uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bog‘cha va maktablarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

2024-yil 7-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va mezonlarning baholash koʻrsatkichlarini hamda hisoblash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 146-son buyrug‘i qabul qilindi.

➖1-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini ichki baholash tartibi;

➖2-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini tashqi baholash tartibi;

➖3-ilova – Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi;

➖4-ilova – Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi tasdiqlandi.


Zarur jadvallar 👉 (xls formatda)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bu videoni oxirigacha ko‘rishingiz shart!

Barcha bitiruvchi oʻquvchilar va ularning ustozlari diqqatiga! “University of Business and Science” Fan olimpiadasining 2-mavsumi start oldi!

🥇 Vodiy bo‘ylab o‘tkaziladigan fan olimpiadasining bu yilgi sovrin jamg‘armasi 4 MLRD so‘mni tashkil qiladi!

👨🏻‍💻 O‘tgan yili 10 mingga yaqin o'quvchilarini jalb qilgan olimpiada bu yil 15 mingdan ziyod bitiruvchilarni qamrab oladi.

— Tarix;
— Fizika;
— Ingliz tili;
— Matematika;
— Ona tili va adabiyot fanlaridan
o‘tkaziladigan olimpiada 18-19-may kunlari universitetning yangi o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi.


🏆 G’oliblar grant kvotalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan, ularning o‘qituvchilari esa noutbuklar bilan taqdirlanadi.

UBS — siz orzu qilgan universitet!

🖤 Youtube orqali tomosha qiling

◽️ UBS bilan ilmga yo‘l oching!

Telegram:
@ubsuzbekistan
Web-sayt:
https://ubsu.uz/

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda

Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda.

❌ 2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi.

➡️ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi.

❌ Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi.

➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi.

➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi

Muhokamalar portaliga joylashtirilgan qo‘shma qaror bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi.

Loyihada ayrim sertifikatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda:

➖GRE va GMAT sertifikatlarida faqat Quantitative Reasoning qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi;

➖Digital SAT) sertifikatida faqat matematika (math) qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi;

Ushbu sertifikatlar quyidagi pedagoglar uchun amal qiladi:


➖oʻzbek tili va adabiyot fani sertifikatini olgan ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglar uchun;

➖rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun;

➖TRKI sertifikati taʼlim tili rus tili boʻlmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi;

Avvalroq, ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/4647/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi

Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi.

Loyihada ayrim sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarish va ayrim tillar bo‘yicha yangi sertifikatlar qo‘shish taklif etilmoqda,

Shuningdek, loyihada mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar ustamalar qoʻllash ko‘rsatib o‘tilgan.

Avvalroq, ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Muhokamada ishtirok etish👇
https://regulation.gov.uz/oz/d/98472

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.

❤️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ OTMlarning 2024-25-o‘quv yili qabuliga oid asosiy yangiliklar

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilingan asosiy yangiliklar

Magistratura va doktoranturaga xorijiy til bilish sertifikati talabi pasaytirildi

👉Batafsil

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi

👉Batafsil

Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi

👉Batafsil

Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi

👉 Batafsil

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi

👉 Batafsil

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Bunda:
— abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan.

Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi.

Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6 -maydagi 263-son qarori bilan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy urta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM tasdiqlandi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi.

Rahbariyati va oʻqituvchilari ragʻbatlantirishga tavsiya etilgan umumiy o'rta ta'lim maktablari roʻyxati har oʻquv yili yakunida eʼlon qilinadi hamda keyingi bir oʻquv yili davomida ushbu maktabning oʻqituvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda oʻqituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish tartibi haqida kanalimiz (@uztdi) orqali maʼlumot berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi);

➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak);

➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma;
➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.

▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

❗️2022-hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2024-yilda ham amal qiladi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/4496/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi.

Biologiya
Chizmachilik
CHQBT
Davlat va huquq asoslari
Fizika
Geografiya
Informatika
Ingliz tili
Iqtisod
Jismoniy tarbiya
Kimyo
Matematika
Musiqa
Ona tili va adabiyoti
O`zbek tili
Tarbiya
Tarix
Texnologiya
Texnologiya va dizayn

Kimlar kasbiy sertifikatlashdan o‘tkaziladi? — 👉 /channel/uztdi/8070

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi.

❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.

👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Quyidagi hujjatlar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi:

➖o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➖imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➖o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/4677/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi davlat granti har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi haqida xabar bergan edik.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov
ushbu yangilik bo‘yicha intervyu berdi:

"Bu yil o‘tgan yilgidan farqi grantga ega bo‘lgan talaba bir yil davomida grantga ega bo‘ladi. Bir yilni natijasi bo‘yicha uning bahosi tahlil qilinadi.

Agar uni to‘plagan ballari kontraktda o‘qiyotgan yoshlarni balidan past bo‘ladigan bo‘lsa, kontraktda o‘qiyotgan yuqori ballga ega bo‘lgan yoshlarimiz u yerdagi grant o‘ringa tavsiya qilinadi va ularni ichidan eng yaxshi ball to‘plaganlarga grant qayta taqsimlab beriladi."


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi.

Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

🎓Magistratura va Doktorantura uchun Turk tili sertifikati ham qabul qilinadi!

🇹🇷 Turk tili ona tilimizga yaqinligi sabab, boshqa tillarga nisbatan o'rganish ancha oson!

Siz ham qisqa muddatda Turk tilini o'rganib, til sertifikati olishni xohlaysizmi

📍"Hilol Edu" o'quv markazi sizni tez fursatda o'rganish mumkin bo'lgan Turk tili darslariga taklif etadi!

Hoziroq bizga murojaat qiling, biz sizni markazimizda kutib qolamiz!

📞 +998332878888

Telegram va instagram sahifalarimizga obuna bo'lishni unutmang 👇🏻

✈️ Telegram 🌐 Instagram

📍Manzilimiz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 28-iyun kuni “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.

🔹 Maqolalarni 2024-yil 15-iyunga qadar @markaz_2024_bot telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi

Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

✅ Barcha tillar (shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda.

❌ Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda:

Ingliz tili bo‘yicha
➖Test of English for International Communication (TOEIC)*

Fransuz tili
Test de Connaissance du Francais (TCF)

Itaylan tili bo‘yicha
➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)


Yapon tili bo‘yicha
➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

Nemis tili bo‘yicha

➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

Arab tili bo‘yicha
➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

Avvalroq, magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-3

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti.

Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi

Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

➖ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy yilning 6-, 7-, 8-may kunlari Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Metodik marafon o‘tkazilmoqda.

Xususan, shu yilning 6-may kuni Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida “Malakali ustoz – millat koʻzgusi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Jarayon tafsilotlari bilan video orqali tanishishingiz mumkin.

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/zoANjOl-ebY

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi.

Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. 

Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi.

👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

📚Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.

👫 Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.

Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 https://talimxabarlari.uz/4330/

👉 @Oylikhisoblaydigan_bot — Oylik hisoblash uchun bot.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Tarbiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi.

👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalida

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel