uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

Abituriyentlar diqqatiga!

14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

📌 Ruxsatnoma  my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yoki @ruxsatnoma_uzbmb_bot orqali yuklab olinadi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️DIQQAT! ONLAYN TEST YECHIB NUFUZLI UNIVERSITET TALABASI BO‘LISHINGIZ MUMKIN

Bugun — 12-iyuldan boshlab👍Algrafanus universiteti, Taʼlim nazorati, Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 3-ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start berdi.

🎓 Hamkorlik memorandumiga asosan, ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va Alfraganus universitetining 50 ga yaqin yo‘nalishlaridan biriga imtihonsiz qabul qilinadi. (Tibbiyot yo‘nalishlaridan tashqari)

👉 Ishtirok etish mutlaqo BEPUL
👉 Ro‘yxatdan o‘tish SHART

📚Yo‘nalish tanlang va test yechishni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


🔖Test yakunida Universitetga IMTIHONSIZ kirish imkoniyati hamda 1 MLN gacha sertifikatlar va test tahlili beriladi!


👍Alfraganus universiteti — Zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya uyg‘unligi.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #Abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga, 12-iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

➡️ @ruxsatnoma_uzbmb_bot orqali abituriyentlar ruxsatnomasini tez va oson yuklab olishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🚀 Qabul allaqachon boshlangan, siz nimani kutyapsiz?

Har bir daqiqa kechikish — bir imkonni boy berish demak. Navoiy innovatsiyalar universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

🎓 18 ta bakalavriat yo'nalishlari;
🎓 3 ta magistratura mutaxassisliklari;
💰 2 milliard so‘mlik GRANT
📚 Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim
📍 Navoiy va Surxondaryoda joylashgan zamonaviy kampuslar

Bugun ariza topshiring — ertangi kelajagingizga poydevor qo‘ying!

📞 +998555000043
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: USTIGA BOSING

— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 )

Bizning manzillar:
📍 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Test materiallaridan foydalanish (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari

🌍 Nega aynan KIUT?

✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud

✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz

Hujjat topshirish uchun:

📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz
📌 Magistratura: masters.kiut.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Buxoro innovatsiyalar universitetiga qabul davom etmoqda

Kasb tanlashda ikkilanayotgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat. Buxoro Innovatsiyalar Universiteti sizga orzuingizdagi sohaga yo‘l ochadi. Bugun qaror qabul qiling — ertangi muvaffaqiyat shu yerdan boshlanadi!

21 ta bakalavr yo'nalishi
4 ta magistartura mutaxassisligi
Grant va Imtiyozlar
Bir oila a'zolar uchun 10% dan chegirma

Bugun qaror qabul qiling — ertangi muvaffaqiyat shu yerdan boshlanadi!

Ro'yxatdan o'tish:
https://qabul.bitrix24.site
Aloqa: 55-307-50-00;
Telegram:
@BUI_admin

📍Manzillarimiz:
Buxoro shahri, Alpomish ko'chasi, 1-uy,
Guliston shahri, Ezgulik kochasi, 5-a-uy,

🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube | Web sahifa

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣Abituriyentlar diqqatiga! Kirish imtihoniga tayyorlanib, noutbuk sohibiga aylanishni istaysizmi?

🎓 Unda ISFT instituti va Talimxabarlari.uz sayti hamkorligida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida 10-iyul kuni o‘tkazilayotgan bepul diagnostik testda ishtirok eting.

1-imtihonning omadli ishtirokchisi surxondaryolik maktab bitiruvchi Ikramova Anoraga o‘z mukofotlari, noutbuk va ISFT da o‘qish uchun yo‘llanma topshirildi.

💻 Navbatdagi noutbuklar va kontrakt to‘lovi uchun vaucherlar ham o‘z egalarini kutmoqda.

G‘oliblar ro‘yxatida Siz ham bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun shunchaki ISFT testlarida ishtirok etishingiz kifoya.


✅️ Testda ishtirok etish BEPUL!

Yo‘nalish tanlab testni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Matematika + Geografiya
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


Test yakunida sizga tahlil va maxsus sertifikat taqdim etiladi!


🎓 ISFT instituti — iqtisodiyot, moliyaviy texnologiyalar, pedagogika, xalqaro munosabatlar va biznes boshqaruvi sohalarida kuchli kadrlar tayyorlovchi oliygoh.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️SAVOL: Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?

✅ JAVOB:
Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

➡️ @ruxsatnoma_uzbmb_bot orqali abituriyentlar ruxsatnomasini tez va oson yuklab olishlari mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

👉Sertifikatlar ro‘yxati

#Qabul2025 #Magistratura

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kelajagingizni sifatli bilim, xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim asosida qurmoqchimisiz? Osiyo xalqaro universiteti siz izlayotgan imkoniyatlar makoni!

🌍 Bu yerda siz AQSH bilan hamkorlikda tuzilgan qo‘shma dastur orqali xorijiy diplom olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

📚90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari orasidan o‘z qiziqishingizga mosini tanlang — tanlov sizda!

🏅Bilimi va salohiyati bilan ajralib turadigan yoshlarga grant dasturlari orqali katta imkoniyatlar taqdim etiladi.

🏫 Zamonaviy kampus, ilg‘or texnologiyalar, raqamli kutubxona — barchasi sizning qulay va samarali o‘qishingiz uchun yaratilgan.

👨‍🏫 Darslar esa o‘z sohasining yetuk ustozlari tomonidan olib boriladi.

OXU — bu siz kutgan imkoniyat, orzular sari yo‘l ochuvchi ta’lim maskani.

📄
Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.)

Kirish imtihonlari uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🌐 Roʻyxatdan oʻtish: qabul.oxu.uz

📞 Murojaat uchun: +998553050009
Reklama

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Abituriyent ruxsatnomasini endi telegram orqali yuklab olishingiz mumkin

Abituriyentlar ruxsatnomasida:

👉 Тest sinovi topshirish hududi va hududga  kelish vaqti
👉 Test topshirish joyi nomi
👉 Test topshirish manzili
👉 Test topshirish alifbosi
👉 Тalim shakli va Talim til koʻrsatilgan boʻladi.


❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.

👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot
👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

🧭 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📄 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

👉 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #abituriyent


⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🏢 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 7-iyul sanasidan 15-iyul sanasiga qadar bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi havola orqali universitetda 2025/2026-o‘quv yilida kasbiy(ijodiy) imtihonlari o‘tkaziladigan sport bazalari to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin.

📞 Bogʻlanish uchun telefon raqamlar:
+998 77 769-33-69
+998 77 769-88-59
+998 77 337-07-69
+998 77 769-33-59


📍41.4372315,69.535016,343m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x38aefb04418e5385:0xb7ec275ca7b0aae8!8m2!3d41.4373127!4d69.5337941!16s%2Fg%2F11hcdv83m4?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDYzMC4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

📌 Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⁉️O‘tgan yilgi test savollari bu yilgi imtihonda ham takrorlanishi mumkinmi?
 
🎓 Davlat test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi va birinchi smenada tushgan savollar ikkinchi smenaga takroran berilmaydi. Har bir smena uchun alohida test savollari bazasi shakllantiriladi, bu esa imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlaydi.

Texnik jihatdan, ayrim savollar mazmunan yoki shaklan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Chunki testlar davlat ta’lim standartlari asosida tuziladi. Biroq, aynan o‘tgan yilgi test savollari bu yil to‘liq shaklda takrorlanishi ehtimoli juda past.
 

🎥 Davlat test markazi (DTM) tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan videoda quyidagilar qayd etilgan edi:
 
— har bir test smenasi uchun maxsus test topshiriqlari bazasi yaratiladi;
 
— savollar bir smenadan boshqasiga o‘tmaydi;
 
— ushbu tizim yildan-yilga o‘zgarishsiz saqlanib kelinadi.
 
Shuningdek, 2025–2026-yilgi test sinovlarida ham ushbu tartib saqlanib qoladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi

❗️ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻzining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📍Boshqa holatda esa Fargʻona davlat universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Fargʻona shahrida yashovchi fuqaroni boks boʻyicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy taʼlim fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️ Hozirda mazkur oʻqituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#brifing

14-iyuldan 23-iyulga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

◾️2025/2026-o‘quv yili uchun respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.

➖Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.

➖Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

➖Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.

➖Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.

85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan.

➖Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi.

Batafsil videolavhada

👉 Matn shaklida o‘qish.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Bu yil akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi

Qabul jarayonlari kecha, 10-iyul kuni yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 ming 362 ta ariza yuborildi.

➡️ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 ming 568 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 1 ming 370 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi.

➡️ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 373 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda ochildi. Bungacha 2 ming 70 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

⛔️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanib, 5-avgustgacha davom etadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Test sinovlarini o‘tkazish tartibi (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #AkademikLitsey

⚡️Bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning oxirgi kuni


Bugun, 10-iyul kuni 2025/2026 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn hujjat topshirishning so‘nggi kuni.

✔️ Qanday hujjatlar zarurligi, kimlarga imtiyoz berilishi va ro‘yxatda o‘tishda nimalarga e‘tibor berish lozimligi haqida quyida ma‘lumot berilgan: 👉 https://talimxabarlari.uz/5567/

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

*Eslatma:
📂 Qabul kvotasi
bu yerda👈
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
bu yerda👈

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣Hurmatli ota-onalar!

⚡️Ertaga — 10-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!

Imtihonlarda quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

➖ farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

➖ issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

➖ imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning).

❌ Imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang, bu firibgarlikdir. Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

Imtihonlar soat 8:00 da boshlanadi va bir smenada bo‘lib o‘tadi.

❗️Ma‘lumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 1206

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi

Bu haqda IDP test markazi ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.

British Council esa hozircha bu haqda e'lon qilmadi. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmayapti.

Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer-based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami "tarqalib ketgani" va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎯 Ingliz tilini bilasiz, lekin rasmiy sertifikat yo‘qmi?
Endi bu muammo emas!

📚 1 oylik iTEP kursimizga qatnashing va
✅ xalqaro B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiriting!

💬 Kurs davomida siz:
🔹 ITEP formatida savollarga javob berishni o‘rganasiz
🔹 Har kuni amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz
🔹 Speaking, Listening, Reading, Writing bo‘yicha puxta tayyorlanasiz
🔹 Mock testlar orqali o‘zingizni sinab ko‘rasiz

🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, siz ham xalqaro B2 darajadagi iTEP sertifikatiga ega bo‘ling!

📅 Kurs muddati: 1 oy
📍 Joylar soni cheklangan – ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 93 001 90 92

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #abituriyent


⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

🌐 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlari so'raladi.

🔎 Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

📁 Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!

➡️ @ruxsatnoma_uzbmb_bot orqali abituriyentlar ruxsatnomasini tez va oson yuklab olishlari mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️7-iyuldan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish boshlandi.

✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

2025-yil 7-iyuldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

❗️Murojaatlarni yuborish 2025-yil 7-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

✔️ Eslatib oʻtamiz: Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball to'play olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-o‘qituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.

Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #Abituriyent2025

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025 #abituriyent #kasbiy


⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

👍 Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 8-iyul sanasidan 14-iyul sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

Quyidagi havola orqali Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishni belgilagan abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin:

Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun guruhlar bo‘yicha abituriyentlar ro‘yxati

📍Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilish manzillari:

1. Namangan shahar, Boburshox koʻchasi, 161-uy (Namangan davlat universiteti)

2. Namangan shahar, Istiqlol koʻchasi, 3-uy (Barkamol avlod sport majmuasi)

📞Bogʻlanish uchun telefonlar raqami: +998692395006


*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

📌Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

🔰 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

👨‍💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🇬🇧🎓BRITANIYA TA’LIMINI ENDI INHA’DA OLISH MUMKIN

Inha universiteti so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda yangi akademik dasturlarni ishga tushirmoqda. Universitet IQAC (Buyuk Britaniya) ning rasmiy hamkoriga aylandi va endi RQF tizimi bo‘yicha ta’limni taklif qiladi - bu butun dunyoda tan olingan Britaniya malakalari.

📌Yo‘nalishlar:
Axborot texnologiyalari (shu jumladan: sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar haqidagi fan)
— Biznes va menejment

➡️Darajalar: Foundation (11-sinfdan boshlab) magistraturagacha.
📈Buyuk Britaniya universitetlarida - Olster universitetidan Glostershir universitetigacha o‘qishni davom ettirish imkoniyati.
💼 Xalqaro darajadagi diplom, amaliyot, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim.

Qabul ochiq!

➡️Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://inha.uz/apply/
🔗 Batafsil: inha.uz/ru/program-overview-2
✈️Ma’lumot uchun telefon: +998 71 289 99 94 yoki @askinhabot

Читать полностью…
Subscribe to a channel