uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul kvotalari

👉 Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi
taqsimoti – /channel/uztdi/7024

👉 Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti – /channel/uztdi/7025

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bakalavriat bosqichi uchun maqsadli qabul kvotalari

👉 Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti – /channel/uztdi/7020

👉 Olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti – /channel/uztdi/7021

👉 Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti – /channel/uztdi/7022

👉 Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti – /channel/uztdi/7023

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️
Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

👉 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 803 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 542 ta;
➡️ sirtqi ta’lim shakli uchun – 981 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 223 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 57 ta.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat grantik asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

📋 Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

📆 Unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning songgi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

📌 Demak, joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Abituriyentlarga to‘plagan ballidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi – Prezident qarori

Prezident qarori (PQ-200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:

👉 oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

👉 umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat OTM litsenziyasini tekshirishning eng oddiy va ishonchli usulini sinab koʻring!

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi boʻlib ishlagan Shavkat Xoʻjaqulov nodavlat universitetlar litsenziyasi haqiqiyligini tekshirishning eng oddiy usulini koʻrsatib berdi.

Soʻnggi vaqtlarda menga eng koʻp berilgan savol bu shubhasiz “Nodavlat oliygoh litsenziyasi haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?” ligi haqidagi savollardir.

Fuqarolarimizning turli firibgarlarga aldanib qolishlarining oldini olish maqsadida nodavlat OTMlar litsenziyasi haqiqiyligini tekshirishning eng oddiy usulini koʻrsatib berdim. Instagramdagi sahifamda bu haqida yangi video eʼlon qildim.

Agar ushbu video Sizga maʼqul kelsa boshqalarga ham ulashing oʻzingizni qiziqtirgan savollarni videoga izoh sifatida qoldiring javob berishga harakat qilaman.“
deydi Shavkat Xoʻjaqulov oʻz telegram kanalida.

Videoni Instagramda ko'rish: https://www.instagram.com/p/CuPkA9aKzA6/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi

✅ Talabgorlar 10-iyulga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

👉 bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

👉 zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

🗂 Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

👉 2 yilga mo'ljallangan biznes reja;
👉 mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;
👉 pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
👉 pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
👉 ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

❗️ Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bakalavriat bosqichi uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

👉 Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi – /channel/uztdi/7024

👉 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti – /channel/uztdi/7029

👉 Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti – /channel/uztdi/7032

👉 Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti – /channel/uztdi/7041

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bakalavriat ta‘lim bosqichi uchun qabul kvotalari (ta’lim shakllari kesimida)

👉 Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – /channel/uztdi/7016

👉 Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – /channel/uztdi/7017

👉 Kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – /channel/uztdi/7018

👉 Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – /channel/uztdi/7019

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bolganlar uchun respublika boyicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 356 ta (davlat granti asosida - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 610);
➡️ sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 453 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 556 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 141 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 903 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 272 ta;
➡️ sirtqi ta’lim shakli uchun – 491 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 112 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 28 ta.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun ajratilgan 1000 ta o‘rin taqsimoti

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Unga ko‘ra:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bakalavriatning kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-oquv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va tolov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va oqitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qishni kochirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

📌 Sohalar kesimida o‘tish ballari rasmda

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Foydali

😉Dasturlash orqali hayotingizni ijobiy tomonga o'zgartirish vaqti keldi

Japan Digital University
eng so'ngi texnologiyalar asosida har bir talabaga yuqori darajadagi puxta bilim va ko'nikmalarni zabt etishda yordam beradi.

🔠 Ertaga bajaraman, imkonim yoʻq, qo'limdan kelmaydi, uddalay olmayman kabi o'qishni ortga suruvchi hamda oyoqdan tortadigan bahonalarni yig'ishtirishingizni tavsiya etamiz.

💥 Oliygohimizda dasturlash haqidagi tushunchangizni yanada boyitib, kelajakda serdaromad kasb egasiga aylaning!

(P.S. Ro'yxatdan o'tish 21-iyulgacha davom etadi)

👉 Hujjat topshirish uchun

☎️: 71-200-05-95

Veb-sayt | Telegram | Instagram  Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓ Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

✅ Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

📌 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli tanlovda ishtirok etmaydi.

👆 Yuqoridagi rasm orqali maqsadli qabul qanday amalga oshirilishi bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

❗️ Izoh: rasmda keltirilgan raqamlar misol sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga ajratilgan kvotalar bundan farq qiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Osiyo Xalqaro Universiteti - kelajagingiz uchun eng to'g'ri yo'l

2023-2024 - o'quv yili uchun kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllaridan birida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ling.

👉 Keng tanlov imkoniyati
14 ta bakalavr
3 ta magistratura yo'nalishlari

Bundan tashqari oliygohimizga chet el va mahalliy universitetlardan o'qishni ko'chirishingiz mumkin.

Ariza topshirish: qabul.oxu.uz
Batafsil ma'lumot uchun:
📱 +998 55 305 0009

🌐 www.oxu.uz

Читать полностью…
Subscribe to a channel