyun sanasidan boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling.

☎️ Call-markaz: +998781132999, +998999932722

💻 Onlayn hujjat topshirish: qabul.tift.uz

🏢 Poytaxt qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 16-uy

👉 Viloyatlardagi qabul ofislari

❇️ TIFT bilan yangi g‘oyalar, yangi marralar sari!

Universitet telegram kanali:
t.me/tiftuz_tg

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kasbiy-ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?

Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi javob berdi: Ha, faqat 1 ta yo‘nalishga topshira oladi. Beshta yo‘nalishni tanlash huquqi faqat test sinovlari topshiriladigan OTMlar uchun amal qiladi, xolos. Hozircha kasbiy-ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun bunday imkoniyat yo‘q.

Kasbiy-ijodiy imtihonlar o'tkaziladigan yo‘nalishlar haqida batafsil maʼlumot bu yerda berib o‘tilgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🏳️ Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrog‘ida yashil fonda qizil, sariq, ko‘k, oq va qora rangdagi beshta uslubiy bolalar figuralari tasvirlangan.

Ular irqi, millati, yashash joyi va mavqeidan qat'i nazar, sayyoramizni barcha odamlar va bolalar uchun umumiy uy sifatida ifodalovchi Yer belgisi atrofiga joylashtirilgan.

👉 Yana bir qiziq fakt, 2013-yildan beri 1-iyun Jahon ota-onalar kuni sifatida ham nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasining 2012-yil sentabr oyida boʻlib oʻtgan 66-sessiyasida belgilangan bayram bilan taʼsis etilgan.

Hayotimiz mazmuni bo‘lgan bolajonlarning quvnoq kulgulari doimo olamni tutib tursin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat bogʻcha va maktablarga litsenziya berish talablari yengillashtiriladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023-y)ga koʻra 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab:

nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda oʻqituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda taʼlim oluvchilarning maksimal soniga qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi;

nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Endi abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlashlari mumkin

Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

👉 Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5️⃣ tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

👉 Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

👉 Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, 1️⃣-sini kunduzgi, 2️⃣-sini kechki, 3️⃣-sini sirtqi, 4️⃣-masofaviy.

👉 Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kirish imtihonlari kunning qaysi qismida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

◼️1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan. Imtihon yopiq binoda o‘tayotgani sababli imtihonlarni o‘tgan yilgidek kunning kechki qismida 19:00 da boshlashga ehtiyoj yo‘q.

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilyapti.

Imtihon uchun 92 ta katta sig‘imli yopiq bino tanlab olingan. Bir smenada 44 ming abituriyent testda qatnashadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yozgi ta’tilda o‘qituvchilar necha kun dam olishi kerak?

➡️ Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi bergan axborotga ko‘ra, o‘qituvchilarning yozgi ta’tili 56 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bayram sanalari va dam olish kunlari ta’til hisobiga kiritilmaydi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarida hisoblab beriladi. Mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari ta’til uchun hisobga olinmaydi.

Mehnat kodeksiga muvofiq, bir ish yili uchun mehnat ta’tillari miqdori ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

📎 Ma’lumot uchun: Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

‼️ Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi?

☁️ Vazirlar Mahkamasining Qarori (2019. 30. 09.823-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning

20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

👉 Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departmenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob bergan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Нодавлат_олий_таълим_ташкилотлари

Тошкент технологиялар университетига ҳужжат топшириб, ўқишга кирмоқчиман. Дипломи ўтадими?

Тошкент технологиялар университети (ТТУ) Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги томонидан 2023-йил 8-февралда берилган 062346-сонли давлат лицензиясига асосан фаолият кўрсатади.

Ўзбекистон Республикаси “Таълим тўғрисида”ги Қонуннинг 31-моддасига мувофиқ ТТУ битирувчиларига давлат томонидан тасдиқланган намунадаги таълим тўғрисидаги ҳужжат (диплом) берилади.

📌 Шундай экан талаба бўлиш истагида бўлган ёшлар ва уларнинг ота-оналари ҳеч иккиланмай юртимиздаги лицензияга эга нодавлат олий таълим ташкилотлари хизматларидан фойдаланишлари мумкин.

Таълим назорати расмий канали

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🌏 Ta’lim sohasida imtihon va baholash bo‘yicha dunyodagi eng yirik xalqaro notijorat tashkilot – ETS Global STARS International University bilan strategik hamkorlikka kirishdi.

1947-yilda AQShda tashkil etilgan ETS hozirda dunyo boʻylab 10
000 dan ortiq hamkor tashkilotlar orqali 180 dan ortiq mamlakatlarda dunyodagi eng mashhur TOEFL®, TOEIC®, GRE® imtihonlarini oʻz ichiga olgan holda yiliga 50 milliondan ortiq test natijalarini ishlab chiqadi, boshqaradi va qayta ishlaydi.

🏛 Ushbu hamkorlik orqali STARS International University tez orada barcha davrlarning eng nufuzli sinov imtihoni TOEFL iBT uchun vakolatli Test Markazini ishga tushiradi. Rasmiy test sinovlaridan universitet talabalari ham, dunyoning istalgan nuqtasidan universitetimizni tanlagan nomzodlar ham o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Agar siz Markaziy Osiyodagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan universitet talabasi boʻlishni istasangiz, ariza topshirish uchun quyidagi havolaga oʻting
⤵️

https://stars.university/uz/admission

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hammamizda o'ziga xoslik va boshqacha dunyoqarash bor hamda barchamiz oldizmizga qo'ygan maqsadlari sari harakat qilamiz. 📈

Shu jumladan Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti ham oldiga qo'ygan aniq maqsadlar sari ildamlayotgan institut hisoblanadi. 💯

Barchamizni bir maqsad birlashtiradi-bu rivojlanish. TMII-birga rivojlanamiz.

▫️Siz ham institutimiz talabasi bo'ling!

☎️ Murojaat uchun:
+998712009005 | @timeeduinfobot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: 2023/2024-o‘quv yili uchun Renessans Ta’lim Universitetida qabul davom etmoqda

Renessans Ta’lim Universiteti
- eng aktual sohalardagi 31 ta TOP yo’nalishlar bo’yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim yo'nalishlarida 6 ta soha bo'yicha qabul ochiq ekanligini ma’lum qiladi!

📥Hujjatlar reg.renessans-edu.uz internet manzil orqali qabul qilinadi.

👉 Yoʻnalishlar

💰Kontrakt: 13 mlndan boshlanadi, 4 ga bo'lib to'lash mumkin!

👉 Nega aynan Renessans ta’lim universitetini tanlash kerak?

☎️ Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📍Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko’chasi 41/4

⚡️(Litsenziya №049194, 18.11.2022y.)

Telegram|Instagram|Facebook|renessansuniversity">Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ERTAGA ONLAYN TEST!
BARCHA QATNASHISHI SHART!

🏆 YUTUQ: 1.000.000 SO'M!

📆 Yakshanba, 4-iyun kuni Oliygoh.uz platformasi va Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 46-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

➖ Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

💰Umumiy sovrin: 1 mln so'm
📊 G'oliblar soni: 20 nafar
🔥 Imtihonda qatnashish: BEPUL

📚BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni
Yuqori ball olganlar TMII OTMga imtihonsiz qabul qilinadi.

☝️Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Ma'lumot uchun, TMII Instituti - xalqaro darajadagi yuqori malakali o'qituvchilarga ega hamda amaliy o'quv dasturi asosida iqtisodiyot, moliya va bank ishi sohalarida malakali kadrlar yetishtirib chiqarayotgan Respublikadagi nufuzli nodavlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

👨🏻‍💻Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamat Mamanazorov ma’lum qildi:

"O‘tgan yili texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ammo, joriy yilda ushbu tartibga bir qator o‘zgartirilish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan,hozirgi kunda tasdiqlanishi kutilmoqda. Biroq hozirgi vaqtda bu tartib amalda turibdi, shu sababli qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan taqdirda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qilinadi
."

Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari RO‘YXATI

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi

🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.

📌 Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

✅ Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

🏢 Ushbu binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.

❇️ Mazkur bayonda Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma haqida asosiy ma‘lumotlar

Granti asosidagi oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanomaga hujjat topshirish boshlangani va mezonlar haqida axborot bergan edik.

Ushbu tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi.

Tavsiyanoma ajratilgan qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtishida tanlagan birinchi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tavsiyanomaga ega boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har yili 15-iyulga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining abituriyentlar bazasiga kiritiladi.

Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam boʻlmagan ball toʻplagan tavsiyanomaga ega boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari
: 👉 /channel/uztdi/6770

🖥 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga hech qanday sertifikat bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

Nodavlat oliy taʼlim muassasasi sifatida rasman faoliyatini boshlagan yoki tugatgan taʼlim tashkilotlari haqida kanalimiz (@uztdi) hamda murojaatlar botimiz (@uztdibot) orqali maʼlumot berib boriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston vakili IEA Bosh Assambleya vakilligiga nomzod sifatida taklif etildi

Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) ijrochi direktori Doktor Dirk Xastedt xatida:

"O‘zbekiston YUNESKO va IEA qoʻshma tadqiqoti, “Reponses to Educational Disruption Survey” (REDS)da ishtirokidan soʻng Oʻzbekistondagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar milliy markazi 2021-yil global pandemiya davrida IEAning Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash (PIRLS) xalqaro tadqiqotini muvaffaqiyatli va qahramonona tashkil etdi" deyilgan.

Shuningdek, Milliy markazi direktori Abduvali Ismailov IEA Bosh Assambleya vakilligiga nomzod sifatida taklif etilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel