uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

71285

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

❗️2025 yil uchun TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro'yxati e'lon qilindi

O'zbekistonda 2025 yildan boshlab xalqaro reytinglarda (QS, THE, ARWU) yuqori o'rinlarni egallagan xorijiy oliy ta'lim muassasalarini bitirganlar uchun yangilik

TOP-1000 talikka kirgan OTMlarni bitirgan talabalarning diplomlari sinovsiz to'g'ridan to'g'ri tan olinadi.
Bunday OTMni tamomlagan o'qituvchilar esa dars soatlari taqsimlashda ustunlikka ega bo'ladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bir nimaga tushunmayman, sertifikat masalasida ko'pchilik murojaat qilasizkuuu
Nega APTIST deysizlar? Nega TOEFL ITEP deysizlar? Nega AYLS deysizlar?
Sertifikatni nomini bilmay qanday undan B2, C1 olish mumkin? 😁
Qiziqda...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

👩‍💻 Writingni kompyuterda yozishni mashq qilamiz!

Quyida klaviaturada tez va to‘g‘ri typing qilishni mashq qilish uchun eng yaxshi 5 ta onlayn sayt ro‘yxati keltirilgan. Bu saytlar boshlovchilar uchun ham, rivojlangan foydalanuvchilar uchun ham mos bo‘lib, ko‘pchiligi bepuldir:

1️⃣ keybr.com

Afzalliklari:
Sun’iy intellekt asosida sizga zaif harflar va kombinatsiyalarni aniqlab shularni mashq qilishni taklif qiladi.
Statistikani saqlab boradi (WPM, accuracy).
Minimalist interfeys — chalg‘ituvchi reklamalarsiz.
Til tanlash imkoniyati bor (Inglizcha, Ruscha, boshqalar).
Bepul va ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish mumkin.

2️⃣ typingclub.com

Afzalliklari:
Interaktiv darslar, video va ovozli ko‘rsatmalar bilan.
Boshlang‘ichdan professionalgacha step-by-step o‘rgatadi.
Har bir darsdan so‘ng baholash va yutuq belgilari.
O‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun alohida sinf tizimi mavjud.
Yaxshi animatsiyalangan darslar, ayniqsa yoshlar uchun.

3️⃣ 10fastfingers.com

Afzalliklari:
Tezlik testlari: necha so‘z/minut yozishingizni aniqlaydi.
Turli tillarda, jumladan o‘zbekcha test ham mavjud!
Do‘stlar bilan tezlik bo‘yicha raqobat qilish mumkin.
Juda oddiy, tez mashq qilish uchun ideal.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish mumkin.

4️⃣ ratatype.com

Afzalliklari:
Chiroyli interfeys, sertifikat beriladi (typing speed bo‘yicha).
O‘qituvchilar uchun sinf tuzish, statistikani kuzatish imkoniyati.
Ko‘p tilli darslar (ruscha, inglizcha va boshqa).
To‘g‘ri qo‘l joylashishini ham o‘rgatadi (vizual qo‘llanma bilan).

5️⃣ typing.com

Afzalliklari:

Boshlovchi va professional uchun mos.
Darslar: keyboard basics, typing drills, kod yozish mashqlari.
Analytics, testlar, o‘yinlar ham bor.
O‘quvchilar uchun bepul, sinf boshqaruvi mavjud.

👉 @aptis_info - Aptis yangiliklari va tayyorgarlik kanali!

Читать полностью…

School English Teachers

⚠️💳 Onlayn kredit rasmiylashtirishga ta'qiq o'rnatish

Kiberxavfsizlik markazi himoyalanish uchun bepul «kredit berishni taqiqlash» funksiyasini yoqishni maslahat beradi:

1. portal.infokredit.uz ga kiring
2. OneID orqali kiring
3. «Kredit taqiqi» funksiyasini yoqing

⚠️ Taqiq darhol kuchga kiradi va siz uni o'zingiz olib tashlamaguningizcha amal qiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

👩‍🏫Ko‘plab o‘qituvchilar bugun natijalarini olishdi! Endi navbat sizda!

🎓 TKT – bu xalqaro darajadagi sertifikat.
🏆 TKT+B2(CEFR) = ko‘plab ta’lim muassasalarida 50% gacha maosh ustamasi!
📚 Imkonni boy bermang – bu siz kutgan o‘zgarish bo‘lishi mumkin!

💸 Bizda narx: 850.000 ming so'm!

📜 TKT sertifikati butun dunyo bo‘yicha bir xil kuchga ega, qaysi exam centreda topshirilganiga qaramay!

📅 Eng yaqin imtihon: 24 avgust
🕓 Muddati tugaydi: 24 iyul (soat 16:00 gacha)

📲 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 havola ni bosing

📞 Savollar uchun: +998 90 001 06 09
📢 Telegram: @HELPME_LINGUA_EXAMINATIONS

Читать полностью…

School English Teachers

iTEP sertifikati 50 foiz ustama va ishda qolish uchun o'tadimi?

Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 3-bobida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan ustama to'lash uchun asos bo'ladigan sertifikatlar ro'yxati tasdiqlangan.
Ushbu ro'yxatda jami 9ta sertifikat o'rin olgan bo'lib, ularning orasida iTEP sertifikati mavjud emas iTEP sertifikati faqatgina 1-bobda (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik DARAJASI berilgan bobda) va 2-bobning 59-qatori Magistratura mutaxassisligi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun tan olinadigan sertifikatlar ro'yxatida uchraydi xolos.
Aynan 2-bobda mavjudligi sabab, uni 1-bobda muvofiqlik darajalari ko'rsatilgan.
Ko'pchilik 1-bobda ko'rsatilgani sabab iTEP ham MMTV tizimida tan olinadi deb o'ylaydi. Xattoki ba'zi kanallar ishga kirishda o'tadigan sertifikatlar qatoriga 1-bobni ilova qilishadi.
Lekin, 1-bob umumiy bo'lib, unda imtiyozlar emas faqatgina muvofiqlik darajasi (qaysi bal qaysi darajaga tog'ri kelishi) ko'rsatadi xolos. Ya'ni 1-bob qarorda ro'yxati berilgan barcha daraa sertifikatlarining muvofiqligini ko'rsatib beradigan tanishtiruv bobi xolos. Imtiyoz taqdim etadigan bob emas.
Aynan MMTV da tan olinadigan sertifikatlar esa 3-bobida berilgan.
Shundan kelib chiqib iTEP 50 foiz ustamaga o'tmaydi va boshqa imtiyozlar taqdim etmaydi deya olamiz.
Bu amaldagi qonun bo'yicha shunday.
Lekin yaxshi yangilik shundaki, xuddi Aptis singari iTEP Academic Plus sertifikati ham yangi qaror loyihasiga aynan 3-bob ga ham qo'shilgan. Agar qaror loyihasi tasdiqlansa ustama va boshqa imtiyozlar uchun o'tishi mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Kim gap o'rgatyapti ekan a bu moshenniklarga? 😁
Hushyor odam ham ochib yuboray deydiya 😂

❗️ Eslatma: Bunday apk fayllar kelsa zinhor ochmang!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bugun kanalimizdagi 10-15ta g'alamislar bilan xayrlashdik. Boshqa guruhlarda juda shaxsiyatga o'tib, g'iybat qilib, juda berilib ketishgan ekan. Bir-biriga meni kanalimdan chiqib ketishga motivatsiya berishyapti lekin o'zlari chiqmagan. Shunday qiyin tanlov qarshisida qolganlarga, beminnat yordam qilgim keldi. O'zim chiqarib qo'ya qoldim.
Doim aytib kelaman o'rtoqlar, agar kanalim faoliyati, kanalimdagi postlar ayniqsa sertifikat mavzusidagi sizga yoqmayotgan bo'lsa, bemalol kanalni tark etishingiz mumkin. Yoqmasam ham meni kuzatib, boshqa guruhlarda chaynab, ichingizda kir saqlab yurgandan ko'ra, chiqib ketib qutulganiz yaxshi. Negativga qarshi emasman, shaxsiyatga o'tilishiga qarshiman. Endi asabimni buzib, kimlargadir o'zimni oqlab, tushuntirib o'tirmoqchi emasman. Istasa tushunsin, istamasa tushunmasin. Izohlardami yoki boshqa guruhlardami haddidan oshganlarni, yoqmaganlarni bloklayman qo'yaman. Asabimni buzib o'tirmaslikka qaror qildim. Bu kanalga hech kimni majburlab a'zo qilmaganman. Chiqib ketsangiz xafayam bo'lmayman. Siz qo'shilishizdan oldin ham bu kanal, bu faoliyat bor edi. Sizdan keyin ham bo'ladi, Alloh xohlasa.
Mayli 10 ming bo'lsayam adekvat odamlar qolsa menga shu yetadi. Shuncha odam bilan ham kanal faoliyati davom etaveradi!
Bu ayrim shunday insonlarga tegishli post. Hammaga emas. Shu kungacha kanalimizni qo'llab-quvvatlab kelganlarga alohida minnatdorchilik bildiraman!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Full time

A young man is offered a job...

a short film with deep meaning

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🔥 APTIS YANA QAYTMOQDA! BIZDA TALABLARGA BINOAN NAVBATDAGI KURS!

Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 5 kun! JONLI!
Kurs davomiyligi 30 kun!
👩🏻‍🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz 👩🏻‍🏫 Teacher Ma'mura (Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 25-IYUL, JUMA
Qabul so'nggi kuni: 24-IYUL, 23:00
💲 Kurs narxi: 250 MING SO'M. (bir martalik tolov)

Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.

Nima uchun Aptis?

Agar qaror loyihasi tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:

Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
Dars taqsimotida ustunlik

☝️ Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!

Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar 👉 USHBU VIDEO da

🎁 CHEGIRMA kutganlar uchun ushbu kursimizga
2️⃣2️⃣🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 taqdim etamiz. Faqat 19-IYUL 23:00 gacha murojaat qilib o'z joyini band qilgan obunachilarimiz uchun.

⚠️ Agar sizda 19-iyulgacha to'lov qilish imkoni bo'lmasa, eng kamida 20 ming so'm to'lab o'z chegirmali joyingizni band qilib qo'yishingiz mumkin! Qolgan to'lovni kurs boshlangunga qadar to'lasangiz bo'ladi.
🏃🏻‍♀️‍➡️ Ustozlar shoshilamiz! Chegirma tugagandan keyin narxlar o'z holiga qaytadi!

Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.

👉 @aptis_info

Читать полностью…

School English Teachers

Ingliz tili bo’yicha turdosh yo’nalishlarning qaysi biriga qaysi darajadagi sertifikat talab qilinadi?

Yuqoridagi postda ingliz tiliga turdosh yo'nalishlarni ko'rib chiqdik. Endi qaysi yo'nalishga qaysi sertifikatlar va ularning qaysi darajadagisi talab qilinishini va ko'rib chiqamiz.

Ariza topshirib berish xizmati uchun @register_uzz ga murojaat qiling

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Menga 3000$ foyda olib kelgan, hakkerlik hujumi haqida

Ko'p holatlarda biror nohush hodisa bo'ladi, biz shu sabab tushkunlikka tushib qolamiz. Lekin aslida buning ortida katta muvaffaqiyat yotgan bo'lishi mumkin. Bu narsani doim ham bilavermaymiz. Esingizda bo'lsa, 2023-yil mart oyida telegram profilim hakkerlik hujumiga uchragan edi. Bu haqida kanalda xabar bergan edim.
O'sha voqeadan keyin telegram profilim xafvsizligi haqida jiddiy o'ylab, qimmat bo'lsa ham telegram taqdim etadigan +888 nomerni olishga qaror qildim. U vaqtlar 85$ ga olgan edim. O'zimga o'zim 85$ ga ham nomer oladimi deb yurgan edim. 😁
Keyin shu bilan bu narsa unut bo'ldi. Boshqa unday voqea kuzatilmadi. Yaqinda nomerlar auksioniga kirsam eng arzon nomer 3000$ dan boshlanyapti ekan. Agar sotaman desam, hozirni o'zida eng kamida shu summaga, bo'lmasam bunadan ham qimmatroqqa sotishim mumkin ekan.
Xullas keyin o'ylab qoldim, xattoki shu ish ham bejiz bo'lmagan ekan deb.

Shuning uchun do'stlar, boshingizga har xil ish kelsa, tushkunlikka tushib, o'zingizni o'tga-cho'qqa urmang. Ushbu qiyinchiliklar ortida katta muvaffaqiyat yotgan bo'lishi mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Kelayotgan o'quv yili uchun B2 sertifikat talabi yana bir yilga surilmagan

O'tgan yili 31-iyul sanasida vazirlik tomonidan 2ta xat chiqarilgan. U xatning asosiy mazmuni Vazirlar Mahkamasining qarori bo'yicha 2024-2025-o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi shart edi. Shuni bir yil ortga surish haqida edi. Birinchi xatda vazirlik sanalarda adashib ketib 2024-2025 o'quv yili o'rniga 2025-2026 o'quv yili deb yuborgan. Va shu kunni o'zida ushbu xatni bekor qilib, qaytadan to'g'risini chiqargan. Tarmoqlarda kimlardir eski xatni tarqatib, hammani hotirjam qilib qo'yyapti.
Avgust kelganda bu xat bekor bo'lganini bilib, ancha murakkab ahvolda qolishingiz mumkin. Shu sabab hotirjamlikka berilmasdan, avgustgacha B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Rasman: O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlandi

Arizalarni qabul qilish 15 iyuldan 5 avgustgacha davom etadi.

O'qishni ko'chirish uchun onlayn platformalar:
🔹 Davlat OTMdan boshqasiga ko'chirish — transfer.edu.uz ;
🔹 Xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz .

🎓 Imtihonsiz o'qishini ko'chiradiganlar:
▪️ Turmush qurgan va turmush o'rtog'ining doimiy yashash hududiga ko'chirayotganlar;
▪️ Ota-onasi yoki turmush o'rtog'ining ish joyi o'zgarib, tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olganlar.

📝Imtihon orqali ko'chiradiganlar:
▪️ Xorijiy mamlakatlarda o'qiyotgan talabalar;
▪️ Xususiy OTMlarda tahsil olayotgan talabalar.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

Loyiha kiritish bosqichi 3 avgustgacha davom etadi. Ovoz berish bosqichi esa 22 iyuldan boshlanadi va ikkinchi mavsum g‘oliblari 1 sentabrda e’lon qilinadi.

Bugun, 15 iyuldan «Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Jarayonlar quyidagi sanalarda:

🔹 Loyiha kiritish bosqichi — 15 iyul – 3 avgust;
🔹 Saralash bosqichi — 4–18 avgust;
🔹 Targ‘ibot bosqichi — 19–21 avgust;
🔹 Ovoz berish bosqichi — 22–31 avgust
kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab 823 ta mahalla, jumladan, ularda joylashgan muassasalarga «Tashabbusli budjet»ning 15 iyuldan boshlanadigan 2-mavsumi, shuningdek, kelasi yil 1-mavsumida qatnashishga tanaffus berilishi ma’lum bo‘lgandi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Ba'zi narsalar borki, to'g'ri gap bilan tushuntirib bo'lmaydi. Bu holatda yumor, sarkazm orqali yaxshiroq ta'sir qilish mumkin deb o'ylayman.
Masalan oldinlari dasturxonda pichoq tursa, duo qilinmas edi. Duoni kesib ketadi deb. Yoki piyoladagi choyda ko'pik ko'rinsa, pul keladi deb ishonilar edi. Qancha ahli ilmlar ma'ruza qildi, ko'pchilikni shu odatlardan qaytara olmadi. Alloh rozi bo'lsin, Avaz Oxun yumor bilan deyarli yo'qotib yubordi shu narsalarni.
Aytmoqchiman, unchalik ham jiddiy muammo emas to'g'ri, lekin o'zingiz C1 sertifikatini olgan yoki olmoqchi bo'lib tayyorlanib yurgan imtihon nomini umuman boshqacha aytib tursangiz, suhbatdoshda yaxshi taassurot qolmaydi. Ayniqsa hozirgi kunda ingliz tili o'qituvchilari ko'pchilikni diqqat markazida.
Shu sabab qaysidir muammoni yumorga olsam, mendan xafa bo'lmaysiz degan umiddaman!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Sertifikat yo'qligi sabab dekretdan qaytayotgan o'qituvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son qaroriga muvofiq, 2025/2026-o'quv yiliga qadar umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o'qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lishi lozimligi belgilangan.

Demak 2025/2026-o'quv yiliga qadar maktablarning chet tili o'qituvchilari o'z fanlari bo'yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olishlari talab etiladi.

Shunga ko'ra, agar chet tili o'qituvchilari 2025/2026-o'quv yili boshlangunicha chet tili sertifikatini olmasa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Bunda ish beruvchi ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi uchinchi bandi bilan (xodimning malakasi yetarli bo'lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi) bekor qilishi mumkin bo'ladi.

Biroq, Mehnat Kodeksining 409-moddasiga ko'ra,

Bolasi uch yoshga to'lguniga qadar bola parvarishlash ta'tilida bo'lgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko'ra ushbu kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim ta'tildan chiqqan kundan e'tiboran bir yil ichida yo'l qo'yilmaydi.

Yani chet tili fani o'qituvchilari 2025-2026 o'quv yiligacha kamida B2 sertifikatini olishlari lozimligi belgilangan bo'lsa ham, sertifikatga ega bo'lmagan xodim bola parvarishlash yoki tug'ruq ta'tilidan qaytganidan so'ng bir yil ichida u bilan mehnat shartnomasni bekor qilish mumkin emas.

☝️ Agar bir yil ichida sertifikatni ololmasa, mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin bo'ladi.


🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejasi

🔖 O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejani tasdiqlash to'g'risida"gi 121-sonli buyrug'i imzolandi.

🗂Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja BUYRUG'I va unga ILOVALAR bilan USHBU faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Diplomlar o'tmishda qoldi: Goldman Sachs yangi tadqiqotida shuni aniqladiki, oliy ma'lumot afzalligi deyarli yo'qolib bo'lgan.

Bitiruvchilar va diplomsiz odamlarning ishga kirish tezligi deyarli tenglashdi. 2025-yilda farq atigi 0,9 foiz punktini tashkil etdi. Shuningdek, oliy ma'lumotli ishsizlar soni ham ko'paygan.

Kompaniyalar yangi xodimlarni ishga olishda diplom va tavsiya xatlariga e'tibor bermay, ko'nikmalar testlariga o'tishgan.
Manba YaxshiYomon

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Ba'zilar meni qarorni 1-bobini notog'ri talqin qilishda ayblashyapti. Ya'ni 1-bob ishga kirish uchun deyapti.
Qarorni yaxshilab o'qib chiqing, u yerda muvofiqlik darajasi berilgan. Magistratura ro'yxatida borligi uchun 1-bobda uni qaysi natijasi yoki bali qaysi darajaga muvofiq kelishi ko'rsatib o'tilgan.
Yana bir isbot sifatida, Bilimni baholash agentligi (sobiq DTM) postlarida ham ko'rishingiz mumkin faqatgina magistratura va doktoranturaga imtiyoz berilishi ko'rsatib o'tilgan. Ya'ni bu tashkilot marketing ortidan quvib istaganini yozib reklama qiladigan tashkilot emas. Boricha aytadi deb bilaman.
Qaror ro'yxatida yo'q emas bor, faqat oliy ta'limnikida. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ro'yxatida yo'q.
Aytganimday yangi qaror loyihasiga kiritilgan. Tasdiqlansa, MMTV tizimida ham tan olinishi mumkin. Lekin hozircha unday emas.
Bu postni faqatgina ma'lumotga ega bo'ling deb joylayapman.
Kimnidir qaytarish niyatida emas.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshiriladi?

"Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOMning 15-bandiga ko‘ra oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

👉 xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

👉 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;

👉 Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6.0 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

👉 TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

👉 oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;

👉 respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;

👉 oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

👉 birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;

👉 ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;

👉 belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;

👉 qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;

👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;

👉 oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

Yuqoridagi koʻrsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin.

Asos: https://lex.uz/ru/docs/-4919258

☝️ Pedagoglarga maksimal 1.5 stavkagacha dars soatlari biriktirilishi mumkin.
Boshlang'ich sinflarda - 27 soat haftasiga
Yuqori sinflarda - 30 soat haftasiga

👉 Dars taqsimoti SLAYD
👉 Dars taqsimoti bo'yicha mahorat darsi videosi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Abituriyentlar qaysi blok faniga necha balldan olishadi?

Kirish imtihonida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball — 189. Buning uchun abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Kasbiy sertifikat nima va uni kimlar topshiradi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yildagi 87-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra,

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etilishi belgilangan.

Kasbiy sertifikatlash jarayoni Vazirlik tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Kimlar jalb etiladi?

➖ 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar,
➖ 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa pedagoglar attestatsiyasidan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;

Talabgor asosiy ish joyi bo‘yicha kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi.

Kimlar jalb etilmaydi?

➖ fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
➖ magistr darajasiga ega mutaxassislar;
➖ toifaga ega pedagog kadrlar;
➖ pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan darajada ko‘rsatkichga ega bo‘lgan pedagoglar.


Kimlar vaqtincha ozod etiladi?
➖ homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
➖ pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);
➖ uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
➖ uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.


Qanday ariza topshiriladi?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshiriladi.

O'ta olmasa nima bo'ladi?
O'z vaqtida jalb qilinib, nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.
Kasbiy sertifikat imtihonlariga qatnashmagan yoki o'ta olmagan oʻqituvchiga yana bir marta imkoniyat beriladi.
Unda ham 56 baldan past natija qayd etsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili YANGI O'QUV YILI boshlangunga qadar tashkil etiladi.
☝️ Hozirda 7-iyuldan 7-avgustgacha navbatdan tashqari kasbiy sertifikat topshirish uchun arizalar qabul qilinyapti.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

👉 Ariza topshirib berish xizmati uchun @forcefr2 ga murojaat qiling!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bog'chalarda ishlaydigan ingliz tili o'qituvchilaridan ham B2 talab qilinadimi?

Xabaringiz bor, VM 312-sonli qaror 9-bandiga asosan, 2025/2026 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Ushbu bandda aynan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar deyilgan. Ya'ni bu yerda maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar yoki tarbiyachilar deyilmagan.
Shunga asosan B2 talabi bog'chada ishlaydigan ingliz tili o'qituvchilariga tegishli emas deb ayta olamiz.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Umrbod davlat magistraturasiga topshirish imkoniyatidan mahrumlar...

Magistratura haqida gap ketar ekan ushbu achchiq haqiqatni eslamasak bo'lmaydi. Deylik kimdir bakalavriat paytida domlalar bilan yaxshi kelishmadida, ularga bir nimalar berib bahosini ko'tarib o'tirmadida, 3 yoki 4ga yopib qo'ya qoldi. Lekin mutaxassisligini zo'r biladi. Yoki bitirgandan keyin ilmi juda kuchayib ketdi. Ilmiy salohiyati ancha oshdi. Diplom + sertifikat talabi bilan ularni bir yo'la go'rga tiqib yuborilmadimi? Umrbodga magistr topshirish imkoniyatidan mahrummi shunda? Birgina aybi necha yillar oldin diplom baliga e'tibor qilmaganidami?
Mayli sertifikat muhimdir, lekin diplom bali nimani belgilab beradi? Hozirgi magistr o'qishni niyat qilgan bitiruvchilar nimadir yo'llarini qilib diplom ballarini 96-100 orasida qilib olishyapti. Oldinroq bitirganlar esa eng yaxshi baho olgani 86 bo'lar edi. Xattoki 87 qo'yishga universitet o'qituvchilarini yuragi betlamas edi. Ertaga tekshiruv kelib qolsa, yuqori bal qo'yganlarim meni sharmanda qilmasin deb. 90 dan baland olish orzu edi desa ham bo'ladi. Lekin hozir unday emas. Shuni hisobiga notenglik yuzaga kelyapti deb o'ylayman. Eskiroq yillarda bitirganlarning imkoniyati karrasiga tushib ketgan. Diplom balini umuman qabulga aralashtirmaslik kerak. Yoki odamning diplom olgandan keyin ilmiy salohiyati oshishi mumkin emasmi?
Albatta bu maqola davlat oliygohlariga tegishli. Magistr o'qiyman degan, sho'rpeshona diplom bali pastlarning baxtiga xususiylar bor. Ularda diplom balini ahamiyati yo'q. Lekin sharoitlari yoki kontrakt to'lov summasi bilan davlatnikidan farq qilishi mumkin. Diplom kuchi esa unchalik ham farqli emas. Davlatniki bilan teng darajada tan olinadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Ingliz tilini tugatganlar magistraturaga qaysi yo'nalishlarga hujjat topshira oladilar?

Bu yilgi magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda yo'nalishning turdosh bo'lishi talab etiladi.
Masalan ingliz tilini bitirib siz iqtisodiyot, moliya, tibbiyot yoki boshqa sohalarga hujjat topshira olmaysiz. Nemis yoki fransuz tillarni bitirib ham magistraturada ingliz tiliga o'qiy olmaysiz. Faqat turdosh hisoblangan yo'nalishlarga hujjat topshira olasiz.
Ingliz tilini bitirganlar uchun turdosh yo'nalishlar suratda berilgan.
Ingliz tili yo'nalishlaridan tashqari, Toshkent davlat yuridik universitetining, Ommaviy axborot vositalari huquqi mutaxassisligi va Pedagogika, Ta'lim menejmenti, Testologiya, Kattalar ta'limi kabi yo'nalishlar bu yil turdosh sifatida berilgan.
Ushbu yo'nalishlarga topshirganda, ingliz tilidan tegishli darajadagi sertifikat talab etiladi.

Ariza topshirib berish xizmati uchun @register_uzz ga murojaat qiling

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Sad truth... 😢

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🎓 Toshkentdagi xususiy maktabda Foundation diplomini 11-sinfdan keyin ham olish mumkin!

11-sinf bitiruvchilari xalqaro Foundation diplomini Toshkentdagi xususiy maktabning o‘zida olishlari mumkin va shu orqali bir yilni yo‘qotmasdan hamda qimmat chet el dasturlariga pul sarflamasdan Yevropa universitetlarining bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

❗️Foundation dasturiga joylar soni cheklangan!

Hozirning o‘zida bepul maslahatga yoziling!

☎️ 78-777-11-10

Читать полностью…

School English Teachers

B1 sertifikat olib berishni va'da qilganlar ushlandi

Toshkent shahrida magistratura bosqichiga o'qishga kirish uchun B1 sertifikatini olib berishni va'da qilgan shaxslar qo'lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman bo'limi va DXX xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. va boshqalar fuqaro N.A. ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga o'qishga kirishi uchun tanishlari yordamida 1 900 AQSH dollari evaziga B1 sertifikatini olib berishlarini va'da qilgan. Ular oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent va Farg'ona shaharlarida oliy ta'lim muassasalariga noqonuniy o'qishga kiritish holatlari aniqlangandi. Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o'qituvchisi o'zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri bo'lib faoliyat yuritgan Hilola O'ktamovna yangi lavozimga o'tdi. Endi o'rniga kim vazir bo'ladi degan savol ko'pchilikni qiynayotgan bo'lishi mumkin.
O'rniga keladigan odam ta'limni chinakam yuksaltira oladigan, ushbu sohani yaxshi tushunadigan, islohotlar qila oladigan, aynan ta'limdan chiqqan bo'lishini juda-juda xohlar edim.
O'rniga kim kelsa ham, faoliyatiga omad tilab, undan ta'limda katta islohotlar kutib qolamiz! Hilola O'ktamovnaga ham yangi faoliyatida omad tilaymiz!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel