Assalomu alaykum.
Kanal ananasiga sodiq qolgan holatda sal kam bir yilda yana post yozyapman. Kanalni arxivdan olib qo'ysangiz bo'ladi. Endi aktiv bo'lishga harakat qilaman. Buni oldin ham aytgan edim dangasalik sababli ko'p qolib ketdi. Kanalda qolganlar uchun rahmat.
Assalomu alaykum. Uzoq tanaffusdan so'ng kanalga yana qaytdim. Vaqt yo'qligidan emas qandaydir kanalga biron nima yozishni hohlamaganim uchun to'xtab qolgan edi. Endi aktiv hayotiy blog sifatida ushbu kanalni davom ettirmoqchiman. Ilojini qilsam live ham bo'lib turadi. Asosan IT olami hamda ishdagi muammo, qiziqarli holatlar haqida post joylab boraman. Kanalda qolganlar uchun rahmat.
Читать полностью…Assalomu alaykum!
Kanalda deyarli hech nima yozmay qo'yibman. Ish ko'pligidan va bir nechta muammolar sababli vaqt bo'lmadi. Bu orada ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Ta'limga doir bepul platforma ustida ishlayapman yaqin orada (dangasalik bo'lmasa) ishga tushadi. Faqat bu uchun bir necha oy kerak.
Ishdan: bir necha kun avval "Beeline Club" ni yangi versiyasini ishga tushirdik. O'zim boshidan oxirigacha turgan, eng ko'p useri bor proyektim shu bo'ldi(statistika bera olmayman).
O'qishni tugatdim. Diplomim yo'lda yaqin orada qo'limga keladi. Universitetdan diplomni remote olishni o'zi bo'lmadi. O'qish davomida chet eldan ko'p do'stlar ortirdim. Lekin shuni bilish kerak ekan hayotda faqat odamlar sizga ishi tushishini bilsagina yordam beradi.
2 oy sport bilan shug'ullandim. Nimalardir bo'lib to'xtab qoldi.
Rust ni o'rganyapman 😉
Xullas shular aktiv bo'lishga harakat qilaman.
Rahmat hammaga!
Yangilik!🎉
Bugun Beeline da Team Lead bo'ldim.
P.S: Kanalga nima yozishni bilmayapman. Qandaydir g'oya bo'lsa PM da yoki komentariyaga yozing.
Bugun diplom ishimni prezentatsiya qilib berdim. Projectimni topshirib olsam vanihoyat diplomni ham olaman.
Читать полностью…2023 - yil Yanvardan boshlab "Beeline Uzbekistan" da Senior Software Engineer sifatida ish boshladim.
Читать полностью…Assalom alaykum
Bugungi TexnoGapi'imiz boshlanmoqda.
Mavzu: TexnoGap #10. Hududlardagi IT-Park filiallari faoliyati. Samarqand va Xorazm IT-Park filiallari.
YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=OYfZiDPt5j8
Assalomu alaykum. Ikkita masalar javoblari youtubega hamda saytga yuklandi.
📚2011. Final Value of Variable After Performing Operations
📝 Maqola: https://leetcode.webdastur.uz/array/easy/2011-final-value-of-variable-after-performing-operations/
🎥 Video: https://youtu.be/9VH8lRJz8bs
💻 Kod: https://github.com/webdastur/leetcode
➖➖➖
📚1480. Running Sum of 1d Array
📝 Maqola: https://leetcode.webdastur.uz/array/easy/1480-running-sum-of-1d-array/
🎥 Video: https://youtu.be/eMJN_kgKYBw
💻 Kod: https://github.com/webdastur/leetcode
🔷 Agar sizga qandaydir foyda keltirgan bo'lsa do'stlaringiz bilan ulashing.
🎁🎁🎁🎁🎁
Assalomu alaykum.
leetcode.webdastur.uz dushanba kunigacha qayta ishga tushadi. Hozirda boshqa serverga ko'chirilayotgani uchun sahifa ochilmasligi mumkin.
Aytgancha barcha kodlar https://github.com/webdastur/leetcode shu repositoryga yuklab boriladi.
Читать полностью…LeetCode masalalarini yechish bo'yicha kurs(agar aytish joiz bo'lsa) yozishni boshladim. Barcha ishlangan masalalar ikki qismga bo'linadi. Birinchisi video ikkinchisi maqola. Bugundan video yuklashni boshladim.
Vebsayt manzili: https://leetcode.webdastur.uz/
YouTube: https://bit.ly/AlexTechUz
Qo'llab quvvatlaysizlar degan umiddaman. YouTube kanalimga a'zo bo'lib qo'yinglar.
Assalomu alaykum.
LeetCode masalalarni qanday yechish boʻyicha videolar qilmoqchi edim. Bunda ishlatilgan algoritmlar boʻyicha ham qoʻllanma boʻladi. Masalalar easy dan hard gacha ishlab chiqamiz. Siz bunga qanday fikrdasiz? Agar 40 tadan koʻp 👍 ovoz yigʻilsa video qilib joylayman.
Relocation
Revolut Poland dan vakansiya boʻyicha chiqishgan edi. Meni Polshada deb oʻylashibdi. Screening call oʻtdi. Technical Interview da keyin soʻrab qoldi hozir qayerdasiz deb Oʻzbekistondaman desam unda relocation ni aniqlashtirishimmiz kerak deb. Uzur Oʻzbekistondan relocation qila olmaymiz positionni tez toʻldirish kerak deyishdi. Xullas shunday gaplar.
Shu kunlarda Meta Quest 3 ni sinab ko'ryapman. VR texnologiyalari anchagina oldinlab ketibdi. Ayniqsa mixed reality. Albatta sinab ko'rishga arziydi.
Читать полностью…Odatda nimadir qilmoqchi bo'lsam yoki o'rganmoqchi bo'lsam sherik topib birga o'rganishga harakat qilar edim. Lekin tajribadan kelib chiqqan holatni bo'lishmoqchiman. Ingliz tilida bitta ibora bor "If you want to go fast, go alone". Siz nimadir o'rganish yoki qilish uchun sherik topishingiz kerak emas. Sababi hamma sizchalik harakat qilishi qiyin yoki sizdan yaxshi qiladi yoki yomon. Ikkala holatda ham sizda noto'g'ri emotsiya shakllanishi mumkin. Shunga plan tuzib harakatni o'zingiz boshlang. Har qanday holatda yaxshi natija bo'lishi uchun agar konfidensial ma'lumot bo'lmasa siz o'zingiz biladigan insonlarga nima qilayotganingiz haqida ma'lumot berib boring. Shunda siz shu ishni oxiriga yetkazishga majburiyatingizni oshirasiz.
Читать полностью…Windows ishlatishni to'xtatgan edim. Sabab bor edi. Ko'p o'yin o'ynab qo'yar edim, ayniqsa PUBG. Kuniga Abror aka (Uzinfocomda Software Engineer) kuniga 4 soatgacha o'ynar edik. Keyin buni to'xtatishni o'ylab yurib Mac olganman. 1 yildan ko'proqdan beri Mac ishlatib yuribman hammasi zo'r. Faqat yana Windows ga ishim tushdi. O'yin Mac da deyarli o'ynab bo'lmaydi. Shu sababli kompyuterni ko'paytirishni xohlamadim. PlayStation 5 bilan PlayStation VR2 oldim. Zerikkan vaqtimda yoki charchagan vaqtimda o'yin o'ynab turibman. VR shunchalik rivojlanib ketibdiki PSVR2 huddi sizni o'yinni ichiga kirgizib qo'yayapti. To'g'ri o'yinlar kam, media VR qo'llab quvvatlash yo'q. Lekin bir marotaba sinab ko'rishingizga yetarli hissiyot beradi. Yozib tushuntirib bo'lmaydi buni.
Ba'zi tanishlarimda "motion sickness" bor ekan.
P.S: VR uchun virtual turizm app qilsangiz yaxshi daromad ko'rsangiz bo'ladi. Yo'l boshlovchi 3D Camera orqali qiziqarli joylarni tushuntirib borsa. Yaxshi auditoriya qilsa bo'ladi.
Yangi ish stolim:
Monitor: Mi Surface Display 34
Keyboard: Keychron K4
Laptop: Macbook Pro 14 (M1 Pro) va Macbook Pro 16 (i9)
Mouse: Logitech MX Master 3S
Stand: Awei
Mousepad: Oddiy A5 size pad.
Earphone: Airpods Pro 2
@webdastur
Agar siz dasturchi bo'lsangiz yoki dasturlashdan ozgina habaringiz bo'lsa. educative.io dan bir yillik obuna olishingizni maslahat beraman.
Bunga sabab educative.io da darslar video emas balkim interactive text holatida beriladi. Siz paralel kod ham yoza olasiz. Statistikalarni ko'rsangiz o'qib bajarib o'rgansangiz, video ko'rgandan yaxshi esingizda qoladi. Hamda o'zingizda kitob o'qish yoki dokumentatsiya o'qish qobiliyatini shakllantirasiz.
Educative FAANG kompaniyalar hodimlari tomonidan ham aktiv foydalaniladi. O'quv darslar davomida projectlar qilishingiz* ham mumkin. Bu sizga ham portfolio ham beradi.
Agar tajribasi bor dasturchi bo'lsangiz maxsus interviewga tayyorgarlik kurslar ham bor aynan kerak bo'ladigan kurslar.
O'zim "Premium" tarif sotib olganman sizga ham shuni maslahat beraman. Asl narxi yiliga $299 lekin regional discount(-$120) bilan $179 ga to'g'ri keladi. Quyida kupon ham keltiraman u sizga $36 chegirma beradi. Natijada $143 ga 600 dan ortiq kursga ega bo'lasiz. Bu o'zingizga qilgan eng katta investitsiyangiz bo'lishi ham mumkin. Lekin natijasi juda yaxshi bo'ladi.
Coupon: SAVEIT20
P.S: Kupon ayni muddatda(21.04.2023) aktiv siz olgan paytda ishlamasligi ham mumkin.
P.S.S: Projectlar faqat premium tarifda mavjud.
Do'stlaringiz bilan ulashing ;)
Blog: @webdastur
Ba'zi bir kompaniyalarda shuni ko'rdimki. Agar kimdir ishdan ketsa deyarli hech kim bir necha kun bilmaydi. Boshliqdan tashqari. Hech qanday hayrlashuv, o'sha hodim kompaniyada ishlaganda kompaniya uchun qilgan ishlarini hech kimga gapirilmaydi ham. Bunday bo'lmasligi kerak menimcha. Sababi ishdan ketayotgan hodim o'zini qadrini o'zi uchun bilib olish kerak. Nafaqat hayrlashuv balki yangi kelgan hodimni ham kutib olish kerak. Kichik bir davra tuzib. Yangi hodim ham o'zini o'rni bor ekanligini his qilish kerak. Keldi ketdi hech kim bilmadi bo'lsa qadr yo'qday tuyuladi kompaniya uchun hodimni.
Читать полностью…Assalomu alaykum.
Kanalda yangilik kam bo'layotgani sababli daily blog qilmoqchiman. Shaxsiy fikrlarimni yoritib boraman. Kanalning chati ham bor savollar bo'lsa yaxshi suhbat uchun joy.
Assalomu alaykum. 2022 - yil barchaga yaxshi o'tdi degan umiddaman. Hamma qatori men ham 2022 - yil sarhisobi bilan bo'lishsam.
- Jami 11 ta interview topshirdim. 8 ta job offer oldim. 3 tasi katta kompaniya hamma biladigan kompaniyalar.
- Ishxonamda CTO bo'ldim.
- LeetCode bo'yicha video darslar yozdim.
- 15 dan ortiq interview oldim.
- Sichuan Traditional drawing da 2 - o'rin oldim. Karantin sababli sovg'a yetib kelmadi.
- ~9 ta kitob o'qibman.
- Bir marta ~30 tacha odamga ma'ruza o'qidim.
- ...
Ko'p yaxshi narsalar bo'ldi, rejamdagi deyarli hamma narsalarga erishdim, lekin 2022 men uchun yaxshi bo'lmadi. Otam olamdan o'tdilar. Joylari jannat bog'larida bo'lsin!
Hamma meni qo'llab quvvatlab shu kanalga a'zo bo'lganlar uchun yangi yil muborak bo'lsin!
Barchasi ishlashni boshladi.
⚙️ Bo'lgan o'zgarishlar:
- Maqolalar GitBook dan to'liq Github Pages ga ko'chirib o'tkazildi.
Assalomu alaykum.
📚1929. Concatenation of Array
📝 Maqola: https://leetcode.webdastur.uz/array/easy/1929-concatenation-of-array
🎥 Video: https://youtu.be/5Reh8MMQY1M
💻 Kod: https://github.com/webdastur/leetcode
🔷 Agar sizga qandaydir foyda keltirgan bo'lsa do'stlaringiz bilan ulashing.
https://leetcode.webdastur.uz/array/easy/1920-build-array-from-permutation
Birinchi ishlangan masala uchun maqola. Qo'shimchalar bo'lsa aytsangizlar keyingi sonlarda to'g'irlab ketishga harakat qilaman. Agar maqbul kelsa do'stlaringiz bilan ulashing.
Assalomu alaykum.
Hayotimda bo'lgan o'zgarishlar sababli uzoq muddat ma'lumot joylay olmadim. Buning uchun barchadan uzur so'rayman. Shu muddat davomida kanalni tark etmaganlar uchun rahmat. Ko'p yangilik tayyorlab qo'yganman.
Rahmat barchaga.