uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚠️Abituriyentlar diqqatiga!

🏫 Qo‘qon universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun kunduzgi va masofaviy ta'lim shakli yo‘nalishlariga qabul boshlandi!

💠Qoʻqon universitetining kunduzgi ta'lim va masofaviy ta'lim shaklida mavjud yoʻnalishlar.

⚠️Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli hujjatlar.

😄Xorijiy til sertifikati borlar uchun imtiyoz mavjud.

🗓Hujjatlar Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn va http://qabul.kokanduni.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Axborot-maslahat markazi (call center)
🔽
📞+998735454444;
📞+998735455555.

📍Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ 21-29-aprel kuni attestatsiya imtihonini topshiradigan MATEMATIKA fani ustozlari uchun MUHIM XABAR

21-28-aprel kunlari @attestatsiya_online telegram kanalida bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi, 2019-yil Jautikov xalqaro olimpiadasi oltin medal sohibi va 2 yildan beri ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanib kelayotgan ABBOSXON SAYLIEV tomonidan 1 haftalik BEPUL-JONLI intensiv darslar bo'lib o'tadi

Darslar @attestatsiya_online telegram kanali orqali bo'lib o'tadi. Dars mavzularini yuqoridagi rasm orqali ko'rib olishingiz mumkin. Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq ushbu telegram kanaliga obuna bo'lib qo'ying 👇

⚡️ @attestatsiya_online
⚡️ @attestatsiya_online
⚡️ @attestatsiya_online

P.S. bu xabarni matematikadan attestatsiya topshiradigan ustozlarga yuborib qo'yamiz 😉

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Attestatsiya

Attestatsiya jarayonlariga doir muhim axborot
!!!

✅ Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Sinovlarga kiruvchi har bir talabgor ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.

➖ Aytish lozimki, oʻz bilim va malakalariga tayangan holda berilgan topshiriqlarni imkon qadar bajarishga intilayotgan, yuqori ballarni qoʻlga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kun ortib borayotgani bizni xursand qiladi.

➖ Ammo vaziyatga noxolis yondashgan holda, test sinovlarini turli qingʻir yoʻllar bilan bajarishga harakat qilayotgan nomzodlar ham afsuski, uchrab turibdi. Bu kabi ustozlarimiz test oʻtkazilayotgan binoga har xil qoʻshimcha buyumlar (telefon, ovoz yoki tasvir yozish uskunasi, matn)larni olib kirishga urinishmoqda.

➖ Bunday yoʻl tutayotgan pedagoglar nazoratchilar tomonidan aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda test sinovlaridan chetlashtirilmoqda. Joriy yilning 19-apreliga qadar 18 nafar bu kabi ishtirokchi pedagoglar sinovlardan chetlashtirildi va ularga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

❗️Hurmatli pedagoglar!

✔️ Test sinovlarining barcha jarayonlari: binoga kirish, belgilangan joyga oʻtirish, roʻyxatdan oʻtish, topshiriqlarni bajarish va hatto qaysi tomonga qarayotganingiz ham kuzatuv kameralari orqali sinchkov kuzatuvchilarimiz tomonidan nazorat qilinmoqda.

❗️ Shunday ekan, faqat va faqat oʻz bilimingizga tayangan holda, test sinovlarida ishtirok etishingizni soʻraymiz. Pedagog imidjiga xos boʻlmagan turli harakatlardan uzoq boʻling.

👉 Barchangizga test sinovlarida omad tilaymiz
!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Zamon bilan hamnafas ta'lim oling

Kundan-kunga rivojlanib borayotgan zamonaviy texnologiya va AyTi olamida o'z o'rningizni topmoqchimisiz?

🔥 Ayni vaqtda IT Park, Uzinfocom, Uzum, Alif, Paynet, Novalab kabi yirik kompaniyalarda ishlayotgan bitiruvchilar safida bo'lish imkoniyatiga ega bo'ling.

Siz ham «Najot Ta'lim» Dasturlash kurslarida dasturlash asoslarini tajribali mutaxassislardan o'rganib, texnologiya sohasidagi karyerangizni boshlang.

Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

📞 78-888-98-88

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ONLAYN TEST BOSHLANDI!

📆 Bugun, 20-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 4⃣-onlayn test tashkil etilmoqda. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

📆 Test vaqti: 20-aprel (10:00-23:00)
💻 Test tillari: O'zbek va Rus
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔥 Ishtiyoq bilan taʼlim oling, misli koʻrinmas yutuqlarga erishing!

Central Asian University 2024-2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishda davom etmoqda! Talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar orasidan boʻlajak kasbingizni tanlang: biznes va muhandislikdan tortib, tibbiyot va mehmonxona boshqaruvigacha. Taʼlim jarayonlari ingliz tilida olib boriladi.

Mashgʻulotlar AQSH, Germaniya, Turkiyadan tashrif buyurgan, xalqaro tajribaga ega, yuqori malakali xorijlik oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi, bu esa taʼlim jarayonlarini yanada qiziqarli va samarali qiladi.

🎓Simulyatsion markazlar, Bloomber va sunʼiy intellekt laboratoriyalari vositasida olib boriladigan amaliy mashgʻulotlar talabalarga sohaga tegishli mavzular va loyihalar ichiga chuqur kirib borishda yordam beradi.

👥 Faol talabalik hayoti, jahon ekspertlari ishtirokidagi eksklyuziv yopiq tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

🚀 Ikki tomonlama diplom yordamida ilmiy faoliyat, stajirovka, almashinuv dasturlari va xalqaro darajada taʼlim olish imkoniyatlari.

💸Taʼlim grantlari, shaxsiy karyera markazi va oʻqishning birinchi yilidan boshlab ishga joylashish imkoniyatlari!

Bizning faol taʼlim hamjamiyatimizning bir boʻlagiga aylanish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.

Hujjatlarni onlayn topshirish

📞 71 200 05 22, 71 208 12 34
🤖 @CAU_Admission_Bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Yoshlarni kasbga va chet tillariga o‘qitish tizimi takomillashtiriladi

“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (213-son, 17.04.2024-y.) qabul qilindi.


🔰Unga ko‘ra, Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi (Markaz) tashkil etiladi.

✔️ Professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Xorijda ishlash istagi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

📄 O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat beriladi.

O‘quv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha bo‘lgan ta’lim dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga o‘qitiladi.

Professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda xorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar uchun chet tili bo‘yicha kamida B2 darajadagi, "Ausbildung" (dual ta’lim shakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar uchun nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olish talab etiladi.

O‘quv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oy oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama to‘lanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

✅ Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Ushbu maktablarga ishga kirish uchun hujjat topshirish, saralash va imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha kanalimiz orqali (@uztdi) batafsil ma’lumot beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

15-aprel kuni yuzaga kelgan kichik texnik uzilishlar jarayonlarga ta’sir o‘tkazmagan

15-aprel kuni yuzaga kelgan kichik texnik uzilishlar jarayonlarga ta’sir o‘tkazmagan. Nomzodlar barcha test topshiriqlarini bajarishga ulgurishgan va natijalardan real vaqt rejimida xabardor bo‘lishgan.

16-aprel kuni yuzaga kelgan texnik uzilish oqibatida ayrim pedagoglarning test natijalari ko‘rinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Ana shunday holatdagi pedagoglarning test natijalari, albatta shaxsiy kabinetlariga yetkaziladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi


Eslatib o‘tamiz, 16-aprel kuni test topshiriqlarini toʻliq bajarishgan ulgurmagan pedagoglar 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya oʻtkazish belgilangan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

UBS granti keyingi muvafaqqiyatlarim uchun poydevor bo‘ldi


Ta’lim chempionlari taqdirlandi!

“University of Business and Science”da kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning iqtidori, ilmiy salohiyati, madaniy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarda faolligini rag‘batlantirish maqsadida bir semestrlik grant berish joriy qilingan.

Ushbu an’anaga muvofiq kuni kecha Navro‘z bayrami arafasida 14 nafar talabaga grantlar topshirildi.
__

UBS'da 20 ta bakalavriat yoʻnalishlari, 3 ta magistratura mutaxassisliklari va 5 ta doktorantura ixtisosliklari boʻyicha sifatli ta’lim olishingiz mumkin.

2024-2025-o‘quv yili qabuli haqida bilish uchun ushbu saytga o‘tib murojaat qoldiring: www.ubsu.uz

◽️UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

📄
Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)

Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️O‘zbek tili fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari davom etmoqda.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹O‘zbek tili (davlat tili)
🔹Maktabgacha ta‘lim
🔹Texnologiya
🔹Tarix (2 xil)
🔹Kimyo
🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Texnik nosozlik sabab attestatsiyada testni yakunlay olmaganlar bo'yicha

"16-aprel kuni ayrim hududlardagi texnik nosozliklar tufayli attestatsiya sinovlar jarayonida uzilishlar kuzatilgan.

Shuning uchun, 16-aprel kuni test topshiriqlarini toʻliq bajarishgan ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya oʻtkazish belgilandi. Bu haqida kuni kecha test ishtirokchilariga ham zarur tushuntirishlar berildi."

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat maktab ochadiganlarga ajratiladigan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya berish tartibi loyihasi eʼlon qilindi

Muhokamalar portaliga "Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

31.01.2024-yildagi Prezident qarori (PQ-49-son) bilan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etilgan edi.

E’lon qilingan Hukumat qarori lohiyasida ushbu imtiyozlardan foydalanish tartiblari aks etgan.

Loyiga ko‘ra jamgʻarma tomonidan qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda “1+2” tamoyili asosida uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga kredit foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya ajratiladi.

Bunda kompensatsiya 3, 4, 5-hudud toifasiga mansub shahar va tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan hamda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladi.

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/96995

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Live
#Attestatsiya

📣 Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

👉 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Live

🔴 Ayni damda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari boshlandi.

Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Xushxabar

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga:

“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Vazir jamgʻarmasidan ustama olishga nomzodlarning kasbiy mahoratini mezonlari va suhbat bo‘lib o‘tadigan manzil va sanalar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun oʻtkazilgan birinchi bosqich test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan.

Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning 23-27-aprel kunlari suhbat oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan nomzodlarning 2-bosqich kasbiy mahoratini baholash boʻyicha Nizom, baholash mezonlari va hududlarda suhbat oʻtkazish jadvali tasdiqlandi.

Har bir nomzod hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan suhbat topshiradigan kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha xabardor qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻqituvchi navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.

✅ Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.

❗️Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

✅ O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagoglar diqqatiga!

Firibgarlarga ishonib qolmang!


Ijtimoiy tarmoqlarda turli firibgarlar tomonidan pedagoglar attestatsiya uchun “X-variantlar” taklif qilish holatlari uchramoqda.

Yolg‘on ma’lumotlarga ishonib, qimmatli vaqtingiz va pullaringizni bekor sarflamang!

Malaka (test) sinovi uchun tuziladigan savollar bazasi har yili butunlay yangilab boriladi va bu ma’lumotlarning uchinchi tomonga taqdim etilmasligi qat’iyan kafolatlangan.

Agar sizga kimdir ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga shu kabi xizmatlarni taklif qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Namangan viloyatida “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida joriy etishi mumkin

Muhokamalar portaliga "Taʼlim muassasalarida yuridik taʼlimning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra:

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida Namangan viloyatida joriy etish;

2024/2025 oʻquv yilidan Namangan shahri, “Soxibkor” MFY, M.Egamberdiyev koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatida variativ oʻquv rejasi asosida huquq fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflarni tashkil qilish;

2024-yilda Adliya vazirligining Namangan viloyat yuridik texnikumi tugatilib, uning negizida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Namangan viloyat akademik litseyini tashkil etish taklif etilmoqda.

Shuningdek, 8–11-sinflari uchun huquq fanidan yangidan yaratilayotgan oʻquv adabiyotlarini nashr etishdan oldin ularga Toshkent davlat yuridik universitetidan xulosa olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Maktablarda huquqiy fanlardan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog xodimlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha zarur choralar ko‘riladi.

2024-yil 1-avgustga qadar maktab-internatning rahbar va boshqa kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda tanlov asosida maktab-internatni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka va yuqori professional tayyorgarlikka ega boshqaruv va boshqa kadrlar bilan toʻldiriladi.

Akademik litsey huquqiy maqomi, shu jumladan shtatlar, mehnatga haq toʻlash tizimi, oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, bitiruvchilarni Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish va boshqa masalalar boʻyicha Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyga tenglashtiriladi.

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

📣
Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📝 Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62

Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🤩 Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida
2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

📥 Talabgorlar 2024-yil 21-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

⚠️ Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor

☎️ +998555068888, +998555208888
📩
@umft_support
🌐
umft.uz

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin

📍 Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Amaliyotchi mutaxassislardan IT’ga oid ochiq darslarga marhamat!

🛸 Zamonaviy kasb egalari bo'lmish eng iqtidorli mutaxassislarni bir joyda jamlagan — Ustudy IT Akademiyasida bir qator master klasslar bo'lib o'tadi.

📂 19-20-aprel kuni ushbu yo’nalishlar bo’yicha bepul ochiq darslar rejalashtirilgan:
✓ Kiberxavfsizlik;
✓ Front-end dasturlash;
✓ Back-end dasturlash;
✓ Dizayn.

💎 Akademiyamizning afzalliklari:

✓ Har bir o’quvchi kurs davomida real kompaniyada amaliyot o’taydi;


✓ Kurs so’nggida portfolioda 3 ta loyiha bo’ladi;


✓ Bitiruvchilar hamkor kompaniyalarga ishga joylashtiriladi;


✓ Kurslar davomiyligi nisbatan qisqa lekin ishga kirishingiz uchun eng kerakli bilim va ko’nikmalarni o’qitishadi.


👉 Darsda qatnashish uchun ro’yxatdan o’ting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc3x2yDzoyIYcMTGHR6mcmcmgX0J8YD9nsuwtuQUOPR_HNxFA/viewform

📍 Mirzo-Ulug’bek tumani, Mo’minov ko’chasi, 7/2, Uzinfocom binosi ichida

☎️ Telefon:
+998951902222
+998977411372

🔗@ustudy_uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻqishga kiritib qoʻyish va diplomni noostrifikatsiya qilish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki oʻzini “Taʼlimni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplomini noostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-04-17

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.

👨‍⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!

✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.

✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨‍🎓Magistratura: masters.kiut.uz

☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Endilikda toifa testlari boʻyicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkentda O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.

Forum yakunida oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xaritalari” imzolanishi rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘quvchilarning vaqtincha xorijiy davlatga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamalar portaliga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etadi.

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo‘lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan o‘qituvchilarini xabardor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

Maktab direktori quyidagi holatlarda o‘quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini va Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi:

xorijiy davlatga vaqtincha chiqib ketgan o‘quvchilar xorijda bo‘lish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bir xafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar;

ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

Maktab direktori har yili 25-mayga qadar o‘quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan (o‘quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o‘quvchilar bundan mustasno) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.

Mazkur o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.”

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97393

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2024-yil 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 14-aprel (to‘lov qilish 15-aprel) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel