uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

❓ Abituriyentmisiz?

Qaysi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga topshirishni bilmay qiynalyapsizmi?

Tanlagan yoʻnalishingiz va oʻtgan yilgi kirishi ballariga qiziqyapsiz, ammo ishonchi maʼlumotlarni topa olmayapsizmi?

🤓 Unda, Sizga @mandat_javobbot'ni tavsiya qilamiz!

🔹 Ushbu bot orqali oʻzingiz istagan oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishishingiz mumkin!

🔹 Shu bilan birga menyudagi oʻqishni koʻchirish boʻlimi orqali baholash mezonlari, super kontrakt miqdorlari va boshqa maʼlumotlarni tez va oson topasiz.

✔️ @mandat_javobbot'dan foydalanib, vaqtingiz va imkoniyatlaringizni tejang.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

❌ Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborildi:

Ingliz tili bo‘yicha
➖Test of English for International Communication (TOEIC)*

Fransuz tili
Test de Connaissance du Francais (TCF)

Itaylan tili bo‘yicha
➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)


Yapon tili bo‘yicha
➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

Nemis tili bo‘yicha

➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

Arab tili bo‘yicha
➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#xushxabar #rasmiy

⚡️Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

✅ Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.

Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?

Nizomga ko‘ra (28.04.2014 ro‘yxat raqami 2577) darsliklar yoki OʻMQlardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki OʻMQlar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:

birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning bir baravari miqdorida;

2-4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

5-9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan xotin-qizlarga beriladi

Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.

Kredit kimlarga beriladi?

➖ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
➖ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

➖ Kunduzgi;
➖ Sirtqi;
➖ Kechki.


Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

📈 Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️9-sinflar uchun matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi

🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur'a tashlandi.

☑️ Bunda o‘quvchilar 5- va 7- savollar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo‘ldi.

❗️Ayrim telegram kanallarda vazirlik tomonidan e’lon qilingan 9-sinf matematika fanidan namunaviy nazorat materiallaridagi 5- va 7-savollardagi topshiriqlar beriladi deb noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Vazirlik tomonidan e‘lon qilingan savollar asosida 9- va 11-sinflar yakuniy attestatsiyasi uchun variantlar qayta shakllantiriladi.

Ya’ni 9-sinf matematika uchun baholash mezoniga ko‘ra 10 ta mavzuning har biridan bittadan savol tanlab olinadi. Barcha savollar avval e’lon qilingan to‘plamdan olinadi, biroq o‘quvchi imtihonda aynan qaysi savolga javob berishini avvaldan bila olmaydi.

Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi.

Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi.


↗️ Yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish va baholash mezonlari hududiy boshqarmalar orqali barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktablariga yetkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hurmatli taʼlim ishtirokchilari, ustozlar va ota-onalar,

🗂 Ayni kunlarda umumiy oʻrta taʼlimda baholash jarayonining joriy holati va mavjud muammolarni oʻrganish hamda davlat taʼlim standartlari talablarini bajarilishiga erishish, bunda taʼlim oluvchilar va taʼlim beruvchilarning hisobdorligini oshirish maqsadida amaliyotchi oʻqituvchilar, soha mutaxassislari va ota-onalar fikri oʻrganilmoqda.

❇️ Endilikda Siz ham umumiy oʻrta taʼlimda baholash talablarini takomillashtirish boʻyicha takliflaringizni taqdim etishingiz mumkin. 

📤 Buning uchun soʻrovnomada ishtirok etib, takliflaringizni yuborishingizni soʻraymiz.

✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/NxieaCJBrmA5GKXT9

📌 Har bir murojaat mutaxassislar va olimlar tomonidan oʻrganib chiqiladi va baholash tizimini takomillashtirishda foydalaniladi.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!


Kanalga ulanish:👇
/channel/trm_metodika

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida yaxshi baholarga oʻqiydigan talabalarga ajratiladi

Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.

birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi.

Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim.

Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantirilish ta’minlanadi.

2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda ayrim shtatlar qisqartirilishi mumkin

Muhokamalar portaliga “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qoʻshma qaror loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga koʻra, 2018-yil 29-dekabrdagi qarorga (Adliyadan roʻyxatdan oʻtgan raqami 3119) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Xususan, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda quyidagi shtat birliklar qisqartirilishi mumkin:

➖direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari
➖yuriskonsult
➖yoshlar yetakchisi
➖hamshira
➖laborant
➖ustaxona mudiri


Loyiha bilan tasdiqlanadigan mazkur shtat birliklarini 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etish taklif etilmoqda.

Muhokamada ishtirok etish👇
https://regulation.gov.uz/oz/d/99426

Avvaloq ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ayrim shtatlar qisqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.

➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishi maʼlum qilamiz.

✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin

Prezident farmoniga asosan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan tartib va shartlar boʻyicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi.

Bunda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bir talaba uchun ajratiladigan mablagʻ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarida bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.

Davlat granti kvotalarining oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi.

Oliy taʼlim tashkilotlari moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi va oʻquv-metodik taʼminotiga muvofiq, keyingi oʻquv yili uchun oʻz qabul parametrlarini shakllantiradi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

Vazirlik oliy taʼlim tashkilotlari qabul parametrlari asosliligini oʻrganadi hamda ularni davlat komissiyasiga kiritadi.

Davlat komissiyasi qabul parametrlarini davlat granti va toʻlov-kontraktga ajratgan holda oliy taʼlim tashkilotlari va tillar kesimida tasdiqlab, Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi

Prezidentning Farmoniga asosan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

➖boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

➡️Bitiruvchilarga yuboramiz 💥

☎️ Murojaat uchun: +998555009944

🧑‍💻 @kiu_uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?)

Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

💵 Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

🗓 Yanvar iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️TKT va TESOL bilan ustama olish uchun CEFR tizimining B2 sertifikati talab qilinadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov pedagoglarning takliflariga asosan TKT va TESOL sertifikatlari yangi qarorda ham ustama to‘lanadigan ro‘yxatga kiritilganini ma‘lum qildi.

Biroq yangi qarorga ko‘ra, TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari bilan ustama olish uchun pedagoglardan Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati ham talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumat qaroriga asosan 2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozim.

Qaror ushbu sertifikatlarga tegishli 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan (29-may) e’tiboran ikki oydan keyin (29-iyul) kuchga kiradi.

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu qaror loyihasi boʻyicha bildirilgan taklif va mulohazalar vazirlik rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan batafsil oʻrganib chiqildi hamda aksariyati inobatga olindi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 28-iyun kuni “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.

🔹 Maqolalarni 2024-yil 15-iyunga qadar @markaz_2024_bot telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#xushxabar

⚡️Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi

Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515)

Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: 4 milliard so’mlik GRANT eʼlon qilindi

🇺🇿 Respublika miqyosida Millat Umidi Universiteti va Oliygoh.uz platformasi hamkorligida, maktabning 11-sinf hamda akademik litseylarning 2-bosqich bitiruvchilari, talabalar va abituriyentlar uchun 4 MILLIARD so’mlik “MILLAT UMIDI” grantiga start berildi.

🏅Tanlov 3 bosqichdan iborat bo’lib, g’oliblar esdalik sovg’alari va Millat Umidi Universitetida tahsil olish uchun GRANT bilan taqdirlanadilar.

Hujjatlar shu yilning 3-iyuniga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.

🔗Ro’yxatdan o’tish:
/channel/millatumidibot

👉Batafsil ma’lumot;

@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo'nalishi uchun 4 yillik 40% grant e'lon qilindi

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishiga o‘qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Prezidentimiz tashabbusi asosida tashkil etilgan ushbu davlat oliygohida, Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo'nalishi talabalarining barchasiga 4 yillik 40% grant ajratiladi.

⚡️ Bundan tashqari siz 50%, 70%, va 100% lik grantlarni ham qo'lga kiritishingiz mumkin.

👉 Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

🎗 Darslar xorijlik va mahalliy professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Batafsil: @newuzbekistanuniversity

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“UBSda o‘qimoqchiman!”UBS fan olimpiadasi qanday o‘tdi?

Vodiy bo‘ylab o‘tkazilgan “University of Business and Science” fan olimpiadasining 2-mavsumi sovrin jamg‘armasi 4 mlrd so‘mni tashkil qildi!

O‘tgan yili 10 mingga yaqin o‘quvchilarini jalb qilgan olimpiada bu yil 15 mingdan ziyod maktab bitiruvchilarini qamrab oldi.


🏆 G‘oliblar UBS tomonidan 4-yilgacha beriladigan grant va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“University of Business and Science”da qabul boshlanishiga 2️⃣ kun qoldi.

🌐 ubsu.uz veb-sayti

☎️
+998781132626, +998907894242

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️TKT va TESOL sertifikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov pedagoglarga ustama belgilashda inobaatga olinayotgan TKT va TESOL sertfikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berdi.

Avvaloq pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yilgan edi. Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, loyihaga bildirilgan takliflar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib chiqilmoqda va yakuniy qarorga kelinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi.

Prezident Farmoni

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📢 O‘quv markazlari rahbarlari uchun ajoyib yangilik: ta'lim muassasangizni rivojlantirish uchun noyob imkoniyat!

Agrobank va UDEA universiteti o‘quv markazlari rahbarlari uchun maxsus tadbir tashkil etmoqda. Tadbir ularning faoliyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etishga qaratilgan bo‘ladi.

Ishtirokchilar tajriba almashishlari, qimmatli bilimlarga ega bo‘lishlari va o‘z tashkilotlarini rivojlantirishning yangi usullarini topishlari mumkin bo‘ladi.

Davra suhbatida bank xodimlarining oʻquv markazlarida malakasini oshirish va ularning biznesini rivojlantirish uchun kreditlar ajratish imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.

📆 29 May, soat 15:00
📍 41.2674179,69.1673436,12z/data=!4m8!4m7!1m0!1m5!1m1!1s0x38ae8b5387e89e01:0x16b3e1190dce45ec!2m2!1d69.2497444!2d41.2674473?entry=ttu">UDEA kampusi —  Yakkasaroy tumani, Boshliq 3

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Keyingi yildan chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda muhokamalar portalida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirishda tan olish rejalashtirilayotgan sertifikatlar ro‘yxati (yuqoridagi rasmda) e’lon qilingan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Endi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli testdan so‘ng tanlanadi

Prezident Farmoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

🗓birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

📝 o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi;

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili boʻyicha koʻrsatma xat

Pedagoglarning har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarini reja-jadvalga asosan (navbat bilan) oʻz vaqtida va qonunchilik talablari asosida (toʻgʻri) amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiya jarayonlarida qatnasholmaganlarga yana imkoniyat beriladimi?


✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari matbuot anjumani ushbu savolga ham javob berdi:

"Hukumat qarori(№572)da qo‘shimcha test olish degan norma yo‘q. Shunga qaramay bugungi kunda attestatsiyada ishtirok eta olmagan pedagoglar haqidagi ma’lumotlar o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra ular uchun alohida test o‘tkaziladi yoki yo‘q degan qarorga kelinadi", — dedi vazir o‘rinbosari.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🌸 Yapon madaniyatiga qiziqasizmi? U holda JDU Yaponiyani o'zingiz uchun kashf etishingizda birinchi qadam bo‘la oladi!

Biz sizga nimalar taklif qilamiz:
• Yaponiya bozoriga mos IT bilimlari;
• O‘zbekistonda turib Yaponiya oliygohlarida ta'lim olish;
• Yaponiyada ishga joylashish imkoni.

Shuningdek, bizning dasturlarimiz har bir talaba yapon madaniyatini o‘rganishga to‘liq kirishishi uchun ishlab chiqilgan. Bu orqali siz kelajakda muvaffaqiyatli karyerangiz uchun ishonchli poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

🎓 Universitetimizda siz quyidagi yo‘nalishlarda ta'lim olishingiz mumkin:
• "Muhandis-dasturchi";
• "Kompyuter grafikasi va dizayn";
• "Sun'iy intellekt";
• "Kiberxavfsizlik";
• "Filologiya va tillarni o'qitish" (yapon tili);
• "Turizm".

⏰ Bugunoq JDU’ga hujjatlaringizni topshiring va orzuingiz sari ilk qadamni tashlang.
Shunday ekan imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

👉  HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

japandigitaluniversity?feature=shared">Youtube I Telegram I Facebook I Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel