uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

📣Ertaga Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlanadi

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi.
 
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
 
📌Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
 
Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma orqali ma’lum qilingan.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.
 
Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:
 

– farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;
 
– issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;
 
– imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);
 
– ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

 
❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
 
1-smena: soat 8:00 da
2-smena: soat 12:00 da

 
📞Savollar bo‘yicha: 1206

✔️ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🏢 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 7-iyul sanasidan 15-iyul sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

Quyidagi havola orqali ushbu institutda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishni belgilagan abituriyentlar imtihon kuni, vaqti va guruhini bilib olishi mumkin:

👉 San’atshunoslik: sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi;
👉 San’atshunoslik: kino san’ati tanqidi va tahlili;
👉 San’atshunoslik: teatrshunoslik
👉 San’atshunoslik: san’at jurnalistikasi;
👉 Aktyorlik san’ati: dramatik teatr va kino aktyorligi;
👉 Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi;
👉 Aktyorlik san’ati: maqom teatr aktyorligi;
👉 Aktyorlik san’ati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi;
👉 Aktyorlik san’ati: estrada aktyorligi;
👉 Rejissyorlik: kino va televideniye rejissyorligi;
👉 Rejissyorlik: estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi;
👉 Rejissyorlik: dramatik teatr rejissyorligi;
👉 Rejissyorlik: qo‘g‘irchoq teatr rejissyorligi;
👉 Rejissyorlik: musiqali teatr rejissyorligi;
👉 Kino-teleoperatorlik;
👉 Xoreografiya: xoreografiya jamoalari rahbari;
👉 Xalq ijodiyoti: folklor ijrochiligi;
👉 Xalq ijodiyoti: an’anaviy xonandalik;
👉 Xalq ijodiyoti: cholg‘u ijrochiligi;
👉 Xalq ijodiyoti: vokal ijrochiligi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Kasbiy (Ijodiy) imtihonlar o‘tkazish jadvali


Bogʻlanish uchun telefon raqamlar:

(+99871) 230-28-48
(+99871) 230-28-42

📍Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalong‘och dahasi, 127-“a” uy.

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan institut hududiga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“Jasorat maktablari”ga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

“Jasorat maktablari”ga o'quvchilarni qabul qilish va o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3636-son, 01.07.2025 y.)

🔰 Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) o'quvchilarni qabul qilish va o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.

✔️ Jasorat sinflariga o'quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya'ni bitta sinfga 26 nafar o'quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

⌛️ Jasorat sinflarida o'qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.

📝 Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo'nalishi bo'yicha test sinovlari iyul oyida o'tkaziladi.

📋 Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o'quvchilarga tayanch o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o'quvchilarga umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning lavozim maoshlariga 100 foizgacha oylik ustamalar toʻlanishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilindi.


🌐Unga koʻra:

◀️ oliygohlarda xorijiy tillar boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning chet tilida maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun lavozim maoshlariga 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanishi mumkin (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno);

▶️ dotsent lavozimiga bir muddatga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarga mos ravishda “Dotsent” boʻlimida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari to‘lanishi belgilandi;

◀️oliygohda faoliyat yuritayotgan boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan oshmasligi belgilandi.

🖇 Shuningdek, talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan, biroq BHMning 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi.

☑️Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida jamoat transporti bekatlariga yaqin boʻlgan litsey, texnikum va oliy taʼlim tashkilotlarining boʻsh turgan maydonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari o‘qitish uchun tadbirkorlik subyektlariga oʻquv markazlarini tashkil etish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolari orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#imtihon_2025

📣Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich kirish imtihonlari joriy yilning 12-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

✅ Sinov jarayonlari matematika va ingliz tili fanlaridan (har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etiladi. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi.

➖ Birinchi bosqich natijalariga koʻra eng yuqori koʻrsatkichga ega 300 nafar nomzod aniqlanadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Talabgorlar imtihon oʻtkaziladigan joy nomi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat oliy ta’limni sifatli shakllantirish vaqti keldi

Xususiy oliy ta’lim so‘ngi yillarda jadal rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Bu jarayonda ta’limga investitsiya kirituvchi yangi tashkilotlar, zamonaviy yondashuvlar, xalqaro sherikliklar paydo bo‘ldi. Lekin sohaga talab darajasida yetarli tizimli yondashuv bo‘lmagani uchun ta’lim sifatida turli darajadagi muassasalar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shu sababli Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarori muhim ahamiyatga ega. Qarorda ta’lim sifatini ta’minlash va talabalar manfaatlarini himoya qilish uchun yangi, aniq va qat’iy mezonlar belgilab berilgan.

Endi yangi tashkil etiladigan xususiy OTMlar faoliyatini ikki bosqichda tashkil etishi shart: avval litsenziya olinadi, so‘ngra ta’lim dasturlari davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

Bu qaror xususiy sektorni cheklamaydi, balki o‘z yo‘nalishini aniq belgilagan, sifatli ta’lim berish salohiyatiga ega real muassasalarni tartibga soladi, soha nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Taʼlim ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3635) bilan “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ustalar har 5 yilda bir marta majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan yoki taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirganlar mutaxassisligi boʻyicha uch yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgandan soʻng majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi.

Ustalar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin.

Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.

Ustalar har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.

Attestatsiyadan oʻtkazish 2 bosqichda (umumiy 100 ballik) amalga oshiriladi:
1-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanadi (20 ballik);
2-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy va amaliy koʻnikmalari baholanadi (80 ballik).

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida taʼlim tizimi samaradorligi oshiriladi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida taʼlim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oʻqitishning dual taʼlim shakli joriy etiladi:

🔸 1-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;

🔸 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.

📝 2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumtaʼlim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:

🔸 har oyda 1 marotaba 7–9-sinf oʻquvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashgʻulot sifatida oʻqitadi.

2025-yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi.

Ekotizim doirasida har yili talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi 20 ta gʻoya” tanlovi eʼlon qilinib, saralab olinadi;

💸 Shuningdek, amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy ragʻbatlantiradi.

🔗 2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

🧭 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📄 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6-iyul kuni boʻlib oʻtadi

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

🗓 Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda “Taʼlim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu gʻoya jamiyatimizda katta harakatga aylanayotganligini ta'kidladi.

Yaqinda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“O‘quv sifatini yetarlicha taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta'lim vaziri “Daryo”ga bergan intervyusida sirtqi ta'lim shaklining tugatilishiga asosiy sabab ta'lim sifatining yetarlicha ta'minlab bera olinmagani ekanini ma'lum qildi.


“Biz bu yo‘nalishda taʼlim sifatini 100 foiz taʼminlab bera olmaymiz. Chunki bilamizki, talabalarning ko‘pchiligi ish bilan band, vaqtida darsga kela olmaydi. Buni hammamiz ko‘rib turibmiz, yashirishga hojat yo‘q”, – dedi u.


Vazirning aytishicha, endi o‘qish istagidagilar uchun sirtqi o‘rniga masofaviy ta'lim shakli yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda nazorat kuchliroq bo‘ladi. Talaba har kuni kompyuteridan darsga kirib, masofadan o‘qishi kerak bo‘ladi. O‘rniga boshqa odam kirsa yoki imtihonlarda qanaqadir “shpargalka”dan foydalanaman desa, uning kompyuteri avtomatik tarzda o‘chirib qo‘yiladi.

“O‘zi butun dunyoda sirtqi taʼlim shakli yo‘q. Biz kredit-modul tizimiga o‘tdik, dunyodagi top-300 talik reytingdagi universitetlar dasturlarini qabul qilyapmiz. Xorijdan professor-o‘qituvchilarni ishga taklif qilyapmiz.

Yevropa, Amerika yoki boshqa davlatlarga qarasangiz kunduzgi, kechki, masofaviy va uzaytirilgan taʼlim shakllari mavjud. Talabalarga institutni to‘rt yilda emas, 5–10 yilda ham bitirish imkoniyati beriladi. Shuning uchun bundan qo‘rqish kerak emas. O‘rniga muqobil taʼlim shakli berilyapti”, – dedi Sharipov.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️APTIS sertifikatlarini magistraturaga va ishga kirishda hamda o‘qituvchilarga ustama belgilashda inobatga olish rejalashtirilmoqda

"Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qo‘shma qaror loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced sertifikatlarini ham kiritish rejalashtirilgan.

Magistratura qabul qilishda inobatga olinadigan ro‘yxatga esa ❌ Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) o‘rniga✅ Aptis ESOL Advancedni kiritish rejalashtirilgan.

Maktab kollej va litsey o‘qituvchilarini ishga qabul qilish va ustama belgilashda Aptis ESOL for Teachers, oliy tashkilotlari pedagoglariga esa Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced inobaatga olinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, APTIS for teachers sertifikati 2021-yildagi qarorga asosan tan olib kelingan va 2024-yilda qarorga o‘zgatirish kiritilib ro‘yxatdan chiqarib tashlangan edi.

👉 Qaror loyihasi muhokamasida ishtirok eting hamda oʻz fikrlaringizni bildiring.

📍 Muhokama jarayonlari shu yilning 3-iyuliga qadar davom etadi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.

🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

⏱️ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Abituriyent #Qabul2025


⚡️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun to'lov qilishning oxirgi kuni

🎓 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish kecha (25-iyun kuni) soat 23:59 da yakunlandi.

📱 Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni bugun (26-iyun kuni) soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.

❗️ 26-iyun
kuni (bugun) soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi (to‘lovdan ozod qilingan abituriyentlar bundan mustasno).

Quyidagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod qilingan:

joriy yil bitiruvchilari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bilimingizni sinab ko‘rmoqchimisiz?
Unda 6-iyul, yakshanba kuni sizni Qarshi Xalqaro Universitetida kutamiz!

📕 Bepul SINOV TEST — bilimlaringizni tekshiring, o‘zingizni sinab ko‘ring!
Start: 09:00

📍Lokatsiya
💳 Pasport/ID kartani olishni unutmang!

Savollar bo‘lsa — qo‘ng‘iroq qil: 55 500 99 44

®️Ro'yxatdan o'tish uchun ariza qoldiring https://forms.gle/f31gQirXeVYC1xry7
🧠 Keling, kim zo‘r — aniqlaymiz!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kasbiy (ijodiy) imtihoni bor abituriyentlar uchun ruxsatnomalar chiqdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Oddiy yo’nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar ham tayyorlanmoqda.

"Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi", – deyilgan Bilim va malakarni baholash agentligi axborotida.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

👨‍🎓 3️⃣3️⃣3️⃣ SIUT — kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov!

Yoz — o‘z yo‘lingizni tanlash va orzular sari dadil qadam tashlash vaqti.
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) Sizga zamonaviy, xalqaro standartlarga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan dual ta’limni taklif etadi.

Nega aynan SIUT?
Zamonaviy o‘quv dasturlari va tajribali xorijiy professorlar;
Yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tash;
Yevropa, Janubiy Koreya va Xitoyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati;
Maxsus grant va imtiyozli dasturlar.

BAKALAVRIAT YONALISHLARI:

School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)

🇫🇷 French Higher School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)

🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

🇰🇷 Korean Institute of Technology and Culture (KITC)
– Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy)
– Dizayn (Design)
– Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy)
Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi.

🤖 School of Computing
– Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence)
– Kiberxavfsizlik (Cyber Security)

📈 Business School
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
– Xalqaro logistika (International Logistics)


📄 Hujjat topshirish muddati: joriy yil 15-iyulgacha (shu kuni ham).
👤 Online qabul ℹ️ Qabulga oid barcha ma'lumotlar

🗓 Imtihon sanasi: 2025-yil 16-iyul. Fanlar: chet tili (ingliz yoki fransuz) va matematika.

☎️ Call-markaz: +998557055005
📍 Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy

🛫 Telegram 📅 Facebook 📷 Instagram 🎞 siut_uz">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

👍👍👍👍👍👍

🖊 Kirish imtihonlarini siz qanday tassavur qilasiz?

Uyqusiz tunlar... Stress... "Kirolmasam, dadamga nima deyman?" qo‘rquvimi?

💘 Unda hoziroq videoni ko‘ring va yengil nafas oling: UBSda hammasi boshqacha!

Tiqilinch auditoriyalarsiz!
“Kech qolsam-chi?” kabi vahimalarsiz!
Ortiqcha stress va rasmiyatchiliklarsiz!

Imtihonlarni onlayn topshirasizmi yoki oflayn — buni siz hal qilasiz!


🎓Shuningdek, a’lo natijalarga erishgan, ilmiy va tarbiyaviy faoliyatda faollik ko‘rsatgan abituriyentlarga 2 o‘quv yili uchun 300 ta UBS granti taqdim etiladi.

🌐 qabul.ubsu.uz
☎️  +998781132626, +998555202626
🗒 Litsenziya (№ 733430)

🏛 Sen talaba bo'la olasan!

Rasmiy sahifalarimiz:
👍 Telegram | 👍 Instagram

👍 Facebook | 👍 ubsuzbekistan">YouTube | 👍 Linkedin

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

TAFUda qabul davom etmoqda!

🎓 15-iyulgacha utas.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tib, onlayn test topshiring25% gacha chegirma asosida talaba bo'lish imkoniyatini qo'lga kiriting!

Toshkent amaliy fanlar universitetida 4 fakultet bo’yicha 19 ta ta’lim yo’nalishida tahsil olishingiz mumkin.

Kelajak
- amaliy bilim va real tajribada!

👉 www.utas.uz — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 10–12-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

📍 Kirish imtihonlari talabgorlarning o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

📍Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganch shaharlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.


🧭 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Univertur" dasturining ISFT instituti faoliyatiga bag'ishlangan soni efirga uzatildi

Ushbu havola orqali poytaxtimizda joylashgan International School of Finance Technology and Science (Moliyaviy Texnologiyalar va Fanlar Xalqaro Instituti) faoliyatiga bag‘ishlangan ko'rsatuvni to’liq tomosha qilishingiz mumkin:

Ko‘rsatuv davomida:

👉 Qariyb 10 yillik tarixga ega Toshkent va Samarqanddagi filiallari mavjud nufuzli institut afzalliklari;

👉Xalqaro akkreditatsiyaga ega ushbu nufuzli oliygohda grant asosida o‘qish imkoniyati;

👉 Davlat namunasidagi diplom, xalqaro sertifikatlar va ishga joylashishga yordam;

👉 talabalar uchun yaratilgan sharoitlar;

👉 hamkor korxonalarda amaliyot o'tash imkoniyati;

👉 ISFT institutining boshqa oliygohlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


😎 https://youtu.be/Fkc3kWk9-24?si=aHLlTXeaA17Ksx2H

📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

ISFTda chegirma asosida oʻqish uchun doʻstlaringizni taklif qiling

Bu — kontrakt uchun 57% gacha chegirma ham demakdir.

ISFTga o‘qishga olib kelgan har bir do‘stingiz uchun kontrakt to‘lovidan chegirma taqdim etiladi:
🔘1-do‘st uchun — 7%;
🔘 Keyingi har bir do‘st uchun — 5% dan.

Bularning barchasi maxsus gologrammali stikerlar orqali qayd etib boriladi.

Eslatma: Dastur faqat kontraktning 1/4 qismi to‘langandan so‘ng kuchga kiradi.

Batafsil — videoda!

📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #Texnikum

⚡️ Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi

🔰 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

▪️Platformaga:
🔹 tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
🔹 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shundan:
🔹118 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;
🔹20 650 nafari dual ta’lim shakliga.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Navoiy viloyatidagi maktabga oʻquvchilari faolligi uchun BYD avtomobili topshirildi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Turin politexnika universiteti hamda Fan olimpiadalari markazi hamkorligida IBRO–2025 olimpiadasi tashkil etildi.

Ushbu olimpiadada eng faol qatnashib, o‘quvchilari yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 6-umumta'lim maktabi jamoasiga bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili topshirildi.

IBRO–2025 g‘oliblar ro‘yxati: https://bit.ly/46ndmz3

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvda hududlarning ta'lim sohasi bo‘yicha natijalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi
bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔴ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA

🟤Alfraganus universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi!

🟤8 ta fakultet
🟤50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari
🟤10 ta magistratura mutaxassisligi

🟤Har bir yo‘nalish zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan.

— Birinchi marta o‘qishga topshirayotgan abituriyentlar;
— O‘qishni ko‘chirish (transfer);
— Magistraturaga hujjat topshirish — hammasi bir platformada!

🟤Rasmiy qabul platformasi: qabul.afu.uz

🟤Orzuyingizdagi kasb sari birinchi qadamni bugunoq tashlang!

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Magistratura mutaxassisliklari

📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)

☎️+99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter

🗺 Manzil

😁 AFU   |   Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Univertur" dasturining navbatdagi sonida Navoiy innovatsiyalar universiteti bilan yaqindan tanishamiz!

Bugun, 28-iyun kuni soat 20:40 da "Yoshlar telekanalida "Univertur" dasturining Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan Navoiy innovatsiyalar universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan soni efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv davomida:

Rektor stipendiyasi va 2 milliard so'mlik grantlar;

18 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo'nalishlari;

tan olinadigan diplom va ishga joylashishda ko'mak;

➖ talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


Shuningdek, dasturda NIU ning boshqa oliygohlardan farqli jihatlarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

📌 Agar Sizning universitetingiz ham loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz biz bilan bog'laning.

📞 +998 91 080-60-06 ✈️@eduboostmedia

👉 Obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | univerturuz">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

‼️ Abituriyentlar diqqatiga! Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi

Hurmatli abituriyentlar!


📆 2025-yil 25-iyun (bugun) — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni.

📱 Bugun soat 23:59 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin undan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

✅ Shu sababli:

ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi soatlarini kutmang, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting;

ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (ketma-ketligini), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling;

xalqaro sertifikatingiz bo‘lsa, hoziroq tizimga yuklang (xalqaro sertifikatlar bo‘limiga);

test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring (test sinovi uchun to‘lovdan ozod qilinganlar bundan mustasno);

ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingiz (qayd varaqasi) orqali tekshirib oling.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel