uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

#jobfair

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti joriy yilning 2-may kuni mamlakatimizning barcha oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun oʻtkaziladigan anʼanaviy boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi – KIUT Job Fair-2024 ga taklif etadi.

Tadbir doirasida:

🔷 Ish beruvchi kompaniya va tashkilotlar va ularda mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishasiz.

🔸“Axborot tizimlari muxandisligi” yoʻnalishi talabalarining eng soʻngi loyihalar taqdimoti guvohi boʻlasiz.

🔹“Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan yaratilgan libos kolleksiyalarini koʻrasiz.

🔸Rangtasvir yoʻnalishi talabalari bilan ijodkorlik mahoratingizni sinab koʻrasiz.

🔹Kitob yarmarkasida ishtirok etib eng arzon narxlarda kitob xarid qilishingiz mumkin boʻladi.

🔸Va albatta xonanda Dilnoz Hakimovaning eng soʻngi xitlaridan bahramand boʻlasiz.

❗️Shuningdek, universitetda mavjud yoʻnalishlar va qabul jarayonlariga qiziqish bildirgan abituriyentlarni ham mehmonga taklif qilamiz.

☎️+ 998 78 129 40 40 (ichki raqam 1)

www.kiut.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati

Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.

✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!

📆 Ertaga, 27-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan 5⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

📆 Test vaqti: 27-aprel (kun davomida)
💻 Test tillari: O'zbek va Rus
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash

👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash

👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

‼️‼️‼️‼️
Matematika fanidan attestatsiya imtihonlari boshlanishiga ham roppa-rosa 1 kun qoldi

Ba'zi ustozlarimiz esa hali ham tushgan savollar va ularning yechimlarini qayerdan topish kerakligini, savollarni qanday tez ishlash usullarini o'rgatuvchi kanalni haligacha qidirib yuribdi 🧐

2022-yildan buyon ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanuvchi va shu paytgacha 1000 dan ziyod ustozlarni attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli o'tishiga hissasini qo'shib kelayotgan @attestatsiya_online kanali haqida bilarmidingiz?

Ertadan boshlanadigan imtihon savollari va ularning yechimlarini birinchilardan bo'lib o'rganib borishingiz uchun hoziroq @attestatsiya_online kanaliga obuna bo'lishni unutmang 😊

P.S. bugun kechki soat 20:00 da ham aynan shu kanalda attestatsiya imtihonidan avval aynan nimalar qilish kerakligi haqida zarur tavsiyalar va amaliy masalalarga asoslangan dars bo'lib o'tadi

👉 @attestatsiya_online
👉 @attestatsiya_online
👉 @attestatsiya_online

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:

xalqaro olimpiada g‘oliblari;
ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
➖Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
–top 10% talabalarga 100% grant;
–keyingi 10% talabalarga 70% grant;
–keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Pedagogik mahorat bo‘yicha yangi testlar joylandi

Pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

O‘qituvchilarning talab va istaklardan kelib chiqqan holda, diagnostika testlari o‘tkazilayotgan telegram botlarga pedagogik mahorat bo‘yicha yangi test savollari joylandi.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi.

Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi.

Bosh vazir topshirig‘i bilan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari dars oʻtishlariga rozilik berilgani haqida xabar bergan edik.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

Unda umumtaʼlim maktablari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.

O‘ZBEK TILI

9-sinf Jismoniy tarbiya
9-sinf Matematika
9-sinf O'zbekiston tarixi
9-sinf Ona tili va adabiyot
9-sinf Matematika spetsifikatsiyasi
11-sinf Davlat va huquq asoslari
11-sinf Fizika
11-sinf Geografiya
11-sinf Ingliz tili
11-sinf Matematika
11-sinf Ona tili va adabiyoti
11-sinf O'zbekiston tarixi
11-sinf Kimyo
11-sinf Matematika spetsifikatsiya

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-sinf matematika spetsifikatsiya

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф География фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф Кимё фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф Она тили ва адабиёт фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф Ўзбекистон тарихи фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-sinf Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy nazorat materiallari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-sinf Jismoniy tarbiya fanidan namunaviy nazorat materiallari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Matematika fani bo‘yicha yangi testlar joylandi

Pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

O‘qituvchilarning talab va istaklardan kelib chiqqan holda, diagnostika testlari o‘tkazilayotgan telegram botlarga matematika va pedagogik mahorat bo‘yicha yangi test savollari joylandi.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktab bitiruvchilari oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihon topshiradi va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi

Muhokamalar portaliga "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish va davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan oʻtgan bitiruvchilarga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi.

Har bir bitiruvchining bandlik holatini onlayn monitoring qilib borish maqsadida kasb.maktab.uz platformasini “bandlik xizmati” (abkm.mehnat.uz) axborot tizimi va boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.

Mazkur sertifikat O‘zbekiston Respublikasi milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga tenglashtiriladi.

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Viloyat hokimi «Telefonsiz maktab» loyihasini qo‘llab-quvvatlagan maktabga 300 million so‘m topshirdi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «Telefonsiz maktab» loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so‘m pul mukofotini topshirdi.

Qayd qilinishicha, ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.

Shu yil fevral oyida Zoir Mirzayev maktab direktorlari bilan o‘tkazgan muloqotida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifini ilgari surib, buni amalga oshirgan maktablarni 300 million so‘m bilan taqdirlashga va’da bergan edi.

Keyinroq, Angren shahridagi 13- va 17-son umumta’lim maktablarida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilgani, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning telefonlari maxsus javonlar, qutilarga solib qo‘yilayotgani haqida xabar berildi. Ta’kidlanishicha, bu chora o‘quvchilarning e’tiborini ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratadi.

Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati yig‘ilish o‘tkazib, ta’lim muassasasida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgani va bu barcha tomonidan birdek ma’qullangani aytildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 kun vaqt qoldi

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik.

📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 27-aprel (to‘lov qilish 28-aprel) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga 2 kun qolganini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari (yozma qismi) 2024-yil 11-12-may (shanba, yakshanba) kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi

📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.

⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Утверждены методические рекомендации и материалы по проведению итоговой государственной аттестации учащихся выпускных классов

на русском языке

9-класс Математика
9-класс Узбекский язык (Государственный язык)
➖9-класс История Узбекистана
9-класс Физическая культура
9-класс Физика
9-класс Русский язык и литература
11-класс География
11-класс Английский язык
11-класс Химия
11-класс Математика
11-класс Узбекский язык (Государственный язык)
11-класс История Узбекистана
11-класс Русский язык и литература
11-класс Основы государства и права

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-sinf Matematika spetsifikatsiya

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф Физика фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф Инглиз тили фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф Математика фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

11-синф Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан намунавий назорат материаллари

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-sinf Oʻzbekiston tarixi fanidan namunaviy nazorat materiallari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

9-sinf Matematika fanidan namunaviy nazorat materiallari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak?

Xabaringiz bor, Hukumat (10.01.2024 17-son) qarori bilan umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatini olish uchun test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilandi.

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

Qarorda abituriyentlarga beriladigan imtiyoz aniq koʻrsatilgan boʻlib, 65 balldan oʻtgan abituriyent “A +, A” darajaga ega boʻladi va OTMga kirishda oʻsha fandan maksimal ballga ega boʻladi.

Oʻtgan yillarda olingan milliy sertifikatlar 100 ballik tizimda hisoblanar edi va oʻqituvchilar uchun ustama belgilash boʻyicha qoʻshma qarorda 100 ballik tizim boʻyicha minimum 80 va undan yuqori ball, boshlangʻich taʼlim ustozlari (ona tili va adabiyot va matematika fanlaridan) minimum 60 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda ustama toʻlanishi belgilangan edi.

Hozirlikcha vakolatli vazirliklar tomonidan qoʻshma qarordagi oʻzgarish va ballar haqida rasmiy maʼlumot berilmadi.

Biroq bizga bu borada juda koʻp savollar yuborilgani uchun mustaqil mutaxassislardan izoh soʻraganimizda pedagoglarga minimum A daraja (65 — 69,9 ball), boshlangʻich taʼlim ustozlar esa minimum C daraja(46 — 49,9 ball) olgan taqdirda ustama toʻlanishi mantiqan toʻgʻri boʻlishini maʼlum qilishdi.

Vazirliklar tomonidan bu haqida rasmiy maʼlumot berilsa kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel