uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️"Registon IELTS Granti" tanlovi uchun 1000 ta GRANT ajratiladi!

Grantning umumiy miqdori 2.8 milliard so'm!

— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 1000 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Hujjatlar shu yilning 22-oktyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

✅ Ushbu loyihada Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

© Manba

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#talabaga_yengillik

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Maktab va bogʻchalarga tarqatilgan yod preparati isteʼmoli toʻxtatildi

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Koʻrsatma xati” eʼlon qilindi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

⏳ Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Chustda 71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan

Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q.

Namangan viloyatining Chust tumanida 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chust tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 23-sonli DMTTning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan.

Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borgan.

Shunga ko‘ra, 23-MTTdan 35 nafar, 51-MTTdan 20 nafar, 18-MTTdan 5 nafar, 36-MTTdan 3 nafar, 7- o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-MTTdan 1 nafar, 21-o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 30-MTTdan 2 nafar, 35-MTTdan 1 nafar 34-MTTdan 1 nafar, oilaviy MTTdan 1 nafar, jami - 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar, xususan, tez tibbiy yordam tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, yashash uyiga qaytarilgan.

Qolgan bolalarning ham ahvoli mo’tadil, ular shifokorlar nazoratiga olingan.

Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarning holati qoniqarli ekani, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgani haqida xabar qilgandi.

Bosh prokuratura mazkur holar yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani va Chust tumanida favqulodda holat eʼlon qilinganligi haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini ma’lum qildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Chet tilini bilish darajasini aniqlash tartibi

👨‍💻Сhet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashishga ariza my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron tarzda qabul qilinadi.

🗓 Imtihon o‘tkaziladigan kunlar Bilimni baholash agentligi tomonidan oldindan e’lon qilinadi.

📱 QR-kod qo‘yilgan malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma talabgorga my.gov.uz orqali test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yuboriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutiladi:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba yoshlarning davlat tashkilotlarida amaliyot o‘tagan vaqtida subsidiya ajratish;

Amaliyotni davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga muvofiq amaliyotni o‘tash dasturi asosida amalga oshirish;

Davlat oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashish.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

✅ Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix boʻyicha sertifikati bor oʻqituvchilarga 50 foiz ustama toʻlanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil noyabr oyiga qadar milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga qoʻshimcha ragʻbatlantirishni joriy etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama toʻlash amaliyoti joriy etiladi.

Toifa sertifikatini yuklab olish uchun telegram-bot:👉 @uztdibot

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toifa berishning yangi tartibi 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra:

2023-yilning noyabr oyiga qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilinadi;

Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida o‘tkaziladi.

Toifa sertifikatini yuklab olish uchun telegram-bot:👉 @uztdibot

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

❗️Ayrim oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi

🔰Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:

🔘 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

➖xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘 jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

➖xalqaro hamda respublika (final) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘 xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

🔘 oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📚 #Metodikalar

🔗 Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limning о‘quv reja va о‘quv jarayoni grafiklari bо‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Kollejlar va texnikumlarda o‘qitiladigan fan (modul) dasturlarini ishlab chiqish uslubiy tavsiyalari

🔗 Professional ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklidagi kasb va mutaxassisiliklardan ishchi o‘quv rejalar va o‘quv jarayoni grafigin bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Professional ta’lim muassasalarida fan (modul)lar va amaliyotlardan ishchi o‘quv dasturlari bo‘yicha yo‘riqnoma

🔗 Professional ta’lim muassasalarida kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishchi o‘quv rejalar va o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Professional ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ishchi o‘quv reja va o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish uslubiy qo‘llanma

🔗 Dual ta’lim kundaligini yuritish uslubiy qo‘llanma

🔗 Kasbiy standartlar asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bо‘yicha metodik tavsiya

🔗 Internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha sog‘lom muhitni shakllantirish hamda bu borada o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish o‘quv-amaliy qo‘llanma

🔗 Kompetensiyaga asoslangan dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiya

🔗 Professional ta’lim darajalari kasb va mutaxassisliklarining malaka talablari bo‘yicha metodik tavsiyalar

🔗 Masofaviy ta’limni tashkil etish metodik yo‘riqnoma

🔗 Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi uslubiy qo‘llanma

🔗 Dual ta’lim shakli bо‘yicha о‘quvchilarning о‘qitish natijalarini baholash bo‘yicha metodik tavsiyalar

🔗 Professional ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari uslubiy qo‘llanma

🔗 O‘qitish materiallari to‘plamlarini ishlab chiqish uslubiy qo‘llanma

🔗 Maktabgacha ta’lim tizimiga oid atamalar izohli lug‘ati

🔗 Professional ta’lim muassasalarida diplom oldi amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:

🔸 respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;

🔸 viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda:

🔹 davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;

🔹 bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Dunyoning eng nufuzli 100 ta oliygohiga grantga oʻqishga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari qoʻshimcha imtihonlarsiz ajratiladi.

Dunyoning eng nufuzli 500 ta oliyglohiga grant asosida qabul qilingan yoshlarning transport va turar joy xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Bu borada 2023-yil dekabr oyiga qadar "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Yoshlar ishlari agentigi tegishli qaror loyihasi ishlab chiqadi.

Asos: Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.)

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan 2023-yil 31-avgustda "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida" gi 282-sonli buyruq imzolangan.

Buyruq matni va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni joriy o‘quv yilida istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish lozimligi belgilangan.

Shu bilan birga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturiga asosan maktablarda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti 7- sinfdan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Biroq, hududlarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha ishga jalb etilgan pedagog kadrlar aksar holatlarda birinchi xorijiy til bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lib, ikkinchi xorijiy til bo‘yicha talab qilingan sertifikatlarga ega emas, tegishli ikkinchi xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar esa o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlovdan o‘tishi talab etilgani sababli ularni ishga qabul qilishda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan, mazkur muammolar hal etilgunga qadar maktablarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida joriy o‘quv yilida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi etib ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.

Belgilangan talablar asosida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchilarini ishga qabul qilish keyingi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятининг Чуст туманида юз берган болалар соғлиғи билан боғлиқ нохуш ҳолатдан қаттиқ ташвишда, улар тез фурсатда соғайиб кетишини тилайди. Давлат раҳбари бу борадаги вазият тўғрисида ахборотни мунтазам олиб бормоқда. Вилоят ҳокими ва масъулларга масалани алоҳида назоратга олиш, сабабларини аниқлаш ва тегишли таклифлар киритиш бўйича топшириқлар берилган.

Президент Шавкат Мирзиёев глубоко встревожен происшествием, связанным со здоровьем детей, в Чустском районе Наманганской области, желает им скорейшего выздоровления. Глава государства регулярно получает доклад о ситуации. Хокиму области и ответственным лицам даны поручения взять ситуацию под особый контроль, выявить причины и внести соответствующие предложения.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Alifbo islohoti — 4 ta harfning yangi shakli loyihasi eʼlon qilindi

5-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur” deya taʼkidlagan edi.

Ayni daqiqalarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtmoqda.

Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi eʼlon qilindi. Bu haqda OʻzA muxbiri xabar bermoqda.

Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz oʻzgartirish taklif etilmoqda:

Oʻ => Õ õ

Gʻ => Ğ ğ

Ch => S s

Sh => Ş ş

Konferensiya ishi davom etmoqda.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Prezident, Ijod, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli Bayoni bilan Davlat oliy taʼlim muassasalariga umumiy qabul kvotasidan tashqari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Rasmiy bayonot

Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.

Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.

Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❗️ Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida qabul yakunlanmoqda.

👨‍💻 Bakalavriat yo'nalishlari
👨‍🎓 Magistratura yo'nalishlari

▫️ UMFT universitet afzalliklari.
▫️ Imtiyozli qabul.
▫️ O'qishni ko'chirish
▫️ Shartnoma narxlari

✔️Diplom haqida ma'lumotlar

🎥 Universitetga virtual sayohat.

🔴 Hujjat topshirish uchun: @umft_support 👈 shu yerga murojaat qiling.

☎️ Telefon +998555068888
🌐 Veb-sayt: umft.uz
📍 Manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani, Diydor 71

📄 Litsenziya (№056206, 09.11.2022 y.)

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rektorlar tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil oktyabriga qadar oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini takomillashtirish va rektorlarni saylash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yana bir yilni boy bermang — oʻqishga topshiring!

Namangan shahrida joylashgan “University of Business and Science”da sirtqi taʼlim va oʻqishni koʻchirish boʻyicha hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Shuningdek, oliygohga UZBMB (DTM) balli bilan ham hujjat topshirish mumkin.

Sirtqi taʼlim yoʻnalishlari

Sirtqi taʼlim imkoniyatlari:
➡️ 180 ta grant oʻrinlari ajratilgan.
➡️ Kontrakt narxi 9.240.000 soʻm va uni toʻrtga boʻlib toʻlash mumkin.
➡️ Ham oʻqish, ham ishlash uchun juda qulay.

Qabul tugashiga oz qoldi, hoziroq hujjat topshiring!

Hujjat topshirish:
Onlayn (qabul.ubsu.uz) va oflayn (qabul ofisida)

Telefon: +998781132626, +998907894242

Litsenziya (№041778, 05.10.2022-y)

Telegram: @ubsuzbekistan

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xorijda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimizni yuqori sifatli kontent orqali namoyon etuvchi "O‘zbekistonlik" filmi ijodkorlaridan ajoyib yangilik: "O‘zbekistonlik.Students".

U bir nechta qismdan iborat bo'lib, dastlablki qismlari Buyuk Britaniyada suratga olinibdi.

Ilk, premyera sonidagi bosh qahramonlar — University of East London'da sport menejmenti bo‘yicha o‘qiyotgan namanganlik Aziz hamda Oksford Universitetida davlat boshqaruvi bo‘yicha magistratura qilayotgan urganchlik Mushtariy.

Filmdan ayrim insayt va "takeaway"lar:
— Britaniya universitetlarida talabalar maxsus Canvas dasturi orqali darslarga tayyorlanadi, ma'ruzalar ham savol-javoblar bilan o‘tadi.
— Oksford Universitetining davlat siyosati magistraturasiga (MPP) qabul qilinish uchun IELTS oxirgi o‘rinda turadi. Avvalambor, o‘qigan va ishlagan joylaridan tavsiyanomalar hamda turli mavzularda yozib topshiriladigan esse va motivatsiya xatlari talab qilinadi.
— University of East London'ning sport menejmenti yo‘nalishiga kirish uchun IELTS va ish tajribasi, shu sohadagi bakalavr darajasi kerak. Magistratura 2 yillik emas, 1 yillik.

Spoylerlar ko‘payib ketmasin, uyog‘ini o‘zingiz ko‘rib oling.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xelsinkidan Tallingacha paromda kelgan talabalarimizning kayfiyatlari a'lo!

🛫 3 oylik "Work and travel" dasturini mavaffaqiyatli yakunlab Finlandiyadan qaytishda Estoniyada qisqa sayohatda bo‘lgan talabalarimizning taassurotlari katta!

💶 Talabalarimiz 6000 yevrogacha pul ishlab topishdi.

Sizda ham bu imkoniyat mavjud. Xalqaro Nordik universitet talabasi bo‘ling va 300 o‘rinli "Work and travel" dasturida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
📏📏📏📏📏

📃Eslatib o‘tamiz, XNUga onlayn hujjatlar qabuli davom etmoqda:
https://admission.nordicuniversity.org/

Bakalavr
Magistratura
O‘qishni ko‘chirish

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:

📞
+998555084400
💻 @nordikedu

🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 nordic_edu">Tik-tok

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bugundan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Direktor lavozimiga nomzodlarga menejerlik sertifikatini berish tartibi loyihasi eʼlon qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Hukumatning tegishli qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra,

2024-yil 1-yanvardan boshlab Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktor lavozimiga nomzodlar menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitiladi.

Menejerlik oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar menejerlik sertifikatini berish boʻyicha yakuniy sinovlarga qoʻyiladi.

Nomzodlar uchun yakuniy sinovlar bevosita ishtirok etish shaklida maxsus jihozlangan xonalarda qogʻoz yoki elektron shaklda oʻtkazilishi mumkin.

Yakuniy sinovlar 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat tarzda shakllantiriladi. Bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.

Yakuniy test sinovlar uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball, jami 100 ball beriladi.

70 balldan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga QR-kod qoʻyilgan elektron shaklda menejerlik sertifikati beriladi.

Menejerlik sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega nomzodlardan maktab direktorlari zaxirasi shakllantiriladi.

Bunda maktab direktorlarining vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

👉 Кириллда ўқиш

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qabul2023

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 DIQQAT  E'LON!

‼️ Davlat testidan 56.7 va undan yuqori ball to'plagan abituriyentlar diqqatiga!

Siz 🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot   institutiga to'g'ridan-to'gri, hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'lish imkoniyatiga egasiz!

‼️ Vaqtni ketkazmang bugunoq talaba bo'ling!

📣 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot   instituti talabasi bo’lmoqchi  bo’lsangiz  hoziroq  DTM javobi varaqasi hamda pasport yoki ID ni +998971380050 telefon raqamidagi telegramga yuboring.
Hujjatlaringiz ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi va siz bilan bog‘lanamiz.

📞☎️ murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

(Litsenziya № OT 0033, 08.09.2021 y)

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔗 Facebook | Instagram | Sayt |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel