uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshirilsin hamda buning doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanishi belgilandi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

➖2024 yil 1 sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Direktorlar har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi

Joriy yil 21-fevral kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"ga farmoni qabul qilindi.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️⚡️⚡️Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi respublika bo‘ylab yosh iqtidor egalarini bellashuvga chorlaydi!

Joriy yilning 24-25-fevral kunlari 3-11-sinf o‘quvchilari uchun olimpiadaning birinchi bosqichi onlayn o‘tkaziladi.

❗️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar kesimida umumta'lim muassasalari - maktablar, akademik litsey va ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilariga o‘z matematik bilimlarini namoyish etish imkoniyati taqdim etiladi.

🥇🥈🥉Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Jami 450 mln so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega olimpiadaning g‘olib ishtirokchilarini esa oltin, kumush, bronza medallari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari, eng muhimi xalqaro universitetda o‘qish uchun 100% lik grantlar kutmoqda!

Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting ⬇️
@tasimo_bot
@tasimo1_bot
@tasimo2_bot
@tasimo3_bot

📌 Batafsil ma'lumot olish uchun: +998555084400

@tashkent_imo

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshirilmoqda.

📅 Talabgorlarni ro‘yxatga olish 25-fevral kuniga qadar, to‘lovni amalga oshirish esa 26-fevral kuniga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

Test sinovi 2-3-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: imtihon natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi – Vazirlar Mahkamasi qarori

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

👉 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

👉 Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

👉 Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda ariza yuboradi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiya ikki bosqichda: umumiy 100 ballik tizimda baholanadi va ikki bosqich natijasi qoʻshilib qaror chiqariladi:

2024-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy etildi. Unga koʻra, attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani (35 ta savol) va kasb standarti (5 ta savol) boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati (10 savol) baholanadi.

Yangi tartibdagi oʻtkaziladigan attestatsiyada ham ikki bosqich (80+20=100 ball) natijasi qoʻshilib quyidagi tartibda qaror chiqariladi:

Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:


80 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;

80 balldan past boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) ga tushirilsin”;

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:


80 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;

70 balldan 79 ballgacha boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;

70 balldan kam boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) ga tushirilsin”;

Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:


70 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;

60 balldan 69 ballgacha boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;

60 balldan kam boʻlsa “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilsin”;

Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:


60 ball va undan yuqori boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;

55 balldan 59 ballgacha boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlansin”;

55 balldan kam boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas.

📌Eslatma: Navbatdan tashqari attestatsiya natijasidan qatʼiy nazar salbiy qarorlar qabul qilinmaydi (amaldagi toifa tushirilmaydi).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Nodavlat universitetlar talabalari ko‘chada qolmasligi amalda ko‘rindi

So‘nggi voqea va hodisalar fonida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqidagi ko‘p miflar puchga chiqdi.

Misol uchun, "Nodavlat OTM yopilib ketsa, nima bo‘ladi?", "Talabalar ko‘chada qoladimi?", "Boshqa universitetga ko‘chira oladimi?" degan savollarga mutaxassislar javob berib kelayotgan bo‘lsa-da jamoatchilik uncha ishonmay kelayotgandi.

Mana endi talabalarning aldanib, ko‘chada qolmasligi lisenziyasi bekor qilingan nodavlat universitetlar misolida ko‘rinib turibdi.

Misol uchun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi dam olish kunlari ham Namanganda NamXU talabalarini qabul qilib, o‘zlari xohlagan nodavlat universitetga ko‘chirishlari uchun yordam bermoqda.

Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Namangandagi vazirlik xodimlarini tanqid qilmoqda.

Ularda nima ayb? Qarorni sud chiqargan. Vazirlik xodimlari esa shunchaki, topshiriqni bajarmoqda. Talabalar sarson bo‘lmasin, kimdir aldab pulini olmasin deb harakat qilmoqda.

Yuqoridagi voqea hodisalardan ko‘rinib turibdiki, nodavlat universitet talabalari ko‘chada qolmaydi.

Shunday ekan, bu borada ikkilanishga hojat yo‘q.

Manba

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Namangan Xalqaro Universitetining litsenziyasi bekor qilinishi munosabati talabalarni koʻchirish borasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 15-fevral kuni Namangan Xalqaro Universiteti (NamXU)ning litsenziyasi bekor qilingani toʻgʻrisida maʼlumot berilgandi.

Shu munosabat bilan 16-fevralda vazirlik mutasaddilari tomonidan joyiga borgan holda mazkur universitetning barcha talabalariga, professor-oʻqituvchilariga vaziyat boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi, ularning barcha savollariga javoblar berildi. Shu kunning oʻzida 1200 nafar talabalardan boshqa oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishlarini koʻchirish boʻyicha arizalar olindi.

17-fevral kuni ham bu jarayon davom etdi. Hozirda har bir guruh boʻyicha alohida grafik tuzilgan boʻlib, mazkur grafikka asosan talabalar kelib, oʻzlari xohlagan oliy taʼlim tashkilotiga ariza yozyapti. Bu jarayon bir necha kun davomi etishi kutilmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi har bir talabani boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi va ularning har birining muammosi yechib beriladi. Birorta talabaning masalasi eʼtiborsiz qoldirilmaydi.

Talabalarning arizalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga joʻnatiladi va oʻqishi boshlangunga qadar talabalar vazirlik nazoratida boʻladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" VMQ-91 qabul qilindi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

✅ Navoiy shahrida xususiy maktab sotuvga qo‘yildi

Zamonaviy xususiy maktab yurib turgan biznes sifatida o‘z egasiga yaxshigina daromad keltiradi.

Maktab 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda ayni damda 140 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Maktab binosida sifatli ta’lim berish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud:
📚 Keng va yorug‘ kutubxona
🎓 O‘nta 25 o‘rinli sinfxona
🖥 Kompuyuter xonasi
👨‍🍳 100 o‘rinli oshxona
🏋️‍♂️ Gimnastika xonasi
🏊 Bolalar basseyni
⚽️ Mini sportzal
🏟 Sun’iy chim qoplamasi
🤖 Robototexnika xonasi
🚌 21 kishilik mikroavtobus
📍 Shaharda qulay joylashuv.

Birinchi taklif: yuqori foyda keltiradigan biznesga ega bo‘lish istagidagi tadbirkorlarga ushbu xususiy maktab loyihasini taklif qilib qolamiz.

Ikkinchi taklif: Sizni biznesimizga ko‘rilgan foydadan 50% ulush ajratish evaziga investor sifatida ham jalb qilishimiz mumkin.

Imkoniyatdan foydalanib qoling. Zero ta’lim biznesi hech qachon kasod bo‘lmaydigan biznesdir.

☎️ Batafsil ma’lumot: +998934062999
💬 Telegram: @Shavkat_Ahralov

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 15-fevral kuni umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan inklyuziv taʼlim sinflarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Marafonda quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Inklyuziv sinflarda yordam berishning asosiy nuqtalari (14:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Takako Homma, Yaponiya Kokushikan universiteti Adabiyot fakulteti, Ta’lim kafedrasi dotsenti

👉 Inklyuziv taʼlim: kecha, bugun, ertaga. Masʼuliyat kimda? (14:45)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Feruza Qodirova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi professori

👉 Angliyada inklyuziv ta’lim (15:25)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Aziz Zikriyoyev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, PhD

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2024-yil 28-yanvar kuni kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bugun shoh va shoir, o‘z davrining nafaqat adabiyoti, balki ilm-fanining taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi nishonlanmoqda.

Ulug‘ mutafakkirning “Boburnoma” asari - farzandlarmizni ilmli, tariximiz va qadriyatlarimizga sodiq, insonparvar shaxs sifatida tarbiyalashda  muhim ahamiyatga ega.

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/NZdVBrmR-Wc

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|trm_uz">YouTube|Twitter

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Tarix fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ingliz tili fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kun bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi

Joriy yil 21-fevral kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"ga farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktablarda “Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” toʻgaraklari yoʻlga qoʻyiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov maʼlum qilishicha, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida:

“Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” toʻgaraklari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi.

“Profilaktika kunlari” va “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “Toʻgʻrilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi” mavzularida targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.

🏛 Kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarida:

➖“OTM–viloyat–respublika” tizimi asosida bilimlar bellashuvi tashkil etiladi.

“Aksilkorrupsiya kovorking” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

➖9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan barcha oliy taʼlim muassasalarida “Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi, OTMlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #Stop_korrupsiya xeshtegi ostida chellenj, ota-onalar oʻrtasida “Isteʼmolchilarning taʼlim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi boʻyicha sotsiologik soʻrovnoma oʻtkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ommalashtirishning yangi tartibi haqida asosiy ma’lumotlar

Yangi tartib bo’yicha, metodik ishlar uchun ovoz yig’ish amaliyoti bekor qilindi. Uning o’rniga ommalashtirish.uz platformasiga yuborilgan ishlar Respublika taʼlim markazi va Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

✅ Tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.

❗️Oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.

Metodik ishlar 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlanishi kerak.

📤 Quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga jaylashtiriladi:

– metodik ishiga ijobiy xulosa to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;
– ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ish (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;
– oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida hamda respublika miqyosida.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida,

66-80 ball bilan viloyat miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.

75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi.

Tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab uch yil amal qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Aziz ustozlar 10-11-sinf o‘quvchilariga PISA topshiriqlarini bajartirib ko‘rishingiz mumkin!

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan PISA xalqaro tadqiqotlardagi namunaviy topshiriqlar va ularning yechimlari eʼlon qilishni boshladi.

"Uchburchakli andoza" 2022-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) saytida ochiq eʼlon qilingan topshiriqlardan biri hisoblanadi. Ushbu topshiriqda qiyinligi boʻyicha 5-darajali savol ham mavjud boʻlib, PISA 2022da ishtirok etib mazkur topshiriq bo’yicha eng yuqori natija qayd etgan mamlakatda 33 foiz oʻquvchilargina toʻgʻri bajara olgan. (PISAda topshiriqlar qiyinlik darajasiga qarab 6 ga boʻlinadi.)


Eslatib o‘tamiz, PISA tadqiqoti 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha savodxonligini baholaydi.

Markaz quyidagi havola orqali ushbu topshiriqni bajarib, shundan soʻng videodarsni koʻrib uni qay darajada toʻgʻri bajarganingizni tekshirib koʻrishni tavsiya qildi.

Topshiriqni bajarish: https://bit.ly/49FGYGl

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/5d1f8xXwSr4

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Diqqat!
Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushuriladi.

Hurmatli pedagoglar, Sizdan ommalashtirishga topshiriladigan metodik ishlarni 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlatish so'raladi.

2024-yil 7-fevralda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Oʻqituvchilarni ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 32-sonli buyrugʻi qabul qilingan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazir jamg‘armasidan har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarni saralash imtihonlari boshlandi

Bugun, 19-fevral kuni maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Soat 10:00 da birinchi, soat 15:00 da ikkinchi navbat boshlanadi.

Bugun, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Saralash imtihonlari uchun tanlab olingan pedagoglarga tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan xabar berilgan.

Avvalroq "Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?" degan savolga javob berilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdori(BHM)ning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Toʻlovlar miqdori:

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda BHMning 100 foizi (hozirgi kunda 340 ming soʻm)

b) https://pedkadr.uzedu.uz/ — platformasi orqali murojaat etilganda, BHMning 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm)

v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda BHMning 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm)

Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS raqamiga oʻtkazish kerak.

❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Buxoroda hujrada 12 ta bolaga dars berib, topgan nomaqbul pulini direktorga beryapti. Direktor darsga kelmagan bolalarga 5 baho qoʻyib kelgan” – Prezident

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar

Birinchi marta kasbiy sertifikat olish boʻyicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi. Qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

Kasbiy sertifikat olganidan soʻng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan koʻp yil davomida uzilishlar boʻlgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozim.

Davlat maktablarida oʻrindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan talabgor oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan taʼlim tashkilotidan kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etiladi.

Talabgorning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoxud ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa yoki diplomida koʻrsatilmagan oʻquv fanlaridan dars berish huquqiga ega boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida kasbiy sertifikat olishi lozim.

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:

➖fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

magistr darajasiga ega mutaxassislar.

Nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, nazorat sinovi uchun jami 100 ball beriladi.

Nazorat sinovi kompyuterda (onlayn platforma) viloyat markazlaridagi katta sigʻimli binolarda oʻtkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati eʼlon qilindi.

👉 PDF formatida yuklab olish

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 17-18-fevral kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Telegram botimiz (@uztdibot)ga "Biz o‘qiyotgan nodavlat universitet litsenziyasi bekor qilinayotgani sababli TALABALARNI MAJBURLAB boshqa bir nodavlat universitetga qo‘shib yuborilyapti deb e‘lon qilishdi. Bizni boshqa universitetga qo‘shib yuborishlari to‘g‘rimi?" mazmunidagi savollar kelib tushmoqda.

Agar universitetlar bir-biriga qo‘shilsa, rasmiy manbalarda e’lon qilinadi. Ayni kunlarda nodavlat universitetlar haqida bunday mazmundagi e’lon berilgani yo‘q.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilinayotgan universitetlar bo‘yicha so‘nggi axborotida “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binary universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilganini ma‘lum qilgan.

Shuningdek, litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilayotgani, biron-bir talaba ko‘chada qolmasligi hamda barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanishi ma‘lum qilingan.

Hozirda barcha nodavlat universitetlarda qabul ham, o‘qishni ko‘chirish ham to‘xtatilgan.

Shu sababli litsenziyasi tugatilayotgan nodavlat universitet talabalari turli konsalting kompaniyalariga aldanib qolmaslik uchun vazirlik tomonidan ko‘chirib berishni kutishlarini tavsiya qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyalari e‘lon qilindi

Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari e’lon qilindi:

Boshlang‘ich ta’lim
Matematika
Fizika
Geografiya
Biologiya
Kimyo
Informatika
Texnologiya (servis xizmati)
Texnologiya (Texnologiya va dizayn)
Davlat va huquq asoslari
Tarbiya
Tarix
Musiqa madaniyati
Jismoniy tarbiya
Tasviriy san’at
Ona tili va adabiyot
O‘zbek tili
Ingliz tili
Rus tili
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Chaqiriqqacha harbiy ta'Iim
Fransuz tili

Test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan yuqorida tanishishingiz mumkin: 👉 /channel/uztdi/8067

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kimyo fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Texnologiya (texnologiya va dizayn) fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel