uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

#savol_javob

Savol: “Men 2000-yilda maktabda ish faoliyatimni boshlaganman. 2021-yilda birinchi malaka toifasini oldim. 2026-yilda malaka toifa sertifikatim muddati tugaydi. Ungacha pedagogik stajim 26 yilga yetadi. 2026-yilda birinchi malaka toifam saqlanib qoladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev javob berdi:

"Ha albatta yangi tartib boʻyicha 25-yillik pedagogik staj boʻlsa amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi. Bunday holatda 2026-yilda birinchi malaka toifasini bir umrga saqlab qolish boʻyicha murojaat qilish lozim boʻladi. Ushbu murojaatga asosan bir umrlik birinchi malaka toifasi sertifikati beriladi."

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

7-8-sinflar oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman bosqichi oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 02-02/5-2063-sonli xatida oʻquvchilarni quyi sinflardan boshlab fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrish amaliyotini kuchaytirish maqsadida, umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda nodavlat taʼlim muassasalarining 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini 2024-yilning 1-fevral kuniga qadar oʻrnatilgan tartib asosida oʻtkazilishini taʼminlash soʻralgan.

Yuqoridagi xatga Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini oʻtkazish tartibi, baholash mezonlari ilova qilingan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev endilikda tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkinligi maʼlum qildi.

Unga koʻra maktabdan beriladigan maʼlumotnoma bekor qilinganligi sababli endi tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin. Faqat navbatdan tashqari sifati ariza berib toʻlov qilish lozim. Batafsil javob olish uchun audioni tinglab ko‘ring.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

✅ Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Metodik marafonning 3-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 8-yanvar kuni marafonning 3-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nodirbek Ismoilov, TRM mutaxassisi

👉 Таксономия Блума. Применение в начальной школе (taqdimot rus tilida) (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Yuliya Zemlina, Yunusobod tumani, 51-maktab oliy toifali katta o‘qituvchisi, p.f.f.d (PhD)

👉 Matematik savodxonlikda oʻquvchilarni yuqori natijaga yoʻnaltirish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilrabo Turanova, Toshkent shahar metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi matematika fani metodisti

👉 Boshlangʻich sinf o‘quvchilarida matematik savodxonlikni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Aymira Upaiyeva, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani, 54-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Xalqaro baholash dasturlaridan tabiiy fanlarni oʻqitishda foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Erkin Xujanov, Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD), dotsent

👉 Oʻzbek tili darslarida matn bilan ishlash orqali taʼlim samaradorligini oshirish (PIRLS, PISA) (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Durdona Lolayeva, Sergeli tumani, 300-IDU maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

🔥 Matematika ustozlari va talabalar diqqatiga xushxabar

MILLIY SERTIFIKAT VA ATTESTATSIYADAN XALQARO SERTIFIKATGA BIZ BILAN OSON TAYYORLANING.

📆 Joriy yil 7-yanvar kuni 20:00 da barcha uchun bepul "ovozli chat" tashkil etamiz.

✅ Bu chatda siz:
— 100 dan oshiq ustozlarning Xalqaro sertifikat olib 50 foiz ustama olishiga sababchi bo'lgan Rasulov Shaxzodning aynan o'zidan ustama olish uchun kerakli ma'lumotlarni eshitasiz.

— Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan va ustama olayotgan ustozlarga jonli efirda savollar berib javob olishingiz mumkin.

— Alohida yopiq guruhda o'tiladigan kursimiz haqida ham gaplashamiz.

🙍🏻‍♂️ Abituriyentlar hamda 10-sinf o'quvchilari ham guruhga a'zo bo'lib qo'ysa bo'ladi.

Chunki Xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga imtihonda maksimal ball berilishi haqida qaror tasdiqlansa, guruhimiz siz uchun eng kerakli bilim manbasiga aylanadi.

👉 Natijalarimiz biz haqimizda gapiradi: /channel/Gre_Shaxzod

👉 Bepul suhbatda qatnashish uchun qo‘shiling: /channel/sat_byShaxzod

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Metodik marafonning ikkinchi kuni boshlandi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 5-yanvar kuni marafonning 2-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Matematik savodxonlikni rivojlantirishning oʻziga xos jihatlari; (10:00)
👉 Oʻzbekiston oʻquvchilarining PIRLS-2021 va PISA-2022 tadqiqotlarida erishgan natijalari; (10:00)
👉 O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda - tadqiqot vosita sifatida; (10:00)
👉 Oʻquvchilarning kognitiv fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; (11:00)
👉Oʻquvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishda taʼlimiy oʻyinlar va metodlar; (11:00)
👉Boshlangʻich sinflarda ona tilini 4K modeli asosida oʻqitish. (11:00)

Ulanish uchun mavzuni ustiga bosib, e`londagi havola orqali kirish mumkin.

Boshlanish vaqti: 5-yanvar soat 10:00

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📚 Ilm olish endi yanada qulay

Tadqiqotlarga ko‘ra, ota-onasi bilan birga dars qiladigan bolalar tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq natijalar qayd eta olar ekan.

Ammo ota-onalarning farzandlari bilan birga dars qilishlari doim ham kuzatiladigan hol emas.

Taʼlimda mana shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun fidokor o‘qituvchilar jamoasiOliy maktab akademiyasi “Oila — birinchi va eng ishonchli maktab” shiori ostida innovatsion videodarsliklar ishlab chiqdi.

Ya’ni bu loyiha yordamida ota-onalar barcha yoshdagi farzandlarining sifatli ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib bera oladilar.

— Darslarni uyingizdan turib o‘rganish;
— Professional o‘qituvchilar jamoasidan taʼlim olish;
— Repetitorga pul sarflamay turib oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorlanish afzalligi;
— Bir umrlik "доступ" bilan sifatli videodarsliklarga ega bo‘lish.

Bu imkoniyatlarning barchasi Oliy maktab akademiyasida.

Namunaviy videodarslar:
👉🏻 Matematika (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Ona tili va adabiyot (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Ingliz tili (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Rus tili va adabiyoti (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Kimyo (7-11-sinflar uchun)
👉🏻
Biologiya (7-11-sinflar uchun)
👉🏻
Fizika (7-11-sinflar uchun)
👉🏻
Tarix (6-11-sinflar uchun)

🎉 Eng muhimi, bu loyihadan internetsiz foydalanish mumkin.

📤
Murojaat uchun: @hozir_boglaningBot

📲 Innovatsion videodarslarni yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang.

💬 Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga amaldagi malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Med invest tibbiyot texnikumining boshqa ta’lim muassasalaridan afzalligi nimada?

Tibbiyot sohasida uzoq yillik tajribaga ega ustozlarimiz boshchiligidagi darslar o‘zgacha atmosfera va bir dunyo taasurotlarga boy tarzda olib borilmoqda.

Med Invest Tibbiyot texnikumida siz quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

👉 Patronaj hamshiralik ishi yo’nalishida (2 yil);
👉 Umumiy amaliyot hamshiralik ishi yo’nalishida (3 yil)

📌 O’zbek va rus guruhlarimizga qabul jarayonlari davom etmoqda.

📚 Bundan tashqari, dars jarayonlari davrida o’zingiz qiziqqan xorijiy tillarni ham bonus sifatida, hech qanday to’lovlarsiz o’zlashtirishingiz mumkin!

📚Unutmang, ta’limga ajratilgan sarmoya — eng yaxshi sarmoyadir.

💻 Hujjat topshirish: qabul.m-invest.uz

📬 Murojaat uchun: @medinvest_qabul

☎️ Call-markaz: +998953777000, +998553077000,+998997185005

📍 Manzil: Buxoro shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 416-uy (mo‘ljal — Dinamo, Shahnozabonu to‘yxonasi yonida)

Med invest texnikumi — tibbiyotga innovatsion nazar!

✈️ Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich boʻyicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

Bunda: maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi;

ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadi.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi;

Ikkinchi bosqichda — oʻquv fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi;

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi

✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

➖ Unga ko‘ra:

➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;

➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Onlayn olimpiadalar davom etadi!

2024-yil 3—10-yanvar kunlari  matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

👉 olympiad.uzedu.uz

📌 Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yangi yilingiz bilan!

👉 @uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Sarhisob

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


📺Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/YQy_TuBcSNA

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|trm_uz">YouTube|Twitter

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hurmatli ustozlar!

Axborot xurujlarini bartaraf etish bo‘yicha
tadqiqot uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ushbu so‘rovnoma natijalari tadqiqot ishida statistik hisobotlar shaklida tahlil qilinadi.

Shundan kelib chiqqan holda savollarga obyektiv yondashishingizni so‘raymiz.

Sorovnomamizda ishtirok etayotganingiz uchun tashakkur bildiramiz.

So‘rovnomada qatnashish: https://forms.gle/4SEq18bPQkMYVrBLA

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Metodik marafonning 4-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

9-yanvar kuni marafonning 4-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 PISA xalqaro tadqiqotida matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha topshiriqlarning qiyinlik darajalari (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Umida Ishmamatova, Sergeli tumani, 6-maktab matematika fani oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirishda fanlararo integratsiya (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Gulruxsor Ergasheva, Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Biologiya va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi professori, p.f.d.

👉 Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nozigul Bozorova, Buxoro viloyati Buxoro tumani, 23-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish va ularni baholash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Maqsud Boboyev, Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

👉 O‘yin faoliyati orqali o‘quvchilar natijalarini yaxshilash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nigora Ochilova, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, 36-maktab maxsus pedagogi

👉 Inklyuziv sinflarda taʼlimning mazmuni, maqsad va vazifalari (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilfuza Djurayeva va Gulnoza Xasanova, Bektemir tumani, 290-maktab inklyuziv taʼlim sinfi oʻqituvchilari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev joriy yilgi attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi haqida ma`lumot berdi.

Unga ko‘ra barcha pedagoglar toifa sertifikatida ko‘rsatilgan muddatga qarab hujjat topshirishlari lozim.

Toifa sertifikati 2019-yil iyulga qadar rasmiylashtirilgan bo‘lsa bu pedagoglar uchun birinchi yarim yillikdagi attestsiya majburiy hisoblanadi.

Agar toifa sertifikati 2019-yil avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda o‘tkaziladigan attestatsiya majburiy hisoblanadi.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi

Prezidentning “Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq, 2030-yil 1-yanvargacha maktabgacha va maktab taʻlimi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari bundan mustasno) 1 foiz miqdorida belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi haqidagi asosiy yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan tasdiqlangan pedagoglarga malaka toifalari berish bo‘yicha asosiy yangiliklar:

👉
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor qilinmagan

👉Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin

👉Attestatsiya uchun maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi

👉Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi

👉Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

👉Pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi (qaror matni)

👉25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lganlarga pedagoglarga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Bugun, 5-yanvar kuni 6-sinf o‘quvchilari uchun matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha olimpiada o‘tkazilmoqda.

Ertaga, 6-yanvar kuni 7-va 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

👉Tizimga kirish uchun havola oo.uzedu.uz

O'quvchilar ro'yxatdan o'tishda bir narsaga e'tibor qaratishlari zarur: Ya'ni, login yozayotganda imkon qadar avval takrorlanmagan login bo'lishi muhim.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor qilinmagan

Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Navbatdan tashqari attestatsiya yangi qaror bilan bekor boʻldimi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Yoʻq oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor boʻlmagan.

Eslatib oʻtamiz, oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

👉 @Oylikhisoblaydigan_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin. Arizalar qabuli hali boshlanmadi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan;

oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar:

🔹maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʻyicha www.pedkadr.uzedu.uz platformasi

🔸oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha www.pedagog.edu.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, barcha pedagoglar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilish imkoniyat mavjud.

Avvalgi tartib boʻyicha barcha oʻqituvchilar Taʼlim inspeksiyasi sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan. Yangi tartib boʻyicha bu vazifa ikki vazirlik oʻrtasida taqsimlangani yangi platformalarni ishga tushirishda maʼlum vaqt talab qiladi. Hozirlikcha arizalar qabuli boshlanmagan.

Qarorga koʻra arizalarni qabul qilish 1-martga qadar davom etadi. Yaʼni arizalar qabul qilish uchun 2 oyga yaqin muddat bor.

Attestatsiya uchun arizalar qabuli boshlanish sanasi haqida kanalimiz (@uztdi) orqali qoʻshimcha xabar beramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagoglar uchun Metodik marafonga start berilmoqda

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4-yanvar kuni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafonga start berilmoqda.

Marafonning 1-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 O‘quvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarning PISA 2022 tadqiqotida matematika bo‘yicha natijalari tahlili;
👉 Oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirishda yozma nutq koʻnikmasini rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarni kelajakka qanday tayyorlaymiz?

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://unicef.zoom.us/j/98880064659

ID: 988 8006 4659
Kod: 457684

📌 Onlayn vebinarlar soat 10:00 dan boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiya uchun maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning

birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi.

Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash amaliyotini joriy etish choralarini koʻrish vazifasi belgilandi.

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bola tugʻilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qoʻyiladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi;

🖥
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining har oʻquv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

📋2024-yil 1-yanvardan maktab direktorlarini har 5-yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.

❕Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#infografika #TRM #sarhisob

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Yuqoridagi infografikada TRM tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berilgan.

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|trm_uz">YouTube|Twitter

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalidagi xabarlar yil davomida 53 million marta o‘qildi. Obunachilarimizga katta rahmat!

TGStat xizmati Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalining 2023-yil uchun statistikasini taqdim etdi.

📊 Unga koʻra:
➖ yil davomida 1 899 ta post qoldirilgan;
➖ kanaldagi postlar jami 53.2 mln marta koʻrilgan (oʻtgan yilda 47 mln marta edi )
➖ kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va oʻzaro bir-biriga 455 ming martadan ortiq ulashgan (forvard qilgan);
1464 ta kanal bizdan iqtibos olgan (oʻtgan yili 907 ta boʻlgan);
6100 ta kanal bizni eslagan boʻlsa (oʻtgan yili 3469 ta), repostlar soni 1 600 tani tashkil etgan.

❗️Fursatdan foydalanib, bizni kuzatib borayotgan barcha obunachilarimizga minnatdorchilik bildiramiz!

✅ 2024-yilda kanalimiz orqali Siz uchun dolzarb va qiziqarli maʼlumotlarni koʻproq berib borishga astoydil harakat qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel