uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Bugunni oʻzida DTM balli bilan talaba boʻling!🎓

🏛 Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

📚Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (rus tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili);
• Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha);
• Boshlang‘ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim;
• Jismoniy madaniyat;
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalari bo'yicha)

📥Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!

📥Hujjatlar https://ipu-edu.uz/uz/cv internet manzil orqali qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998752236060 | Yozish💬
+998752306060 | Yozish💬

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Siz Pisa Universitetining Toshkentdagi filialini tugatgandan so'ng bir necha baravar ko'proq pul topishingiz mumkinligini bilarmidingiz?!

🇺🇿Prezidentimizning 2021-yil 13-iyuldagi "Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, xalqaro reytingga kiruvchi oliy o'quv yurtini tamomlagan davlat xizmatchilari endi ish haqiga qo'shimcha ravishda to'lanuvchi ustamaga ega bo'ladilar.

💰Shunday qilib, bakalavrni tamomlagan talabalar qo'shimcha - 20 BHM (6 mln so'm) oladilar;
Magistraturani tamomlaganlar esa - 30 BHM (9 mln so'm).

🔝Shuni ta'kidlash kerakki, Pisa Universiteti eng yaxshi universitetlarning TOP-300 taligiga kiradi - ya'ni bu Pisa Universitetining Toshkentdagi filiali bitiruvchilari davlat xizmatiga ishga joylashishda qo'shimcha haq olishlari mumkinligini anglatadi.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +99897-759-44-00.

t.me/pisauniversity

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Yuqori ball olmagan barcha abituriyentlar xususiy universitetga imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi

🗂 Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;

Hujjatlar shu yilning 30-avgustiga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.

🇺🇿Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.

Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.

Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!

© Manba

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat OTM litsenziyasini tekshirishning eng oddiy va ishonchli usulini sinab koʻring!

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi boʻlib ishlagan Shavkat Xoʻjaqulov nodavlat universitetlar litsenziyasi haqiqiyligini tekshirishning eng oddiy usulini koʻrsatib berdi.

Soʻnggi vaqtlarda menga eng koʻp berilgan savol bu shubhasiz “Nodavlat oliygoh litsenziyasi haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?” ligi haqidagi savollardir.

Fuqarolarimizning turli firibgarlarga aldanib qolishlarining oldini olish maqsadida nodavlat OTMlar litsenziyasi haqiqiyligini tekshirishning eng oddiy usulini koʻrsatib berdim. Instagramdagi sahifamda bu haqida yangi video eʼlon qildim.

Agar ushbu video Sizga maʼqul kelsa boshqalarga ham ulashing oʻzingizni qiziqtirgan savollarni videoga izoh sifatida qoldiring javob berishga harakat qilaman.“
deydi Shavkat Xoʻjaqulov oʻz telegram kanalida.

Videoni Instagramda ko'rish: https://www.instagram.com/p/CuPkA9aKzA6/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#RasmiyMunosabat

Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan maqola yuzasidan

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizomda maqsadli qabul tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.

Hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha) abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda abituriyent mazkur hududda muayyan muddat yashagan bo‘lishi kerak degan talab belgilanmagan.

Shu sababli maqsadli kvota uchun tanlov abituriyentning doimiy yashash hududi (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlarning doimiy yashash manzili Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimidan olinadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Magistratura javoblari 30-avgustga qadar e’lon qilinadivazirlik

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nima uchun abituriyentlar RENESSANS ta’lim universitetini tanlashmoqda

1. Universitet xalqaro darajadagi davlat diplomini taqdim etadi;
2. Universitetda 40ga yaqin yo’nalishlar mavjud;
3. Universitet UZBMB (DTM) bali bilan imtihonsiz qabul qiladi;
4. Kontrakt summasini 4 ga bo’lib to’lash imkoniyati;
5. Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan o’qishni ko’chirish;
6. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega o'quv bino.

🔺Yaxshi obro’ga ega oliygohda, professional ustozlar qo’lida ta’lim olgan talaba - har doim muvaffaqiyat qozona oladi.

❗️Shoshiling talabalarimiz safiga qo’shiling.

👉 Online ro’yxatdan o’tish
👉 DTM bali orqali ro’yxatdan o’tish

Murojaat uchun:
📞+998555067007 | yozish📥

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:

🔸 42 655 nafari — davlat granti;
🔸 150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

👨🏻‍💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📢 Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida DTM natijangiz bilan talaba bo'ling!

✅ Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.

📈 DTM imtihonlarida yaxshi natijaga ega bo'lgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz o'qishga qabul qilinadi.

❗️Eslatib o'tamiz universitetda imtihon jarayonlari davom etmoqda!

👉 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz

Osiyo
Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajakni shu yerdan boshlang!

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚠️ TMC Xalqaro Institutida imtihonsiz talaba bo'ling.

🇺🇿 Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Boshlang’ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim.

⚡️ Singapurdagi TMC Akademiyasining bir qismi bo'lgan Toshkentdagi TMC Institutida sifatli ta'lim olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032
📍 Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko’chasi 41B

📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻtgan yili birinchi yoʻnalishga “super” qilish imkoni berilgan

✅ 2022-yilda Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgandi.

❌ Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmagan, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin boʻlgan.

📌 Birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2—5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgan edi. Bunda abituriyent to‘plagan ball 1-ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Misol uchun, abituriyent 143 ball to‘plagan. Bunda:

✅ birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish ball (kontraktning oxiri) 143 dan yuqori bo‘lsa, super kontrakt asosida o‘qishiga ruxsat berilgan;

❌ lekin o‘tish bali (kontraktning oxiri) 143 yoki undan past bo‘lsa, super kontraktga ruxsat berilmagan va u o‘zi tavsiya etilgan ta’lim yo‘nalishida o‘qishi mumkin bo‘lgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi

Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

☝️Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

HOZIROQ ONLAYN RO'YXATDAN O'TING VA DTM BALLINGIZ BILAN TALABA BO'LING!🎓

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

📚Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (rus tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili);
• Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha);
• Boshlang‘ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim;
• Jismoniy madaniyat;
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalari bo'yicha)

📥Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!

📥Hujjatlar https://ipu-edu.uz/uz/cv internet manzil orqali qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998752236060 | Yozish💬
+998752306060 | Yozish💬

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

UZBMB (DTM) natijangiz bilan Diplomat University talabasi bo'ling!

Ta'lim yo'nalishlari:
Xalqaro munosabatlar
Iqtisodiyot
Biznes boshqaruvi
Axborot texnologiyalari
Ingliz filologiyasi
Arab filologiyasi
Xitoy filologiyasi

📄 Litsenziya (№037196, 20.12.2021 y.)

🎓 Grantlar
💵 20% lik chegirma
🔖 UZBMB (DTM) ball bilan talabaga aylaning
🏬 DUning yangi binosi bilan tanishing

👉 Hujjat topshirish uchun: apply.diplomat.university

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998881268888 / @Diplomatuni
☎️ +998881248888 / @Diplomatuniv

🌐 diplomat.university

Telegram | Facebook | Instagram | diplomatuniversity">You Tube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!

📥 Hujjatlar 25-avgustgacha onlayn shaklda va hududiy boʻlimlarda amalga oshiriladi.

Ma'lumki, deyarli barcha OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli (maksimal 189 ballning 30 foizi), yaʼni 56,7 balldan past ball toʻplaganlar uchun ham talaba boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.

Yaʼni abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadilar. Lekin siz Super kontrakt toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, 200 mlnlab kontrakt toʻlashdan koʻra yaxshiroq variantlar bor.

Misol uchun, biz sizga 40 ga yaqin yoʻnalishlari, dual taʼlim asosida ham oʻqib ham ishlash imkoniyati mavjud boʻlgan TOP Xususiy Renessans taʼlim Universitetda oʻqishni tavsiya qilamiz!

Oʻqishni ko‘chirish (перевод) imkoniyati ham mavjud!

Kontrakt 12 mlndan boshlanadi, 4 ga boʻlib toʻlash mumkin!

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, murojaat qiling:
+998555067007 | Yozish💭

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#bilasizmi

Boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari bogʻcha va maktab-internatlardagi ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2821-3, 22.08.2023-y.) bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinishi toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bugundan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi

✅ 22-avgust kunidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi. Bugun, 24-avgust kuni apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

🖥 Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

👉 Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari: https://uzbmb.uz/page/representatives

📆 Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkentda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jazolandi

Yashnobod tumani 149-maktab direktori tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 349-sonli "O'zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori va Mehnat Kodeksining 5,25-moddalari talablari buzilib, o‘qituvchilar obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilingan.

❗️Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
—————————————

❗️Eslatib o'tamiz, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun (O‘RQ–826, 27.03.2023 y.) ga ko‘ra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilgan.

✅Huquqbuzarlik ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa,
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✅ Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:
BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (49,5 mln so‘mdan 66 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🏛 Xalqaro Nordik universiteti sirtqi taʼlim shakliga (staj va stajsiz) o'qishni ko'chirishni taklif qiladi.

⏳O'qish muddati: 3-4 yil (5 yil emas)

📚Yo'nalishlar:

➖Maktabgacha ta'lim - 3 yil
➖Boshlang‘ich ta'lim -  4 yil
➖Psixologiya -  4 yil
➖Moliya -  4 yil
➖Iqtisod -  4 yil
➖Musiqa - 4 yil

Kontark narxlari bu yerda

🗂 Kerakli hujjatlar👇

🔻pasport yoki ID;
🔻transkript/akademik ma'lumotnoma;
🔻rasm;

Perevod faqat 2-kursdan qabul qilinadi. Darslar onlayn va oflayn Hemis platformasi va ZOOM orqali olib boriladi.

Ham vaqtdan ham kontraktdan yuting!

📌Onlayn hujjat topshirish
transfer.nordicuniversity.org

▪️Bakalavr
▪️Magistratura
▪️O‘qishni ko‘chirish

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:

📞 +998555084400

👨‍💻 @nordikedu

Telegram kanal: /channel/nordic_edu

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbi (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

📥 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

✅ Imtihon natijalarini quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda bilib olish mumkin:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (16.500.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagi toifalarlarga amal qilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

👨🏻‍🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

🔸 180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;
🔸 13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

✅ Jumladan:

🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar3,5 ming nafar;
🔹 “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
🔹 muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
🔹 harbiy xizmatchilarning farzandlari2,1 ming nafar;
🔹 Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
🔹 ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
🔹 kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar351 nafar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

👨🏻‍🎓 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 948 mingdan ziyod abituriyentdan 888 660 nafari ishtirok etdi, 59 831 nafari esa ishtirok etmadi.

❌ Abituriyentlarning 67 nafari hududga kirishda, 148 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgan uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

📱 Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

✅ Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

🔹 34 tasi (23 %) — Samarqand viloyati;
🔹 31 tasi (20,9 %) — Toshkent shahri;
🔹 20 tasi (13,5 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

▶️ Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 ta) hamda Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida (3 tadan) kuzatildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bir abituriyent oʻrniga boshqasi kirsa boʻladimi?

Kvota doirasida talabalikka qabul qilingan, biroq oʻqishni xohlamagan abituriyentlarning oʻrni boʻsh qoladi. Bilimlarni baholash agentligi matbuot xizmatidan aniqlashtirilgan maʼlumotga koʻra, oʻqimaydigan, lekin talabalikka qabul qilingan abituriyentdan keyingi test topshirganlar yuqoriga koʻtarilmaydi.

Agar qabul chizigʻidan pastdagi abituriyentlar talaba boʻlishni xohlasa, unda super-kontrakt variantini tanlashiga toʻgʻri keladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Adliya_xabari

❗️1-kurs talabalari diqqatiga: yotoqxonaga joylashish uchun DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin

📝 Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlangan.

Shunga ko'ra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga o'qishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi.

Arizalar 23-avgustdan qabul qilinadi.

⏳Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo'llanma 10 kunga amal qiladi.

❕Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Kirish imtihonlarida to'plagan bali bilan "Navoiy innovatsiyalar universiteti" talabasi bo'lishi mumkin!

Siz kirish imtihonlarida to'plagan DTM ballingiz bilan ushbu havola orqali ro’yxatdan o'ting va talaba bo'ling!

👉 https://www.niuedu.uz

Call-markazimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, hoziroq qong’iroq qiling👇

📞+998555000043 | @niueduuz

📄Litsenziya (№047758-son, 06.08.2022-y)

Telegram | Instagram | web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Akademik litsey pedagoglari oʻquv yuklamasi, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalari yangilanadi

Muhokamalar portaliga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt meʼyorlari: oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash tоʼgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra pedagog xodimlarning oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlariga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bоʼyicha hisobi yuritilmaydi.

Mazkur Qoidalardan “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademik litseylar ham foydalanishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq.

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobarini to‘laydi.

➖ 4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar ko‘proq pul to‘laydi. Ular belgilangan bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi.

O'tgan 2022-yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz shartnoma puli miqdori asosida hisoblangan.

❗️Eslatib o‘tamiz: hali yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Jamoat salomatligi texnikumlariga ham “Superkontrakt” joriy etilishi mumkin!

Hukumat qarori loyihasiga koʻra jamoat salomatligi texnikumlariga kirish sinovlarida oʻtish balini toʻplay olmagan ammo oʻqish istagida boʻlgan fuqarolar uchun qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.

Bunda, Sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsati bilan taʼlim muassasasi oʻqitish imkoniyati hisobga olinadi.

Mazkur taʼlim muassasasida oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etgan va oʻtish balidan past ball toʻplagan abituriyentlar uchun oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

➖oʻtish baliga 3 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 2 barobari;

➖oʻtish baliga 4-6 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 3 barobari;

➖oʻtish baliga 7-9 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 4 barobari;

➖ oʻtish baliga 10-20 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt toʻlovlar miqdorining 5 barobari miqdoridagi mablagʻlar toʻlovi belgilangan muddatlarda oʻquvchilar tomonidan amalga oshirilgandan soʻng ular qabul parametrlaridan tashqari oʻquvchilar safiga qabul qilinadi va texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi – Hukumat qarori loyihasi

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida tashkil etilayotgan Hamshiralar akademiyasi davlat oliy ta‘lim muassasasi hisoblanadi.

Loyihaga ko‘ra 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab, tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda hamshiralar taʼlim tizimini tubdan transformatsiya qilish maqsadida quyidagilar kiritiladi:

👉 oʻqish muddati ikki yillik birlamchi tibbiyot muassasalari uchun “Umumiy amaliyot hamshira”, “Patronaj hamshira”, “Tibbiy ijtimoiy ish”, “Tibbiy profilaktika ishi” xodimlari oʻqitiladi;

👉 oʻqish muddati uch yillik “Ixtisoslashgan hamshira”lar tayyorlanadi. Ixtisosliklari boʻyicha “Feldsherlik ishi”, “Hamshiralik ishi”, “Funksional va laborator diagnostika ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmatsiya” yoʻnalishlarida oʻqitiladi.

👉 oʻqish muddati 4 yillik tibbiyot OTMlarida “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassislari tayyorlanadi, Bunda JSST tavsiyalariga koʻra, toʻrt yil oʻqigan hamshiralarga “Hamshiralik ishi bakalavri” (Bachelor of Nursing, BN) yoki “Hamshiralik ilmiy bakalavri” (Bachelor of Science Nursing, BSN) unvoni beriladi.

👉 oliy hamshiralik ishi magistratura (yoʻnalishlari boʻyicha)da taʼlimini davom ettirish, keyinchalik mustaqil ilmiy izlanuvchi (PhD, DSc) sifatida  faoliyat olib borish imkoniyati va  ilmiy unvon va lavozimga ega boʻlish huquqi beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel