uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Oliy taʼlim muassasalari filiallari reytingi

Yetakchi oʻrinlarda:

🟩Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
🟩 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali
🟩 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
🟩 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
🟩 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali

Soʻnggi oʻrinlarda:

🔴Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali
🔴Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
🔴Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali*
🔴Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali*
🔴O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali*

*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.

Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Umumtaʼlim maktablarning yuqori sinflari uchun 4 ta yoʻnalishda tanlov fanlari belgilandi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinflarida (joriy oʻquv yilida 10-sinflarda) 4 ta yoʻnalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili) boʻyicha tanlov fanlari belgilab berildi hamda tajriba-sinovdan oʻtkazish tartibi, oʻquv rejalari, tushuntirish xati, tajriba-sinovdan oʻtkaziladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

2023-2024-oʻquv yilida respublika boʻyicha 135 ta umumtaʼlim maktablari tanlab olinib, ushbu maktablarda jami 137 ta sinflarda 4 050 nafar oʻquvchilar Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining tajribalaridan kelib chiqib ishlangan oʻquv dasturlar asosida tahsil olmoqda.

Xususan, matematika-fizika yoʻnalishida 16 ta, ona tili-chet tili yoʻnalishida 51 ta, kimyo-biologiya yoʻnalishida 40 ta, matematika-chet tili yoʻnalishda 30 ta sinflarda oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olmoqda.

Tanlov fanlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilimi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoʻlga qoʻyilgan yangi formativ va summativ baholash tizimi asosida baholanadi.

Kelgusi oʻquv yillardan boshlab, oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga qarab yangi yoʻnalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ta’lim tizimi rahbar kadrlari Davlat boshqaruvi akademiyasida grant asosida malaka oshiradi

Vazirlar Mahkamasining tegishli (13.10.2023-yildagi 537-son) qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, akademiya tomonidan tegishli vazirliklar bilan birgalikda 2023-yil oktyabr – 2024-yil iyun oylarida boshqaruv kadrlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Xususan, mazkur qaror bilan:

1️⃣ Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

👉 hududiy bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

2️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

👉 hududiy bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

👉 tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari

grant asosida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi
belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Milliy_reyting

“InnoWeek.Uz-2023” doirasida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning milliy reytingi eʼlon qilinadi

16-oktabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy va professional taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha tuzilgan milliy reyting natijalari muhokama qilindi. Milliy reyting natijalari taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlar asosida ishlab chiqilgan.

Yigʻilishda milliy reyting natijalarini munosib shaklda eʼlon qilish, yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan taʼlim va ilmiy muassasalarini ragʻbatlantirish, past natija koʻrsatgan taʼlim muassasalarini kelgusida rivojlantirish boʻyicha masʼullarga tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Milliy reyting natijalarini “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida eʼlon qilish belgilandi.

Eslatib oʻtamiz oʻtgan yili eʼlon qilingan reytingda quyidagi OTMlar eng yuqori natija qayd etgan:

🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti;
🔹 Toshkent moliya instituti;
🔹 Samarqand davlat universiteti;
🔹 Navoiy davlat konchilik instituti;

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Vazirga_murojaat
#Bayonot_22

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➖ 00:09 Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Shu yilning may oyida Aptis for teachers sertifikatini olganman. Maktabimiz rahbari 2023-yil sentabr oyidan boshlab ushbu sertifikat uchun ustama to‘lanmasligini aytmoqda. Shu to‘g‘rimi?

➖ 01:39 Hozirda oliy o‘quv yurtining 4-kurs talabasiman, shuningdek maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Savolim, ushbu fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritsam, ustama to‘lanadimi?

➖ 02:26 Magistr darajasidagi yangi ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilar ham kasbiy sertifikat olgunga qadar stajyor-tadqiqotchi bo‘lib ishlaydimi? Ularning oylik maoshi qanday belgilanadi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 15-oktabr — o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

2023-yil 9-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 15-oktabr (to‘lov qilish 16-oktabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 15-oktabr kuni (shu kuni ham) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

📆 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va 2023-yil 29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi ehtiyoj mavjud boʻlgan fan oʻqituvchilarini saralab olish maqsadida oʻqituvchilar tanlovining birinchi bosqichi (saralash) joriy yilning 13-22-oktabr kunlari oʻtkaziladi.

Tanlovning 1-bosqichida hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 13-oktabr kuni soat 09:00dan boshlab 22-oktabr kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

❗️Hujjatlar job.piima.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 71 207 20 17 (ichki raqam 609, 611, 606).

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Chekka va togʻli hududlar uchun “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabi tashkil etildi 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabi tashkil etildi. 

Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida 3 ta togʻli va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablar. Mazkur maktablarda yuqori sinf oʻquvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qoʻshimcha taʼlim oladi. 

Onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad chekka hududlar va togʻli joylarda taʼlim sifatini oshirish hamda isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar bersa, Respublikaning boshqa togʻli va chekka hududlaridagi taʼlim muassasalarida ham joriy etilishi mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

✅ Maktab oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (980 ming soʻm) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan:

🔘sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:

➖15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz;
➖16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz;
➖21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz;
➖26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz;
➖31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz;

🔘 daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz.

🔘 informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Asosiy fan olimpiadasining II (tuman, shahar) bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari

🗓 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladigan olimpiadalarning II (tuman, shahar) bosqichlari quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

👉 Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti – 17-oktyabr soat 11:00 da;

👉 Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili – 18-oktyabr soat 11:00 da;

👉 Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili – 19-oktyabr soat 11:00 da;

👉 Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari – 20-oktyabr soat 11:00 da;

👉 Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili – 21-oktyabr soat 11:00 da;

🔰 Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

💻 Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiriladi.

📌 Akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning birinchi bosqich g‘oliblari to‘g‘ridan to‘g‘ri uchinchi bosqichda ishtirok etadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun 11-sinf o‘quvchilari onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin

Bugun, 6-oktyabr kuni soat 10:00dan 19:00 ga qadar 11-sinf o‘quvchilari uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalar o‘tkaziladi.

✅ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nordik universiteti talabalari safi kengaymoqda 🤩

Abituriyentlar Xalqaro Nordik universitetini tanlashmoqda va talab yuqori boʻlgani uchun 2-yangi, yanada zamonaviy, qulay va shahar markazida joylashgan o‘quv binosi ochildi!

Abituriyentlar nega aynan Xalqaro Nordik universitetini tanlashmoqda?
4 ta Phd dasturi;
double degree dasturi;
"Work and travel" imkoniyati;
12 ta bakalavriat yo‘nalishi;
6 ta magistratura mutaxassisligi;
10 ta davlat, 10 ta universitet granti;
Finlandiya, Italiya universitetlari bilan "1+3" va "2+2" dasturlari;
Xalqaro ta'lim modellari, xalqaro diplom va tajribali fin o‘qituvchilari.

Sizni ham talabalarimiz safida kutamiz! Ko‘zlagan manzilingizga biz bilan qadam bosing!

📌 Yangi binomiz G‘afur Gulom metro bekatiga yaqin masofada!  (Sirk yoniga kelib chapga qarang!)

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, bemalol murojaat qiling:
📞 +998555084400
☎️ @nordikedu

Web-site | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ “University of Business and Science” bir yoshda

Bugun nodavlat universitetlar ichida jadal rivojlanib borayotgan “University of Business and Science” tashkil etilganiga bir yil toʻldi.

Bir yil davomida universitet talabalari respublika miqyosidagi zakovat, kitobxonlik va boshqa tanlovlarda faxrli oʻrinlarni band etishgan.

Shuningdek, universitet tomonidan iqtidorli talabalar uchun grantlar ajratilib, maktab oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadasi, bir qator bayram tadbirlari va sport musobaqalari ham o‘tkazib kelinmoqda.

“University of Business and Science” ning bir yilligi bilan samimiy muborakbod etib, yanada yuksalishini tilaymiz!

📹 Universitetning 1 yillik qisqacha xronologiyasi videoda

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 26-30-sentabr kunlari 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.

✅ Bugun esa professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4-oktabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi e’lon qilindi.

Joriy yilda eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:

1️⃣ "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti
2️⃣ Xalqaro islom akademiyasi
3️⃣ Namangan muhandislik texnologiya instituti
4️⃣ Buxoro davlat tibbiyot instituti
5️⃣ Farg‘ona politexnika instituti

👉2022-yilda e`lon qilingan reyting natijalari

👉2021-yilda e`lon qilingan reyting natijalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktabr4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Prezident stipendiyasi sohiblari hamda kimyo va biologiya mutaxassisligini faqat "alo" baholar bilan tamomlagan magistrlardan tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hujjat topshirishda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.

2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktablarda kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi

Oʻzbekiston maktablarida kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak oʻqishning birinchi kuni 10-noyabrga toʻgʻri keladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun etib belgilangan.

2023-yilgi oʻquv yili 1-chorak oxirgi oʻqish kuni 3-noyabrga toʻgʻri keladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ta’limni rivojlantirish markazi direktori: "Boshlang'ich sinfda matematikadan hamma masalalarni bajarish majburiy emas"

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidov "Daryo" internet nashriga 1-4-sinflar uchun yaratilgan bo‘yicha bergan intervyusida boshlang'ich sinflar uchun matematika darsliklarining qiyinligiga ham izoh berdi.

💬 "Matematika darsligidagi masalalar tabaqalashtirish ko‘rinishida berilgan, yaʼni ular osonidan bosqichma-bosqich murakkablashib boradi. O‘zim ham ko‘p yillar davomida maktabda dars berganman. Tabiiyki, o‘quvchilarning bilim darajalari turlicha bo‘ladi. Oson ko‘rinishidagi masalalar ko‘p bo‘lgani uchun o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar uchun qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishimizga to‘g‘ri kelardi.

Yangi chop etilgan matematika darsligida esa o‘qituvchi o‘quvchisining bilim darajasiga qarab, misollarni taqsimlab berishi mumkin. Har bir o‘quvchi barcha masalalarni yechimini topishi shart emas. Barcha masalalarni bajarishga dars davomida ulgurish qiyin. Shuning uchun, o'quvchining qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib qo'shimcha topshiriqlarni uyga vazifa qilib berish mumkin.

Matematika darsligiga hayotiy masalalar ham kiritilgan. Ya'ni bu qo'shimcha adabiyotlardan foydalanmasdan iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashga imkoniyat yaratadi,
" — deydi Vohid Hamidov.

Vohid Hamidov kuni kecha e'lon qilingan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi darslik” tanlovida g‘oliblar qatoridan o'rin olgan edi. (Fizika fani bo'yicha)

Daryo.uz shuningdek, yangi darsliklar bo'yicha o'qituvchilar, ota-onalar va mutaxassislarining fikrlarini e'lon qilgan: http://dy.uz/FtMgh

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓490 ming so‘m mukofot pulini direktorning o‘zi ham olishga haqlimi?

Vazirlar Mahkamasining qarori (30.09.2019-yildagi 823-son)ga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

✅ Ushbu qoidaga ko‘ra, direktorning o‘zi ham mazkur moddiy rag‘batlantirishni olishga haqli.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi (09.10.2023) bilan akademik litseylar yо‘nalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga tо‘g‘ri keladigan о‘quvchilar soni nisbatining normativlari tasdiqlandi

Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan raqami: 3463

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni

📆 2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 9-oktabrdan 15-oktabrga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📚 Talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

✅ Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

O‘qituvchilarga ustama va abituriyentlarga imtiyoz beradigan sertifikatlar haqida batafsil ma`lumot

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yil uchun 2-stipendiya tanlovini e’lon qildi

Tanlov 345 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi bosqichlarda ta’lim olishlari mumkin.

👉 bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 nafar o‘rin;
👉 magistratura ta’lim dasturi uchun 193 nafar o‘rin;
👉 doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 nafar o‘rin.

📩Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10-oktyabridan 10-noyabriga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📥 Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz.

☎️Qo'shimcha ma`lumot uchun:
71 203 14 41
71 203 00 47
71 203 00 48
71 203 00 53

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan N.M. fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga jami 8 ming dollar va 43,5 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

***
Fuqaro Sh.S. boshqa bir fuqaroni tanishlari yordamida Toshkent shahridagi “Renessans” nomli xususiy oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

***
Fuqaro M.E. boshqa bir fuqaroga Rossiya yoki Tojikiston davlatlaridagi oliy o‘quv yurtida o‘qiganligi haqida hujjatlar rasmiylashtirib berish orqali Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni ("perevod qilishni") va’da qilib, evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha aloqa botini ishga tushirdi.

Endi darsliklarni rivojlantirish bo‘yicha takliflaringizni @trm_darslik_bot manziliga yuborishingiz mumkin.

💬 "Har bir murojaat Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari va darsliklar mualliflari tomonidan o‘rganib chiqiladi va darsliklarni takomillashtirishda foydalaniladi," – deyiladi markaz tomonidan e’lon qilingan axborotda.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kollej va texnikumlarda oʻqiyotgan xotin-qizlar davlat granti asosida oʻqishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.

Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirib, hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.

Hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.

Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablagʻ ajratadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Universitetlarda masofaviy ta''limni tashkil etish, taʼlim jarayonlarini avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylandi.

Hozirda yuqori reytingni egallab turgan barcha oliygohlar:

🗄 taʼlim sifatini yuqori darajada ushlab turish
🗄 talabalarni oʻzlashtirishini kuzatib borish
🗄 oʻqituvchilar ishini nazorat qilish
maqsadida zamonaviy LMS dasturlaridan foydalanishadi.

LMS dasturi oliygohlarga

🗄 Oʻqituvchilar dars berish metodologiyalarini yuqori darajaga olib chiqish va samaradorligini oshirishni
🗄 Topshiriqlar berish va ularni baholashni
🗄 Video qoʻllanmalar orqali talabalarga fanni chuqurroq oʻrganishini
🗄 Elektron kutubxonani
🗄 Oliygoh ichida talaba va xodimlar oʻrtasida maʼlumot almashinuvini taʼminlab berish
🗄Masofaviy ta'limni tashkil etish
🗄Avtomatlashtirilgan ta'limni tashkil etish imkoniyatiga ega

🌟 Wisespace LMS platformasi — eng soʻnggi texnologiyalardan foydalangan holda har kuni yangilanib bormoqda.

Agar siz oliygohingiz zamon talabiga binoan oʻsishni rejalashtirayotgan boʻlsa kompaniyaga aloqaga chiqishingiz va konsultatsiya olishingiz mumkin.

🖥 Platforma masofaviy taʼlim nizomlariga toʻgʻri keluvchi funksiyalarni oʻz ichiga olgan.

Aloqa uchun:

💻 Wisespace.uz saytida arizangizni qoldiring, yoki

☎️ +998 97 734 84 01 raqamlariga telefon qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.

🔹Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

🔹Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

🔹O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.

🔹Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

🔹O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

🔹“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

🔹Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

🔹Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

🔹Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel