uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

😍 STARS International University va O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida qo‘shma tadqiqot va qo‘shma ta’lim loyihalarini ishlab chiqishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hamkorlik Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobi va audit fan va amaliyotini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni oʻz ichiga oladi.

👨🏻‍🎓 Tomonlar, shuningdek, universitet bitiruvchilarining ham Assotsiatsiyaning o‘zida, ham Markaziy Osiyodagi boshqa tashkilotlarda amaliyot o‘tashlari va kelgusida ish bilan ta’minlanishiga faol ko‘maklashish niyatida.

🇺🇿 O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi mamlakatda buxgalterlar va auditorlarning professional hamjamiyatini shakllantirishning negizida turadi va Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi IFAC (International Federation of Accountants) ning assotsiatsiyalangan a’zosi, ECCBA (Evroosiyo sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlar kengashi) ning faol a’zosi va MDH davlatlarining buxgalteriya hisobi metodologiyasi va rivojlanishi bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi a'zosi hisoblanadi.

Agar siz Markaziy Osiyodagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan universitet talabasi boʻlishni istasangiz, ariza topshirish uchun quyidagi havolaga oʻting ⤵️

https://stars.university/uz/admission

📞 Qo'shimcha ma’lumot uchun:
+998 78 129 19 19

🇷🇺RU 🇬🇧 ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkentdagi TMC xalqaro instituti Northampton University bilan hamkorlikda xalqaro dasturlari uchun 10 ta grant o‘rnini taklif etadi

⚠️ Uni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkin?
1. tmci.uz/apply havolasi orqali hujjatlarni topshiring.
2. Kamida 7.5 IELTS sertifikatini taqdim eting yoki ichki ingliz tili imtihonini topshirib, kamida 80% ball oling.
3. Suhbatdan o‘ting.

🗓 Grant o‘rinlari uchun ichki imtihonlar sanasi:
1. 4-iyul, soat 11:00
2. 18-iyul, soat 11:00

🇬🇧BA (Hons) xalqaro dasturlari:
• Business & Management
• International Accounting
• International Logistics & Trade Finance
• Computer Science
• Tourism and Hospitality Management

📝Ro‘yxatdan o‘tish:

🖥 Onlayn: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Фармацевтика таълим ва тадқиқот институтида бакалавриат ва магистратурага 2023/2024 ўқув йили учун ҳужжатлар қабули бошланди!

Бакалавриат йўналишлари:
➖ Фармация (турлари бўйича) - ўқиш муддати 5 йил;
➖ Саноат фармацияси (турлари бўйича) – ўқиш муддати 4йил;
➖Даволаш иши - ўқиш муддати 6 йил;
➖Тиббий профилактика иши - ўқиш муддати 5 йил.

Магистратура мутахассисликлари:
➖Фармацевтика ишини ташкил қилиш ва бошқариш;
➖Фармацевтик кимё ва фармакогнозия;
➖Дориларнинг саноат технологияси;
➖Дори воситалари ва препаратлар технологияси;
➖Экспериментал ва спорт фармакологияси.

Ўқиш муддати 2 йил.

👉 Ҳужжатлар online ва offline тарзда қабул қилинади.

👉 Ҳужжат топшириш

Манзил: Юнусобод тумани, 19 мавзе, 48 уй, мўлжал: "Uz Mal-oil" ёқилғи қуйиш шахобчаси, Carrefour супермаркети. (Сайрам Корзинка).

📍Локация
👉 Батафсил маълумот

📞☎️Мурожаат учун телефонлар:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Реклама

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️2023/2024-o‘quv yilida YANGI TASHKIL ETILGAN BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy/ijodiy imtihon) topshiriladigan FANLAR MAJMUASI

Ushbu ta'lim yo'nalishi qaysi OTMlarda mavjudligi bilish uchun 2023/2024-o‘quv yili uchun tasqiqlangan davlat OTMlariga davlat granti kvotalaridan qidirib ko'rish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Savol_javob

Olis hududdagi maktabga borib ishlash niyatida boʻlgan pedagog xodim oliy yoki birinchi toifali oʻqituvchi boʻlishi kerak, toʻgʻrimi?

➖ Albatta. Endigina oliy ta’limni tamomlagan oʻqituvchilarga bunday imkoniyat mavjud emas.

Qolaversa, pedagog xodim beriladigan imtiyozlardan foydalanishi uchun, albatta, boshqa hududdan kelgan boʻlishi kerak.

Yanada tushunarliroq qilib aytadigan boʻlsak, oʻqituvchining oʻzi shundoq ham olis hududdagi manzilda yashaydigan boʻlsa, ularga bu imtiyozlar berilmaydi.

Oʻqituvchi boshqa tuman yoki viloyatdan kelib ishlagan taqdirdagina, ustama toʻlanishi mumkin.

Oyina.uz saytida ushbu mavzu bo'yicha foydali maqola e’lon qilindi:
👉 https://oyina.uz/uz/article/1723

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Magistraturaga imtihon qanday bo‘ladi?

◼️ Magistraturada o‘qish uchun chet tili sertifikati majburiy. Bunda barcha yo‘nalishlar uchun B2, filologiyaga oid yo‘nalishlar uchun esa C1 sertifikati talab etiladi.

❗️Shu sertifikati tasdiqlangan abituriyent magistratura uchun tanlovda ishtirok etadi. Lekin talabgorlar o‘rtasida alohida imtihon o‘tkazilmaydi.

Davlat OTMlari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil magistraturaga faqat bir marta yoz oyida qabul bo‘ladi. Qishki qabul bo‘lmaydi. Yozgi qabul — avgust oyida.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bu yil 50,6 ming xotin-qiz o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma oldi

◼️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 2 000 ta grant o‘rni va 500 ta kontrakt kvota uchun tavsiyanomaga ariza topshirgan xotin-qizlarning telefoniga tavsiyanoma berish-bermaslik haqida xabar yuborilganini bildirdi.

Bu yil 38,7 ming ehtiyojmand xotin-qiz tavsiyanoma oldi. Ular 2 mingta grant kvota uchun harakat qiladi. Bu grant uchun kerakli ball yig‘olmaganlar hamma qatori umumiy tanlovda qatnashadi.

5 yillik stajlilar uchun ajratilgan qo‘shimcha 500 ta kontrakt kvota uchun esa 11,9 ming odam tavsiyanoma olgan.

Hozir tavsiyanoma ma’lumotlari elektron bazaga kiritilyapti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

TMII-imkoniyat eshiklarini oching!

📲  Savol va murojaatlar uchun:
+998712009005 | @timeedubot

#iqtisod #iqtisodiyot #qabul2023 #talaba

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Maktablarni kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ayni vaqtda mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi.

Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.

👉 Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Siz allaqachon universitet talabasisiz ammo haliyam ilmiy salohiyat yuqori oliygohda ta’lim olmoqchimisiz?

💡 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti sizga o‘z eshiklarini ochadi!

✅ Universitetimizga Siz bakalavriatning 2-bosqichiga mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin.

📚 Kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga qabul uchun bakalavriat yo‘nalishlari:

👉 Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
👉 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
👉 Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)

❗️Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim kunduzgi va kechki shakllarda olib boriladi:

👉 Matematika va informatika
👉 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, fransuz tili, nemis tili)

💻 Onlayn hujjat topshirish: https://aifu.uz/Admission

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+99895 150 22 22
+99899 150 22 28

🔝 Telegram kanal: /channel/AIFU2022

📍Universitet manzili: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent xalqa yo‘li ko‘chasi

📍 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi

🖥 Lokatsiyahttps://goo.gl/maps/WSDfP3ugJBN6Jcmx9

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Расман: Эртага 22 июнь кириш имтиҳонлари андозасидаги онлайн тест ташкил этилади!

🏆ЮТУҚ: 1.000.000 сўм!

📆 Пайшанба, 22 июнь куни Oliygoh.uz ва Наманган Халқаро Университети ҳамкорлигида Республика миқёсидаги кенг қамровли навбатдаги 50-онлайн диагностик имтиҳонга старт берилади.

📆Тест вақти: 22 июнь (19:00)
💳Иштирок этиш нархи: БЕПУЛ
👉 Рўйхатдан ўтиш шарт!

Кириш
имтиҳонлари андозасидаги 5 БЛОКЛИ оригинал тестлар сиз учун!

Йўналиш танланг ва рўйхатдан ўтинг!
👉 Ҳуқуқ + Инглиз тили
👉 Инглиз тили + Математика
👉 Инглиз тили + Она тили
👉 Кимё + Биология
👉 Математика + Инглиз тили
👉 Математика + Она тили
👉 Математика + Физика
👉 Она тили + Инглиз тили
👉 Она тили + Математика
👉 Она тили + Тарих
👉 Тарих + География
👉 Тарих + Инглиз тили
👉 Тарих + Она тили
👉 Биология + Она тили
👉 Биология + Кимё
👉 Кимё + Математика
👉 География + Математика
👉 БОШҚА ЙЎАЛИШНИ ТАНЛАШ

Наманган Халқаро Университети - 8 та йўналиш бўйича халқаро даражадаги сифатли таълим бериб келаётган Намангандаги халқаро университет ҳисобланади.

👨🏻‍💻 Тестга рўйхатдан ўтиш:
👉 Рўйхатдан ўтиш
👉 Рўйхатдан ўтиш

🔖 Тест якунида сертификат берилади!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Siz allaqachon universitet talabasisiz ammo haliyam ilmiy salohiyat yuqori oliygohda ta’lim olmoqchimisiz?

💡 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti sizga o‘z eshiklarini ochadi!

✅ Universitetimizga Siz bakalavriatning 2-bosqichiga mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin.

📚 Kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga qabul uchun bakalavriat yo‘nalishlari:

👉 Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
👉 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
👉 Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)

❗️Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim kunduzgi va kechki shakllarda olib boriladi:

👉 Matematika va informatika
👉 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, fransuz tili, nemis tili)

💻 Onlayn hujjat topshirish: https://aifu.uz/Admission

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+99895 150 22 22
+99899 150 22 28

🔝 Telegram kanal: /channel/AIFU2022

📍Universitet manzili: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent xalqa yo‘li ko‘chasi

📍 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi

🖥 Lokatsiyahttps://goo.gl/maps/WSDfP3ugJBN6Jcmx9

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qabul komissiyasi 1-sinfga qabul qilish arizasini rad etishi mumkinmi?

Qabul komissiyasi 3 ta holatda arizani rad etishi mumkin:

👉bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktabida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;

👉tanlagan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;

👉so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

✔️ Arizasi rad etilgan fuqarolar avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta ariza berishlari mumkin.

📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Diplomatiya universiteti va Xalqaro Islom akademiyasiga qabul avval OTM saytlari orqali bo‘ladi

Sababi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti hamda Xalqaro islom akademiyasi, dastlab, abituriyentlarni o‘zlari imtihon qilishadi. Undan yetarli ball to‘plolganlargagina qolgan barcha abituriyentlar kabi hujjat topshirishga ruxsat beriladi. Agar kerakli ball to‘plolmasa, abituriyent umumiy qabul orqali bu OTMlarga hujjat topshira olmaydi.

Qanday hujjat topshirish mumkin?
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga – admission.uwed.uz sayti orqali;
Xalqaro islom akademiyasiga – admission.iiau.uz orqali.

Xalqaro Islom akademiyasiga qabul boshlangandan 20 kun davomida onlayn ariza yuborish mumkin. Shundan so‘ng imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Diplomatiya universitetiga esa imtihon 1–6-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi reja qilingan.

✔️ Islom akademiyasida dastlabki imtihon:
➖abituriyentning intellektual darajasi (40 ball);
➖ma’naviyat va ma’rifat asoslari bo‘yicha bilim darajasi (30 ball);
➖xorijiy tillarni bilish darajasi (30 ball) aniqlanadi.

✔️JIDUda esa:
➖IQ darajasi (40 ball)
➖Ona tilidan esse (30 ball)
➖Chet tilini bilish darajasi (30 ball) aniqlanadi.

Har 2 OTMda ham jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball 100 ball, shuning 50 foizini to‘plagan talabgor bemalol boshqa abituriyentlar bilan birga hujjat topshirishi mumkin. Ular ham 5 ta yo‘nalishni tanlay olishadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Shavkat Mirziyoyev: Kelgusi 7 yilda o‘qituvchilarning oyligi 2 barobarga oshiriladi

Prezidentlikka nomzodning aytishicha, o‘qituvchilarga malaka sertifikatini berish tizimiga o‘tiladi va 2030-yilgacha muallimlarning oylik maoshi 2 barobar ko‘paytiriladi.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalarini ma’lum qildi.

Endi muallimlarning nafaqat bilimi, balki malaka va mahoratini ham baholab, malaka sertifikatini berish tizimi joriy etiladi. Umuman, kelgusi yetti yilda muallimlarning oylik maoshi 2 karra oshiriladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mirziyoyev o‘qituvchilar haqida quyidagilarni ham aytib o‘tdi:

👉 pedagogika oliygohlarining o‘quv dasturlari ham, Prezident maktablaridagi o‘qitish va baholash uslublariga moslashtiriladi;
👉 malaka sertifikatini olgan o‘qituvchiga hozirgi 40 foizdan 70 foizga oshirilgan qo‘shimcha haq to‘lanadi;
👉 ilg‘or texnologiyalarni biladigan, dars berish va o‘quvchilar bilimini baholashda yangicha yondashadigan muallimlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2023 #Abituriyent2023
Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Bu yil 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon olinadi. Ularga hujjat topshirgan abituriyentlar faqat shu OTMlar ichidan 5 ta yo‘nalish tanlashi kerak. Chet tilidan test olinadigan OTMdagi yo‘nalishni tanlash imkoni yo‘q. Sababi test va ijodiy imtihon formati va beriladigan ballar bir-biridan farq qiladi.

👉 Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar ro‘yxati

❓Ijodiy imtihon qanday olinadi?
Ijodiy imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📚
Imtihonlar 11 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

📆 Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. So‘ng abituriyent qolgan bloklar uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovida qatnashadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Bu haqdagi Prezident qarori (PQ–197-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;

27 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari;

Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:

👉 tibbiyot OTMda o‘qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;

👉 texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi;

👉 tibbiyot yo‘nalishidagi davlat OTM talabalarining bilimlarini 2 bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko‘nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar toʻlanadi. Bunda:

bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan
kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.

Roʻyxatdan oʻtish muddatlari haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan islohotlar va tashabbuslariga ko‘ra 2023-yil “Insonga e'tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shish yo‘lida, STARS International University yillik auditning tegishli talabalarini muvaffaqiyatli bajardi va Amerika Milliy Standartlar Instituti (ANAB-ANSI) akkreditatsiyasi bilan bir qatorda Britaniya Standartlar Instituti (BSI) sertifikatiga sazovor bo‘ldi.

🇬🇧 Britaniya Standartlar Instituti o'z faoliyatini 1901-yilda boshlagan va bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli akkreditatsiya organi, shuningdek, zamonaviy dunyoda menejment tizimlarining barcha jabhalarini qamrab oluvchi eng yirik global standartlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi.

🏛 STARS University quyidagi sohalarda ISO 9001:2015 talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimiga ega:
Bakalavr darajalari, L2AC, L3IFDHES akademik darajalari va global sertifikatlash dasturlariga olib boradigan ta'lim xizmatlarini taqdim etish

📜 Yaqin kelajakda STARS International University, masalan, ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi kabi bir qator boshqa xalqaro standartlar bo'yicha yana qo'shimcha sertifikat olish niyatida.

Agar siz Markaziy Osiyodagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan universitet talabasi boʻlishni istasangiz, ariza topshirish uchun quyidagi havolaga oʻting ⤵️

https://stars.university/uz/admission

🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (avvalgi Yeodju Instituti) hujjatlar oflayn tartibda ham qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 01.04.2023 dan 31.07.2023 gacha davom etadi.

Abituriyentlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
•Oʻrta yoki oʻrta-maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (attestat, diplom);
•Pasport;
•3.5 x 4.5 hajmdagi rasm (JPEG);
•Agarda mavjud boʻlsa, rasmiy хorijiy til bilish sertifikatlari: IELTS — 5.5 / CEFR — B1 / DuoLingo — 85 / TOEFL — 58 / TOPIK — (3) / IGCSE — 4 va undan yuqori ballar.

Qabul komissiyasining ish jadvali: dushanba – juma (09:00 – 17:00).
Murojaat uchun: +998 (78) 129 40 40 (ichki 1).

Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universitetining A-binosi, 1-qavat (Toshkent, Shota Rustaveli koʻchasi 156-uy).

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🇺🇿 Фармацевтический институт образования и исследований объявляет приём документов на 2023/2024 учебный год!

🎓 Институт предлагает абитуриентом возможность обучаться по следующим направлениям бакалавриата и специальностям магистратуры:

Направления бакалавриата:
➖Фармация (по видам) - 5 лет;
➖Промышленная фармация (по видам) - 4 года;
➖Лечебное дело – 6 лет;
➖Медико-профилактическое дело – 5 лет.

Специальности магистратуры- (2 года):
➖Организация и управление фармацевтическим делом;
➖Фармацевтическая химия и фармакогнозия;
➖Промышленная технология лекарственных средств;
➖Технология лекарственных средств и препаратов;
➖Экспериментальная и спортивная фармакология.

👨‍💼Документы принимаются online и offline.

📍 Подача документов

Адрес: Юнусабадский район, 19 кв, дом 48. Ориентир: бензозаправка "Uz Mal-oil", супермаркет «Carrefour» (Корзинка «Сайрам»)
🗺 Локация
🔔Подробная информация

📞телефоны для справок:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Реклама

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️“Oʻqituvchilarga taʼtil pulidagi farq toʻlab beriladi” — masʼullar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshligʻi Laziz Qarshiyevning Kun.uz soʻroviga javoban maʼlum qilishicha, taʼtil davomiyligini 48 kalendar kuni (41 ish kuni) deb hisoblash noqonuniy hisoblanadi.

Kim shunaqa qilayotgan boʻlsa, qonunbuzilish hisoblanadi. Agar shunday holatlar kuzatilsa, tumanlardagi vazirlikning bandlik boʻlimlariga murojaat qilishsa, kam taʼtil puli toʻlanayotganlarga 7 kun farqi, albatta, toʻlab beriladi”, – dedi u.

Qarshiyev oʻqituvchilarning taʼtil davomiyligi borasida normativ hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilganini aytdi.

Ammo bu hujjat hali qabul qilinmadi degani oʻqituvchilarga 41 ish kuniga taʼtil belgilanishi kerak deganimas. Chunki mehnat shartnomalari oʻz kuchida, shartnoma 48 ish kuni deb berilgan, demak yakshanbalarni ham qoʻshib 56 kalendar kuni deb belgilab berishi kerak”, – dedi u.

Vazirlik masʼuliga koʻra, bunday holat hamma hududda ham kuzatilmayapti. “Qonunlarni tushunmagan adliya boʻlimlari tomonidan bunday xatoga yoʻl qoʻyilayotgan boʻlishi mumkin”, – dedi Qarshiyev.

Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullarining Kun.uzʻga maʼlum qilishicha, Adliya vazirligi hududiy yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga Vazirlar Mahkamasi qarori chiqquncha, eski Mehnat kodeksi boʻyicha taʼtil davomiyligi belgilanishi borasida xulosa berishni tavsiya qilgan. Vazirlar Mahkamasi qarori chiqqanidan keyin, taʼtil 56 kalendar kuni deb hisoblanadimi yoki 48 kalendar kunimi – oʻrtadagi farq toʻlab berilishi aytilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hurmatli ota-onalar!

📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.

💭 Eslatma! Maktabga borish kuni va vaqtini o‘zingiz belgilab, shu vaqtda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda farzandingiz bilan birgalikda maktab borishingiz talab etiladi.

💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish jarayoni “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻqishga kirishda maktab baholari hisobga olinishi nega ortga surilayotganiga izoh berildi

Shu yilgi bitiruvchilarning maktabdagi o‘rtacha baholari kirish imtihonlarida hisobga olinishi kerak edi. Lekin avvalroq bu tartib qayta ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mas’ullarning javob berishicha, tartib haliyam ko‘rib chiqilyapti. Agar baho qo‘shiladigan bo‘lsa, u mandatdan keyin qo‘shib qo‘yilaversa ham qiyin bo‘lmaydi.

❗️Biroq buning muammoli tarafi bor

Baholarni hisobga olishda faqat shu yilgi bitiruvchilarniki elektron bazada mavjud bo‘ladi va qarorda ham bu nazarda tutilgan. Biroq oldingi yillarda maktablarni va kollej, litseylarni tugatgan abituriyentlarning bahosi elektron bazada yo‘q. Shuning uchun baholashda tenglik prinsipi buziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2023 #Abituriyent2023
Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklardan olinadi

🏫 my.uzbmb.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ta’lim muassasasini tugatgan yili sifatida 2022-yilgacha bo‘lgan yillarni tanlash mumkin. Bunda 2023-yil chiqmaydi.

📌 Chunki joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

❗️ Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq shakllantirilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan, o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

👨‍💻 Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar bazaga kiritilganidan so‘ng abituriyentlar “Tugatgan ta’lim muassasasi” bo‘limidan “Yangilash” tugmasini bosish orqali tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishi va davlat granti ustuvorlikni belgilashlari mumkin

👨🏻‍💻 Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

👆 Yuqoridagi rasmda ularning aniq mexanizmi ko‘rsatilgan.

📌 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Фармацевтика таълим ва тадқиқот институтида бакалавриат ва магистратурага 2023/2024 ўқув йили учун ҳужжатлар қабули бошланди!

Бакалавриат йўналишлари:
➖ Фармация (турлари бўйича) - ўқиш муддати 5 йил;
➖ Саноат фармацияси (турлари бўйича) – ўқиш муддати 4йил;
➖Даволаш иши - ўқиш муддати 6 йил;
➖Тиббий профилактика иши - ўқиш муддати 5 йил.

Магистратура мутахассисликлари:
➖Фармацевтика ишини ташкил қилиш ва бошқариш;
➖Фармацевтик кимё ва фармакогнозия;
➖Дориларнинг саноат технологияси;
➖Дори воситалари ва препаратлар технологияси;
➖Экспериментал ва спорт фармакологияси.

Ўқиш муддати 2 йил.

👉 Ҳужжатлар online ва offline тарзда қабул қилинади.

👉 Ҳужжат топшириш

Манзил: Юнусобод тумани, 19 мавзе, 48 уй, мўлжал: "Uz Mal-oil" ёқилғи қуйиш шахобчаси, Carrefour супермаркети. (Сайрам Корзинка).

📍Локация
👉 Батафсил маълумот

📞☎️Мурожаат учун телефонлар:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Реклама

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalari haqida so‘zlab berdi. Jumladan:

“Muallimlarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, ularning ko‘p yillik ish staji uchun ilk bor ustama haqi to‘lash tizimi joriy etiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

O‘qituvchilarga har yili sihatgohlarda sog‘lig‘ini tiklashi uchun imtiyozli yo‘llanmalar beriladi. Shuningdek, har yili 1 ming nafar muallim stajirovka o‘tash uchun xorijga yuboriladi”, — dedi nomzod.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ismailov Abduvali Abdumalikovich — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori etib tayinlandi.

U bugunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr), 2011-yil Toshkent kimyo-texnologiya instituti (magistratura)ni tamomlagan. 2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Abduvali Abdumalikovichni mamlakatimizda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan tajribali mutaxassis sifatida bilamiz.

Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel