uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

⚡️O‘quvchi sonidan kelib chiqib Maktab maslahatchisi lavozimlari 0,5 stavkadan 1,0 stavkagacha ajratiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 431-sonli buyrug‘iga asoslanib, o‘quvchi soni bo‘yicha quyidagicha Maktab maslahatchisi lavozimi uchun shtat birliklari ajratiladi:

300 nafargacha bo‘lsa — 0,5 birlik

➖301 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1,0 birlik


❗️Shuningdek, mazkur buyruqqa asosan o‘quvchi va sinf sonidan qat’i nazar, har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 1 (bir) shtat birligida ajratilishi belgilandi.

Quyidagi malaka tavsiflari orqali kimlar “Maktab maslahatchisi” bo‘lib ishlashi mumkinligi haqida bilib olishingiz mumkin: 👉 /channel/uztdi/10284

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.

Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar qanday hujjatlar topshiradi?

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🏆 IRN Republic Mathematics and English Olympiad 2025-2026 🇺🇿🏆

IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasida davlat va nodavlat maktablarining 1-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishadi. Olimpiada bilimli, izlanuvchan, intiluvchan o'quvchilarni munosib rag'batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda va shu bilan birgalikda o'quvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

1-11-sinf o'quvchilari:

🟡 Olimpiadada Matematika, Ingliz tili fanlaridan ishtirok etib, o'z bilimlarini sinash
🟡 Bepul tayyorgarlik materiallari orqali Olimpiadaga tayyorlanish
🟡 Saralash va Final bosqichlariga tayyorgarlik davomida matematika va ingliz tili fanlaridan o'z bilimlarini oshirish
🟡 Oltin 🥇, Kumush 🥈, Bronza 🥉 Medallari va Xalqaro Sertifikatlarni qo'lga kiritish
🟡 Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida Xalqaro Universitet darslari va sayohat ekskursiyasiga 100% Bepul yo'llanmani qo'lga kiritish
🟡 Xalqaro miqyosda Professorlardan Matematika va Ingliz tili fanlaridan Master klass darslarini olish
🟡 Kompyuter, Telefon qimmatbaho sovrinlariga ega bo'lish
🟡 OLIY SOVRIN 2 ta "COBALT" Avtomobillarini qo'lga kiritish imkoniyatiga egalar

IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasi saralash bosqichi 20-25-Dekabr kunlari viloyatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Final bosqichi barcha Respublika Finalistlari uchun Toshkent shahrida Yanvar oyida tashkil etiladi

Saralash bosqichiga Registratsiya 2025-yil 5-dekabr soat 22:00 gacha davom etadi

Tayyorgarlik uchun materiallar 📚: @IRN_Olympiads_Materials

Ro'yxatdan o'tish: @IRN_Coordinator_Main

+998900995722
+998901170702
+998909806555
@IRN_Olympiads

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️“Alifbe – bilim sari ochilgan birinchi eshigim” shiori ostida o‘tkaziladigan Alifbe bayrami ssenariysi

Ssenariy tarkibidan quyidagi chiqishlar o‘rin olgan:

➖ kirish qismi va boshlovchilar nutqi;

➖ bolalar chiqishlari, she’rlar, qo‘shiqlar;

➖ “Harflar dunyosi” sahna ko‘rinishi;

➖ interfaol o‘yinlar va viktorinalar;

➖ yakuniy qo‘shiq va taqdirlash marosimi.


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan ssenariyning har bir qismi amaliy, qulay va 1-sinf o‘qituvchilarining real dars jarayoniga to‘liq moslab ishlab chiqilgan.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endi attestatsiya savollarining mutaxassislik fanidan yoki kasbiy standartlardan ekanligini aniqlash mumkin

🖼 Xabaringiz bor, Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari 21-oktyabrdan boshlab davom etmoqda.

Endi pedagoglar malaka (test) sinovlarining birinchi bosqichida berilgan 40 ta savolning qay biri mutaxassislik fanidan va qay biri kasbiy standartlardan ekanligini alohida-alohida tahlil qilishlari mumkin.

🔎To'rtburchak shakllar – mutaxassislik fanidan berilgan savollar;

🔎Aylana shakllar – kasbiy standartlardan berilgan savollar.


Buning uchun pedagoglar shaxsiy kabinetdan malaka sinov natija ballari koʻrsatilgan joydagi “Batafsil” tugmachasini bosishlari kerak boʻladi.

🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 18-oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🆔 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qo‘qon davlat universitetida “UniverNews” onlayn axborot dasturi ishga tushirildi

Qo‘qon davlat universiteti axborot xizmati tomonidan yangi medialoyiha – “UniverNews” informatsion dasturi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda universitet hayotiga oid so‘nggi yangiliklar, tadbirlar, intervyular va qiziqarli suhbatlarni onlayn tarzda 24/7 formatida kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Mazkur loyiha orqali talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik universitetning rasmiy Telegram va YouTube sahifalari orqali dastur efirini bevosita tomosha qilishlari mumkin:

Telegram: /channel/Kokand_SU
YouTube: https://youtube.com/live/jJTT8iBm9OM?feature=share

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qildi

Qonun bilan Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilindi.

Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish global konvensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy ta’lim bo‘yicha global shartnomasi hisoblanadi.

O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilgan 39 mamlakatdan biriga aylandi.

Konvensiyaga a’zo davlatlar orasida Yaponiya, Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolligi, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar ham bor. Shuningdek, Gruziya, Litva, Luksemburg, Slovakiya va Ruminiya ham konvensiyaga qo‘shilgan.

Global konvensiyaning birinchi va yettinchi moddalariga ko‘ra, a’zo davlatlar xorijiy mamlakatda olingan oliy ta’limga oid malakalarni o‘zaro tan olish majburiyatini oladi.

O‘zbekiston talabalari chet eldagi oliygohlarda tahsil olish, magistratura va doktorantura dasturlariga teng huquqli qabul qilinishi mumkin.

Har bir davlat xorijda olingan malakalarni o‘z milliy talablariga ko‘ra baholaydi, Konvensiya esa bu jarayonni soddalashtiradi va ochiqligini ta’minlaydi.

Masalan, O‘zbekiston oliygohi bitiruvchisi o‘z malakasini Konvensiyaga a’zo davlatlardan biri — Buyuk Britaniyada soddalashtirilgan tartibda tan oldirib, shu mamlakatda malakali mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Ta'lim inspeksiyasi boshlig‘i O‘zbekistonda berilgan diplomlarning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish uchun YuNESKO va xorijiy ekspertlar bilan birgalikda Global konvensiya, Lissabon konvensiyasi hamda Tokio konvensiyasini ratifikatsiya qilish uchun o‘rganib chiqilayotgani ma'lum qilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasida ishtirok etayotgan pedagoglar uchun eʼlon!

Amaldagi toifasi Oliy va birinchi toifa boʻlgan oʻqituvchilar uchun toifa testlari yakunida ikkita natija chiqadi:

Birinchi natija — malaka toifasi uchun;

Ikkinchi natija esa — “ Yil oʻqituvchisi” tanlovi uchun.

Test boshida esa Oliy va birinchi toifali oʻqituvchilarga quyidagi mazmunda eslatma ham beriladi:

Malaka toifa (test) sinovi natijalaringiz belgilangan talablarga mos kelgan taqdirda, Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olinishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

Bunda malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻiga (shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ham) quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:

➖mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball (35*3,1=108,5 ball);
➖pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball (10*2,1= 21 ball);
➖kasb standarti uchun (5 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball (5*1,1=5,5 ball) beriladi.

Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball ➖ 135 ball

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi “Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 264-son Qarori

Toifaga, 70% ustamaga va Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamga nomzodlarni tanlab olish uchun oldingidek, har bir toʻgʻri javob uchun 2 baldan, jami 100 ballik tizimi oʻzgargani yoʻq!

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil noyabr oyida Milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tgan imtihon materiallarining imtihondan avval tarqalganligi haqida asossiz xabarlar e’lon qilinmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan savollar o‘qituvchilar tomonidan shakllantirilgan savollar bo‘lib, ular orasida avvalgi imtihonlarda foydalanilgan test savollari ham mavjud bo‘lgan. Bu test variantlarining ekvivalentligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan holat bo‘lib, oldingi imtihondagi ayrim test topshiriqlari keyingi imtihondagi test varianti tarkibiga maqsadli tarzda kiritiladi.

Badiiy asarlar asosida shakllantiriladigan test topshiriqlari haqida shuni ta’kidlash joizki, Agentlikning rasmiy saytida mustaqil o‘qish uchun tavsiya etiladigan 40 ta badiiy asar ro‘yxati e’lon qilingan. Test variantidagi adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir savollar mazkur ro‘yxatdagi asarlar asosida shakllantiriladi. Repetitorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida turlicha asarlarni ehtimoliy asarlar sifatida e’lon qilishdi – ayrimlari qaysidir to‘rt-beshta, ayrimlari boshqa uch-to‘rtta asar nomini e’lon qildi va, tabiiyki, imtihon test varianti tarkibidagi test topshirig‘i qaysidir bir taxmin qilingan asarlar bilan mazmunan mos kelgan. Bu holat test materiallari oldindan tarqatilganligini anglatmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozma ish mavzularining oldindan oshkor qilinganligi haqidagi xabarlar ham asossizdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan esse mavzularining imtihon savollari bilan muvofiqligi agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi. Tahlil jarayonida mazkur holat turli omillar ta’sirida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, imtihon jarayonlarida esse mavzulari sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etayotgan, omma e’tiborida bo‘lgan, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, talabgorlar ommasiga birdek tanish, dolzarb va qiziqarli mavzular tanlanmoqda. Talabgor uchun notanish mavzu uning tilni bilishga oid bilimlarini aniqlashga xizmat qilmasligi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon arafasida taxminiy mavzular sifatida yuzlab mavzular e’lon qilina boshladi.

Ayrim mavzular imtihondagi yozma ish mavzulari mazmun doirasida bo‘lsa-da, muhokama obyekti aynan bir xil emas. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda taxmin sifatida e’lon qilingan mavzulardan biri alifbo va imlo islohoti haqida, imtihonda yozma ish topshirig‘i sifatida taqdim etilgan mavzu esa imloviy savodxonlik va aqliy salohiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida edi. Talabgorlarning imtihon topshirig‘i mazmuniga diqqat qaratmaganliklari oqibatida ijtimoiy tarmoqlardagi oldindan muhokama qilingan mavzuga mos esse yozib chiqqanligi esa yozma ish mavzusining oldindan tarqatilganligi haqidagi shubhalarning paydo bo‘lishi, qolaversa, ko‘plab yozma ishlarning “mavzuga mos bo‘lmagan” ish sifatida baholanishiga sabab bo‘lmoqda. Talabgorlarning yozma ishlarini baholash davom etmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘z faoliyatini amalga oshirishda xolislik, adolat va shaffoflik tamoyillariga sodiqdir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.

Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish.

Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.

Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi.

Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi.

Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Bugungi uchrashuv salkam bir asrdan buyon shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘layotgani bejiz emas.

Tibbiyotga yuqori texnologik uskunalar olib kiryapmiz, yangi klinikalarni barpo etyapmiz. Ularda kim ishlaydi? Albatta, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz mehnat qiladi.

Shu bois, tibbiy ta’limdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barcha yoshdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur
”,

– dedi Prezident.

Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochilishi e’lon qilindi. Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi bo‘yicha rezidentura va magistratura ham yo‘lga qo‘yiladi.

Rezidenturada ta’lim olayotgan talabalar bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi. Rezidentura bitiruvchisi oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ilmiy tadqiqot qilayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik

2026-yil 1-yanvardan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi va yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalarni chop etish bilan bog‘liq xarajatlari to‘liq qoplab beriladi Prezident qarori.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#malaka_sinovi

📣 Hurmatli jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari diqqatiga!

✅ Xabaringiz bor, 25-oktabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablari jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich jarayonlari oʻtkazildi.

Birinchi bosqichda — boshqa fanlardan farqli ravishda mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5 ta) boʻyicha beriladigan 40 ta test topshirigʻining har biri 1 ball bilan baholandi (jami 40 ball).

Ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) — musiqa madaniyati fani Madaniyat vazirligi hamda jismoniy tarbiya fani Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi belgilangan va 60 ballik tizim asosida baholanadi.

❗️Yana bir muhim jihat! Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-son qaroriga koʻra:

jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlaridan oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich natijalari asosida “Yil oʻqituvchisi” tanlovida ishtirok etishadi.

⚡️ Bunda tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari pedagoglariga yuqorida keltirib oʻtilgan 40 ta test savollariga qoʻshimcha ravishda pedagogik mahorat boʻyicha 10 ta test savoliga javob berishdi (jami 50 ta savol).

"Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha beriladigan sinovlar (50 ta savol) quyidagi tartibda baholandi:

mutaxassislik fanidan — 35 ta savol (har biri 3,1 baldan);
pedagogik mahorat boʻyicha — 10 ta savol (har biri 2,1 baldan);
kasb standarti boʻyicha — 5 ta savol (har biri 1,1 baldan).

❗️ Eʼtibor bering! Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fanlari oʻqituvchilarining malaka toifa sinov natijalari faqat mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha baholandi (40 ta savol, har bir toʻgʻri javob uchun 1 baldan, jami 40 ball). Pedagogik mahorat fanidan olingan ballar malaka toifasi sinovi natijalariga qoʻshilmadi.

⚡️ Agar pedagog “Yil oʻqituvchisi” tanlovida qatnashishni istamasa, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha 40 ta test topshirigʻini bajaradi va bu attestatsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi.

“Yil oʻqituvchisi” tanlovida ishtirok etish istagida boʻlgan hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar pedagogik mahorat boʻyicha qoʻshimcha 10 ta savolga javob berdi (shuningdek, qo‘shimcha vaqt ham ajratilgan).

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️“Yil oʻqituvchisi” tanlovi natijalari boʻyicha yuzaga kelgan savollarga izoh berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, ayni damda oʻtkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi — saralash bosqichi sifatida ham belgilangan.

Birinchi va oliy toifali pedagoglarning malaka (test) sinov natijalari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda, ular umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar safiga qoʻshiladi.

Test sinovlari jarayonida pedagoglar platformada test topshiriqlarini boshlashdan avval, kompyuter ekranida maxsus eslatma va xabarnoma paydo boʻladi. Unda sinov natijalarining “Yil oʻqituvchisi” tanlovining saralash bosqichi sifatida hisoblanishi haqida maʼlumot berilgan.

Pedagoglar ushbu xabarnoma bilan tanishganlaridan soʻng, sinov topshiriqlarini bajarishni boshlaydilar. Test yakunlangach, platforma avtomatik tarzda ikki turdagi natijani taqdim etadi:

1. Malaka toifasi attestatsiyasi natijalari — odatdagi baholash tizimi boʻyicha;

2. “Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha natijalar — toʻgʻri javoblar soniga nisbatan tanlov shkalasi asosida hisoblangan ball koʻrinishida.

Davomi keyingi xabarda: /channel/uztdi/10370

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi!

18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.

Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.

O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:
🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin
🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin
🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin
🟢qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103292

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qituvchi menejerlik sertifikatiga ega bo‘lsa, unga qo‘shimcha 50% ustama to‘lanadimi?

📃Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga ko‘ra, maktab direktori lavozimiga nomzodlar kamida bakalavr darajasiga hamda maktab direktorları uchun belgilangan malaka talablariga javob bergan taqdirda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etiladigan menejerlik kursida o‘qishi mumkin.

Bunda, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

❗️Aytaylik, ta’lim muassasasida ishlayotgan o‘qituvchi menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritdi, bunda u faqatgina maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi, ammo qo‘shimcha ustama ololmaydi.

Shuningdek, ushbu nizomning 2-b bandida faqatgina menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarga (maktab direktorlariga 50 foiz, direktor o‘rinbosarlariga 30 foiz) qo‘shimcha ustama to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Ya’ni, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar maktab direktorligiga o‘tkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, maktab direktori sifatida ish faoliyatini boshlaganidan keyin ish haqiga 50 foiz ustama to‘lash boshlanadi.

Demak, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga mazkur ustamalar to‘lab berilmaydi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kasbiy ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyasi bo‘yicha yangi indikatorlar e'lon qilindi

Muhokamalar portalida "Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida"gi buyruq loyihasi e’lon qilindi.

Loyihasiga ko‘ra:

a) indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” deb baholanadi;
b) mezonning indikatorlar boʻyicha baholanishi quyidagi tartibda aniqlanadi:
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq”;
50 foizdan 59 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
49 foiz va undan kam indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
d) mezonlar tarkibidagi majburiy indikatorlardan biri “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi.

Baholash 6 ta yirik yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

➖Tashkiliy-boshqaruv faoliyati
➖Ta’lim sifatini ta’minlash tizimi
➖O‘quvchilar faoliyati
➖O‘quv jarayonini tashkil etish
➖Inson resurslari
➖O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash

Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘nlab aniq indikatorlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda strategik reja, moddiy-texnik baza, pedagoglar malakasi, baholash jarayonlari, axborot tizimlari, amaliyot tashkil etilishi, bitiruvchilar bandligi, to‘garaklar, psixologik xizmatlar va boshqa masalalar chuqur qamrab olingan.

👉 Muhokamada ishtirok etish

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazir jamg'armasidan to‘lanadigan ustamalarga kimlar nomzod bo‘la oladi va berilish tartibi qanday?

📃Hukumatning 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga ko’ra, nomzodlar quyidagicha tanlanadi: — taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, belgilangan kvota doirasida pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilari.

Vazirlik har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan yillik sonini har yili 20-yanvarga qadar belgilaydi;

🔎Ishchi guruh tomonidan ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda — kvota belgilangan yildan avvalgi yilning yanvar — iyun va sentyabr — dekabr oylarida bo'lib o'tgan attestatsiyadan oʻtkazishning birinchi bosqichi natijalari har yili 1-martga qadar tahlil qilinadi va nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi.

2-bosqichda — 1-bosqich yakunlangandan soʻng 60 ish kuni ichida tanlab olingan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash jarayonlari videoyozuvga olinadi.

➡️Saralash natijalariga koʻra Jamgʻarma hisobidan har oylik ustama olishga tavsiya etilgan umumtaʼlim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilariga 2 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;

❗️Nizomning 10-bandiga muvofiq pedagog xodimlarga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan imtiyoz sifatida berilgan maksimal ball inobatga olinmaydi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2025-yil 18-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:00)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘zbekistonda inson huquqlari ta’limini kuchaytirishga doir Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi

Muhokamalar portalida “Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon taʼlim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra:

har yili dekabr oyida
“Inson huquqlari haftaligi” o‘tkaziladi. Uning doirasida barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” festivali (ochiq eshiklar kuni) tashkil etiladi;

2026-yil iyundan boshlab “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tengligi, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” nomli milliy innovasion tashabbuslar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi. Tanlov uchun maxsus Nizom ishlab chiqiladi va u har yili muntazam o‘tkazilib boriladi;

2026-yil dekabrdan inson huquqlari ta’limi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovi e’lon qilinadi. Bunda ilmiy mavzular shakllantiriladi, ekspertiza asosida saralanadi va davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtiriladi;

2026-yil yanvardan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Ombudsman soati” joriy etilad;

Shuningdek, 2026–2029-yillar davomida maktablarda “Kelajak soati” darslari mazmuniga inson huquqlari mavzularini kiritish rejalashtirilgan. O‘quvchilar o‘rtasida “Mening huquqlarim” mavzusida insholar, rasmlar va videoroliklar tanlovlari o‘tkazilad;

Professional va oliy ta’lim muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” fanlarining o‘qitilishi muntazam monitoring qilinad;

Shuningdek, 2026-yil sentyabrdan “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida respublika bo‘ylab interfaol treninglar, debatlar, “Digital Rights Week” tadbirlari va #MyDigitalRights xeshteg kampaniyasi o‘tkazish taklif etilmoqda.

👉 Muhokamada ishtirok etish

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi.

Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.

Tanlovga oid maʼlumotlar veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

🗒 Imtihonning yozma qismi — 15-16-noyabr kunlari;

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 17–28 noyabr va 1–5 dekabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

🆔 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-11-11

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Hurmatli boshlang‘ich ta’lim fidoyilari!

Sizni kasbiy faoliyatingizda yuqori cho‘qqilarni egallashni va ijodiy o‘sish sari yetaklovchi “Milliy mahorat” o‘quv kursiga taklif qilamiz!

🎯
Yo‘nalish: Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun metodik va amaliy qo‘llanmalar

✔️ Har kuni: Kunlik darslar bo‘yicha tayyor slaydlar, metodik tavsiyalar va interaktiv mashg‘ulotlar taqdim etiladi.

📌 Maqsad:

➡️ Dars jarayonida milliy qadriyatlar va zamonaviy metodikalarni uyg‘unlashtirish;

➡️ Ustozlarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish;

➡️ Bolalar bilan ishlashda yangicha, ijodiy yondashuvlarni shakllantirish.

Farzandlarimiz kelajagi — ustozlar qo‘lida!

Keling, birgalikda o‘rganaylik, ilhomlanaylik va o‘z kasbimizda yangi cho‘qqilarni zabt etaylik!

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi

📃Hukumatning 2025-yil 3-noyabrda ‘‘Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi 688-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, CHQBT rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari (KPI) asosida erishilgan natijadorligidan kelib chiqib, bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha miqdorda qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadi.

📌Ushbu ustama Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari xarajatlar smetalarida shakllantiriladigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi doirasida toʻlanadi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bundan buyon tibbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha uch bosqichli tizimga o‘tilishi belgilandi.

Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar bo‘yicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat ro‘yxatidan o‘tadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

Ko‘p vaqtini bemor oldida o‘tkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar.

Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga ko‘makchi bo‘ladigan hamshiralarni tayyorlashga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi.

Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy ma’lumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🩺 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.


Jumladan, oliy ta’lim muassasalari orasida quyidagi professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi:

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
🟢Gadayev Abdigaffar — Toshkent davlat tibbiyot universiteti, oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori
🟢Kabulov Mels — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori

II daraja “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
🟢Nurova Zamira Annakulovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri

“Shuhrat” medali bilan
🟢Turayev Bobur Batir o‘g‘li — Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi, kardioxirurgiya bo‘limi kardiojarrohi.

Ularning mehnati yurtimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib e’tirof etildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Farzandini kontraktda o‘qitayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik

Prezidentnng "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra:

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi — Prezident qarori.

Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️“Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha test natijalari hisoblanishiga doir izoh berildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Attestatsiya va “Yil oʻqituvchisi” tanlovi doirasida oʻtkazilgan test sinovlarining dastlabki natijalari boʻyicha quyidagilarni maʼlum qildi.

Test topshiriqlarining birinchi bloki 40 ta savoldan iborat boʻlib, shundan:

35 tasi mutaxassislik (asosiy) faniga, 5 tasi kasbiy standartga oid savollardir.

Bu savollar test variantlari avtomatik generatsiya qilinish jarayonida aralashtirilgan holda joylashtirilgan.

Natijalarni hisoblashda 1–35-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar 3.1 ballga, 36–40-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar esa 1.1 ballga koʻpaytirilishi kerak edi.

Ammo variantlarda 1–40 raqamlar oraligʻida mutaxassislik va kasbiy standartga oid savollar aralashib tushgani kuzatilgan.

Natijada baʼzi hollarda kasbiy standart savollari uchun 3.1 ball, mutaxassislik fanlari uchun esa 1.1 ball bilan hisoblangan.

Keyingi bosqichda tizimda ushbu texnik xatolik bartaraf etilgan pedagogning natijalariga bloklar kesimida (mutaxassislik va kasbiy standart alohida) qayta aniqlik kiritildi. Natijalar standart koeffitsiyentlar asosida qayta joylashtirilib chiqildi.

Shu bilan birga, bu tuzatishlar attestatsiya natijalariga va toʻgʻri javoblar soniga taʼsir koʻrsatmaganligini alohida taʼkidlaymiz.

2-bosqich Pedagogik mahorat boʻyicha (10 ta test topshirigʻi) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball berilgan. Pedagogik mahoratdan tushgan 10 ta savolda barcha ballar toʻgʻri joylashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga tushgan savollar soni — mutaxassislik fanidan 35 ta va kasbiy standartdan 5 ta — hech qanday oʻzgarishga uchramagan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun toʻlov miqdori 50 foizga tushirilishi taklif qilinmoqda

📃Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori (Loyiha)

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga imtiyozlar qoʻllash orqali ularni qoʻllab quvvatlash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanadajadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ–286-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga imtiyozlar qoʻllash orqali ularni qoʻllab quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
...
davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qoʻllash.

8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional vamaktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshisidagi “bir baravari” soʻzlari “ellik foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

hozirgi 412 ming soʻm oʻrniga - 206 ming soʻm (370 ming 800 soʻm oʻrniga - 185 ming 400 soʻm)


P.S. Mazkur tashabbus joriy yilning 15-sentyabr kuni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan oʻtkazilgan muloqotda taklif qilingan edi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Subscribe to a channel