Taʼlim nazorati (@uztdi)ning muhokamalar guruhida va botimiz(@uztdibot)ga nodavlat universitetlarda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar yoki ularning ota-onalari tomonidan:
👉 O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari davlat ro‘yxatidan o‘tganmi?
👉 Litsenziyalangan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyati davlat tomonidan kafolatlanadimi?
👉 Bu borada qonunchilikda qanday normalar belgilangan?
kabi savollar yuborilmoqda.
"Munozara maydoni" ko‘rsatuvida Ta’lim inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov yuqoridagi kabi savollarga javob bergan edi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi
Tanlovda qatnashgan abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish va OTMlarda kontrakt, grant uchun o‘tish ballarini bilib olishlari mumkin.
Bilimlarni baholash agentligi tomonidan 2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi. Saytda avval hudud, keyin OTM, ta’lim shakli va tili tanlanganidan keyin grant va kontraktga o‘tish ballari kelib chiqadi.
O‘tish ballarini bilish o‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun muhim. Ya’ni super-kontrakt asosida o‘qish niyati bo‘lganlar ballari super-kontraktning 4 ballik arzon turiga mos kelish yoki kelmasligini bilib olishlari mumkin.
2024-yilgi o‘tish ballari bilan quyidagi telegram botlar orqali tanishish mumkin:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Professional ta'lim muassasalariga tanlov boshlanadi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
📌 Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
⭐️ Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!
Yakuniy mandatni quyidagi botlar orqali ko'rish mumkin:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❗️Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan
Ayrim telegram kanallarda oʻqishcha kira olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan (super) kontakt asosida oʻqishga kirishi mumkin degan xabar bilan oʻtgan oʻquv yili uchun tasdiqlangan miqdorlar eʼlon qilinmoqda.
OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilandi. 2024-2025 o‘quv yili uchun miqdorlari hali tasdiqlanmagan va e’lon qilinmagan.
Yaʼni ushbu miqdor joriy yilda oʻzgarishi mumkin. Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari tasdiqlansa kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.
2023/2024-o‘quv yili uchun belgilangan super kontakt miqdorlari bilan quyida tanishishingiz mumkin: 👉 /channel/uztdi/7530
Yakuniy mandatni quyidagi botlar orqali ko'rish mumkin:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija
✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini quyidagi usullarda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
3️⃣ Quyidagi telegam botlar yordamida (menyudan sayt orqali tekshirish qismini tanlang):
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda
Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan anʼanaviy III “Ustozlar Milliy forumi” boʻlib oʻtmoqda.
Forumda trener sifatida ishtirok etayotgan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi Sevara Xasanova joriy yilgi forum ham yuqori saviya tashkil etilganini taʼkidlar ekan, sohadagi yangiliklarni ustozlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etayotganini maʼlum qildi.
🔹Batafsil: https://bit.ly/3As79UI
— — — — — —
Продолжается третий «Национальный форум педагогов»
В данный момент проходит традиционный III «Национальный форум педагогов», организованный Министерством дошкольного и школьного образования.
Руководитель отдела Республиканского научно-методического центра развития образования Севара Хасанова, принимающая участие в форуме в качестве тренера, отметила, что и в этом году форум организован на высоком уровне, и подчеркнула важность доведения до педагогов инноваций в этой области.
🔹Подробно: https://bit.ly/3YINZEh
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
⚡️Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.
❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.
✅Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda kanalimiz(@uztdi)da e'lon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Eng arzon kontrakt qaysi Universitetda ekanligini bilarmidingiz?
🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universiteti O'zbekiston bo'ylab eng arzon kontrakt narxlarini taqdim qilmoqda
Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud:
Yo'nalishlar:
— Maktabgacha taʼlim
— Boshlang'ich taʼlim
— Pedagogika
— Biologiya
— Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili, ingliz tili, rus tili)
— Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yich)
— Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)
— Texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
— Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
💸 Kontrakt narxlari — 8 mln so'mdan boshlanadi
Siz ham arzon narxda, qulay sharoitda o'qishni, professional ustozlardan ta'lim olishni istasangiz, quyidagi manzillar orqali ro'yxatdan o'ting👇
📲 Onlayn hujjat topshirish: niuedu.uz
☎️: +998555000043
Telegram | Instagram | Web-sayt
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Tibbiyot texnikumlariga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi
Joriy yilning 14-17-avgust kunlari Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi tibbiyot texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
🎓 Hamkorlik memorandumiga asosan, ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va ular quyidagi tibbiyot texnikumlariga suhbat asosida imtihonsiz qabul qilinadi:
👉 Namangan xalqaro tibbiyot texnikumi
👉 Sino tibbiyot texnikumi
👉 Med Invest tibbiyot texnikumi
✅ Testda ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi.
✔️ Test sinovlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan qiziqish bildirgan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin. Uzoq hududlardan keladigan talabalar uchun tibbiyot texnikumlarida yotoqxonalar mavjud.
📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!
🔤 Axborot texnologiyalari va menejment universitetida 2024–2025 o’quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda
Bakalavr yo'nalishlari:
✅Boshlang’ich ta’lim;
✅Filologiya va tillarni o’qitish(arab, ingliz, rus);
✅Tarix;
✅Axborot tizimlari va texnologiyalari;
✅Kiberxavfsizlik injiniringi;
✅Dasturiy injiniring;
✅Iqtisodiyot;
✅Menejment;
✅Matematika;
✅Maxsus pedagogika(defektologiya);
✅Maktabgacha ta’lim;
✅O’zbek tili va adabiyoti;
✅Milliy goya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
✅Psixologiya;
✅Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
✅Bank ishi;
✅Kompyuter injiniringi;
✅Arxitektura;
✅Tarix;
✅Iqtisodiyot;
✅Matematika;
✅Kompyuter injiniringi;
✅Lingvistika (tillar);
✅Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta’lim).
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi xodimlar lavozimlar kesimida qaysi nomenklatura tegishli ekanligi tasdiqlandi
2024-yil 1-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Ushbu buyruqning ilovalari bilan quyidagilar tasdiqlandi:
1-ilova — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar RO'YXATI
3-ilova — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hisob-nazorat nomenklaturasiga kiruvchi kelishiladigan lavozimlar RO‘YXATI
6-ilova — Hududiy boshqarmalar hisob-nazorat nomenklaturasiga kiruvchi kelishiladigan lavozimlar RO‘YXATI
7-ilova — Hududiy boshqarmalar nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov o'tkazish bo’yicha komissiyaning namunaviy TARKIBI
8-ilova — Hududiy boshqarmalar hisob-nazorat nomenklaturasiga kiruvchi kelishiladigan lavozimlar RO‘YXATI
9-ilova — Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar RO’YXATI
10-ilova — Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo'yicha komissiyaning namunaviy TARKIBI
11-ilova — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlov jarayonlarini o'tkazish bo‘yicha vazir o'rinbosarlarini hududlarga biriktirish JADVALI
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi
Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi.
Bunda:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirildi;
byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshirildi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etiladi
Bu haqda AOKAda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Unga koʻra “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari haftada quyidagi navbatda tashkil etiladi:
➖Dushanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) oʻqituvchilari uchun;
➖Seshanba — Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, oʻzbek tili/rus tili) oʻqituvchilari uchun;
➖Chorshanba — Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan — Sciyence) oʻqituvchilari uchun;
➖Payshanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) oʻqituvchilari uchun;
➖Juma — Xorijiy tillar oʻqituvchilari uchun;
➖Shanba — Amaliy fanlar (tasviriy sanʼat, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik) va boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun.
💵 Ushbu tadbirlarda mentor-oʻqituvchilargadirektor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
✔️ Kasbiy rivojlanish kunlari tegishli fan oʻqituvchilari uchun asosan kasbiy rivojlantirish tadbirlarida ishtirok etadigan ish kuni hisoblanadi.
❗️ “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari oʻtkaziladigan vaqtda tegishli fan oʻqituvchilari maktablardagi dars mashgʻulotlari va boshqa tadbirlarga jalb qilinmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha
❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.
Shundan:
👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
ABITURIYENTLAR UCHUN XUSH XABAR!
❗️Davlat imtihonlaridan "yiqilgan" abituriyentlar uchun yana bir bor talaba bo’lish imkoniyati.
— Hujjatlar onlayn shaklda - qabul.aifu.uz sayti orqali qabul qilinadi.
❗️UzBMB (DTM) natijangiz bilan imtihonsiz talaba bo’lishingiz mumkin.
Belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan abituriyentlarda SUPER KONTRAKTSIZ talaba bo’lish imkoni bor. Super kontrakt to’lab oʻqishga kirishga shoshilmang. SIZDA YAXSHIROQ IMKONIYAT BOR!
➖17 ta bakalavriat yo'nalishlari (kunduzgi va sirtqi)
➖12 ta magistratura mutaxassisliklari
➖O'zbekistonda tan olinadigan diplom
➖170 ta GRANT o’rinlari
➖Talabalar uchun yotoqxona
➖BEPUL til va IT kurslari
➖Xitoy va Malayziyada qo’shma ta’lim
➖Work & Travel qilish imkoniyati
➖Hamkor kompaniyalarda amaliyot qilish
📢 Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda. DTM (UZBMB) natijangiz bilan Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi bo'ling!
⚡️Nega aynan Osiyo Xalqaro Universiteti?
🔸 27 ta yo‘nalishlar bo‘yicha keng tanlov imkoniyati
🔸 Bakalavr, magistratura, ordinatura, doktorantura
🔸 Sirtqi, kechki, kunduzgi ta‘lim dasturlari
🔸 ︎ 5 ta zamonaviy kampus
🔸 ︎ Rektor stipendiyalari
🔸 Xalqaro hamkorliklar va amaliyot dasturlari
🔸 Davlat namunasidagi diplom
📑 27 ta yo'nalish bo'yicha ro'yxatdan o'ting!
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📥 Ariza topshirish: qabul.oxu.uz
📳 Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022)
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube
📚 Endilikda DTM da to’plagan balingiz bilan Navoiy Innovatsiyalar Universitetining talabasi bo’lishingiz mumkin!
Undan tashqari:
- Navoiy Innovatsiyalar Universiteti O'zbekiston bo'ylab eng arzon 8 million so’mdan boshlanadigan kontrakt narxlari taqdim qilmoqda
- 2 mlrd Grant ajratilgan va qo’shimchasiga, 6 million so’mgacha stipendiya ham olishingiz mumkin;
Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud;
Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.
❗️Online ariza topshirish: https://niuedu.uz/uz/cv
✅Biz bilan bogʻlaning: (55)5000043
Telegram | Instagram | web-sayt
👍👍👍👍
UzBMB natijasi (DTM ball) bilan UBS talabasi bo‘ling!
👍 Hurmatli abituriyentlar, “University of Business and Science” Siz uchun rad etib bo‘lmas imkoniyatni taklif qiladi!
UzBMB natijangiz bilan UBSda imtihonsiz talaba bo‘ling va taʼlim sifati yuqori universitetda o‘qing.
👉 UBS haqida umumiy ma’lumot
👉 UBSning 300 ta ta’lim granti
👉 Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya
👉 Talabalarga 1 semesterlik grant
👉 Kontraktga 1-3 mln so‘mlik vaucher
👉 Til sertifikati borlarga stipendiya
👉 Qarindoshlar uchun 10% chegirma
👉 Sinfdoshlar uchun 10% chegirma
UBSning 35 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlarida qabul davom etmoqda:
ubsu.uz/educations/bachelordirections
Hoziroq hujjat topshiring va talaba bo‘ling.
🌐 qabul.ubsu.uz
☎️ +998781132626, +998907894242
Kunduzgi ta’lim — 15.640.000 so‘m
Sirtqi ta'lim — 9.860.000 so‘m
Telegram | Instagram | Veb-sayt
❗️Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilinmaydi
Hukumat qarori(02.02.2024 №87)ga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma- bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi hamda qaror bilan tasdiqlangan reglamentda “talabgor — kasbiy sertifikat olishga da’vogar bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotidagi stajor-o‘qituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi o‘qituvchi” — ekanligi belgilab qo‘yilgan.
❌ Biroq, ayrim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlari tomonidan pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra ish joyini o‘zgartirayotgan nomzodlarni ham stajor-o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish hamda oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan, vazir o‘rinbosari imzolagan xatda hududiy boshqaramalarga mazkur ko‘rsatib o‘tilgan tavsiya asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlariga tegishli tushuntirish ishlarini olib borish hamda muammoli holatlar yuzaga kelganda bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘ralgan.
MMTVning 2023-yil 9-avgustdagi 02-01/3-1188-son xatida stajor-o‘qituvchini ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha zarur tasviyalar berilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Bugun, soat 17:00da ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuborilgan arizalarni tahrirlash yakunlanadi
🔰 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
1-sentabrdan til sertifikatini olishdagi o‘qish xarajatlari qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi takomillashtirilishidan kelib chiqib, hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat bilan 1-sentyabrdan boshlab xorijiy tillarni bilishning xalqaro imtihon tizimlaridan kamida C1 va unga tenglashtirilgan daraja olgan yoshlarning 6 oygacha bo‘lgan o‘qish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda mablag‘ qoplab beriladi.
Bunda imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari — 1,02 mln so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar ajratiladi.
Yoshlarga ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan olingan ayrim sertifikatlar uchun o‘qish to‘lovlari qoplab beriladi. Bunda quyidagi xalqaro imtihon tizimlari nazarda tutilgan:
➖IELTS;
➖Test DAF;
➖Goethe-Zertifikat;
➖DELF/DALF;
➖TCF;
➖TOPIK I-II;
➖JLPT;
➖NSK.
Joriy yilning 1-sentyabridan 2027-yilgacha mazkur tillar bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.
Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/7414/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.
Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kasbiy sertifikat sinovlariga bepul tayyorlanish imkoniyati mavjud
Maktablarga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 20-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur sinovlarda ishtirokchilarga:
Mutaxassislik fanidan -40 ta;
Pedagogik mahorat boʻyicha -10 ta;
jami 50 ta savol beriladi.
Har bir toʻgʻri javob uchun 2 baldan beriladi.
Kasbiy Sertifikat olish uchun 56 va undan yuqori ball toʻplash kerak boʻladi.
Kasbiy sertifikat sinovlariga quyidagi telegram bot orqali tayyorlanishingiz mumkin:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
✔️Test topshirishlar e‘lon qilingan spetsifikatsiya asosida malakali testologlar tomonidan tuzilgan bo‘lib, tez fursatda yangi testlar joylashtiriladi.
👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: /channel/uztdi/8242
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Yuqori ball olgan abituriyentlarning barchasi grant asosida oʻqishga qabul qilinadimi?
2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida “Umumiy kvotada grant uchun ajratilgan ulushining taqsimlanish tartibi qanday?” savoliga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari javob berishdi.
"Davlat granti ulushi joriy yilda yoʻnalishlar uchun umumiy kvotaning qanchadir ulushida taqsimlanishi belgilangan.
Buni tushuntiradigan boʻlsak, yurisprudensiya yoʻnalishiga grant ulushi 10 foiz deb belgilangan. Toshkent davlat Yuridik universitetini misolida koʻradigan boʻlsak, kvota soni 600 ta va uning 10 foizini 60 ta davlat granti kvotasiga toʻgʻri keladi.
Ushbu koʻrsatkichni oʻtgan yilgi grant soni bilan solishtirsak, bir necha barobarga oshgan. Yaʼni, statik holatda grant taqsimlanganda, koʻplab oliygohlarga kam grant berilayotgan edi.
Hozirgi ulush eng maksimal holat, yaʼni bir OTMning biror yoʻnalishiga ajratilishi mumkin boʻlgan grantning eng koʻp miqdori shu boʻlishi mumkin.
Toshkent davlat yuridik universitetiga ajratilgan umumiy 600 ta kvotaning 10 foizini oladigan boʻlsak, 60 ta grant olishi mumkin. Shunda ham agar eng bilimli va yuqori natija olgan abituriyentlar yuridik universitetini tanlagan boʻlsa. Agar ular Diplomatiya, Milliy yoki Transport universitetini tanlagan boʻlsa, bu yerda grant soni 60 taga ham yetib bormasligi yoki teskarisi boʻlishi mumkin.
Shundan xulosa qilish mumkinki, respublika boʻyicha yurisprudensiya yoʻnalishiga ajratilgan grant soniga koʻra, shu yoʻnalishga hujjat topshirgan abituriyentlarni eng yuqoridan saralaganda, shu sonda turgan abituriyentlarning hammasi ham davlat granti asosida oʻqishga kiradi degani emas.
Chunki abituriyentlarda tanlov ustuvorligi, OTMlarda abituriyentlar qamrovi hamda grant ulushi bor. Deylik, qaysidir abituriyentga Yuridik universitetda kontraktda oʻqish Milliy universitet yurisprudensiya yoʻnalishida grantda oʻqishdan ustunroq boʻlishi mumkin. Boshqa bir abituriyentga esa qaysi OTM boʻlishidan qatʼi nazar grantda oʻqish muhim boʻlishi mumkin. Shuning uchun abituriyentlarga tanlash uchun davlat granti va taʼlim yoʻnalishi ustuvorligi taqdim etilgan.
Xulosa qilib aytganda, respublika boʻyicha grant sonidan turgan abituriyentlarning hammasi ham grantga kiradi degani emas va bu ularning tanlovi"
⚡️Magistratura mandati 20-avgustga qadar e’lon qilinadi
2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha, 2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning o‘qish javoblari joriy yil 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Toshkent gumanitar fanlar universiteti abituriyentlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. (Universitetning Toshkent shahrida ham filiali mavjud.)
Universitetda kontrakt narxlari 9 million so'mdan boshlanadi.
Siz bu yerda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:
👉 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
👉 Logistika
👉 Xalqaro munosabatlar
👉 Marketing
👉 Menejment
👉 Maktabgacha ta'lim
👉 O'zbek tili va adabiyoti
👉 Turizm
👉 Milliy g'oya ma'naviyat asoslari
👉 Huquq
👉 Sun'iy intellekt
👉 Pedagogika
👉 Axborot texnologiyalari
👉 Jismoniy tarbiya
👉 Tarix
👉 Biologiya
👉 Boshlang'ich ta'lim
👉 Pedagogika va psixologiya
👉 Filologiya tillar bo'yicha
👉 Iqtisodiyot
🏢 Uzoq viloyatlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Murojaat uchun:
📞+998903993034 @TGFUqabul2
📞+998903993134 @TGFUqabul1
⚡️ Yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi
2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.
Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialiga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.
Hujjatlar 25-avgustga qadar onlayn tarzda qabul.mpei.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
⚠️ Filialda taʼlim jarayonlari RUS TILIDA olib boriladi!
🎓O‘qish muddatlari:
• Kunduzgi ta’lim shaklida – 4 yil;
• Sirtqi ta’lim shaklida – 5 yil.
Qabul kvotasi bu yerda👈
⚠️ Kirish imtihonlari test sinovlari orqali rus tilida quyidagi fanlardan amalga oshiriladi:
• Matematika
• Rus tili
📞 Maslahat markazi ish vaqti: 9:00 – 17:00 gacha, yakshanba – dam olish kuni
+998951457741; +998951457742
+998951457743; +998951457744
+998951457745
Eslatma: Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi
2024-yil 1-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Ushbu buyruqning 12-ilovasi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
Endi maktab direktorilikka nomzodlardan kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kamida 5 yillik pedagogik stajdan tashqari menejerlik sertifikati ham talab qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali