#2qism #videoyoriqnoma
Ommalashtirish haqida videoyo'riqnoma (2-qism)
📹 Ushbu qismda ommalashtirish.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish va Telegram botdan qanday qilib tasdiqlash kodi olish haqida ma’lumot berilgan.
📤 Quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga jaylashtiriladi:
– metodik ishiga ijobiy xulosa to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;
– ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ish (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;
– oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.
Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida hamda respublika miqyosida.
Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.
➖50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida,
➖66-80 ball bilan viloyat miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.
➖75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.
Maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi.
Tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab uch yil amal qiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔹 Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Oʻqituvchilarning yangi metodikalar boʻyicha malakasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan brifing
🔹 Shavkat Xoʻjaqulov, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi
📹 Youtube (HD)da ko‘rish: https://youtu.be/0takBS-TJ7g
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 25-mart kuni “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabulini eʼlon qiladi.
Qabul 2024-yil 10-martga qadar davom etadi.
Batafsil maʼlumot axborot xatida.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Видео_йўриқнома
🔊 Qadrli kuzatuvchilar!
❓ Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.
❗️ Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.
➡️ Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
💉Farg‘ona shahridagi tibbiyot texnikumiga qo’shimcha qabul boshlandi!
✅ Tibbiyot oliygohlariga
2-kursdan o’qish imkoniyati;
✅ Germaniyada ishlash imkoniyati;
✅ Britaniyada ishlash imkoniyati;
✅ 2-kurs yakunida haydovchilik guvohnomasi;
✅ Styuardessa bo’lib ishlash imkoniyati;
✅ Kosmetolog bo’lish imkoniyati.
💥Hoziroq o’qishni boshlang, 2024-2025-o’quv yilida 2-kursdan davom ettirasiz
📁 Litsenziya №217206
Murojaat uchun:
📞 +99873-200-00-88
🚀 @stt_admin
📍Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi
Telegram | Instagram | Facebook | sinotexnikum">YouTube | sinotexnikum">TikTok
#Diqqat
❗️Attestatsiya ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!
2024-yilning 1-yarmida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish istagida boʻlgan pedagoglardan oʻz murojaatlarini 29-fevral kuni soat 24.00 ga qadar yuborish mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Agar hozirgi paytga qadar “murojaatingiz qabul qilindi” degan SMS xabarni olmagan boʻlsangiz shaxsiy kabinetingizga kirib tekshirib koʻrishni tavsiya qilamiz.
Ishchi guruhlar tomonidan sababi koʻrsatilgan boʻlsa, bugun soat 24:00 ga qadar tahrirlash imkoniyatiga egasiz.
Shuningdek, murojaat yuborilgandagi soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlarni ham tekshirib ko’rishni unutmang!
Chunki, malaka (test) sinovlariga kirishda aynan ushbu soʻrovnoma va shaxsingiz tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) talab qilinadi.
Yuqoridagi audioda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev bu haqida batafsil maʼlumot bergan.
Ushbu xabarni attestatsiyada ishtirok etadigan ustozlarga yuborib qoʻying!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Bugun, 29-fevral toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborishning oxirgi kuni
Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:
👉 Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
👉 Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?
👉 Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?
👉Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?
👉 Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?
👉 Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Ertaga, 29-fevral kuni pedagog kadrlar attestatsiyasiga hujjat topshirishning oxirgi kuni
Joriy yilning 15-yanvar kuni boshlangan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayoni 1-martga qadar davom etadi. Bugun va ertaga hujjat topshirish mumkin.
Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:
👉 Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
👉 Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?
👉 Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?
👉Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?
👉 Endi ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
👉Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?
👉 Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?
👉 Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Matematika ustozlariga har oy 50% ustama beradigan GRE sertifikatidan yuqori ball olish usullari haqida eshitganmisiz?
Agar sizga ham ushbu mavzu qiziq bo'lsa, unda siz uchun ajoyib yangiligimiz bor 👇
Joriy yilning 4-5-mart kunlari hozirda GRE imtihonidan 170 balldan 170 ballni qo'lga kiritgan Mirzaqulov Jahongir va 164 ballni qo'lga kiritgan Abbosxon Sayliev tomonidan "GRE imtihoniga to'g'ri tayyorlanish va undan yuqori ball olish sirlari" deb nomlangan mutlaqo BEPUL MASTERKLASS bo'lib o'tadi.
MASTERKLASS davomida ushbu savollaringjzga javob olishingiz mumkin bo'ladi 👇🏻
🔹Ingliz tili darajasi bo'lmasdan turib ham qanday qilib 160+ ballni qo'lga kiritish mumkin? (Allaqachon 50 dan ziyod ustozlar ushbu natijani qo'lga kiritib bo'lishgan)
🔹Nima uchun xalqaro sertifikatni qo'lga kiritish kerak va u oyligingizga qancha qo'shib beradi?
🔹Nima uchun imtihondan hamma ham o'ta olmaydi?
Agar sizga ham ushbu savollarning javobi qiziq bo'lsa hoziroq pastdagi anketani to'ldirib MASTERKLASS bo'lib o'tadigan yopiq telegram kanaliga ulanib qo'yishni unutmang 👇
https://forms.gle/BCGw3oAA92QLBtJR7
📣 Hurmatli pedagoglar!
✅ Ertaga — 28-fevral kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.
❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.
🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka toifasi ular dars beradigan barcha fanlarga nisbatan tatbiq etiladi
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomda o‘quv fanlarining nomi ko‘rsatilmaganligi sababli, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka toifa sinovlari boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan asosiy o‘quv fanlari (ona tili va adabiyot, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya va h.k)dan umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi.
Shu sababli boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi ular boshlang‘ich sinflarda dars beradigan barcha o‘quv fanlariga nisbatan, shu jumladan informatika va tarbiya tarbiya fanlariga ham tatbiq etiladi.
Asos: Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining (avvalgi nomlari) 27.11.2020 dagi 01-698, 02-02/3-1377-son qo‘shma xati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mexanika muhandislariga butun dunyoda talab yuqori – Heiko Topol
🌐 Mexanika muhandisligi yo‘nalishi professori Heiko Topol Gemaniya va Qatardagi universitetlarda ko‘p yillik tajribaga ega.
Mexanika muhandisligi yo’nalishi bitiruvchilari ko‘plab sohalarda ishlashlari mumkin. Bunga avtomobilsozlik, aerokosmik sanoat va biotibbiyot sanoatini misol qilib keltirish mumkin, - Heiko Topol.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonga muvofiq, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilandi:
Xususan, 2024-yil yakuniga qadar:
👉 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 131 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblarini yaratish.
👉 O‘qituvchilarning yangi metodikalar bo‘yicha malakasini oshirib borish.
2024-yil may oyiga qadar:
👉 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarida kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan "soft skills" ko‘nikmalariga bag‘ishlangan mavzular o‘tilishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar kiritish.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshirilsin hamda buning doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanishi belgilandi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖2024 yil 1 sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Direktorlar har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi
Joriy yil 21-fevral kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"ga farmoni qabul qilindi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ommalashtirish haqida videoyo'riqnoma (1-qism)
📹 Ushbu qismda ommalashtirish haqida umumiy tushunchalar va nizom haqida ma'lumotlar berilgan.
Yangi tartib bo’yicha, metodik ishlar uchun ovoz yig’ish amaliyoti bekor qilindi. Uning o’rniga ommalashtirish.uz platformasiga yuborilgan ishlar Respublika taʼlim markazi va Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.
✅ Tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.
❗️Oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.
Metodik ishlar 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlanishi kerak.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilaridan mart-aprel oylarida sport sinovlari qabul qilinadi
Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida joriy yilning mart-aprel oylarida 10 ming 284 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-18 yoshdagi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi.
Hozirda tibbiy-ko'rikdan o'tgan o'quvchilardan my.sport.uz platformasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar qabuli boshlangan.
Shoshiling, Siz ham o'zingizning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik imkoniyatlaringizni sinovdan o'tkazing, sport sinovlarini topshiring va imtiyozlarga ega bo'ling.
G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi: 👉 /channel/uztdi/8130
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ishtirok etish yuzasidan batafsil ma'lumotni Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilaridan olishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Pedagoglar attestatsiyasi bahorgi taʼtil vaqtida boshlanishini rejalashtirilmoqda
2024-yilning birinchi yarimda oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha onlayn repetitsiyalar 10-mart sanasidan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Attestatsiyaning asosiy sinovlari esa mart oyining oxirida, bahorgi taʼtil paytlarida boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Aniq jadval 10-mart sanasiga qadar eʼlon qilib boriladi.
Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev onlayn muloqot davomida ham maʼlumot bergan edi.
Onlayn repetitsiyalar va test sinovlari oʻtkazish jadvali kanalimiz (@uztdi)da eʼlon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 3-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 13:30 dan boshlab (test sinovi 15:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Baxtim shul – O‘zbekning Zulfiyasiman!"
Bugun, 1-mart kuni o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligi nishonlanadi.
Zulfiyaning betakror isteʼdodi, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi mehnatlari har birimiz uchun ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
Videorolik Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tayyorlangan.
🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/Ar3U0ioVy_M
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
🖥 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
15 yillik stajga ega oliy toifali pedagoglarga umrbod oliy toifali degan sertifikat beriladimi?
Bugun, 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etildi.
Unda quyidagi savollarga ham javob qaytarildi:
➖ Vazirlar Mahkamasining qarori va MMTV ning ikki qayta bayonotiga koʻra oliy toifam umrbod saqlandi. Menga UMRBOD OLIY TOIFALI degan sertifikat qachon va qay tartibda beriladi?
➖15 yillik staj va 2022-yil 2-avgustgacha oliy toifada umrbod qolganlarning sertifikatini platformaga joylash masalasi nima bo‘lyapti? Bu toifadagi ustozlarni joylardagi mas`ullar tomonidan attestatsiya jalb etish masalasi ko‘p uchramoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
100 nafar maktab oʻqituvchilari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi
Prezidentning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmonida tasdiqlangan reja asosida 100 nafar davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining pedagoglarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish vazifasi belgilandi.
Unga koʻra, 2024-yil iyun oyiga qadar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan pedagoglar hududlar kesimida teng taqsimlangan holda saralab olinadi.
Saralab olingan pedagoglar 2024-yil yakuniga qadar vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh koʻrsatkichiga koʻra gʻolib “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi
Bugun, 27-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Hukumat qarori (15.01.2022 №23) bilan tasdiqlangan aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi haqida ma’lumot berildi.
G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi:
1-oʻrin: «Temurbeklar maktabi»ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi
1-oʻrin – davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi mustasno)
1, 2 va 3-oʻrin:
➖ farzandlari maktab, bogʻcha, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi
➖ ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etilad
➖safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi.
Har yili mart — noyabr oylarida beshta yoʻnalishda sport sinovi ishtirokchilaridan quyidagi tartibda sport sinovlari qabul qilinadi:
➖mart-aprel — 7 yoshdan 17 yoshgacha;
➖aprel-may — 18 yoshdan 29 yoshgacha;
➖avgust-sentyabr — 30 yoshdan 49 yoshgacha;
➖oktyabr-noyabr — 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslardan;
➖noyabr — davlat tashkilotlari xodimlari;
🏃🏻♂️ Joriy yilning 1-mart kuni 208 ta tuman (shahar)da 1 tadan umumtaʼlim maktablarida sport sinovlari qabul qilishga start beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Toshkent shahridagi 103-maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ro‘y bergan voqea bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarga munosabat
Mazkur holat joriy yilning 23-fevral kuni maktabning 6-sinfida o‘tilgan matematika darsida sodir bo‘lgan. Dars vaqtida nojo‘ya xatti-harakatlari uchun o‘quvchi Z. N. o‘qituvchi tomonidan sinfxonadan chiqarib yuborilgan. Yana bir o‘quvchi U.Z bir vaqtda bu tartibsizlikka qo‘shilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganish ishlari, xususan, o‘quvchilarning ota-onalari, maktab rahbariyati vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotlar va zarur tushuntirish ishlari olib borildi.
Yuzaga kelgan vaziyatga tegishli hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bolalar masalalari bo‘yicha Chilonzor tumani komissiyasiga taqdim etildi.
Komissiyaning mazkur holat bo‘yicha o‘rganish xulosasi joriy yilning 28-fevral kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari davomida o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga chalg‘imasligi, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatgan holda murojaat qilishi zarur.
Ushbu qoidalar mazmun-mohiyati va ularga amal qilmaslik bo‘yicha kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga atroflicha tanishtirilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun”Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yashi maktab” tanlovini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 40-sonli buyrugʻi bilan quyidagilar tasdiqlandi:
➖Respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi (1-ilova)
➖Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlarini tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalarining namunaviy tarkibi (1a-ilova)
➖Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlarini baholash boʻyicha yoʻriqnomalar (2 va 2a-ilovalar)
➖Tanlovni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazishga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasi (3-ilova);
➖Birinchi (tuman) va ikkinchi (viloyat) bosqichlari uchun nazorat materiallarini tayyorlash, chop etish va yetkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar (4-ilova)
➖Birinchi (tuman) bosqichida ishtirok etgan maktablarga belgilangan tartibda asosiy koʻrsatkich boʻyicha qoʻyilgan ballarni asoslovchi hujjatlar roʻyxati (5-ilova)
➖Birinchi (tuman) bosqichini nazorat qilish boʻyicha hududlarga yuboriladigan masʼul xodimlar roʻyxati (6-ilova)
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda
Joriy yilning 26-fevral kuni Respublikamiz bo'ylab Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
📊 Tanlovda Respublika bo‘ylab 6442 ta maktab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o‘tgan.
1-bosqichda maktablar 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi: test topshiriqlari uchun — 50 ball, asosiy ko‘rsatkichlar uchun — 50 ball.
➡️ Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtiriladi va asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ballar qo‘shilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqariladi.
Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar g‘olib deb topiladi.
🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:
➖ 1-oʻrin – 100 million soʻm;
➖ 2-oʻrin – 75 million soʻm;
➖ 3-oʻrin – 50 million soʻm.
👉 Tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija qayd etgan maktablar viloyat bosqichiga yo'llanma olishadi.
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha maktabning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari bilan tanishishingiz mumkin:
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#savol_javob
Telegram botimiz(✅@uztdibot)ga “Biz oʻqiyotgan universitet litsenziyasi bekor qilingani uchun ariza yozib boshqa universitetga koʻchiryapmiz. Lekin shu paytgacha oʻqib kelgan universitetimiz toʻlov kontraktni ikkinchi yarim yillik uchun ham toʻlashni talab qilmoqda. Biz oʻqishni koʻchirgan universitetga ham ikkinchi yarim yillik uchun kontrakt toʻlayapmiz. Qaysi biriga toʻlashimiz kerak oʻzi? Ikki barobar xarajat qilishimiz kerakmi?”
Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov kontrakt summasi talabalar va universitet oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan toʻlanadi. Siz pulni oliy taʼlim xizmatlaridan foydalanganimiz uchun toʻlaysiz. Agar universitetingiz litsenziyani bekor boʻlib, siz boshqa bir oliygohga koʻchirgan boʻlsangiz. Bu holatda Siz faqat ayni paytda oʻqishingizni koʻchirgan universitetga kontrakt toʻlaysiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi
Joriy yil 21-fevral kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"ga farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktablarda “Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” toʻgaraklari yoʻlga qoʻyiladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov maʼlum qilishicha, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida:
➖“Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” toʻgaraklari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi.
➖“Profilaktika kunlari” va “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “Toʻgʻrilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi” mavzularida targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.
🏛 Kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarida:
➖“OTM–viloyat–respublika” tizimi asosida bilimlar bellashuvi tashkil etiladi.
➖“Aksilkorrupsiya kovorking” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
➖9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan barcha oliy taʼlim muassasalarida “Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi, OTMlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #Stop_korrupsiya xeshtegi ostida chellenj, ota-onalar oʻrtasida “Isteʼmolchilarning taʼlim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi boʻyicha sotsiologik soʻrovnoma oʻtkaziladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali