uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Talabalar uchun haq to'lanadigan amaliyot o'tash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (11-son, 08.01.2024-y.) bilan Oliy ta'lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to'lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga ko'ra, haq to'lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o'rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o'tkaziladi.

❕Bunda amaliyot o'tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o'rin ajratiladi.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o'zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o'zi o'qiyotgan oliy ta'lim tashkilotiga topshiradi.

🔘 Tanlovda qatnashish uchun talaba:

bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo'lishi;
ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo'nalishiga mos bo'lishi;
O'zbekiston rezidenti bo'lishi lozim.

🗓 Oliy ta'lim tashkiloti ariza bergan talabalar to'g'risidagi ma'lumotlarni yo'llanma xati bilan Maxsus komissiyaga 5 ish kunida taqdim etadi.

➡️ Maxsus komissiya ushbu hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ko'rib chiqib, talabani tanlovda ishtirok etishi yoki uni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

📋 Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko'rinishida) o'tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi.

🌐 Yakuniy qaror qabul qilingandan 10 ish kuni davomida tanlov natijalari bo'yicha ma'lumot Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

🗒 Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha bo'lgan davr mobaynida o'quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

❌ Talabaning amaliyot o'tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.

💰 G'olib talabalarning amaliyoti bo'yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so'ng 15 kun davomida qoplanadi.

Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisobraqamiga o'tkaziladi.

⚠️ Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta'lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣Talablarga binoan ATTESTATSIYA uchun ONA TILI VA ADABIYOT fani "0" dan o‘qitiladigan yangi 3-guruhimizni ochdik.

✅ Bu guruhimiz 3 oy davom etadi.

🔴  Toq va juft kunlarda Fonetikadan boshlab to uslubiyatgacha hamma til bo‘limlari o‘tiladi.

🟢 Yakshanba kunlari 5-sinf adabiyot darsligidan boshlab 11-sinfgacha o‘tiladi.

🔴 Darslar filolog
@Doniyor_Jumaniyazov tomonidan 8-yanvardan boshlab toq kunlari soat 20:00 JONLI EFIRDA o‘tib yuriladi.

🔵 Darslar har doim jonli efirda o‘tiladi (eski video darslar tashlanmaydi);

🟢Talabgorlar ko‘pligini inobatga olib, oylik to‘lovni 130 ming ( juda hamyonbop) belgiladik

Hozirda yangi guruhimizga 40 nafar o‘qituvchi qabul qilindi.

Atigi 10 ta joy qoldi. Shoshiling❗️

Ro'yxatdan o'tish:
👇👇👇👇
@Doniyor_Jumaniyazov

☎️
+998995852562

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#savol_javob

Savol: “Men 2000-yilda maktabda ish faoliyatimni boshlaganman. 2021-yilda birinchi malaka toifasini oldim. 2026-yilda malaka toifa sertifikatim muddati tugaydi. Ungacha pedagogik stajim 26 yilga yetadi. 2026-yilda birinchi malaka toifam saqlanib qoladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev javob berdi:

"Ha albatta yangi tartib boʻyicha 25-yillik pedagogik staj boʻlsa amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi. Bunday holatda 2026-yilda birinchi malaka toifasini bir umrga saqlab qolish boʻyicha murojaat qilish lozim boʻladi. Ushbu murojaatga asosan bir umrlik birinchi malaka toifasi sertifikati beriladi."

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

7-8-sinflar oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman bosqichi oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 02-02/5-2063-sonli xatida oʻquvchilarni quyi sinflardan boshlab fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrish amaliyotini kuchaytirish maqsadida, umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda nodavlat taʼlim muassasalarining 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini 2024-yilning 1-fevral kuniga qadar oʻrnatilgan tartib asosida oʻtkazilishini taʼminlash soʻralgan.

Yuqoridagi xatga Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini oʻtkazish tartibi, baholash mezonlari ilova qilingan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev endilikda tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkinligi maʼlum qildi.

Unga koʻra maktabdan beriladigan maʼlumotnoma bekor qilinganligi sababli endi tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin. Faqat navbatdan tashqari sifati ariza berib toʻlov qilish lozim. Batafsil javob olish uchun audioni tinglab ko‘ring.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

✅ Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Metodik marafonning 3-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 8-yanvar kuni marafonning 3-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nodirbek Ismoilov, TRM mutaxassisi

👉 Таксономия Блума. Применение в начальной школе (taqdimot rus tilida) (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Yuliya Zemlina, Yunusobod tumani, 51-maktab oliy toifali katta o‘qituvchisi, p.f.f.d (PhD)

👉 Matematik savodxonlikda oʻquvchilarni yuqori natijaga yoʻnaltirish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilrabo Turanova, Toshkent shahar metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi matematika fani metodisti

👉 Boshlangʻich sinf o‘quvchilarida matematik savodxonlikni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Aymira Upaiyeva, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani, 54-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Xalqaro baholash dasturlaridan tabiiy fanlarni oʻqitishda foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Erkin Xujanov, Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD), dotsent

👉 Oʻzbek tili darslarida matn bilan ishlash orqali taʼlim samaradorligini oshirish (PIRLS, PISA) (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Durdona Lolayeva, Sergeli tumani, 300-IDU maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

🔥 Matematika ustozlari va talabalar diqqatiga xushxabar

MILLIY SERTIFIKAT VA ATTESTATSIYADAN XALQARO SERTIFIKATGA BIZ BILAN OSON TAYYORLANING.

📆 Joriy yil 7-yanvar kuni 20:00 da barcha uchun bepul "ovozli chat" tashkil etamiz.

✅ Bu chatda siz:
— 100 dan oshiq ustozlarning Xalqaro sertifikat olib 50 foiz ustama olishiga sababchi bo'lgan Rasulov Shaxzodning aynan o'zidan ustama olish uchun kerakli ma'lumotlarni eshitasiz.

— Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan va ustama olayotgan ustozlarga jonli efirda savollar berib javob olishingiz mumkin.

— Alohida yopiq guruhda o'tiladigan kursimiz haqida ham gaplashamiz.

🙍🏻‍♂️ Abituriyentlar hamda 10-sinf o'quvchilari ham guruhga a'zo bo'lib qo'ysa bo'ladi.

Chunki Xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga imtihonda maksimal ball berilishi haqida qaror tasdiqlansa, guruhimiz siz uchun eng kerakli bilim manbasiga aylanadi.

👉 Natijalarimiz biz haqimizda gapiradi: /channel/Gre_Shaxzod

👉 Bepul suhbatda qatnashish uchun qo‘shiling: /channel/sat_byShaxzod

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Metodik marafonning ikkinchi kuni boshlandi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 5-yanvar kuni marafonning 2-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Matematik savodxonlikni rivojlantirishning oʻziga xos jihatlari; (10:00)
👉 Oʻzbekiston oʻquvchilarining PIRLS-2021 va PISA-2022 tadqiqotlarida erishgan natijalari; (10:00)
👉 O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda - tadqiqot vosita sifatida; (10:00)
👉 Oʻquvchilarning kognitiv fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; (11:00)
👉Oʻquvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishda taʼlimiy oʻyinlar va metodlar; (11:00)
👉Boshlangʻich sinflarda ona tilini 4K modeli asosida oʻqitish. (11:00)

Ulanish uchun mavzuni ustiga bosib, e`londagi havola orqali kirish mumkin.

Boshlanish vaqti: 5-yanvar soat 10:00

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📚 Ilm olish endi yanada qulay

Tadqiqotlarga ko‘ra, ota-onasi bilan birga dars qiladigan bolalar tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq natijalar qayd eta olar ekan.

Ammo ota-onalarning farzandlari bilan birga dars qilishlari doim ham kuzatiladigan hol emas.

Taʼlimda mana shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun fidokor o‘qituvchilar jamoasiOliy maktab akademiyasi “Oila — birinchi va eng ishonchli maktab” shiori ostida innovatsion videodarsliklar ishlab chiqdi.

Ya’ni bu loyiha yordamida ota-onalar barcha yoshdagi farzandlarining sifatli ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib bera oladilar.

— Darslarni uyingizdan turib o‘rganish;
— Professional o‘qituvchilar jamoasidan taʼlim olish;
— Repetitorga pul sarflamay turib oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorlanish afzalligi;
— Bir umrlik "доступ" bilan sifatli videodarsliklarga ega bo‘lish.

Bu imkoniyatlarning barchasi Oliy maktab akademiyasida.

Namunaviy videodarslar:
👉🏻 Matematika (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Ona tili va adabiyot (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Ingliz tili (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Rus tili va adabiyoti (1-11-sinflar uchun)
👉🏻
Kimyo (7-11-sinflar uchun)
👉🏻
Biologiya (7-11-sinflar uchun)
👉🏻
Fizika (7-11-sinflar uchun)
👉🏻
Tarix (6-11-sinflar uchun)

🎉 Eng muhimi, bu loyihadan internetsiz foydalanish mumkin.

📤
Murojaat uchun: @hozir_boglaningBot

📲 Innovatsion videodarslarni yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang.

💬 Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga amaldagi malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Med invest tibbiyot texnikumining boshqa ta’lim muassasalaridan afzalligi nimada?

Tibbiyot sohasida uzoq yillik tajribaga ega ustozlarimiz boshchiligidagi darslar o‘zgacha atmosfera va bir dunyo taasurotlarga boy tarzda olib borilmoqda.

Med Invest Tibbiyot texnikumida siz quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

👉 Patronaj hamshiralik ishi yo’nalishida (2 yil);
👉 Umumiy amaliyot hamshiralik ishi yo’nalishida (3 yil)

📌 O’zbek va rus guruhlarimizga qabul jarayonlari davom etmoqda.

📚 Bundan tashqari, dars jarayonlari davrida o’zingiz qiziqqan xorijiy tillarni ham bonus sifatida, hech qanday to’lovlarsiz o’zlashtirishingiz mumkin!

📚Unutmang, ta’limga ajratilgan sarmoya — eng yaxshi sarmoyadir.

💻 Hujjat topshirish: qabul.m-invest.uz

📬 Murojaat uchun: @medinvest_qabul

☎️ Call-markaz: +998953777000, +998553077000,+998997185005

📍 Manzil: Buxoro shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 416-uy (mo‘ljal — Dinamo, Shahnozabonu to‘yxonasi yonida)

Med invest texnikumi — tibbiyotga innovatsion nazar!

✈️ Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich boʻyicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

Bunda: maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi;

ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadi.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi;

Ikkinchi bosqichda — oʻquv fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi;

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi

✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

➖ Unga ko‘ra:

➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;

➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Onlayn olimpiadalar davom etadi!

2024-yil 3—10-yanvar kunlari  matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

👉 olympiad.uzedu.uz

📌 Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2018-yilda oliy toifa olganman, joriy yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga topshiraman. GMAT sertifikati attestatsiyaga imtiyoz beradimi?

Javob: Yoʻq ushbu sertifikat malaka toifasi olishda imtiyoz bermaydi.

Nizomga koʻra, kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

TARIXCHI ustozlar uchun ajoyib tavsiya

❓ Tarix fanidan dars berasizmi?
❓ Attestatsiyadan o'ta olmayabsizmi?
❓ TARIX FANIDAN Joriy qilingan milliy sertifikat olmoqchimisiz?

Unda bu taklif aynan Siz uchun!

Oliy toifali tarixchi-repetitor Sardorbek Rustamovning "TARIX online" darslarida ishtirok etib, ushbu sinovlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishishingiz mumkin.

➡️ To'lov oyiga 100 ming so'm.

📆 Darslar 11-yanvardan boshlanadi.

Darsda qatnasha olmaganlarga mavzular audiosi tashlab beriladi.

Shuningdek, ishtirokchilar qo‘shimcha ravishda quiz testlar, qo'llanmalar, pdf testlar bilan ta’minlanadi.

Milliy sertifikat va attestatsiya guruhiga qo'shilish uchun:👇
@attestatsiya_tarix_Sardorbek

Natijalarni ko'rish: @Sardorbeknatijalar

Ikkita guruhda qatnashganlarga 50% chegirma taqdim qilinadi!

Hozir to'lov qilib guruhga qo'shilsangiz, har 20-, 40-, 60-, 80- 100-ustozga bepul.

"TARIX online" kursiga yozilish uchun: @RustamovSardor akkauntiga murojaat qiling.

🤝 Biz bilan birga muvafaqqiyatga erishing!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hurmatli ustozlar!

Axborot xurujlarini bartaraf etish bo‘yicha
tadqiqot uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ushbu so‘rovnoma natijalari tadqiqot ishida statistik hisobotlar shaklida tahlil qilinadi.

Shundan kelib chiqqan holda savollarga obyektiv yondashishingizni so‘raymiz.

Sorovnomamizda ishtirok etayotganingiz uchun tashakkur bildiramiz.

So‘rovnomada qatnashish: https://forms.gle/4SEq18bPQkMYVrBLA

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Metodik marafonning 4-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

9-yanvar kuni marafonning 4-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 PISA xalqaro tadqiqotida matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha topshiriqlarning qiyinlik darajalari (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Umida Ishmamatova, Sergeli tumani, 6-maktab matematika fani oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirishda fanlararo integratsiya (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Gulruxsor Ergasheva, Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Biologiya va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi professori, p.f.d.

👉 Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nozigul Bozorova, Buxoro viloyati Buxoro tumani, 23-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish va ularni baholash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Maqsud Boboyev, Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

👉 O‘yin faoliyati orqali o‘quvchilar natijalarini yaxshilash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nigora Ochilova, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, 36-maktab maxsus pedagogi

👉 Inklyuziv sinflarda taʼlimning mazmuni, maqsad va vazifalari (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilfuza Djurayeva va Gulnoza Xasanova, Bektemir tumani, 290-maktab inklyuziv taʼlim sinfi oʻqituvchilari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev joriy yilgi attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi haqida ma`lumot berdi.

Unga ko‘ra barcha pedagoglar toifa sertifikatida ko‘rsatilgan muddatga qarab hujjat topshirishlari lozim.

Toifa sertifikati 2019-yil iyulga qadar rasmiylashtirilgan bo‘lsa bu pedagoglar uchun birinchi yarim yillikdagi attestsiya majburiy hisoblanadi.

Agar toifa sertifikati 2019-yil avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda o‘tkaziladigan attestatsiya majburiy hisoblanadi.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi

Prezidentning “Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq, 2030-yil 1-yanvargacha maktabgacha va maktab taʻlimi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari bundan mustasno) 1 foiz miqdorida belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi haqidagi asosiy yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan tasdiqlangan pedagoglarga malaka toifalari berish bo‘yicha asosiy yangiliklar:

👉
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor qilinmagan

👉Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin

👉Attestatsiya uchun maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi

👉Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi

👉Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

👉Pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi (qaror matni)

👉25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lganlarga pedagoglarga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Bugun, 5-yanvar kuni 6-sinf o‘quvchilari uchun matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha olimpiada o‘tkazilmoqda.

Ertaga, 6-yanvar kuni 7-va 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

👉Tizimga kirish uchun havola oo.uzedu.uz

O'quvchilar ro'yxatdan o'tishda bir narsaga e'tibor qaratishlari zarur: Ya'ni, login yozayotganda imkon qadar avval takrorlanmagan login bo'lishi muhim.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor qilinmagan

Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Navbatdan tashqari attestatsiya yangi qaror bilan bekor boʻldimi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Yoʻq oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor boʻlmagan.

Eslatib oʻtamiz, oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

👉 @Oylikhisoblaydigan_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin. Arizalar qabuli hali boshlanmadi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan;

oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar:

🔹maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʻyicha www.pedkadr.uzedu.uz platformasi

🔸oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha www.pedagog.edu.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, barcha pedagoglar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilish imkoniyat mavjud.

Avvalgi tartib boʻyicha barcha oʻqituvchilar Taʼlim inspeksiyasi sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan. Yangi tartib boʻyicha bu vazifa ikki vazirlik oʻrtasida taqsimlangani yangi platformalarni ishga tushirishda maʼlum vaqt talab qiladi. Hozirlikcha arizalar qabuli boshlanmagan.

Qarorga koʻra arizalarni qabul qilish 1-martga qadar davom etadi. Yaʼni arizalar qabul qilish uchun 2 oyga yaqin muddat bor.

Attestatsiya uchun arizalar qabuli boshlanish sanasi haqida kanalimiz (@uztdi) orqali qoʻshimcha xabar beramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagoglar uchun Metodik marafonga start berilmoqda

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4-yanvar kuni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafonga start berilmoqda.

Marafonning 1-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 O‘quvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarning PISA 2022 tadqiqotida matematika bo‘yicha natijalari tahlili;
👉 Oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirishda yozma nutq koʻnikmasini rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarni kelajakka qanday tayyorlaymiz?

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://unicef.zoom.us/j/98880064659

ID: 988 8006 4659
Kod: 457684

📌 Onlayn vebinarlar soat 10:00 dan boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiya uchun maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning

birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi.

Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash amaliyotini joriy etish choralarini koʻrish vazifasi belgilandi.

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bola tugʻilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qoʻyiladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi;

🖥
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining har oʻquv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

📋2024-yil 1-yanvardan maktab direktorlarini har 5-yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.

❕Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel