uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Aziz pedagoglar!

Attestatsiya jarayonlariga ham juda oz fursat qoldi.

Mazkur jarayonlar sizning bilim va malakangizni sinovdan o‘tkazadi hamda yangi bilimlarni egallashingizga turtki bo‘ladi, deb ishonaman.

Qadrli ustozlar!

O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz.

Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman!

Jarayonlarda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

P.S. Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yakshanba kunlari toifa testlari o‘tkazilmaydi.

Matematika fani o‘qituvchilarida 28-aprel yakshanba kuni milliy Sertifikatlar uchun o‘tkaziladigan sinovlarda qatnashish imkoniyati mavjud.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktabgacha ta‘lim, texnologiya va tarix fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹Maktabgacha ta‘lim
🔹Texnologiya
🔹Tarix (2 xil)
🔹Kimyo
🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2024-yil 8-apreldagi “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida:

➖ joriy yilning 10 — 12-aprel (chorshanba — juma) kunlari — dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.

🔹 Shu munosabat bilan, 2024-yil 13-aprel (shanba) kuni barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida rejadagi dars jadvali asosida oʻqish kuni hisoblanadi.

👉 Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻquv yili yakuniga qadar mavzularni tigʻizlashtirgan holda oʻzlashtirish tavsiya etiladi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi joriy yilda mamlakatimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.

Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Видеоинструкция

Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent amaliy fanlar universitetida tadqiqot va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi ishga tushirilgan ushbu bo‘lim universitet doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish va universitetning global akademik o‘rnini oshirish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu tashabbusga taniqli ikki olim — o‘zbekistonlik tadqiqotchi, TAFU rektori maslahatchisi Raufxon Salaxodjayev va dunyodagi ilg’or akademik tadqiqotchilardan biri doktor Asongu Simplice boshchilik qilishmoqda.

Telegram | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan: /channel/uztdi/8206

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘zbekistonda maktablardagi davomatning eng past ko‘rsatkichlari kuzatilgan hududlar ma’lum qilindi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tahlil natijasida aniqlanishicha, 2022 yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib 82,5 foizga tushgan.

❗️Hududlar bo‘yicha davomatning eng past ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg‘ona (79,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

✅ Eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qashqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Predmetlar kesimida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida eng past davomat ko‘rsatkichlari o‘zbek tili va matematika predmetlarida kuzatilgan.

O‘rta sinf o‘quvchilari orasida o‘zbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf o‘quvchilari orasida ham o‘zbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past ko‘rsatkichlari kuzatilgan.

👨‍👨‍👧‍👧 Ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, betob bo‘lib qolishi (75,4 foiz), ota-onasiga ishlarda yordam berishi (8,9 foiz), ota-onasi ishga chiqishi kerakligi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaraydigan boshqa odam yo‘qligi (3,1 foiz), xususiy o‘qituvchi/repetitor bilan o‘qishi (1,7 foiz), maktabga borishi uchun qo‘shimcha xarajatlarga mablag‘ yetishmasligi (1,1 foiz) o‘quvchilarning dars qoldirishidagi asosiy sabablardir. So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 8,5 foizi farzandi nima sababdan dars qoldirganini bilmasligini aytgan.

PISA ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda darslarni ketma-ket uch oy qoldirgan o‘quvchilar ulushi 18,5 foizni tashkil etgan (PISA’da ishtirok etgan mamlakatlar orasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich 10,3 foiz). Bu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalar orasida qiz bolalar orasidagi ko‘rsatkichga nisbatan yuqoriroq.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

❗️Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rus tili bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓ Men toifa olish uchun attestatsiyaning navbatdan-tashqari turini tanlab murojaat yuborgan edim. Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni ham qilgan edim. Attestatsiya turini notoʻgʻri tanlagan ekanman. Arizam “navbatdagi-majburiy attestatsiyada topshirishdasiz”- deb rad etildi. Toʻlagan to‘lovimni qaytarib olsam bo‘ladimi?

Javob: Nizomning 25-bandiga ko‘ra Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

📌 Attestatsiya turini toʻgʻri tanlanmaganligi ham notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilgan deb hisoblanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Ayrim telegram kanal va guruhlarda 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Pedagoglardan mazkur xabarlarga ishonmaslikni soʻrab qolamiz, zero, bu sanalar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💚💚💚

💚Hurmatli ustozlar Nasiba Abdullayeva guruhi Ramazon oyi munosabati bilan CHEGIRMA EʼLON QILAMIZ

Boshlangʻich taʼlim ustozlari uchun

🫶Bizda "Dolzarb 15 kunlik" guruh

💲35.000 soʻm

📌Guruhda :

👉Har kuni 50 talik test va tahlili

👉Yangi darslik darslari;

👉10 kun ona tili 5-6 - sinf mashqlar tahlili

🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣
YUQORI SINF USTOZLARLARI UCHUN PEDAGOGIK MAHORAT VA KASB STANDARTI BOʻYICHA

➡️Biologiya
➡️Geografiya
➡️Matematika
➡️Ona tili
➡️Ingliz tili
➡️Rus tili
➡️Kimyo
➡️Tarix
➡️ Jismoniy tarbiya
➡️Huquq
➡️MTT tarbiyachilari
➡️Defektologiya oʻqituvchilari uchun



10+20 ballga tayyorgarlik darslari

💲CHEGIRMA 40.000❤️

⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️

@Nasibabdullayeva

/channel/attestatsiya2024Nasiba

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Diqqat, attestatsiya!

✅ Xabar qilinganidek, joriy yilning 15-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida attestatsiya jarayonlari boshlanadi.

❗️Sinov jarayonlariga mamlakatimiz boʻylab bir xil vaqt — soat 8:00 da start beriladi.

Hurmatli pedagoglar!

❗️Sizlardan jarayonlarning adolatli va shaffof oʻtkazilishida faol bo‘lish hamda attestatsiya davomida faqat oʻz bilimingiz va malakangizga suyanishingizni soʻrab qolamiz.

🤝 Malaka toifa sinovlarida barchangizga omad tilaymiz!

👉 Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari, sanalari va videoyo‘riqnomani yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Attestatsiyasida ishtirok etadigan pedagoglarning guruhlar boʻyicha taqsimoti, yaʼni qaysi pedagog aynan qaysi sanada, nechanchi guruhda va soat nechada test topshirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar test kunlaridan 2-3 kun oldin eʼlon qilib boriladi.

📅 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar

📍Sinovlar o‘tkaziladigan joy manzillari

Buxoro viloyatida 15-16-aprel kunlari o'tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasi malaka (test) sinovlari ishtirokchilar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.

👨‍⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!

✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.

✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨‍🎓Magistratura: masters.kiut.uz

☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-aprel – Amir Temur tavalludining 688 yilligi

🔹 “Tuzuk” soʻzining lugʻaviy maʼnosi qonun-qoidalar toʻplami, nizom, degan maʼnolarni anglatadi.

🔹 Shu maʼnoda “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega.

🔹 "Sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil-u donolar, muhaddislar, tarixchilarni sara, e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-u hurmatlarini o‘rniga qo‘ydim.

Shijoatli kishilarni do‘st tutardim, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

Ulamo bilan suhbatda bo‘ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindim", – deydi Amir Temur o‘zining "Temur tuzuklari" asarida.


🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/fbjN706u1Ws

Manba: Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Йўриқнома

✅ Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi.

❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

📅 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar

📍Sinovlar o‘tkaziladigan joy manzillari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📌 Ertaga 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlanadi.

✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-aprelga qadar davom etadi.

💴 To‘lovlar esa 15-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 28-aprel kuni o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kimyo fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹Kimyo
🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bilimga yoʻnaltirilgan taʼlimdan natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlariga oʻtiladi

Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov brifingda ma’lum qilishicha:

Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomni ishlab chiqish jarayonida Taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan YUNISEF tashkiloti koʻmagida xalqaro ekspertlar jalb qilinib, ular bilan birgalikda ilgʻor mamlakatlarning taʼlim standartlarini ishlab chiqish boʻyicha tajribalari oʻrganilgan.

📌Qarorga asosan:

Oʻzbekistonda mavjud taʼlim turlari YUNESKOning “Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

DTS, davlat taʼlim talablari va ular asosida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari oʻquv natijalarini baholash komponenti qismi bilan toʻldiriladi.

Bilimga yoʻnaltirilgan taʼlimdan natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlariga oʻtiladi.

📅 2024-yil 1-avgustga qadar:

Oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi tayyorlanadi;

Taʼlim natijalarini baholash, taʼlim sifati va samaradorligini monitoring qilish, taʼlim siyosatida dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini joriy etish maqsadida umumiy oʻrta taʼlimda baholash konsepsiyasi ishlab chiqiladi;

Standartlarni ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha dts.uz” — Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarining yagona ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.

🔹 Batafsil: https://bit.ly/4arJIrW

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Attestatsiyada kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan test platformasida pedagoglar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilayotgan onlayn-repetitsiyalarda ayrim fanlardan kalkulyator va qoʻshimcha qoʻllanmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Attestatsiya jarayonlarida ham kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🤩 Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida
2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

📥 Talabgorlar 2024-yil 15-martdan 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

⚠️ Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor

☎️ +998555068888, +998555208888
📩
@umft_support
🌐
umft.uz

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin

📍 Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Til sertifikati talabi natijasida OTMlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) dan o‘tkazilmoqda.

Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan.

Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi


🔰 "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

🔹chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi;

🔹matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o'qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.

✅ Prezident maktablarining mahalliy o'qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lash tartibi joriy etiladi.

🔘 Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to'lanadi:

🔸Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta'lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o'qitish bo'yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

🔸Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo'yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lish.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Rossiyaning TOP universitetlariga GRANT oʻrinlari uchun qabul boshlandi

Qulayliklar:
• Kafolatli 4 yil BEPUL taʼlim;
• Stipendiya;
• Patentsiz ishlash imkoniyati;
• Transfer xizmat;
• Yotoqxonalar;
• 10 dan ortiq shaharlar;
• 30 dan ortiq yoʻnalishlar;
• Oʻzbekistonda turib onlayn oʻqish.

🤩 3-aprelga qadar firma xizmatidan 20% chegirma mavjud!

☎️ Murojaat uchun:
+998940031001 | +998334961001
+998999861001 | +998999841001

👩🏻‍💻Onlayn murojaat: @rustudy_tash

Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi

✅ Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi.

➖Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.

❗️TALIS - Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganish xalqaro tadqiqoti boʻlib, unda maktab direktorlari va oʻqituvchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali ishtirok etadi.

✔️Tadqiqotda dunyo boʻylab 52 ta (shundan tayanch oʻrta taʼlim (ISCED level 2) moduli ishtirokchilari 33 ta) mamlakat qatnashmoqda. Oʻzbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Rika, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel