Davlat OTMlari talabalar ijara to‘lovining 50 foizini qoplab berishi kerak
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (24.09.2021 yildagi 605-son)ga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijarada yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi;
👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi;
👉 oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida yotoqxonaga qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (14.08.2023-yildagi 376-son)ga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
👉 “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
👉 I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
👉 bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
👉 xalqaro fan olimpiadalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
👉 “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
👉 oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
👉 talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
Mazkur faylda 2023/24-o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100 foiz to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
📚 Avgust oyida 21 ta xususiy maktabga litsenziya berilgan
🔰 "Litsenziya" axborot tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, bu borada eng katta ulush Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi – 7 ta.
❇️ Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (4 ta), Andijon viloyati (3 ta), Toshkent viloyati (2 ta) hamda Namangan, Xorazm, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari (1 tadan) o‘rin olgan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❓Moliya yo‘nalishiga superkontrakt uchun hujjat topshirgandim. Men topshirmoqchi bo‘lgan OTM kontrakt narxini belgilanganidan sezilarli darajada oshirib yuboribdi. Oliygoh bunga haqlimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-son qaroriga muvofiq tabaqalashtirilgan (“superkontrakt”) toʻlov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam boʻlmagan miqdorda OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.
👉 Masalan, “Moliya” yoʻnalishi boʻyicha oshirilgan kontrakt bazaviy miqdorning 10 barobari etib belgilangan boʻlsa, Toshkent moliya instituti mazkur koʻrsatkichni 15 barobar etib belgilashi, Termiz davlat universiteti esa oʻzgartirmasligi mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori
💾 PDF shaklida yuklash
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❗️Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.
Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.
Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari (oliy ta’lim tashkilotlari va davlatlar kesimida)
👨🏻🎓 Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.
📈 Ularning 18 543 nafari O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, 3 ta OTM talabalari 100 foizlik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 29 ta OTM talabalarining birortasi minimal talabni bajara olmagan.
✅ Yuqori natija qayd etgan OTMlar:
🔹 PDP University — 100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹 Toshkent shahridagi INHA universiteti — 100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹 MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari);
🔹 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti — 51,2 % (41 nafardan 21 nafari);
🔹 O‘zbekistondagi Sharda universiteti — 43,9 % (57 nafardan 25 nafari).
✅ Talabgorlarning 22 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.
▶️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Bugun 732 ming nafardan ortiq bola 1-sinfga qadam qoʻydi
2023/2024 oʻquv yilida 732 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga oʻqishga bordi.
O‘tgan yili 1- sinfga oʻqishga 702 ming nafar bola qabul qilingan edi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
🔥 DTM imtihonlaridan siz kutgan ballni to‘plolmadingizmi?
💠 50 ball va undan yuqori to‘plagan abituriyentlar Toshkent gumanitar fanlar universitetiga ichki imtihonlarsiz o‘qishga kirishlari mumkin!
😎 𝗫𝗮𝘃𝗼𝘁𝗶𝗿 𝗼𝗹𝗺𝗮𝗻𝗴! 𝗕𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗵𝗮𝗺𝗺𝗮𝘀𝗶 𝗼𝘀𝗼𝗻!
🔘 Online imtihon va online shartnoma olish
📌 𝗛𝗼𝘇𝗶𝗿𝗱𝗮 𝗾𝘂𝘆𝗶𝗱𝗮𝗴𝗶 𝘆𝗼'𝗻𝗮𝗹𝗶𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗵𝘂𝗷𝗷𝗮𝘁 𝗾𝗮𝗯𝘂𝗹 𝗾𝗶𝗹𝗶𝗻𝗺𝗼𝗾𝗱𝗮:
⭐️ Boshlang'ich ta'lim;
⭐️ Pedagogika va psixologiya;
⭐️ Xorijiy tili va adabiyoti(Ingliz, rus, koreys, xitoy, arab, turk tillari);
⭐️ Iqtisodiyot;
⭐️ Buxgalteriya hisobi va audit;
𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 𝘀𝗵𝗮𝗸𝗹𝗶:
🔷 Kunduzgi
🔷 Kechki
🔷 Sirtqi
⚡️ Agar siz ham cheksiz imkoniyatlarga ega bo'lishni istasangiz, bizning universitetimizning talabasiga aylaning!
☎️ Murojaat uchun:
+998788886666
⚡️Rasman: Kontrakt 4 mlndan 7 mln so‘mgacha arzonlashtirildi
Ko‘plab ota-onalarning to‘lov-kontrakt narxlari borasida bildirgan murojaatlarini inobatga olib, Xalqaro Nordik universiteti xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro kelishgan holda kontraktlarni 30% gacha arzonlashtirdi.
Kontrakt chegirmasi bakalavr yo‘nalishlari (barcha bosqich kunduzgi va sirtqi) talabalari uchun amal qiladi.
📎Kvotalar chegaralangan! Shoshiling!
📃 Hujjatlar qabuli 15-sentyabrga qadar davom etadi. Ikkilanishga hojat qolmadi, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting ⬇️
https://admission.nordicuniversity.org
▶️ Hujjat topshirish uchun video qo‘llanma
⏺Bakalavr
⏺Magistratura
⏺O‘qishni ko‘chirish
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
🔥 +998555084400
💻 @nordikedu
🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 nordic_edu">Tik-tok
❇️ Bir muvaffaqiyatsizlik ikkinchi omadga yo‘l ochishi mumkin.
❓ UZBMB (DTM) imtihonlarida yuqori ball to‘play olmadingizmi?
💡 Xavotir olishga shoshilmang. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Sizga o‘z eshiklarini ochadi.
📚 Universitetda bakalavriatning 5 yo‘nalishi va magistraturaning 4 mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olishingiz mumkin.
🎓 Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda olib boriladi.
🔰 Shartnoma to‘lovining 100 foizini darhol to‘lasangiz, 10 foiz miqdorda chegirma taqdim etiladi. Bundan tashqari, shartnoma to‘lovini 4 ga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud!
💵 Kontrakt narxlari va yo‘nalishlar bilan tanishing
Ilmiy salohiyati yuqori universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti qabul jarayonlarini amalga oshirishda abituriyentlar uchun pullik xizmatlar ko‘rsatuvchi hech qanday konsalting firmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatmagan!
💻 Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission
☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228
✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin
📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi
🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)
✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook
TEKINga IMTIHONSIZ talaba boʻling!
UZBMB (DTM) ballari bilan Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi bo‘ling!
Hujjatlar @Tipi_institutiBot yoki qabul.uztipi.uz sayti orqali qabul qilinadi.
👉 Yoʻnalishlar;
☎️ Murojaat uchun:
+998559010604 | +998559000604
+998955060604 | +998955030604
+998955020604 | +998955010604
+998955000604
👩💻 Onlayn murojaat: @Qabul2023y
📍Lokatsiya
Telegram | Instagram | Youtube
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”
Mustaqilligimizning 32 yilligi muborak bo‘lsin!
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni
✅ 2023-yil 22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.
👨🏻💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (31-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#Tayinlov
⚡️ Sobiq NamDU rektori Boymirzayev Karimjon Mirzaxmedovich “University of Business and Science” ga rektor etib tayinlandi
Karimjon Mirzaxmedovich — 1962-yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan.
1984-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Geografiya fanlari doktori (DSc), Dotsent.
Mehnat faoliyatini Namangan shahridagi maktabda o‘qituvchi sifatida boshlab, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri va keyinchalik Namangan davlat universitetida Dekan, Prorektor, Geografiya kafedrasi professori, NamDU akademik litseyi direktori hamda NamDU rektori kabi yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Karimjon Mirzaxmedovich 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ O'zbekistonda Diplomi 100% amal qiladigan oliygoh izlayapsizmi?
🔴Dunyoning Top 500 xalqaro oliygohlari bilan talabalar almashinuvida hamkorlikka ega Markaziy osiyodagi yagona oliygoh bo'lsachi? - Batafsil
✅Faqatgina iqtisod sohalariga ixtisoslashtirilgan va yuqori tajribali professor oqituvchilarga ega oliygoh bo'lsachi?
☎️Unda vaqtni bekor o'tkazmang - quydagi havola orqali royxatdan oting!
📲 Aloqa-markazi:
+998712009005 | @timeedubot
🏢 Toshkent shahridagi Diplomat Universityda qabul davom etmoqda!
✅ Universitet tajribali professor-o'qituvchilarning ta'limini, zamonaviy o'quv dasturlarini, shahar markazidagi qulay joylashuvni, qiziqarli talabalik hayotini va foydali loyihalarni sizlarga taklif etadi.
❗️Hujjatlar 25-sentabrgacha qabul qilinadi, shoshiling!
👉 Hujjat topshirish uchun
apply.diplomat.university
📄 Litsenziya (№037196, 20.12.2021 y.)
👉 Yo'nalishlar
🎓 Grantlar
💵 20% lik chegirma
🔖 UZBMB (DTM) ball bilan talabaga aylaning
📂 O'qishni ko'chirish
8-sentabr 11:00 yoki 15:00 da ochiq eshiklar kuniga tashrif buyuring va to'liq ma'lumotga ega bo'ling.
Biz bilan muvaffaqiyatli kelajak sari bir qadam oldinga!
📞 Call-markaz:
+998881268888 / @Diplomatuni +998881248888 / @Diplomatuniv
+998 71 200 88 18
🌐 diplomat.university
Telegram | Facebook | Instagram | diplomatuniversity">You Tube
❓Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga 2.6 ball yetmay qoldi. Shu ko‘rsatkich bilan o‘qishga qabul qilinishim uchun qancha miqdorda kontrakt to‘lashim kerak bo‘ladi?
✅ Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari minimal balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Oshirilgan to‘lov-kontrakt amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilangan.
Тo‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Demak, Siz o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 2,5 barobar to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Ertaga nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi
📆 2023-yil 6-sentabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: t.me/NostrifikatsiyaBBA/16.
✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi.
📌 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-09-05
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori
💾 PDF shaklida yuklash
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
🎉 Endi abituriyentlar o‘qishdan “yiqilmaydi!”
UzBMB (DTM) doirasida tashkil qilingan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Sizning natijalaringiz esa pastroq chiqdi. Ammo bundan tushkunlikka tushmang.
◽️ Chunki Siz zamonaviy hamda ta’lim sifati yuqori bo‘lgan “University of Business and Science” talabasi bo‘lishingiz mumkin.
Ya’ni kirish imtihonlarida 50 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsangiz, UBS universitetiga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinasiz!
👉 Batafsil maʼlumot uchun ushbu havolani bosing.
Super kontraktni unutib, hamyonbop narxlarda tahsil olish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📌 Universitetimizga o‘qishni ko‘chirish imkoniyati ham mavjud.
☎️ Batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling: +998781132626, +998907894242
📥 Shartnomani onlayn tarzda qabul.ubsu.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin.
📄 Lisenziya (№041778, 05.10.2022 y)
Telegram | Instagram | Facebook | ubsuzbekistan">YouTube
Maktab oshxonasida nimalar sotish mumkin emas?
“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional taʻlim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”ga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar yurtimizdagi umumtaʻlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiradi:
🍔 Go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup xot-dog, lavash, gamburger, “xrustyashki”, chips, energetik va gazli ichimliklar.
🍭 Sunʻiy taʻm, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolatchilik mahsulotlari.
🥤Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.
🍗 Veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht va go‘sht mahsulotlari.
🥚Tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar.
🍡 Turli aralashmalar bilan yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar.
🎂 Tort va pishiriqlar.
🫘 Xolodes.
🫕 Termik ishlov berilmagan idishda saqlangan tvorog, qaymoq, qo'lbola qatiq.
🫔 Qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.
🫗Kvas.
🧂Sirka, xantal, xren, o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar.
🍾 O‘tkir taʻmli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar.
🧋Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik ichimliklar, alkogol.
❌ Danakli mevalarning mag‘zi, saqich, rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❓ Kontraktni qachon to‘lash kerak
1⃣ Kontraktning kamida 25 foizini 1-kurslar 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha);
2- va undan keyingi kurslar 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
2️⃣ Kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) to‘lanishi kerak.
Xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha to‘lab bo‘lishi kerak.
❗️ Eslatma: yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori hali tasdiqlanmadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Ayrim talabalarga konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi. Kontraktning qancha qismi toʻlab beriladi? Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi? “Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi? Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.
Xususiy universitetda oʻqiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?
Ha, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar Oʻzbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda oʻqiyotgan boʻlsa, kontrakt boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.
Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida oʻqiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yoʻnalishi boʻlishi kerak.
Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?
Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 20 mln soʻm boʻladi, lekin unga 20 mln soʻm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, yaʼni 16 mln 500 ming soʻmgacha.
Talaba B ning kontrakti 20 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 10 mln soʻm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln soʻm toʻliq qoplab beriladi.
“Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi?
Yoʻq, “super” kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda oʻqiyotganlarga ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.
Kimga murojaat qilish kerak?
Kontrakt “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Jamgʻarma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisoblanadi.
Shu sababli ariza yoshlar ishlari boʻlimiga beriladi.
Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.
Ariza berishning aniq muddati yoʻq, istalgan vaqtda berish mumkin.
Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqiladi?
Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz maʼqul.
Sababi Siz ariza berganingizdan soʻng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.
Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin.
Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga oʻtkazib beradi.
Shunda jami 11 ish kunida ariza koʻrib chiqilishi kerak.
Arizani koʻrib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi boʻlsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Pedagoglarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va BAA tajribasi asosida ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda o‘qituvchilikka qabul qilish jarayoni tanlov asosida tashkil etiladi.
Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi shart bo‘ladi. Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida ishlab chiqiladi.
Muallimlarga malaka toifasini berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
➖pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi;
➖ ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.
Eslatib o'tamiz, malaka toifasini berish bo'yicha yangi tartib 2024-yil 1-yanvardan joriy qilinadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❓Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❓ Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅ Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
▫️umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#Qabul2023
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari
📆 2023-yil 29-30-avgust kunlari o‘tkazilgan Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Yuridik texnikumlarga qabul boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar
👉 Texnikumlarda kontrakt miqdorlari 6 370 000 soʻm etib belgilangan.
👉 Qabul qilinmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
👉To‘lov-kontrakt miqdorini o‘quv yili davomida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda oyma-oy bo‘lib to‘lashi mumkin:
to‘lov-kontrakt miqdori oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 50 foizini belgilangan muddatda to‘laganlarga taqdim etiladi;
2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlar tomonidan o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 50 foizi 1-oktabrdan kechiktirmay to‘lanadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Yangi o‘quv yili oldidan qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi
2023-2024-yil oʼquv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni oʼz vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yoʼnalishlarda qoʼshimcha avtobus qatnovlari yoʼlga qoʼyildi:
- Urganch-Toshkent
- Xiva-Toshkent
- Buxoro-Toshkent
- Toshkent-G‘ijduvon
- Toshkent-Qorako‘l
- Toshkent-Shofirkon
Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentyabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekatidagi chiptaxonadan yoki elektron (https://avtoticket.uz/) tarzda xarid qilish mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali