Sinoni hattoki Qoraqalpogʻistondan turib tanlashgan!
💛 Bilim masofa tanlamasligini isbotlagan matonatli talabamiz aynan Sino tibbiyot texnikumini tanlab, bu yerda tahsil olayotgani va bu ishidan mamnun ekanligi haqidagi ushbu videoni oxirigacha koʻring.
📞 +99873-200-00-88
🚀@stt_admin
📍Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi
Telegram | Instagram | Facebook | sinotexnikum">YouTube | sinotexnikum">TikTok
❓Men 2024-yil 29-iyulga qadar TKT sertifikatini 3 ta modul bo‘yicha band 3 darajasini olganman. Menga ustama to‘lanishida B2 sertifikati talab etiladimi?
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Adliya vazirligidan 2024-yil 29-may kuni 3515-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) qabul qilingan.
Mazkur qarorning 3-bobi kuchga kirgunga qadar olingan (2024-yil 29-iyuldan kuchga kirgan) TKT (bunda, 3 ta modul boʻlishi va har bir modul kamida band 3 darajada boʻlishi zarur) sertifikatiga ega boʻlgan oʻqituvchi sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida ustama toʻlanishi hamda ushbu pedagoglardan kamida CEFR B2 va undan yuqori boʻlgan sertifikatlar talab etilmasligi maqsadga muvofiq.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar ham texnikumga aylantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.
Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
Prezident Qaroriga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:
— 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
— 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
— 2025-yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab taʼlimini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqot- lar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.
🔹 Maqolalarni 2024-yil 30-oktyabr qadar @TRM_2024_bot ga yoki rtrimmarkaz@gmail.com manzilidagi elektron pochtaga orqali yuboring.
🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.
Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!
— — — — — —
🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!
🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования продолжается прием статей в связи с проведением 5 ноября 2024 года международной научно-практической конференции «Стратегии улучшения школьного образования на новом этапе развития: вызовы, проблемы, исследования и решения»
🔹 Вы можете отправить статью до 30 октября 2024 года на Telegram @TRM_2024_bot.
🔹 Подробная информация в информационном письме.
Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
TMC Institute da qabul yopilishiga 10 kun qoldi!
• 17ta dan ortiq yo'nalishlar
• Kunduzgi, sirtqi va ma'sofaviy ta’lim shakli
• Kontrakt miqdori 12 mln so’mdan boshlanadi
• To'lovni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin
Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va TMC Institute talabasi bo‘ling!
🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032
📍 Yandex Lokatsiya
❤️ Telegram Yozish
📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)
Telegram | Instagram
⭕️⭕️⭕️ Qabul tugashiga 7 kun qoldi!
NIU eng ilg'or xususiy oliy ta'lim maskanidir! Kelajakdagi kasbingiz kafolati faqatgina NIUda!
NIU sizni kutmoqda, tanlovda adashmang!
Shuning uchun vaqtni qo'ldan boy bermay, hoziroq ariza qoldiring va talabalik baxtiga erishing.
❓Qanday hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi murojaatlari rad etilishi mumkin?
Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki Vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:
👉 pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;
👉 pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;
👉 so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
👉 attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).
📌 Davlat xizmatlari ko‘rsatishni mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.
❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.
👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://talimxabarlari.uz/9871/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovini o'tkazish to'g'risida
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi.
Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari esdalik
sovg‘alari hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofoti hamda faxriy yorliq bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 30 mln so‘m;
2-o‘rin – 20 mln so‘m;
3-o‘rin – 10 mln so‘m.
Tanlovda faol hamda munosib ishtirok etgan o‘qituvchilar “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng yaxshi notiq” kabi nominatsiyalar bo‘yicha alohida taqdirlanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
ZARMED Universiteti Buxoro kampusida 7000 o'rinli 2-o'quv binosi ochildi
✨ 16-sentyabr kuni Universitetning Buxorodagi 2-o'quv binosi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Yuqorida tadbir atmosferasini ulashdik.
ZARMED Universiteti Samarqand va Buxoro kampuslarida 21 ta kunduzgi va sirtqi, 5 ta magistratura, 17 ta ordinatura hamda 10 ga yaqin qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha qabul davom etmoqda. 🔥
📑 Litsenziya (№298590, 06.08.2022)
👉 Ariza topshirish
Zamonaviy sharoitlarda, sifatli ta'lim olib, davlat diplomiga ega bo'lishni istagan yigit-qizlarga ZARMED Universitetini tavsiya etamiz.
⚡️Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra,
➖ 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;
"3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
➖ Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.
➖ Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
➖ Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi.
➖ Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanloviga start berildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi!
Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
❗️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim.
Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:
1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti;
2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va joriy yilning 20-oktyabriga qadar davom etadi.
Tanlov shartlari 👉 https://talimxabarlari.uz/9575/
Tanlovning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!
❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:
🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
👨🏻💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.
✔️ Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#rasmiy_bayonot
“Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.
Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Uzum British Management University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Uzum milliy raqamli ekotizimi mutaxassislari talabalar uchun ma’ruzalar o‘tkazadi, shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga yordam beradi.
Uzum operatsion direktori Roman Lavrentev va Toshkentdagi British Management University rektori Konrad Ozog hamkorlik memorandumini imzoladilar — memorandum doirasida kompaniya va universitet qo‘shma kurslar va tadbirlarni, shuningdek, bitiruvchilar uchun amaliyot va ishga joylashish dasturlarini o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
— Ushbu hamkorlik talabalarimiz uchun yangi ufqlarni ochadi — birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan biz Uzum bilan yosh mutaxassislarga qiyinchiliklarga tayyor bo‘lish va kelajakda o‘z o‘rnini topishga imkon beradigan noyob ta’lim dasturlarini yaratishimiz mumkin
— Biz mamlakatimizning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Uzum ham orzudagi ish beruvchi, ham o‘z sohasida eng yaxshi ustozlarning komagi bilan karyera qurish mumkin bo‘lgan joy bo‘lishini istaymiz. Va biz millionlab o‘zbekistonliklar uchun raqamli servislarni birgalikda yaratish uchun tajriba almashish, yosh mutaxassislarni o‘qitish va ularga yordam berishga doim tayyormiz. Shunday ekan, qadrli talabalar va bitiruvchilar, bizni katta maqsadlar va buyuk ishlar kutmoqda!
⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
⚡️Umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi 301-sonli buyrug‘i bilan quyidagilar tasdiqlandi:
1️⃣-ilovaga muvofiq milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi;
2️⃣-ilovaga muvofiq milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Verifikatsiyani tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
➖talabgor o‘zi ishlayotgan maktabdagi masʼul xodimga ERP tizimiga kiritishi uchun sertifikat aslini va ushbu sertifikat nusxasini taqdim etadi.
➖maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan ushbu sertifikat nusxasini bir ish kuni ichida ERP tizimiga yuklaydi va haqiqiyligini tekshirish uchun hududiy boshqarma masʼuliga yuboradi.
➖hududiy boshqarmalardagi masʼul xodimlar: kiritilgan hujjatlarni belgilangan talablarga mosligini oʻrganadi.
➖belgilangan talablarga mos boʻlmagan sertifikatlarni tahrirlab maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga qaytarib yuboradi.
➖kiritilgan maʼlumotlar sertifikat nusxasiga mos va haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng verifikatsiyani tasdiqlaydi.
✔️ Sertifikatlar maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan ERP tizimiga yuklangandan keyin 15 kun mobaynida buyruq bilan tasdiqlangan masʼul hududiy xodimlar tomonidan verifikatsiyadan oʻtkaziladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Ovozli_chat #Chet tili #Gapirish
Bilimni baholash agentli tomonidan chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (videotaqdimot).
Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://talimxabarlari.uz/9871/
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 29-sentyabrga qadar davom etadi.
💴 To‘lovlar esa 30-sentyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 12-13-oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti
🔹 1-oktyabrdan boshlab pedagog xodimlar oyligi oshiriladi
🔹 Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin
🔹 O’qishni ko’chirish imtihonidan o’tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?
🔹 Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi
🔹 Umumta’lim fanlaridan sertifikat imtihonlariga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
🔹 Milliy gvardiya xodimi bo‘lish uchun qanday imtihonlardan o‘tiladi?
🔹 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasigacha onlayn ariza berish kerak
🔹 Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlarning qanday huquqlari bor?
🔹 Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi
🔹 Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha mablag‘ talab etiladi?
🔹 Endilikda medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi
🔹 “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkaziladi
🔹 Chet tili imtihoni o‘tkazilish sanalari e’lon qilindi
🔹 Kollej va texnikumlarda qo‘shimcha qabul ochildi – vazirlik
🔹 Yangi oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy til sifatida qaysi tillar o‘qitiladi?
🔹 Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Shifokor bo’lmoqchimisiz? Lekin hali ham qayerda o’qishni bilmayapsizmi?
Eng to’g’ri tanlov Sino tibbiyot texnikumi!
Yo'nalishlar:
🩺 Hamshiralik ishi;
🚑 Feldsherlik ishi
📁 Litsenziya №217206
Murojaat uchun:
📞 +99873-200-00-88
🚀 @stt_admin
📍Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi
Telegram | Instagram | Facebook | sinotexnikum">YouTube | sinotexnikum">TikTok
#Qabul_2024_2025
📣 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul davom etadi!
Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi.
✔️ Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentabrga qadar my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.
Bunda, abituriyentlar tomonidan ta’lim tilini o‘zgartirgan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin
Ushbu fuqarolar Oliy ta’lim, fаn vа innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan yozma imtihоnlаr natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
⚡️#Diqqat
Barcha uchun muhim! Endilikda ta‘lim sohasidagi barcha muammoli savollarga Yurist Xizmati malakali yuristlari orqali masofadan turib yordam olishingiz mumkin!
Malakali yurist xizmati orqali:
➖Qonuniy asoslantirilgan yozma yurist javobini olish;
➖Yurist bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanish;
➖Barcha turdagi Yuridik hujjatlarni tayyorlatishingiz mumkin!
Bu xizmat hayotingiz mobaynida muammoga duch kelganingizda juda asqotadi, shu sababli rasmiy Yurist Xizmati kanaliga ulanib qo‘ying👇
👉 Yurist Xizmati rasmiy kanaliga ulanish
⚡️Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar roʻyxati va oʻquv dasturlari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 300-sonli buyrug‘i bilan:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan ikkinchi xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) til oʻquv dasturlari 1-6-ilovalarga muvofiq;
2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:
uch kun muddatda mazkur buyruqni ikkinchi xorijiy til oʻqitish amaliyoti joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;
ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish;
har chorakda ikkinchi xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar toʻgʻrisida vazirlikka maʼlumot kiritish vazifalari yuklatildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🟡 Nega hali ham hujjat topshirmadingiz?
🎓 Ta'lim sifati chet elnikidan qolishmaydigan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.
📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43
Hoziroq ariza topshiring va muvaffaqiyatli talaba bo'ling
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
✍️ test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📌 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari e’lon qilindi
Kvota chiqdi. Omadingiz kelmagan bo‘lsa afsuslanmang, UBSga hujjat topshirishingiz mumkin.
👍 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi,sifatli ta’lim olish uchun barcha sharoitlarga ega universitet — UBS’da qabul jarayonlari davom etmoqda.
UBS talabalar uchun quyidagi imkoniyatlarni taklif qiladi:
👉 300 ta ta’lim granti
👉 Bir semestrlik grant
👉 Kontrakt uchun vaucherlar
👉 Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya
👉 Til sertifikati uchun chegirma
👉 Oilaviy o‘qiydiganlarga 10 foiz chegirma
👉 Sinfdoshlar uchun 10 foizlik chegirma
✔️ UzBMB natijasi bilan imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati ham mavjud.
Hoziroq bizga qo‘ng‘iroq qiling va talaba bo‘ling.
☎️ +998940414446, +998940119889, +998948830030
📄 UBS litsenziyasi uchun havola
Kunduzgi ta’lim — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim — 9 860 000 so‘m
👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!
Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 12-iyundagi "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 187- son buyrug‘i qabul qilingan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali